Uzbekistan Weightlifting Federation
Kanalga Telegram’da o‘tish
🏋️♂️🇺🇿O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining rasmiy kanali! Matbuot xizmati: @Qob1ljon0ff Admin: @ax1222
Ko'proq ko'rsatish2 444
Obunachilar
+524 soatlar
+317 kun
+5330 kun
Postlar arxiv
💐 1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUBORAK!
🇺🇿 O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi barcha ustoz va murabbiylarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabriklaydi!
✨Har bir sportchining kamoloti, mustahkam irodasi va yutuqlarida ustozning bilimi, sabri hamda fidokorona mehnati mujassam. Siz yosh avlodga sport sirlarini o‘rgatish bilan birga, ularda intizom, halollik va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalaysiz.
🇺🇿O‘zbekiston og‘ir atletikasining rivojiga, yangi iste’dodlarni kashf etish va chempionlarni voyaga yetkazishga qo‘shayotgan hissangiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
👨🏫Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlaringizning yutuqlari doimo qalbingizga quvonch va faxr bag‘ishlasin!
👏Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!
🇺🇿 Hurmat bilan,
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿🥇 Chempion quvonchi, ona faxri!
✨Tantanali kutib olish marosimida XX yozgi Osiyo o‘yinlari oltin medal sovrindori Akbar Jo‘rayev va uning onasi o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
📹 G‘alaba quvonchi va onalik iftixori aks etgan samimiy suhbatni tomosha qiling!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
+9
🇺🇿⚡️ SPORTCHILARIMIZ TOSHKENTDA TANTANALI KUTIB OLINDI!
🇯🇵🛬🇺🇿Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasining birinchi guruhi Vatanimizga qaytib keldi.
🟢Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari tantanali kutib oldi.
🥇Delegatsiya safida Osiyo o‘yinlarining oltin medal sovrindori Akbar Jo‘rayev ham yurtimizga qaytdi. O‘z ishtiroki bilan mamlakatimiz sporti nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan atletimizning muvaffaqiyati muxlislarimizga katta quvonch va faxr bag‘ishladi.
🎉Sportchilarimiz va murabbiylarimizni Vatanga qaytganlari bilan qutlab, ularga kelgusi musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
✨G‘alabadan keyingi samimiy lahzalar!
🥇📹Osiyo o‘yinlari chempioni Akbar Jo‘rayev taqdirlash marosimidan so‘ng kameralar qarshisida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
➡️E’tiboringizga chempionimizning oltin medaldan keyingi samimiy fikrlari va unutilmas lahzalardagi his-tuyg‘ularini havola etamiz.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿😇🔥🥇 Akbar Jo’rayev XX Osiyo o’yinlarining oltin medalini qabul qilib oldi. Taqdirlash marosimida O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.
🇺🇿Yaponiya zaminida yana bir bor O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🥇🇺🇿AKBAR JO‘RAYEV — OSIYO O‘YINLARI CHEMPIONI!
😇🔥 Faxrimiz Akbar Jo‘rayev Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida −110 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi!
🏋️♂️ Dast ko‘tarish — 197 kg
Jahon rekordi, Osiyo rekordi va Osiyo o‘yinlari rekordi!
🏋️♂️ Siltab ko‘tarish — 226 kg
Osiyo o‘yinlari rekordi!
🔥 Ikki kurash — 423 kg
Osiyo o‘yinlari rekordi!
Ushbu g‘alaba bilan Akbar O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga 13-oltin medalni taqdim etdi!
👏Sportchimizni, uning murabbiylarini va barcha yurtdoshlarimizni ushbu ulkan g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Barakalla, Akbar! O‘zbekiston siz bilan faxrlanadi! 🇺🇿
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🌎⚡️ JAHON REKORDI!
🔥😇Mahoratli og'ir atletikachimiz Akbar Jo‘rayev Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida dast ko‘tarish dasturida 197 kg natija qayd etib, jahon rekordini o‘rnatdi!
🦾 Endi oldinda siltab ko‘tarish mashqi. Akbarga omad tilaymiz! Yana bir tarixiy natijani kutamiz!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿⚡️ −110 kg vazn toifasidagi bahslarga start berildi!
🔥😇 Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida hamyurtimiz Akbar Jo‘rayev ishtirok etayotgan og‘ir atletika bahslari boshlandi.
📺🔻 Bellashuvlarni «Sport» telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
🇺🇿⚡️Ertaga Akbar Jo‘rayevga muxlislik qilamiz!
😇🔥 Faxrimiz, milliy terma jamoamizning yetakchi a’zosi, Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev Aichi–Nagoya 2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida −110 kg vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qiladi.
📆 29-sentyabr
⏰ Toshkent vaqti bilan soat 07:40
📺 «Sport» telekanalida jonli efir!
🌎Tongni sport bilan boshlang va hamyurtimizni qo'llab-quvvatlang!
🇺🇿🤲 Akbar Jo'rayevga omad va muvaffaqiyat tilaymiz! Olg‘a, O‘zbekiston!
💻Instagram | 🎞YouTube
📝Telegram | 📝Facebook
