en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
778
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive
Xush kelibsiz, xonimlar 🤩 Sizlarni blogimda koʻrib turganimdan bagʻoyatda xursandman ♥️ Mening ismim Aziza, tarixchi pedagogman. Blogimda ham asosan, tarixdagi eng sara voqealarni yoritib boraman va pedagogik mahoratga oid kontentlar qilaman. 🌟 Endi esa sizlar bilan tanishamiz: oʻzingizni 3 ta soʻz bilan taʼriflang, marhamat ⬇️

Xoʻsh, Saroymulkxonimni zaharlagan malika haqida gaplashamizmi? ❤️- Ha, albatta 💘- Boshqa mavzu yoʻqmi? Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, madmuazellar ☀️ Haftani oxiriga ham yetib kelibmiz bir pastda. Meni yana 2 kunlik oʻta band kunlarim boshlandi. Buni ustiga oʻgʻlim ham injiqlanib turibdi. Shunday boʻlsa ham sizlar uchun qiziqarli va foydali kontent qilishga harakat qilaman 🫀 Kuningiz barakali oʻtsin, xonimlar 🧚‍♀️ Aziza Sarvarovna

Buniyam koʻringlar Chiroyli kadrlar bor. Facebook boʻlmasa ham, chrome orqali koʻrsangiz boʻladi.

1960-70-yillarda Afgʻoniston

Qizlarjonlar, biz tezda doktorga borishimizga toʻgʻri kelib qoldi. Oʻgʻlim katta yigit boʻladi. Xatna qildirmoqchimiz. Maqolani esa, kechroq yozishga harakat qilaman. Judayam qiziq mavzu tanlabsizlar 🤩 Bizni esa ishlarimiz yengil bitib olishini tilab qoʻying 💕 Aziza Sarvarovna

Azizlar, menda ikkita mavzu bor: 1️⃣Yuqoridagi rasmda tasvirlangan afgʻon ayollarining eng erkin davrlari haqida maqola 2️⃣ A
Azizlar, menda ikkita mavzu bor: 1️⃣Yuqoridagi rasmda tasvirlangan afgʻon ayollarining eng erkin davrlari haqida maqola 2️⃣ Amir Temurning eng suyukli xotini Saroymulkxonimni zaharlagan malika haqida maqola Bu ikki mavzudan birini tanlashni esa sizga qoldiraman, marhamat ⬇️ Aziza Sarvarovna

Xayrli tong, xonimlar 🌟 Ertalabdan baʼzi darslarimni qilib oldim. Shunga biroz yengil boʻlib qoldim. Siz ertalabdan nima bil
Xayrli tong, xonimlar 🌟 Ertalabdan baʼzi darslarimni qilib oldim. Shunga biroz yengil boʻlib qoldim. Siz ertalabdan nima bilan bandsiz? Aziza Sarvarovna

Shu joyida maqtanib ketay, man bahorda instagramimni oʻchirib tashlaganman. Shundan keyin vaqtimga baraka kirgan, miyamda yangi gʻoyalar paydo boʻlgan. Oʻzimni boshqalar bilan solishtirishni toʻxtatganman. Oʻzimni hayotim oʻzimga chiroyli koʻrinishni boshlagan. Ana shunaqa gaplar🌟

🌟 Uyqu oldidan reels koʻrish qanchalik zararli!? Faqat besh daqiqa deymiz va 2 soatdan keyin ham reels koʻrib yotgan boʻlami
🌟 Uyqu oldidan reels koʻrish qanchalik zararli!? Faqat besh daqiqa deymiz va 2 soatdan keyin ham reels koʻrib yotgan boʻlamiz... Bu yerda asosiy muammo vaqtni behuda sarflashda emas. Uyqu oldidan miya asta sekin tinchlanib, uygʻoqlik holatidan uyqu holatiga oʻtishi kerak. Reels esa bu jarayonni chappasiga aylantiradi. Har 10-60 soniyada yangi video, yangi ovoz, yangi yuzlarni koʻramiz. Miya esa bularning har birini qayta ishlaydi. Videolar almashaveradi. Siz yotoqda dam olib yotibman deb oʻylaysiz, lekin miyangiz toʻxtovsiz yangi maʼlumotlar qabul qilish bilan band boʻladi. Kechqurun ekrandan chiqayotgan yorugʻlik melatonin ishlab chiqarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Melatonin esa organizmga "endi uxlash vaqti keldi" degan signal berish uchun kerak boʻladi. Bundan tashqari miya arzon dopamin olish rejimiga tushib qoladi. Reels bir necha soniyada yangi video, yangi obraz, yangi ovoz va yangi ma’lumot beradi. Bu doimiy yangilik miyadagi arzon mukofot olish tizimini faollashtiradi. Natijada tinchlanib, uyquga tayyorlanish o‘rniga miya yana “keyingisi nima?” deb turadi. Xulosa shuki, uxlashdan avval reels koʻrish miyani oʻchirish oʻrniga yangi-yangi maʼlumotlar bilan ushlab turadi, uyqu vaqtini kechiktirishi va uyquga tayyorgarlik jarayoniga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. 🌟 Siz uxlashdan avval reels koʻrasizmi? Aziza Sarvarovna

Bu yerda boshqalar qilgan tayyor oʻyinlardan ham foydalansangiz boʻladi. Bemalol, sinfni, fanni, mavzularni tanlasangiz boʻla
+2
Bu yerda boshqalar qilgan tayyor oʻyinlardan ham foydalansangiz boʻladi. Bemalol, sinfni, fanni, mavzularni tanlasangiz boʻladi. Kutubxona boʻlimida esa barcha sinflarning darsliklari jamlangan ekan. Bu sayt bilan darsingizni yanayam jonlantirishingiz mumkin 🌟 Foydali boʻlgan boʻlsa bitta "olovli yurakcha" mendan aylansina 🌟 Aziza Sarvarovna

Sizlarga interaktiv oʻyinlar jamlangan zoʻr sayt topib keldim 🌟 Sayt nomi edubaza.uz Saytda oʻtayotgan mavzuyingizga moslab
+1
Sizlarga interaktiv oʻyinlar jamlangan zoʻr sayt topib keldim 🌟 Sayt nomi edubaza.uz Saytda oʻtayotgan mavzuyingizga moslab yangi oʻyinlar yaratsangiz boʻlar ekan. Oʻyin turi judayam koʻp ekan. Bundan tashqari yaqin kunlarda yangi oʻyinlar ham ochilar ekan. Aziza Sarvarovna

Tasavvur qilishinglar uchun, Beruniy metrosidan chiqishda Milliy universitet boshlansa, siz tarix fakultetiga piyoda borishingiz uchun eng tez yursangiz 25- 30 daqiqa vaqt ketadi. Avtobusda esa deyarli 3 ta bekatga teng boʻladi. Tarixchilar koʻpincha, metrodan chiqib avtobusda borardik fakultetga😊 Aziza Sarvarovna

Birinchidan tepadagi rasm, rektorat binosini rasmi ekan. 4 yil davomida u yerga nari borsa 5 6 marta qadamim yetgan. Ikkinchi
Birinchidan tepadagi rasm, rektorat binosini rasmi ekan. 4 yil davomida u yerga nari borsa 5 6 marta qadamim yetgan. Ikkinchidan, tarix fakultetini 1 soat qidirganman. Birinchi kuni oʻqishga borganman. Toʻgʻri rekotarat binosiga kirib ketmoqchi boʻlganman. Kirishda qorovul toʻxtatib, qayerga deb soʻragan. Tarix fakulteti kerak deganman. Hayolimda hozir qaysidir etajni aytib kirgizvoradi. Yoʻq. Koʻcha tomonga burilib, filologiya fakulteti tarafni koʻrsatvorgan. U yerga borib koʻrib, tarix fakultetini soʻraganimda filologiya ekanligini bilganman. Ishonasizlarmi, 10 tacha odamdan fakultetimni soʻrasam bilmayman deb javob bergan. Keyin oxiri bitta yoshi kattaroq odam domla boʻlsa kerak, qizim mana shu yoʻldan oxiriga qarab yuraverasan, universitetdan chiqib ketdimov deb oʻylaganingda tarix fakulteti keladi degan 😊 Rostanam shunaqa boʻlgan. Anovi odam aldadiyov, mahalla boshlanib ketdi, orqaga qaytsammi deb turganimda uzoqda fakultetim binosini koʻrib qolganman 😊 Aziza Sarvarovna

🌟 Milliy universitetda oʻqiydiganlar yoki kirishni niyat qilganlar bormi? Oʻqish boshlanishigayam kam vaqt qoldi. Oʻzimni bi
🌟 Milliy universitetda oʻqiydiganlar yoki kirishni niyat qilganlar bormi? Oʻqish boshlanishigayam kam vaqt qoldi. Oʻzimni birinchi marta oʻqishga borgan kunlarim esimga tushyapti. Men 2021-yil oʻqishga kirganman. Oʻsha yili xususiy universitetda tarix yoʻnalishi deyarli yoʻq edi va koʻpchilik davlat universitetiga kirishni maʼqul koʻrardi. Milliy universitet tushlarimgacha kirib chiqardi. Internetdan u haqida maʼlumotlar oʻqirdim. Reytingda ham birinchi oʻrinda turardi. Eng qizigʻi, googleda Milliy universitetni faqat shu rasmi chiqardi va men shu yerda oʻqiyman deb oʻylaganman. Tepa qavatlarida oʻqisam zoʻr boʻlardi deb orzuyam qilib qoʻyardim oʻzimcha 🤓 Oʻqishga birinchi kuni borib esa, chuchvarani ancha xom sanaganimni bildim... 🙁 Davomi qiziqmi? Aziza Sarvarovna