Uzbekistan Weightlifting Federation
Open in Telegram
🏋️♂️🇺🇿O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining rasmiy kanali! Matbuot xizmati: @Qob1ljon0ff Admin: @ax1222
Show more2 439
Subscribers
+1324 hours
+237 days
+4230 days
Posts Archive
✨G‘alabadan keyingi samimiy lahzalar!
🥇📹Osiyo o‘yinlari chempioni Akbar Jo‘rayev taqdirlash marosimidan so‘ng kameralar qarshisida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
➡️E’tiboringizga chempionimizning oltin medaldan keyingi samimiy fikrlari va unutilmas lahzalardagi his-tuyg‘ularini havola etamiz.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿😇🔥🥇 Akbar Jo’rayev XX Osiyo o’yinlarining oltin medalini qabul qilib oldi. Taqdirlash marosimida O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.
🇺🇿Yaponiya zaminida yana bir bor O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🥇🇺🇿AKBAR JO‘RAYEV — OSIYO O‘YINLARI CHEMPIONI!
😇🔥 Faxrimiz Akbar Jo‘rayev Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida −110 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🏋️♂️ Dast ko‘tarish — 197 kg
Jahon rekordi, Osiyo rekordi va Osiyo o‘yinlari rekordi!
🏋️♂️ Siltab ko‘tarish — 226 kg
Osiyo o‘yinlari rekordi!
🔥 Ikki kurash — 423 kg
Osiyo o‘yinlari rekordi!
Ushbu g‘alaba bilan Akbar O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 13-oltin medalni taqdim etdi!
👏Sportchimizni, uning murabbiylarini va barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulkan g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Barakalla, Akbar! O‘zbekiston siz bilan faxrlanadi! 🇺🇿
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🌎⚡️ JAHON REKORDI!
🔥😇Mahoratli og'ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida dast ko‘tarish dasturida 197 kg natija qayd etib, jahon rekordini o‘rnatdi!
🦾 Endi oldinda siltab ko‘tarish mashqi. Akbarga omad tilaymiz! Yana bir tarixiy natijani kutamiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿⚡️ −110 kg vazn toifasidagi bahslarga start berildi!
🔥😇 Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev ishtirok etayotgan og‘ir atletika bahslari boshlandi.
📺🔻 Bellashuvlarni «Sport» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿⚡️Ertaga Akbar Jo‘rayevga muxlislik qilamiz!
😇🔥 Faxrimiz, milliy terma jamoamizning yetakchi a’zosi, Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida −110 kg vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
📆 29-sentyabr
⏰ Toshkent vaqti bilan soat 07:40
📺 «Sport» telekanalida jonli efir!
🌎Tongni sport bilan boshlang va hamyurtimizni qo'llab-quvvatlang!
🇺🇿🤲 Akbar Jo'rayevga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Olg‘a, O‘zbekiston!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
+1
🇺🇿😇🔥XX Osiyo o'yinlari. −95 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi
Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o'rin olgan og'ir atletika musibaqasining ushbu vazn toifasidagi bahslarida Muhammadqodir Toshtemirov ishtirok etdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 170 kg, siltab ko‘tarishda esa 208 kg og‘irlikni bo‘ysundirib, ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 378 kg natija bilan musobaqada 4-o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
🥇 Alipour Ali (Eron) — 398 kg (180+218)
🥈 Adiletuly Nurgissa (Qozog‘iston) — 394 kg (177+217)
🥉 Tu Yi (Xitoy) — 384 kg (179+205)
4. Toshtemirov Muhammadqodir (O‘zbekiston) – 378 (170+208) kg
🇺🇿🤲Muhammadqodirga kelgusi musobaqalarda omad yor bo'lishi hamda munosib natijalar tilaymiz!
🇺🇿😇🔥XX Osiyo o'yinlari. −85 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi
Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlari dasturidan o'rin olgan og'ir atletika musibaqasining ushbu vazn toifasidagi bahslarida Hasanboy Bardiyev ishtirok etdi. Afsuski, terma jamoamiz a'zosi o'zi qayd etgan natija bilan sovrindorlar safidan joy ololmadi. Osiyo o'yinlari Hasanboy uchun katta tajriba maktabi vazifasini o'tadi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
🥇 Kwang Ryol (KXDR) — 379 kg (165+214)
🥈 Alexey Churkin (Qozog‘iston) — 378 kg (173+205)
🥉 Chen Shunnan (Xitoy) — 374 kg (163+211)
🇺🇿🤲Hasanboyga kelgusi musobaqalarda omad yor bo'lishi hamda munosib natijalar tilaymiz! Ishonamizki, mehnat va qat’iyat hali ko‘plab yutuqlarga zamin yaratadi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
+1
🇺🇿⚡️ Ertaga nigohlar Hasanboy Bardiyev va Muhammadqodir Toshtemirovda!
🔥 Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida hamyurtlarimiz medallar uchun kurashga kirishadi.
📆 28-sentyabr
⏰ Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan:
🦾 Hasanboy Bardiyev — −85 kg
🕤 09:30
🦾 Muhammadqodir Toshtemirov — −95 kg
🕐 13:00
📺🔻 Bellashuvlarni «Sport» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
✨ Sportchilarimizga kuch-quvvat, omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Ularning chiqishlarini birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!
Olg‘a, Hasanboy! Olg‘a, Muhammadqodir! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
