en
Feedback
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI

YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI

Open in Telegram

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining rasmiy telegram kanali Web-site: www.soliq.uz E-mail: mri@soliq.uz Murojaat uchun: https://t.me/+uXt8yDXrMmc5OGVi Telefon: 71 202-21-04

Show more
1 246
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-2230 days
Posts Archive
RASMIY MUNOSABAT Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini oʻzi band qilgan taksichilar soni sezilarli ravishda kamaymoqda, degan maz
RASMIY MUNOSABAT   Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻzini oʻzi band qilgan taksichilar soni sezilarli ravishda kamaymoqda, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi: Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda keltirilgan raqamlarni tahlil qilishda baʼzi metodologik noaniqliklar mavjud. Xususan, 2025-yil 1-sentabr holatiga yoʻlovchi tashuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar 777,1 ming nafarni tashkil etgani koʻrsatilib, bu raqam umumiy roʻyxatdan oʻtgan shaxslarni anglatadi. 2025-yilning 1-yanvaridan 1-sentabrigacha esa taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritgan oʻzini oʻzi band qilganlar soni 481 149 ta boʻlgan. Xuddi shunday, 2026-yil 1-sentabr holatiga ham yoʻlovchi tashuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar umumiy hisobda 782,5 mingtani tashkil etmoqda. Joriy yilning 1-yanvaridan 1-sentabrigacha agregatorlar orqali faoliyat yuritganlar soni esa 481 117 tani tashkil qilgan. Vaholanki, yoʻlovchi tashish sohasida oʻzini oʻzi band qilganlar soni 5 mingtaga ortib, taksi agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni bor yoʻgʻi 32 taga kamaygan. Shuningdek, ayol haydovchilar soni 2026-yilning 8 oyida 4 107 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan (3 753 ta) 354 ta yoki 10 foizga oshgan. O‘z navbatida, ushbu davrda umumiy qiymati 7 168,4 mlrd soʻmlik 329,1 mln ta tashuv amalga oshirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan tashuvlar soni 9 foizga, ularning umumiy qiymati esa 23 foizga oshgan. Taksi agregatorlari orqali faoliyat yuritayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sonining ortib borishi bugungi kunda bozordagi tabiiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning oʻtgan davridagi barqaror koʻrsatkichlarni va sohaga boʻlgan qiziqishni hisobga olgan holda, yil oxiriga qadar ham bu koʻrsatkichlarning yanada ortishi kutilmoqda. Bu esa aholi bandligini ta'minlash, rasmiy daromad manbalarini kengaytirish hamda xizmat koʻrsatish bozorining yanada shaffoflashuviga xizmat qiladi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#soliq_taqvimi 🗓 8-sentabr – natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashnin
#soliq_taqvimi 🗓 8-sentabr natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 390-moddasi ikkinchi qismi, 👉 3577-raqamli nizomning 6-bandi 20.11.2024-yil. _______________ #календарь_налогоплательщика 🗓 8 сентября – последний день уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме 👉 ч.2 ст.390 Налогового кодекса 👉 п.6 Положения, рег. №3577 от 20.11.2024 г. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#Onlayn_seminar 🔴 ONLAYN O‘QUV SEMINARI BOSHLANDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-175 va PF-176-son Farmonlari ma
#Onlayn_seminar 🔴 ONLAYN O‘QUV SEMINARI BOSHLANDI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-175 va PF-176-son Farmonlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminari boshlandi. 👥 Yirik soliq to‘lovchilar vakillarini seminarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz. 🔗 Zoom orqali ulanish: https://us06web.zoom.us/j/5459094786?pwd=9yP4mPnzMXBakI95ZcybhXapiMQcRV.1&omn=81745588062 📲 Seminarga havola yoki QR-kod orqali ulanishingiz mumkin. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website

#Onlayn_seminar 📢 ONLAYN O‘QUV SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ 2026-yil 8-sentabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezi
#Onlayn_seminar 📢 ONLAYN O‘QUV SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ 2026-yil 8-sentabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminar bo‘lib o‘tadi: 🔹 PF-175-son Farmon “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 🔹 PF-176-son Farmon “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni qisqartirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 👥 Mazkur seminarda yirik soliq to‘lovchilar vakillarini ishtirok etishga taklif qilamiz. 📅 Sana: 8-sentabr 2026-yil 🕚 Vaqt: 11:00 🔗 Zoom havola: https://us06web.zoom.us/j/5459094786?pwd=9yP4mPnzMXBakI95ZcybhXapiMQcRV.1&omn=81745588062 Seminarga havola yoki QR-kod orqali ulanishingiz mumkin. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website

📸 KUN FOTOSI Sog‘lom jamoa — samarali faoliyat garovi! Soliq qo‘mitasi xodimlari tonggi badantarbiya mashg‘ulotlarida. Jismo
📸 KUN FOTOSI Sog‘lom jamoa — samarali faoliyat garovi! Soliq qo‘mitasi xodimlari tonggi badantarbiya mashg‘ulotlarida. Jismoniy faollik — tetiklik, mustahkam salomatlik va unumli mehnat sari muhim qadam. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#Soliq_oliy_maktabi 📚 Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yili boshlandi Soliq oliy maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlani
+4
#Soliq_oliy_maktabi 📚 Soliq oliy maktabida yangi o‘quv yili boshlandi Soliq oliy maktabida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Soliq oliy maktabi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, faxriy mehmonlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 🎓 Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi, Soliq oliy maktabi rektori Yigitali Narziyev yangi talabalarni talabalik maqomiga ega bo‘lganlari bilan muborakbod etib, ularga katta maqsadlar sari intilish, puxta bilim olish va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish yo‘lida muvaffaqiyat tiladi. Ta’kidlanganidek, Soliq oliy maktabining tashkil etilishi soliq tizimi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Oliy maktabning ilk talabalarini kutib olish esa uning tarixidagi alohida ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. 🎉 Tantanali tadbir milliy san’at namunalari, raqs jamoalari va xonandalar chiqishlari bilan davom etdi. Soliq qo‘mitasi Soliq oliy maktabining ilk talabalariga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, bilim va izlanishlarda muvaffaqiyat tilaydi! Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#imtiyozlar Soliq imtiyozlari: sohalar kesimida muhim eslatmalar! Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi 2029-yil 1-yanvarga q
#imtiyozlar Soliq imtiyozlari: sohalar kesimida muhim eslatmalar! Charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi 2029-yil 1-yanvarga qadar charm-poyabzal va moʻynachilik sohasi korxonalari, shuningdek, chorva mollarini soʻyish va terini qayta ishlovchi tashkilotlar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi: - foyda soligʻi (imtiyoz kodi — 104079); - mol-mulk soligʻi (imtiyoz kodi — 104081); - yer soligʻi (imtiyoz kodi — 104082); - aylanmadan olinadigan soliq (imtiyoz kodi — 104080). 👉 PF-4 12.01.2026-yil. Ipakchilik va ipak sanoati 2029-yil 1-yanvarga qadar pilla yetishtiruvchilar quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etildi: - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi (imtiyoz kodi — 104203), ularga ish haqi toʻlovlarini amalga oshiruvchi shaxslar esa ijtimoiy soliqni toʻlashdan ozod etildi (imtiyoz kodi — 104204). 👉 PQ-370 09.12.2026-yil. 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar: - pillachilik klasterlari mol-mulk soligʻidan (imtiyoz kodi — 104529) va yer soligʻidan (imtiyoz kodi — 104530) ozod etildi; - ipakchilik korxonalari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104531); - ipak matolari va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilandi (imtiyoz kodi — 104532). 👉 PQ-87 06.03.2026-yil. ❗️Tadbirkorlik subyektlari mazkur imtiyozlardan foydalanishlari uchun shaxsiy kabineti orqali murojaat yuborishlari zarur __________ #льготы Налоговые льготы: важные напоминания по отраслям! Кожевенно-обувная и меховая отрасли До 1 января 2029 года предприятия кожевенно-обувной и меховой отраслей, а также организации, осуществляющие убой скота и переработку кожевенного сырья, освобождены от уплаты: - налога на прибыль (код льготы - 104079; - налога на имущество (код льготы - 104081); - земельного налога (код льготы - 104082); - налога с оборота (код льготы - 104080). 👉 УП №4 от 12.01.2026 г. Шелководство и шелковая промышленность До 1 января 2029 года производители коконов освобождены: - от уплаты налога на доходы (код льготы - 104203), а лица, выплачивающие им заработную плату, – от социального налога (код льготы - 104204). 👉 ПП №370 от 09.12.2025 г. С 1 января 2026 года по 1 января 2029 года: - кластеры шелководства освобождены от уплаты налога на имущество (код льготы - 104529) и земельного налога (код льготы - 104530); - ставка налога на прибыль для предприятий шелковой отрасли устанавливается в размере 2% (код льготы - 104531); - ставка социального налога для предприятий, внедривших производство шелковых тканей и готовой продукции из шелка, устанавливается в размере 1% (код льготы - 104532). 👉 ПП №87 от 06.03.2026 г. ❗️Субъектам предпринимательства для примения данных льгот необходимо направить обращение через личный кабинет. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#новое_в_законодательстве «Второй шанс» для бизнеса Для субъектов малого и среднего бизнеса предусмотрены меры экономической амнистии. 👉 № УП-175 от 27.08.2026 г. ✔️ При полном погашении до 31 декабря 2026 года основного налогового долга, возникшего до объявления амнистии, в предусмотренных Указом случаях начисленная пеня будет списана. ✔️ Предприниматели также могут самостоятельно исправить ошибки в ранее представленной налоговой отчётности. Если дополнительно начисленная сумма налога будет уплачена до конца года, пеня на неё не начисляется. ✔️ Кроме того, в предусмотренных случаях возможно списание неоплаченной части отдельных ранее наложенных штрафов. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlar uchun “Ikkinchi imkon” Kichik va o‘rta biznes uchun iqtisodiy amnistiya joriy etildi. 👉 PF-175 27.08.2026-yil. ✔️ Agar 2026-yil 31-dekabrgacha mavjud asosiy soliq qarzi to‘liq to‘lansa, ayrim holatlarda unga hisoblangan penya hisobdan chiqariladi. ✔️ Shuningdek, avvalgi soliq hisobotlaridagi xatolarni tadbirkorning o‘zi tuzatib, qo‘shimcha hisoblangan soliqni yil yakunigacha to‘lasa, penya hisoblanmaydi. ✔️ Ayrim eski jarimalarning to‘lanmagan qismi ham hisobdan chiqarilishi mumkin. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#ochiq_muloqot Biznes uchun muhim muloqot maydoni: keng muhokamalar va amaliy yechimlar Buxoroda Soliq qo’mitasi rahbariyati
+6
#ochiq_muloqot Biznes uchun muhim muloqot maydoni: keng muhokamalar va amaliy yechimlar Buxoroda Soliq qo’mitasi rahbariyati ishtirokida tadbirkorlar uchun amaliy seminar tashkil etildi. Ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi. Seminarda ishtirokchilar soliq ma’muriyatchiligi, yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javob oldilar. Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan amaliy tavsiya va takliflar bildirildi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#ochiq_muloqot Navoiy viloyatida Soliq qo‘mitasi rahbariyati va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#QQS QQSni avtomatik qaytarish kimlarga tatbiq etilmaydi? 2026-yil 1-yanvardan QQS summasini tekshiruvlarsiz avtomatik qaytar
#QQS QQSni avtomatik qaytarish kimlarga tatbiq etilmaydi? 2026-yil 1-yanvardan QQS summasini tekshiruvlarsiz avtomatik qaytarish tartibi ayrim tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. ❌ Jumladan: 🔹 ta’sischisi yoki rahbari soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga; 🔹 bunday ta’sischi yoki rahbar tomonidan oxirgi 12 oyda yangi tashkil etilgan yoki qayta tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga. Agar ushbu holatlar avtomatik QQS qaytarish huquqiga ega korxonada aniqlansa, avtomatik qaytarishga cheklov o‘rnatiladi. ✅ Ma’lumot uchun, QQS: AAA reytingli tadbirkorlarga — 1 kunda; qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga — 3 kunda; ayrim klaster va to‘qimachilik korxonalariga — 2 kunda; 10 mln so‘mgacha bo‘lgan summalarda — tekshiruvlarsiz qaytariladi. 👉 PQ-246 от 10.12.2025 y. ___________ #НДС Кому не применяется автоматический возврат НДС? С 1 января 2026 года порядок автоматического возврата НДС без проверок не применяется к отдельным категориям предпринимателей. ❌ В частности: 🔹 к субъектам предпринимательства, учредитель или руководитель которых совершил преступление, связанное с уклонением от уплаты налогов или сборов; 🔹 к новым или реорганизованным субъектам предпринимательства, созданным таким учредителем или руководителем в течение последних 12 месяцев. Если такие обстоятельства выявлены у предприятия, имеющего право на автоматический возврат НДС, на возврат средств через автоматическую систему устанавливается ограничение. ✅ Для справки, НДС возвращается автоматически: предпринимателям с рейтингом устойчивости AAA — за 1 день; сельхозтоваропроизводителям — в течение 3 дней; отдельным кластерам и текстильным предприятиям — в течение 2 дней; суммы НДС до 10 млн сумов — без проверок. Данный порядок направлен на повышение эффективности налогового администрирования и адресное применение предоставляемых государством льгот. 👉№ УП-246 от 10.12.2025 г. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#Onlayn_seminar 📢 ONLAYN O‘QUV SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ 2026-yil 8-sentabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezi
#Onlayn_seminar 📢 ONLAYN O‘QUV SEMINARIGA TAKLIF ETAMIZ 2026-yil 8-sentabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn o‘quv seminar bo‘lib o‘tadi: 🔹 PF-175-son Farmon “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 🔹 PF-176-son Farmon “Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorliklarni qisqartirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 👥 Mazkur seminarda yirik soliq to‘lovchilar vakillarini ishtirok etishga taklif qilamiz. 📅 Sana: 8-sentabr 2026-yil 🕚 Vaqt: 11:00 🔗 Zoom havola: https://us06web.zoom.us/j/5459094786?pwd=9yP4mPnzMXBakI95ZcybhXapiMQcRV.1&omn=81745588062 Seminarga havola yoki QR-kod orqali ulanishingiz mumkin. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website

#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar! 2026-yilning 8-sentabr kuni hududlarda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok
#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar!   2026-yilning 8-sentabr kuni hududlarda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda farmondan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarni keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida seminarlar tashkil etiladi: 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 15:00 da (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo sanoat boshqarmasi majlislar zali. Nukus shahar, Islom Karimov ko‘chasi) 📍Farg‘ona viloyati - 10:00 da (Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Farg‘ona shahar, Saylgoh ko'chasi, 31-uy) 📍Jizzax viloyati - 11:00 da (Jizzax viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 16-uy) 📍 Qashqadaryo viloyati - 14:00 da (Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy) 📍 Sirdaryo viloyati - 15:00 da (Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy) Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#markirovka Markirovkalangan tovarlar realizatsiyasi: chakana savdo uchun muhim qoidalar Markirovkalangan tovarlarni chakana
+1
#markirovka Markirovkalangan tovarlar realizatsiyasi: chakana savdo uchun muhim qoidalar Markirovkalangan tovarlarni chakana savdoda realizatsiya qilishda belgilangan talablarga rioya etish tovar aylanmasining qonuniyligi va shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 📌 Chakana savdo subyektlari quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilishlari lozim: 🔹 Tovarning kirim hujjatlari mavjud bo‘lishi kerak. Xarid qilingan markirovkalangan tovarlarning EHFda tegishli markirovka kodlari biriktirilgan bo‘lishi shart. ❗️Ma’lumot uchun: suv va salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchilari uchun EHFda markirovka kodlarini biriktirish talabi 2027-yil 1-apreldan majburiy bo‘ladi. 🔹 Tovar belgilangan tartibda markirovkalangan bo‘lishi lozim. Majburiy markirovkalanadigan barcha mahsulotlarda “Asl belgisi” MAT orqali olingan Data Matrix kodi mavjud bo‘lishi kerak. 🔹 Sotuv vaqtida markirovka kodi skanerlanadi. Tovar xaridorga sotilganda uning markirovka kodi 2D-skaner orqali o‘qitilib, kassa chekida aks ettirilishi va muomaladan chiqarilishi zarur. 📌 Сhakana savdo subyektlari 2027-yil 1-yanvarga qadar markirovka kodini o‘qish qurilmalarini xarid qilish xarajatlari hisobiga foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq summasini kamaytirishi mumkin. Imtiyoz har bir qurilma uchun 4 BHMdan oshmaydi. 👉 PQ-203, 30.05.2024-yil. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko'rsatuvchi tadbirkorlar xarid qilgan alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari, shuningdek suv va salqin ichimliklari yakuniy iste'molga realizatsiya qilingan deb e'tirof etiladi. 👉 PF-100, 26.05.2026-yil. 🔹 Onlayn-NKT va kassa dasturi talabga mos bo‘lishi kerak. Markirovka kodi skaner qilinmagan yoki dublikat kod aniqlangan hollarda chek chiqarilishini avtomatik cheklash mexanizmi mavjud bo‘lishi lozim. 📌 2026-yil 1-iyuldan markirovkalangan tovarlar sotilganda markirovka kodi onlayn-NKT chekida majburiy aks ettirilishi va unga biriktirilgan MXIK ma’lumotlari avtomatik shakllantirilishi belgilangan. 👉 VMQ-23, 23.01.2026-yil. Yuqorida qayd etilgan asosiy qoidalardan tashqari, muayyan faoliyat turi yoki tovar toifasi bo'yicha qonunchilik hujjatlarida qo'shimcha talablar belgilangan bo'lsa, ularga ham to'liq rioya qilinishi shart. ♻️ Tovar qaytarilganda qaytarish cheki belgilangan tartibda rasmiylashtirilsa, markirovka kodi avtomatik ravishda qayta muomalaga tiklanadi. 🔖 Markirovka kodi shikastlangan bo‘lsa, ulgurji va chakana savdo korxonalari suv va salqin ichimliklar uchun “Asl belgisi” MATdan vaqtinchalik markirovka kodini olib, shu kod asosida realizatsiyani amalga oshirishi mumkin. 💬 Raqamli markirovka bo‘yicha tezkor yordam olish uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi “Raqamli markirovka bilan ishlash” xizmati orqali vakolatli inspeksiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyati mavjud. ✅ Belgilangan talablarga rioya etish markirovkalangan tovarlar harakatini to‘g‘ri hisobga olish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, noqonuniy tovar aylanmasining oldini olish hamda savdo jarayonlarining qonuniy va shaffof bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#soliq_taqvimi 🗓 7-sentabr – avgust oyi uchun banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshiril
#soliq_taqvimi 🗓 7-sentabr – avgust oyi uchun banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 355-moddasi ikkinchi qismi _______________ #календарь_налогоплательщика 🗓 7 сентября – последний день за август перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов) 👉 часть вторая ст. 355 НК. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

📸 KUN FOTOSI Bozorlar va savdo komplekslarida soliq xizmati xodimlari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilib, soliq qonun
📸 KUN FOTOSI Bozorlar va savdo komplekslarida soliq xizmati xodimlari tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilib, soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tushuntirmoqda hamda faoliyat davomida yuzaga kelayotgan masalalarni joyida hal etishga ko‘maklashmoqda. Maqsad — tekshiruv emas, tadbirkorga yaqin va qulay xizmat ko‘rsatish. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar! 2026-yilning 7-sentabr kuni hududlarda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok
#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar!   2026-yilning 7-sentabr kuni hududlarda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda farmondan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarni keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida seminarlar tashkil etiladi: 📍 Andijon viloyati - 16:00 da (Andijon viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Andijon shahar, Oltinko'l ko‘chasi 1-uy.) 📍Buxoro viloyati - 15:00 da (Buxoro viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 14-uy) 📍 Namangan viloyati - 11:00 da (Namangan viloyati soliq boshqarmasi zali. Namangan shahar, Margʻilon ko‘chasi 14-uy) 📍Xorazm viloyati - 11:00 da (Xorazm viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Urganch shahar, Islom Karimov ko'chasi, 124-uy) Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads