en
Feedback
TASKIN - Psixologik markazi

TASKIN - Psixologik markazi

Open in Telegram

Ҳар қандай психологик муаммоларингизга биз орқали «Таскин» топинг!☺️ Консультацияга ёзилиш учун: @azimov_admin ✅ Асосий гурухимиз: @naimjon_azimov 🟢

Show more
2 485
Subscribers
-224 hours
+17 days
-4030 days
Posts Archive
Umuman olganda 2024-yil shunaqa katta podkastlar va katta loyihalar bilan kutib oldi. Ancha dolzarb bo’lgan savollarga ilmimiz yetganicha javob berdik. Shu kabi podkastlarimiz davomiy bo’lishini istasangiz, videoni ko’rib izohlarda fikrlaringizni albatta qoldiring👇 https://youtu.be/acBN2boyulM?si=SIMM-xsxxeNDjoGX

O‘zbek jamiyatiga psixolog kerakmi? Yoxud zamonaviy psixologiyaning ta’siri qanday? Hech kimga sir emaski, bugungi kunda • O'zingizni seving; • Kuniga 500 marta shu so'zni aytsangiz baxtingiz ochiladi; • Sehrli so'zlarni aytsangiz pullar o'zi keladi, — kabi fikrlarni soxta psixologlar tomonidan gapirilganini ko'p eshitamiz. Xo‘sh, aslida psixologiya foydasiz maslahatlarni berish uchun xizmat qiladimi? 🎞 Bu safar "Alohida mavzu"da "Psixologiya" mavzusini mutaxassislar bilan muhokama qildik. 📌 Premyerani 17-yanvar — chorshanba kuni 20:00 da havola orqali tomosha qiling! 👉 https://youtu.be/acBN2boyulM

Bugun bir nechta psixologik kanal asoschilari yeg’ilib ilmiy suhbat qurdik… ✅ @psixologiyamentalbalance - psixologiyani menta
Bugun bir nechta psixologik kanal asoschilari yeg’ilib ilmiy suhbat qurdik… ✅ @psixologiyamentalbalance - psixologiyani mentalitetimizga mos jihatlarini tarbiyaviy usulda yetkazib beruvchi maxsus kanal. ✅ @psixodiagnostika - turli psixodiagnostik testlar va ilmiy maqolalar joylanib boruvchi maxsus kanal. ✅ @taskin_markaz - psixologik kurslar, amaliy psixologiya hamda turli psixologik muammolar (travmalar)ni zamonaviy yechimlarini berib boruvchi psixologik markazning rasmiy telegram kanali.

Seksologiyani jamiyatimizga ta’siri! Ba’zi bir seksologlarni tavsiyalari ayollarga qanchalik zararli ekanligi haqida👇 https://telegra.ph/Seksologiya-kerak-mi-01-12

Assalomu aleykum barchaga. Bugun hozirgi kunda zamonaviy SEKSOLOGLARNI jamiyatimizga qanchalik xavf tug’dirayotgani haqida maqolamiz kanalga joylanadi… Ular berayotgan texnikalarni foydasidan zarari qanchalik ko’pligini bilib olasiz! Bizdan uzoqlashmang! Maqola sizga qiziq bo’lsa reaksiya qoldiring👇

Sizga bugun bir voqeani aytib bermoqchiman… Bundan 7 yil oldin maktab psixologi bo’lib ishlab yurgan paytlarim Ramazon oyida yarim kechasi telefonim jiringlagan va zudlik bilan ROVD ga yetib borishim kerakligini aytishgan. Sababi aytilmagan. Ming bir hayollar bilan borganman. Borsam… Maktabimiz direktori, kichkina 7 yoshli bolakay va uni ota-onasi, uchastkovoylar, yana boshqa bir kattaroq bolalar, xullas seryozniy nimadir bo’lgani aniq. Bizga psixolog xulosasi kerak, vaziyatni aniqlashtirishimiz kerak deb chaqirishgan ekan! To’g’risi nima bo’lganini ham bilmayman, nega chaqirishganini ham to’liq tushunmay turibman. Ko’z oldimdagi vaziyat esa faqatgina, endi 1-sinfga qadam qo’ygan jajjigina, shiringina bolakay tinimsiz yeg’lab yotibti, uni ota-onasi esa jazavada, qolgan yaqinlari boshini yerga qilgan, uchastka nozirlari esa yelka qisgan holatda… Keyin yaxshilab masalani tagiga yetsam, Ramazon oyi bo’lganligi uchun og’iz ochar payti ona iftorlikka harakatga unagan. Bola esa shu payta ko’chada o’ynayotgan bo’lgan. Va ona to’sattan bolasi yo’q bo’lib qolganini sezgan. 1-1yarim soatlar o’tib bola qo’shni domdan yeg’lab kelgan… Bola tinimsiz “k@tim og’riyapti” deb yeg’lagan, onasi yechintirib qarasa, orqasi qizarib qontalash bo’lib ketgan. Aniqlanishicha, qo’shni domdagi rus yigit g’ira-shira shom paytidan foydalanib, padezdga olib kirib kichkinagina murg’ak go’dakka shu jirkanch ishini qilgan! Bola sho’rlik atiga 7 yosh, endigina 1-sinfga qadam qo’ygan! Tasavvur qiling, hali go’dakdeee…( Hali bunaqa narsalarga aqli yetmasidan jiddiy travma olayapti. Uni kelajagichi? Butun umr endi shu xotira bilan yashaydimi? Yana tasavvur qiling, bu bola 20-30 yoshga chiqqanida unda qanday holatlar kuzatiladi? - Turli komplekslar, samootsenka pastligi, o’z tengqurlariga qo’shila olmaslik, qolaversa psixicheskiy rasstroystvogacha borishi mumkin! Ko’rganingizdek hozirgi kunda nafaqat qizlarni balki o’g’il bola farzandingizni asrashingiz kerak bo’lib qoldi !!! Endi ahamiyat bering, yoshligida shunaqa travmaga uchragan opa-singillarimiz qancha? Aslida bu kabi jinsiy zo’ravonlikka ayollar ko’p duch kelishadi ! Yoshligida shu kabi travmalarni qurboniga aylangan ayollarga turli seksologlarni kursi qanchalik foyda beradi? Kasallikni davolashdan ko’ra uni berkitish, yopishga harakat emasmi bu? Xullas bu haqida batafsil maqola yozdim! Davomini kanalimizda joylaymiz👇🏻 ▶️ @taskin_markaz

​​#admindan_satrlar #by_admin Admindan satrlar... 😉 Bugun juma namoziga ketib borarkanman, telefonimga qaradim bir mijozim 2marotaba telefon qilgan ekan. Mijozim bilan yaqin orada konsultatsiyani mo'ljallashtirmaganimiz uchun tinchlikmikan deya, yo'l yo'lakay gaplashib ola qolaman deb qaytib chiqdim. Go'shakni ko'targan mijozim: - "Assalamu aleykum Naimjon yaxshimisiz? Bezovta qilmadimmi.." - Vaaleykum assalom .... . Yo'q bemalol. Telefon qilganakansiz? Eshitaman? - Man... Man sizga rahmat etmoxchidim... - Qanaqa rahmat? Nimala bo'ldi xo'sh? - Tinchlik tinchlik. Sizi oldizga borib keganimdan keyin 2kun davomida rosa o'yladim. O'zimdagi kamchiliklarni ko'ra boshladim. Ko'p noshukurlik qilib qo'yayotgan ekanman. O'zimmi o'zgartirishga qaror qildim. Buyog'iga boshqacha bo'laman. Siz mani ko'zimni ochdiz. O'zi etishadiyu har kim nimadirga sababchi bo'ladi dib. Siz man o'zimni o'nglab olishimga sababchi bo'ldiz. Shunchaki shulani etgani, sizga rahmat etib qo'yi dib tilifon qiludim. Hozir ancha yengilman. Ko'p jarayonlarga boshqacha ko'z bilan qarashni boshladim. Mijozimga arzimidi manamas siz o'zizga o'ziz yordam berdiz man shunchaki sizi yo'naltirib turdim holos deya bir ikki tavsiyalarni berib, holatni birgalikda muhokama qilib go'shakni qo'ydim. Juma kuni. Juma namozga qarab ketmoqdaman. Oldimda otam ketayabdilar. Oyoqlarim maschit tomon ketayabtiyu, ichimda qandaydir o'zim tushuna olmaydigan his. Har safar qaysidir mijozim o'zidagi o'zgarishlarni shunaqa emotsiyalar bilan to'lib toshib xursandchiliklar bilan aytsa, undagi xursandchilik menga ham o'tadi go'yo... Ba'zi bir mijozlar o'zgarishi uchun o'zidagi o'zgarishlarni his qilishi uchun 10 marotabalab psixolog huzuriga qatnashi kerak. Bazi birlar uchun 1 marotaba ham, psixologning bir og'iz so'zi ham ular uchun huddi "kalit" so'zday jaranglab ongiga "ustanovka" bo'lib qoladi va shuning o'zi yetadi. Bu mijozim atiga 2 marotaba konsultatsiyaga kelgan edi. 2 marttada uje ancha o'zgarish... Ancha muncha o'zlaridagi kamchilig-u yutuqlarini his qilib muammolariga yechim topdilar. Albatta bu quvonarli holat. Shu onda bu kasbni bejizga tanlamaganimga, inson qanday kasb tanlashidan qat'iy nazar agar uning niyati holis bo'lsa, o'sha kasbning tagida yaxshilik yotishiga, o'sha kasbi orqali odamlarga yordam bera olishi mumkinligiga yana bir bor iqror bo'ldim... Men yozuvchi yoki shoir emasman. Balki siz azizlarga shu damdagi quvonchimni va mijozimdegi pozitiv emotsiyalar jo'shqinligiyu uning gap so'zlaridagi, go'shak ortidagi quvonchini yetqazib bera olmagandirman. Lekin aniq bilaman siz ham qachondir kimgadir yaxshilik qilib yordam berganingizdagi o'sha odamni quvonchini ko'rganingizda shunday tuyg'uni his qilgansiz ☺️ Va bu tuyg'ular har safar har xil ko'rinishda keladi... 🙃😃 Ba'zida mendan "O'zing hali yosh bo'lsang, uylanmagan bo'lsang qanday qilib oilalilarni muammosi bilan ishlaysan? Oila qurmagansanku..." deb so'rashadi. Shu kabi savollarga meni javobim quyidagicha: "Mindeeey olib qarasak, shifokorlarimiz ham juda ko'p bemorlarni davolashadi, og'ir va turli kasallarga shifo topishda yordam berishadi. Ularning hammasiga yordam berish uchun shifokorlar ham hamma kasalliklarni boshidan o'tqazishi, kasallanib ko'rishi shartmasku" Menimcha tushungan odamga shu javobning o'zi kifoya☝️🏼😉 P.s. Psixologiyaning qonun qoidalariga tayangan holda, "конфиденциальность" ni ustun qo'yib mijozning ism familiyasi va muammosi oshkor etilmadi...! Muallif: psixolog-trener, motivator Naimjon Azimov ✅ ▶️ @motiv_uz

Ҳаракатни бироз кучайтиришимиз керак азиз дўстлар☝🏻😉 Ассаламу алейкум!

«Influencer Awards» mukofotida sevimli blogerlar uchun ovoz beramiz! 🔸Nominatsiya: Psixologiya Ilmiy asoslangan inson psixol
«Influencer Awards» mukofotida sevimli blogerlar uchun ovoz beramiz! 🔸Nominatsiya: Psixologiya Ilmiy asoslangan inson psixologiyasiga bag‘ishlangan, ta'lim maqsadlaridagi mualliflik kontenti. Mukofot nominantlari: @miroslav_reels @psixolog_najmiddinova @utarovd @umida.kadyri @naimjon_azimov_ @psixolog_sobirov ▶️ Ovoz berish ▶️ Ovoz berish statistikasini ko‘rish Mukofot tashkilotchilari: O‘zbekiston marketing uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Mukofot hamtashkilotchilari: «Tanish-bilish» kreativ agentligi, «We Digital» kreativ dijital-agentligi Texnik qo‘llab-quvvatlash: Uzinfocom, Life Style Creative ✅ Yo‘riqnomani do‘stlaringiz bilan baham ko‘ring. Sevimli blogerlaringizni qo‘llab-quvvatlang! 📞 + 998 97 402 28 20 #influencer_awards2023

Агар сен бу нарсани ўрганиб олсанг, ишларинг доим беш бўлиб ҳаттоки душманинг ҳам сен билан дўст бўлгиси келади... 😳👍🏽 @Militsiya_Uzb👈🏽

+1
Bizda yangi REKORD🔥 3 oydan beri davom etib kelayotgan qo’rquvni 15 daqiqa ichida tozalab tashladik! Bu qo’rquv bora bora psixosomatika berishni boshlagan ekan. Tanada qaltiroq, oshqozon va ichak faoliyatlari buzilishni boshlagan bo’lgan. Tasavvur qiling, 15 daqiqada hammasi birdan qo’yib yubordi. Bu bizning yangi rekordimiz!✊🏻😉 ▶️ @taskin_markaz

#Davomi 👆🏻 Psixologiya ham huddi shunday. Bu yerda aniq tashxis va aniq davolash choralari kerak! Dinga aralashish, insonni e’tiqodiga aralashish, din va Qur’ondan gapirishni esa asl ilm egalariga qo’yib berish kerak. Har kim o’z ishini qilsin. Dindan gapiraman deb odamlarni chalg’itib tashlashyapti aslida! Mayli gapirsin dindan ham. Faqat yetarlicha diniy ilmga ega ekanligi to’g’risida xujjatlarga ega bo’lib, ustozlardan ijoza olgan holda gapirsin! U boshqa mavzu… Bu mavzu haqida esa gapirsa gap ko’p! Lekin biz har bir pashshaga asal bilan tezakni farqi bor deb vaqtimizni behuda sarflagandan ko’ra, muammolar girdobida qolgan, to’g’ri ilmga muxtoj bo’lgan qatlamga yordam berishga vaqtimizni sarflaganimiz afzal… Tushunmagan yoki tushungisi kelgisi kelmagan odamlar bilan go’yoki talashib biz ko’p narsani qo’ldan boy berib qo’yamiz! Hozir kim haq kim nohaq talashib o’tiradigan payt emas. Qanchadan qancha insonlar, oilalar psixologga muxtoj. Qanchadan qancha odamlar XXI-asr zamonaviy psixologik kasalliklariga kunda chalinishmoqda, qancha oilalar ajrim yoqasida, farzandlar ota-onasidan nafratda yashamoqda, insonlar o’z joniga qasd qilish payida yuribti, kimdurlar necha yildan beri depressiyada… Biz odamlarga to’g’ri ilm orqali yordam berishda davom etaveramiz! Ko’zi ochilgan, asl haqiqatni ko’rgan xalq esa bir kun kelib tilga kiradi… Xalq gapirsin! ▶️ @taskin_markaz

Asalari pashshaga asalni tezakdan yaxshi narsa ekanligini tushuntirishga vaqti yo’q… Hozirgi kunda atrofda psixologiyani folbinlik bilan qiyoslayotganlar, go’yoki bu sohani obro’sizlantirishga harakat qilayotgan kuchlar ko’paygan! Afsuski o’rmonga o’t ketsa, xo’lu quruq birdek yonib ketmoqda! Ba’zi bir chalasavodlarni gapini deb, bu sohada nechi yillardan beri xalq uchun fidoyi xizmat qilayotgan ustozlarga ham tosh otilmoqda.. To’g’ri psixologiyaga o’xshash turli ezoterik bilimlar bilan psixologiyani nomini bulg’agan va haligacha bulg’ayotganlar ham ko’p. Asl ilmiy psixologiya o’zi oldi qochdi gaplardan yiroq, insonni diniga, e’tiqodiga aralashmagan holda aniq faktlar, ilmiy isbotlangan texnika va metodikalar bilan ishlaydi. Har safar qayta qayta aytaman, psixologiya bu huddi tibbiyotga o’xshagan soha! Tibbiyot insonni fiziologiyasi, tanasidagi turli o’zgarishlarni o’rgansa, psixologiya esa insonni ongini, uning emotsiyalari, kechinmalari, xissiyotlarini o’rganadi. Uni ruhiyatini yoki ruhiy olamini emas! Uning ajdodlarini qilgan gunohlarini taftish qilish bilan ovora emas toza psixologiya! Tasavvur qiling, siz boshingiz og’rib, ko’nglingiz aynib shifokorga murojaat qildingiz, shifokor sizga qaysidur ajdodingiz qilgan xato uchun boshingiz og’riyapti, uni hayotini takrorlamaslik uchun istig’for ayting, shukrona ayting deb mullajiringni olib sizga javob berib yuborsa sizni holatingiz qanday bo’lardi? Undan ko’ra aniq tashxis va 1ta bo’lsa ham tayinli dori yozib bersa bo’lmasmidi deysizmi? Deysiz! Psixologiya ham xuddi shunday… #Davomi_bor 👇🏻 ▶️ @taskin_uz

Do’stlarimiz, hamkasblarimiz o’z kanallarida ham bizni qo’llab quvvatlashni boshlab yuborishdi☝🏻 Gap yo’q, rostdan ham biz ko’pchilik ekanmiz✊🏻 Haqiqiy Oila🫶🏻❤️

Repost from PSIXODIAGNOSTIKA
Hamkasbim, tajribali psixolog Naimjon Azimov janoblari Respublika tanlovida "Yil psixologi" nominatsiyasiga nomzodlik qilmoqdalar. Menimcha Naimjon Azimov g'oliblik uchun eng mos nomzod! Naimjon Azimovga ovoz bering!

“Yil psixologi” nominatsiyasiga bot orqali ovoz berish tartibi☝🏻 Agar sizda 2-3ta tg profil bo’lsa, har bir akkauntingizdan alohida ovoz bersangiz ham bo’ladi. Ham oila a’zolar va do’stlaringizni ham ovoz berishga targ’ib qilsangiz xursand bo’lardik. Tanlovda yutib chiqsek butun boshli komandamiz bilan qatnashish nasib qilsin✊🏻😊

“Yil psixologi” nominatsiyasiga sevimli psixologingiz Naimjon Azimovga ovoz bering. Siz bilan birgalikda bu tanlovda yutib chiqamiz InshaAllah☝🏻😉 Buning uchun ushbu botga o’tib ovoz berasiz. Bir necha telegram akkauntlardan ham ovoz bersangiz bo’ladi👌🏻 Har biringizni ovozingiz biz uchun muhim. Bitta ovoz ham ko’p narsani hal qilib qo’yishi mumkin. Befarq bo’lmang! https://t.me/makon_brand_bot

Kecha “Premium klub”imizdagilar uchun katta Jonli efir bo’ldi. Har jonli efirda bepul konsultatsiyalar bo’lib o’tadi… Ha aytg
Kecha “Premium klub”imizdagilar uchun katta Jonli efir bo’ldi. Har jonli efirda bepul konsultatsiyalar bo’lib o’tadi… Ha aytgancha, klubimizga Yanvar oyi uchun qabullar ochilgan. 7-yanvargacha klubga qo’shilib olishingiz mumkin! @azimov_admin ga yozib klubga qo’shilib olsangiz bo’ladi… ▶️ @taskin_markaz