Aziza Sarvarovna
Closed channel
Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
778
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive
🧬 Mongolizm yoxud Daun sindromining tarixi
Bir vaqtlar Daun sindromi “Mongolizm” deb atalganini bilarmidingiz?
Bu shunchaki eski tibbiy atama emas. Uning ortida XIX asrga xos irqiy qarashlar va ilmiy xatolar turadi.
1866-yilda ingliz shifokori Jon Langdon Daun ayrim insonlarda uchraydigan yuz tuzilishi va rivojlantirish xususiyatlarini mongolizm sindromi deb ataydi.
Jon Langdon oʻsha davrdagi irqchilik qarashlari taʼsirida, bu sindromga ega odamlarni moʻgʻul xalqlariga oʻxshatadi. Sindromga chalingan odamlarni esa past irqqa qarab ketyapti deb hisoblaydi.
Sindromning mongolizm deb atalishi ikki sababga koʻra xato edi:
1️⃣ Kasallikning kelib chiqishini bir irqqa bogʻlab qoʻyardi;
2️⃣ Uni mongolizm deb atash moʻgʻullarga nisbatan irqiy kamsitishni bildirardi.
1959-yilda fransiz genetigi Lejeune bu sindrom irqqa emas, balki, genetikaga oidligini aniqlaydi. Bu sindrom inson hujayralarida 21-xromosomaning nusxasi mavjud boʻlganda shakllanar ekan. Shu tufayli endi unga Trimosoma-21 deb nom berishadi.
1961-yilda Lejeune va Langdon Daunning nabirasi Norman Daun bu sindromga Daun deb nom berishni taklif qilishadi. Keyinchalik Mongolizm atamasi rasmiy ravishda tibbiyot atamasi roʻyxatidan olib tashlanadi.
Mongolizm sindromi tibbiy atama boʻlgani bilan keyinchalik intellektual salohiyati past odamlarni haqoratlash uchun ham ishlatila boshlanadi.
Masalan, 2017-yilda nutritionist Libby Weaver o‘zining "What Am I Supposed To Eat?" kitobida “Mongolism” so‘zini ishlatgani uchun tanqidga uchragan. Natijada u uzr soʻrab chiqqan va 20 000 kitob nusxasini qaytarib olgan.
Shuning uchun bugungi kunda “Mongolizm”, “Mongoloid”, “mong” kabi atamalar Daun sindromi yoki nogironligi bo‘lgan insonlarga nisbatan ishlatilganda haqoratli va kamsituvchi hisoblanadi.
Aziza Sarvarovna
Ertalabdan iliq xabarlarni oʻqigan mendan xayrli tong 🧚♀️
Deyarli har kuni shunday xabarlar olyapman. Kichkinagina kanalim sizlarga qiziq boʻlayotganidan, foyda berayotganidan xursandman ⭐️
Oʻzi bugun sal kayfiyatsiz uygʻongandim. Oʻgʻlim tuni bilan injiqlanib chiqdi. Bu xabarni koʻrib kayfiyatim koʻtarildi 😊
Aziza Sarvarovna
Lagʻmon qilgandim, qaylasini tuzi meyoridan sal ortiq boʻlibdi. Xamir solsam norma boʻlib qoladi dedim.
Xamir solib ozgina yeb koʻrgandim, battar shoʻoʻoʻr boʻlib ketibdi. Xamirni oʻzi ham shoʻr ekan.
Hech narsa qilmadim. Faqat ovqatni oldiga balans boʻlsin deb tuzi kammm salat qilib qoʻydim.
Telefonim buzilyapti ekan. Zaryad olmayapti. Shunga kuni boʻyi post yozolmadim. Ham oʻgʻlim ham kuni boʻyi injiq boʻldi. Uxlamadi ham🌟
Birozdan keyin esa, Alisher Navoiyning oʻlimi sabablari toʻgʻrisida post joʻnataman 🌟
Bugun qaysi mavzuda post boʻlsin. Oxirgi postlarim koʻp oʻzimizning tariximizga oid boʻlibdi.
Jahon tarixidan ham maqola oʻqiymizmi?
Yoki oʻzimizning tariximizni oʻrganishni davom etamizmi?
Aziza Sarvarovna
Xayrli tong, madmuazellar 🌟
Ertalabdan shu filmning taʼsirida yuribman. Bunaqa filmlarda manga voqealar rivojidan ham koʻra, ularni kiyimlari, uylari qiziq.
Sizlargayam shunaqa filmlar yoqadimi?
Aziza Sarvarovna
Yangi til oʻrganish yangi dunyoqarash, yangi imkoniyatlar eshigi ochilishi demakdir.
5 yil avval ustozlarimizning bizga bergan birinchi maslahati til oʻrganinglar deyish boʻlgan. Koʻp qatori men ham bunga amal qilmadim. Hozir endi eʼtibortalab oʻgʻlim, oilam, ishim bilan birgalikda oʻrganishga majbur boʻlyapman.
Biror nimani boshlashga qulay vaqt kelmaydi hech qachon. Joyida tavakkal bilan boshlayvering💕
https://t.me/c/3997912161/45
Mana shu postimni oʻqib koʻring.
Yaxshi oʻqish qiyinmas oʻzi. Seminarlarda hamma oʻqigan kitobdan oʻqimang, hamma gapirganini gapirmang. Hech kim oʻqimagan manbalardan va saytlardan tesha tegmagan maʼlumotlardan tayyorlanib boring.
Jahon tarixidan seminarga esa boshqa tillarda maʼlumotlar topib tarjima qilib boring.
Biroz chalkashdek koʻrinadi lekin, eʼtibor bilan rasmlarga qarasangiz tushunib olasiz.
Bu talabalarimning eng sevimli oʻyini edi. Puzleni yechishga 5 daqiqacha vaqt ketadi. Darsda shuni hisobini oling.
Xonimlar rosa uzun post boʻlib ketdi. Oʻzi Shayboniyxon haqida bitta kitob yozsa boʻladi.
Sizlarga esa uning hayotini eng qiziq joylarini saqlagan holda iloji boricha qisqartirib yozdim.
Agar post boʻyicha savollar tugʻilsa bemalol berishingiz mumkin.
Uzun postni oʻqiganingizni esa "kamon oʻqi teshib oʻtgan yurakcha" bosganingizdan bilib olaman ⬇️
Aziza Sarvarovna
Bugun "Boshsiz dafn qilingan oʻzbek xoni" haqida maqola yozmoqchiman.
Sizlarga bu mavzu qiziqmi?
Agar sizda ham qandaydir fikrlar va takliflar boʻlsa bemalol, inobatga olaman albatta 😺
Xayrli tong, madmuazellar 🌷
Bugun sizlarda qanday kun?
Dam olish kuni- ❤️
Ish qilish kuni- 🥰
Menda esa bugun ish qilish kuni. Hamma uyda. Deyarli butun kunim oshxonada oʻtadi
Kuningiz fayzli oʻtsin 💕
Aziza Sarvarovna
Reklama postidagi "Oʻgay onasiga uylangan xon" haqidagi maqola mana bu yerda, oʻqib chiqib, fikringizni boʻlishing⬇️
Aziza Sarvarovna
Kanalga qabul qilinmagan faqat bitta odam qoldi 🙂
Bu ham boʻlsa, turmush oʻrtoq😶
Bir necha marta qabul qil dedi. Siz boʻlsangiz soʻz erkinligimga tahdid sezaman deb qabul qilmayapman
Toʻgʻri qilibmanmi?
Aziza Sarvarovna
Bu esa sizlarga vaʼda qilingan gayd.
Gaydda test yechishga oid 6 ta sir bilan boʻlishganman. Manfaatli boʻladi deb oʻylayman.
Albatta oʻqib, tanishib chiqing📖
Aziza Sarvarovna
Kanaldagi eng sara postlarni mundarija orqali topishingiz mumkin ⬇️
Mundarija
Postlarimni oʻqib chiqqandan soʻng fikrlaringizni kutaman 💚
Aziza Sarvarovna
