Magistr Hub
Open in Telegram
Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
361
Subscribers
-224 hours
+77 days
+3630 days
Posts Archive
361
O‘zbekistondagi ayrim oliygohlarda shtatda umuman professor-o‘qituvchilar yo‘qligi haqidagi xabar oddiy statistik ma’lumot emas. Bu — oliy ta’lim sifati bilan bog‘liq jiddiy signal.
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat oliygohlarida 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi dars bermoqda. Davlat oliygohlarida holat nisbatan barqaror: bir nafar professor-o‘qituvchiga o‘rtacha 19,1 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich ta’lim jarayonini tashkil etish, talabalar bilan individual ishlash va ilmiy-pedagogik muhitni saqlash imkonini beradi.
Ammo ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida vaziyat ancha xavotirli. Talabalar soni bor, qabul bor, kontrakt bor, lekin shtatdagi professor-o‘qituvchilar yetarli emas yoki umuman yo‘q. Bunday sharoitda sifatli ta’lim haqida gapirish qiyin. Chunki oliygoh faqat bino, reklama va litsenziyadan iborat emas. Uning yuragi — professor-o‘qituvchi, ilmiy muhit va akademik mas’uliyatdir. Eng muhim savol shuki: agar oliygohda doimiy pedagogik jamoa shakllanmagan bo‘lsa, u yerda talaba kimdan bilim oladi, kim ilmiy rahbarlik qiladi, kim ta’lim sifatiga javob beradi? Oliy ta’limda raqam ortidan quvish yaxshi natija bermaydi. Talaba soni ko‘paygani bilan unga mos professor-o‘qituvchi, auditoriya, metodik ta’minot va ilmiy muhit bo‘lmasa, bu ta’lim emas, shunchaki qabul kampaniyasiga aylanib qoladi.Bugun oliygohlar reytingida faqat talabalar soni emas, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi ham qat’iy mezon bo‘lishi kerak. Chunki sifatli ta’limni reklama emas, kuchli akademik jamoa yaratadi. 🎓 @Magistr_Hub
361
📌 Magistratura ta’lim mutaxassisliklari uchun davlat granti
Magistratura ta’lim mutaxassisliklariga 2026/2027-o‘quv yili uchun 10 ming 191 ta davlat granti kvotasi o‘tgan yili tasdiqlangan Prezident hujjati bilan belgilab qo‘yilgan.
4 yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta; ▪️2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta; ▪️2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta; ▪️2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta. 🎓 @Magistr_Hub
361
👩🎓 Magistraturadagi qizlar soni 8 barobar oshdi
Magistraturada ta'lim olayotgan xotin-qizlar:
2017 — 4 661 nafar
2026 — 38 309 nafar
📈 8,2 barobar o'sish
"Yoshlar daftari" tizimi orqali moliyaviy yordam olganlar:
2021 — 584 ming nafar (380,5 mlrd so'm)
2026 — 1,5 mln nafar (2 trln so'm)
📈 2,6 barobar o'sish
Ta'lim va qo'llab-quvvatlash — har bir yoshga teng imkoniyat.
🎓 @Magistr_Hub
361
Сунъий интеллект даврида билим арзонлашди, тажриба эса қимматлашди
Бир неча йил олдин маълумотга эга бўлишнинг ўзи катта устунлик эди. Бугун эса бир неча сония ичида сунъий интеллект юзлаб саҳифа маълумотни таҳлил қилиб, режа тузиб, код ёзиб, матн тайёрлаб бера олади. Энди савол бошқача қўйилмоқда: маълумотга эгамисиз ёки уни тўғри қўллай оласизми?
Айнан шу нуқтада билим билан тажриба ўртасидаги фарқ янада яққол кўринади. Билим оммалашди. Илгари фақат мутахассислар биладиган маълумотлар бугун барча учун очиқ. Онлайн курслар, илмий платформалар ва сунъий интеллект туфайли назарий билимга етишиш анча осонлашди. Шунинг учун бозорда "ким кўпроқ билади?" деган саволнинг аҳамияти пасаймоқда. Лекин тажриба ҳали ҳам кўчириб бўлмайдиган ресурс бўлиб қолмоқда. Чунки тажриба — бу хато қилиш, қарор қабул қилиш, масъулиятни зиммага олиш ва ноаниқ вазиятларда тўғри йўл топиш қобилиятидир. Сунъий интеллект миллионлаб мисолларни таҳлил қилиши мумкин, аммо ташкилотингизда кеча содир бўлган муаммонинг ички сабабини жамоангиздан яхши билмайди. Шунинг учун бугун ташкилотлар энг аввало диплом эмас, ишончли инсонларни қидирмоқда. Чунки билимни ўргатиш мумкин, аммо ҳалолликни, масъулиятни ва ташкилот қадриятларига садоқатни қисқа муддатда шакллантириш жуда қийин. Кўплаб халқаро тадқиқотлар ҳам шу фикрни қўллаб-қувватлайди. Жамоадаги ўзаро ишонч юқори бўлган ташкилотларда қарорлар тезроқ қабул қилинади, мувофиқлаштириш харажатлари камаяди, инновациялар тезроқ жорий этилади ва ходимлар алмашинуви пасаяди. Демак, ишонч фақат ахлоқий тушунча эмас, балки иқтисодий ресурс ҳамдир. Яна бир муҳим жиҳат бор. Сунъий интеллект вазифаларнинг маълум қисмини автоматлаштириши мумкин, аммо жамоа ичидаги муносабатлар, лидерлик, масъулиятни бўлишиш, инқироз пайтида одамларни бир мақсад атрофида бирлаштириш каби вазифалар ҳануз инсон зиммасида қолмоқда. Бу ерда эса алгоритм эмас, характер ҳал қилувчи омилга айланади. Шу сабабли келажакда энг кучли рақобат билим учун эмас, балки ишончли ва тажрибали кадрлар учун бўлади. Технологияни ҳамма сотиб олиши мумкин. Сунъий интеллектдан ҳамма фойдаланиши мумкин. Аммо бир-бирига ишонадиган, умумий қадриятларга эга ва масъулиятни бўлишадиган жамоани қисқа вақтда шакллантириб бўлмайди. Бугунги раҳбарнинг асосий капитали энди офис ёки ускуна эмас. Унинг энг катта капитали — мураккаб вазиятда ҳам елкадош бўладиган, қадриятлари бир хил ва синовдан ўтган инсонлар жамоасидир.Сунъий интеллект даври бизга муҳим бир ҳақиқатни яна бир бор эслатди: маълумотнинг баҳоси тушиши мумкин, аммо инсоннинг ишонч қозонган тажрибаси ва обрўси ҳеч қачон арзонлашмайди. #кадрлар_масаласи 🎓 @Magistr_Hub
361
🎓 Magistratura — faqat diplom olish bosqichi emas
Magistraturaga kirgan talabaning birinchi xatosi ko‘pincha shu bo‘ladi: “Hozir darslarni yopib turay, dissertatsiyaga keyin kirishaman”. Keyin 2-kursga kelganda bir vaqtning o‘zida mavzu, maqola, rahbar, amaliyot, hisobot, himoya, taqdimot — hammasi yig‘ilib qoladi.
Aslida magistratura ilmiy portfel shakllanadigan davr. Bu portfelga faqat diplom kirmaydi. Unda maqola, konferensiya, mavzu bo‘yicha yig‘ilgan manbalar, metodologik tajriba, Google Scholar profili, ilmiy rahbar bilan ishlash madaniyati ham bo‘ladi. Ilmiy faoliyatda eng muhim narsa — ketma-ketlik. Birinchi semestrda mavzu aniqlanadi, ikkinchi semestrda adabiyotlar va maqola pishadi, keyingi bosqichda esa natija va himoya shakllanadi.Magistratura oxirida “nima yozsam bo‘ladi?” deb emas, “nima natijaga keldim?” deb turish kerak. #Magistr_Hub #Magistratura #IlmiyPortfel 🎓 @Magistr_Hub
361
📝 Maqolani oxirgi oyga qoldirish — ilmiy xato
Magistrlar orasida tanish holat bor: himoyaga yaqin qolganda “maqola kerak ekan, qaysi jurnal tez chiqaradi?” degan savol boshlanadi. Mana shu savolning o‘zi ish kech boshlanganini ko‘rsatadi.
Ilmiy maqola tez yoziladigan matn emas. Avval muammo aniqlanadi. Keyin mavzu bo‘yicha 15-20 ta sifatli manba ko‘rib chiqiladi. So‘ng tadqiqot savoli shakllanadi. Keyin metod tanlanadi. Shundan keyingina maqola matni yoziladi. Agar maqola faqat “talabni yopish” uchun yozilsa, unda ilmiy yangilik ham, real tahlil ham kuchsiz bo‘ladi. Ammo maqola dissertatsiya bilan bog‘lab yozilsa, u keyin himoyada ham yordam beradi.Magistr uchun eng to‘g‘ri yo‘l — hozirdan ishonchli bazalar, sifatli jurnallar va mavzuga mos ilmiy maydonni tanlash. #Magistr_Hub #IlmiyMaqola #IlmiyBaza 🎓 @Magistr_Hub
361
⚡️Yurisprudensiya yoʻnalishi magistraturasiga qabul boshlangan OTMlar roʻyxati
Yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha magistraturada tahsil olishni rejalashtirayotganlar uchun qabul e'lon qilgan oliy ta'lim muassasalari:
✅Toshkent davlat yuridik universiteti ✅Cyber University ✅Jamoat xavfsizligi universiteti ✅Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ✅Oʻzbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi ✅Oʻzbekiston Milliy universiteti ✅Fargʻona davlat universiteti ✅Termiz davlat universiteti📅 Magistratura bosqichiga hujjatlar 30-iyulga qadar qabul qilinadi. Nomzodlar hujjatlarini my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin. 🎓 @Magistr_Hub
361
📌 Mavzu katta bo‘lsa, dissertatsiya ishingiz "pachava" bo'lib ketadi
“Ta’lim sifatini oshirish”, “Yoshlar ma’naviyati”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Innovatsion boshqaruv” — bular muhim yo‘nalishlar. Lekin magistrlik dissertatsiyasi uchun bu hali mavzu emas. Bu juda keng maydon.
Ilmiy mavzu aniq chegaraga ega bo‘lishi kerak. Qaysi hudud? Qaysi davr? Qaysi tashkilot? Qaysi guruh? Qaysi muammo? Masalan, “Namangan viloyatidagi nodavlat OTMlarda bitiruvchilar bandligini oshirish mexanizmlari” umumiy “ta’lim sifati”dan ancha aniqroq. Mavzu toraygani sari tadqiqot kuchayadi. Chunki magistr ma’lumot yig‘a oladi, solishtira oladi, natijani ko‘rsata oladi.Dissertatsiya 80 bet bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy savol ko‘rinmasa, hajm ilmiy qiymat bermaydi. #Magistr_Hub #Dissertatsiya #MavzuTanlash 🎓 @Magistr_Hub
361
👨🏫 Ilmiy rahbar tayyor matn beradigan odam emas
Ba’zi magistrlar ilmiy rahbar bilan ishlashni fayl yuborish va “ustoz, ko‘rib bering” deyish deb tushunadi. Bu yetarli emas.
Ilmiy rahbar bilan uchrashuvga tayyor borish kerak. Masalan: “Mavzuni mana shunday toraytirdim”, “Mana 10 ta asosiy manba topdim”, “So‘rovnoma olishni rejalashtiryapman”, “Metod sifatida taqqoslash yetarlimi?” — mana shunday aniq savollar rahbar bilan ishlashni samarali qiladi.
Rahbar ilmiy yo‘lni ko‘rsatadi, lekin yurib berolmaydi. Magistrning o‘zi manba topadi, dalil yig‘adi, matn yozadi, xulosa qiladi.Ilmiy rahbar bilan tartibli ishlagan magistr oxirida himoyadan qo‘rqmaydi. Chunki u o‘z ishining ichida yashagan bo‘ladi. #Magistr_Hub #IlmiyRahbar #MagistrMaslahati 🎓 @Magistr_Hub
361
🇺🇿 Eng kamida mahalliy muammo bo‘lmasa, tadqiqot havoda qolaveradi
Magistrlik dissertatsiyasida xorij tajribasini keltirish yaxshi. Lekin ish faqat xorijiy model va umumiy nazariyalardan iborat bo‘lsa, O‘zbekiston sharoitidagi qiymati ko‘rinmay qoladi.
Masalan, “Finlyandiya ta’limi tajribasi” haqida yozish mumkin. Lekin savol shunday bo‘lishi kerak: bu tajribadan O‘zbekiston OTMlari, maktablari yoki hududiy ta’lim boshqaruvida qaysi jihatni qo‘llash mumkin? Qaysi sharoitda ishlaydi, qaysi joyda ishlamaydi?Mahalliy kontekst degani faqat “O‘zbekiston misolida” deb yozish emas. Bu real hudud, real muammo, real ma’lumot va real tahlil degani. Ilmiy ish yerga tegib turishi kerak. Ana shunda u himoyada ham, amaliyotda ham kuchli ko‘rinadi. #Magistr_Hub #MahalliyTadqiqot #OzbekistonIlmi 🎓 @Magistr_Hub
361
🎓 Oliy toifali oʻqituvchilar uchun magistraturada masofaviy oʻqish imkoniyati yaratildi
➖ Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilarni maqsadli magistraturaga qabul qilish tizimi joriy etiladi.
📝 Yangi tartibga ko‘ra:
➖ oʻqish jarayonlari ustozlarning ishidan ajralmagan holda, masofaviy taʼlim shaklida amalga oshiriladi; ➖ 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida yoʻlga qoʻyiladi; ➖ maqsadli magistraturaga qabul oliy taʼlim tashkilotlarining magistraturasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi; ➖ pedagoglar magistraturani tugatgandan so‘ng 3 yil davomida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladilar.🎓 @Magistr_Hub
361
⚠️ “Scopusda bor” degani har doim xavfsiz degani emas
Bugun ko‘p magistr va izlanuvchilar jurnal tanlashda bitta narsaga qaraydi: “Scopusdami?” Lekin ilmiy nashr madaniyatida bu yetarli mezon emas.
Ayrim jurnallar bir paytlar sifatli bo‘lgan, keyin noshir o‘zgargan, special issue’lar haddan ko‘paygan yoki maqola chiqarish jarayoni savdo tusiga kirgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun jurnal tanlashda bir nechta savol berish kerak: maqolani necha kunda qabul qilyapti? Tahrir hay’ati realmi? Oxirgi sonlarida maqolalar mavzusi tartiblimi? Jurnal sayti ishonchlimi?“5 kunda qabul, 10 kunda chiqadi” degan va’da ilmiy muhitda signal bo‘lishi kerak. Magistr uchun maqola chiqarish muhim. Lekin undan ham muhimrog‘i — noto‘g‘ri jurnal sabab ilmiy nomga zarar yetkazmaslik. #Magistr_Hub #Scopus #IlmiyNashr 🎓 @Magistr_Hub
361
Polemika — bu biror masala yuzasidan qarama-qarshi fikrlar to‘qnashuvi asosida olib boriladigan bahs-munozara.
Oddiy aytganda, polemika — kimnidir haqorat qilish yoki shunchaki tortishish emas, balki ma’lum bir g‘oya, qarash yoki da’voni dalillar orqali inkor etish, unga javob berish va o‘z pozitsiyasini asoslash jarayonidir. Masalan: “Sun’iy intellekt ta’lim sifatini oshiradi” degan fikrga qarshi kimdir “aksincha, u talabalarni mustaqil fikrlashdan uzoqlashtiradi” desa va har ikki tomon dalillar bilan fikr bildirsa — bu polemikadir. Ilmiy matnda polemika ko‘pincha quyidagicha ko‘rinadi: “Bu masala yuzasidan ilmiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud…” “Muallifning fikricha, mazkur qarash bir tomonlama bo‘lib, masalaning ijtimoiy jihatlarini yetarlicha ochib bermaydi…” “Ushbu yondashuvga nisbatan tanqidiy munosabat bildirish mumkin…”Ya’ni polemika — fikrga qarshi fikr, lekin dalil bilan. 🎓 @Magistr_Hub
361
📖 Adabiyotlar sharhi — manbalar ro‘yxati emas, ilmiy xarita
Ko‘p magistrlik dissertatsiyalarida adabiyotlar sharhi shunday chiqadi: birinchi olim buni aytgan, ikkinchi olim shuni yozgan, uchinchi manbada mana bu fikr bor. Lekin muhim savol ochiq qoladi: bu manbalar orasida qanday farq bor?
Adabiyotlar sharhi aslida mavzu bo‘yicha ilmiy xarita chizishdir. Qaysi masalalar o‘rganilgan? Qaysi yondashuvlar kuchli? Qaysi jihat e’tibordan chetda qolgan? Sizning tadqiqotingiz nimani to‘ldiradi? Masalan, raqamli ta’lim haqida 20 ta manba yig‘ilgan bo‘lsa, ularni shunchaki sanash emas, guruhlash kerak: metodik yondashuvlar, texnologik infratuzilma, talabalar faolligi, baholash tizimi.Shunda adabiyotlar sharhi dissertatsiyaning bezagi emas, ilmiy asosiga aylanadi. #Magistr_Hub #AdabiyotlarSharhi #IlmiyTahlil 🎓 @Magistr_Hub
361
📚 OAK talablari haqida kech bilish qimmatga tushadi
Ko‘pchilik magistr OAK, ilmiy maqola, xalqaro baza, jurnal talablari haqida faqat PhDga hujjat tayyorlayotganda o‘ylay boshlaydi. Bu esa vaqt yo‘qotish degani.
Magistratura davridayoq ilmiy yo‘l rejalashtirilsa, keyingi bosqich ancha yengil bo‘ladi. Masalan, magistrlik mavzusi keyinchalik PhD mavzusiga ulanadimi? Chiqarilgan maqola shu yo‘nalishga xizmat qiladimi? Jurnal sifati keyin ham tan olinadimi? Ilmiy faoliyatda “keyin bilib olaman” degan yondashuv ko‘p narsani ortga suradi. Talablarni oldindan bilgan odam esa maqolasini ham, mavzusini ham, ilmiy profilini ham tartibli shakllantiradi.Magistratura — ilmiy yo‘lga kirish eshigi. Bu eshikdan rejasiz kirish yaramaydi. #Magistr_Hub #OAK #PhDgaTayyorgarlik 🎓 @Magistr_Hub
361
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi
Hukumat qaroriga ko‘ra, maktablarda ishlayotgan oliy toifali o‘qituvchilarni pedagogika sohasining magistratura bosqichida masofaviy o‘qitish tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, oliy toifali o‘qituvchilar: ➖ maqsadli magistraturada o‘qish jarayonlarini ishdan ajralmagan holda, masofaviy ta’lim shaklida amalga oshiradi; ➖ maqsadli magistraturani tugatgandan keyin 3 yil davomida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotida ishlab berish majburiyatini oladi. 2026/2027-o‘quv yilidan oliy toifali o‘qituvchilarni Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida maqsadli magistraturada o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Eslatma: Oliy toifali o‘qituvchilar hukumatning 2026-yil 24-iyunidagi 322-sonli qaroriga muvofiq maqsadli magistraturaga qabul qilingan taqdirda, ularga nisbatan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pulini davlat budjetidan qoplab berish shartlari tatbiq etilmaydi.🎓 @Magistr_Hub
361
🔍 Metodologiya bo‘limi “rasmiy jumla” bo‘lib qolmasin
Dissertatsiyalarda ko‘p uchraydigan jumla bor: “Tadqiqotda analiz, sintez, taqqoslash va kuzatish metodlaridan foydalanildi”. Lekin keyin matnni o‘qisangiz, nima taqqoslangani yoki kim kuzatilgani bilinmaydi.
Metodologiya — tadqiqot qanday olib borilganini ko‘rsatadigan asosiy qism. Masalan, so‘rovnoma qilingan bo‘lsa, nechta respondent qatnashdi? Ular kimlar? Savollar qanday tuzildi? Intervyu olingan bo‘lsa, kimlardan va nima maqsadda olindi? Metod aniq bo‘lmasa, natija ham havoda qoladi. Chunki ilmiy xulosa tasavvurga emas, tartibli yig‘ilgan ma’lumotga tayanishi kerak.Magistr uchun metodologiyani tushunish — dissertatsiyani himoya qilishning eng muhim shartlaridan biri. #Magistr_Hub #Metodologiya #Dissertatsiya 🎓 @Magistr_Hub
361
🤖 AI yordamchi bo‘lishi mumkin, lekin ilmiy mas’uliyat sizda
Bugun magistrlar sun’iy intellektdan reja tuzish, matnni soddalashtirish, tarjima qilish yoki savol ishlab chiqishda foydalanmoqda. Bu yomon emas. Muammo AI’dan qanday foydalanishda.
AI ba’zan juda ishonchli ohangda noto‘g‘ri manba berishi, mavjud bo‘lmagan kitobni ko‘rsatishi yoki umumiy gaplarni chiroyli qilib yozib berishi mumkin. Shuning uchun AI yozgan har bir fikr tekshirilishi kerakIlmiy ishda asosiy savollar oddiy: bu fikr qaysi manbaga tayangan? Ma’lumot qayerdan olingan? Xulosa nimaga asoslangan? Agar shu savollarga javob bo‘lmasa, matn chiroyli bo‘lsa ham ilmiy emas. AI vosita. Mualliflik va javobgarlik esa magistrning o‘zida qoladi. #Magistr_Hub #SuniyIntellekt #IlmiyEtika 🎓 @Magistr_Hub
361
🌐 Google Scholar
Maqola chiqargan magistrning ishi qayerdadir ko‘rinishi kerak. Google Scholar profili shuning uchun foydali.
Bu profil orqali maqolalaringiz, mavzu yo‘nalishingiz, iqtiboslaringiz va ilmiy faolligingiz jamlanadi. Ertaga doktorantura, grant, xalqaro konferensiya yoki hamkorlikda sizni izlagan odam ilmiy izingizni ko‘ra oladi.Albatta, profilning o‘zi ilmiy daraja bermaydi. Lekin u tartib beradi. Qaysi mavzuda ishlayotganingiz, nechta maqolangiz borligi, qaysi yo‘nalishda davom etayotganingiz ko‘rinadi. Eng yomon holat — maqola chiqadi, lekin muallifning ilmiy profili yo‘q, ma’lumotlar tarqoq, topish qiyin. Magistrlik davrida ilmiy izni hozirdan tartibga solish kerak. #Magistr_Hub #GoogleScholar #IlmiyProfil 🎓 @Magistr_Hub
361
📌 Magistraturaga qabul boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi
Magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayoni 1-iyuldan boshlanadi va 30-iyulga qadar davom etadi.Arizalar odatdagidek yagona portal orqali topshiriladi: 👉 my.edu.uz
Shu o‘rinda bir jihatni ham eslatib o‘tish kerak: amaldagi tartibga ko‘ra, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida qabul jarayonlari har yili iyun–sentabr oylarida amalga oshiriladi. Demak, magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun eng mas’uliyatli davr boshlanyapti. Hujjat, yo‘nalish, diplom, til sertifikati va boshqa talablarni oldindan tekshirib qo‘ygan ma’qul.🎓 @Magistr_Hub
