en
Feedback
PhD Support

PhD Support

Open in Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
1 721
Subscribers
+1024 hours
+1207 days
+34630 days
Posts Archive
Yaxshi sarlavha maqolaning yarmini aytib turadi “Ba’zi masalalar”, “muammolar va istiqbollar” kabi umumiy sarlavhalardan qoching. O‘quvchi sarlavhani ko‘rib, nima o‘rganilganini taxmin qila olishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Rahbarni unvoniga qarab tanlamang
Mashhur professor har doim ham siz uchun eng yaxshi ilmiy rahbar bo‘lmasligi mumkin. Mavzuingizni tushunadigan, vaqt ajratadigan, xatoni ochiq aytadigan va mustaqil fikrlashga undaydigan rahbar ko‘proq foyda beradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 18.00.00 - Arxitektura fanlari bo‘yicha 28 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 18.00.00 - Arxitektura fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Annotatsiyada natijani yashirmang
“Natijalar tahlil qilindi va xulosalar berildi” degan jumla hech narsa demaydi. Annotatsiya qisqa bo‘lsa ham, nima o‘rganilgani, qanday metod ishlatilgani va eng muhim natija nimadan iboratligini aytishi kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

H-index ilmiy buyuklikni o‘lchay oladimi? Peter Higgs — zamonaviy fizika tarixida nom qoldirgan olim. Uning nazariyasi asosida Higgs bozoni mavjudligi bashorat qilingan, oradan qariyb yarim asr o‘tib esa bu zarracha tajribada tasdiqlangan. 2013-yilda Peter Higgs fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Qiziq tomoni shundaki, Peter Higgsning bibliometrik ko‘rsatkichlari bugungi ayrim “reyting mezonlari” bo‘yicha unchalik baland ko‘rinmaydi. H-indexi — 10.
Scopus Author ID: 57293091200
Scopus profili: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57293091200
Tasavvur qiling: Nobel mukofoti laureati, nomi fundamental zarrachaga berilgan olim — h-index 10. Bugun esa h-indexi 30, 40, hatto 50 dan yuqori bo‘lgan olimlarni uchratamiz. Ammo bu raqamning o‘zi ularning ilm-fanga Peter Higgsdan ko‘proq hissa qo‘shganini anglatmaydi. Chunki h-index iqtiboslarni hisoblaydi, ilmiy g‘oyaning buyukligini emas. Shuning uchun h-indexdan foydalanish mumkin, ammo uni olimning ilmiy salohiyatini belgilaydigan asosiy yoki mutlaq mezonga aylantirish to‘g‘ri emas. Ba’zan yuzlab maqolalar emas, bitta fundamental natija butun bir fan yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shu sababli olimni baholashda asosiy “H-indexingiz nechchi?” emas, “Ilm-fanga qanday yangi natija berdingiz?” bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi Rahbar dissertatsiyani sizning o‘rningizga yozmaydi. Undan aniq savol so‘rash, tavsiyalarni qayd etish va mustaqil ishlash tadqiqotchining vazifasi. Yaxshi rahbar yo‘lni ko‘rsatadi, yurish esa sizga qoladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 17.00.00 - San’atshunoslik fanlari bo‘yicha 58 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 17.00.00 - San’atshunoslik fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Antiplagiat foizi — ilmiy halollikning yagona mezoni emas
Manbani noto‘g‘ri talqin qilish, asl maqolani ko‘rmasdan iqtibos olish yoki muallif aytmagan fikrni unga nisbat berish ham jiddiy xato. “Foizdan o‘tdi” degani hali “ilmiy jihatdan to‘g‘ri” degani emas.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Dissertatsiyani yozishdan oldin o‘ylang Avval muammoni aniqlang: nimani o‘rganasiz, nima uchun kerak, oldin nimalar qilingan va siz nimani yangilamoqchisiz? Shu savollar aniq bo‘lmasa, yuz sahifa yozish ham tadqiqotni qutqarmaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 16.00.00 - Veterinariya fanlari bo‘yicha 23 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 16.00.00 - Veterinariya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

⁉️O‘z matningizni ham cheksiz ko‘chira olmaysiz
Oldingi maqolangizdagi katta hajmdagi matnni yangi ishda yangilik sifatida berish self-plagiarism muammosini tug‘dirishi mumkin. O‘z ishingizdan foydalansangiz ham, avvalgi manbaga to‘g‘ri havola berish kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 15.00.00 - Farmatsevtika fanlari bo‘yicha 29 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 15.00.00 - Farmatsevtika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

PhD’da muntazamlik muhim Bir oy hech narsa qilmay, keyin uch kecha uxlamasdan dissertatsiya yozish samarali usul emas. Har kuni ozroq o‘qish, tahlil qilish yoki yozish katta natijani yig‘ib boradi. Ilmiy ish marafon, sprint emas. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Olimning eng katta kapitali — ishonch
Ilmiy obro‘ faqat maqolalar soni bilan qurilmaydi. Manbani to‘g‘ri ko‘rsatish, natijani o‘zgartirmaslik, mualliflikka halol munosabat va xatoni tan olish ham olimning professional qiyofasini belgilaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўқишга киришда имтиёзлар масаласини бир ўйлаб кўриш керак деб ўйлайман. Тушунаман, хотин-қизларга имтиёз бериш, ҳарбийлар ва ички ишлар ходимларининг фарзандларига имтиёз бериш, ҳарбий қисмда тавсиянома олиб келганларга хуллас яна кимларгадир имтиёз бериш керакдир…
Лекин аҳволга қаранг, 57 балл билан бири давлат бюджетига кирмоқда, 168,7 билан ҳеч қайси бирига кира олмаяпти… Қандайдир ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўзи таълимда кимгадир имтиёз бериш нимага керак? Ҳеч тушунмайман, бу олий таълим бўлса, мажбурий бўлмаса… Ўзи маъно нима ростан ҳам?
Бектош Хатамов, ҳуқуқшунос 📢 @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 14.00.00 - Tibbiyot fanlari bo‘yicha 285 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 14.00.00 - Tibbiyot fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ҳар ишда эзгу бўлишга интилган киши эзгуликдан йироқ одамлар орасида муқаррар ҳалокатга учрайди. — Тот, кто стремится быть добрым во всём, неизбежно погибнет среди множества людей, чуждых добру. Никколо Макиавелли

Paradigma nima? Tomas Kun fan ma’lum davrlarda muayyan qarashlar doirasida rivojlanishini ko‘rsatgan. Ammo eski yondashuv javob bera olmay qolgan savollar yangi ilmiy qarashlarni tug‘diradi. Dissertatsiya uchun ilmiy bo‘shliq ko‘pincha aynan shu joydan topiladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 13.00.00 - Pedagogika fanlari bo‘yicha 134 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 13.00.00 - Pedagogika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 12.00.00 - Yuridik fanlar bo‘yicha 122 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 12.00.00 - Yuridik fanlar buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt