en
Feedback
Aziza Sarvarovna

Aziza Sarvarovna

Closed channel

Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
778
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-4030 days
Posts Archive
Maslahatli gap bor🔍 Tarixdagi oʻlim jazolari haqida post qilmoqchiman. Rasmlari bilan boʻladi. Sal koʻngilni xira qiladigan rasmlar boʻlishi mumkin. Koʻraverasizlarmi? 🥰 - Albatta, qiziqku! ❤️ - Men qoʻrqaman

Oxirgi kunlardagi hayotim faqat oʻgʻlimni shunaqa yigʻi-sigʻisi, injiqligi bilan oʻtyapti 😭

Agar farzandining bahosidan norozi boʻlib, janjal qilib kelgan ota-ona bilan gaplashishingizga toʻgʻri kelsa, shunday yoʻl tuting: Avvalo, ularni tinchroq xonaga taklif qilib, bafurja gaplashib olishga taklif qiling. Aytayotgan gaplari sizni qanchalik asabiylashtirmasin, gaplarini oxirigacha eshiting. Inson ichidagini toʻkib solgach, oʻzi asta-sekin bosiladi. Shu sababli uning gapini boʻlmasdan tinglash — vaziyatni yumshatishning eng yaxshi usullaridan biri. Siz qanchalik farzandiga past baho qoʻyishga asosli sababga ega boʻlsangiz ham, buni darrov “isbotlab tashlashga” urinmang. Chunki hech bir ota-onaga farzandining kamchiliklarini eshitish yoqmaydi. Ular farzandini bahosini koʻtarishni talab qilsa,Albatta, bahoni oʻzgartirish mumkin. Lekin bu muammoni hal qilmaydi. Aksincha, farzandingizning oʻziga zarar boʻlishi mumkin. Chunki baho oʻzgargani bilan uning bilimidagi kamchilik oʻzgarmaydi”, deb tushuntiring. Hadeb ota-ona kelib, farzandining bahosini koʻtarib beraversa, bolada masʼuliyat hissi susayishi mumkin. U: — “Xato qilsam, oʻzim tuzatishim kerak”, emas, — “Ota-onam kelib hal qilib beradi”, degan fikrga oʻrganib qolishi mumkin. Natijada bola xatosini tan olish, kamchiligini toʻgʻrilash va mehnat qilib oʻz bahosini koʻtarishga harakat qilish oʻrniga, muammoni tashqaridan hal qildirishga odatlanadi. Ota-ona va oʻqituvchining maqsadi bir xil boʻlishi kerak: bolaning bugungi bahosini koʻra, ertangi natijasini yaxshilash. Aziza Sarvarovna

Bu postdagi hamma izohlarni oʻqib chiqdim. Oʻzim uchun baʼzi narsalarni oʻrgandim ham. Endi bu vaziyat boʻyicha bir katta ustozning tajribasini siz bilan boʻlishmoqchiman👇 Aziza Sarvarovna

Biram uyqum kelyapti🧣 Oʻgʻlimniyam sogʻinib qoldim😭
+1
Biram uyqum kelyapti🧣 Oʻgʻlimniyam sogʻinib qoldim😭

Hozirgi kunda maktabni ichki tartib qoidasiga tug'ri kelmaydi fan o'qtuvchisi bilan tug'ridan tug'ri muloqot qilish va fan o'qtuvchisini dars jarayoniga aralashish. Ota onani noroziligi bo'lsa o'quv ishlarga va deriktorga murojaat qilinishi kerak. Ustozni darslari kameradan ota onaga ochib berilib dars tahlil qilinadi. Menda bunday holat judayam ko'p bo'lgan. Notug'ri insonga kelib uchrashdingiz, siz uchrashmoqchi bo'lgan insonlar bu tarafda bemalol shikoyatingizni qoldirsangiz dars jarayonimdagi holatni sizga ko'rsatadi derdim. Ota onaga qancha tushuntirsa ham vajohat bilan kelgan ota ona o'z farzandidani xatolarini ko'rmaydi. Hech qachon ish faoliyatimda o'zbekchlikka yo'l quymaslikka harakat qilaman. Har doim ta'limi Standartida belgilamgan qonun qoida bilan ish ko'raman. Dars jarayonlarga o'qituvchini ruxsatsiz hech kim kiraolmaydi. Faqatgina xizmat tekshruvi bo'lsagina direktor va O'IBDO' kirishi mumkin. Ota ona fan o'qtuvchisiga bunday savol bilan murojaat qilish huquqiga ega emas. Men har doim kundalik.com ga baho quyganimdan keyin nima uchun bunday baho olingani tug'risida ma'lumot qoldiraman sharh qismida.

Avvalo o'quvchiga 3 qo'yish uni yana 5 olishga bo'lgan xoxishini sindiradi ayrim o'quvchilar 4 yoki 5 olishga harakat qilishi mumkin lekin o'sha 3 olgan fanini sevib o'zlashtirishiga yordam bermaydi aynan yaxshi o'qimaydigan o'quvchini rag'batlantirishga harakat qilish kerak yangi metod qo'llasa yaxshi natija bo'lishi mumkin. 3 olgan o'quvchining Ota Onasi o'qituvchiga munosabat bildirishi yaxshi, vaziyatni o'rganib farzandini kamchiliklarini o'rganadi O'qituvchidan so'rab oydinlik kiritadi lekin qo'pollik qilishi vaziyatni yupshatmasligini bilishi kerak, bu yaxshi baho quygani bilan o' qimasa bu o'quvchini yuqoriga ko'tarmaydi shunchaki havoi nafsga olib keladi bilimsizligicha qolib ketadi

Oramizda oʻqituvchilar koʻp-a? Sizlarga savol bir oʻquvchingizga 3 baho qoʻydingiz. Uning ota-onasi esa siz qoʻygan bahodan norozi boʻlib, janjal qilib keldi. Xoʻsh, siz bunday vaziyatda qanday yoʻl tutasiz? Oʻqituvchi boʻlmaganlar ham javob berib koʻringlarchi🤓 Aziza Sarvarovna

Xayrli kun, qizlar🥰 Nimalar bilan bandsiz? Meni otpuskam 25-avgustda tugagan. Shu munosabat bilan kech qolibgina ishga ketyapman. Endi buyogʻiga qizgʻin va tigʻiz kunlarim boshlandi🏃‍♂️ Uyda bemalol oʻtirib darslarimni, ishlarimni qilishga oʻrganib qolibman-ey🌸 Aziza Sarvarovna

Videoni koʻrsangiz bolaligingiz esingizga tushadi🤵‍♂️ Avvalari opam bilan shu Tezlik kinosini televizorda berib qolsa qayta-qayta koʻrardik. Eng yaxshi koʻrgan hind kinoyim edi. Keyinroq 2- va 3- qismlari ham chiqibdi degan gaplarni eshitdik- u lekin televizorda bermaganmi koʻrmaganmiz. 2 kun avval bitta kanalga 2- va 3- qisminiyam koʻrib qolib saqlab oldim. Bugun ertalab oʻgʻlim bilan choy ichib koʻrishni boshladik. Lekinchi manga hozirgi til bilan aytganda rosa krinj koʻrindide, oʻchirib tashlamoqchi boʻldim. Oʻgʻlim, opa man kino koʻropman - deb qoldi. Oʻgʻlim bilan qiziqib koʻrib yarmigacha koʻrib qoʻyibman. Endi qolganiga qiziqib, osh damlab koʻrib oʻtiribman📱 Sizlarga qaysi hind kinosi yoqadi? Aziza Sarvarovna

Taʼlimda sunʼiy intellekt qanday qoʻllaniladi? Agar sinfda 10 ta oʻquvchi boʻlsa ularning 10 tasi darsni juda yaxshi tushunad
Taʼlimda sunʼiy intellekt qanday qoʻllaniladi? Agar sinfda 10 ta oʻquvchi boʻlsa ularning 10 tasi darsni juda yaxshi tushunadi, 10 ta oʻrtacha tushunadi, qolgani esa mavzuning oddiy jihatlarini ham anglay olmaydi. Bu oʻquvchilarning hammasiga bit xil yondashuv foyda bermaydi. Individual yondashishga esa bizga sunʼiy intellekt( AI) yordam beradi. 💚Har bir oʻquvchiga alohida ustoz Agar oʻquvchi uyda vazifa tayyorlayotgan vaqtda mavzuni tushunmasa oʻqituvchi kelib yordam bera olmaydi. Lekin AIga "Mana shu mavzuni 10 yoshli bolaga tushunarli qilib tushuntir" deyilsa u qayta-qayta tushuntirib berishi mumkin. Bu individual ustozlikning yangi shaklidir. 💚 Oʻquvchining salohiyatiga qarab topshiriq tayyorlay oladi Biz AI ga oʻtayotgan mavzuyimizni aytib, murakkab, oʻrta va oson darajadi topshiriqni tayyorlatib olsak boʻladi. Chunki bir oʻquvchiga "Buxoro xonligi qachon tashkil topgan?" - degan savol yetarli boʻlsa, boshqasiga "Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli qanday boʻlgan?" - degan savol berish kerak boʻladi. AI esa hammani bir xil oʻqitishdan koʻra, har birini oʻz darajasida oʻqitish imkonini beradi. 💚 Oʻqituvchi uchun yordamchi qoʻl boʻla oladi. Oʻqituvchining ishi faqat dars tayyorlash emas. U dars rejasi, materiallari, test va topshiriqlar yaratishi, natijalarni tekshirishi va tahlil qilishi kerak. Bularning barchasini AI bilan tez qilsa boʻladi. Lekin bitta muhim jihat bor oʻqituvchi AI bergan maʼlumotlarni koʻr-koʻrona ishlatmasligi kerak. Ularni oʻz uslubiga va pedagogikasiga moslab olishi lozim. 💚 Oʻquvchining xatosini tahlil qila oladi Oʻquvchilardan nazorat ishi olinganda faqat kim nechta xato qildi deyishdan tashqari, oʻquvchilar koʻproq qaysi savolda xato qilganini tahlil qilib beradi. Bu oʻqituvchiga koʻproq nima ustida ishlash kerakligini aniqlab beradi. 💚 AI ning xavfli tomonlari AI baʼzida ishonchli ohangda notoʻgʻri maʼlumot berishi mumkin. Undan koʻr-koʻrona koʻchirish esa xatoni yanayam kattalashtiradi. Oʻquvchilar uyga vazifa uchun faqat yordam soʻramasdan unga uy ishini toʻliq qildirib, koʻchirib olishlari mumkin. Bu oʻquvchilarning fikrlash qobiliyatini susaytiradi. Oʻqituvchi har bir darsning oddiy jihatlarini ham AI ga tayyorlatsa bu uning pedagogik mahorati oʻsishiga halal beradi. Xulosa shuki, AI oʻqituvchi oʻrnini bosish kerak emas, u faqat oʻqituvchining ishini yengillatuvchi yordamchi vosita boʻlib qolishi kerak. Siz darsingizda AI dan nima maqsadda foydalanasiz? Aziza Sarvarovna

🤩ssalomu alaykum, xonimlar ☕️ Bir necha kundan beri rejimim buzilgan. Kechqurun kech yotib, ertalab kech turyapman. Bugun da
🤩ssalomu alaykum, xonimlar ☕️ Bir necha kundan beri rejimim buzilgan. Kechqurun kech yotib, ertalab kech turyapman. Bugun darsga ham uxlab qolibman. Hammasiga bitta kitob aybdor. Hozir 5 min oʻqivolay, keyin uxlayman deb, 1,5 soat oʻqiganimni bilmay qolyapman. Balki shu kitob tugasa hammasi yaxshi boʻlib ketar-aa! 💭 Siz oxirgi marta qaysi kitobni shunaqa qiziqish bilan oʻqidingiz? Aziza Sarvarovna

Bu esa sizlarga vaʼda qilingan gayd. Gaydda test yechishga oid 6 ta sir bilan boʻlishganman. Manfaatli boʻladi deb oʻylayman. Albatta oʻqib, tanishib chiqing📖 Aziza Sarvarovna

Blogimda asosan tarix va ustozlikka oid kontentlar koʻrasiz Eng sara postlar bilan mundarija orqali tanishib chiqishingiz mumkin 💚 Mundarija - 1 Aziza Sarvarovna

Safimizga yangi xonimlar qoʻshilishdi 🤩🤩🤩 🤩🤩🤩 Xush kelibsizlar 🍒 Ismim Aziza. Oldin aytmagan ekanman - Toshkent viloyati Bekaboddanman. Yoshim 23 da. Endi siz bilan tanishaylik Qayerdansiz? Yoshingiz nechada? 🔗Kanalda avvaldan borlar ham bemalol yozsa boʻladi, marhamat Aziza Sarvarovna

Postni oxirigacha oʻqigan boʻlsangiz "olovli yurakcha" bilan bildirib keting⬇️

Qadimda ham Daun sindromi boʻlganmi? 1960-yillarda Daun sindromini zamonaviy kasallik deb hisoblashgan. Ularning asosiy dalil
Qadimda ham Daun sindromi boʻlganmi? 1960-yillarda Daun sindromini zamonaviy kasallik deb hisoblashgan. Ularning asosiy dalili - Daun sindromiga oʻxshash holat kitoblarda va sanʼat asarlarida deyarli tasvirlanmagan edi. Lekin tarixda doim istisnolar topiladi. Masalan, yuqoridagi surʼat. “The Adoration of the Christ Child” — taxminan 1515-yilda yaratilgan flamand rasmi. Undagi farishta va cho‘ponlardan birining yuz xususiyatlari Daun sindromiga o‘xshashi mumkinligi aytiladi. Keyinchalik Fransiyada o‘rta asrlarga oid bolaning skeleti topilgan. Tadqiqotchilar uning suyaklarida Daun sindromiga mos belgilar mavjudligini aniqlashgan. Yana qiziq jihati — bola boshqa odamlar kabi dafn qilingan. Bu nimani anglatadi? Agar bola jamiyatdan ajratilgan yoki kamsitilgan bo‘lganida, uning dafn marosimi boshqalarnikidan farq qilishi mumkin edi. Oddiy dafn qilingani esa o‘rta asrlarda Daun sindromiga ega odamlar jamiyat tomonidan chetlatilmaganini koʻrsatadi. Siz bir sindrom ortida shuncha tarix turganini bilarmidingiz? Aziza Sarvarovna

🧬 Mongolizm yoxud Daun sindromining tarixi Bir vaqtlar Daun sindromi “Mongolizm” deb atalganini bilarmidingiz? Bu shunchaki
🧬 Mongolizm yoxud Daun sindromining tarixi Bir vaqtlar Daun sindromi “Mongolizm” deb atalganini bilarmidingiz? Bu shunchaki eski tibbiy atama emas. Uning ortida XIX asrga xos irqiy qarashlar va ilmiy xatolar turadi. 1866-yilda ingliz shifokori Jon Langdon Daun ayrim insonlarda uchraydigan yuz tuzilishi va rivojlantirish xususiyatlarini mongolizm sindromi deb ataydi. Jon Langdon oʻsha davrdagi irqchilik qarashlari taʼsirida, bu sindromga ega odamlarni moʻgʻul xalqlariga oʻxshatadi. Sindromga chalingan odamlarni esa past irqqa qarab ketyapti deb hisoblaydi. Sindromning mongolizm deb atalishi ikki sababga koʻra xato edi: 1️⃣ Kasallikning kelib chiqishini bir irqqa bogʻlab qoʻyardi; 2️⃣ Uni mongolizm deb atash moʻgʻullarga nisbatan irqiy kamsitishni bildirardi. 1959-yilda fransiz genetigi Lejeune bu sindrom irqqa emas, balki, genetikaga oidligini aniqlaydi. Bu sindrom inson hujayralarida 21-xromosomaning nusxasi mavjud boʻlganda shakllanar ekan. Shu tufayli endi unga Trimosoma-21 deb nom berishadi. 1961-yilda Lejeune va Langdon Daunning nabirasi Norman Daun bu sindromga Daun deb nom berishni taklif qilishadi. Keyinchalik Mongolizm atamasi rasmiy ravishda tibbiyot atamasi roʻyxatidan olib tashlanadi. Mongolizm sindromi tibbiy atama boʻlgani bilan keyinchalik intellektual salohiyati past odamlarni haqoratlash uchun ham ishlatila boshlanadi. Masalan, 2017-yilda nutritionist Libby Weaver o‘zining "What Am I Supposed To Eat?" kitobida “Mongolism” so‘zini ishlatgani uchun tanqidga uchragan. Natijada u uzr soʻrab chiqqan va 20 000 kitob nusxasini qaytarib olgan. Shuning uchun bugungi kunda “Mongolizm”, “Mongoloid”, “mong” kabi atamalar Daun sindromi yoki nogironligi bo‘lgan insonlarga nisbatan ishlatilganda haqoratli va kamsituvchi hisoblanadi. Aziza Sarvarovna