en
Feedback
YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI

YIRIK SOLIQ TO‘LOVCHILAR BO‘YICHA HUDUDLARARO SOLIQ INSPEKSIYASI

Open in Telegram

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasining rasmiy telegram kanali Web-site: www.soliq.uz E-mail: mri@soliq.uz Murojaat uchun: https://t.me/+uXt8yDXrMmc5OGVi Telefon: 71 202-21-04

Show more
1 246
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-2230 days
Posts Archive
#qonunchilikdagi_yangiliklar Qonunchilikdagi o‘zgarishlar tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash va biznes rivojida muhim omil bo‘lmoqda Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#aksiz_soliq #interaktiv_xizmatlar ⚙️ Yuridik shaxslar uchun aksiz soligʻi hisobotini to‘ldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma __________ #акцизный_налог #интерактивные_услуги ⚙️ Видеоинструкция по заполнению налоговой отчётности по акцизному налогу Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 10-sentabr avgust oyi uchun: - aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 10-sentabr avgust oyi uchun: - aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 292-moddasi birinchi qismi 👉 Soliq kodeksi 293-moddasi birinchi qismi sentabr oyi uchun: - aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 417-moddasi oltinchi qismi – aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni 👉 Soliq kodeksi 432-moddasi birinchi qismi ___________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем❗️10 сентября 2026 года последний день за август: - представления расчета и уплаты акцизного налога за август 👉 ч.1 ст. 292 Налогового кодекса 👉 ч. 1 ст. 293 Налогового кодекса за сентябрь: – уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога за сентябрь 👉 ч.6 ст. 417 Налогового кодекса – уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога 👉 ч.1 ст. 432 Налогового кодекса Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

📸 KUN FOTOSI Soliq xodimi — mahallada tadbirkorning ko‘makchisi “Mahalla yettiligi” tarkibida soliq xodimi aholi va tadbirko
📸 KUN FOTOSI Soliq xodimi — mahallada tadbirkorning ko‘makchisi “Mahalla yettiligi” tarkibida soliq xodimi aholi va tadbirkorlarga soliq masalalarini tushuntirish, faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish va mavjud imkoniyatlardan foydalanishda ko‘maklashadi. Mahallaning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shish — bu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridir. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#qonunchilikdagi_yangiliklar Qarzdorlik hisobiga tijorat banklari balansiga ixtiyoriy berilgan mulklar QQSdan ozod qilinadi O
#qonunchilikdagi_yangiliklar Qarzdorlik hisobiga tijorat banklari balansiga ixtiyoriy berilgan mulklar QQSdan ozod qilinadi   Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. 👉 PF-177, 28.08.2026-y. Farmonga asosan, 2030-yil 1-yanvarga qadar: - qarzdorlik evaziga tijorat banklari balansiga olingan va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari balansidagi ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olayotgan xaridorlar, shuningdek, balansga qabul qilayotgan banklar va ular muassisligidagi investitsiya kompaniyalari ushbu ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi; - bunda tijorat banklari mulkni balansga qabul qilgan sanadan 6 oy muddatga, investitsiya kompaniyalari mulkni balansga qabul qilgan sanadan 12 oy muddatga, xaridorlar mulkni to‘liq summasini to‘lab sotib olganda 12 oy muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi. - mol-mulklar qarzdorlik evaziga undan voz kechish haqidagi shartnomaga asosan tijorat bankiga ixtiyoriy topshirilganda mulk egasi bo‘lgan yuridik shaxs QQS to‘lashdan ozod etiladi; - tijorat banklari balansidagi qarzdorlik evaziga olingan mol-mulkni bir yildan ortiq muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i mol-mulkning sotish qiymati bilan balans qiymati o‘rtasidagi ijobiy farqqa nisbatan hisoblanadi.
Qarzdorlikning suddan tashqari tartibda undiruvini rag‘batlantirish maqsadida qarzdorlik evaziga mol-mulkdan ixtiyoriy voz kechish haqidagi shartnoma doirasida garovda turgan mol-mulklar bankka berilayotganda soliq idoralari va Majburiy ijro byurosida soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi yuzasidan mavjud taqiqlarni istisno qilgan holda notarial bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha notariuslarga va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Kadastr agentligiga vakolat beriladi.
Bunda mol-mulk bo‘yicha mavjud majburiyatlar uning sobiq egasi qarzdor (garovga qo‘yuvchi) zimmasida qoladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

#munosabat Kichik biznes uchun qulayliklar: bu haqida tadbirkorlarning fikri Prezidentning “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida” 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#новое_в_законодательстве Новые возможности налогового аудита для среднего и крупного бизнеса! ✔️ С 1 января 2027 года по 31 декабря 2028 года будет проведён правовой эксперимент. В рамках эксперимента будет внедрён механизм, предусматривающий проведение субъектами среднего и крупного предпринимательства по собственной инициативе аудита с привлечением аудиторской организации для проверки правильности исчисления и уплаты налогов и сборов, а также признание налоговым органом аудиторского заключения. ❗️При этом за период, охваченный аудитом, налоговыми органами налоговый аудит проводиться не будет (за исключением случаев выявления налоговых правонарушений, не охваченных аудиторским заключением). ✔️ Если выявленные ошибки и недостатки будут устранены в течение 30 дней, финансовые санкции в отношении субъекта предпринимательства применяться не будут. 👉 № УП–175 от 27.08.2026 г. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#qonunchilikdagi_yangiliklar O‘rta va yirik biznes uchun soliq auditining yangi imkoniyati! ✔️ 2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrga qadar huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatini auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliq va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblash va toʻlash boʻyicha tashabbus tarzidagi auditdan oʻtkazish hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan olish mexanizmi joriy etiladi. ❗️Bunda audit oʻtkazilgan davr uchun soliq organlari tomonidan soliq auditi oʻtkazilmaydi (bundan audit xulosasi bilan qamrab olinmagan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar mustasno). ✔️ Aniqlangan xato va kamchiliklar 30 kun muddatda bartaraf etilganda tadbirkorlik subyektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanmaydi. 👉 PF-175 27.08.2026-yil. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#alkogol #yigʻim Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi Alkogol mahsulotlarini real
#alkogol #yigʻim Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni to‘lash tartibi Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida license.gov.uz orqali xabarnoma yuborilgan kundan e’tiboran to‘lanadi. ❗️Bildirishnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali yuboriladi. Bunda xabarnoma: 🗓 joriy oyning 20-sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, 🗓 joriy oyning 20-sanasidan keyin yuborilganda keyingi oyning 1-sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek, ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi.
❗️Eslatma: Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish faoliyati tugatilganida license.gov.uz orqali xabarnoma bekor qilinganligini tekshirish tavsiya etiladi. Xabarnoma elektron litsenziyalash tizimi license.gov.uz orqali bekor qilinmaguniga qadar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar hisoblanadi. 👉 2026-yil uchun alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari ❗️Bildirishnoma alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarorlariga asosan 20 foizgacha oshirilishi mumkin. 👉 (PQ-387. 2v-band) Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning 1-sanasidan to‘xtatiladi. 👉Soliq kodeksi 460-modda Tugatilgan faoliyat tiklanganda tadbirkorlik subyekti ruxsatnoma olish uchun yangi xabarnoma yuborishi lozim. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads

#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar! 2026-yilning 9-sentabr kuni Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida “O‘zbek
#eʻlon Hurmatli tadbirkorlar!   2026-yilning 9-sentabr kuni Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar hamda farmondan kelib chiqadigan ustuvor yo‘nalishlarni keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida seminar tashkil etiladi: 📍 Surxondaryo viloyati - 10:00 da (Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Termiz shahar, Taraqqiyot ko‘chasi, 9-uy) 📍 Sirdaryo viloyati - 10:30 da (Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy) 📍Jizzax viloyati -14:30 da (Jizzax viloyati soliq boshqarmasi majlislar zali. Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi, 16-uy) Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 9-sentabr sentabr oyi uchun: – alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 9-sentabr sentabr oyi uchun: alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni. 👉 Soliq kodeksi 460-moddasi 6-qismi _______________ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем ❗️9 сентября 2026 года последний день за сентябрь: – уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции, розничной торговли пивом и пивными напитками или розничной торговли табачной продукцией. 👉 ч.6 ст. 460 НK Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

📸 KUN FOTOSI Har bir tushuntirish ortida — tadbirkor uchun yangi imkoniyat Prezidentimizning PF-175-son Farmonida belgilanga
📸 KUN FOTOSI Har bir tushuntirish ortida — tadbirkor uchun yangi imkoniyat Prezidentimizning PF-175-son Farmonida belgilangan imtiyoz va yengilliklar soliq to‘lovchilarga yuzma-yuz muloqot hamda ko‘rgazmali materiallar orqali yetkazilmoqda. Maqsad — tadbirkorlarni yangi imkoniyatlardan xabardor qilish va ulardan amalda foydalanishga ko‘maklashish. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#новое_в_законодательстве Новые возможности для туристического бизнеса! ✔️ Для гостиниц и других средств размещения льготный порядок по налогу на имущество и земельному налогу продлён до 1 января 2030 года. ✔️ С 1 января 2027 года услуги туроператоров-резидентов Республики Узбекистан, оказанным иностранным туристам будут облагаться НДС по нулевой ставке. 👉 № УП–175 от 27.08.2026 г. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#qonunchilikdagi_yangiliklar Turizm sohasi uchun yangi imkoniyatlar! ✔️ Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari uchun mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlar 2030-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. ✔️ 2027-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatadigan xizmatlariga QQSning nol stavkasi qo‘llaniladi. 👉 PF-175 27.08.2026-yil. Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads

#ochiq_muloqot Biznes vakillari bilan amaliy muloqotlar Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbi
#ochiq_muloqot Biznes vakillari bilan amaliy muloqotlar Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-175-son Farmoni mazmun-mohiyatini tadbirkorlik subyektlariga batafsil tushuntirish maqsadida joylarda amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. Ochiq muloqotlarda Soliq qo’mitasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirok etmoqda. 📍Andijon viloyati 📍Farg‘ona viloyati 📍Namangan viloyati 📍Toshkent shahar 📍Xorazm viloyati Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#онлайн_семинар Проведен онлайн-семинар с участием крупных налогоплательщиков Сегодня с участием крупных налогоплательщиков н
+3
#онлайн_семинар Проведен онлайн-семинар с участием крупных налогоплательщиков Сегодня с участием крупных налогоплательщиков на платформе Zoom состоялся онлайн-семинар. В ходе семинара были рассмотрены новые возможности для субъектов предпринимательства, предусмотренные указами Президента № УП–175 и УП–176. В частности, обсуждены меры по сокращению проверок, усилению правовой защиты бизнеса, внедрению механизма независимого аудита, а также основные положения экономической амнистии «Второй шанс». Также участникам разъяснены условия разовой общегосударственной акции, позволяющей до 1 января 2027 года погасить просроченную дебиторскую задолженность по внешнеторговым операциям за счет собственных средств. В завершение семинара участники получили ответы на интересующие вопросы. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website

#onlayn_seminar Yirik soliq to‘lovchilari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi Bugun yirik soliq to‘lovchilari ishtirokida Z
+3
#onlayn_seminar Yirik soliq to‘lovchilari ishtirokida onlayn seminar o‘tkazildi Bugun yirik soliq to‘lovchilari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi. Seminarda Prezidentning PF–175 va PF–176-son Farmonlari doirasida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan yangi imkoniyatlar muhokama qilindi. Xususan, tekshiruvlarni kamaytirish, biznesning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mustaqil audit mexanizmi hamda “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasining asosiy jihatlari tushuntirildi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvarga qadar tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirish imkonini beruvchi bir martalik umumdavlat aksiyasi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. Telegram | Facebook | YouTube | Twitter | Website