en
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Open in Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Show more
735
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-130 days
Posts Archive
Oʻoʻ (Ўў) uchun muqobillar. Aslida ular ko’p, lekin bir qancha nomuqobil variantlarni olib tashladim: Telegram so’rovnomada f
Oʻoʻ (Ўў) uchun muqobillar. Aslida ular ko’p, lekin bir qancha nomuqobil variantlarni olib tashladim: Telegram so’rovnomada faqat 10 ta variantga ruxsat beradi.

Lotin alifbosining yagona muammosi — oʻ va gʻ harflaridagi Okina belgisi haqida yozganimda shu harflarni shunchaki Yunikodda
Lotin alifbosining yagona muammosi — oʻ va gʻ harflaridagi Okina belgisi haqida yozganimda shu harflarni shunchaki Yunikodda mavjud boshqa harf (yoki belgi) bilan almashtirish yetarli, degan xulosaga kelgandim. Men tanlagan diaktrik belgili muqobillar bular boʻlgandi: Ôô, Ĝĝ Ǒǒ, Ǧǧ Ŏŏ, Ğğ Ōō, Ḡḡ Lekin tunov kuni shu mavzuda yana Hamza Foziljonov bilan suhbatda u diyezeris, ustida ikki nuqtasi bor Öö koʻproq tarqanligi uchun oʻ uchun maqulroq, degan fikr aytdi. Xullas, quyida ikkita soʻrovnoma orqali boshqalarning ham fikrini bilmoqchiman. Oʻ (ў) va gʻ (ғ) uchun normal alternativa tanlaymiz. #oʻzbek_tili

📹 Shanba videolari - 10 Bir kuni Toshkentda Ruscha-oʻzbekcha olingan bu video Oʻzbekiston va oʻzbek tilidagi segment uchun juda unikal. Qanaqa gʻalati tuyulmasin, qisqa metrajli filmda ishtirok etgan odamlar oʻrtacha oʻzbek kinosidagi aktyorlardan oʻlsa oʻligi ortiq. Hikoyaning baʼzi qahramonlarining original talaffuzi va soʻzlashuv uslubi qoldirilganiga ham tasanno. Nega soʻkinib gapiradigan odamlar kinolarimizda birdaniga sunʼiy odoblilarga aylanishi kerak, tushunmayman. - Однажды в Ташкенте (Короткометражный фильм, 2020) Aleksey Navalniy videolari Siyosiy mavzularni kuzatmaslikka harakat qilaman: baʼzida, natijasiga taʼsir oʻtkazishim ehtimoli kam narsalarga keragidan ortiq eʼtibor sarflashim mumkin. Buni boshqarish esa mening qoʻlimda. Lekin yaqinda Navalniyning ikkita videosini koʻrib odamlarning (ayniqsa, amaldorlarning) ochkoʻzligini baʼzida cheki boʻlmasligini tushunasan. Bundoq oʻylab qarasa millionlab odamlarning taqdiri sening qoʻlingda, tarixda yuzlab yil seni eslab yuradigan ishlar qilishing mumkin. Lekin atrofidagi ogʻaynilari va qarindoshlari bilan parazitdek xalq puliga yopishvolganlarni tushunish qiyin. Harqalay, Rossiya bizga nisbatan ochiqroq va sal boʻlsayam demokratiya ishlaydigan davlat. Oʻzbekiston bilan solishtirish qiyin, lekin umumiy oʻtmishimiz va nisbatan madaniyat va fikrlashdagi oʻxshashliklardan kelib chiqib shunaqa holatni bemalol kutish mumkin. - Томск в плену у депутатской мафии - Взятки. Дворцы. Самолёты. За что продали народ Татарстана Shaxsga sigʻinish Gohida Turkmaniston yoki Shimoliy Koreya haqida aytib kulamiz-ku, lekin sal atrofga qaralsa bizda ham shaxsga (ayniqsa, predizentga) sigʻinishga rosa urinishni kuzatish mumkin. Ilya Varlamov Turkmanistondagi shaxsga sigʻinish haqida qiziq video tayyorlabdi. Shundoq qoʻshnimiz haqida 🙂 - Культ личности в Туркменистане. Диктаторы, у которых снесло крышу: Бердымухамедов и Туркменбаши Lucid Air — Tesla raqobatchisi Hozir biz avtomobil sohasida revolyutsiyani kuzatyapmiz: avtomobillar aqllilashishi va yoqilgʻining nisbatan ekologik variantlaridan foydalanish. Bu revolyutsiya 10-15 yil davom etadi, menimcha. Masalan, Norvegiya 2025-yildan boshlab hamma avtomobillar yoqilgʻisiz boʻlishini maqsad qilgan. Avtomobillar ham asta-sekin xuddi smartfonlardek gadjetga aylanadi: asosiy qismlari oʻzgarmaydi, lekin uning bir qancha imkoniyatlarini dasturiy taʼminot orqali boshqarish mumkin boʻladi. Lucid Motors rejalashtirayotgan Lucid Air modeli ham juda boshqacha: bir nechta ekranlar, smartfon orqali boshqarish, odamning yuzidan tanish, bir avtomobil boshqasiga quvvat berishi 😱 va hokazo. 80 000 AQSh dollaridan boshlanadi narxi. - Lucid Air Turli narsalar tayyorlanish jarayonlari Baʼzi qoʻlda tayyorlanadigan uskuna yoki jihozlarning jarayonini koʻrib hayron qolaman. Shuncha mehnat va mehr. Quyidagi videolarda: Damashq pichogʻi, moʻgullar kamoni, Xitoy (Yixing) choynagi va oxirida turli choynaklarning sifatini oʻlchash. - The Birth Of A Tool. Part III. Damascus steel knife making (by Northmen) - Mongolian sinew backed bow - The delicate making of Yixing clay teapot, also known as purple sand teapot - The Differences In Quality Of Teapots That Are Available Is Amazing! @FarLives #shanba_videolari #youtube

Kimdir klaviaturaning uch oʻlchovli simulyatorini yasabdi. Juda chiroyli. https://keyboardsimulator.xyz/ Kodi ochiq: https://github.com/crsnbrt/keysim

Instagram akkauntimda turli sayrlarda olingan fotosuratlar bilan boʻlishyapman. Hamma fotolar ham bitta postga sigʻmaydi, chunki, Instagram faqat 10 ta fotoga ruxsat beradi. Shuning uchun, baʼzi sayrlar 2-3 ta postga aylangan. Anhor boʻyidagi oʻziga xos uylar: https://www.instagram.com/p/CDgdftXjWvw/ Islom universiteti: https://www.instagram.com/p/CDYmfcADSd8/ Mustaqillik maydoni: https://www.instagram.com/p/CDoQRFkjby4/ Markaz-12 (Ц-12) mavzesi: - https://www.instagram.com/p/CD57fazAXsl/ - https://www.instagram.com/p/CD572n-pkDB/ - https://www.instagram.com/p/CD58MKxFMbU/ Ohangaron, A373 va Kamchiq dovoni yoʻllari: - https://www.instagram.com/p/CEZkNnoKY1n/ - https://www.instagram.com/p/CEgkWOnDN28/ Fargʻona vodiysidan: - https://www.instagram.com/p/CEfBaTPj26s/ - https://www.instagram.com/p/CEfB3t9DZYV/ Doʻstlik (eski Bobur) boʻgi: https://www.instagram.com/p/CEhpiCvA-or/ Yapon bogʻi: - https://www.instagram.com/p/CEmSfCHqQaB/ - https://www.instagram.com/p/CEmVbBNKrFK/ - https://www.instagram.com/p/CEmWfEMqUe-/ Va Chorvoq suv ombori atrofidan: - https://www.instagram.com/p/CEzX4YZKO35/ - https://www.instagram.com/p/CEzZIqSluGq/ - https://www.instagram.com/p/CEzZ0VQjbug/ - https://www.instagram.com/p/CEzarB1DT_Z/ Krosspost qilib bu kanalga ham 10 talab fotolarni qoʻyib borish qanchalik toʻgʻri, bilmadim. Shunchaki qiziqish uchun olingan fotolar Instagramʼda qolgani maʼqul.

VPNning desktop (kompyuter) uchun beta versiyalari tarqatilyapti: https://1.1.1.1/beta/

📹 Shanba videolari - 9 Anchadan beri bu kanalda videolar bilan boʻlishilmadi. Buni tuzatish vaqti keldi, yakshanba boʻlishiga qaramasdan. Hayvonot olami Ikkita video. Birinchisida dengiz qisqichbaqalarining (crab, краб) chigʻanoq almashish jarayoni. Bular hammasi bir joyga yigʻilib chigʻanoq oʻlchamiga qarab navbatga turvolisharkan. Ajoyib! - Amazing Crabs Shell Exchange Ikkinchi videoda esa bechora deyarli koʻrinmaydigan koʻk erkak baliq urgʻochi baliqning eʼtiborini tortish uchun sanʼat asarini yaratadi (oxirigacha koʻring) 😍 - Puffer Fish Constructs A Masterpiece of Love Mars 4K formatda Marsning yuqori sifatdagi fotosuratlarini koʻrib shu oʻzimizning Yerdagi qanaqadir choʻllarni eslaydi odam. Lekin baribir ancha keng fikrlaganda odamzodga qanaqadir umid beradi ular. - New: Mars In 4K XIX asr oxiri — XX asr boshidagi videolar yuqori sifatda Rossiyalik Denis Shiryayev eski, hozirgi kunda sifati past hisoblanadigan videolarni olib, ularni Machine Learning ishlatadigan turli usullar yordamida 4K sifatdagi va sekundiga 60 ta kadrli videolarga aylantiradi. Masalan, aka-uka Lumyerlar tomonidan 1896-yilda olingan “La-Syota vokzaliga poyezd kelishi” videosini sifatini koʻtarilgani ancha shov-shuv boʻlgandi: - Arrival of a Train at La Ciotat (The Lumière Brothers, 1896) Keyinroq esa turli shaharlarning eski videolari ustida ishladi: - A Trip Through New York City in 1911 - Moscow, Tverskaya Street in 1896 - San Francisco, a Trip down Market Street, April 14, 1906 Denisning Denis Sexy IT nomli kanalini ham tavsiya qilaman. Yandexʼning avtonom mashinasi Yandex soʻnggi paytlarda ancha yaxshi kompaniyaga aylanib boryapti (avval ham yaxshi edi, endi ancha yaxshi). Kompaniyaning oʻzi avtonom ravishda yuradigan mashinalar uchun texnologiyasi mavjud. Adashmasam, Innopolisda ular test qilinadi. Quyidagi videoda esa Michigan shtatining Enn-Arbor shahrida (odamlar yashaydigan haqiqiy shahar) haydovchisiz mashinaning yurishi tasvirga olingan. - Yandex 1-hour autonomous drive in Ann Arbor, Michigan reMarkable 2 Qalamli Kindle. Planshetlarning kichik ukasi: bildirishlarsiz, chalgʻitadigan ilovalarsiz va faqat oʻqish va yozish uchun fokus qilingan. Kindle kitoblarni almashtirsa, reMarkable qogʻozning oʻzini almashtirishni taklif qilyapti. Qiziq(roq). - Introducing reMarkable 2 — the paper tablet Yana Microsoft videolari Microsoft kompaniyasi ham soʻnggi paytlarda ancha ijobiy tomonga oʻzgardi. Ayniqsa, dizaynga hozir qilayotgan eʼtibori tahsinga sazovor. Tayyorlayotgan videolarining faqat vizual tomonimas, ovoz dizayni ham zoʻr. Quyida yangi videolari. Estetik zavq olish va didni oshirish uchun tavsiya qilinadi. Instagramʼda ham kuzating — videolar olinishi haqida qiziq detallarni berib borishadi. - The new Microsoft icons: diverse and connected - The Future Vision of Microsoft 365 Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

90-yillardagi operatsion tizim va dasturlarning stilida ishlangan https://poolside.fm saytining macOS uchun dasturi ham chiqi
90-yillardagi operatsion tizim va dasturlarning stilida ishlangan https://poolside.fm saytining macOS uchun dasturi ham chiqibdi. Ishlaganda yoki biror narsaga fokus qilganda fonda turli qoʻshiq yoki musiqalar qoʻyiladi. Retro pleyer, qisqasi. 💾 Poolside FM 💾

Qanday toʻgʻri ishlash mumkin? Dam olish kunlarida adashib Den Golotyukning Как правильно работать? nomli juda uzun qoʻllanmasiga koʻzim tushib qoldi. Juda koʻp iqtiboslar, muallifning biror mavzudagi fikrlari, sogʻlom qarashlar va tushuntirishlardan iborat bu qoʻllanmani juda foydali deb topdim. Ayniqsa, mustaqil hayotini va karyerasini (ishini) boshlayotgan odamlarga. Qoʻllanmaning sarlavhasi ish bilan bogʻliq boʻlishiga qaramay u qoʻshimcha insoniy mavzularni ham oʻz ichiga olgan: oʻsish (rivojlanish), hayotda oʻz oʻrnini topish, oʻziga ishonch, pul va boylikka munosabat, maqsadlar va rejalar, motivatsiya, sogʻliq, muhabbat, doʻstlik, hayotdan maqsad, ochiqlik, baxt kabi mavzularda ham qisqacha tushuntirish berilgan. Qoʻllanma rostdan ham uzun: A4 format bilan PDF qilinsa 170 dan ortiq sahifa chiqyapti. Quyida qoʻlbola oʻzbekchaga tarjima qilingan baʼzi iqtiboslar: Oʻsish uchun odamga xohishmas, zaruriyat kerak. --- Ishda nimadandir qoʻrqyapmizmi? Nazariy tomondan bu har narsa boʻlishi mumkin: mijoz ustimizdan shikoyat qildi, bizga hayfsan berishadi, ishdan boʻshatishadi, yuqoriroq lavozimni berishmaydi. Amaliyotda esa — mana oʻsish uchun yana bir nuqta topildi. Oʻsish — doimo toʻsiqlarni yengib oʻtish haqida. Toʻsiqlar esa bizning qoʻrquvlarimiz bilan oʻlchanadi. Shu qoʻrquvning borligi juda ijobiy — biz oʻsishning keyingi bosqichini oldik. --- Ushbu ulgʻayishning asosiy bosqichlaridan birida, oʻzgarish yoki tushunishni tahlil qilishga harakat qilgandan koʻra shunchaki yashashni davom ettirish ancha muhim. Aynan shu holatda avval buni boricha qabul qilish lozim. Keyin esa oʻz yoʻlidan toʻxtamaslik uchun har narsani qilish kerak. Va shunda ajoyib narsa yuz beradi. Biz tushunib yetamizki, “Kolya sendan yaxshiroq” degan hukmda eng muhim soʻz yetishmaydi — “hozir”. --- Natija = Vaqt × Harakat --- ❤️ http://work.golotyuk.com ❤️ #mahsuldorlik

Chaqmoq FM 7-epizod: Podkastlar Ushbu epizod ovoz va audio bilan uzoq yillar davomida ishlab kelgan, Oriat Dono radiosida boshlovchilik qilib kelgan va “Birinchi podkast”ning asoschilaridan biri — Jamshid Nazarov bilan 2020-yil 5-avgustda yozildi. YouTube: https://youtu.be/9pO7Wru0llg Mavzular: 00:01:05 - Podkastlar tarixi, bizning tajribamiz, ruscha podkastlar 00:47:01 - Podkastlar kontent formati sifatida 00:57:54 - Podkast eshitish platformalari 01:06:10 - Spotify tomonidan Gimlet va Anchor xaridi 01:11:15 - Spotify va Jo Rogan 01:21:25 - Videopodkastlar 01:29:30 - Ovoz mutaxassislari, radio haqida 01:35:23 - Radio va podkastlarda reklama 01:40:14 - Podkast qiluvchilarga maslahatlar Qoʻshimcha havolalar: - podkastlar haqida kaminaning blogida; - podkast yaratuvchilari uchun Anchor platformasi; - ruscha podkastlar katalogi; - Meduza qoʻllanmasi: Хочу записать подкаст. С чего начать? Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/ #chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

Smartfon uchun VPN: Cloudflare WARP 2019-yilning sentabrida Telegram kanalimda Cloudflare WARP ilovasi haqida yozgandim. Shu kunlarda muhtaram hukumatimiz yordami bilan Facebook yoki Instagram tarmoqlaridan foydalanish qiyinlashgani tufayli, internetga erkinroq ulanish usullarini topish yana muhimlashdi. Xullas, Cloudflare kompaniyasining 1.1.1.1 deb nomlangan mobil ilovasi bor. Topish osonroq boʻlishi uchun quyida ilovaga toʻgʻri havolalar: - iOS uchun: https://itunes.apple.com/us/app/1-1-1-1-faster-internet/id1423538627 - Android uchun: https://play.google.com/store/apps/details?id=com.cloudflare.onedotonedotonedotone Ilova xuddi VPN kabi ishlaydi, lekin juda tez. Odatda, traffik VPN orqali oʻtganda kattaroq fayllar (video, rasm) yuklanishi sekinlashadi. Lekin bu ilova bilan bemalol Instagram ham, Facebook ham ishlayapti. Ilova tekin. Agar koʻproq tezlik uchun oyiga 4,99 AQSh dollari toʻlab obuna boʻlish mumkin. Oyiga taxminan 51 000 soʻm toʻlab barqaror internetga ega boʻlishning hech salbiy tarafi yoʻq. Yana bir yaxshi xabar: Cloudflare kompaniyasi ushbu ilovaning macOS va Windows uchun dasturlarini chiqarish ustida ishlayapti hozir. https://one.one.one.one/ saytiga kirib navbatga turish mumkin. Beta versiyasi tayyor boʻlganda yuborishadi. Rahmat aytish shartmas. Lekin saylovda ovoz bergan deputatlaringizga shu muammoni yetkazish foydaliroq boʻlishi mumkin. Bu oʻzboshimchalikni oʻzgartirishga ularning ham kuchi yetarmikan?.. #internet @FarLives 🌀

Hurmatli Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi! Ha bu qachon bizning BUGUNimiz va ERTAmiz buyuk va havas qilsa arziydiga
Hurmatli Respublika maʼnaviyat va maʼrifat kengashi! Ha bu qachon bizning BUGUNimiz va ERTAmiz buyuk va havas qilsa arziydigan boʻladi? 500-1000 yil oldingi ajdodlar va buyuk tariximiz oʻtib ketib boʻldi, uni dastak qilib maqtanib yurishga sal uyalish ham kerak. U tarixga sizlarning qanaqa hissangiz bor, hayronman, toʻgʻrisi! 😅 Shu mavzuda: https://farhodjon.uz/blog/great-ancestors/ #manaviyat

Redditʼda Oʻzbekistondagi narxlarni muhokama qilishyapti. 10 yevroni soʻmga almashtirgan odam shuncha pul olganiga hayron. ht
Redditʼda Oʻzbekistondagi narxlarni muhokama qilishyapti. 10 yevroni soʻmga almashtirgan odam shuncha pul olganiga hayron. https://www.reddit.com/r/mildlyinteresting/comments/i5ywcv/this_is_what_10_11_usd_look_like_in_uzbek/

Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar. Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan kondit
+4
Fasadlarga (binoning tashqi qismi) bogʻliq yana bir muammo — konditsionerlar. Birinchidan, birinchi qavatda joylashgan konditsionerlarning koʻpi piyodalar qarab “puflaydi”. Bu kamida juda yoqimsiz. Hatto Korzinka.uzʼga oʻxshagan tarmoqlarda ham asosiy eʼtibor magazinning ichiga kirgan odamlarga qaratilgan va tashqaridagilarga “tupurilgan”dek. Ikkinchidan, konditsionerlarni tartibsiz joylashtirish va simlarining osilib turishi fasadni juda buzadi. Hatto 70-80 yillik binolarning ham tashqarisiga koʻr-koʻrona oʻrnatib tashlangan. Xuddi bu binolarda arxitektura va dizaynni qadrlamaydigan odamlar ishlaydigandek. Har bir xonadon har xil odamlarga tegishli uylarni tushunsa boʻladi. Lekin nega bitta bino bitta tashkilotga tegishli boʻlganda konditsionerlarni tomga yoki hovliga oʻrnatib yaxshiroq tizim qilinmaydi, hayronman. #shahar #dizayn @FarLives 🌀

Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standa
+3
Toshkentdagi, umuman, Oʻzbekistondagi shaharlardagi binolarning koʻrkini buzadigan narsalardan biri — fasadlar. Yagona standart va shartlar boʻlmagani uchun bizneslar bino fasadlarini tartibsiz, didsiz, sifatsiz yozuvlar va rasmlar bilan toʻla. Nisbatan qimmatroq joylardagi fasadlar ham bozorlarni eslatvoradi. Moskva shahri hokimiyati (meriyasi) 2013-yilda maʼlumot beruvchi kontruksiyalarni joylashtirish tartibini qabul qilgan. Maqsad: binolarning tashqi qismini va fasaddagi maʼlumotlarni (yozuvlar, reklamalar) shahar uchun yagona standartga olib kelish. Qisqasi, “bardak”ni yoʻqotish. Dizayn nuqtai nazaridan qaraganda, ikkita maqsadni koʻryapman: vizual shovqinni kamaytirish va odamlar zarur maʼlumotni tezda topishiga yordan berish. Hozirgi oʻzbekcha/ruscha/inglizcha va turli shriftlar bilan aralshtirib yozilgan yozuvlar ichidan zarurini topish oson ish emas. #shahar #dizayn @FarLives 🌀

Uvening ikkinchi hayoti Yaqinda oʻzim uchun yangi muallif topgandim: Fredrik Bakman. Bu shved yozuvchisining ikkita kitobini Litresʼda sotib olib eshitgandim: Uvening ikkinchi hayoti, Bu yerda Britt Mari boʻlgan. Ikkala audiokitobni eshitish ham juda yoqdi. Atrofdagi shunchaki oʻtib ketayotgan turmush va undagi mehribonlik zoʻr ochib berilgan. “Uvening ikkinchi hayoti” kitobida yaqinda turmush oʻrtogʻi olamdan oʻtgan odam haqida hikoya qilinadi. Qoidalarga juda qattiq amal qiluvchi, boshqalardan ham tartibli boʻlishni talab qiladigan, nisbatan baxtsiz odamning “ikkinchi hayoti” boshlanishi haqida. Goodreadsʼdagi reytingi ham yomon emas: 543 000 dan koʻp odamning umumiy reytingi — 4,36. Negadir, Uve haqidagi kitob film qilinganini bilmagan ekanman. Bugun shu filmni koʻrdik. Va juda yaxshi taassurot oldik. Film qanaqadir mehrli, tuygʻularga toʻla, odamga ijobiy taʼsir qiladigan boʻlib chiqqan. Qattiq tavsiya qilinadi. - Kinopoisk: 7,9 - IMDB: 7,7 #kino #kitob @FarLives 🌀

photo content
+1

Trotuarlarda velosiped yoʻlaklari — axmoqona fikr Gazeta.uz nashrida shaharsozlik boʻyicha ikkita zoʻr maqola chiqdi. Biri hovlilardagi mashinalar haqida (bu haqida men ham yozgandim), ikkinchisi yaqinda qurilishi boshlangan velosiped yoʻlaklari haqida. Gazeta.uzʼning “Ташкент Мечты” deb nomlangan loyihasi juda foydali, qiziqarli chiqqan. Afsuski, oʻzbek tilida shaharsozlik boʻyicha shunaqa yaxshi surishtiruv va maqolalar kam. Velosiped yoʻlaklari boʻyicha meni eng qiziqtirayotgan savol: nega ular qurilishi kerak? Men oʻzimga taxmin qilaman: 1. Shunchaki kimdir “bizdayam boʻlishi kerak”, degani uchun. 2. Yuqoriga “mana shuncha kilometr velosiped yoʻlaklari qurdik”, deb maqtangani. 3. Shu taklif orqali choʻntaklarni boyitgani. Eʼtibor bersangiz, maqsadlar orasida sogʻlom aql bilan oʻylangan va qingʻirliklarsiz amalga oshiriladigani yoʻq. Mana u maqsadlar: 1. Mashinadanmas, velosipeddan foydalanish sogʻlomroq turmush tarzi hisoblanadi. Velosipedda odam jismonan kuch sarflaydi. 2. Velosipedlar shaharga turli zararli gazlar chiqarmaydi. Yana bir qancha ijobiy sabablarini topish mumkin, lekin shu bilan cheklanaman. Endi hokimiyatga haqiqiy savollar: - Agar biz odamlarni mashinadan koʻra velosipeddan koʻproq foydalanishini targʻib qilayotgan boʻlsak, nega aynan piyodalarning yoʻlini (trotuarlarni) qisqartiryapmiz? - Hokimiyat va masʼul tashkilotlar yillar davomida eplab trotuarlarni mashinalardan himoya qilolmayapti, endi u yerga velosipedlarniyam tiqishtirish kerakmi? - Shuncha pul sarflanayotgan velosiped yoʻlaklaridan hech kim foydalanmasa, buni samarasiz qurgan odamlar jazolanadimi? Chunki, xalq pulini shunchaki sarflayotgan odamlar javobini berishi kerak. - Hokimiyat Germaniyaning Planungsbüro VAR+ byurosini jalb qilgan ekan, nega ularning takliflari inobatga olinmayapti? Bilmadim bu byuroga qancha pul toʻlangan, qanchasi shu byuroga yetib borgan. - Nega hadeb axmoqona qarorlar chiqaraveriladi? Dunyo tajribasi bor, shularni shundoq olib ishlatsa boʻldi. Yoki hokimiyatda Googleʼdan foydalanishni bilmaydigan odamlar xalqning puliga oylik olyaptimi? - Trotuarlarda qancha daraxtlar bor, shularni kimdir oʻyladimi? Shunaqa holatlarni koʻrib oʻylab qoladi odam: bu hokimiyatda ishining ustalari ishlaydimi yoki hamma diletantmi? Xuddi boshqa sohadan tasodifan kelib qolgandek… “Hokimiyatga taklif” degan maqolamda koʻchalarni qanday yaxshilash boʻyicha yaqqol misol keltirgandim. Shuni yana keltiraman. Tasavvur qilamiz, quyidagi birinchi fotodagi koʻcha Oʻzbekiston shaharlaridagi koʻchaga oʻxshab ketadi. Shu koʻchani rivojlantirishda piyodalar xavfsizligi, ommaviy transportdan foydalanish qulayligi, velosiped yoʻlaklari, koʻkalamzorlashtirish hisobga olinyapti va koʻcha ikkinchi fotodagi koʻrinishga kelyapti. Eʼtibor bering, trotuarga hech kim tegmadi. Unda qoʻshimcha daraxtlar va kafelarning tashqarisida verandalar paydo boʻldi. Tamom. Hokimiyat bir qanaqadir shubhali yangi narsalarni oʻylab topgandan koʻra odamlarga yordam qilish uchun eʼtibor va pulni trotuarlarni tuzatishga sarflagani maʼqul: 1. Trotuarlarni qurish va saqlash boʻyicha yagona, dunyo talablariga javob beradigan standart ishlab chiqish. 2. Shu standart asosida yangi trotuarlarni qurish, eskilarini yangilashda ham qoʻllash. 3. Aholi standartlarga mos kelmagan yoki buzilgan joylarni hokimiyatga yuborish va tuzatilishining ochiq mexanizmi. Ana keyin boshqa mavzularga asta-sekin oʻtsak boʻladi. Mavzular esa juda koʻp. Agar shahar haqida yozayotgan maqolalarim haqida izohlaringiz, ijobiymi-salbiymi fikrlaringiz boʻlsa — oʻrtoqlashing. Har qanday fikr mavjud boʻlishga haqli. #shahar @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 8 Drondan olingan videolar Bu ruknning 1-sonida deyarli boʻshab qolgan Nyu-York videosini qoʻygandim. 2-sonida esa karantindagi Filadelfiya haqida video bor edi. Umuman, dronlardan olingan, tekis, sokin videolar odamga yaxshi hordiq chiqarishiga yordam beradi. Quyida men topgan va koʻrgan bir qancha dron yordamida tasvirga tushirilgan videolar. Bitta pleylistga tiqib qoʻyib kattaroq televizorda maza qilib tomosha qilsa boʻladi. Ayniqsa, hozirgi hamma uyiga qamalib, sayohatlar yeb qolgan paytda. - Xorvatiya - Gavayidagi Oahu oroli - Italiyadagi Chinkve-Terre sohili - Dolomit togʻlari (buyam Italiya) - Norvegiya - Fuji togʻi kuzda (Yaponiya) - Shotlandiya Shaharlarda piyoda sayr Yuqoridagi videolarga oʻxshash janr: bunisida kamerani olib shunchaki turli koʻchalardan piyoda yuriladi. Ayniqsa, Tokio, Nyu-York kabi shaharlarda yomgʻir ostida olingan videolar qanaqadir odamni sokinlashtiradi. - Yomgʻirli Tokio - Tokiodagi Shibuya koʻchasi - Nyu-York yomgʻir ostida - Nyu-Yorkdagi Markaziy park - Bangkok - Istambul Yaxshiroq shaharlar qurishning 7 prinsipi Shaharlarni faqat mashinalarni hisobga olib qurish eskirgan gʻoya va yangi tajribalar koʻproq odamlar ommaviy transportdan foydalanadigan, piyoda yoki velosipedda yuradigan yoʻnalishda ketyapti. Videoda AQShning oʻrtacharoq juda tarqoq va Xitoydagidek juda zich shaharlar qurishning salbiy tomonlari aytilyapti. Umid qilaman, bizning shaharlarda ham toʻlaqonli piyodaga topshiriladigan koʻchalar paydo boʻladi. - 7 principles for building better cities | Peter Calthorpe Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Eslatvoringlar, qaysi sohalar bizda yaxshi rivojlanmagandi? Taʼlim bilan tibbiyotmidi? Noqonuniy pul ishlatish boʻyicha ham s
Eslatvoringlar, qaysi sohalar bizda yaxshi rivojlanmagandi? Taʼlim bilan tibbiyotmidi? Noqonuniy pul ishlatish boʻyicha ham shu ikki soha oldinda: Xalq taʼlimi — 21,5 mlrd soʻm (2,1 mln dollardan koʻp), Sogʻliqni saqlash tizimi — 14,1 mlrd soʻm (1,3 mln dollar), Maktabgacha taʼlim — 6,9 mlrd soʻm (670 000 dollar). https://www.gazeta.uz/ru/2020/07/17/control/