Yevropa sarguzashtlari
Open in Telegram
Sayohat Yevropadagi o'zbek talaba hayoti: 2019-2021: Erasmus Mundus Scholarship European Master in Tourism Management 2021-2023: MA Economics in Vienna Data analyst Bog'lanish: @YS_muloqot_bot
Show more1 267
Subscribers
-224 hours
-127 days
+130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+2
in 0 channels
August '26
+36
in 0 channels
Get PRO
July '26
+18
in 0 channels
Get PRO
June '26
+16
in 0 channels
Get PRO
May '26
+30
in 0 channels
Get PRO
April '26
+18
in 1 channels
Get PRO
March '26
+23
in 1 channels
Get PRO
February '26
+27
in 0 channels
Get PRO
January '26
+17
in 0 channels
Get PRO
December '25
+18
in 0 channels
Get PRO
November '25
+17
in 1 channels
Get PRO
October '25
+46
in 1 channels
Get PRO
September '25
+26
in 1 channels
Get PRO
August '25
+57
in 1 channels
Get PRO
July '25
+26
in 1 channels
Get PRO
June '25
+39
in 1 channels
Get PRO
May '25
+21
in 0 channels
Get PRO
April '25
+55
in 6 channels
Get PRO
March '25
+24
in 2 channels
Get PRO
February '25
+31
in 1 channels
Get PRO
January '25
+60
in 3 channels
Get PRO
December '24
+50
in 3 channels
Get PRO
November '24
+39
in 2 channels
Get PRO
October '24
+57
in 2 channels
Get PRO
September '24
+56
in 0 channels
Get PRO
August '24
+91
in 3 channels
Get PRO
July '24
+123
in 3 channels
Get PRO
June '24
+33
in 1 channels
Get PRO
May '24
+150
in 0 channels
Get PRO
April '24
+116
in 2 channels
Get PRO
March '24
+99
in 3 channels
Get PRO
February '24
+79
in 2 channels
Get PRO
January '24
+169
in 2 channels
Get PRO
December '23
+120
in 2 channels
Get PRO
November '23
+71
in 1 channels
Get PRO
October '23
+94
in 0 channels
Get PRO
September '23
+96
in 0 channels
Get PRO
August '23
+83
in 0 channels
Get PRO
July '23
+196
in 0 channels
Get PRO
June '23
+509
in 0 channels
Get PRO
May '230
in 0 channels
Get PRO
April '230
in 0 channels
Get PRO
March '230
in 0 channels
Get PRO
February '230
in 0 channels
Get PRO
January '230
in 0 channels
Get PRO
December '220
in 0 channels
Get PRO
November '220
in 0 channels
Get PRO
October '220
in 0 channels
Get PRO
September '220
in 0 channels
Get PRO
August '220
in 0 channels
Get PRO
July '220
in 0 channels
Get PRO
June '220
in 0 channels
Get PRO
May '220
in 0 channels
Get PRO
April '22
+87
in 0 channels
Get PRO
March '22
+644
in 0 channels
Get PRO
February '220
in 0 channels
Get PRO
January '220
in 0 channels
Get PRO
December '210
in 0 channels
Get PRO
November '210
in 0 channels
Get PRO
October '210
in 0 channels
Get PRO
September '210
in 0 channels
Get PRO
August '210
in 0 channels
Get PRO
July '21
+370
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 10 September | +2 | |||
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | 0 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
O'zingni bolang-chi? deyishingiz tabiiy. Monstrchaga taxminan 1 yoshdan keyin multfilm qo'yishni boshlaganmiz. 10-20 daqiqaga. Shunda ham miyasi nihoyatda tez telefonga yopishishga odatlandi. Telefonni ko'rsa bo'ldi, "baby shark dududu" deb g'ingshirdi.
Shundan keyin telefonda hech narsa qo'yib bermaydigan bo'ldik va planshet sotib oldik. Telefonga yopishsa, internet yo'q, telefonda multfilm yo'q, deb interneti o'chgan telefonni ko'rsatardik. Multfilmni esa yo noutbuk yoki planshetda kuniga 1 mahal 30-40 daqiqa ko'radigan bo'ldi. Bu paytga kelib 2 yoshdan oshgan edi.
Bolaga oson endorfin manbasini bermasangiz, u sokin, zerikarli narsalardan ham zavqlanishni o'rganadi. Masalan, ertalab multfilm ko'rgan monstrcha kun davomida boshqa ekran tegmasligini bilardi. Shuning uchun o'zi kitob o'qib berishimizni, blokdan nimadir yasashni yoki ko'chada aylanib kelishni so'rardi.
Hozir sal kam 6 yosh. Haligacha o'sha qoida amalda. Telefonda multfilm yo'q. Planshetda esa kuniga 1 mahal, 30-40 daqiqa ko'rish mumkin. Shunda ham kadri tez almashmaydigan, ranglari sokin va sekin gapiradigan multfilmlarni ko'rishiga ruxsat bor. Masxarabozdek yorqin kiyinib, baqirib 4 ta so'zni takrorlab qo'shiq aytadigan narsalarni ko'rishi mumkinmas.
Natija yomonmas. Ekranga o'ta bog'lanib qolmagan. Albatta, indamasak, kun bo'yi ko'radi. Lekin ko'rmaslikni janjalsiz, xotirjam qabul qiladi.
| 2 | #thoughts
Oxirgi yillarda zrr, zprr tashxisi ko'p qo'yilyapti, bolalar vaksinalar tufayli kech gapiryapti, rivojlanmay qolyapti, degan qarashlarni o'qib qoldim. Emlash mavzusi ochilganiga esimga tushib ketdi. Shunga men ham 5 tanga fikrimni qo'shib ketay.
Birinchidan til kech chiqishi, nutqiy va psixologik ortda qolish kabi (zprr) kasalliklar xalqaro miqyosda rasman kasallik sifatida tan olinmagan. Bu tashxisni asosan sobiq sovet mamlakatlaridagi vrachlar ko'ziga "ne to" ko'ringan bolaga yopishtiraveradi. Shunchaki, tashxislasa-ku mayli, lekin qo'shimcha dori, massaj va yana bir nimalarni yozib beradi. Yo'q kasallikka davo sifatida.
Ikkinchidan, mening fikrimcha, nutq kech rivojlanishi yoki psixologik ortda qolishlarning asosiy sababi ekranlar. Oddiy jamoat joylarida istalgan ota-ona va bolalarni kuzating. Hali 1 yoshga to'lmagan bolaga ham telefonda jinni-ketti, kadrlari nihoyatda tez almashadigan multfilmlarni qo'yib berishadi. Bola esa ota-ona 1-2 soat ovqatlanib, gaplashib bo'lgunicha ekrandan ko'zini uzolmay o'tiraveradi.
Bu nihoyatda xavfli yondashuv. Bog'cha va maktabga chiqib, ekransiz turolmaydigan bolalar ko'pligiga guvoh bo'lyapman. Kadri tez alashuvchi, la-la, ahu-uhu multfilmlar bolaning miya hujayralarini o'ldiradi. Diqqatini jamlash qobiliyati rivojlanmasdan yo'qoladi. Miya sekin, sokin mashg'ulotlardan rohatlanmay qo'yadi.
Tadqiqotlarga ko'ra bolalar ekrandan o'rganolmaydi, ular tirik odamning yuz mushaklari qimirlashi, og'iz va til harakatlariga qarab talaffuz va gapirishni o'zlashtiradi. Ekran tirik odam bilan muloqotning o'rnini bosolmaydi.
Oxirgi yillarda kambag'al ham, boy ham internet va telefonga ega bo'lishi oqibatida bolalar nima qilyapti? Ona ovqat pishirguncha ekranga tikiladi, uy tozalaguncha ekran, transportga chiqsa ekran, restoranga borsa ekran... Ota-ona bola bilan necha soat jonli muloqot qilib, o'ynaydi? Jamlasa, 24 soatdan 2 soat chiqsa ham katta gap.
Shunday bo'lgach, bola qanday gapirsin? Hech kim undan javob kutmayapti-ku, u faqat eshitishni o'rganyapti. Miyachasi 1 yoshga to'lmasidanoq diqqatni jamlash, oddiy, shovqinsiz, lip-lipsiz o'yinlardan zavqlanish qobiliyatini yo'qotgan.
Imkon bo'lsa, bolaga ayniqsa 3 yoshga to'lmaganlariga umuman ekran bermaslik kerak. Faqat jonli muloqot qilish, ish qilayotganda oldiga yog'och o'yinchoqlar yoki qoshiq, katta tovoq-povoqlarni qo'yib, gapirib-gapirib ishlash kerak. Hali gapga tushunmagan paytidanoq kechki payt kitoblar o'qib berib uxlatish kerak. Qo'shiq, she'rlar aytib berish kerak.
Shunda bola gapirishni, javob qaytarishni, emotsiyalarni o'rganadi. Va siz miyasi 4 bet tadqiqot o'qishga chidamaydigan antivakserlarga ergashib, bolam vaksina tufayli gapirmayapti deb yurmaysiz. | 196 |
| 3 | Chaqaloqni o'ptirmaslik qiyin, deyishadi. Chunki ko'pchilik bu talabni tushunmay xafa bo'lib oladi: "Voy, men kasalmasman. Nimaga yuqtirarkanman?" Shunday paytda yosh onalar qat'iy bolani o'pmaslik/teginmaslikni talab qilishga tortinadi.
Bola kasal bo'lgandan ko'ra kattalar xafa bo'lgani yaxshi. Farosatingni ishlatmadingmi, xafa bo'laver. Qat'iy, ochiq aytish kerak: Bolani o'pmanglar, viruslaring yuqadi. O'zlaring kasal bo'lmasanglar ham bolani kasal qilishinglar oson. Vrachimiz shunaqa degan.
Shunda ham tushunmasa baqirib tashlang: Boladan qo'lingni tort!
Masalan, bizning uyda bolani ko'tarmoqchi bo'lgan odam qo'lini sovunlab yuvishi kerak. Qo'l yuvganini ko'rmasam, bolani bermayman😁 Qattiq gapirolmaydigan odamim bo'lsa, "o'zi uyqusi kelib turibdi-da, hozir injiq" deb ushlab turaveraman. | 445 |
| 4 | #mindset
Ayrimlar tarmoqlarda shu voqeaga nisbatan "Men vaksinalarning zararini aytgandim-u, vaksina befoyda, faqat zarar" deb yotishibdi. Aksincha, shunaqa ahmoqlarni deb mana shu bolalar hozir nogiron. Shularning emlanmagan bolalari qizamiqqa chalinsa, hali emlash yoshiga yetmaganlarga osonlikcha yuqtiradi. Bolalar aynan vaksina olmagani yoki olishga ulgurmagani uchun shunday oqibatga duchor bo'lgan.
Gazeta reportaj tayyorlabdi. Ayrim chaqaloqlar 2 oyligida qizamiqqa chalingan ekan. Ya'ni hali emlash yoshiga yetib bormasidan kasal yuqtirgan. Bundan qanday xulosa qilish kerak? Chaqaloq kattaroq bo'lguncha uyga mehmon to'plamaslik, to'y-ma'rakaga olib chopmaslik, uyda yig'in bo'lsa, chaqaloqni alohida xonaga olib kirib o'tirish kerak. Chunki kattalar va boshqa bolalardan istalgan virusni yuqtirishi mumkin.
Ha, bitta ko'raylik, deb yuzidan cho'lpillatib o'pib tashlashadi. So'lagingda qancha virus-mikrob borligini bilasanmi? Bolani hali immuniteti shakllanmagan bo'lsa. Men hozirgacha bolani o'pmanglar deb o'tiraman. Yaqin qarindoshlar o'pmoqchi bo'lsa ham faqat oyoq yoki bilagidan o'pishga ruxsat bor. Yuzidan o'pish taqiqlangan. | 471 |
| 5 | Shu keysda aksariyat bolalar 2019-yilda tug'ilgani menda shubha uyg'otdi. Demak, 2020-yil (qizamiqqa qarshi 1 yoshda emlashadi) poliklinikalarda yo vaksina bo'lmagan yoki emlash kechiktirilgan. Aks holda, aynan shu chaqaloqlarning ota-onasi yoppasiga emlashdan bosh tortgan bo'lishi g'alati. Koronavirus karantinlari sabab emlash kechiktirilgan deb o'yladim. Vaksina kelganda esa emlash ko'pchilikning yo esidan chiqqan yoki qo'l siltab qo'ygan.
Ya'ni, bu holatda faqat ota-onalar aybdor bo'lishi ehtimoli kam, menimcha. Lekin ota-ona antivakser bo'lib, o'z qo'li bilan emlashdan bosh tortishini yozib bergan keyslarda jamiyat bunday zararkunandalarga yordam berishi kerakmas. Nega sen bolani emlamay ham bolani, ham atrofdagilarni xavfga qo'yasan-u, keyin bola oldini olish mumkin bo'lgan kasallikdan nogiron bo'lib qolsa, yana davlat/jamiyatdan yordam berishni talab qilarkansan? O'zing pishirgan oshni mazza qilib ich.
Bunday holatlarda faqat bolaga rahmim keladi. Ahmoq oilada tug'ilib qolgani uchun. | 503 |
| 6 | #mindset
Sog'liqni saqlash vazirligi oldida bolasi nogiron bo'lib qolgan ota-onalar miting qilishibdi. Aksariyati 2019-yil tug'ilgan va avvalroq qizamiqqa chalingan bolalar ekan.
Bilasizmi qanday qilib bolalarni bunday dahshatli nogironlik va o'limdan asrash mumkin edi? Vaqtida qizamiqqa qarshi emlanganida, hozir bolalar shuncha azob chekmasdi. Bu bolalar esa yo umuman emlanmagan yoki kech emlangan. Hozir ota-onalar juda "o'qimishli" bo'lib ketgan-da, ahmoq antivakser instasamkalarni o'qiydi va shularga ergashadi: voydod, autizm bo'larkan.
Emlash autizmga sabab bo'lishi haqida nechta tadqiqot o'qiding? Tadqiqotlarni o'qimaydi, falonchi qo'shnisi, ammamni ammasini kelinini bolasi va hokazolarni "isbot" qilib keltiradi🤦♀ Birorta bloger Instagramga chiqib bitta uvillasa bo'ldi, ishonib ketaveradi. A bolang o'zi oldindan autist bo'ib tug'ilgandir, autizm genetik kasallik-ku, deydigan odam yo'q.
Xullas, ahmoqlarga ergashmasdan hamma emlashlarni vaqtida oling. Bu farzandingizni oldini olish mumkin bo'lgan kasallikdan asrashning eng oddiy yo'li. Qizamiqdan bola o'lmasligi mumkin, lekin keyinchalik uning oqibatida nervlar shikastlanishi tufayli nogiron bo'lib qolishi va oqibatda erta vafot etishi mumkin.
Bolani emlang. Unga qilgan eng katta yaxshiligingiz shu. | 598 |
| 7 | #mindset
Monstrcha 0-sinfga boryapti. O'qituvchisi kerakli o'quv qurollari ro'yxatini yuborgandi, sinfidagi shkafchasida saqlanarkan. Kerak payti bolaning o'zi olib ishlatadi. O'chirg'ichdan tortib, plastilin, daftar, bo'yoqlar, ichi ko'rinadiga penalgacha olib, monstrchaning o'ziga tushuntirdim:
- Qalam-ruchkalarni shunda saqla. Baribir qalam qutisi tez yirtilib ketadi.
Xo'p, dedi. Tushundi. Uch kun maktabga qatnagan monstrcha kecha kechki payt:
- O'zi sizlar manga ruchka olib berdinglarmi?
- Ha, qizil, yashil, ko'k olib berdim-ku. O'zingga ko'rsatgandim.
- Eee, esimdan chiqibdi-da. Mani penalimda man tanimagan ruchkani ko'rib boshqaniki deb o'ylabman. Shunchun bervoribman-da.
- Kimga berding?
- Muhammadsodiqqa.
- Qanday qilib sani penalingdagi narsa birovniki bo'ladi?! U ham indamay olaverdimi?
- Yo'q, "manikimas, manikimas" dedi. Man baribir olasan, deb berdim. Ruchka manikiga o'xshamadi-da.
- 🤦♀ Dushanba kuni borib, hamma ruchkangni qaytarib ol. Indamasam, boshqa narsalaringni ham tarqatib kelasan. Boshqa olib bermayman. Shkafingni och-da, hamma yangi narsang bilan tanishib ol!
- Eee, daddy hovlidan boshqa eski ruchka topib berdi lekin. Shuni olib borsam-chi?
Boshqa bolalar yangi ruchkasi-yu poyabzali bilan maqtanadi. Bizniki esa yangisini tanimasa, tarqatib, o'zi eskisini ishlatib yuraveradi😬 | 866 |
| 8 | #mindset
Mana, yuqoridagi gapimga isbot. Archa ekib charchamaydigan ovsarlar ekilgan nihollarning 80-90 foizi qurishini ko'rsa ham tegishli xulosa chiqarishga aqli yetmaydi.
Rasmda deyarli hamma archa ko'chatlari qurigan yoki qurish arafasida. Ular bilan birga ekilgan boshqa daraxt turlari esa o'zini tutib, ancha o'sib ham qolgan. Qiziq, qanaqa daraxt ekish bo'yicha kim qaror chiqaradi? Oldiga borib, "Chindan jinnimisan yoki ko'zing ko'rmi? Archadan voz kecha qol endi. Baribir ko'karmaydi, ko'ryapsan, undan ko'ra issiqqa chidamli mahalliy daraxtlarni ek" deb kelsangda... | 1 434 |
| 9 | #mindset
Chilonzor 10-mavzeda kechasi yovvoyilar daraxt oviga chiqqan, shekilli. Bugun ertalab bolani aylantirib yursam, yangi kesilgan kundaga ko'zim tushdi. Essiz daraxt. Bilmay qolishsin deb tagini ham kavlab olishgan, lekin yovvoyi-da, shu ishni ham oxiriga yetkazolmagan.
Mavzeni boshqa tomonida esa ulkan daraxtlarni kallaklashgan, shu jarayonda pastroqdagi shoxlarini atay sindirishgan ko'rinadi, endi "singan shoxlarni chopish" bahonasida faqat kundasini qoldirib ketishadi.
Qo'ling singurlar, o'zing-ku bitta daraxt ekmaysan. Ekkaning ham iqlimga mos kelmaydigan archa. Nuqul suvni isrof qilib ekib, baribir oxiri quriydigan daraxtni miyasi chirigan ovsardek qayta-qayta ekaverasan🤦♀ Hech yo'q mavjud daraxtlarni tinch qo'y.
Menga bu mavzening quyuq daraxtzorligi yoqadi o'zi. 45 daraja issiqda ham chaqaloqni aylantirishga olib chiqishim, monstrchani 9-mavzedagi bog'chaga olib borguncha umuman issiqqa chiqmasdan faqat soyada yurishim mumkin. A bu yovvoyilar shuni ham ko'p ko'radi, hamma yoqni beton qilsa. | 1 305 |
| 10 | #baby_language
Monstrchaga kitob o'qitsak, o'qiganini tushunmayapti yoki diqqat bilan o'qimasdan faqat bo'g'inlarni aytib chiqqani uchun so'zlarni anglamayapti. O'tgan hafta o'zim o'zbekchasini o'qib, unga inglizchaga tarjima qildirdim. 200% tushunib tashladi, menimcha😆 Lekin tarjimani ham yondirdi:
- Sho'rimiz quridi, yana bitta bolang yo'q, - debdi tulki.
- Our salt has dried, one more of your children is nowhere to be seen.
- 😄 Sho'rimiz quridi tuzimiz quridi deganimas. Bolang yo'qolibdi uchun shunchaki "gone" ishlatsang ham bo'ladi.
- Uyimiz kuydi. Oxirgi bolangni ham baqa yeb ketibdi!
- Our house is on fire (Uyimizga o't tushdi/yonib ketdi)...
- Bo'ldi, tarjima qilishing shartmas. O'zim tushuntiraman😂 | 1 167 |
| 11 | #tavsiya
Aytgancha, o'zim bolalar aravachasi tanlashga rosa ko'p vaqt sarflaganim uchun tavsiya yozib qo'ymoqchi edim, hech qunt qilmadim. Men 3-4 yil xizmat qiladigan, notekis yo'lda sakramaydigan aravacha izlagandim.
Arzon va qimmat aravachalar haqida iste'molchilar fikrlari, texnik xususiyatlari va boshqalarni rosa o'rganib, Carello Bravo Carbon tanladim. 4 oyga yaqin foydalandik, hozircha menga yoqyapti.
G'ildiraklari ustida prujina o'rnatilgani va rezina qoplamali ekani sabab aravacha notekis yo'llarda chayqalmasdan nisbatan tekis yuradi. Old g'ildiraklari 360 daraja aylanadi. Barcha g'ildiraklari osongina olib-qo'yiladi.
Tutqichlari charmdan ishlangan, bir pasda titilib ketmaydi. Yengil, surish-burishlarga qulay. Yopinchiq matosi juda sifatli, yomg'ir o'tkazmaydi, quyoshdan SPF50 himoyasi bor emish😏 Komplektda yomg'irpo'sh, sovuqda kiydiriladigan yopinchiq, pashshaxona va qahva tutqich bor edi.
Narxi o'rtacha segmentda, menimcha. Biz olgan payt 3 million edi, hozir 2,7 millionga ham ko'rdim. | 1 216 |
| 12 | #life
Oyposhxon soat 3:30 da turib oldilar. Hovlini supurish tushiga kirgan, shekilli. Hali hovliga ko'chmagandik lekin (remont tugamay ketdi).
Xullas, 2 soat uyda "gaplashdik", ovqatlandik, taglik almashtirdik, ko'tardim, keyin saharlab ko'chaga chiqishga qaror qildik. Aylanma yo'llar bilan Korzinkaga borib qaymoq bilan non oldik, qaytishda ham aylanma yo'llar bilan qaytdik: bu ko'zchalarga uyqu insa qani🥲 Oxiri uylar orasida aholi hordiq chiqarishiga mo'ljallangan joyga kelsak, bir keksa kishi o'tiribdi. U ham uxlolmagan, shekilli.
Mana, o'tiribmiz endi birgalashib uyqu kutib. | 1 079 |
| 13 | #baby_language
Buxanka
Avstriyadan qaytganimizga roppa-rosa 1 yil bo'ldi shu oy. Monstrcha nemischani unutib, o'zbekchada professional bo'lib ketdi, deb yurgandik. Tushki uyqudan uyg'ongan monstrcha ertalab bo'ldi deb o'ylab:
- Mommy, tost qilib bering? Nimaga hech Venadagidek tost qilib bermayapsiz?!
- Bo'pti, qilaman. Bor do'kondan buxanka olib kel.
- Buxanka? Nima u?
- Tost qiladigan nonda shu.
Birinchi qavatda turamiz, yonimizdagi xonadon do'kon qilingan. Non-sutga monstrcha chiqib keladi.
- Ma, 5 ming ol. Qanchaligini so'ra, kam bo'lsa, kelib yana pul olib ketasan, ko'p bo'lsa qaytim beradi. Buxanka bo'lmasa hech narsa olma, boshqa do'kondan olib kelamiz, - dedi dadasi.
Do'konga ketgan monstrcha 2 daqiqada quruq qo'l bilan qaytdi:
- Buxanka yo'q ekan. Rectangle (to'rtburchak) nonni ko'rsatib, "shu buxanka" dedi sotuvchi, lekin u buxankaga o'xshamadi, shunga olmadim.
- Qanaqa rectangle non? Avtobusga o'xshaydimi?
- Ha.
- O'sha buxanka, bor, olib kel.
- Buxankaga o'xshamaydi u! - dedi u va 1 daqiqada buxanka ko'tarib keldi. - Mana!
Tost nonni kesilgan bo'lak ko'rinishiga o'rgangan monstrcha "buxanka" tostning o'zbekcha tarjimasi va sotuvchi boshqa nonni "buxanka" deb aldamoqchi deb o'ylabdi😆 | 1 308 |
| 14 | #mood
Mazza qilib, iforidan rohatlanib qahva ichgim kelyapti.
Lekin Oyposh tug'ilganidan beri bir qultum ham qahva ichmadim. Kola ham ichmayapman. 6 oylikkacha chidab tursam, qo'shimcha ovqat yeya boshlaganda qahva ichmoqchiman. Chunki chaqaloq tanasi kofeinni hazm qilolmaydi va kofein uning tanasida to'planib borib, uyqusiga va ishtahasiga ta'sir qilishi mumkin ekan.
Monstrcha chaqaloqligida ertalab kuniga 1 marta qahva ichardim. Kechasi bilan ko'tartirib, uxlatmay chiqqanidan keyin qahva ichmaslik ilojsiz edi. Hozir esa o'ta xotirjam Oyposhxonim qahva tufayli monstrchadek bo'lib ketishidan qo'rqib ham nafsimni tiyib turibman.
Monstrcha shunchalik "dux"imizni olib qo'ygan🥲 | 955 |
| 15 | #monstrcha
Bugun monstrchani bog'chadan olgani borsam, tarbiyachisi faxriy yorliq tayyorlab turgan ekan. Endi har guruhdan 3 bolaga beradigan bo'lishibdi.
Namunali xulqi uchunmish🥴 Uyda ko'rsatmaysanmi shu xulqingni?! Har doim aytaman: uyda yaxshi bola bo'l, bog'chada yoki ko'chada bilganingni qilishing mumkin. Bu uyda asl yuzini ko'rsatadi-da, ko'chada mo'min-qobil.
***
Ravon o'qishni o'rgatish va o'zbekchasini yaxshilash uchun har kuni o'zbekcha ertak o'qib berayotgandik. Endi gapirishi ham ertaknamo bo'lib ketdi😆
- Mommy, shaftolini yeyotganimda qo'limga qarasam, suvi tirsagimga oqib ketayotgan EMISh!
"Ekan" yoki o'tgan zamon qo'shimchasi o'rniga "emish"ni ishlatadi😆 "Hammasini yeb qo'ygan emishman", "Falonchi aka 100 ta push-up qilgan emish" va hkz. Shu hafta lekin o'rniga "biroq"ni ishlatishni boshladi. Ishqilib bu ketishda bog'cha/maktabdagilar buni tushunmay qolmasa bo'ldi endi. | 1 308 |
| 16 | #life
Vaksinalar qimmat ekan😭 Geksaksim bitta dozasi 850 ming so'm. Uni 4 marta olish kerak...
Ba'zi vaksinalar xususiy emlash markazlarida ham yo'q ekan. Ya'ni pulga ham ololmaysan. Masalan, meningitga qarshi olinadigan Bexsero hech qayerda yo'q.
Hamma vaksinani monstrchaniki bilan bir xil qilib olmoqchidim.. | 1 218 |
| 17 | #baby
Chaqaloqni 1 oylik tekshiruvga olib borganimda, nevropatolog vahima qilib, "miyada gematomalar bor ekan, Penta-1 vaksinaga medotvod yozaman, olmaysizlar" dedi. O'sha payt tortishib o'tirgim kelmadi. Indamay ketdim.
Aslida tug'ruqdan keyin aksariyat bolalarda yengil gipoksiya va miyada mitti gematomachalar bo'ladi. Neysonografiya qilgan yoshi katta vrach ham vahimali narsa emazligini, o'zi so'rilib ketishini aytgandi. Natijalarni Gemini bilan muhokama qilsam, u ham bu narsa emlatmaslikka sabab bo'lmasligini va yana mutaxassis bilan bola rivojlanishi va simptomlari haqida gaplashib ko'rishni aytdi.
Bugun poliklinikaga emlashga chaqirishgandi: Rotavirus, poliomielit va pnevmoga qarshi emlashdi. Pentani o'rniga xususiy emlash markazida geksaksim olamiz, dedim. Hamshira vahimaga solmoqchi bo'ldi: "Geksaksim ham olmay turinglar, sizga bolani sog'ligi kerakmi? Gematoma bo'lsa, mumkinmas".
Bahslashib o'tirmasdan, jimgina xususiy emlatish markaziga borib geksaksim ham olib keldim😏 Pediatr va nevrolog ko'rdi va emlashdi. Mayda gematomada emlash mumkin bo'lmasa, Komil Ispaniyada hech qaysi vaksinani olmasligi kerak edi.
Bu yerda soppa-sog' bolaga medotvod yozib, hoynahoy, o'zi "ulush" oladigan xususiy klinikaga bir dunyo analiz topshirishga yubormoqchi bo'ladimi-ey. Tuzukroq nevropatolog topishim kerak endi. Poliknikadagi keyingi oyda ham "medotvod"lasa, tuzukrog'iga borib tekshirtirgani kerak bo'ladi. | 1 210 |
| 18 | #life
Monstrcha dadasining birga bir kopiyasi edi. Hozir yuzi cho'zilib, ko'zlari kattalashib, bobosiga ham o'xshab ketyapti.
Oyposhshaxonim (ismi Oyposhshamas, suzilishiga Oyposh deyman😆) esa menga o'xshaydi. Kserokopiya. Faqat kiprigi kaltaligi va sochi dadasiniki. Kiprik o'stiradigan vositalardan izlashni boshlayveraymi? Effekti bormi?😁 | 1 454 |
| 19 | #mood
Ozarbayjonlik ayolning hazil videosini ko'rib qoldim. "Qaynonamning o'g'li" deb eri yegan-yechgan narsasini joyida tashlab ketaverganini ko'rsatgan: yerda yotgan paypoqlar, stolda qolgan ovqati yeyilgan idishlar va hkz.
"Mening o'g'lim" deb 5-6 yosh o'g'ilchasi kir paypoqni kirga, bo'shagan kosasini idish yuvish mashinasiga solib, o'zining narsalarini yig'ishtirib yurganini ko'rsatibdi.
O'ylab qarasam, bizning uyda mening o'g'lim "qaynanamning o'g'li"dan battar ekan😆 Qaynonamning o'g'li hech kim yo'q payti ovqat yegan kosasini oshxonaga eltib qo'yadi. Meniki esa, indamasam, hamma xonalarga o'yinchog'-u kiyim-kechagini yoyib chiqadi. Kiyimlarini zo'rg'a urishib-urishib taxlataman:
"Nimaga man taxlashim kerak?! Daddy taxlamaydi-ku".
- Katta bo'lganingda xotiningga ko'p-ko'p pul berib, mehribonchilik qilsang, sani ham kiyimingni xotining taxlab qo'yar, balki. | 1 710 |
| 20 | #life
Monstrcha 5,5 yosh. Ertalav chaqaloq uyg'onib, e'tiborni tortish uchun ozgina "A, ah, aa" deb qo'ysa:
- Mommy, chaqaloq yig'layapti. Olmaysanmi? Yoki bolasiga qaramaydigan ayamisan, a?!
Tuni bilan ota-o'g'il mazza qilib uxlaganda, bolani ko'tarib chiqqan, 1 oydan beri deyarli ko'chaga chiqmagan men:
- Ha, shunaqa ayaman, shekilli..
- Vaaay, ts, ts, ts.. | 1 611 |
