en
Feedback
PhD Support

PhD Support

Open in Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 723
Subscribers
+1024 hours
+1207 days
+34630 days
Posts Archive
#PhD_Supp0rt #oak_rais_nomzod OAK raisligiga G‘olibjon Botirov nomzodi ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda Turli manbalarda Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim va tajribali rahbar G‘olibjon Isroilovich Botirov nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. G‘olibjon Botirov 1982-yilda tug‘ilgan. U O‘zbekiston Milliy universiteti bitiruvchisi bo‘lib, Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar kadrlarni qayta tayyorlash kursini hamda Buyuk Britaniyaning London School of Business Administration maktabida “Strategic Leadership” dasturini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida Buxoro davlat universitetida dotsent, kafedra mudiri, prorektor va rektor vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘lim boshlig‘i, qo‘shma fakultet dekani va prorektor, Matematika institutida direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2023-yildan buyon Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti rektori sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim va ilm-fanga oid muhim Prezident qarorlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar, Oliy Majlis Senati huzuridagi Ekspertlar kengashi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlov komissiyasi hamda Ilmiy-texnik kengash faoliyatida ishtirok etgan.
Davlat va jamiyat oldidagi xizmatlari uchun “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni hamda Oliy Majlis Senati Raisining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Hozircha OAK raisi lavozimiga tayinlov bo‘yicha rasmiy qaror e’lon qilinmagan. @PhD_Supp0rt

#PhD_Supp0rt OAKga yangi rahbar sifatida Munira Aminovaning nomzodi ko‘rib chiqilayotgani aytilmoqda Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) rahbarligi uchun siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Munira Abdugafurovna Aminovaning nomzodi ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Munira Aminova mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Moliya vazirligi, Xalqaro Vestminster universiteti, BMT, Xalqaro ma’muriy fanlar instituti (Brussel), Yevropa Ittifoqi dasturlari hamda Belgiya va Niderlandiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbarlik, ilmiy-pedagogik va ekspertlik faoliyatini olib borgan. 2022-yildan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori, 2024-yildan esa O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Davlat boshqaruvi, oliy ta’lim, institutsional rivojlanish va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi tajribasi uning ilm-fan va oliy ta’lim tizimidagi islohotlarni chuqur bilishini ko‘rsatadi. Hozircha ushbu masala bo‘yicha rasmiy tayinlov e’lon qilinmagan. Rasmiy qaror qabul qilingach, qo‘shimcha ma’lumotlarni ulashamiz. @PhD_Supp0rt

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchimisiz? PhD va DSc bosqichlari uchun asosiy talablarni qisqa ko‘rinishda jamladik
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchimisiz? PhD va DSc bosqichlari uchun asosiy talablarni qisqa ko‘rinishda jamladik.
PhD uchun magistr diplomi, kamida 1 ta ilmiy maqola, tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis va suhbat talab etiladi. DSc uchun esa PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja, ilmiy darajadan so‘ng kamida 3 ta maqola, 2 ta tezis, suhbat hamda doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi zarur.
Hujjatlar my.gov.uz va daraja.ilmiy.uz orqali topshiriladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

⁉️Scopus talabi - sifat kerak, lekin bosqichma-bosqich yondashuv ham zarur So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ilmiy darajalar uchun xalqaro nufuzli jurnallarda maqola chop etish talabi bosqichma-bosqich kuchaytirilmoqda. Jumladan, 2026-yil sentyabridan DSc dissertatsiyalari uchun kamida 2 ta maqolani Q1 yoki Q2 kvartildagi jurnallarda chop etish, 2027-yildan esa PhD dissertatsiyalari uchun ham kamida 1 ta maqolani Q1 yoki Q2 jurnalida nashr qilish talabi joriy etilishi nazarda tutilmoqda. Aslida, bu talabning maqsadi to‘g‘ri, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, O‘zbekiston olimlarining xalqaro maydondagi ko‘rinishini kuchaytirish va dissertatsiya natijalarini xalqaro ekspertiza mezonlariga yaqinlashtirish zarur. Bunga hech kim qarshi bo‘lmasa kerak.
Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bugun Q1 yoki Q2 jurnalda maqola chiqarish oson jarayon emas. Buning uchun kuchli ilmiy maktab, tajribali ilmiy rahbar, ingliz tilida akademik yozish ko‘nikmasi, xalqaro hamkorlik, laboratoriya yoki ma’lumotlar bazasi, sifatli metodologiya va eng muhimi — vaqt kerak. Agar talab keskin qo‘yilsa, bu ayrim yosh tadqiqotchilar uchun jiddiy to‘siqqa aylanishi mumkin. Ayniqsa, endi ilmga kirib kelayotgan doktorantlar, hududiy OTMlarda ishlayotgan izlanuvchilar, kuchli xalqaro ilmiy maktabga ega bo‘lmagan yo‘nalishlar bundan ko‘proq qiynaladi. Natijada ilmiy himoyalar sekinlashishi, ayrim tadqiqotchilar esa yo‘ldan qaytib qolishi ehtimoli bor. Shuning uchun bu talabni joriy etishda bosqichma-bosqich, real sharoitni hisobga olgan yondashuv zarur. Avvalo, yosh olimlarga Q1-Q2 jurnal talabini qo‘yishdan oldin ularga shu darajadagi maqola yozish, jurnal tanlash, metodologiyani kuchaytirish, akademik ingliz tilida ishlash va xalqaro hammualliflikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli yordam berish kerak. Talab bo‘lishi kerak, lekin talab bilan birga qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ham bo‘lishi shart. Aks holda, bu jarayon ilmiy sifatni oshirishdan ko‘ra, himoyalar sonining kamayishiga yoki ayrim tadqiqotchilarning norasmiy yo‘llarni izlashiga sabab bo‘lishi mumkin. Eng to‘g‘ri yo‘l — sifat mezonini kuchaytirish bilan birga, yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy maydonga tayyorlashdir. Q1-Q2 talabi yakuniy maqsad bo‘lishi mumkin, lekin unga olib boradigan ilmiy infratuzilma, maslahat tizimi va amaliy yordam ham parallel shakllanishi kerak.
Ilmiy talablar kuchayishi tabiiy. Ammo bu jarayon yosh olimlarni sindirish uchun emas, ularni xalqaro darajaga olib chiqish uchun xizmat qilishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Q1/Q2 jurnallarida maqola chop etish: endi har bir tadqiqotchi uchun muhim masala So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilm-fan tizi
Q1/Q2 jurnallarida maqola chop etish: endi har bir tadqiqotchi uchun muhim masala So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ilm-fan tizimida xalqaro standartlarga moslashish jarayoni sezilarli darajada kuchaydi. Ayniqsa, PhD va DSc dissertatsiyalariga qo‘yilayotgan yangi talablar ilmiy faoliyatga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirmoqda. Endilikda ilmiy daraja olish uchun nafaqat dissertatsiya yozish, balki tadqiqot natijalarini xalqaro ilmiy jamoatchilikka ham taqdim eta olish muhim mezonga aylanmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan nazorat rejasiga ko‘ra, 2026-yildan DSc, 2027-yildan esa PhD tadqiqotchilari uchun Q1 va Q2 kvartildagi jurnallarda maqola chop etish amaliyoti bosqichma-bosqich joriy qilinishi rejalashtirilgan. Bu esa ilmiy faoliyatda yangi davr boshlanayotganini ko‘rsatadi.
⚠️Batafsil: https://telegra.ph/Q1Q2-jurnallarida-maqola-chop-etish-endi-har-bir-tadqiqotchi-uchun-muhim-masala-05-21 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Reviewer javobiga qanday yondashish kerak? #PhD_Supp0rt Reviewer izohi kelganda ayrim mualliflar xafa bo‘ladi. Lekin xalqaro nashr madaniyatida bu tabiiy jarayon. Reviewer dushman emas. U maqolaning kuchayishiga yordam beradigan tashqi ekspert.
Eng to‘g‘ri yo‘l — har bir izohga alohida javob berish. Qaysi joy tuzatildi, qaysi fikr qabul qilindi, qaysi taklif nima sababdan qabul qilinmadi — barchasi aniq yoziladi. Javob xati hissiy emas, ilmiy va hurmatli bo‘lishi kerak. Ba’zan maqola aynan reviewer bilan ishlash jarayonida kuchayadi. Shuning uchun “revise” rad javobi emas. Bu maqolani qabulga yaqinlashtiradigan bosqich bo‘lishi mumkin.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Journal scope nima uchun muhim? #PhD_Supp0rt Maqola yaxshi bo‘lishi mumkin. Lekin noto‘g‘ri jurnalga yuborilsa, baribir rad etiladi.
Buning asosiy sababi — scope. Scope jurnalning ilmiy yo‘nalishi, qabul qiladigan mavzulari va auditoriyasini bildiradi. Masalan, pedagogika bo‘yicha yozilgan maqola ta’lim siyosati jurnaliga mos kelmasligi mumkin. Tarixiy maqola esa faqat manbashunoslikka ixtisoslashgan jurnalga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shu sabab maqola yuborishdan oldin jurnalning so‘nggi sonlarini ko‘rish kerak. U yerda qanday mavzular, qanday metodlar va qanday uslubdagi maqolalar chiqayotganini tahlil qilish zarur.
Jurnal tanlash — maqola yozishdan keyingi ish emas. U maqola strategiyasining bir qismi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#olimlarimiz_OAVda “Yoshlar bilan” muloqotda takomillashtirilayotgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va imlo qoidalari, alifbo islohotlari sabablari va milliy yozuvning, davlat tilining nufuzi va mavqeini oshirish, uning jahon sahnasiga chiqishimizdagi tengsiz ahamiyati haqida Dasturda taniqli tilshunos olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori,professor YORQINJON RAHMONALIYEVICH ODILOV hamda Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi MIRZOHID TURSUNOV boʻldilar.
Bizni kuzatib boring👇
😎Telegram |🌐Websayt 😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram

Ba’zan ilmiy faoliyatda boshqalarga qarab, “Nega u tezroq natijaga erishyapti, men esa sekin ketyapman?” degan savol paydo bo‘ladi.
Aslida buning sababi har doim ham kuchli bilim yoki katta iste’dod emas. Ko‘pincha natija muntazamlikka bog‘liq bo‘ladi. Kimdir har kuni bitta maqola o‘qiydi, ozroq bo‘lsa ham yozadi, tushunmagan joyini o‘rganadi. Yana kimdir esa ishni faqat muddat yaqinlashganda boshlaydi. Birinchi holatda rivojlanish sekin ko‘rinsa ham, vaqt o‘tib katta farq paydo bo‘ladi. Ilmiy ishni bir kunda mukammal qilib bo‘lmaydi. Bugun yozilgan yarim sahifa, o‘qilgan bitta maqola yoki topilgan bitta foydali manba ham oldinga tashlangan qadam hisoblanadi.
Muhimi, o‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi holatingiz bilan solishtiring. Ilmda tezlikdan ko‘ra, to‘xtab qolmaslik muhimroq. #YoshTadqiqotchi #IlmiyFaoliyat #PhD #AkademikYozuv 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati: #PhD_Supp0rt 1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari); 2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish; 3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish; 4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish; 5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish; 6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish; 7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish; 8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida olingan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini fan doktori (DSc) sifatida to'g'ridan-to'g'ri tan olish; 9. Himoya qilingan dissertatsiya bo'yicha ilmiy kengash qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlash; 10. Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ўзбек илм-фани атрофидаги айрим қинғир ишлар, нопок одамларни шу расм эслатиб қолди. 2019 йил июлида олган эканман. Айрим шахслар ҳақида эсламасликка ҳаракат қилардим. Лекин буниси ҳақида ёзмасам бўлмасди.
Докторлик ишим ҳимоясида оппонентлар белгиланган эди. Ҳар бирига диссертация ва авторефератни алоҳида чиқартириб, бериб келдик. Ҳимоя арафасида улардан бири қўнғироқ қилиб қолди. "Расулов, қаерда юрибсиз!" ўдағайлади у дабдурустдан. "Типографиядаман... Автореферат чиқаряпмиз..." (сурат шу вақтда олинганди). "Қачон мени олдимга келасиз!?" ўдағайлашда давом этди оппонент. "Нимага боришим керак эди?!" тушунмай сўрадим. "Ие! Жаа катта кетвормадизми? Диссертацияни электроннийсини юбормадингиз, бу яна нима қилиқ?" "Сизга қоғозга чиқартириб олиб бориб бердикку..." "Майнавозчиликни йиғиштиринг! Электроннийси ташланг! Тезда олдимга келинг!" "Узр, олдингизга боргани вақтим йўқ!" "Унда мен оппонентликдан "отказ" қиламан!" чинқирди оппонент. "Семинарда шуни нега айтмадингиз, оппонентликка тайинланганда рози эдингиз..." Кейинчалик тушунишимча, айрим оппонентлар ўзларига "ставка" белгилаб олишган экан, бу оппонентимизга эса кўнгилдан чиқариб 700 000-900 000 атрофида беришимиз керак экан. Кўнглим чўкди. Автореферат тайёр бўлишини кутмай типографиядан чиқиб кетдим. Илмий даража берувчи кенгаш котибига айтдим: "Узр, ҳимоя қилмайман..." Кейин илмий раҳбарим қўнғироқ қилди, хуллас, оёғини тираб олган анави оппонент тақриз ёзадиган бўлибди. Ҳимоя куни оппонент атайин келмади. Ҳимоя қилдим. Кейинчалик ўзимга келиб, ўша вақтдаги ОАК раисига вазиятни билдирдим. Иш жиддийлашди. Ўша оппонентга чора кўрилди, шекилли, аниғини билмайман. Оппонент билан йўлимиз кўп кесишмади, ора-сира диссертация ҳимояларида кўришиб қолардик. У кенгаш аъзоси (!), мен эса илмий ишларга оппонент бўлиб қатнашар эдим. Менга сўз берилганида хўрпайиб ўтирарди. Катта бир университетда ишларди. Неча-неча магистрларга илмий раҳбар бўларди, "ставка"си 100 доллар, деб эшитардим. Савиясиз, пичоққа илинмайдиган мавзуларни бериб йигит-қизларни умрини ўтказарди.
Хуллас, бундайлар кўп эди, ҳозир ҳам турли кенгашларда шулар ҳукм чиқаради. Хулоса эса ўзингиздан. ©️Baxtiyor Abdugafur @PhD_Supp0rt

PhD jarayonida eng xavfli odat PhD jarayonidagi eng xavfli odatlardan biri — ishni oxirgi oyga qoldirish.
Dissertatsiya bir urinishda yozilmaydi. U qayta-qayta tahrir qilinadi, tekshiriladi, qisqartiriladi va kuchaytiriladi. Tavsiya etiladigan ish tartibi: Har kuni kamida 1 soat dissertatsiya bilan ishlang. Haftasiga kamida 3–5 bet ilmiy matn yozing. Har oy bitta kichik natija tayyorlang. Har bob bo‘yicha alohida adabiyotlar bazasi shakllantiring. Har bir jadval, model va xulosani alohida faylda saqlang. Ilmiy maqolalarni dissertatsiya boblari bilan bog‘lab yozing.
PhD — tezlik emas, tizimli intizom talab qiladigan jarayon. @PhD_Supp0rt

Avtoreferat yozishda nimalarga e’tibor berish kerak? Avtoreferat dissertatsiyaning qisqa nusxasi emas. U ishning asosiy ilmiy mazmunini ixcham va aniq ko‘rsatadigan hujjatdir. Avtoreferatda quyidagilar aniq bo‘lishi kerak:
Mavzuning dolzarbligi Tadqiqot maqsadi Vazifalar Obyekt va predmet Ilmiy yangilik Amaliy natijalar Himoyaga olib chiqiladigan holatlar Tajriba-sinov natijalari Xulosa va tavsiyalar
Eng katta xato — avtoreferatga umumiy, balandparvoz gaplarni ko‘p yozish. Avtoreferat qisqa, dalilli, ilmiy va himoyaga tayyor matn bo‘lishi kerak. @PhD_Supp0rt

Adabiyotlar bilan ishlashda muhim qoida Dissertatsiyada adabiyotlar ro‘yxatini ko‘paytirishning o‘zi yetarli emas. Har bir manba matnda ishlatilgan bo‘lishi kerak. Adabiyotlar bilan ishlashda uch bosqich muhim: Manbani topish Mazmunini tahlil qilish O‘z tadqiqotingiz bilan bog‘lash Faqat iqtibos keltirish ilmiy tahlil emas. Masalan, to‘g‘ri yondashuv shunday bo‘ladi: “Falonchi olim bu masalani metodik jihatdan tahlil qilgan. Biroq uning tadqiqotida raqamli ta’lim muhitidagi omillar alohida ochib berilmagan. Bizning tadqiqotimiz aynan shu jihatni to‘ldirishga qaratilgan.” Mana shu yerda ilmiy pozitsiya paydo bo‘ladi. @PhD_Supp0rt

Ilmiy rahbar bilan ishlash madaniyati PhD jarayonida ilmiy rahbar bilan to‘g‘ri ishlash juda muhim. Quyidagi tartib ishni ancha yengillashtiradi: Rahbarga umumiy gap emas, tayyor matn olib boring. Har uchrashuvdan oldin savollar ro‘yxatini yozib oling. “Nima qilay?” demang, “mana bunday variant qildim, qaysi biri ma’qul?” deb boring. Berilgan tavsiyalarni alohida faylda qayd qiling. Har safar bir xil xatoni takrorlamang. Matn yuborayotganda fayl nomini tartibli yozing: “1-bob_1.2-paragraf_25.07.2026”. Rahbar vaqtini qadrlang. Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi. Dissertatsiyani esa izlanuvchining o‘zi yozadi. @PhD_Supp0rt

Ilmiy maqola yozishdan oldin o‘zingizga quyidagi savollarni bering: Maqolada aniq ilmiy muammo bormi? Mavzu bo‘yicha kamida 15–20 ta manba ko‘rildimi? Maqolaning maqsadi bitta gapda aniq ifodalanganmi? Metodologiya ko‘rsatilganmi? Natija muallifning shaxsiy tahliliga asoslanganmi? Xulosa kirish qismidagi muammoga javob beradimi? Adabiyotlar maqola matnida real ishlatilganmi? Maqola hajmi katta bo‘lishi shart emas. Muhimi — unda ilmiy muammo, tahlil, natija va xulosa bo‘lishi kerak. @PhD_Supp0rt

Dissertatsiya kirish qismida nimalar bo‘lishi kerak? Dissertatsiyaning kirish qismi ishning ilmiy pasporti hisoblanadi. Unda odatda quyidagi bo‘limlar bo‘ladi: Mavzuning dolzarbligi Muammoning o‘rganilganlik darajasi Tadqiqot maqsadi Tadqiqot vazifalari Tadqiqot obyekti Tadqiqot predmeti Tadqiqot metodlari Ilmiy yangilik Amaliy natijalar Natijalarning ishonchliligi Ilmiy va amaliy ahamiyati Joriy etilishi Aprobatsiyasi Dissertatsiya tuzilishi Kirish qismidagi har bir band keyingi boblar bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Kirishda yozilgan gap dissertatsiya ichida isbotlanmasa, bu zaiflik hisoblanadi. @PhD_Supp0rt

Ilmiy yangilik yozishda eng ko‘p uchraydigan xato Ko‘pchilik izlanuvchilar ilmiy yangilik o‘rniga bajarilgan ishlarni yozib qo‘yadi. Masalan: Noto‘g‘ri: “Dissertatsiyada mavzu bo‘yicha adabiyotlar o‘rganildi.” Bu yangilik emas. Bu oddiy tadqiqot bosqichi. To‘g‘ri: “Talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi bosqichli metodik model ishlab chiqildi.”
Ilmiy yangilik quyidagilardan birini bildirishi kerak: Yangi model Yangi metodika Yangi yondashuv Yangi tasnif Yangi mexanizm Mavjud nazariyaga aniqlik kiritish Samaradorligi isbotlangan amaliy taklif
Yangilik — “nima qildim?” emas, “ilmga nima qo‘shdim?” degan savolga javobdir. @PhD_Supp0rt

OLIY MALAKALI ILMIY VA ILMIY-PEDAGOG KADRLAR IXTISOSLIKLARI ROʻYXATI. 2021-yil 📢 @PhD_Supp0rt

Tadqiqot vazifalari qanday tuziladi? Tadqiqot vazifalari maqsadga olib boradigan ilmiy bosqichlardir. Odatda 4–6 ta vazifa yetarli bo‘ladi. Har bir vazifa alohida ilmiy harakatni bildirishi kerak. Masalan: Mavzu bo‘yicha ilmiy-nazariy manbalarni tahlil qilish. Asosiy tushunchalarning mazmunini aniqlashtirish. Amaldagi holatni diagnostika qilish. Taklif etilayotgan model yoki metodikani ishlab chiqish. Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish. Natijalarni statistik tahlil qilish va tavsiyalar ishlab chiqish. Muhim qoida: vazifalar ilmiy yangiliklar bilan mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak. @PhD_Supp0rt