en
Feedback
bukhari.uz

bukhari.uz

Open in Telegram

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www.bukhari.uzfacebook.com/bukharicenterinstagram.com/bukhari.uzok.ru/bukhari.uz Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel bukhari.uz

Channel bukhari.uz (@bukhariuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 17 350 subscribers, ranking 4 710 in the Religion & Spirituality category and 4 604 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 17 350 subscribers.

According to the latest data from 26 August, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 70 over the last 30 days and by -15 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 5.04%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 3.14% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 871 views. Within the first day, a publication typically gains 544 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 63.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www.bukhari.uz • facebook.com/bukharicenter • instagram.com/bukhari.uz • ok.ru/bukhari.uz Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 27 August, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

17 350
Subscribers
-1524 hours
-387 days
+7030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https:
Assalomu alaykum Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil “Mustaqillik – ozod va farovon hayot asosi” Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot
+6
#Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil “Mustaqillik – ozod va farovon hayot asosi” Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shu mavzuda tantanali tadbir oʻtkazildi. Marosimni Markaz direktori, professor Shovosil Ziyodov kirish soʻzi bilan ochib, mustaqillik xalqimiz uchun ozod va obod hayot, milliy oʻzlikni anglash va oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkoniyatini bergan buyuk neʼmat ekanini taʼkidladi. Qayd etilganidek, oʻtgan yillar davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida ulkan oʻzgarishlar va islohotlar amalga oshirildi. Bugungi kunda ilm-fan, taʼlim, maʼnaviyat va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyatini yana bir bor namoyon etmoqda... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52191&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Audiolavha #Videolar #Radio #Mustaqillikka_35_yil 📝 Tantanali marosim tafsilotlari 🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/hTnCDgpTdaY (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=52187&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

Repost from Rasmiy axborot
✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 н
“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган.
🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”,дейилади мурожаатда.
Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган:
🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”.
Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#bukhariuz #Videolar #Raddiya #shorts 📝QALBINI YORIB KOʻRGANMISIZ 🎬 👉 YouTube da: youtube.com/shorts/BI7_NAN16RA ♾️ (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/ Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil BUYUK AJDODLARGA MUNOSIBLIK SAODATI Mustaqillik haqida gap ketganda,
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil BUYUK AJDODLARGA MUNOSIBLIK SAODATI Mustaqillik haqida gap ketganda, xayolga birinchi boʻlib «Mustaqillik – avvalo, huquqdir» degan fikr keladi. Darhaqiqat, har qanday mamlakat uchun oʻz taqdiri, hayoti, istiqbolini oʻzi belgilash imkoni – chinakam baxt! Oʻzbekiston istiqlolga erishganidan keyin oʻz taraqqiyot yoʻlini tanladi. Dunyoda tenglar ichra teng boʻlishga intilmoqda. Maʼnaviy-maʼrifiy hayotimizni rivojlantirish, milliy gʻururimizni yuksaltirish, ajdodlarimizning boy merosini oʻrganish va targʻib qilish yoʻlida olib borilayotgan ishlar ham mustaqillikning bebaho tuhfasidir. Binobarin, sobiq ittifoq davrida ulugʻ allomalarimiz xotirasiga hurmat, ularning ulkan ilmiy merosiga eʼtibor qanday boʻlganini koʻpchilik yaxshi eslaydi: aksariyat maqbaralar xaroba, tashlandiq holga tushgani, hatto baʼzilari omborxonaga aylantirilgani achchiq haqiqat. Ochiq tan olish kerak, oʻsha paytlar Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy kabi allomalarni oʻzimizdan koʻra xorijliklar yaxshiroq bilardi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52182&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Videolar #Mustaqillikka_35_yil ▶️Mustaqillik solnomasi: 2004-yil 🟢 “Mustaqillik solnomasi” loyihasining bu galgi soni 2001-yilga bag‘ishlanadi. 🏬Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Аудиолар #Раддия ⁉️Одамларни турли бузғунчи ғоялар таъсирига тушиб қолишдан қайтариб келаётган имом-хатиблар ва диний арбобларни ҳукумат фойдаси учун ишлаб бераётган сарой мулласига чиқараётганлар бор. Биз бу кимсаларга қандай муносабатда бўлишимиз лозим? 👤 Шайх Рамазон Бутий Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Mustaqillikka_35_yil #Infografika 2002-yil MUSTAQILLIK SARI TARIXIY QADAMLAR Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook
#Mustaqillikka_35_yil #Infografika 2002-yil MUSTAQILLIK SARI TARIXIY QADAMLAR Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Видеолар #Раддия ⁉️ АЗОН АЙТИЛАЁТГАНДА НИМА ҚИЛИШ КЕРАК? 👤 Шайх Рамазон Бутий 🎞 👉 YouTube да: https://youtu.be/JiZRs9smwbA(TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=52126 Видео Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#bukhariuz #Videolar #Intervyu #Stipendiat 📝 “IMOM BUXORIY MARKAZIDAGI ILMIY MUHIT TADQIQOTIMGA KATTA YORDAM BERMOQDA” 👤 Shams AL-IYODIY – Imom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori, Jakarta Qurʼon ilmlari universiteti tadqiqotchisi (Indoneziya):
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh! Alloh taologa hamdu sanolar, Paygʻambarimiz Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallamga salavotu salomlar boʻlsin! Kuch-qudrat faqat Allohning inoyati bilandir. Men Indoneziyadan Shams Al-Iyodiyman. Allohga beadad shukr boʻlsinki, hozir Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tadqiqot olib bormoqdaman. Bu jarayonda Movarounnahr ulamolari ilmiy merosi, xususan, “Sahihul Buxoriy”ning Yava madaniyatidagi oʻrnini oʻrganyapman. Shuningdek, Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarnoning Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilgani bilan bogʻliq tarixiy maʼlumotlarni tadqiq etmoqdaman. Allohga shukrki, bu yerdagi ilmiy izlanishlarim juda yaxshi kechmoqda. Markazdagi ajoyib ilmiy muhit tadqiqot olib borish uchun ayni muddaodir. Professor Shovosil Ziyodovga va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining butun jamoasiga minnatdorchik bildiraman. Alloh sizni yaxshiliklar bilan mukofotlasin va barchangizga baraka ato etsin. Alloh eng toʻgʻri yoʻlga boshlovchidir. Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
🎞 👉 YouTube da: https://youtu.be/YAusx8lBNSQ 🎥 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=52123&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Maqolalar #Raddiya HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QURʼONI KARIMDAN DALILLAR (UCHINCHI QISM) 7. Alloh subhonahu va
#Maqolalar #Raddiya HADISLAR HAM ALLOH TAOLODAN VAHIY EKANIGA QURʼONI KARIMDAN DALILLAR (UCHINCHI QISM) 7. Alloh subhonahu va taolo marhamat qiladi: «Otalaringiz uylangan xotinlarni nikohingizga olmang! Magar ilgari oʻtgan boʻlsa, (uylangan boʻlsangiz, Alloh afv etar). Albatta, bu xunuk va jirkanch boʻlgan yomon qiliqdir. Sizlar uchun onalaringiz, qizlaringiz, opa-singillaringiz, ammalaringiz, xolalaringiz, aka-ukalaringizning qizlari, opa-singillaringizning qizlari, emizgan onalaringiz, emishgan opa-singillaringiz, qaynonalaringiz, jinsiy aloqada boʻlgan xotinlaringizning tarbiyangizda boʻlgan qizlari(ga uylanish harom qilindi) – agar xotinlaringiz bilan jinsiy aloqada boʻlmagan boʻlsangiz (ularni taloq qilgandan keyin avvalgi erlaridan tugʻilgan qizlariga uylansangiz), sizlar uchun gunoh yoʻqdir. Yana oʻz pushti kamaringizdan boʻlgan oʻgʻillaringizning xotinlariga (uylanishingiz) va opa-singilni jamlashlaringiz (yaʼni, birini taloq qilmay turib boshqasiga uylanishingiz harom qilindi)... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52115&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#shorts #Videolar no comment Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nisho
+9
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Mustaqillikka_35_yil “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari topshirildi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan Farmoniga muvofiq, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz maʼnaviy-maʼrifiy hayoti va Yangi Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan yurtdoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda. Samarqand viloyatida oʻtkazilayotgan tantanali marosimlarda davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va diniy soha vakillari oʻzining samarali va fidokorona mehnati uchun yuksak mukofotlarni qabul qilib olmoqda. Xususan, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari Bobur Karimov “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlarini oʻz egalariga tantanali ravishda topshirdi. Quvonarlisi, erishgan yuksak natijalari va ilmiy-maʼrifiy sohadagi fidokorona xizmatlari eʼtirof etilganlar orasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 8 nafar xodimi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52167&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#bukhariuz #SUNANI DORIMIY #Infografika 2063. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim q
#bukhariuz #SUNANI DORIMIY #Infografika 2063. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim qoʻlida ovqat hidi bilan uxlasa, soʻng unga biror narsa (kasallik) yetsa, oʻzidan boshqani ayblamasin!” dedilar”. 📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#shorts #Videolar no comment Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar Qozogʻiston Milliy kutubxonasidagi nodir manbalar taqdim etildi Imom Bux
+6
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar Qozogʻiston Milliy kutubxonasidagi nodir manbalar taqdim etildi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bilan hamkorlikdagi “Markaziy Osiyo – Islom madaniyati va sanʼati oʻchogʻi” ilmiy loyiha doirasida navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Unda Qozogʻiston Milliy kutubxonasining nodir kitoblar va qoʻlyozmalar xizmati rahbari Gulshat Abikova “Qozogʻiston Respublikasi Milliy kutubxonasining sharq tillaridagi qoʻlyozmalar fondi: Shakllanishi, tarkibi va oʻrganilishi” mavzusida maʼruza qildi. Seminarda Markaz ilmiy xodimlari, IRCICA vakillari, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, OʻzFA Sharqshunoslik instituti, Hadis ilmi maktabi oʻqituvchilari va talabalari, shuningdek, Turkiya va Qozogʻistondan tadqiqotchilar ishtirok etdi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52158&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #Mustaqillikka_35_yil Movarounnahr allomalari merosi – yapon tadqiqotchi
+9
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #Mustaqillikka_35_yil Movarounnahr allomalari merosi – yapon tadqiqotchilari eʼtiborida Oʻzbekiston Mustaqilligining 35 yilligini nishonlash doirasida mamlakatimizda boy tarixiy-maʼnaviy merosni oʻrganish va uni jahon miqyosida targʻib etishga qaratilgan xalqaro ilmiy muloqotlar izchil davom etmoqda. Qutlugʻ ayyom arafasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Movarounnahrlik allomalar ilmiy merosi: Tadqiqot va hamkorlik” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Istiqlol yillarida milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizni tiklash va buyuk ajdodlarimizning boy merosini chuqur tadqiq etish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar bugun butun jahon ilmiy jamoatchiligining eʼtiborini tortmoqda. Yaponiyaning Tokio, Kioto, Tyuo va Toyama universitetlaridan tashrif buyurgan yetakchi sharqshunos olimlar – Yayoi Kavahara, Tatsuya Nakanishi, Shinmen Yasushi va Savada Minoruning ishtiroki buning yorqin isboti boʻldi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52145&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha Markazda talabalar amaliyoti boshlandi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Oʻzb
+6
#bukhariuz #Yangiliklar #Fotolavha Markazda talabalar amaliyoti boshlandi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida taʼlim va tadqiqot uygʻunligini taʼminlash maqsadida talabalar uchun nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlarni, arxiv hujjatlarini xalqaro standartlarga muvofiq saqlash, qadimiy yozma manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish boʻyicha maxsus amaliyot dasturiga start berildi. Ushbu dastur ajdodlarimizdan meros qolgan boy ilmiy va maʼnaviy xazinani avaylab-asrash, chuqur tadqiq etish va kelajak avlodlarga betalafot yetkazish, shuningdek, yosh tadqiqotchilarda noyob manbalar bilan professional ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Amaliyot mashgʻulotlari davomida Akademiya talabalari dastlab Markazning ilmiy-tadqiqot faoliyati, boy qoʻlyozmalar fondi, Axborot-kutubxona markazi va muzey boʻlimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Ularga fondda saqlanayotgan 1600 dan ortiq manba, jumladan, Qurʼon ilmi, hadis, fiqh va 20 dan ziyod boshqa yoʻnalishga oid qoʻlyozma va toshbosma asarlar, xususan, XIV asrga oid Zamaxshariyning “Tafsiri Kashshof” kitobi kabi bebaho yodgorliklar haqida atroflicha maʼlumot berildi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=52135&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X