fa
Feedback
KOINOT SIRLARI

KOINOT SIRLARI

رفتن به کانال در Telegram

🏛 Bu sahifa O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya instituti ilmiy hodimlari tomonidan yuritilMayapti🏛 Sahifa maʼmuriyati: 👤

نمایش بیشتر
2 817
مشترکین
-324 ساعت
-77 روز
-1530 روز
آرشیو پست ها
Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi 2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘
+2
Kichik sayyoralarga o‘zbek olimlarining nomi berildi 2026-yil 9-iyul kuni Xalqaro astronomiya jamiyatining Kichik jismlar bo‘yicha qo’mitasi (WGSBN) tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining ikki nafar olimi - Kamoliddin Ergashev va Otabek Burxonov nomlari ikki kichik sayyora ̶ asteroidga berilgani ma’lum qilindi. Yangi nomlar WGSBN Bulletenining 6-jild, 11-sonida e’lon qilindi. Endilikda xalqaro astronomik kataloglarda ushbu osmon jismlari (131358) Kamolergashev va (121339) Otabekburkhonov nomlari bilan qayd etiladi. Ma’lumot o‘rnida: Avvalroq bu ikki olim NASAning sayyoraviy modofaa tajribasi doirasidagi faol ishtiroki va hissasi uchun NASA tomonidan “Group Achievement Award” mukofoti bilan taqdirlangan edilar.

Qora tuynuk energiyasi va uni o‘rab turgan muhit 2026-yilda International Journal of Geometric Methods in Modern Physics jurn
Qora tuynuk energiyasi va uni o‘rab turgan muhit 2026-yilda International Journal of Geometric Methods in Modern Physics jurnalida “Dynamics of energy extraction near a rotating Kiselev black hole” nomli maqola e’lon qilindi.
Tadqiqot aylanuvchi qora tuynuk atrofida energiya qanday ajralib chiqishini tahlil qiladi. Odatda bunda asosiy omil sifatida qora tuynukning aylanish tezligi qaraladi. Bu ish esa yana bir muhim jihatga e’tibor qaratadi: qora tuynukni o‘rab turgan muhit ham bu jarayonga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada chang, nurlanish va qora energiyaga o‘xshash maydon holatlari solishtirilgan. Hisob-kitoblar ayrim holatlarda Penrose jarayoni samaradorligi odatiy Kerr qora tuynugiga nisbatan taxminan 30 foizgacha yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, qora energiyaga o‘xshash muhitda bu ta’sir kuchliroq ko‘rinadi.
Bu natijalar qora tuynuklar atrofidagi kuchli jetlar, kvazarlar va faol galaktika yadrolarining energiya manbaini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Telegram

Ertaga 21-iyun, yilning eng uzun kuni deyishyapti. Shu rostmi? Yaxshi hamki yakshanba dam olish kuniga togri kelibdi. Koproq dam olarkanmizda😁

photo content
+1

photo content

Hamma INTERSTELLAR kinosini ko'rgan deb o'ylayman, videoda ushbu kinodagi qiziq bir lavhani fizika bilimlari asosida qiziqarli tahlil qilingan Manba: Turimov Bobur

My Universe 💜✨❤️ @astronomiya

ARKTUR — SAMOVIY KELGINDI YULDUZ? Arktur tungi osmonning eng yorqin yulduzlaridan biri va Cho‘pon (Boötes) turkumining bosh y
+2
ARKTUR — SAMOVIY KELGINDI YULDUZ? Arktur tungi osmonning eng yorqin yulduzlaridan biri va Cho‘pon (Boötes) turkumining bosh yulduzi hisoblanadi. Ayrim tadqiqotlarga ko‘ra, u milliardlab yillar avval Somon Yo‘li yutib yuborgan qadimiy mitti galaktika bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sabab ba'zan u norasmiy ravishda "kelgindi yulduz" deb ham ataladi. Arktur bugungi kunda ham astronomlarning qiziqish markazida qolmoqda. "Arktur" (Arcturus) nomi qadimgi yunoncha "Arktouros" (Ἀρκτοῦρος) so‘zidan kelib chiqqan. Ma'nosi: "Ayiq qo‘riqchisi" yoki "Ayiq kuzatuvchisi". 📌 Xarakteristikasi: • Spektral turi: K1.5 IIIpe (qizil gigant) • Quyoshdan ~25 marta kattaroq • Yorqinligi Quyoshnikidan ~170 marta kuchliroq • Yoshi taxminan 7 milliard yil 📏 Masofasi: • Yerdan 36,7 yorug‘lik yili uzoqlikda @astronomiya

🧠🚀 INSON TANASIDAN VOZ KECHISH — KOINOTNI EGALLASHNING ENG OSON YO‘LIMI? Tasavvur qiling: kelajakda olimlar inson miyasidagi barcha neyron aloqalarini, xotiralarni, xarakter va ongni to‘liq raqamlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada inson o‘z biologik tanasiga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Ong maxsus robot tanaga ko‘chiriladi. Bunday robot: 🔹 Och qolmaydi. 🔹 Suv ichishga muhtoj emas. 🔹 Kasal bo‘lmaydi. 🔹 Qarimaydi. 🔹 Radiatsiyadan deyarli qo‘rqmaydi. 🔹 Juda past yoki yuqori haroratlarda ishlay oladi. Shundan keyin insoniyat oldida yangi imkoniyat paydo bo‘ladi. Yulduzlararo kemalarga odamlarni emas, balki ularning raqamlashtirilgan ongiga ega robotlarni joylashtirish mumkin bo‘ladi. Ular yuzlab, hatto minglab yillar davom etadigan sayohatlardan omon chiqishlari mumkin. Masalan, Yerga eng yaqin yulduz tizimlaridan biri bo‘lgan Proksima Sentavrga uchish bugungi texnologiyalar bilan o‘nlab ming yillar talab qilishi mumkin. Biologik odam uchun bu amalda imkonsiz. Ammo ong ko‘chirilgan robot uchun vaqt unchalik katta muammo emas. Ular: 🌌 Yangi sayyoralarni o‘rganadi. 🌌 O‘zga sivilizatsiyalarni qidiradi. 🌌 Koinot xaritasini tuzadi. 🌌 Yangi koloniyalar uchun joy tayyorlaydi. Balki millionlab yillar o‘tgach, Somon Yo‘lining turli burchaklarida ishlayotgan ana shunday tadqiqotchi robotlar aslida uzoq zamonlar oldin Yerda yashagan insonlarning davomchilari bo‘lar. Eng qiziq savol esa shunday: Agar sizning barcha xotiralaringiz, hislaringiz va fikrlaringiz robotga ko‘chirilsa, u haqiqatan ham siz bo‘lasizmi? Yoki u faqat o‘zini siz deb hisoblaydigan mukammal nusxami? Ilm-fan hozircha bu savolga aniq javob bera olmaydi. @astronomiya

photo content

Quyidagi bir qator yulduzlar qaysi turkumga kirishi haqida javoblar bor. To'g'ri javobni aniqlang!
Anonymous voting

🌃Yaxshi dam olinglar Koinot ihlosmandlari🌌 Bu tungi osmonda son-sanoqsiz galaktikalar-u yulduzlar ko'rinadi. Bir savol keladi — shu uzoq masofada qanchadan-qancha zaminlar bor? Ya'ni sayyoralar! Somon yo'lidan juda ham olisda, galaktikalar ichidagi yulduzlar yonida aylanuvchi hayotga ega qancha sayyoralar bor ekan?...

Ton 618 ultramassiv qora tuynukni faraziy tarzda bizdan qancha masofaga o'rnatsak katta ehtimol bilan u shuncha xavfsiz bo'ladi?
Anonymous voting

Hamma vahimchi telegram kanallar mana shu saytdan magnit bo'ronlari haqida grafikni olib, post qo'yishardi. Lekin bu sayt ham
Hamma vahimchi telegram kanallar mana shu saytdan magnit bo'ronlari haqida grafikni olib, post qo'yishardi. Lekin bu sayt ham, boshqalari ham aslida malumotlarni NOAA saytidan oladi. Hozirda u yerdagi 27 kunlik bashorat hozirgi kutilayotgan natijaga mos emas. Balki shunga grafikda to'liq bashorat yo'qdir😁 Siqilmang, o'zingizni asrang🤫

Bugun va ertaga magnit bo'ronlari kutilmoqda AQSh ning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (National Oceanic a
+1
Bugun va ertaga magnit bo'ronlari kutilmoqda AQSh ning Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (National Oceanic and Atmospheric Administration qisqacha - NOAA) malumotlariga ko'ra bugun va ertaga kuchli magnit bo'ronlari sodir bo'ishi mumkinligini ko'rsatyapti. Sizlarga tushunarli bo'lishi uchun 2-rasmda ushbu ma'lumotlarni GEMINI AI yordamida grafik ko'rinishga keltirdim. Bu bo'ronlar Quyoshdagi aktivlik va kuchli chaqnshlar sabab vaqti vaqti bilan yuzaga kelib turadi. Ma'lumotlar manbasi: https://www.swpc.noaa.gov/products/3-day-forecast

Barcha obunachi va kuzatuvchilarni Qurbon hayiti bilan tabriklaman

2024-yilda COSPAR workshop Samarqandda bo'lib o'tgan edi. Bu safar esa Misrda bo'ladi. Workshop Quyosh fizikasi, Quyosh -Yer a'loqasi, Kosmik ob-havo bo'yicha bo'ladi. Workshop to'liq ingliz tilida bo'lib, Baklavr, magistr va PhD talabalar uchun mo'ljallangan. Qatnashish uchun ariza berish va to'liq ma'lumot quyidagi havolada: https://cospar2026-nriag.com/