es
Feedback
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

Ir al canal en Telegram

Veb-sayt: www.standart.uz Facebook: www.fb.com/uzstandard Instagram: www.instagram.com/uzstandard Youtube: bit.ly/3kbWQa0 Murojaat uchun: @uzstandartga_savollar_bot 📧 uzst@standart.uz ☎️1880 📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A

Mostrar más
5 393
Suscriptores
Sin datos24 horas
-367 días
-17830 días
Archivo de publicaciones
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё ва Озарбайжон норасмий саммитидаги нутқидан асосий фикрлар –Илгари тарқоқ бўлган
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё ва Озарбайжон норасмий саммитидаги нутқидан асосий фикрлар –Илгари тарқоқ бўлган Марказий Осиё бугунги кунда тараққиётнинг умумий мақсадлари йўлида бирлашмоқда; –Мураккаб ва олдиндан башорат қилиб бўлмайдиган бугунги халқаро воқелик биздан янада қатъият билан ҳаракат қилишни ва янада яқин мувофиқлаштирувни талаб этмоқда; –Озарбайжоннинг Маслаҳат учрашувлари форматига қўшилиши ўзаро ҳамкорлигимизни сифат жиҳатидан янги – макроминтақавий даражага олиб чиқмоқда; –Биз учун Марказий Осиё, Жанубий Кавказ ва Афғонистонни бирлаштирувчи ягона тараққиёт маконини шакллантириш борасида тарихий имконият очилмоқда; –Евроосиёнинг қоқ юрагида барқарор ривожланиш, ўзаро боғлиқлик ва яхши қўшничилик учун мустаҳкам пойдевор яратишимиз зарур; –Минтақамизнинг халқаро субъект сифатидаги мақомини мустаҳкамлаган ҳолда давлатлараро ташкилотлар ва “Марказий Осиё плюс” форматлари доирасида ўзаро мувофиқлаштирувни кучайтириш лозим; –Марказий Осиё таълим, илм-фан ва катта маълумотлар соҳасида инновациялар бўйича рақобатбардош хабга айланиши керак; –Атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ҳар доим минтақавий кун тартибининг устувор йўналиши бўлиб келган ва шундай бўлиб қолади; –Гуманитар соҳадаги ишларнинг моҳияти сифат жиҳатидан ўзгариши халқларимиз ўртасидаги бирлик, ҳамжиҳатлик ва ўзаро тушуниш туйғусини мустаҳкамлайди; –Бизнинг умумий кучимиз – бирлик, ўзаро ишонч ва биргаликдаги яратувчанликка қатъий садоқатимизда. Батафсил: https://uza.uz/posts/889465 Телеграм каналларимиз

🏢🏢🏢🏢 Президентимиз Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг норасмий саммитида нутқ сўзлади. Телеграм каналларимиз

Ўзбекистон Республикаси Президенти Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг минтақавий ҳамкорлигини ривожлантириш истиқбо
+9
Ўзбекистон Республикаси Президенти Марказий Осиё мамлакатлари ва Озарбайжоннинг минтақавий ҳамкорлигини ривожлантириш истиқболларини белгилаб берди Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 31 июль куни Қирғизистон Республикасининг Чўлпонота шаҳрида бўлиб ўтган Марказий Осиё ва Озарбайжон давлат раҳбарларининг норасмий учрашувида иштирок этди. Батафсил: https://uza.uz/posts/889400 Телеграм каналларимиз

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё ва Озарбайжон давлат раҳбарларининг норасмий Маслаҳат уч
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Марказий Осиё ва Озарбайжон давлат раҳбарларининг норасмий Маслаҳат учрашувидаги нутқи Батафсил: https://uza.uz/posts/889392 Телеграм каналларимиз

Agentlik tizimida doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning yarim yillik faoliyati monitoring qilindi O‘zbekiston texnik ji
+5
Agentlik tizimida doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilarning yarim yillik faoliyati monitoring qilindi
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizim tashkilotlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini oshirish, ilmiy izlanishlar sifatini ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijadorligini baholash maqsadida tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik instituti vakillarining yarim yillik faoliyati yuzasidan tizimli monitoring o‘tkazildi. Tahlillar natijasida aksariyat izlanuvchilar tasdiqlangan ilmiy reja-grafiklariga muvofiq belgilangan bosqichlarni o‘z vaqtida bajarayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, ilmiy tajriba va o‘lchash ishlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim metodologik jarayonlarni takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Shuningdek, tadqiqotchilarning xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari tahlil qilinib, ilmiy natijalarni nufuzli xalqaro nashrlar hamda sohaga oid ilmiy-amaliy anjumanlarda kengroq aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Monitoring doirasida izlanuvchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalariga oid zamonaviy mahalliy va xorijiy ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, ularni qiyosiy tahlil qilish hamda adabiyotlar sharhini shakllantirish darajasi ham baholandi. Monitoring yakunlari har bir doktorant va mustaqil tadqiqotchi hamda ularning ilmiy rahbarlari ishtirokida individual tartibda muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida tadqiqot natijalarini ishlab chiqarish va standartlashtirish amaliyotiga keng joriy etish, ilmiy farazlarni tajribaviy jihatdan asoslash bazasini mustahkamlash, shuningdek, dissertatsiya ishlarining boblari va xulosalarini yagona ilmiy-texnik yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. O‘tkazilgan monitoring Agentlik tizimida ilmiy salohiyatni yuksaltirish, innovasion ishlanmalarni amaliyotga samarali tatbiq etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Monitoring yakunida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, dissertatsiya ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli tayyorlash va muvaffaqiyatli himoyaga olib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi.
🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

O‘zbekiston vakillari Xitoyda xalqaro seminar doirasida ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda Xitoy Xalq Respublikasining Pekin sha
+3
O‘zbekiston vakillari Xitoyda xalqaro seminar doirasida ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda
Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida Xitoy Savdo vazirligi (MOFCOM) huzuridagi Academy for International Business Officials (AIBO) tomonidan tashkil etilgan "Seminar on Foreign Trade Product Standards and Conformity Assessment Policy for Asian Countries" hamda "Seminar on Foreign Trade Product Standards and Conformity Assessment Policy for African Countries" xalqaro seminarlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar xalqaro savdo, mahsulot standartlari va muvofiqlikni baholash sohasidagi ilg‘or tajribalarni almashishga qaratilgan. Seminarda O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi mas'ul mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda. Dastur davomida xalqaro savdoda texnik to‘siqlarni kamaytirish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya, laboratoriya, muvofiqlikni baholash tizimlarini takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha Xitoyning ilg‘or tajribalari o‘rganiladi. Olingan bilim va tajribalarni O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish tizimini yanada rivojlantirish va xalqaro talablarga moslashtirish jarayonida qo‘llash rejalashtirilgan. Mazkur xalqaro seminar mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, texnik jihatdan tartibga solish sohasida hamkorlikni mustahkamlash hamda xalqaro savdoda mahsulotlarning sifat va xavfsizlik talablarini uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston vakillarining ushbu nufuzli tadbirda ishtiroki sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqaro tajriba asosida yanada takomillashtirish va zamonaviy yondashuvlarni milliy amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

#Farmon_ijrosi Ayni damda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi binosida Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda mahsulotlarn
+5
#Farmon_ijrosi Ayni damda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi binosida Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda mahsulotlarning muvofiqligini baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir Texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash klubi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda respublika bo‘yicha faoliyat yuritayotgan muvofiqlikni baholash sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirok etmoqda. Ochiq muloqotning asosiy maqsadi tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, sohada mavjud muammolarni muhokama qilish, amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taklif va tashabbuslarni tinglash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini muhokama qilishdan iborat. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi PF–25-son Farmoni asosida tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilgan yangi imkoniyat va yengilliklar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bugungi holati yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar mahsulotlarni sertifikatlashtirish va muomalaga chiqarish jarayonlari, mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash, muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish, eksport-import operatsiyalarida uchrayotgan amaliy muammolar hamda ichki bozorda sifatsiz mahsulotlar aylanmasining oldini olishga oid dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashmoqdalar. Mazkur ochiq muloqot 2026 yil 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlarining muhim bosqichlaridan biri sifatida ahamiyat kasb etadi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni davom ettirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan hamkorlikni izchil davom ettiradi.
🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

Repost from Rasmiy axborot
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
🎗 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni I darajali “Manas” ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Qirgʻiz Respublikasining yuksak mukofotini davlatimiz rahbariga Prezident Sadir Japarov topshirdi.
Oʻzbekiston yetakchisi qardosh Qirgʻiziston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, ushbu mukofotni ikki xalq oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalarini mustahkamlash borasidagi birgalikdagi saʼy-harakatlar hamda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarini yangi tarixiy bosqich – ittifoqchilik darajasiga olib chiqishga qaratilgan mushtarak intilishlarning yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Ma’lumot uchun: 1996-yilda taʼsis etilgan “Manas” ordeni Qirgʻiz Respublikasining oliy davlat mukofotlaridan biri hisoblanadi. Respublika va xorij fuqarolariga davlatchilik va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar oʻrtasida tinchlik, doʻstlik va oʻzaro anglashuv rishtalarini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun beriladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from UzA | Rasmiy kanal
O‘zbekiston – Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi Cho‘lponota sh
+6
O‘zbekiston – Qirg‘iziston ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi Cho‘lponota shahridagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Telegram kanallarimiz 📱Mobil ilova 👉iOS | Android

Repost from UzA | Rasmiy kanal
Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Telegram kanallarimiz 📱Mobil ilova 👉iOS | Android

Repost from UzA | Rasmiy kanal
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo”
+9
O‘zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirg‘iz Respublikasida davlat tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Telegram kanallarimiz 📱Mobil ilova 👉iOS | Android

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida har payshanba kuni o‘tkazib kel
+8
Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Agentlik rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Agentlik direktori Akmal Jumanazarov ochib berib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, ularning bilim olishi, kasbiy salohiyatini yuksaltirishi va o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Agentlik tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, innovasion g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbirda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktorining o‘rinbosari Alisher Bobomurodovich Yunusov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvi va turli sohalar uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida yoshlar sohadagi innovatsiyalar, ilmiy izlanishlar, kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, mutaxassislar bilan ochiq muloqot qildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot o‘zaro tajriba almashish va dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun samarali maydon vazifasini o‘tadi. Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, sohaga qiziqishini oshirish hamda Agentlik bilan Institut o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bunday tadbirlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida har payshanba kuni o‘tkazib kel
+8
Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibor
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda ochiq muloqot tashkil etildi. Tadbirda Agentlik rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti vakillari ishtirok etdi. Tadbirni Agentlik direktori Akmal Jumanazarov ochib berib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil amalga oshirilayotgani, ularning bilim olishi, kasbiy salohiyatini yuksaltirishi va o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Agentlik tizimida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, innovasion g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalaridagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Tadbirda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktorining o‘rinbosari Alisher Bobomurodovich Yunusov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvi va turli sohalar uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida yoshlar sohadagi innovatsiyalar, ilmiy izlanishlar, kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyatlari yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, mutaxassislar bilan ochiq muloqot qildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot o‘zaro tajriba almashish va dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun samarali maydon vazifasini o‘tadi. Tadbir yakunida yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish, sohaga qiziqishini oshirish hamda Agentlik bilan Institut o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bunday tadbirlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual va kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы на
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigiПоздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni! 🇺🇿O‘zbekiston — bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat qadriyatlari mustah
30 iyul — Xalqlar do‘stligi kuni! 🇺🇿O‘zbekiston — bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat qadriyatlari mustahkam qaror topgan yurtdir. Mamlakatimizda turli millat va elat vakillari yagona oiladek ahil va hamjihat yashab, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz! Yurtimizda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhiti yanada mustahkamlanib, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lidagi ezgu qadriyatlar bardavom bo‘lsin! Birligimiz — kuchimiz, do‘stligimiz — taraqqiyotimiz poydevori! 🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

BMTning Avtotransport vositalariga oid qoidalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha uchrashuv Jeneva shahrida Texnik jihatdan tartibg
+2
BMTning Avtotransport vositalariga oid qoidalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha  uchrashuv Jeneva shahrida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) Avtotransport vositalariga oid qoidalar va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i, Avtotransport vositalariga oid qoidalarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha Butunjahon forumi kotibi Aleksander Epshteyn raxbarligidagi delegatsiya  bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonning BMTning g‘ildirakli transport vositalariga oid xalqaro bitimlariga to‘liq qo‘shilgani yuqori baholandi va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar e’tirof etildi. Tomonlar transport vositalari turini tasdiqlash sohasida raqamli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, O‘zbekistonning Turni tasdiqlash bo‘yicha elektron ma’lumotlar almashinuvi (DETA) tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish hamda ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur texnik va tashkiliy choralarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar. Shuningdek, transport vositalariga nisbatan xalqaro texnik talablarni joriy etish, muvofiqlikni baholash tizimini takomillashtirish, institusional salohiyatni oshirish va UNECE bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. 🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube

Jenevada Better Cotton (BCI) bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi Shveysariyaning Jeneva shahrida Texnik jihatdan tartibga s
+2
Jenevada Better Cotton (BCI) bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi Shveysariyaning Jeneva shahrida Texnik jihatdan tartibga solish agentlik direktori Akmal Jumanazarov Better Cotton (BCI) tashkiloti bosh direktori Nick Weatherill bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar paxta-to‘qimachilik sohasida ijtimoiy standartlarni keng joriy etish, klasterlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ekologik barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini tatbiq etish hamda mahsulotning daladan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan qiymat zanjirini xalqaro talablar asosida takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish hamda savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etishda xalqaro standartlar va muvofiqlikni baholash mexanizmlarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Agentlik hamda Better Cotton (BCI) o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum barqaror paxtachilik sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish, texnik salohiyatni oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Президент Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 30 июль – 1 август кунлари давлат
Президент Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 30 июль – 1 август кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади. Ташриф дастурига мувофиқ, Ўзбекистон етакчиси Марказий Осиё ва Озарбайжон давлат раҳбарларининг норасмий Маслаҳат учрашуви ва бошқа тадбирларда ҳам иштирок этади. Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк

Шавкат Мирзиёев Остона шаҳрида “Келажак ўйинлари” учинчи халқаро мусобақасининг тантанали очилиш маросимида иштирок этди “Барис Арена” муз саройида ўтказилган тадбирда Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев, Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров, Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон ва бошқа хорижий меҳмонлар ҳам қатнашди. Давлатимиз раҳбари халқаро турнир иштирокчиларини қутлади.
Маълумот учун биринчи “Келажак ўйинлари” 2024 йилда Қозон шаҳрида ўтказилган. Унинг очилиш маросимида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этган эди. Иккинчи турнир эса 2025 йилда Абу-Даби шаҳрида бўлиб ўтган. Бу галги мусобақаларда Ўзбекистон вакиллари фижитал футбол, лазертаг ва рақс йўналишлари бўйича беллашади.
Каналга қўшилиш 👈 Veb-sayt | Facebook | Instagram | Медиабанк

Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi
+7
Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindiTexnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Agentlikda Fransiyaning Bureau Veritas kompaniyasi vise-prezidenti Niraj Singh (Niraj Singh) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: Bureau Veritas sinov, inspeksiya va sertifikatlashtirish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi fransuz transmilliy kompaniyasi hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dunyodagi eng yirik global yetakchilardan biridir. 1828-yilda tashkil etilgan bo‘lib, qariyb 200 yillik tarixga ega. Kompaniyaning bosh qarorgohi Parij chekkasidagi Nyoyi-syur-Sen (Neuilly-sur-Seine) shahrida joylashgan. Dunyo bo‘ylab 80 000 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadi. Dunyoning 140 ta mamlakatida 1600 dan ziyod ofis va laboratoriyalariga ega. Uchrashuv davomida mehmonlar Agentlik tizimidagi metrologiya hamda mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tomonlar texnik jihatdan tartibga solish sohasida xalqaro tajribani joriy etish, eksport salohiyatini oshirish, Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga muvofiqlikni ta’minlash hamda qo‘shma sinov laboratoriyalarini tashkil etish istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, muvofiqlikni baholash infratuzilmasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlarga chiqishini qo‘llab-quvvatlash va innovasion laboratoriya yechimlarini joriy etish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Agentlik hamda Bureau Veritas kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik niyatlari to‘g‘risidagi xat (Letter of Intent) imzolandi. Mazkur hujjat texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya, mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish va xalqaro standartlarni joriy etish sohalarida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. 🌐  standart.uz | 😎Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube