en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Youtube: bit.ly/3kbWQa0 Murojaat uchun: @uzstandartga_savollar_bot 📧 uzst@standart.uz ☎️1880 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A

Show more
5 043
Subscribers
-424 hours
-167 days
-9430 days
Posts Archive
Ona tilim — milliy g‘ururim va bebaho qadriyatım ✅ 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy m
+5
Ona tilim — milliy g‘ururim va bebaho qadriyatım ✅ 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasining Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston standartlar instituti davlat muassasasi Qo‘qon filiali sinov majmuasi rahbariyati va xodimlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✅Tadbirda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N. Mamadaliyeva, Qo‘qon shahar deputati Sh. Hasanova, Qo‘qon shahar hokimining maslahatchisi D. Alimova, Agentlik tizimidagi tashkilotlarning Qo‘qon filiallari xodimlari, 7-son bolalar musiqa va san’at maktabi rahbari Sh. Nazarova hamda jamoa vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va xalq tafakkurini ifodalashdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, uning nufuzini yuksaltirish, sohaviy va rasmiy muloqotda adabiy til me’yorlariga rioya qilish, yosh avlod qalbida ona tiliga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish muhim vazifalardan ekani qayd etildi.
Shuningdek, o‘zbek tili xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va ma’naviy xotirasini o‘zida mujassam etgan bebaho boylik ekani ta’kidlandi. Ona tilini asrash, uning sofligini ta’minlash va kelajak avlodlarga boy ma’naviy meros sifatida yetkazish har birimizning mas’uliyatimiz ekani e’tirof etildi.
✅ Tadbirning badiiy qismida o‘zbek tili, Vatan va milliy qadriyatlarni madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazmunli chiqishlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashib, tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolar va istiqbolli loyihalar o‘
+3
Qashqadaryo viloyatidagi sanoat korxonalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi muammolar va istiqbolli loyihalar o‘rganildi 🔵 O‘zbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari Jo‘rabek Shakarov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida joylashgan qator sanoat korxonalari faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. 🔴 O‘rganish davomida ishchi guruh “FM WORLD” MChJ, “WOSUNE FOOD INGREDIENTS KARSHI” MChJ hamda “AVTOTRAKTORRADIATOR” MChJ QK korxonalarida bo‘lib, ularning ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik imkoniyatlari hamda amalga oshirilayotgan yangi loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar mobaynida korxona mutasaddi va vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqotda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish hamda muvofiqlikni baholash sohalaridagi mavjud muammolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi. Korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish va sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha atrofli tushuncha hamda amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirlar davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: 🔵Sanoat korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish; 🔴 Mahsulotlarning xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish; 🏙 Korxonalar faoliyatini zamonaviy sifat infratuzilmasi talablariga to‘liq muvofiqlashtirish; 👚 Ishlab chiqarish jarayonlariga xalqaro standartlarni keng tatbiq etish. 🟢 Amalga oshirilayotgan ushbu tizimli chora-tadbirlar hududdagi sanoat korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish, mahsulotlar sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, eksport geografiyasini kengaytirish hamda mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

Repost from Rasmiy axborot
❗️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Investorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Yangi kengash yer ajratishdan tortib, elektr tarmoqlariga ulanish, texnik shartlarni olish va obyektlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarda investorlar duch kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi. Bu tashabbus energetika loyihalaridagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, hamkorlikni yaxshilash va investitsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi
⚡️ Har yili 50 nafar yosh energetika yo‘nalishida xorijda o‘qish uchun davlat grantini oladi O‘zbekistonda energetika sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash kengaytiriladi. Kelgusi o‘quv yilidan mahalliy oliygohlarda energetika yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalari oshiriladi. Shuningdek, dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olish uchun har yili 50 nafar yoshga davlat granti ajratiladi. Saudiya Arabistonining “ACWA” kompaniyasi Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryodagi texnikumlarni jihozlab, har yili yuzlab yoshlarni energetikaning yangi yo‘nalishlariga o‘qitishni boshlamoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa investorlarni ham xalqaro talablarga mos mutaxassislar tayyorlashga jalb etish, jumladan, texnikumlarni boshqarishda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlari
▶️Xorijiy investorlar uchun 128 ta yangi neft-gaz bloki tayyorlandi O‘zbekistonda neft-gaz sohasida geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va yangi konlarni o‘zlashtirish uchun xorijiy hamkorlarga taklif etiladigan 128 ta investitsiya bloki tayyorlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu hududlarda 5,8 trillion kub metr gaz va 560 million tonna suyuq uglevodorod resurslari mavjud. Ayni paytda Ozarbayjonning “SOCAR” va Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyalari bilan Ustyurt mintaqasidagi 6 ta investitsiya blokida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Yangi loyihalarni o‘zlashtirishda raqobat, shaffoflik va iqtisodiy samaradorlik asosiy mezon bo‘lishi belgilangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🔴 Suyultirilgan gaz yetkazib berishda davlat monopoliyasi tugatiladi
❗️ Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari davlat monopoliyasida bo‘lgan suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etilayotganini ma’lum qildi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8
👍 Energetikada import o‘rnini bosuvchi 850 million dollarlik 12 ta loyiha tayyorlandi Xitoyning “China Energy” kompaniyasi 8 ta energiya saqlash stansiyasini qurishda qariyb 200 million dollarlik mahalliy mahsulotlardan foydalandi. O‘tgan yili energetika sohasidagi investitsiya loyihalarida mahalliy tovar va xizmatlar qiymati 740 million dollarga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ko‘rsatkichni 3–4 barobar oshirish mumkinligini ta’kidladi. Ayni paytda yuqori kuchlanishli uskunalar, energiya saqlash tizimlarining boshqaruv modullari va shamol generatorlari qismlarini mahalliylashtirish bo‘yicha 850 million dollarlik 12 ta istiqbolli loyiha tayyorlangan. Shuningdek, Jizzax viloyatining Forish tumanida qurilayotgan atom elektr stansiyasi uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, soliq va bojxona imtiyozlari beriladigan maxsus sanoat zonasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
⚡Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek
⚡Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorligida o‘z salohiyatiga tayanib, yanada faol ishtirok etishi muhimligini ta’kidladi. Mamlakatimizdagi tabiiy resurslar, sanoat korxonalari, muhandislar va bilimli yoshlar salohiyatini ilg‘or texnologiyalar hamda investitsiyalar bilan uyg‘unlashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish mumkin. Energetika loyihalarida mis mahsulotlari, kabellar, transformatorlar, metall konstruksiyalar va qurilish materiallariga talab katta. Davlat rahbari mahalliy korxonalar ushbu mahsulotlarni sifat, narx va xalqaro standartlar bo‘yicha raqobatbardosh ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ekanini qayd etdi. “O‘Z” g‘oyasining iqtisodiy mazmuni — milliy salohiyatni rivojlantirish, dunyo bilan teng huquqli hamkorlik qilish va umumiy kelajak uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
❗️Energiya saqlash loyihalari uchun 10 yillik soliq imtiyozlari aniq belgilanadi Energiya saqlash loyihalariga berilgan yer v
❗️Energiya saqlash loyihalari uchun 10 yillik soliq imtiyozlari aniq belgilanadi Energiya saqlash loyihalariga berilgan yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha 10 yillik imtiyozlar doirasi Soliq kodeksida aniq ko‘rsatiladi. Bu imtiyozlar nafaqat akkumulyator va quyosh panellari joylashgan maydonlarga, balki zarur podstansiyalar, boshqaruv binolari va yordamchi infratuzilmaga ham tatbiq etilishini belgilaydi. Shuningdek, Samarqandda boshlangan taqsimlash tarmoqlariga xususiy sektorni jalb etish amaliyoti Jizzax va Toshkent viloyatlarida ham davom ettiriladi. Ijtimoiy soha obyektlari va suv xo‘jaligidagi nasos stansiyalarini energiya tejamkor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishga ham xususiy sarmoya yo‘naltiriladi. Investorlar tejalgan energiya va karbon kreditlari hisobidan daromad olishi mumkin.
⛔Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Eng arzon energiya — tejalgan energiya”.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🇩🇯2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya quriladi So‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini
🇩🇯2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya quriladi So‘nggi besh yilda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi. Endilikda 2030-yilgacha 5 ming kilometr elektr tarmog‘i va 16 ta yirik podstansiya qurish, energiya saqlash quvvatlarini 4,5 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Loyihalarning katta qismi Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshiriladi. Yangi bosqichda elektr energiyasini ishlab chiqarish, saqlash va uzatishni birgalikda qamrab oladigan kompleks loyihalarga ustuvorlik beriladi. Shuningdek, Ozarbayjon va Qozog‘iston bilan Kaspiy dengizi orqali “yashil” energiyani Yevropaga yetkazish loyihasi amaliy bosqichga o‘tmoqda. Afg‘oniston va Janubiy Osiyo bozorlari ham istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🔴Yangi elektr stansiyalari bilan birga elektr tarmoqlari ham rivojlantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi
🔴Yangi elektr stansiyalari bilan birga elektr tarmoqlari ham rivojlantiriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va saqlash tizimlarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Hozirda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi elektrga bo‘lgan talabning bir qismi boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan energiya hisobidan qoplanmoqda. Yangi sanoat zonalari va yirik korxonalar ishga tushishi esa tarmoqlarga yuklamani yanada oshiradi. Sun’iy intellekt va ma’lumotlar markazlarining elektrga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shu bois ular uchun yer maydonlari, elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari va “yashil” energiya manbalari oldindan rejalashtiriladi. Yirik data-markazlarda asosiy va zaxira elektr ta’minoti, energiyani saqlash hamda sovitish tizimlari birgalikda ko‘zda tutiladi. Sarmoyadorlardan elektr va suv resurslaridan samarali foydalanadigan yechimlar kutilmoqda. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
🔵Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda:
“Men bugun sizlarni ko‘proq muloqotga taklif qilaman. Bir narsani bilishlaring kerakki, investor bilan davlat orasidagi O‘zbekistondagi tizim yangi pog‘onaga chiqishi kerak. Albatta, zamon shiddat bilan o‘zgarayapti. Biz yangi-yangi talablarga butun komandamiz bilan mos bo‘lish uchun bugun sizlarni ko‘proq eshitmoqchiman. Bironta muammo bugun qolmasligi kerak. Hamma masalani hal qilishimiz kerak. Yutug‘imiz bor, lekin kamchiligimiz ham juda ko‘p. Shuning uchun endi xato qilishga haqqimiz yo‘q. Biz bir-birimiz bilan do‘st bo‘lishimiz uchun hamma narsa ochiq bo‘lishi kerak, ayon bo‘lishi kerak, shaffof bo‘lishi kerak. Kelgusi yilga bu yil zamin yaratishimiz kerak”.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
📈 O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga
📈 O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, ochiq e’lon qilinadi. 2027-yil 1-martgacha elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulgacha esa to‘liq bosh reja taqdim etiladi. Hujjatlar elektr energiyasiga talab o‘sadigan hududlar, zarur infratuzilma va yangi quvvatlarni joylashtirish bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni belgilashga yordam beradi. Shuningdek, “yashil” energiya ishlab chiqaruvchilar uchun sertifikatlar va karbon kreditlaridan qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu daromadlarni davlat va investorlar o‘rtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etilib, xalqaro ekologik majburiyatlar hamda amaldagi shartnomalar hisobga olinadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
📃 2 200 MVt quvvatli 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi Prezident Shavkat Mirziyoyev energ
📃 2 200 MVt quvvatli 6 ta quyosh va shamol stansiyasi loyihasi ochiq tanlovga chiqariladi Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi yangi loyihalarni joylashtirish va investorlarni tanlashda yagona, shaffof tizimga o‘tish zarurligini ta’kidladi. Endilikda qaysi hududda qanday quvvat zarurligi oldindan belgilanadi, tayyor loyihalar esa ochiq tanlovga chiqariladi. Har bir loyiha bo‘yicha yer maydoni, elektr tarmog‘iga ulanish shartlari va muddati, elektr energiyasini xarid qilish hamda to‘lov shartlari avvaldan e’lon qilinadi. Barcha investorlar uchun teng talablar belgilanadi. Yaqin kunlarda umumiy quvvati 2 200 MVt bo‘lgan 6 ta quyosh va shamol elektr stansiyasi loyihasi tanlovga chiqariladi. Davlat rahbari investorlarni ushbu tanlovlarda ishtirok etishga taklif qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
📈 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushi 54 foizga yetkaziladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha mamlakatda 22 ming
📈 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushi 54 foizga yetkaziladi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha mamlakatda 22 ming megavatt yangi energetika quvvatlarini yaratish, elektr energiyasi ishlab chiqarishni yiliga 129 milliard kVt·soatdan oshirish va qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish maqsadini belgiladi. Energetika sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichida investitsiya loyihalari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qilishi kerak. Loyihalar ochiq raqobat, shaffof qoidalar va kelishilgan shartlarning izchil bajarilishi asosida amalga oshiriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Rasmiy axborot
✍️ O‘zbekistonda $4,7 mlrdlik 6 ta energetika loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-ener
✍️ O‘zbekistonda $4,7 mlrdlik 6 ta energetika loyihasi bo‘yicha bitimlar imzolandi Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda umumiy qiymati 4,7 milliard dollarlik 6 ta yirik loyiha bo‘yicha bitimlar imzolandi. Ular doirasida 3 000 megavatt generatsiya va 400 megavatt energiya saqlash quvvati yaratiladi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, so‘nggi yillarda energetika sohasiga 35 milliard dollar investitsiya kiritildi. Quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga qayta tiklanuvchi energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 31 foizga, “yashil” quvvatlar esa 11,1 gigavattga yetdi. Aholi jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish 28 foizga oshib, 2 300 kilovatt-soatni tashkil etdi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasida hamkorlik kengaymoqda 🫥 Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “MP
+2
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasida hamkorlik kengaymoqda 🫥 Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “MPOC Forum 2026” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida yog‘-moy sanoati sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 🫥 Malayziya Palma yog‘i kengashi (Malaysian Palm Oil Council — MPOC) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari faol ishtirok etdi. Tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Forum doirasida Malayziyaning Plantatsiyalar va tovar xomashyolari vaziri YB Datuk Seri Dr. Noraini binti Ahmad xonim bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot chog‘ida tomonlar: • Palma yog‘i va yog‘-moy sanoatida ilg‘or tajriba almashish; • Sohaga zamonaviy va yuqori samarador texnologiyalarni joriy etish; • O‘zaro manfaatli qo‘shma tashabbus va loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.
Ta’kidlash joizki, Malayziyaning palma yog‘ini yetishtirish, qayta ishlash, mahsulot sifatini ta’minlash hamda uni xalqaro bozorlarga yetkazib berish borasidagi ko‘p yillik tajribasi mamlakatimiz uchun amaliy ahamiyatga ega. Ushbu tajribani chuqur o‘rganish milliy yog‘-moy sanoatining texnologik salohiyatini oshirishga, mahsulotlar sifatini xalqaro standart va talablarga muvofiqlashtirishga hamda eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.
🫥 Xalqaro forum doirasida kechgan samarali muloqotlar xorijiy hamkorlar bilan amaliy aloqalarni mustahkamlash, sohadagi eng so‘nggi yondashuvlarni o‘rganish va istiqboldagi hamkorlik rejalarini belgilab olishda muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. 🫥 O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi sohaviy hamkorlikni izchil rivojlantirish ikki mamlakatning mavjud iqtisodiy va texnologik salohiyatidan samarali foydalanishga xizmat qiladi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

“Payshanba — Yoshlar kuni”: talaba qizlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga e’tibor ✅Texnik jihatdan tartibga solish agent
+5
“Payshanba — Yoshlar kuni”: talaba qizlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga e’tibor ✅Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashabbusi bilan “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Qo‘qon davlat universitetining Gumanitar fanlar va tillar fakultetida talaba qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. ✅ Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi N. Mamadaliyeva, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dotsent, “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi Matlubaxon Rasulova, universiteti magistranti, “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi Feruzaxon Xo‘jayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi B. Hasanova ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasblarni egallashi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, kasbiy va shaxsiy rivojlanishning muhim jihatlari xususida so‘z yuritildi.
Ishtirokchilar talaba qizlarga aniq maqsad belgilash, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, tashabbuskorlik ko‘rsatish, vaqtdan unumli foydalanish hamda o‘z kuch va imkoniyatlariga ishongan holda harakat qilish yuzasidan tavsiyalar berdilar. Turli sohalarda muvaffaqiyatga erishayotgan xotin-qizlarning tajribasi yoshlar uchun muhim hayotiy saboq va ibrat ekani ta’kidlandi.
Ochiq muloqot davomida talaba qizlar kasb tanlash, ta’limni davom ettirish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish va kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishga oid savollariga javob oldilar.
✅ Mazkur uchrashuv yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi va kelajakka ishonch bilan intilishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lida muhim qadam 🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh o‘r
+1
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish yo‘lida muhim qadam 🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish hamda milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida AQShning nufuzli ANSI National Accreditation Board (ANAB) akkreditatsiya organi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Xususan, 2017–2025 yillar oralig‘ida savdo aylanmasi qariyb 4,7 barobarga oshdi. Ushbu davrda: • O‘zbekistonning AQShga eksporti 9 barobardan ziyod o‘sib, 291,7 million dollarni; • Import hajmi esa 3,9 barobarga ortib, 712,3 million dollarni tashkil etdi.
Standartlar instituti laboratoriyasi xalqaro darajada tan olinadi Muzokaralarning markaziy mavzularidan biri — Standartlar instituti laboratoriyasini xalqaro talablar asosida akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi bo‘ldi. Tomonlar laboratoriyaning texnik salohiyatini xalqaro mezonlar asosida baholash, sinov natijalarining ishonchliligini ta’minlash hamda ularning global miqyosda tan olinishini kengaytirish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar. ANAB bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar: 🔵Laboratoriya faoliyatini xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; 🔴Muvofiqlikni baholash (sinov) natijalariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlash; 🟢Mahalliy eksport qiluvchi korxonalar uchun tashqi bozorlarda yangi imkoniyatlar yaratish. Mazkur strategik hamkorlik O‘zbekistonning sifat infratuzilmasini xalqaro talablarga to‘liq uyg‘unlashtirish, savdodagi texnik to‘siqlarni qisqartirish va milliy mahsulotlarimizning AQSh hamda global bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz! ✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida m
+1
2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz! ✅ Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasida mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda raqobatbardosh ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan nufuzli «Mahsulot va xizmatlar sifati sohasidagi yutuqlar uchun MDH mukofoti»ga start berildi. ✅ Har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan mazkur tanlov korxonalarning sifatni boshqarish borasidagi yutuqlarini xalqaro miqyosda e’tirof etish, eksport salohiyatini kengaytirish va MDH davlatlari bozorida raqobatbardoshlikni mustahkamlash uchun muhim imkoniyat hisoblanadi. ✅ 2027-yilgi MDH mukofoti uchun 11-tanlovda mahsulot va xizmatlar sifatiga alohida e’tibor qaratadigan, o‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishgan hamda xalqaro bozorlarda o‘z o‘rniga ega korxonalar ishtirok etishga taklif etiladi. Tanlovda ishtirok etishning asosiy shartlari: Barqaror sifat: Mahsulot yoki xizmat sifati kamida so‘nggi ikki yil davomida barqaror yuqori darajada bo‘lishi lozim. Eksport salohiyati: Ishlab chiqarilayotgan mahsulot kamida bitta MDH davlatiga eksport qilinayotgan bo‘lishi shart. Korxona faoliyati natijalari: Sifatni boshqarish tizimi, ishlab chiqarish samaradorligi, innovatsion yondashuvlar va iste’molchilar qoniqishini ta’minlashga qaratilgan faoliyat baholanadi. Tanlov yo‘nalishlari:
Ishtirokchilar quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha baholanadi: Ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlar; Xalq iste’moli tovarlari; Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari; Xizmat ko‘rsatish sohasi.
✅ O‘zbekiston korxonalarini ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chaqiramiz! Mahsulot va xizmatlaringiz sifati, innovatsion yechimlaringiz hamda erishgan natijalaringizni xalqaro miqyosda namoyon etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Murojaat uchun ma’lumotlar: Tanlovda ishtirok etish shartlari va ariza topshirish tartibi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin. 📍 Manzil: 100174, Toshkent sh., Farobiy ko‘chasi, 333 «A» ✉️ Elektron pochta: uzst@standart.uz | durdonadaminik@gmail.com 👤 Mas’ul hodim: Durdona Daminova 📞 Telefon / Telegram / WhatsApp: +998 (97) 721-08-83. 🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube