en
Feedback
KOINOT SIRLARI

KOINOT SIRLARI

Open in Telegram

🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti🏛 Sahifa maʼmuriyati: 👤

Show more
2 757
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-3830 days
Posts Archive
🌌 HAUMEA — QUYOSH TIZIMIDAGI ENG G‘ALATI DUNYOLARDAN BIRI 🪐 🥚 Haumea — Neptun orbitasidan tashqarida, Kuiper kamarida joyl
+2
🌌 HAUMEA — QUYOSH TIZIMIDAGI ENG G‘ALATI DUNYOLARDAN BIRI 🪐 🥚 Haumea — Neptun orbitasidan tashqarida, Kuiper kamarida joylashgan mitti sayyora. U 2003-yilda kuzatilgan, 2008-yilda esa rasman Haumea nomini olgan. 🔄 Eng qiziq xususiyati — shakli! Haumea deyarli shar shaklida emas. U juda tez aylangani sababli cho‘zinchoq, ellipsoid shaklga ega. ⚡ Haumea o‘z o‘qi atrofida taxminan 3,9 soatda bir marta aylanadi. 📏 O‘lchami: taxminan 2 300 × 1 700 × 1 100 km ☀️ Quyoshdan o‘rtacha masofasi: ~43 astronomik birlik ⏳ Bir yili: taxminan 284 Yer yili 🌑 Ikki yo‘ldoshi bor: 🌙 Hiʻiaka 🌙 Namaka 💍 Yana bir hayratlanarli jihati — Haumeaning halqasi ham bor! 🧊 Haumea asosan muz va toshli materiallardan tashkil topgan deb hisoblanadi. Uning yuzasi esa juda yorqin — yangi muz qatlami mavjudligidan dalolat beradi. 💫 Haumea — shunchaki uzoqdagi muzli shar emas. U tez aylanadigan, cho‘zinchoq shakldagi, ikkita yo‘ldoshi va hatto halqasi bo‘lgan sirli kichik dunyo. @astronomiya

📚✨ 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI! 👨‍🏫👩‍🏫 🌟 Insoniyat ming yillar davomida osmondagi yulduzlarga qarab yo‘l topga
📚✨ 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI! 👨‍🏫👩‍🏫 🌟 Insoniyat ming yillar davomida osmondagi yulduzlarga qarab yo‘l topgan. Bugun esa bizga hayot yo‘lida yo‘nalish beradigan eng yorqin “yulduzlar” — ustozlarimizdir. 🌌⭐ 📖 Ustoz bergan bilim — zulmatdagi nur, 🧭 bergan yo‘nalishi — hayotdagi kompas, 🌱 bergan tarbiyasi esa kelajak uchun ekilgan urug‘dir. 💐 Aziz ustozlar! Sizlarning mehnatingiz tufayli shogirdlaringiz o‘z osmonida yangi yulduzlarni kashf etadi, yangi marralar sari intiladi. 🌠 🔭 Osmonda milliardlab yulduzlar bor, ammo inson hayotida yo‘lini yoritib bergan ustozning o‘rni beqiyos. ❤️ Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xotirjamlik va shogirdlaringizning yutuqlaridan cheksiz faxr tilaymiz! 🤲✨ 🎓 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! 💐📚🌌 ⭐ Har bir buyuk insonning osmonida unga yo‘l ko‘rsatgan bir Ustoz yulduzi bo‘ladi. @astronomiya

Uran sayyorasining Quyosh tizimidagi boshqa sayyoralardan farqi nimada?
Anonymous voting

🌌 BIZ TOMON YAQINLASHAYOTGAN TOP-5 YULDUZ ⭐ 🔭 25 yorug‘lik yili radiusidagi eng qiziqarli 5 tasi: 1️⃣ ⭐ Barnard yulduzi 📍
+4
🌌 BIZ TOMON YAQINLASHAYOTGAN TOP-5 YULDUZ ⭐ 🔭 25 yorug‘lik yili radiusidagi eng qiziqarli 5 tasi: 1️⃣ ⭐ Barnard yulduzi 📍 Hozir: ~5,96 l.y. ⏳ ~10 000 yildan so‘ng: 3,7 l.y. gacha yaqinlashadi. 2️⃣ ⭐ Lalande 21185 (Gliese 411) 📍 Hozir: ~8,3 l.y. ⏳ ~20 000 yildan so‘ng: 4,65 l.y. gacha yaqinlashadi. 3️⃣ ⭐ Proxima Centauri 📍 Hozir: ~4,24 l.y. ⏳ ~25 000 yildan so‘ng: 3,13 l.y. atrofida bo‘ladi. 4️⃣ ⭐ Ross 248 📍 Hozir: ~10,3 l.y. ⏳ ~36 500 yildan so‘ng: 3,05 l.y. gacha yaqinlashadi. 5️⃣ ⭐ Gliese 445 📍 Hozir: ~17 l.y. ⏳ ~40–46 ming yildan so‘ng: 3,4–3,5 l.y. atrofida bo‘ladi. 🚀 Qizig‘i: shu davrda Voyager 1 ham uning yonidan taxminan 1,6 l.y. masofadan o‘tadi. 🔥 Qiziq tomoni: Barnard yulduzi eng tezlaridan biri — sekundiga 143 km. Bu taxminan 515 000 km/soat degani. Tahminiy hisob 🌠 Muhim: “yaqinlashmoqda” degani ular Yerga xavf tug‘diradi degani emas. Eng yaqin holatda ham bu yulduzlar trillionlab kilometr uzoqda bo‘ladi. 🔭 Koinotda yulduzlar ham doim harakatda! @astronomiya

🚀 VOYAGER 1 — YULDUZ TOMON YO‘LDA! 🌌 🛰️ Voyager 1 taxminan 40 000 yildan keyin Gliese 445 (AC +79 3888) yulduziga eng yaqi
+1
🚀 VOYAGER 1 — YULDUZ TOMON YO‘LDA! 🌌 🛰️ Voyager 1 taxminan 40 000 yildan keyin Gliese 445 (AC +79 3888) yulduziga eng yaqin nuqtadan o‘tadi. ⭐ Yulduz bizdan hozir 17,6 yorug‘lik yili uzoqlikda. 📏 Voyager esa undan taxminan 1,7 yorug‘lik yili masofadan o‘tadi — bu astronomik miqyosda yaqin, lekin yulduzga kirib bormaydi. ⏳ Taxminiy vaqt: milodiy 40 272-yil. 🌌 Eng qizig‘i: o‘sha paytda Gliese 445 o‘z harakati sabab Voyagerga hozirgidan ancha yaqinroq bo‘ladi. @astronomiya

To'g'ri ma'lumotni toping! To'g'risini
Anonymous voting

Aralash bo'lmagan variantni toping
Anonymous voting

To'g'ri ma'lumotni toping!
Anonymous voting

Fantaziyangizni bildiring!!! Oumuamua yulduzlararo obyekt haqida qanday fikrdasiz. Ilm-fan nuqtai nazaridan tashqari bo'lsa ham!
Anonymous voting

🌟 FOMALHAUT — JANUBIY OSMONDAGI YORQIN YULDUZ 🐟 Nomi: Fomalhaut Arabcha فم الحوت (Fum al-Ḥūt) — “Baliqning og‘zi” degan ma’
+3
🌟 FOMALHAUT — JANUBIY OSMONDAGI YORQIN YULDUZ 🐟 Nomi: Fomalhaut Arabcha فم الحوت (Fum al-Ḥūt) — “Baliqning og‘zi” degan ma’noni anglatadi. U Janubiy Baliq (Piscis Austrinus) yulduz turkumidagi eng yorqin 🔭🇰🇿🇺🇿🇰🇬 Markaziy Osiyoning katta qismidan Fomalhautni kuz oylarida — asosan oktabr va noyabrda kechqurun janub tomonda ko'rinadi Fomalhaut Yerdan taxminan 25 yorug‘lik yili uzoqlikda. ⭐ Xususiyatlari: • Spektral turi: A3V • Sirt harorati: taxminan 8 500 K 🔥 • Massasi: Quyosh massasidan taxminan 2 baravar katta • Ko‘rinma yulduz kattaligi: +1.16 — shuning uchun oddiy ko‘z bilan ham juda yaxshi ko‘rinadi. Webb teleskopi yulduz tizimida bir nechta konsentrik chang kamarlarini aniqlagan. Ularning eng tashqi qismi o‘nlab milliard kilometrga cho‘ziladi. 🛰️ Tizimda Fomalhaut A, B va C deb ataladigan uchta yulduz mavjud. Fomalhaut C juda uzoqda joylashgan bo‘lib, boshqa ikkitasidan boshqa yulduz turkumida ko‘rinadi. @astronomiya

Arabcha nomli mashhur yulduzlar nomlarining qisqacha ma'nosi Aldebaran — Izlanuvchi / ergashuvchi Betelgeuse — Arabcha iboradan kelib chiqqan Rigel — Oyoq Vega — Qulayotgan burgut Altair — Uchuvchi / parvoz qiluvchi Deneb — Quyruq Algol — Jin / iblisning boshi Alnilam — Marvaridlar qatori Alnitak — Kamar Mintaka — Kamar / belbog‘ Fomalhaut — Baliq og‘zi Achernar — Daryoning oxiri Hamal — Qo‘zi Sheratan — Ikki belgi Alpheratz — Otning kindigi Mirach — Belbog‘ Almach — Arabcha yulduz nomidan kelib chiqqan Zubenelgenubi — Janubiy qisqich Zubeneschamali — Shimoliy qisqich Unukalhai — Ilonning bo‘yni Rasalhague — Ilonboqarning boshi Rastaban — Ilonning boshi Eltanin — Ilon / ajdarho Alkaid — Yo‘lboshchi Mizar — Belbog‘ Alcor — Arabcha nomdan kelib chiqqan Dubhe — Ayiq Merak — Bel / bel sohasi Algenib — Yon / qanot Aludra — Bokira / qiz @astronomiya

Oy bizning yagona tabiiy yo'ldoshimiz. Bizni chiroyi va hususiyatlari bilan quvontiradi. U bilan sohildagi mo'jaz to'lqinlar bor. U bilan gravitatsiya tomonidan aytganda Yerimiz tartibli. U betakror juda chiroyli😍🥰 @astronomiya

Bilib o'ygan yaxshi☝️🤓 Quyosh tizimi Somon Yo‘li bo‘ylab taxminan 230 km/s tezlikda harakat qiladi. Demak, atigi 5 soniyada biz fazoda taxminan 1150 km siljiymiz. Endi tasavvur qiling: vaqt mashinasida 2 kun avvalga qaytib, o‘sha paytdagi o‘zingizga: “Darsga kech qolma!” demoqchisiz. Muammo shundaki, 2 kun avval Yer ham hozirgi joyida bo‘lmagan. U Quyosh atrofida, Quyosh esa galaktika bo‘ylab harakatlanmoqda. Shunchaki “2 kun avval”ni tanlasangiz, Yerga emas, boshqa fazoviy nuqtaga tushib qolishingiz mumkin. Ya'ni holat siz o'ylagandan ko'ra daxshatli... Shuning uchun vaqt mashinasida sanani ham, koordinatani ham to‘g‘ri belgilang 😊 Ya’ni, o‘zingizni asrang, oshna. 🚀🌌 @astronomiya

Yupiter, Saturn, Uran va Neptun sayyoralarini qaysi hususiyatlari o'xshash? Javoblaringizni izohga yozing!

‼️🚨 DIQQAT! 🚀 Hisob-kitoblarga ko‘ra, Voyager 1 kosmik apparati shu yil 18-noyabr sanasida 🌍 Yerdan 1 yorug‘lik kuni masofaga uzoqlashadi. 🌌 🤯 Insoniyat tomonidan yasalgan apparat ilk bor 1 yorug‘lik kuni masofasiga yetib boradi! ⏳ Bunga qariyb 49 yil vaqt ketdi. 🚀 Hozirda Voyager 1 tezligi: 💨 taxminan 17 km/sekund 🌟 1 yorug‘lik kuni (1 light-day) — yorug‘likning vakuumda 24 soat davomida bosib o‘tadigan masofasi. 📏 Bu taxminan 25,9 milliard km ga teng. 🪐 Ya’ni 173 astronomik birlik (AB) atrofida. ☀️ 1 astronomik birlik (1 AB) — Yer 🌍 bilan Quyosh ☀️ orasidagi o‘rtacha masofa. 📏 1 AB ≈ 150 million km 🌌 49 yil davomida insoniyat yaratgan eng uzoq sayohatchilardan biri yana bir ulkan marrani zabt etadi. 🚀🌍➡️🌌 Voyager 1 — insoniyatning yulduzlar tomon yuborgan uzoqdagi elchisi. 🛰️✨ @astronomiya