Kitob javoni - ilm xirmoni, undagi har jild aql darmoni
Open in Telegram
Telegram https://t.me/razvitiyemalisha Facebook https://www.facebook.com/share/g/15TbjGTkUB Instagram https://www.instagram.com/akm.kogonshahar Twitter https://x.com/KogonShaharAKM Youtube http://www.youtube.com/@kogonshaharakm
Show more243
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+230 days
Posts Archive
📚 Kitoblar haqida qiziqarli faktlar
🔹 Dunyodagi eng kichik kitobning hajmi atigi 0.07 millimetr!
🔹 “Harry Potter” kitoblari 80 dan ortiq tillarga tarjima qilingan.
🔹 Bir inson umr davomida o‘rtacha 5 mingta kitob o‘qishga ulgura olarkan.
🔹 Kitob o‘qish stressni 60% gacha kamaytiradi 😌
🔹 Eng qadimgi kutubxona bundan 2600 yil oldin qurilgan.
@uzuntumanAKM
📚 KITOB HAM MAQSADGA O‘XSHAYDI
🎯 Maqsading uchun oxirigacha harakat qilsang – yutasan. Kitobni ham oxirigacha o‘qisang – o‘rganasan. Ba’zi odamlar kitobning yarmiga kelganda zerikib, yopib qo‘yadi. Bu esa hech narsani tushunmaslikka olib keladi.
☝️Aslida muammo kitobda emas – to‘g‘ri kitob va to‘g‘ri muhit tanlanmaganida. Kitobni oxirigacha o‘qimasang, na o‘zingga foyda qilasan, na kitobga. Shu uchun o‘zingni ham, kitobni ham ovora qilib qo‘yma!
📖 Bitta kitobni o‘qib tushunish va amal qilish – 100 ta kitobni tushunmasdan o‘qishdan afzalroq.
✅Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Twitter
📚 Mutolaa insonni go‘zallashtiradi
Har bir inson – yoshmi yo qari, erkakmi yo ayol – baribir chiroyli ko‘rinishni, e’tibor markazida bo‘lishni istaydi. Ammo haqiqiy joziba faqat tashqi ko‘rinishda emas, insonning ichki dunyosida yashirinadi.
Mutolaa esa ana shu ichki dunyoni boyitadigan eng qudratli vositalardan biridir. Kitob o‘qigan insonning fikri teran, nutqi ravon, dunyoqarashi keng bo‘ladi. Shunday inson bilan suhbat qurish ham maroqli:
➡️u har qanday mavzuda fikr bildiradi,
➡️suhbatni qiziqarli davom ettira oladi,
➡️bilim va tafakkuri bilan boshqalarning hurmatini qozonadi.
Natijada mutolaa nafaqat qalbni, balki insonning qiyofasini ham yanada jozibador qiladi. Chunki bilim va madaniyat – eng chiroyli bezakdir.
✅Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Twitter
📚 Maqsadli kitob o‘qing
Kitob o‘qish shunchaki sahifalarni varaqlash emas. Har bir o‘qilgan satr sizning fikrlash tarzingizni o‘zgartirishi, hayotingizga yangi yo‘nalish berishi mumkin. Shuning uchun kitobni “ko‘p o‘qish” emas, “to‘g‘ri o‘qish” muhim.
☑️Maqsadli o‘qish foydasi: siz aynan bugungi muammolaringizga yechim topasiz, yangi ko‘nikmalarni tezroq o‘zlashtirasiz va shaxsiy hamda professional o‘sish tezlashadi. Ma’noli kitoblar dunyoqarashingizni kengaytiradi va qaror qabul qilishni osonlashtiradi.
‼️Maqsadsiz o‘qish zarari: faqat vaqt sarflanadi, lekin amaliy natija sezilmaydi. Ko‘p kitob o‘qigandek tuyulsa ham, bilim hayotga tatbiq qilinmasa, o‘zgarish bo‘lmaydi. Bu esa motivatsiyani ham pasaytiradi.
☝️Kitobni to‘g‘ri tanlash – bu o‘zingizga sarmoya kiritishdir. Har bir kitob sizni bir qadam oldinga olib chiqishi kerak.
✅Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling:
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram | Twitter
⏳⏳⏳⏳
Bugun 10-sentabr, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌍Butunjahon o‘z joniga qasd qilishning oldini olish kuni.
🇨🇳Xitoy – O‘qituvchilar kuni.
🇭🇳Gonduras – Bolalarni himoya qilish kuni.
#muhim_voqealar
🔹1984 – DNK noyobligi – “genetik izlar” kashf etilgan.
🔹1984 – Anatoliy Karpov va Garri Kasparov o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun musobaqa boshlanib, u rekord muddat – 5 oy davom etgan.
🔹1992 – O‘zbekiston va Laos o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
🔹1993 – Toshkent shahridagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi ochildi.
🔹1994 – Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya do‘stlik jamiyati tuzildi.
#tavalludlar
🔹1839 – Charlz Sanders Pirs – amerikalik faylasuf, mantiqchi, matematik, pragmatizm va semiotika asoschisi.
🔹1915 – Toshmuhammad Sarimsoqov – matematik olim va jamoat arbobi, akademik.
🔹1918 – Rahmat Fayziy – taniqli adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
🔹 1990 – O‘tkirjon Nig‘matov – o‘zbek dzyudochisi, paralimpiyachi.
Bizni kuzating:https://t.me/KogonshaharAKM
#Kun_hikmati
💬 Insonni yuksaltiradigan narsa uning iste'dodi emas, balki har kuni o'z ustida ishlash odatidir.
t.me/jalaquduqtakm
📚 Savodxonlik — bilim sari ochilgan eshikdir!
Har bir o‘qilgan kitob, o‘rganilgan yangi so‘z va anglangan yangi fikr insonning dunyoqarashini kengaytiradi. Savodxonlik nafaqat o‘qish va yozishni bilish, balki hayotni anglash, mustaqil fikrlash va to‘g‘ri qaror qabul qilish imkoniyatidir.
🌱 Bilimli inson — o‘z kelajagini,
📖 kitobxon avlod — jamiyat kelajagini yaratadi.
Bugun kitob o‘qing, yangi bilim o‘rganing va bilim ulashishni unutmang!
📚 Savodxon jamiyat — taraqqiy etgan jamiyat!
Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Website | Audio ertaklar |
#iqtibos
Muammo borki uning yechimi ham bor,
faqat erta taslim bo'lmaslik kerak.
#Kitob_haqida
KITOB HAM MAQSADGA O‘XSHAYDI
Maqsading uchun oxirigacha harakat qilsang – yutasan. Kitobni ham oxirigacha o‘qisang – o‘rganasan. Ba’zi odamlar kitobning yarmiga kelganda zerikib, yopib qo‘yadi. Bu esa hech narsani tushunmaslikka olib keladi.
Aslida muammo kitobda emas – to‘g‘ri kitob va to‘g‘ri muhit tanlanmaganida. Kitobni oxirigacha o‘qimasang, na o‘zingga foyda qilasan, na kitobga. Shu uchun o‘zingni ham, kitobni ham ovora qilib qo‘yma!
#Kun_tarixi
📆Bugun: 09.09.2026. Haftaning chorshanba kuni.
🇺🇳Xalqaro go’zallik kuni.
🇺🇸AQSh - Kaliforniyani Ittifoqqa qabul qilish kuni.
🇲🇩Moldova - Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
🇹🇯Tojikiston - Mustaqillik kuni.
⏳ Tarixiy voqealar:
⚽️1893-yil - Germaniyada “Shtutgart” futbol klubi tashkil etildi.
🎥1926-yil - Amerikaning NBC teleradiokompaniyasi tashkil etildi.
🚘1970-yil - “VAZ-2101” – “Jiguli” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi.
✅1996-yil - “Ma’naviyat va ma’rifat” nashriyoti tashkil etildi.
🎊Bugun tug’ilganlar:
🧑🏻💼1852-yil 9-sentyabr - ingliz olimi, London Qirollik jamiyati a’zosi Poynting Jon Genri.
👨🏻💼1909-yil 9-sentyabr - xonanda va sozanda (tanbur), O’zbekiston xalq hofizi Shojalilov Shoqosim.
🤵🏻♀️1930-yil 9-sentyabr - sovet kinoaktrisasi, RSFSR xalq san’atkori Nadejda Rumyantseva.
🤵🏻1985-yil 9-sentyabr - Xorvatiyalik futbolchi, Xorvatiya terma jamoasi va Real Madrid klubi yarim himoyachisi Luka Modrich.
⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️
Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
🍂 Kuz — mutolaa, tafakkur va bilim fasli! 🍂
Kuz nafasi yurtimizga kirib kelar ekan, tabiat oltin ranglarga burkanib, atrofimizga o‘zgacha fayz va sokinlik bag‘ishlaydi. Har bir yangi kun — yangi imkoniyat, yangi maqsad va yangi marralar sari tashlangan qadamdir.
Nurobod tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi aziz kitobxonlarni kuzning fayzli kunlarida ilm va ma’rifat sari chorlaydi.
Har bir o‘qilgan kitob — qalbingizda ochilgan yangi bir olamdir. Kuzning sokin va fayzli kunlarida boshlangan mutolaa tafakkuringizni boyitib, ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor bo‘ladi.
🍁 Keling, bu kuzda:
✨ Yangi kitoblar bilan do‘stlashamiz;
✨ Bilim va dunyoqarashimizni yanada boyitamiz;
✨ Bo‘sh vaqtimizni mazmunli mutolaa bilan o‘tkazamiz;
✨ Orzularimiz sari dadil qadam tashlaymiz.
Biz bilan kuz boshqacha…
Biz bilan kuz — mutolaa va bilimga oshno! 📚🍂
📖 Mutolaa qiling — tafakkuringiz yuksaladi.
🌟 Kitob o‘qing — muvaffaqiyat sari yo‘l ochiladi.
🍂 Kuzni kitob bilan qarshi olaylik! 📚
+3
"Бухарский вестник" газетасининг 2026 йил 9 сентябрдаги 68-сони билан танишинг.
⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920
Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
—
В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
—
Во Дворце Сербии в Белграде прошла церемония торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #marosim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+3
"Бухоронома" газетасининг 2026 йил 9 сентябрдаги 70-сони билан танишинг.
⭕️ Уланиш учун: @buxoronoma1920
+4
Joriy yilning 8 Sentyabr kuni Kogon shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir" mavzusida navbatdagi Ma’rifat soati o'tkazildi. https://t.me/KogonshaharAKM
+4
Joriy yilning 8 Sentyabr kuni Kogon shahar Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan “MUSTAQILLIK – BUYUK VA BЕBAHO BOYLIK"
"YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ! ” mavzusida navbatdagi Ma’rifat soati o'tkazildi. https://t.me/KogonshaharAKM
#adib_tavalludi
🇷🇺Rasul Hamzatov (1923–2003) – sovet va avar shoiri, yozuvchi, tarjimon, publitsist, jamoat va davlat arbobi.
🇷🇺1923-yil 8-sentabrda Dogʻistonning Xunzax tumani Sada ovulida avar oilasida tugʻilgan.
📚Asarlari:
Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat (1943, ilk sheʼriy toʻplami);
„Bizning togʻlar“ (1947);
„Mening yurtim“ (1948);
„Togʻlik oʻlkasi“;
„Tugʻilgan yilim“ (1950);
„Katta ogʻa shaʼniga“ (1952);
„Dogʻiston bahori“ (1955);
„Qalbim mening togʻlarda“ (1959);
„Yuksak yulduzlar“ (1962); „Bitiklar“ (1963);
„Yulduz yulduz bilan soʻzlashar“ (1964);
„Yillar ortidan yillar“ (1968); „Oʻchoq boshida“ (1969); „Chegara“ (1972); „Muhabbatnoma“ (1974);
„Soʻnggi narx“ (1976).
🎖️Eʼtirofi:
Dogʻiston xalq shoiri (1959),
Sotsialistik Mehnat qahramoni (1974),
3-darajali Stalin (1952), Lenin (1963) va Maksim Gorkiy (1980) nomidagi davlat mukofotlari,
Dogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (2003).
⚰️2003-yil 3-noyabrda Moskvada vafot etgan. Tarkidagi musulmon qabristoniga dafn etilgan.
@yosh_kitobxon_kitoblari
* Фарзандингизга ўқиб беринг
Занглаш вақти
Омборда иккита омоч турарди. Биттаси занглаган ва хунук, иккинчиси ярқираган ва топ-тоза эди.
Занглаган омоч шеригида қуёш нури акс этаётганини кўриб, ғашланди ва ғайирлиги келди. Бир куни эса ўзини тутолмай сўради:
– Бу адолатдан эмас. Биз бир хилмиз, аммо сен шу қадар чиройлисанки, ҳамма жойинг ярқирайди. Мен эса ундай эмасман. Қандай қилиб бу тарзда улуғвор бўлиб қолдинг? Ахир, тенг ҳуқуқлилик бўлиши керак-ку!
Иккинчи омоч кулимсиради ва деди:
– Тўғри гапирдинг, адолат бўлиши керак! Мен эрталаб тонг саҳардан кечгача ишлайман. Шунинг учун ярқирайман. Занглашга эса вақтим йўқ!
Уланиш учун:https://t.me/KogonshaharAKM
