uz
Feedback
Kitob javoni - ilm xirmoni, undagi har jild aql darmoni

Kitob javoni - ilm xirmoni, undagi har jild aql darmoni

Kanalga Telegram’da o‘tish
244
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
+1530 kunlar
Postlar arxiv
* Челленж бошланди ЖОНАЖОН ВАТАНИМ Қадрдон, ғамхўрим, бағри кенг онам, Тенги йўқ, бебаҳо, нодир, ягонам... Ўзим ўргилайин боғ
* Челленж бошланди ЖОНАЖОН ВАТАНИМ Қадрдон, ғамхўрим, бағри кенг онам, Тенги йўқ, бебаҳо, нодир, ягонам... Ўзим ўргилайин боғ-роғларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан. Бошимизни силаб, бердинг ризқ-рўзинг, Ўстирдинг беминнат, тутдинг ош-тузинг... Шарбат, болга тўла чорбоғларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан. Болалик, ёшлигим ўтди шўх-шодон, Бағрингда бахтлимиз, тинч ва фаровон. Баҳрамандмиз меҳр булоқларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан. Биноларинг кўркам, ажиб маконсан, Ота-онам каби хўб меҳрибонсан. Ўпайин муқаддас тупроқларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан. Кўчаларинг гўзал, озода, шинам, Қадрлаймиз ҳатто янтоғингни ҳам. Ранг-баранг нур сочган чироқларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан. Ҳар ёнинг боғ, гулзор, ҳар ён чаманзор, Осмонўпар тоғлар, қир-адирлар бор. Дон, пилла, чашма ҳам булоқларингдан, Ватан, кетгим келмас қучоқларингдан... Зулхумор ОЧИЛОВА Уланиш учун: https://t.me/ijod_bustoni

Халқаро дўстлар кунига ОРЗУ Уйда тинчи бўлсин йигитнинг аввал, Сўнгра бутун бўлсин дўстнинг иймони. Одамзод қалбини ўртайди а
Халқаро дўстлар кунига ОРЗУ Уйда тинчи бўлсин йигитнинг аввал, Сўнгра бутун бўлсин дўстнинг иймони. Одамзод қалбини ўртайди азал Шу икки нарсанинг буюк армони. (Абдулла Орипов) Аллоҳ бир дўст берса, ўзингдай бўлса, Яқин бўлса, қошу кўзингдай бўлса. Нигоҳингдан сезса дилингда борин, Айтар сўзи худди сўзингдай бўлса. Топганини кўрса баҳам сен билан, Дўстим дея, бўлса ҳар дам сен билан, Яхши-ёмон кунда ҳамдам сен билан, Дастурхони – нону тузингдай бўлса. Берганингда олса, қайтармай қўлинг, Сўраганда берса, синдирмай кўнглинг. Унга ўғил бўлса мисоли ўғлинг, Қизалоғи худди қизингдай бўлса. Унинг жони бўлса сенинг жонингда, Ризқи бўлса ҳар бир тишлам нонингда, Уялсанг, қизарса у ҳам ёнингда, Андишали юзи -- юзингдай бўлса. Шундай бир дўст берса Яратган эгам, Дунёдан кетарсан беармон, бекам, Ҳатто СЎНГГИ ЙЎЛга кетганингда ҳам, Дўстинг ортингдаги изингдай бўлса... Абдунаби ҲАМРО Уланиш учун: https://t.me/ijod_bustoni

30 июль — Халқаро дўстлик куни! Дўстларинг бўлсин! Бир кам дунё. Сен ҳам бир банда. Майли, каму кўстларинг бўлсин. Лек кўрган
30 июль — Халқаро дўстлик куни! Дўстларинг бўлсин! Бир кам дунё. Сен ҳам бир банда. Майли, каму кўстларинг бўлсин. Лек кўрганда шод, кўрмаганда, Соғингувчи дўстларинг бўлсин. Уларга дил тўла ҳимматинг, Меҳр тўла кўзларинг бўлсин. Қайдасан, деб, бузиб хилватинг, Босиб келар дўстларинг бўлсин. Севин, улар тегса жонингга, Ишдан қўйса, кул, яйра, кулдир. Келмай қўйса биров ёнингга Дунё охир бўлгани шулдир. Эркин ВОҲИДОВ Уланиш учун: https://t.me/ijod_bustoni

BIR EZGULIKNING QAYTISHI Kuzning salqin tonglaridan biri edi. Quyosh endigina ufqdan bosh ko'tarib, olamni mayin nurlari bilan yoritayotgan, daraxt barglari oltin rangga kirgan, qushlar esa yangi kunni quvnoq sayrash bilan qarshi olayotgan edi. Kichikgina qishloqda yashovchi Jasur ismli o'n besh yoshli yigit har kuni odatdagidek maktab sari yo'l oldi. U kambag'al oilada ulg'aygan bo'lsa-da, ota-onasi unga bitta narsani doimo uqtirardi: — O'g'lim, boylik pul bilan emas, halollik va yaxshi nom bilan o'lchanadi. Odamning eng katta boyligi uning pok vijdonidir. Jasur bu nasihatlarni hech qachon unutmasdi. O'sha kuni maktabga ketayotib, yo'l chetidagi eski o'rindiq yonida qora charm hamyonni ko'rib qoldi. Atrofga alangladi. Hech kim ko'rinmasdi. Hamyonni ochib qarasa, ichida anchagina pul, bank kartalari va egasining hujjatlari bor ekan. Shu payt uning xayoliga turli fikrlar keldi. Oilasi anchadan beri yangi kiyim ololmagan, singlisining maktab uchun kerakli kitoblari ham yetishmasdi. Shu pullar bilan ularning ko'p muammolari hal bo'lishi mumkin edi. Ammo darhol otasining so'zlari qulog'ida jarangladi: — Halol bo'lmagan rizq baraka keltirmaydi. Jasur chuqur nafas olib, hamyonni egasiga qaytarishga qaror qildi. Hujjatdagi manzilni topish oson bo'lmadi. U bir necha ko'chalarni kezdi, odamlardan so'radi. Nihoyat, eski hovli oldiga yetib bordi. Darvozani asta taqillatdi. Darvozani sochlari oqarib ketgan, ko'zlarida tashvish aks etgan bir kishi ochdi. — Assalomu alaykum, amaki. Hamyoningizni yo'qotmaganmidiz? — dedi Jasur. Keksaning ko'zlari kattalashdi. — Ha, bolam! Uni ertalabdan beri qidiryapman. Ichida nafaqat pul, balki davolanishim uchun kerak bo'lgan hujjatlar ham bor edi. Uni topolmasam, juda og'ir ahvolga tushaman. Jasur hamyonni uzatdi. Keksaning ko'zlariga yosh qalqdi. — Bolam, sen menga faqat hamyonni emas, umidimni ham qaytarding. U Jasurga mukofot tariqasida pul uzatdi. Ammo Jasur muloyim jilmayib bosh chayqadi. — Rahmat, amaki. Men buni mukofot uchun qilganim yo'q. Bu mening insoniy burchim. Keksa inson unga uzoq tikilib turdi. — Sening ota-onang baxtli insonlar ekan. Ular haqiqiy farzand tarbiyalashibdi. Oradan o'n yil o'tdi. Jasur oliy o'quv yurtini a'lo baholar bilan tamomladi. Ish qidirayotgan paytda u yirik korxonalardan biriga suhbatga bordi. Suhbat xonasiga kirgach, stol ortida o'tirgan rahbarni ko'rib hayratdan to'xtab qoldi. Bu o'sha yillar oldin hamyonini qaytarib bergan keksa inson edi. Rahbar ham uni darrov tanidi. — Men seni uzoq yillardan beri unutmaganman, — dedi u samimiy tabassum bilan. — O'sha kuni sen menga insoniylik hali ham yo'qolmaganini isbotlagan eding. Bilimni o'rgatish mumkin, tajriba orttiriladi. Ammo halollik va vijdonni sotib olib bo'lmaydi. Shu zahoti u Jasurni ishga qabul qildi. Yillar o'tib, Jasur nafaqat muvaffaqiyatli mutaxassis, balki odamlarga mehribon, adolatli va saxovatli rahbar bo'ldi. U yosh xodimlarga hamisha shunday der edi: — Hayotda qilgan har bir yaxshiligingiz, albatta, sizga qaytadi. Balki bugun emas, ertaga emas, ammo bir kun kelib o'sha ezgulik siz kutmagan eshikni ochadi. Shuning uchun hech qachon halollikdan voz kechmang. Odamlar Jasurni boyligi uchun emas, pok vijdoni, odilligi va ezgu amallari uchun hurmat qilishardi. Chunki insonni ulug'laydigan narsa uning mol-dunyosi emas, balki ortida qoldirgan yaxshi nomidir. Xulosa Hayotda inson oldida ko'plab sinovlar uchraydi. Ba'zan to'g'ri yo'l qiyin, noto'g'ri yo'l esa oson ko'rinadi. Ammo halollik, vijdon va ezgulikni tanlagan inson hech qachon yutqazmaydi. Yaxshi amal gohida yillar o'tib bo'lsa ham, albatta o'z egasiga yaxshilik bo'lib qaytadi. Chunki dunyodagi eng buyuk boylik — pok qalb, halol mehnat va yaxshi nomdir. @asakatakm

Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud - sen o‘qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar. ​ ✍️ Jek Kenfild
Aslida seni dono qiladigan ikki narsa mavjud - sen o‘qiydigan kitoblar va sen uchratadigan odamlar. ​ ✍️ Jek Kenfild

📚 BILASIZMI? 📖 Kitob o‘qish nafaqat bilim beradi, balki insonning fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Muntazam mutolaa qilgan inson yangi so‘zlarni o‘rganadi, dunyoqarashini kengaytiradi va o‘z fikrini yanada ravon ifodalashni o‘rganadi. 🌿 Har kuni atigi 15–20 daqiqa kitob o‘qish ham katta natijalarga olib kelishi mumkin! ✨ Bugun qaysi kitobni o‘qishni rejalashtirgansiz? Kitob o‘qing — bilimli bo‘ling, tafakkuringizni boyiting! 📚💫

#Kun_haqiqati Inson o‘z hayotiga faqat o‘zi xo‘jayin. Faqat o‘zi. Bu eng oddiy haqiqat — bundan ham soddarog‘i yo‘q. Ammo, af
#Kun_haqiqati Inson o‘z hayotiga faqat o‘zi xo‘jayin. Faqat o‘zi. Bu eng oddiy haqiqat — bundan ham soddarog‘i yo‘q. Ammo, afsuski, odamlar ba’zan aynan shu eng oddiy haqiqatni anglay olmaydilar.      Anatoliy Ivanov. RASMIY SAHIFALARIMIZInstagramYouTubeFacebook l Twitter l Sayt

O‘qi va o‘zgar! • Inson oʻqishda bardavom ekan muvaffaqiyat u bilandir! • Agar u oʻrganib boʻldim degan xayolga kelsa oʻziga
O‘qi va o‘zgar! • Inson oʻqishda bardavom ekan muvaffaqiyat u bilandir! • Agar u oʻrganib boʻldim degan xayolga kelsa oʻziga oʻzi muvaffaqiyatsizlikni hukm qilibdi. • Agar yangi narsalarni oʻqishda davom etmasang, aqling va tafakkuring zamonga yetishib olmasa demak sen uchun vaqt toʻxtadi! P.s. Agar oʻzgarmasang yoʻqolishga mahkumsan. RASMIY SAHIFALARIMIZInstagramYouTubeFacebook l Twitter l Sayt

30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni Xalqaro do'stlik kuni har yili 30-iyulda nishonlanadi. U 2011-yilda Birlashgan Millatlar Tash
30-iyul – Xalqaro do‘stlik kuni Xalqaro do'stlik kuni har yili 30-iyulda nishonlanadi. U 2011-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida shaxslar, jamoalar va mamlakatlar o'rtasidagi do'stlikni rivojlantirish maqsadida e'lon qilingan. Kun turli madaniyatlar o'rtasida ko'priklarni qurish va o'zaro tushunishni rivojlantirishda do'stlikning muhim tarkibiy qismi sifatida muhimligini ta'kidlaydi. Ushbu kunda odamlar eski va yangi do'stlari bilan muloqot qilishlari va ularning hayotlarida borligi uchun o'z minnatdorchiliklarini bildirishlari kerak. Bu mavjud do'stlikni mustahkamlash va yangi aloqalarni o'rnatish uchun imkoniyatdir. Xalqaro do‘stlik kuni do‘stlik kelishmovchiliklarni bartaraf etishi va tinchroq dunyo yaratishi mumkinligini eslatib turadi. Ushbu kunni nishonlash orqali biz boshqalar bilan o'zaro hurmat, hamdardlik va tushunishga asoslangan aloqalarni rivojlantirish muhimligini tan olamiz.‌‌

Bugun 30-iyul 2026-yil, payshanba 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro do'stlik kuni. 🇺🇳 BMT - Butunjahon odam savdosiga qarshi kur
Bugun 30-iyul 2026-yil, payshanba 📆 Bugun: 🇺🇳 BMT - Xalqaro do'stlik kuni. 🇺🇳 BMT - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurash kuni. 🇻🇺 Vanuatu - Mustaqillik kuni. 🇨🇺 Kuba - Inqilob shahidlari kuni. 🇲🇦 Marokash - Taxtga ko'tarilish kuni. 🇦🇮 Bermud orollari - Qullik bekor qilingan kun. 🇲🇾 Malayziya - Sulton Pahanga tug'ilgan kun. 🇹🇯Tojikiston - O‘t o'chiruvchilar kuni. ⏳ Tarixiy voqealar: 🌇 1729 - Baltimor shahriga asos solindi. 🕌 1756 - Yekaterina saroyi qurib bitkazildi. 👑 1912 - imperator Taisyo Yaponiya taxtiga o'tirdi. 📝 1925 - Albaniya, Gretsiya va Yugoslaviya o'zaro chegaralarni tan olish to'g'risida shartnoma imzoladilar. ⛳️ 1932 - Los-Anjelesda X Olimpiya o'yinlari boshlandi. 🔰 1974 - Kvebekda fransuz tili yagona rasmiy til deb e'lon qilindi. ✅ 1980 - Isroil parlamenti birlashgan Quddusni mamlakat poytaxti deb e'lon qildi.

#Iqtibos Barchamiz uchun Vatan bitta. Biz – O‘zbekiston degan jannatmakon yurtning farzandlarimiz. Bizning – shu tabarruk zam
#Iqtibos
Barchamiz uchun Vatan bitta. Biz – O‘zbekiston degan jannatmakon yurtning farzandlarimiz. Bizning – shu tabarruk zaminda yashayotgan har bir millat vakillarining o‘tmishimiz ham, bugungi taqdirimiz va kelajagimiz ham bir. Bizni ulug‘ va mushtarak maqsad birlashtiradi. U ham bo‘lsa, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir.
🇺🇿Sh.Mirziyoyev
❤️Rasmiy sahifalarimiz
👍 Telegram | 👍 YouTube |👍 Instagram

#kitobdan_parcha Siz ushbu beshinchi mavsumga eng munosib insonsiz. 🍃 Har bir inson qalbida o'z mavsumini olib yuradi. U hay
#kitobdan_parcha Siz ushbu beshinchi mavsumga eng munosib insonsiz. 🍃 Har bir inson qalbida o'z mavsumini olib yuradi. U hayotiy tajribalari orqali beshinchi mavsumni o'z olamiga uyg'unlashtiradi. 🌿 Hayot kim uchundir yoz, kim uchundir qish, yana kim uchundir bahordir. Ammo sabr qilganlarga har doim gullarga burkangan yo'llar nasib etadi. 🌸 Duo, umid va sabr bilan go'zal qalbini to'ldirgan insonlarning so'nggi mavsumi doimo bahor bo'ladi. 🌼 — Songül Ünsal 🤍

O‘qi va o‘zgar! • Inson oʻqishda bardavom ekan muvaffaqiyat u bilandir! • Agar u oʻrganib boʻldim degan xayolga kelsa oʻziga
O‘qi va o‘zgar! • Inson oʻqishda bardavom ekan muvaffaqiyat u bilandir! • Agar u oʻrganib boʻldim degan xayolga kelsa oʻziga oʻzi muvaffaqiyatsizlikni hukm qilibdi. • Agar yangi narsalarni oʻqishda davom etmasang, aqling va tafakkuring zamonga yetishib olmasa demak sen uchun vaqt toʻxtadi! P.s. Agar oʻzgarmasang yoʻqolishga mahkumsan. 👉

#Kutubxona_OAV_nigohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun — Payshanba 30-iyul, 2026 yil 16-safar, 1448-hijriy yil Xayrli tong!
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun — Payshanba 30-iyul, 2026 yil 16-safar, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Yangi kuningiz fayz-u barakaga to‘lsin, qalbingiz doimo xotirjamlik va sokinlik topib yursin. Xonadoningizdan quvonch, mehr va totuvlik arimasin. Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz! https://t.me/KogonshaharAKM

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun — Payshanba 30-iyul, 2026 yil 16-safar, 1448-hijriy yil Xayrli tong!
+1
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh! 🗓 Bugun — Payshanba 30-iyul, 2026 yil 16-safar, 1448-hijriy yil Xayrli tong! Yangi kuningiz fayz-u barakaga to‘lsin, qalbingiz doimo xotirjamlik va sokinlik topib yursin. Xonadoningizdan quvonch, mehr va totuvlik arimasin. Barchangizga mazmunli, unumli va barakali kun tilaymiz!

#Dolzarb_90_kun Kogon shahar Axborot kutubxona markazi tomonidan " Istiqlol" klubi a'zolari bilan yozgi ta'tilni mazmunli o't
+4
#Dolzarb_90_kun Kogon shahar Axborot kutubxona markazi tomonidan " Istiqlol" klubi a'zolari bilan yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida " Kitoblar olamiga sayohat" mavzusida targ'bot tadbiri o'tkazildi. Yoshlar o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, hamda imkoniyati cheklangan bolalalarni jamiyatga qo’shish, o’sib kelayotgan yosh avlodni dunyo qarashini kengaytirish, ularning ongini rivojlantirish maqsadida tadbir tashkil etildi. Tadbitda o'quvchilar tomonidan o'qigan asarlari bo'yicha savol - javoblar bilan o'tkazildi. https://t.me/KogonshaharAKM