fa
Feedback
bukhari.uz

bukhari.uz

رفتن به کانال در Telegram

IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www.bukhari.uzfacebook.com/bukharicenterinstagram.com/bukhari.uzok.ru/bukharicenter Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام bukhari.uz

کانال bukhari.uz (@bukhariuz) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 17 300 مشترک است و جایگاه 4 856 را در دسته دین و مذهبی و رتبه 4 715 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 17 300 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 12 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 14 575 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -11 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید شده (به صورت رسمی توسط تلگرام)
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 5.38% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 4.63% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 926 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 796 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 350 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING RASMIY KANALI Sayt: www.bukhari.uz • facebook.com/bukharicenter • instagram.com/bukhari.uz • ok.ru/bukharicenter Murojaat uchun: @Zafar_Uzaqov

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 13 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته دین و مذهبی تبدیل کرده‌اند.

17 300
مشترکین
-1124 ساعت
+2 3397 روز
+14 57530 روز
آرشیو پست ها
#Eʼlon #Yangiliklar #ONLAYN_SEMINAR 📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy x
+1
#Eʼlon #Yangiliklar #ONLAYN_SEMINAR 📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamkorligida «MARKAZIY OSIYO – ISLOM MADANIYATI VA SANʼATI OʻCHOGʻI» turkumi doirasida oʻtkaziladigan xalqaro onlayn ILMIY SEMINARga taklif etamiz. 👤 Seminarda Qirgʻiziston-Turkiya Manas universiteti ilohiyot fakulteti islomshunoslik kafedrasi mudiri dotsent, Dr. Aytmamat KARIYEV “IMOM SARAXSIYNING MARKAZIY OSIYO HANAFIYLIK MAKTABI SHAKLLANISHIDAGI YONDASHUVI” mavzusida maʻruza qiladi. 🫥 Onlayn seminar 2026-yil 14-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi. ⌨️ ZOOM dasturi bo‘yicha ulanish identifikatori: 👉 https://us06web.zoom.us/j/4469793351?pwd=EuwvBB9p9dol7LZu0BFdR8JiZH8bQC.1&omn=88992869434 Seminar identifikatori: 446 979 3351 Parol: 12345 Batafsil: 👉 bukhari.uz/?p=50949&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

photo content
+4

#Yangiliklar #birdamjamiyat #yangiruhiyat Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori nufuzli xalqaro jurnalda ilm
#Yangiliklar #birdamjamiyat #yangiruhiyat Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori nufuzli xalqaro jurnalda ilmiy maqola eʼlon qildi International Journal of Artificial Intelligence and Machine Learning xalqaro ilmiy jurnalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori Baxtiyor Toʻrayevning oʻzbekistonlik va hindistonlik olimlar bilan hammualliflikda tayyorlagan “Multi Task Pareto Optimization Algorithms for Balanced Performance Across Diverse Objectives” (“Turli maqsadlar boʻyicha muvozanatli natijalarga erishishga xizmat qiladigan koʻp vazifali Pareto optimallashtirish algoritmlari”) ilmiy maqolasi chop etildi. 2026-yil 24-may kuni jurnalning 3-maxsus sonida eʼlon qilingan tadqiqotda sunʼiy intellekt va koʻp vazifali tahsil (Multi Task Learning) sohasidagi dolzarb muammolar tahlil qilinib, turli vazifalar oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan yangi Multi Task Pareto Optimization Algorithm (MTPOA) modeli taklif etilgan. Ilmiy ishda mazkur yondashuvning aniqlik, barqarorlik va hisoblash samaradorligini oshirishdagi afzalliklari amaliy tajribalar asosida ochib berilgan. Mazkur maqola Hindiston, Oʻzbekiston va boshqa davlatlar olimlari ishtirokida amalga oshirilgan yirik xalqaro ilmiy hamkorlik natijasi boʻlib, tadqiqotda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi professori Baxtiyor Toʻrayev asosiy oʻrin tutadigan tadqiqotchilardan biri sifatida ishtirok etganini bildiradi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50929&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#E'tirof #Islom_sivilizatsiyasi_forumi 👤 Shayx Nazir Muhammad Ayyad – Misr Bosh muftiysi: Imom Buxoriyning “Sahih”i shunchak
#E'tirof #Islom_sivilizatsiyasi_forumi 👤 Shayx Nazir Muhammad Ayyad – Misr Bosh muftiysi:  
Imom Buxoriyning “Sahih”i shunchaki hadis kitobi emas, balki Islom ummatidagi isnod (roviylar zanjiri) va hujjatlashtirish (manbashunoslik) sivilizatsiyasining jonli ifodasidir.
Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi Ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi Yurtimizda boʻlib
+4
#Yangiliklar #Fotolavha #Xalqaro_aloqalar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi Ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi Yurtimizda boʻlib oʻtgan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bagʻrikenglik va maʼrifat yoʻli” I Xalqaro islom forumi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida xorijiy olimlar va ilmiy muassasalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazildi. Anjumanning faxriy mehmonlaridan biri — Buyuk Britaniyaning “Al-Furqon” islomiy meros fondi (Al-Furqan Islamic Heritage Foundation) direktori Sali Shohsuvoriy Markazga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Markaz direktori Shovosil Ziyodov va Sali Shohsuvoriy oʻrtasida rasmiy uchrashuv va muzokaralar boʻlib oʻtdi. Unda tomonlar oʻzaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50918&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Аудиолар #Раддия ⁉️ Юзаки қараганда, Пайғамбар алайҳиссалом баъзи ҳолларда адолатсиз иш тутгандек кўринади. Албатта, у зотнинг ҳеч бир ишлари беҳикмат бўлмаган. Мана шундай ўй-хаёллар келганида биз қандай йўл тутишимиз лозим? 👤 Шайх Рамазон Бутий Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Видеолар #Раддия ⁉️ Савол: Кейинги пайтларда асосан ўрта ёшли, диний илми саёз бўлган кишилар одамларни халифалик давлати барпо этишга тарғиб қилаётганига гувоҳ бўлмоқдамиз. Ҳадиси шарифларда шу каби ёшлар ва халифалик даъвоси ҳақида бирор хабар келганми? Биз бу борада қандай йўл тутишимиз лозим? 👤 Шайх Аҳмад Карима 🎞 👉 YouTube да: https://youtu.be/BxGDDFQ55-M(TAS-IX) HD да: 👇 👇 👇 bukhari.uz/ Видео Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг хулосаси асосида тайёрланди. Яқинларингизга улашинг! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Eʼlon #Yangiliklar #ONLAYN_SEMINAR 📢 “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” turkumidagi xalqaro onlayn seminarlar davom etad
#Eʼlon #Yangiliklar #ONLAYN_SEMINAR 📢 “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” turkumidagi xalqaro onlayn seminarlar davom etadi ✅ Avval xabar berganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Marmara universiteti (Turkiya) hamkorligida “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” mavzusi doirasida xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur yirik ilmiy loyiha doirasida yurtimiz va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida tasavvuf tarixi, uning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollarini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼruzalar taqdim etilishi rejalashtirilgan. 🗓 Seminarlar dasturi: AVGUST 📝Mavzu: “Naqshbandiylik va hadis” 👤Maʼruzachi: Sayfiddin Sayfulloh – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi. OKTYABR 📝Mavzu: “Kubroviya shayxi Sayfiddin Boharziy va uning Buxorodagi faoliyati” 👤Maʼruzachi: Sulaymon Koʻkbulut – Dokuz Eylyul universityeti professori (Izmir, Turkiya). DEKABR 📝Mavzu: “Xojagon-naqshbandiya taʼlimotida iqtisodiy oriyentatsiya asoslari” 👤Maʼruzachi: Komiljon Rahimov – Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor. ⌨️ Maʼlumot uchun: Seminarlar onlayn formatda tashkil etiladi. 🤝Ishtirok etish mutlaqo ixtiyoriy. 📖Bu ilmiy muloqot tasavvuf tarixi, uning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollarini chuqur oʻrganishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi. 🌐 Batafsil maʼlumot va yangiliklar uchun saytimizni kuzatib boring: Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Yangiliklar #birdamjamiyat #yangiruhiyat “As-Siyosiy” va Islamonweb – Imom Buxoriy majmuasi haqida Arab olamining taniqli “A
#Yangiliklar #birdamjamiyat #yangiruhiyat “As-Siyosiy” va Islamonweb – Imom Buxoriy majmuasi haqida Arab olamining taniqli “As-Siyosiy” tahlil portalida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Tohir Evadullayevning «Imom Buxoriy majmuasi – Yangi Oʻzbekistonning ruhiy timsoli» deb nomlangan maqola eʼlon qilindi. Unda muallif mazkur muhtasham inshootni ziyoratgoh, masjid, muzey va boshqa obyektlarni qamragan ansambl, ayni paytda zamonaviy ilm-fan va madaniyatlararo muloqot markazi sifatida tahlil qiladi. Tarixiy vorislikka urgʻu berar ekan, «Al-Jomeʼ as-sahih» asarining islom sivilizatsiyasidagi oʻrniga toʻxtalib, musulmon olami uni Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli manba deb bilishini taʼkidlaydi... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50909&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Videolar #Buxoriyga_ehtirom 📝 Imom Buxoriy saboqlari: “SAXOVATPESHALIK — XALQIMIZGA XOS OLIY XISLAT!” ♾️👉 davomi (TAS-IX) HD da: bukhari.uz/?p=50906&lang=oz 🎞 👉 davomi YouTube da: https://youtu.be/WIYNfgIJce4 Manba: O’zbekiston telekanali Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

📆 “bukhari.uz” dayjesti: haftaning eng muhim xabarlari 🔹 Tahdidlarga qarshi kurashishning maʼrifiy asoslari 🔹 “Diniy-maʼri
📆bukhari.uz” dayjesti: haftaning eng muhim xabarlari 🔹 Tahdidlarga qarshi kurashishning maʼrifiy asoslari 🔹 “Diniy-maʼrifiy yangilanishlar samarasi — xalqimiz tafakkuri va dunyoqarashining yangi bosqichi” 🔹 “IMOM BUXORIY XAZINASINI ASRAYOTGAN OʻZBEKISTONDAN MINNNATDORMIZ” 🔹 TINCHLIK, BAGʻRIKENGLIK VA ILM-MAʼRIFAT YOʻLI 🔹 9-10 ИЮЛЯ МЕЖДУНАРОДНЫЙ ФОРУМ ИСЛАМСКОЕ ЦИВИЛИЗАЦИИ ПРОЙДЁТ В САМАРКАНДЕ 🔹 “Halollik rizqni barakali qiladi” 🔹 Imom Buxoriy saboqlari: “DOʻSTLASHISH – QALBDA MUHABBAT PAYDO QILUR” 🔹 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov “Studiya 24” dasturining jonli efirida 🔹 I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi Samarqandda davom etadi 🔹 I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi qatnashchilari – Samarqandda! 🔹Forum ishtirokchilari Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi 🔹 I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi boshlanish arafasida 🔹 Oʻzbek olimining maqolasi Indoneziyada chop etildi 🔹Imom Buxoriy – hadis ilmining sultoni va ishonch timsoli 🔹Islom sivilizatsiyasi I xalqaro forumi tafsilotlari 🔹I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi oʻz ishini qizgʻin davom ettirmoqda 🔹 Imom Buxoriy merosi xalqaro olimlarni Samarqandda birlashtirdi 🔹 Makka shayxi eʼtirof etganidek, bugun dunyo olimlari Imom Buxoriy merosiga talpinmoqda Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#SUNANI DORIMIY #Infografika 2037. Miqdom ibn Maʼdikarib Abu Karimadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasall
#SUNANI DORIMIY #Infografika 2037. Miqdom ibn Maʼdikarib Abu Karimadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi musulmon bir oilaga mehmon boʻlib, mahrum holda tong ottirsa (unga hech narsa berilmasa), har bir musulmon uchun unga yordam qilib, oʻsha oilaning ekini va mol-mulkidan shu kechaning yeguligini olib berishi vojib boʻladi”, dedilar”. 📖 Imom Dorimiyning “Sunani Dorimiy” kitobidan Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Ислом_цивилизацияси_форуми Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Жаноби Олийларига Ислом цивилизацияси I халқар
+4
#Ислом_цивилизацияси_форуми Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Жаноби Олийларига Ислом цивилизацияси I халқаро форуми иштирокчиларининг МУРОЖААТИ 📌Батафсил Яқинларингизга улашинг! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#видео #Ислом_цивилизацияси_форуми 10.07.2026 Завершил работу первый международный форум исламской цивилизации Источник: O’zbekiston24 Поделитесь информацией! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Videolar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi 👍👍👍 Samarqandda Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumi o‘z ishini yakunladi Манба: O’zbekiston24 Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Audiolavha #Videolar #Radio #Islom_sivilizatsiyasi_forumi 📝 Makka shayxi eʼtirof etganidek, bugun dunyo olimlari Imom Buxoriy merosiga talpinmoqda 👤 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo UMAROV “Samarqand” radiokanalining “Radiointervyu” dasturida 🎞 👉 Toʻliq video YouTube da: https://youtu.be/8pG0zsiZXp4 (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=50904&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#shorts #Videolar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi no comment Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Yangiliklar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! 👤 Muhammad Elmetvalli Ali Fadel – Al-Azhar univ
#Yangiliklar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! 👤 Muhammad Elmetvalli Ali Fadel – Al-Azhar universiteti professori: “Nabaviy sunnatni asrash — ilm va maʼrifat ahlining alohida masʼuliyati”  
Ushbu ulugʻvor ilmiy anjumanda ishtirok etayotganimdan katta faxr va mamnuniyat his qilmoqdaman. Bu goʻzal yurtda koʻrgan taraqqiyot, yuksak madaniyat va islomiy merosga koʻrsatilayotgan eʼtibor qalbimni quvonchga toʻldirdi. Alloh taolodan Oʻzbekiston rahbariyati va xalqini Oʻz barakoti bilan siylashini, amalga oshirilayotgan ezgu ishlarini ularning savoblar mezoniga ziyoda qilib yozishini soʻrayman. Nabaviy sunnatga qarshi turli urinishlar yangi hodisa emas, balki tarix davomida kuzatilib kelgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak sunnatlariga shubha uygʻotish, haqiqiyligini inkor etishga qaratilgan harakatlar turli davrlarda sodir boʻlib turgan. Bunday “magʻzava toʻkish”ga urinishlar faqat hadis kitoblari emas, balki sunnatni avlodlarga yetkazgan buyuk muhaddislar va ulamolarga nisbatan ham qilingan. Shuning uchun nabaviy sunnatni ilmiy asosda oʻrganish, uning haqiqiy mohiyatini anglash va kelajak avlodlarga toʻgʻri yetkazish barchamizning muhim vazifamizdir. Sunnat – musulmon ummatining maʼnaviy merosi, hidoyat va yuksak axloq manbai. Uni asrash, oʻrganish va himoya qilish ilm ahlining doimiy masʼuliyati boʻlib qoladi.
Batafsilbukhari.uz/?p=50896&lang=oz Yaqinlaringizga ulashing! ✅️Telegram|✅️Facebook|✅️Instagram|✅️OK|YouTube|X

#Maqolalar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi MAʼRIFATGA CHORLOV Tarixga nazar tashlasak, barcha buyuk sivilizatsiyalar avvalo ilm
#Maqolalar #Islom_sivilizatsiyasi_forumi MAʼRIFATGA CHORLOV Tarixga nazar tashlasak, barcha buyuk sivilizatsiyalar avvalo ilm-maʼrifatga tayanganini koʻramiz. Qudratni qurol-yarogʻ yo boylik emas, bilim belgilagan. Qaysi xalq olimni qadrlagan boʻlsa, taraqqiyotga erishgan. Qaysi jamiyatda ilm ahliga yaxshi sharoit yaratilgan boʻlsa, oʻsha yerda madaniyat, iqtisodiyot va davlatchilik yuksalgan. Movarounnahr tarixi bu haqiqatning yorqin tasdigʻidir. Bu zamindan yetishib chiqqan yuzlab allomalar faqat bir xalq yoki bir mintaqa emas, butun insoniyat ilmiy tafakkuri rivojiga hissa qoʻshgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Abu Mansur Moturidiy, Burhonuddin Margʻinoniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Fargʻoniy kabi buyuk zotlarning ilmiy merosi bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgan emas. Ularning asarlariga murojaat qilganimizda bir jihat alohida eʼtibor tortadi. Bu allomalar ilmni faqat nazariy bilim sifatida emas, insonni komillikka yetaklovchi kuch sifatida koʻrgan. Chunki maʼrifatning haqiqiy maqsadi insonni kamolotga boshlash, jamiyatni yuksaltirish va hayotni yaxshilashdan iborat... Batafsil:👉 bukhari.uz/?p=50783&lang=oz 📝 Кирилл алифбосида ўқинг Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz

#Videolar #Raddiya #shorts 📝TOGʻUTLIKDA AYBLASH? 🎬 👉 YouTube da: youtube.com/shorts/ISBQQUhb3RY ♾️ (TAS-IX) HD da: 👇 👇 👇 bukhari.uz/?p=50806&lang=oz Videodars O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✅️https://t.me/joinchat/QbkU7g8U6fc9nL35 🫥https://taplink.cc/bukhariuz