en
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Open in Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Show more
735
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-130 days
Posts Archive
Clubhouse chiqqanidan keyin hamma shoshilib qoldi. Ikkala katta ijtimoiy tarmoqlar — Facebook ham, Twitter ham raqobatchisini chiqarmoqchi. Lekin Telegram ulgurdi birinchi. Bugungi chiqqan versiyasidan boshlab, avval guruhlarda ishlatish mumkin bo’lgan ovoz chatlarni engi kanallarga ham qo’shish mumkin. Xuddi Clubhouse’dagidek tinglovchilar ham “qo’l ko’tarib” suhbatda ishtirok eta oladi. Yana yaxshi tarafi (va bu podkastlarga katta zarar yetkazishi mumkin): shu ovoz chatlarni yozib qoldirish mumkin. Asosiysi, Android foydalanuvchilari ham baxtli endi. https://telegram.org/blog/voice-chats-on-steroids #telegram

Shunga o’xshash tushunchani bir paytlar Nikolay Toverovskiy qiziq shaklda bergandi: mutaxassisning mahoratlarini (skills) sakkizoyoqning oyoqlariga o’xshatishgan. Mutaxassis rivojlantirgan mahoratlariga qarab sakkizoyoqning qaysidir oyog’i uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin. Masalan, dizaynerda: topshiriqlarni bajarish, loyihalarni yuritish, interfeyslarni loyihalash, tipografika, grafik dizayn va hokazo “oyoqlar” (mahoratlar) uzunroq shakllangan bo’ladi. Art-direktorga esa, qo’shimcha ravishda topshiriqlarni o’tkazish (delegation), muzokalarni olib borish, jasorat kabilar rivojlanishi muhimroq bo’ladi. https://bureau.ru/bb/soviet/20161013/ Har qanday soha vakillari uchun shunaqa mahoratlar to’plamini tuzish va shuning ustida ishlash mumkin.

T-shakldagi bilim Yaqinda komanda tezligini muhokama qilayotganimizda “T-shaped people” — T-shakldagi odam (bilim) tushunchasiga biroz to’xtaldik. Agar mutaxassis bilimi faqat bitta yo’nalish bilan cheklangan bo’lsa va shu yo’nalishda kuchli ekspertga aylansa, bu odamning bilimi “I-shaped” — I-shakldagi deyiladi. Chunki bilimning darajasi I harfini eslatadi. Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq bilimga ega bo’lsa va birortasida ham ekspert bo’lmasa, unda uning bilimi “dash-shaped” — chiziq shaklidagi (“dash” — chiziqcha) deyiladi. Agar mutaxassis ko’p yo’nalishlarda ozroq, lekin shulardan bittasi kuchli ekspert bo’lsa, unda bu bilim — “T-shaped” (T-shakldagi). Chunki yuqoridagi ikkita xususiyatni birlashtirgan hisoblanadi. Komanda boshida tashkil qilinayotgan T-shakldagi odamlarning o’rni muhim: biror ishni turli tomondan qarab chiqishga yetarli bilim bor va frontend/backend/QA/design kommunikatsiyasi uchun uzoq vaqt ketmaydi. Ya’ni, komanda tezroq harakat qiladi. Bu mavzuda o’qish uchun ikkita maqolani tavsiya qilaman: - Why T-shaped people? - How to develop T-shaped people Mavzuga chuqurroq kirilsa, E/M/V/X/π shakldagi odamlar haqida ham o’rganish mumkin.

Yuqoridagi ro’yxatga yana ikkita ish o’rni (position) qo'shildi: - Engineering Recruiter - Senior Frontend Developer Bizdagi ko’p talablar uchun “senior” darajasi to’g’ri keladi, lekin kuchli “middle” darajadagi injenerlarni ham qarashga tayyormiz. P.S.: Agar biror do’stingizni tavsiya qilsangiz va u biz bilan qolsa (3 oy muddatda), siz kamida $500 olasiz. #superdispatch

Eliminate, Simplify, Automate, Delegate 1-2 yil oldin qiziq bir maqolaga ko’zim tushib, undagi jarayonlar yoki odamning vaqtini optimallashtirish bo’yicha taklif qilingan usul juda yoqqandi. Xullas, har qanday jarayon, ish, vazifa yoki faoliyatni optimallashtirishda ularni ko’rib chiqish va quyidagi ketma-ketlikka amal qilish lozim: 1. Imkoni boricha uni bartaraf qilish (eliminate). 2. Soddalashtirish (simplify). 3. Avtomatlashtirish (automate). 4. Topshirish (delegate). Tim Ferris o’zining The 4-Hour Workweek kitobida yaxshi yozgan bu haqida: Bartaraf qilinishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon avtomatlashtirmang va avtomatlashtirilishi yoki soddalashtirilishi mumkin bo’lgan narsani hech qachon boshqaga topshirmang. Aks holda, siz o’zingizning vaqtingiz o’rniga birovning vaqtini sarflaysiz va o’z-o’zidan bu qo’shimcha pulingizni yo’qolishiga olib keladi. Ingliz tilidagi to’liq (va juda foydali) maqola bu yerda: https://mazepress.com/eliminate-simplify-automate-delegate/ #mahsuldorlik

Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim.
Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim. Nega: 1. Kindle faqat kitob o’qish uchun mo’ljallangan. Telefon yoki planshetdagidek chalg’ituvchi faktorlar yo’q. 2. Kindle ekrani xuddi qog’ozdek. Ayniqsa, tunda uxlashdan avval o’qiganda ko’zni charchatmaydi. 3. Quvvati (zaryadi) kamida 1-2 haftaga yetadi. 4. Goodreads bilan integratsiyasi yaxshi. Menda hozir Kindle Paperwhite. Unda keyingi/oldingi sahifaga o’tish uchun alohida tugmalar yo’q. Balki, kelajakda Kindle Oasis olarman.

photo content

Oxirgi paytlarda elektron kitoblarning deyarli hammasini Kindle qurilmasida o’qiyapman. Avval Apple Books ilovasida o’qirdim. Nega: 1. Kindle faqat kitob o’qish uchun mo’ljallangan. Telefon yoki planshetdagidek chalg’ituvchi faktorlar yo’q. 2. Kindle ekrani xuddi qog’ozdek. Ayniqsa, tunda uxlashdan avval o’qiganda ko’zni charchatmaydi. 3. Quvvati (zaryadi) kamida 1-2 haftaga yetadi. 4. Goodreads bilan integratsiyasi yaxshi. Menda hozir Kindle Paperwhite. Unda keyingi/oldingi sahifaga o’tish uchun alohida tugmalar yo’q. Balki, kelajakda Kindle Oasis olarman.

Aytgandek, ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00 da “Разработка в растущих стартапах” (Rivojlanayotgan startaplarda ishlab chiqarish) mavzusida suhbat uyushtiryapmiz (rus tilida). Ishtirokchilar: - Bekzod Babamuradov — mezbon. Director of Engineering, Super Dispatch. - Sardorbek Pulatov. Fransiyadagi Vestiaire Collective kompaniyasida Head of Engineering. - Va kamina. CTO, Super Dispatch. https://www.joinclubhouse.com/event/myY26qZW

Clubhouse haqida hali eshitmagan yoki foydasini ko’rmayotgan odamlar uchun qisqacha ma’lumot. Clubhouse — podkastlardan audioni, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan ijtimoiy qismini, Twitch’dan onlayn strimlarni va chat orqali auditoriya bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilishni birgalikda yi’gib ajoyib kichik revolyutsiya qildi. Ixtiyoriy odam boshqalar bilan birgalikda “xona” yaratishi va turli mavzularda audio orqali suhbatni boshlashi mumkin. Shu odamlarning tanishlari va joriy mavzuga qiziqadiganlar xonaga shunchaki qo’shilib eshitishi, audioriya ham “qo’l ko’tarib” savol berishlari mumkin. Muloqot faqat audio bo’lishi va xonadagi suhbat yozib qolinmasligi uchun tezda biror mavzuda suhbat boshlash oson. Bundan tashqari, bu format qo’shimcha tayyorgarlikni talab qilmasligi uchun ham juda tez o’syapti. Faqat iPhone’da ishlaydi. Android va boshqa platformalarda yo’q. ❤️ P.S.: Menda hozircha 7 ta invayt bor. Xohlaganlar uchun kichik bir guruh ochdim.

Clubhouse haqida fikringiz:
Anonymous voting

Super Dispatch komandasi kengayyapti Salom, do’stlar! Uzoq vaqt jimlikda qolib ketgan kanalga yaxshi yangilik qo’yishdan boshlayman. Super Dispatch kompaniyasida yangi ish o’rinlari ochildi va biz komandani kengaytiryapmiz. Quyidagi mutaxassisliklardagi professionallarni izlayapmiz hozir (Toshkent vaqti ±3 soat): - Associate Product Designer - Data Scientist - Engineering Manager - Frontend Tech Lead - Manual QA Engineer - Senior Backend (Python) Engineer Bizning talablarimiz va qo’shimcha detallari bilan tanishish, nomzod sifatida rezyume qoldirish maxsus saytimizda: https://superdispatch.breezy.hr/?&location=Tashkent%2C%20UZ#positions Aytgandek, agar biror professionalni taklif qilsangiz va u odam biz bilan 3 oydan keyin ham qolsa, biz sizga kamida $500 beramiz. Shunchaki tarqatadiganlarga katta minnatdorligim. #superdispatch

Apple News AQShdagi prezident saylovlarini real vaqtda yorityapti: https://apple.news/A0IMobNEzQjC6H7qObZ-tDg
Apple News AQShdagi prezident saylovlarini real vaqtda yorityapti: https://apple.news/A0IMobNEzQjC6H7qObZ-tDg

📹 Shanba videolari - 11 Karl koʻprigi qurilishi Chexiya poytaxti Pragada qadimiy Karl koʻprigi mavjud. Koʻprikning nomi uning qurilishini boshlagan qirol — Karl IV bilan bogʻliq. Koʻprik qurilishi XIV asr oʻrtasida (1357-yil) boshlanib XV asr boshidagacha davom etgan. Ushbu videoda shu koʻprik qurilishi va texnologiyasi koʻrsatilgan. Qoyil qolish kerak. https://youtu.be/nJgD6gyi0Wk Boston Dynamics robotlari Markes Braunli xuddi boshqa texnikalarga taqriz qilgandek Boston Dynamics kompaniyasining Spot robotiga taqriz tayyorlagan. Robot AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqlarida sotiladi va narxi 75 000 AQSh dollari atrofida. https://youtu.be/s6_azdBnAlU MIT (Massachusetts Institute of Technology) esa bemorlarning hayotiy koʻrsatkichlarini kontaktsiz olish uchun shu robotlarni sinayapti. https://youtu.be/0YvSdbwh41I Va avval kimdir koʻrmagan boʻlsa, Boston Dynamicsʼning boshqa modellari odamga oʻxshab yurishi, turli toʻsiqlardan oʻtishi, sakrashi (ham oldga, ham orqaga) va boshqa amallarni bajarishi mumkin. https://youtu.be/uhND7Mvp3f4 Appleʼning “sahna ortidan“ videolari Apple Watch soatlarida ekranga oʻrnatiladigan maxsus “yuzlar” (faces) mavjud. Odatda ularda turli grafika va koʻrsatkichlar aks etadi. Baʼzi yuzlarda esa fonda turli animatsiyalar paydo boʻladi: masalan, olov yoki suv. Bir qaraganda shu animatsiyalarni kompyuterda tayyorlangan, deb hisoblash mumkin. Lekin ular haqiqiy video sifatida olinarkan! https://youtu.be/aK7KPw9bLfI Bundan tashqari, Apple yangi iPhone chiqarganda uning kamerasi imkoniyatlarini koʻrsatish uchun Behind the Scenes (sahna ortida) nomli tajribalar koʻrsatadi. Bular ham xuddi kompyuter grafikasidek, lekin ushlab koʻrsa boʻladigan materiallardan ozgina fizika va kimyo bilan tayyorlanarkan. Fire & Ice - https://youtu.be/dJyd_zgr2WE Dark Universe - https://youtu.be/r7mB7BBWLcQ AQShning milliy parklari AQSh hukumati va xalqining juda katta yutuqlaridan biri — ular XIX asr oxiridayoq yovvoyi va umuman tabiatni saqlab qolishga juda katta eʼtibor berishgani. Mana hozir mamlakat fuqarolari dam olish yoki faol xordiq chiqarish uchun joylar yetarlicha. Yerlar tortiq qilinayotgan va pulning orqasidan quvilayotgan XXI asr Oʻzbekistoni bilan solishtirib boʻlmaydi. Videoda AQShdagi 25 ta milliy parklar haqida. https://youtu.be/zTBmv-Gzf2w The Люди Anton Lyadov tanlaydigan joylarning hammasiga ham havas qilib boʻlmaydi: Shimoliy Koreya, Venesuela, Moʻgʻuliston, Meksika va hokazo. Boshqa Anton — Ptushkin videolari bilan solishtirib boʻlmaydi: Lyadov videolari xuddi oddiy videoblogdek tasvirga olingan, xavfli joylar, turli faktlar va shu joylarda yashaydigan odamlar fikrlari. Dunyoga boshqacharoq qarash uchun tavsiya qilinadi. Самый опасный город мира l Венесуэла - https://youtu.be/hCMyf2ri0is Реальная жизнь в Северной Корее - https://youtu.be/ZpUKJ6-LMI8 Пустынные города Монголии - https://youtu.be/yledeLW7w3s Дубай. Обратная сторона / Трущобы и Заброшенные острова - https://youtu.be/bD9hyqx-BMk GMC Hummer EV Hammer pikap (pickup) mashinalarini koʻpchilik biladi. Oʻziga xos, koʻpincha turli film yoki oʻyinlardagi notinch joylarda koʻrsatishadi. Shu mashinaning yangi, faqat elektr energiyasiga yuradigan modeli juda zoʻr: shunchaki videoni koʻring. Keyingi yildan boshlab chiqadi. Narxi 112 000 dollar. Arzonroq modellari keyingi yillardan chiqarilarkan. https://youtu.be/MjMhZKmHKGk @FarLives #shanba_videolari #youtube

photo content

Bosma va yozma harflar Yozuvning ikki xil shakli bor: yozma va bosma. Kompyuter va smartfonlardagi barcha harflar — bosma. Qoʻlda yoziladigan harflar esa — yozma. Yozma harflar bir-biriga bogʻlab yoziladi va koʻp holatlarda bosma harflardan farq qiladi. Ingliz tilida: cursive and block letters. Hozirgi dunyoda asosiy muloqot elektron shaklda olib boriladi. Yozma yozuv esa hayotimizdan tobora chiqib ketyapti. Faqat qanaqadir byurokrat tashkilot va odamlar talab qiladigan ariza, tushunturish xatlari yoki qanaqadir formalarda qolgan. Yana ozroq odamlar oʻzi uchun yuritadigan kundalik va qaydlarda koʻrish mumkin. Yozuvning asosiy maqsadi fikrni yetkazib berish, yaʼni, muloqot uchun. Muloqotni samarali qilish uchun esa matnni yozish va oʻqish tezligi yuqori boʻlishi lozim. Vikipediya aytishicha, yozma va bosma harflarni yozish tezligi bir xil. Matnni oʻqishga kelganda esa, bosma harflar hammaga tushunarli; katta ehtimol bilan har xil odamlar ham turli harflarni oʻxshashroq yozadi. Bu oʻqish tezligini (UX) oshiradi, albatta. Maktablarda ham, bosma harflarnigina oʻrgatish vaqti kelgandir, balki? XX asrning tajribalarini davom ettirishning hech foydasini koʻrmayapman, toʻgʻrisi. AQSh esa faqat bosma harflarni ishlatishga allaqachon oʻtgan; rasmiy ilovalarda alohida koʻrsatiladi ham. On official forms, one is often asked to "please print". This is because cursive handwriting is harder to read, and the glyphs are joined so they do not fit neatly into separate boxes. Shaxsan oʻzim ancha oldin faqat bosma harflar bilan yozishga oʻtganman. #yozuv #tipografika

Sayohat fotografi, Ostin Mann (Austin Mann) iPhone 12 Pro kamerasi taqrizini tayyorlabdi. Yuqoridagi fotoda yaqqol farq: iPho
Sayohat fotografi, Ostin Mann (Austin Mann) iPhone 12 Pro kamerasi taqrizini tayyorlabdi. Yuqoridagi fotoda yaqqol farq: iPhone 11 va iPhone 12 Ultra Wide kameralari kam yorugʻli vaziyatlarda qanaqa natija berishi. http://austinmann.com/trek/iphone-12-pro-camera-review-glacier #fotografiya #apple

Gʻgʻ (Ғғ) harfi uchun muqobil:
Anonymous voting

Gʻgʻ (Ғғ) uchun variantlar. Ular koʻp emas, shuning uchun hammasi qoldirildi.
Gʻgʻ (Ғғ) uchun variantlar. Ular koʻp emas, shuning uchun hammasi qoldirildi.

Oʻoʻ (Ўў) harfi uchun muqobil:
Anonymous voting