en
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Open in Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Show more
735
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-130 days
Posts Archive
Yetar endi, a? Bolaligimda qishlogʻimiz atrofida qumlar boʻlardi. Bular, asosan, oʻzlashtirishga qiyinroq boʻlgan qumli tepaliklar, toʻrangʻil, yingʻil kabi daraxtlar oʻsadigan yerlar edi. Odamlar bu joylarni oxirgi 20-30 yil ichida oʻzlashtirib tugatishdi. Hozir men tugʻilib-oʻsgan qishloq atrofida shunchaki yotgan yerni topish amri-mahol. Hatto kam ishlatiladigan dala yoʻllari ham ekin ekiladigan maydonga aylantirilgan https://farhodjon.uz/blog/yetar-endi/ #ekologiya #hukumat #shahar @FarLives 🌀

Davlat(lar)ning turli koʻrsatkichlarini xolisona, orttirib yozilmaydigan, hammasi bir joyda toʻplangan statistikasiga qiziqqa
Davlat(lar)ning turli koʻrsatkichlarini xolisona, orttirib yozilmaydigan, hammasi bir joyda toʻplangan statistikasiga qiziqqandim. USAID tashkiloti xuddi shunaqa maʼlutmotlarni bitta dashboardʼga yigʻib berarkan (va bu maʼlumotlar ochiq): https://idea.usaid.gov/cd/uzbekistan?comparisonGroup=world Asosiy koʻrsatkichlar bor: iqtisod, taʼlim, internet, senzura, tibbiyot, demokratiya va odamlar huquqi, korrupsiya darajasi va hokazo.

Artyom Golyakov fotolari
+2
Artyom Golyakov fotolari

Meduza Rossiyaning Qozogʻiston yaqinidagi chegarasida toʻplanib qolgan Oʻzbekistonlik migrantlar haqida hikoya qilyapti: https://meduza.io/feature/2020/07/12/lager-kotorogo-net-kak-tysyachi-migrantov-iz-uzbekistana-zastryali-v-pole-v-samarskoy-oblasti Fotosuratlarni koʻrib achinib ketadi odam. Shu odamlar pandemiyadan oldin milliardlab dollar Oʻzbekistonga pul yuborgan. Soliq toʻlasa-toʻlamasa shu pul davlatga kirgan va toʻgʻridan-toʻgʻri boʻlmasa ham davlatga foydasi boʻlgan: monopol UzAvto mashinasini sotib olganda, uy olganda, toʻy qilganda, mahsulot xarid qilganda QQY boʻlib. Endi esa dalada juda achinarli ahvolda qolib ketishgan. Afsus. Yana-da yomon tomoni, hatto shu vaziyatda ham bizning odamlarning qoʻrquvi: Фамилии жители лагеря не называют, да и фотографируются неохотно. «Мы боимся последствий, поэтому не нужно этого». Haqiqiy jurnalistika ishi, shunchaki yangiliklarni nusxalab chop qilib oʻtirishmas, material ustida mehr bilan mehnat qilishgan. Bizning jurnalistlarimizga oʻrnak. #koronavirus @FarLives 🌀

photo content
+4

Yarim yilda 642 ta oʻlim Gazeta.uz Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) xabariga asoslanib aytishicha, bu yilning olti oyida Oʻzbekiston hududidagi yoʻl-transport hodisalari tufayli 642 ta odam halok boʻlgan. Birinchidan, YHXBB, umuman, Ichki ishlar vazirligi tobora ochiqlashib borayotgani va shunaqa statistikalarni bemalol berayotganidan juda xursandman. Har qanday maʼlumotni boricha odamlar bilan boʻlishib, ularning ham fikrini eshitib va haydovchi va piyodalarni ehtiyot boʻlishga chaqirish juda muhim. Statistikaning oʻziga qaytsak (quyidagi birinchi rasm). Men YHXBBga beradigan birinchi maslahatim shu hodisalarning barchasini GPS-koordinalarini yigʻishni boshlash. Agar bu ish hozir qilinmayotgan boʻlsa, uni zudlik bilan yoʻlga qoʻyish lozim. GPS-koordinalari orqali xaritada hodisalarni katta aniqlik bilan koʻrib chiqsa boʻladi va hodisalar koʻp roʻy beradigan yoʻl qismlariga juda tez oʻzgartirish kiritsa boʻladi. Agar bu maʼlumot ochiq ravishda berilsa, fuqarolar ham yoʻllarni xavfsizlantirishda ishtirok etishi mumkin. Mening eʼtiborimni tortgan narsa hodisalarning 40,5 foizi (deyarli yarmi) piyodani urib yuborish bilan bogʻliq. Shu oʻrinda toʻgʻridan-toʻgʻri piyodalarga aybni qoʻyish mumkin, lekin masalaga sal boshqacharoq yondashish lozim: hech qaysi piyoda uni mashina urib ketishini maqsad qilib yoʻlni kesib oʻtmaydi yoki toʻsatdan yoʻlga chiqmaydi. Bundan tashqari, piyodaga sekinroq kelayotgan mashina ham yaxshigina zarar yetkazishi mumkin — kuchlar teng emas. Bu — yoʻllarni qurish (dizayni) va odamlarning xavfsizligini taʼminlashga yetarlicha eʼtibor berilmasligi oqibati. Eʼtibor berilsa, 48,6% hodisalar viloyatlararo yoʻllarda sodir boʻlgan. Katta ehtimol bilan, bu yoʻllar keng, haydovchilar ancha tez yuradigan va aholi punktlarini kesib oʻtadigan yoʻllar, yana piyodalar yoʻlni kesib oʻtishi noqulay. Ularning koʻpida shunchaki piyodalar oʻtish yoʻlakchasi qoʻyilgan xolos. Aslida, bunaqa kengroq yoʻllarda albatta boshqariluvchi svetoforlar qoʻyish lozim. Ideal holatda qatnovi koʻproq yoʻllar iloji boricha aholi punktlarini chetlab oʻtishi lozim. Lekin mavjud yoʻllarda ham tezlikni kamaytirib oʻlimlarni kamaytirish choralari bor: yoʻllarni qisqartirish (piyodalar ham oson oʻtadi), tezlikni 50 km/soat bilan chegaralash, tezlikni pasaytiruvchi sunʼiy notekisliklar hosil qilish (yoʻldagi yamalar hisobmas) va hokazo. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yoʻllardagi tezlikni boshqarish boʻyicha yaxshi qoʻllanma tayyorlagan ekan: What are the tools for managing speed? 2000-yildayoq Norvegiyada qilingan tadqiqotlar natijasida aholi punktlarida tezlik 50 km/s, shahar markazi va yordamchi yoʻllarda esa 30 km/s cheklovni taklif qilishgan (quyidagi 2- va 3-rasmlar). Yana bir qiziq qoʻllanmani esa AQSh transport vazirligining Avtomobil yoʻllari federav boshqarmasi (xuddi bizning YHXBB kabi) tayyorlagan: Methods and Practices for Setting Speed Limits: An Informational Report. Eng qizigʻi ular hatto bir qancha faktorlarni hisobga olib, oʻlimlar va jarohatlar ehtimolligini aniqlaydigan formula ham qilishgan (4- va 5-rasmlar). Menimcha, YHXBB shunaqa qoʻllanmalarni tarjima qilib, har bir kelgan xodim oʻqib chiqishini va shular asosida ish koʻrishda yordamlashishini talab qilish lozim. Va bu tashkilotda yoʻl-transport hodisalarni kamaytirish boʻyicha aniq reja boʻlgani maʼqul. Tushunaman, hali bizda mashina haydash madaniyati ham yaxshi rivojlanmagan. Lekin odam hayoti har narsadan muhim. Odamlarning hayotini saqlaydigan yechimlar qancha tez amalga oshirilsa shuncha yaxshi. #transport @FarLives 🌀

AQSh va Rossiyadan buyum sotib olish Yaqinda 3-4 ta tanishim Amazonʼdan qanday buyum sotvolishim haqida soʻrashdi. Chaqmoq FM podkastining sahifasida ham shu savolni berishgan. Iyun oyida esa Rossiyadan ham baʼzi buyumlarni sotib oldim. Hammaga alohida tushuntirib chiqmaslik uchun shu tajribani bitta maqola orqali boʻlishyapman. Avvaldan ogohlantiraman: bu usullar oʻzimning tajribamga asoslangan va quyidagi yetkazib berish xizmatlariga mening aloqam yoʻq. AQShdan Amazon juda kam mahsulotlarni Oʻzbekistonga yetkazishni taklif qiladi. Bular ham eson-omon yetib kelishini hech qachon tekshirmaganman. Avvallari Khaymans Group USA INC orqali elektronikani buyurtma qilardik. Lekin keyinroq EZDelivery.uz servisidan foydalanishni boshladim. Xuddi boshqa yetkazib berish xizmatlaridek, EZDeliveryʼning oʻz omborlari mavjud. Birinchisi Nyu-York shahrida va ushbu manzilni koʻrsatib mahsulot sotib olganda soliq toʻlanadi. Ikkinchi ombor Delaver shtatida va bu manzilga yuborilgan mahsulotlardan soliq olinmaydi. Jarayon quyidagicha: 1. EZDelivery.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi. 2. Shaxsiy kabinetga kirib manzillar koʻriladi. 3. Amazon yoki boshqa biror magazindan buyurtma qilinganda shu manzillardan biri koʻrsatiladi. 4. Yuk kuzatish uchun tayyor boʻlganda (tracking) pochta kuzatuv kodi (tracking code) va buyumlar shaxsiy kabinetga kiritiladi. 5. Yuk EZDelivery omboriga yetib borganda buyurtma deklaratsiya uchun tayyor boʻladi. Men oʻzimning kvotamdan oshadigan buyum olmaganim uchun deklaratsiya shunchaki bitta tugmani bosish xolos. 6. Keyin yuk Oʻzbekistonga yuboriladi, bojxonadan oʻtadi va shu yerdagi kuryer telefon qilib yukni yetkazib beradi. Agar yukning kuzatuv kodi (tracking code) va maʼlumotlar toʻgʻri koʻrsatilsa, jarayon toʻlaligicha shaxsiy kabinetning oʻzida amalga oshadi. Xizmat uchun Oʻzbekistonda naqd yoki Visa, Master Card orqali shaxsiy kabinetda pul toʻlasa boʻladi. EZDelivery Amazon kabi AQSh magazinlaridan oʻzlari biror mahsulotni sotishga yordam berish-bermasligini bilmayman. Bu valyuta kartasi boʻlmaganda asqotishi mumkin. Tariflari: https://www.ezdelivery.uz/tarifs Rossiyadan Oʻzi Rossiyadan onlaynda buyum sotib olmasdim, lekin yaqinda uy uchun IKEA magazinidan baʼzi narsalarni olishni xohladim. Biroz oʻrganib chiqqandan soʻng YUMECS xizmatida toʻxtadim. Afsuski, YUMECS xizmatida hali shaxsiy kabinet va yukni boshqaruv paneli yoʻq. Lekin ularning Toshkentdagi raqamiga telefon qilganimdan soʻng Telegramʼda guruh ochishdi va jarayonni juda yaxshi boshqarishdi. YUMECSʼda jarayon quyidagicha: 1. Telegramʼdagi guruhda barcha savollaringizga javob berishadi. Moskvadagi manzilni ham shu yerda berishadi. 2. Yetkazib berish uchun uy manzili, passportning elektron nusxasini beriladi. 3. IKEA yoki boshqa magazindan mahsulotlar xarid qilinadi va YUMECS bergan manzilga yuboriladi. 4. YUMECS yuk ularning omboriga tushganda xabar berishadi va taxminiy yetkazib berish vaqtini ham soʻrash mumkin. 5. Yuk Oʻzbekistonga kelgandan soʻng kuryer telefon qilib koʻrsatilgan manzilga yetkazib beradi. Bu xizmat uchun Oʻzbekistonning soʻm-kartalaridan (Payme/Click) yoki Visa/MasterCard orqali maxsus saytdan pul toʻlasa boʻladi. Naqd pul toʻlashni soʻramadim. YUMECS Rossiyadan buyum xarid qilish uchun ham yordam berishadi. Albatta, qoʻshimcha haq evaziga. Tariflari: https://yumecs.uz/fares/ ———— Men javobini topolmagan va yoritmagan bitta masala qoldi. Hozirda bojxonadan kuryerlik xizmatlari orqali oʻtadigan yuklarning umumiy narxi bir kvartalda (3 oyda) 1 000 (ming) AQSh dollaridan oshsa boj toʻlovi mavjud (bu haqida yozgandim). Internetni biroz titib shu kvotani qayerda onlayn tekshirish mumkinligini topolmadim. @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 7 Ingliz tili lahjalari Hamma tilda boʻlganidek, ingliz tilida ham juda koʻp lahjalar bor. Odatda, ona tili ingliz tili boʻlmaganlar uchun britancha va amerancha lahjalar koʻproq maʼlum. Lekin aslida AQShning oʻzida ham koʻplab lahjalar mavjud. Masalan, birinchi videoda 67 ta lahjada turli gaplar talaffuz qilingan! Meril Strip esa aktrisa sifatida imitatsiyaning yuqori choʻqqisiga erishgan. - The English Language in 67 Accents & Random Voices - ONE language, THREE accents - UK vs. USA vs. AUS English! - The Many Voices of Meryl Streep Learn English with Papa Teach Me Bunisi esa kanal. Ingliz tilini ikkinchi yoki uchinchi til sifatida oʻrganuvchilar uchun tilning baʼzi asoslarini yaxshi tushuntiradi. “Ingliz tilini ona tilidek gapirish” deb nomlangan ruknidagi videolar rosa foydali. - Stop Saying "I'm Fine" - Speak English Like a Native! - 10 MOST COMMON Grammar Mistakes English Learners Make - 10 Different Ways to Say "Thank you!" In English! - Stop saying "I Don't Know!" - Speak English like a Native! - MAKE or DO? Learn English English with Lucy Bu ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun foydali kanal. Yuqoridagi kabi baʼzi maslahatlari ingliz tilidan foydalanishni ancha boyitishi mumkin. - DO NOT say "you're welcome"! Respond to "thank you" PROPERLY! - DO NOT say "how are you?"! Ask the question PROPERLY! - DO NOT SAY 'Can you repeat?' or 'I don't understand' - ask for repetition in this BETTER way! mmmEnglish Yuqoridagi lahjalar haqidagi videoda chiqqan qiz. Bu kanalda ham ingliz tilini oʻrganuvchilar uchun qiziqarli videolar bor. - Lesson 1 - Speak English Clearly! The Imitation Technique - DON'T SAY "SORRY!" | Better English vocabulary | How to Apologise - Confusing English Verbs: SAY | TELL | TALK | SPEAK Virginia Bēowulf · English Studies Bunisi rus tilidagi kanal. Qisqa qilib ingliz tilining turli oʻziga xosliklarini tushuntiradi. Masalan, “Uzuklar hukmdori” filmida Gendalf “You shall not pass” degan gapni aytadi. Birinchi videoda aynan shu “shall” va “will” farqi yaxshi tushuntirilgan. - Почему WILL не заменит SHALL: главная разница и зачем нужен SHALL в английском - TO FEAST или TO FIST? Долгий и краткий звук /i/ – косяки русского акцента и английское произношение - ПОЧЕМУ ВЫ НЕ СМОЖЕТЕ ГОВОРИТЬ КАК НОСИТЕЛЬ (почему не получится избавиться от русского акцента) 18+ - Артикли английского, которые не преподают в школе: AN, THE, NO, THEM, ONE – правил употребления нет? Mentalitet degan tushuncha yoʻq aslida, faqat anʼanalar degan tushuncha mavjud Kiro Altman oʻzining “Alter Ego” nomli loyihasida Oʻzbekistonning buyuk rassomlaridan biri — Bobur Ismoilov bilan gaplashibdi. Ancha oldin chiqqan bu intervyu odamning fikrlashini ancha kengaytiradi, shaxsiy qarashlarini yaxshilab oʻylab koʻrishga undaydi. Insonning miyasi, odatda, masalaning faqat bir tomonini koʻradi. Bunaqa odamlar esa boshqa bir qancha tomonlarini ham ochib beradi. Tavsiya qilaman. - «Нет такого понятия, как „менталитет“, есть такое понятие, как традиции» Jo Rogan podkasti Jo Rogan turli odamlar bilan oʻtirvolib uzoq gaplashadi. Aynan shu podkastda Elon Mask nasha chekkandi 😀 Podkastning eng mashhur epizodlarini YouTubeʼdagi kanalida koʻrish mumkin. Lekin men Naval Ravikant bilan qilgan suhbatini juda foydali deb bilaman. Umuman olganda, Naval odamning hayotdagi oʻz oʻrnini topish, boylik va pul, baxt aslida tanlovligi haqida juda yaxshi yozadi. Masalan, “Qanday boy boʻlish (omadli boʻlmasdan turib)” deb nomlangan mavzusi Twitterʼda rosa mashhur boʻlgan va dono fikrlarni yozgan. - Joe Rogan Experience #1309 - Naval Ravikant Omon boʻling! ✌️ #shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Notion 2019-yilda DevFest festivalida qisqa nutq qilgandim. Unda, Super Dispatch kompaniyasida hujjatlarni yuritish va boshqarish jarayoni haqida gapirib berganman. Hujjatlarni yuritish uchun uskunalar evolyutsiyasi bundoq boʻlgan: Google Docs → Dropbox Paper → Atlassian Confluence → Notion. Notion juda ajoyib uskuna. Kompaniyaning butun bilimini bitta joyda saqlab, hammaning “qoʻli yetadigan” qilish uchun rosa mos. Ayniqsa, hozirgiga oʻxshagan, kompaniyadagi odamlar bitta ofisda ishlamayotgan davrda. Umuman, hujjatlarni mazkazlashgan holatda saqlashning quyidagi afzalliklarini koʻraman: 1. Odamlarning xotirasiga ishonish notoʻgʻri: yoddan chiqadi, qaysidir detallari almashishi mumkin, har xil odam bilim darajasiga qarab har xil qabul qiladi va hokazo. Bu masalada hujjatlar xolis doimiy xotiraga aylanadi. 2. Hujjatlar yaqqollik qoʻshadi. Turli kelishuvlar, topshiriqlar, jarayonlar hujjatlashtirilishi bularni keyinroq qayta koʻrib chiqish, nimalarni optimallashtirish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. 3. Odatda, hujjatlar — doimiyroq xotira. Pochta, turli messenjerlar orqali almashiladigan maʼlumot hafta yoki oylar oʻtib unutiladi. Hujjatlarni esa saqlanadigan joyiga qarab tezda topvolish mumkin. 4. Hujjatlar odamlarga bogʻliqlikni yoʻqotadi. Bu kompaniya va kompaniyada ishlaydigan odamlar uchun foydali. Kompaniya biror odam ishdan ketishidan qoʻrqmasligi mumkin, chunki, bu odamning toʻplagan bilimi kompaniyada qoladi va boshqa odam ishni davom ettirishi mumkin. Xodimlar esa bemalol taʼtilga chiqa oladi: hamma bilim hujjatlashtirilgan va ishda qolgan odamlar biror narsani soʻrab telefon qilishi yoki bu odam ishga qaytishini kutishi shart emas. Super Dispatchʼda hujjatlar boshqaruvi uchun yillar davomida turli uskunalar va servislardan foydalanganmiz. Lekin eng soʻnggi va samaradorligimizga katta hissa qoʻshgan qarorimiz — Notionʼga oʻtishimiz boʻlgan. Hozir kompaniyadagi deyarli hamma bilim Notionʼda. Kod yozish boʻyicha kelishuvlar, ishlash shartlari, korporativ madaniyat, uchrashuvlardagi mavzular (agenda), turli qoʻllanmalar, rejalar, tashabbuslar — hammasi hammaga ochiq. Men oʻzim shaxsiy loyihalarim uchun ham Notionʼdan foydalanaman. Ayniqsa, boshqa odamlar bilan ishlashimga toʻgʻri kelganda: Chaqmoq FM mavzulari avvaldan mehmonlarga Notion orqali yuboriladi, masalan. Yoki yil rejasi yoki sayohatni rejalashtirib chiqish uchun ham qulay. Va, shaxsiy foydalanish uchun bepul: https://www.notion.so/personal DevFest 2019 slaydlari bu yerda: The Power of Documentation. #mahsuldorlik @FarLives 🌀

Oʻzbekistonda ayollarni haqlari haqida mulohaza boshlangani albatta yaxshi narsa deb oʻylayman, umuman olganda jamiyatda har qanday mulohaza jamiyatni yaxshilanishiga, muammolarni yechilishiga olib keladi. Shuning uchun muhokama va mulohazalarni normal va kerakli deb oʻylayman. Bir narsani aytish joiz deb oʻylayman, jamiyatda diskriminatsiya iqtisodiy oʻsish bilan chambarchas bogʻliq. Gʻarbda ham, ayollar va erkaklarni iqtisodiy imkoniyatlari tenglashishda iqtisodiy oʻsish katta roʻl oʻynagan. Oʻzbekiston mehnat bozorida talab yetarli boʻlmaganligi, diskriminatsiyani kuchaytirishi tabiiy. Qarang, mehnat bozorida ishchilar uchun kurash keskinlashib borgan sari, diskriminatsiya va kamsitish “qimmatga” tushaveradi, shuning uchun iqtisodiyotni oʻsishi va mehnat bozorida raqobatni oshishi, jamiyatdagi kamsitish va diskriminatsiyani kamaytiradi. Shu masalada — iqtisod fanida diskriminatsiya haqida Nobel mukofot sovrindori Bekkerni ishlarini oʻqishni tavsiya qilaman. Bekerni ishlari haqida kichik maʼruza (matematikasi bor - lekin tushunish oson). Iqtisodiyotimiz qachondir kelajakda keskin oʻsib ketsa — ayollarni haqlari yaxshiroq himoyalanishiga ishonchim komil. Bu faqat ayollarni haqlari haqida emas, barcha kamsitiladigan guruhlar haqida. Masalan bizda eʼtiqod va kelib chiqish boʻyicha ham diskriminatsiya koʻp, agar iqtisodiyotimiz oʻsib ketsa, ular ham tabiiy kamayadi.

Chaqmoq FM 6-epizod Ushbu epizodning mavzusi toʻlaqonli WWDC 2020 konferensiyasi va unda taqdim qilingan yangiliklar haqida. Mehmonlar: Nodir Xalilov va Nuruddin Iminoxunov. YouTube: https://youtu.be/OOMJu4xlKIE Mavzular: 00:02:10 - Keynout (keynote) haqida 00:10:05 - iOS 14 00:10:34 - Bosh ekran va ilovalar kutubxonasi [iOS 14] 00:28:50 - Vidjetlar [iOS 14] 00:36:00 - Picture in Picture [iOS 14] 00:41:31 - Siri [iOS 14] 00:47:28 - Translate (Tarjima) [iOS 14] 00:48:35 - iMessage [iOS 14] 00:57:30 - Maps, CarPlay, App Clips [iOS 14] 01:10:08 - iPad OS 01:12:22 - Scribble [iPad OS] 01:15:02 - AirPods, AirPods Pro 01:23:36 - watchOS 01:27:36 - macOS Big Sur 01:34:05 - Apple kompyuterlarda ham oʻzining chiplariga oʻtyapti 01:40:15 - Safari [macOS] 01:42:25 - Maxfiylik 01:50:05 - Yana Safari [macOS] 01:55:44 - Boshqa mavzular 01:59:45 - Qisqacha Yandex.Plyus haqida Podkast sahifasi: https://farhodjon.uz/projects/chaqmoq-fm/ #chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

photo content
+1

Yoʻl tuzatuvchilar mantigʻi Meni juda hayron qoldiradigan va haligacha tagiga yetmagan qanaqadir sehrli, hech aqlga sigʻmaydigan va joriy ilm-fan bilan tushuntirib boʻlmaydigan bir narsa hayron qoldiradi: yoʻl tuzatuvchi va quruvchilarning mantigʻi. Bularning ichiga yoʻldagi turli chiziqlarni chizadiganlar, asfalt qilish, koʻpriklarni tuzatuvchilar, tozalovchilar ham kirib ketadi. Tasavvur qiling, mantiqan, shu kabi ishlarni qiluvchilar yoʻlda mashina eng kam boʻladigan paytni tanlashi lozim. Masalan, dam olish kunlari, tunda, yoki juda boʻlmaganda kunduzi. Pandemiya tufayli karantin kiritilgan vaqt esa juda ideal (quruvchilarga ruxsat berilganda bularga ham berilishi mumkin). Lekin qanaqadir men tushunmaydigan mantiq asosida ular tanlaydigan vaqt va kun: - Albatta ertalab soat 8:00 va 10:00 orasi. Odamlar ishga shoshilib yoʻlga tushganda ular bemalol yoʻlning toʻlaligicha yoki bir qismini yopvolib ishlashadi. - Kechki payt 17:00 va 19:00 orasida. Hamma uyiga shoshiladi, yoʻlda tirbandlik, haydovchilarning asabi tarang. Bular bemalol chiziqlarni chizib yurgan boʻlishadi. - Ish kunlari. Shanba va yakshanbada shaharda mashina kam boʻladigan paytdan foydalanmasdan, dushanbani poylashadi 😀 Xuddi shu ishlar bilan shugʻullanuvchi odamlarning vazifalaridan biri yoʻl harakatiga xalaqit berishdek… Tunov kuni ertalab anhor boʻyida biroz sayr qilayotganda A. Qodiriy va Labzak koʻchalari chorrahasidagi koʻprikni yopilganini sezdim. Biroz yoʻl hodisasi sodir boʻlgandir, deb qarasam: koʻprikni yopib qanaqadir ishni boshlashibdi shovvozlar. Dushanba kuni ertalab. Mashinalar esa koʻprik yonidan yurib Labzak koʻchasidan qaytib yana Qodiriy koʻchasiga tushib ketyapti: https://www.instagram.com/p/CCLnmekAcdG/ Koʻprikning ustida panjara va betonlarini olishyapti. Nega olishyapti — bu menga qorongʻu. Umid qilaman, koʻprikni kengaytirish haqida oʻylashmayapti. Yana umid qilaman, 40 yillik daraxtlar kesilib qurilgan bu koʻprik qachondir buziladi va oʻrni odamlarga qaytarib beriladi. Xullas, hurmatli Toshkent shahar hokimiyati yoki Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi! Iltimos, yoʻllarni tuzatish va qurishni boshlashdan ancha avval sanasi va vaqtini yaxshilab rejalashtirishni oʻrgansangiz. Qilayotgan ishingiz ijobiy boʻlishi mumkin, lekin oldindan ogohlantirmasdan shart yoʻlni toʻsib olish qanaqadir hurmatsizlik, va sizlarning shundoq ham juda yaxshi boʻlmagan imidjingizga salbiy taʼsir qiladi. #shahar @FarLives🌀

Podkast epizodlarini qayerda eshitasiz?
Anonymous voting

Chaqmoq FM5-epizod Oʻyinlar haqidagi dildan va uzoq suhbat Ilxom Xodjayev bilan boʻldi. Bu epizod 2020-yil 27-iyunda yozilgan. YouTube: https://youtu.be/PTAQ7hGkFXY Apple Podcasts, Google Podcasts, Spotify, Yandex.Musiqa va boshqa podkast platformalarida ham chiqdi. Mavzular: - Oʻyinlarga kirib kelish - Fallout - Gothic - The Elder Scrolls III: Morrowind - Mass Effect, Dragon Age - Yangi avlod konsollari - Oʻyinlar strimingi - Dronlar, xavfsizlik, innovatsiyalar (offtopic) - Eʼlon qilingan va yaqinda chiqqan oʻyinlar haqida - Cyberpunk 2077 - The Last of Us (Part II) - Assasin's Creed: Valhalla - Red Dead Redemption 2 - Ilxomning orzusi: voqealari bizning mintaqada boʻladigan oʻyin - Shu suhbat haqida Hamma platformalarga havolalarni topish yoki vebda eshitish podkast sahifasida. Podkastlarga qanday obuna boʻlish va eshitish haqida blogimda yozganman. #chaqmoqfm #podkastlar @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 6 (yakshanbagisi) Bugun ushbu ruknning kechikkan qismi chiqyapti. Asosiysi, chiqyapti 😅 Chegaralar yopiq boʻlganda sayohat Anton Ptushkinga barakalla (videolari yaxshi). Pandemiya va karantin paytida yolgʻiz sayohat qilishni vatanidan boshlagan. Bir qismi Ukrainaga toʻgʻri keladigan Karpat togʻlariga sayr qilib qiziq bir video tayyorlagan. Avvalo, soʻzsiz olingan video Liziqi videolariga oʻxshaydi (spoyler: oxirida gapiradi). Juda ajoyib. - Путешествия с закрытыми границами Kreyg Adams Anton aytishicha, u Kreyg Adams videolaridan ilhom olgan. Kreyg shunaqa soʻzsiz videolar tayyorlaydi: ularda Kreyg biror togʻli hududga piyoda koʻtariladi. Masalan, Islandiyadagi videosini 3 milliondan ortiq tomosha qilishgan. - Hiking 60 Miles Alone in Hornstrandir Iceland - Hiking 80 Miles Alone on the Torres Del Paine Trail in Chile - First Time in Japan Nikolay Ironov Artemiy Lebedev studiyasi dizayn bilan shugʻullanuvchi sunʼiy intellektni eʼlon qilishdi: bir yil davomida u 20 ga yaqin loyihalarda ishtirok etgan. “Ekspress dizayn” orqali chiqarilgan va turli shov-shuvlarga sababchi boʻlgan dizaynlarning koʻpini shu sunʼiy intellekt qilgan. Bu dizaynda qiziq yoʻnalishning boshlanishi boʻlishi mumkin. - Saytida: https://www.artlebedev.ru/ironov/ - Николай Иронов WWDC 2020 Apple kompaniyasi 24-iyunda boshlangan konferensiyasida oʻzining operatsion tizimlarining yangi versiyalarini taqdim qildi. Asosiy katta oʻzgarishlar iOS va macOS operatsion tizimlarida. Bundan tashqari, Apple Mac kompyuterlarida oʻzining chipini ishlatishni boshlarkan. Bu yilgi taqdimot avvalgilaridek sahnada tomoshabinlar bilanmas, deyarli boʻsh kompaniya kampusida oʻtkazildi. Yaqinda Chaqmoq FM podkastida bu haqida batafsil gaplashamiz. - WWDC 2020 Special Event Keynote — Apple - Apple WWDC 2020 keynote in 18 minutes Cyberpunk 2077 geympleyi Vedmak oʻyinining ijodkorlaridan yangi, kiberpank janridagi oʻyin. Juda koʻp odam intizorlik bilan kutyapti. Bu hafta CD Projekt Red studiyasi 25 minutlik geympleyini koʻrsatdi. Oʻyindagi shahar — ajoyib. Aytgandek, oʻyinda Gollivud xalq artisti — Keanu Rivz ham ishtirok etgan. - CYBERPUNK 2077 NEW Gameplay Demo 20 Minutes 4K Hayayo Miyadzaki Ushbu rejissyorning animatsion filmlari orqali men anime dunyosi bilan tanishganman. Deyarli har bir filmi qanaqadir samimiy, mehribon, bolalar oʻzini kattalardek, kattalar bolalardek tutadigan, yapon mifologiyasi va zamonaviy-kelajak texnologiyalarini birlashtirgan, stimpank elementlari qoʻshilgan. Hayayo Miyadzaki — filmi Oskas mukofotini olgan yagona yapon anime rejissyori. Menga eng yoqqan filmlari: “Laputa: osmondagi qasr”, “Shamol kuchayyapti”, “Yuruvchi qasr”, “Ruhlar olib ketganlar”, “Mening qoʻshnim Totoro”. - Как снимает Хаяо Миядзаки - The Philosophy of Miyazaki – Wisecrack Edition Omon boʻling! ✌️ Avvalgi soni bu yerda: https://t.me/FarLives/380 #shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

📹 Shanba videolari - 5 Sony PlayStation 5 Sal kechga qolgan “Shanba videolari”ning bu sonini haftaning asosiy anonsi — Sony PlayStation 5 bilan boshlayman. Bu yil oʻyin konsollarining joriy avlodi (PlayStation 4, XBox One, Nintendo Switch) tugayapti. Joriy avloddagi gʻolib, albatta, PlayStation 4 boʻldi. Sony oʻyin konsoli uchun yaxshi oʻyinlarni taqdim qiloldi. Yangi avlod uchun Microsoft ham qiziq oʻyinlarni chiqaradi, lekin odatda, XBox uchun chiqariladigan oʻyinlar konsol uchun eksklyuziv boʻlmaydi: kamida shaxsiy kompyuterlarda paydo boʻladi keyinroq. Sony oʻzining ekskyuzivlarini yangi konsol uchun davom ettiryapti. Xullas: - Sony kompaniyasining taqdimoti bu yerda (1 soatdan koʻproq): FULL Sony PS5 Future of Gaming Reveal Event - The Verge nashri tayyorlagan qisqaroq (22 minut) video: Playstation 5 event in 22 minutes (hardware + games) - Rus tilida Anton Logvinov strimi: Презентация PlayStation 5 - С русским переводом. Будущее игр. Horizon 2 и другие. Unreal Engine 5 May oyida Epic Games kompaniyasi oʻzining Unreal Engine deb nomlangan oʻyin yaratish uskunasining (“game engine”, “игровой движок” soʻzlarining oʻzbek tiliga aniq tarjimasini bilmayman) yangi versiyasidagi imkoniyatlarni koʻrsatdi. Ushbu videoga qarab yagona olinadigan tassurot: yaqin orada kinolardagi va oʻyinlardagi grafika sifati bir xil boʻladi. Avvallari kompyuterda soatlab hisoblanadigan yorugʻlik tarqalishi hozirgi videoxarita va yangi avlod konsollarida real vaqtda hisoblanyapti. - PS5 Unreal Engine 5 Tech Demo Turli usulda tuxum pishirish Oxirgi paytlarda ovqat pishirishga qiziqishim koʻpaygan. Miyani dam oldiradigan juda qiziq mashgʻulotga aylandi. Yangi retseptlarni oʻrganishning asosiy vositasi — YouTube. Quyidagi videoda tuxumni turli usullarda pishirish koʻrsatilgan. Umuman, Tasty yaxshi koʻrsatmalar qiladi. - How To Cook Perfect Eggs Every Time Moskva metrosi qanday qurilgan “MASTER КЛАСС” kanali Moskva metrosining qurilishi va tuzilishi haqida yaxshi videolar tayyorlabdi. Shahardagi jamoat transporti va ozroq shaharsozlikka qiziqadiganlar uchun foydali video. Harqalay, Moskva metrosi katta, murakkab, oʻziga xos tizim. - Как строилось московское метро? - Строительство метро / Как создавалась схема? - Метро будущего / Строительство тоннелей Lo-fi hip-hop, deep house, chill-out music Soʻnggi paytlarda baʼzida kechroq (tunda) biror narsaning ustida ishlasam yoki biror mavzuga chuqurroq kirishimga toʻgʻri kelsa, YouTubeʼda cheksiz davom etadigan radiolarni eshitaman. YouTubeʼdagi bu videolarda tasvir muhimmas, musiqasi esa odamga xalaqit bermaydigan. Koʻpida takrorlanib turuvchi videolar qoʻyilgan boʻladi. Shulardan baʼzilari quyida. - coffee shop radio // 24/7 lofi hip-hop beats - lofi hip hop radio - beats to sleep/chill to - lofi hip hop radio - beats to study/relax to 🐾 - 24/7 Live Radio | Best Relax House, Chillout, Study, Running, Gym, Happy Music Sarlavhadagi kalit soʻzlar orqali izlaganda YouTubeʼda yana bir qancha videolar chiqib keladi. Avvalgi soni: https://t.me/FarLives/363 #shanba_videolari #youtube @FarLives 🌀

Rus tili orqali bizga kirib kelgan “kosmos” (ingliz tilida “space”) soʻzini:
Anonymous voting

Yana yaxshi fotosurat: Dragon fazo kemasidan koʻrinish. https://twitter.com/Astro_Doug/status/1270847503332712455 #fazo #kosmos