Aziza Sarvarovna
Closed channel
Nafaqat ilm beradigan, balki uni sevdiradigan ustozman💫 Tarixni o'rganish o'tmishda yashash emas, kelajakni ongli qurishni o'rganishdir🖇️ Tarix | Oʻqituvchilik | Intizom Link: @azizasarvarovna Bogʻlanish uchun: @AzizaSarvar_bot
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
792
Subscribers
-1524 hours
-277 days
-2730 days
Posts Archive
Turmush oʻrtoq bilan bir joyda ishlashni plus tomonlari 🤵♂️
Mishkam yoʻqolib qolgandi. Hozir taqdimot qilmoqchi edim. Mishkasiz qiylanalaman deb ulardan soʻragandim, oʻzlarinikini bervoribdilar.
Yana oʻzim tushib olaman desam, qayerdaligimni kameradan topib, bitta talabadan bervoribdi.
Uzr endi, turmush oʻrtoq haqidagi postlar koʻpayib ketdi. Kecha bergan travmasidan keyin yaxshi tomonlarini koʻrishga harakat qilyapman👀
Aziza Sarvarovna
Kecha turmush o‘rtog‘imga:
— Premiumim o‘chmoqchi, kartangizni aytib yuboring, pul tashlab yoqib olay, — dedim.
— Nima qilasan premiumni o‘zi? Bu oy olmay qo‘ya qol, — dedilar.
— Kanalimga chiroyli qilib maqolalar yozishga kerak bo‘ladi, — desam...
— Kimga kerak sening maqolalaring, xotin? — deydi 😱😂
Rostan shunaqami, qizlar? Hech kimga kerakmasmi mening maqolalarim? 🥲
Qani, bir yaxshilab komment yozib beringlar-chi. Shu kommentlarni turmush o‘rtog‘imga ko‘rsatib, premium ovolaylik. 😂❤️
Aziza Sarvarovna
Xayrli tong, madmuazellar ❤️
Premiumim oʻchib qolibdi.
Avvalari opam 1 soatlik yoʻlga chiqsak ham koʻnglim behuzur boʻladi deb, qurt va olma olvolardi. Eee opa uzoq yoʻl mazaku, man kuni boʻyi yursam ham koʻnglim aynimaydi derdim.
Uyimiz bilan ishxonamizni masofasi chiqsa zoʻrgʻa yarim soat chiqadi. Vay bugun qurtim uyda qolib ketibdi, yarim soat hayotim bilan kurashib keldimdo 😭
Endi 10 ta qurt bilan limonli suv ichib oʻtiribman.
Nimaga unaqa ekan. Har bir gapirgan gapimiz boshimizga tushmaguncha qoʻymaydiya.
Sizlardayam shunaqa holat boʻlganmi? Bitta menmasligimni aytib koʻnglimni tinchitib ketinglar, hay💆♀
Aziza Sarvarovna
Siz ham opam va qaynonamga oʻxshab soʻrashingiz mumkin: 🤨 Oʻzi 4 yil tarix oʻqigan boʻlsang yana nimaga oʻqiysan?
Hamma ham bilsa kerak, testlar asosan kitoblardagi faktlarga asoslanib tuziladi. Universitetda esa asosan, sana va odamlarning aniq ismlaridan koʻra voqeaning sabab va oqibatlariga eʼtibor qaratilib oʻqitiladi.
Umuman olganda, bir kirganda tavakkal bilan kirmasdan, yaxshiroq bal olmoqchiman.
Lekin ish oxiriga taqalgandan keyin qilmasam men, men boʻlarmidim. Yoz boʻyi chala-chulpa oʻqidim. Imtihon sanalari chiqqandan keyin esa shoshib qoldim.
Endigi reja esa, imtihon kunigacha har bitta kunimni hisoblab, kunlik rejalar tuzib chiqmoqchiman. Oʻsha reja asosida harakat qilaman va buni sizlar bilan boʻlishib boraman.
Nima deysiz, imtihonga tayyorlanishim haqidagi postlarim ham sizlarga qiziqmi?
❤️ - Qiziq
🥰 - Baribir qiziq
Aziza Sarvarovna
Qizlar bu soʻrovnomani bekorga uyushtirmagandim.
Oʻqishni bitirgandan keyingi maqsadim magistraturaga kirish edi. Magistr boʻlgandan keyin yana ilmiy faoliyatimni davom ettirib, universitetga ishga kirmoqchi edim.
Ammo har doim oʻzimiz oʻylaganimiz boʻlmaganidek turmush oʻrtogʻim ikki yildan beri magistraturaga topshirishga ruxsat bermaydi. Hali vaqtimas deydi.
Orada texnikumga ishga kirib ketdim. Texnikum tibbiyotga ixtisoslashgani uchun bu yerda oʻsa olmasam kerak deb oʻylayapman. Shuning uchun oʻzimni maktabda yoki abituriyentlarni oʻqitishda sinab koʻrmoqchiman.
Tabiiyki hech qayer toifasiz va sertifikatsiz ishga olmaydi. Shu yoʻlda yozni boshida sertifikatga tayyorlanishga qaror qildim.
Bitta mavzuda post yozmoqchiman. Oʻzim shu maqolani maza qilib oʻqidim.
Mavzusi: Oʻrta asrlarda Yevropada hojatxona tizimi
🙊 Shu haqida yozsam uyat qilmaysizlarmi?
Aziza Sarvarovna
🤩ssalomu alaykum, xonimlar!
Ertalabdan beri bir oʻgʻlimga qarab, bir idish yuvib endi oshxonani yigʻishtirib boʻlibman🥲
Eng qizigʻi, ertalabdan kanalga yozdim deb oʻylabman. Hozir kirsam hali salomlashmabman ham 😊
Sizlar nima bilan bandsizlar:
🥰 - Ish, oʻqish
❤️🔥 - Uy ishlari
Aziza Sarvarovna
+2
Esimizda ham yoʻq🙂
Kecha toʻyimizga 3 yil toʻlibdi. Anchadan beri oʻsha kun kelsa, biror joyga chiqamiz deb reja qilib yurgandim.
Mayli, muhimi 3 yildan beri birgamiz🌟
Aziza Sarvarovna
XVI asrda Yevropada cherkovning pul evaziga gunohlarni avf qilinganligi toʻgʻrisida hujjat berishi avj olib ketadi. Bu katta noroziliklarga sabab boʻlib, hatto cherkovning ikkiga boʻlinishiga ham olib keladi.
Ikki kundan beri shu mavzu meni qiziqtirib qoʻygan. Bu oʻzi qachon boshlangan? Hozir ham bormi? Mana shu savollarga javob oʻqiyapman.
Agar shu mavzu sizlarga ham qiziq boʻlsa, yozing deyish uchun "kamon teshib oʻtgab yurakcha" ni bosing🤩
Aziza Sarvarovna
Qoʻrqqan narsam keldi😭
Bir necha kundan beri katta rejalarni oʻylab yurgandim. Bugun esa daftarimga aniq reja tuzvolib, harakatni boshlayman degandim. Boshlayotgan ishim uchun juda katta energiya kerak.
Shuning uchun eng qoʻrqqan narsam oʻzim yoki oʻgʻlimni kasal boʻlib qolishi edi. Chunki har safar katta ish boshlaganimda ikkalamizdan bittamiz kasal boʻlib qolamiz, ishim qolib ketadi.
Bugun yaxshi kayfiyatda ertalabdan dars qilish uchun uygʻondim. Shundoq bolamni bitta quchoqlasam yonib yotibdide.
Ertalabdan beri dars qilish tugul hali turib choy icholmadik. Nimaga doim shunaqa boʻladi. Yangi narsa sodir boʻlishiga miyani qarshiligimi bu?
Sizlarda ham shunaqa boʻlganmi? Yoki meni miyam shunaqa shumliklar oʻylab topadimi?
Aziza Sarvarovna
+1
Talabalar kelib hovliga fayz kirib qoldiya🌟
Shu desangizlar kosmetikam ham, halatim ham qishloqda qolib ketibdi. Keyingi hafta dars boshlanib qolsa, tezda yana qishloqqa borib kelishga toʻgʻri keladi🧚♀️
Aziza Sarvarovna
❓ Oktabrda tarixdan milliy sertifikat imtihoniga kiradiganlar bormi?
🌟 Sizdayam shunaqa boʻladimi?
Azizimni oʻqiyapman. Bosh qahramon yigit juda kelishgan tasvirlangan. Yigit shunchalik oʻziga jalb qila oladiganki, tuppa-tuzuk ayolni ham yoʻldan ura oladigan. Xuddi shunday yigitni hayolimda suratini chiza olmayotgandim.
Bugun kutubxonadan olgan kitobimni ustida rasmi borakan. Menga yoqdi. Endi shuni tasavvur qilib oʻqiyman. Buni kinosi ham bor shekilli, kitobni tugatib koʻrishni niyat qilib qoʻydim.
Siz ham biror qahramonni hayolizda suratini tasavvur qilib oʻqiysizmi? Keyin shu kitobni kinosini koʻrganizda bosh qahramon hayolizdagi bilan toʻgʻri kelmagani uchun hafsalangiz pir boʻlganmi hech?
Aziza Sarvarovna
Telefonda gaplashish rosa energiyamni olib qoʻyadide📱
Ish boʻyicha 50 ta raqamga qoʻngʻiroq qilib chiqdim. Oldimda kitobim turibdi, ishimni tugatsam oʻqiyman deb, oʻzimga motivatsiya berib oʻtirdim❤️
Aziza Sarvarovna
