en
Feedback
Far·hod·jon

Far·hod·jon

Open in Telegram

https://linktr.ee/far5n10v Turli texnologiyalar, shaxs va professional sifatida o’sish, mahsuldorlik, sayohat tajribalari haqida.

Show more
735
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-130 days
Posts Archive
Changsiz shahar Mavzuning davomi sifatida. Odatda, toza shaharlarning ichida ochiq tuproqni topish qiyin. Tuproq imkoni boric
Changsiz shahar Mavzuning davomi sifatida. Odatda, toza shaharlarning ichida ochiq tuproqni topish qiyin. Tuproq imkoni boricha nima bilandir yopilgan bo’ladi. Va bu o’z-o’zidan shahar ichida tuproqdan havoga chang tarqalishini kamaytiradi. Tuproq uch usulda yopiladi: 1. Gazon. Bu eng tabiiy va yaxshi usul. Yomg’ir ko’proq yog’adigan joylarda esa qaysi o’simlik o’sishini boshqarish yetarli bo’lishi mumkin. 2. Mulch. Odatda maydalangan yog’och yot o’simliklar o’sishini ham oldini oladi. 3. Mayda toshlar. Bular ham estetik tomondan ma’qul va qo’shimcha qarov talab qilmaydi. Yuqoridagi suratda shu uch usul yonma-yon ishlatilganini ko’rish mumkin. Albatta, bundan tashqari ham bir qancha faktlar ta’sir qiladi: qurilishlar soni, oqava suvlarni boshqarish, havodagi namlik, infratuzilma, mashinalar soni va hokazolar. Lekin yuqoridagi usullar sezilarli ijobiy qadam bo’lishi mumkin. @farhodjon #shahar

Dust bowl / Chang idishi 2021-yil noyabrda Toshkent chang ichida qolganida tungi shahar “Blade Runner” filmini eslatvorgandi. Hozirgacha o’shandagi havodan nafas olib bilingan chang ta’mini eslayman. Yana bir solishtirish: “Interstellar” filmi va bu film o’sha paytdagi muhitga ko’proq mos keladi. Toshkentda yana chang miqdori oshganini eshitib hafsala buzildi. “Interstellar” filmidagi chang to’zonlari qanaqadir kelajakdagi fantastika emas. Bu hodisa Amerika va Kanadada 1930-yillarda ro’y bergan voqealarga asoslangan. Va bu voqealar ro’y bergan paytning nomi ham mavjud: Dust Bowl - chang idishi. 1930 va 1936-yillar oralig’idagi qumli bo’ronlar bir qancha odamlar uylarini tashlab boshqa shtatlarga ko’chishi, ochlik va kasalliklardan o’lishiga olib keladi. Bu bo’ronlarning asosiy sababi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yerni ko’r-ko’rona o’zlashtirish hisoblanadi. Dehqonchilikka qanchalik ijobiy qaralgani bilan tabiatga keltiriladigan zarar va uzoq yillik oqibatlari haqida o’ylash ham kerak. Meni qiziqtirgan fakt bu muammoga Amerika hukumatining javobi bo’ldi: - yer boshqaruvi va tuproqni saqlashda ishtirokini oshirgan; - aero (osmondan) fotolar orqali xaritalar qilingan va zarur joylarga o’rmonlar qilingan (yemirilishni to’xtatish uchun); - 1942-yilga borib 220 milliondan ortiq daraxt ekilgan: Kanadadan Texasgacha 160 km kenglikdagi zona (!); - fermerlarga yerni to’g’ri boshqarishni yangi usullarini o’rgatgan va shu usullarni qo’llashi uchun pul to’lagan. “Interstellar” filmiga qaytsak yana: filmning boshidagi odamlar intervyusi xuddi kelajakdagi voqealarni aytayotgan aktyorlardek tuyuladi, lekin aslida ular shu chang to’zonlarining guvohlari va 2012-yilda chiqqan “The Dust Bowl” hujjatli filmiga berilgan intervyular xolos. Kristofer Nolanning aqliga qoyil qolish kerak! @farhodjon

+2
Kanzasda tezlik va svetoforning qizil chirog’ida o’tishni tekshiradigan kameralar deyarli yo’q. Lekin bunaqa mobil tezlikni tekshiradigan treylerlar bor. Odatda bular mahalla ichida ko’p uchraydi. Buning vazifasi haydovchi qanaqa tezlikda ketayotganini yaqqol ko’rsatish. Agar tezroq yurayotgan bo’lsa sekinlashni tavsiya qiladi. Jarima yozmaydi. Ya’ni, maqsadi jazolashmas, maslahat berish yoki eslatib qo’yish. Juda yaxshi usul. @farhodjon #amerika #shahar

Va nihoyat, 15 yildan keyin Microsoft Calibri shriftidan Aptos shriftiga o’tarkan. Calibri menga boshidan yoqmagan. Hozirgi M
Va nihoyat, 15 yildan keyin Microsoft Calibri shriftidan Aptos shriftiga o’tarkan. Calibri menga boshidan yoqmagan. Hozirgi Microsoft 15 yil oldingisidan juda katta farq qiladi va shrift ham shunga mos bo’lishi kerak. Endi navbat Adobe’ga. Mahsulot logolarida va hatto uzunroq matnlari uchun juda noqulay shrift ishlatadi. @farhodjon #dizayn

Arkanzas shtatida kichik shaharcha bor: Bentonville. Bu shaharchada juda o’ziga xos muzey tashkil qilingan: Crystal Bridges Museum of American Art. Muzey shundoq o’rmon ichida joylashgan. Tabiat bilan juda uyg’un. O’rmon va suv bilan yaxshi uyg’unlashgan. Ichkariga tabiiy yorug’lik tushishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Amerikada tashrif buyurish lozim bo'lgan muzerylardan biri. Arxitekturasi o’ta unikal bo’lgani sababli arxitektura muallifi kimligi bilan qiziqdim. Muzey Safdie Architects kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Meni avvalroq juda hayron qoldirgan boshqa joyning ham muallifi ekan: Singapurdagi Changi aeroporti. Bu aeroportning ichida kichik daraxtzorlar bor hatto. Yana bir binosi - Kauffman Center for the Performing Arts - bu Kansas City’da joylashgan. @farhodjon #amerika

Spider-Man: Across the Spider-Verse O’tgan hafta bolalar bilan shu filmga tushdik va anchadan buyon, deyarli 2,5 soat o’tkazi
Spider-Man: Across the Spider-Verse O’tgan hafta bolalar bilan shu filmga tushdik va anchadan buyon, deyarli 2,5 soat o’tkazilgan vaqtdan film orqali bunchalik zavq olmagandim. Film tezda IMDB Top 250 ro’yxatida 8,8 reyting bilan 11-o’ringa (avvalgisi 66-o’rinda) chiqishga ulgurgan. Film - ZO’R! Lekin men bu yerda filmning ikkita tomoni haqida qisqacha to’xtalmoqchiman: vizual va animatsiya. Vizual tomondan so’nggi 20-25 yilda Pixar studiyasi qurgan yo’l deyarli hamma studiyalar tomonidan foydalanilgan: animatsion film to’laligicha uch o’lchovli grafikada qilinadi, personajlar klassik animatsiyadagi kabi cho’ziluvchan, grafika esa texnologik tomondan asta-sekin yaxshilanib boradi (fotorealizm). Masalan, Pixar’ning so’nggi filmlaridagi ba’zi sahnalarni real fotolar bilan adashtirish mumkin. Lekin Spider-Verse qilgan o’zgarishlar: uch o’lchovli va ikki o’lchovli (+chiziladigan) animatsiyani aralashtirish, komiks stili zo’r ishlatilganligi, kadrlar tezligi film davomida o’zgarib borishi, odamlarning “noto’g’ri” fiziologiyasi va animatsiyasi, ko’zni aldaydigan detalsizlashtirish va hokazo. Bularning ko’pini boshlab bergan artist - Alberto Mielgo esa Netflix’ning “Love, Death & Robots” serialidagi eng o’ziga xos seriyalarini qilgan. Quyida havola qilingan video bularni to'laqonli tushuntiradi. Endi esa Dreamworks, Pixar va boshqa katta studiyalar ham animatsion filmlaridagi vizual yo’nalishni o’zgartirishni boshladi va bu yaxshi: ko’z zavq oladigan animatsiya va ijodiy har xillik ko’payadi. Filmni ko’rganimdan keyin birinchi qilgan ishim “Как Into the Spider-Verse украли у создателя” videosini ko’rish bo’ldi. Film haqida juda yaxshi video. Keyingi qilgan ishim esa Amazon’dan filmning kitobini (art book) sotib oldim. Yuqoridagi foto shu kitobdan. @farhodjon #kino #film #art

Repost from Nodizayn
Mashhur kompaniyalarda ishlayotgan Ex-Super Dispatch’chilar safi yana bittaga ko’paydi. Diyorbek Pinterestga UX Engineer vazifasiga qabul qilinibdi. Super Dispatchda ishlaganlar hozir quyidagi katta kompaniyalarda ishlashmoqda: - Uber - Amazon - Spotify - Booking - Volvo Cars - Pinterest Aytgancha, Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Engineering Manager - Senior Backend Engineer (Python) - Senior Frontend Engineer - Senior QA Engineer Faqat Senior va undan yuqori darajadagi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi. Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat. @nodizayn #superdispatch #hiringalert

DeepLearning.ai juda yaxshi qisqa kurs chiqaribdi: ChatGPT Prompt Engineering for Developers Kursda ChatGPT (yoki kelajakdagi boshqa shunaqa mahsulotlar) injenerlar tomonidan qanday effektiv ishlatilishi yaxshi o’rgatilgan. Agar kimdir kundalik dasturiy ta’minot ishlab chiqarish jarayonida ChatGPT qanday yordam berishi mumkinligini o’ylayotgan bo’lsa, ularga ham juda foydali kurs. Kurs faqat ChatGPT’ga fokus qilgan, lekin o’rganilgan tajribani asta-sekin paydo bo’layotgan boshqa variantlarga ham qo’llasa bo’ladi. Bunaqa modellar “oddiy” dasturlash bilan yechish qiyin bo’lgan muammolarga juda yaxshi mos keladi. Andrew Ng - mualliflardan biri. #chatgpt #machine_learning @farhodjon

Yana bitta qo’shimcha: - Engineering Manager #superdispatch #hiring @farhodjon

📣 Hiring alert Super Dispatch quyidagi vazifalarga mutaxassislar izlayapti: - Senior Backend Engineer (Python) - Senior Frontend Engineer - Senior QA Engineer Faqat Senior va undan yuqori darajaradi nomzodlar ko’riladi. Bo’lishadiganlar uchun katta rahmat va minnatdorlik, yaxshi mutaxassislarni taklif qilganlarga esa alohida “referral fee” beriladi. Mahsulot va foydalanuvchilarga yaqinroq ishlashni, AQShdagi yuk tashish sanoatiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatishni xohlovchilar uchun juda yaxshi imkoniyat. #superdispatch #hiring @farhodjon

10x injenerlar haqida ko’p eshitganmiz va ular afsona bo’lishi mumkin (@TenxEngineer’ni hisobga olmasa). Lekin -10x injenerlarning tavsifini juda yaxshi yozishibdi: https://taylor.town/-10x Hazil bilan foydasiz va zararli narsalar bilan shug’ullanish uchun strategiyalar yozilgan, lekin komandalar bunaqa odamlarni aniqlab, ulardan xalos bo’lib borishi kerak doimiy ravishda. @farhodjon

Mening fikrlashimni va menga dunyoni tushunishni juda soddalashtirib bergan faktlardan biri - atrofdagi juda ko’p narsalarning nisbiyligi. Bu, albatta, Nisbiylik nazariyasiga nisbatan bog’liq, lekin men aytayotganim asosan ijtimoiy tomonga yaqinroq. Eng muhim ikkita sifat - “yaxshi-yomon” va “to’g’ri-noto’g’ri” quyidagilar asosida o’zgaradi: xalq, jamiyat, joy, davlat, tizim, vaqt, din, odam va hokazo. Bugun biror joyda to’g’ri bo’lgan narsalar vaqt o’tib qisman yoki to’liq noto’g’ri bo’lishi mumkin (ayniqsa, siyosiy tizim o’zgarsa). Yoki odam vaqt o’tib o’zi avval to’g’ri, deb hisoblagan fikrlarini o’zgartirishi mumkin (ayniqsa, odam o’ssa). Yoki hozirning o’zida bir jamiyat noto’g’ri deb hisoblaydigan narsalarni boshqa bir jamiyat yuqori baholab qabul qilishi mumkin. Shuning uchun, biror fikr yoki ishonchga juda qattiq yopishib “bu narsa yomon/noto’g’ri” deyiladigan narsalar shuni ta’kidlayotgan odamlar uchun muhim, lekin men uchunmas. Va bu - OK. Men ularni yoki ular meni ishontirishi yoki bir-birimizga isbotlashimiz shartmas. Chunki, vaqt/joy/tizim/jamiyat va hokazolarni o’zgartirganda men yoki ular yoki hammamiz to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishimiz mumkin. Menimcha, bir-birlarining farqlarini va tanlovlarini hurmat qilib rivojlanadigan jamiyatlar yutib chiqadi baribir. Jeff Bezosning bir gapini aytib o’tishni lozim topardim bu yerda: fikrini tez o’zgartirgan odamlar ko’proq haq bo’lgan odamlardir (He said people who were right a lot of the time were people who often changed their minds.) @farhodjon

Amerikada haqiqiy pochta juda muhim: davlat bilan bo’ladigan aloqa, marketing materiallari, jurnallar haligacha pochta orqali
Amerikada haqiqiy pochta juda muhim: davlat bilan bo’ladigan aloqa, marketing materiallari, jurnallar haligacha pochta orqali. Boshida yuqoridagi fotodagidek xat olganimda hayron bo’lgandim: “bular tayyor karta chiqarib menga yuborishdimi”, deb. Lekin bu marketing va anavi karta shunchaki kartondan yasalgan xolos. Shunaqa xatlar ba’zida ichida konvert bilan keladi: taklif yoqsa, 1-2 ma’lumotni tayyor qog’ozga yozib, konvertga solib yuboriladi - tamom. Boshqa holatlar: - Haydovchilik guvohnomasiga test topshirilgandan keyin 2-3 hafta ichida guvohnoma pochtadan keladi. - Mashinani ro’yxatdan o’tkazgandan keyin mashina raqami 1-2 haftada pochtadan keladi. - Nyu-Yorkda metro kartasida qolgan pulimni so’raganimda pochtadan qog’oz chek oldim. - Birinchi yil soliq hisoboti topshirilganda katta konvertda bir qancha qog’oz pochtadan yuboriladi. - Bir marta mobil ilovada kredit kartaga ko’proq limit so’raganimdan 3-4 kun o’tib bank “uzr, limitingizni oshirolmaymiz” degan javobni pochtadan yuboribdi! - Bankdan hisob ochilgandan keyin kartalar pochta orqali keladi. Yana bir fakt: 2021-yilda AQSh pochta xizmati (USPS - United States Postal Service) 77 milliard dollar daromad olgan va deyarli 5 milliard dollar zarar qilgan. @farhodjon #amerika

Kecha IKEA’ga borganda olingan fotolar. Tayyor xonalar dizayni qanaqa mebelni qanday ishlatish uchun yaxshi g’oya beradi. Ikk
+9
Kecha IKEA’ga borganda olingan fotolar. Tayyor xonalar dizayni qanaqa mebelni qanday ishlatish uchun yaxshi g’oya beradi. Ikkinchi fotodagi xonaning umumiy narxi $1000 dan oshmaydi. Shourumda sotib olinadigan mebellarning ro’yxatini yozib borish uchun ba’zi joylarda qalam va qog’oz turadi. Pardalar yorug’lik o’tkazishini ko’rsatish uchun esa sun’iy derazalar qo’yilgan. Aytgandek, Amerikada kompaniyalar o’zlari joylashgan ko’chalarga maxsus nom tanlashi mumkin: Apple - Infinite Loop, Facebook - Hacker Way. Kanzasdagi IKEA manzili: 6000 Ikea Way, Merriam, KS 66202 @farhodjon #ikea

Kecha IKEA’ga borganda olingan fotolar. Ba’zi fotolarning izohi ham bor. Amerikada kompaniyalar o’zlari joylashgan ko’chalarg
+9
Kecha IKEA’ga borganda olingan fotolar. Ba’zi fotolarning izohi ham bor. Amerikada kompaniyalar o’zlari joylashgan ko’chalarga maxsus nom tanlashi mumkin: Apple - Infinite Loop, Facebook - Hacker Way. Kanzasdagi IKEA manzili: 6000 Ikea Way, Merriam, KS 66202 @farhodjon #ikea

IKEA IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning qismlarini DIY (Do it Yourself) prinsipida sotadi. Sotib olingan
+2
IKEA IKEA’ni Lego’ga o’xshataman: ikkilasi ham mahsulotning qismlarini DIY (Do it Yourself) prinsipida sotadi. Sotib olingan qismlardan butun mahsulotni yig’ish jarayoni juda yoqimli. Ikkala kompaniya ham mahsulotdan tashqari “experience” - tajriba sotadi. Lego haqida avval yozganman. IKEA haqida: - Ochilmagan mahsulotlarini bir yilgacha, ochilganlarini 180 kungacha qaytarish mumkin. Yagona beriladigan savol qaytarish sababi so'raladi va bu ham IKEA'ni yaxshilash uchun. - Misol: biz xohlagan stullar ma'lum paytda juda kam bo’ldi. O’rniga qimmatroq va yoqimsizroq stul oldik. Keyinroq stullardan biri sindi va biz xohlagan stul magazinda paydo bo'ldi. Hamma stullar (hatto singani ham) qaytarilganda ortiqcha savollarsiz pulimizni oldik va yoqqanini sotib oldik. - Mebelning kichik qismlarini almashtirish - bepul. Masalan, turli boltlar, yog’och mixlar va hokazolarni yetkazib berishadi. Qo’llanmasidagi qism raqamini (Lego’ga o’xshab!) maxsus sahifasiga kiritib buyurtma bervorilsa bo’ldi. - Mebellarini o’ta sifatli deyish qiyin lekin yangi uyga narsa olayotganda deyarli hamma zarur mebelni bir joydan olish mumkin va nisbatan arzon. IKEA mebellari bilan dizayn qilingan tayyor xonalar ham mavjud. - Shourum (showroom) va magazindagi xonalar joylashuvi murakkab: xuddi xaridorning qo’lidan yetaklab olib yuradigandek. Bo’limlardan o’tayotganda albatta qo’shimcha narsalarni sotib olish fikri tug’iladi. Shu haqida 4 minutlik video: How IKEA gets you to impulsively buy more. @farhodjon #ikea

Hozir Yer orbitasida 27 000 dan ortiq sun’iy, odam tomonidan yaratilgan jismlar aylanarkan. Wayfinder orqali shularni real vaqtda kuzatsa bo’ladi. Wayfinder - Privateer kompaniyasiga tegishli va bu kompaniyaning asoschilaridan biri - Stiv Voznyak. Kompaniya insoniyatga fazodan to’g’ri foydalanishga yordam berishni maqsad qilgan. E’tiborlisi, Starlink sun’iy yo’ldoshlari O’zbekiston ustidan ham o’tyapti va bu degani, agar davlat imkon bersa, Starlink orqali internetga chiqish imkoniyati mavjud. Va boshqa qiziq fakt: Starlink yo’ldoshlari sekundiga 7,6 km tezlik bilan harakat qilyapti (bu minutiga 456 km, soatiga 27 360 km!). Saytda har bir jismning tezligini ko’rsa bo’ladi. https://www.privateer.com Eslatib o’taman, Yerning Quyosh atrofidagi orbital tezligi - soatiga 107 000 km (yoki sekundiga deyarli 30 km). Yuqoridagi sayt yuklanguncha hammamiz fazoda 30-60 kmga surilib bo’lamiz. @farhodjon #fazo #kosmos

Chorshanba kuni Kansas City Downtown’da bo’lib o’tgan paraddan fotolar. Odamlar xursand, tartibli. Lekin atrofdagi ko’chalarn
+5
Chorshanba kuni Kansas City Downtown’da bo’lib o’tgan paraddan fotolar. Odamlar xursand, tartibli. Lekin atrofdagi ko’chalarning hamma joyida mashina. Hatto ko’priklarning tagida ham parkovka qilingan mashinalar. @farhodjon #kansas-city #chiefs

Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan yana bitta servis: Galileo AI. Xuddi Stable Diffusion/DALL-E/Midjourney kabi ishlaydi: qanaqa interfeys kerakligi matn sifatida beriladi va u shu tavsifga mos interfeysni Figma’da tahrirlaydigan qilib qurib beradi. Tezda prototip qilgani yoki kichikroq ilovalar uchun zudlik bilan interfeys tayyorlagani juda qulay. https://www.usegalileo.ai @farhodjon #dizayn