fa
Feedback
PhD Support

PhD Support

رفتن به کانال در Telegram

Ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar va magistrlar uchun maqola, dissertatsiya, tarjima, tahrir, plagiat, manba izlash va ilmiy maslahatlar bo‘yicha professional ko‘mak. 📩 Murojaat uchun: @uzbek_scientist

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
1 829
مشترکین
+4624 ساعت
+1327 روز
+38430 روز
آرشیو پست ها
Obyekt va predmetni adashtirmang Obyekt — siz o‘rganayotgan kengroq jarayon. Predmet esa uning ichidagi aynan siz tahlil qilayotgan jihat. Ikkalasi bir xil yozilgan bo‘lsa, tadqiqot chegaralari hali yaxshi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Yosh olimlar, “ilmiy ekspertlar”dan ehtiyot bo‘ling! “Scopusda maqola chiqaramiz”, “AI yordamida tadqiqot yozamiz”, “PhD sari bir qadam” kabi kurslar ko‘payib ketdi. Ularning orasida haqiqiy mutaxassislar bor, albatta. Ammo ilmiy faoliyatni tijoratga aylantirib, yosh tadqiqotchilarning ishonchidan foydalanayotganlar ham kam emas.
Unutmang: Scopus jurnal emas, ilmiy nashrlar bazasi. Maqolani esa jurnal tahririyati va taqrizchilar baholaydi. Shuning uchun “100 foiz chiqaramiz”, “bir oyda Q1 maqola tayyor”, “hammualliflik sotiladi” degan va’dalar jiddiy shubha uyg‘otishi kerak.
Sun’iy intellekt ham olimning o‘rnini bosmaydi. U matn tayyorlashga yordam beradi, lekin soxta manba keltirishi, mavjud bo‘lmagan faktlarni yozishi va sizni akademik halollik bilan bog‘liq muammolarga olib kirishi mumkin.
Kursga yozilishdan oldin trenerning ilmiy maqolalari, ORCID yoki Scopus profilini tekshiring. Kurs dasturini, to‘lov shartlarini va aynan nimani o‘rganishingizni so‘rang. Tayyor maqola, sotiladigan mualliflik va sun’iy iqtiboslarga aldanmang.
Haqiqiy ekspert sizga maqola sotmaydi — mustaqil tadqiqot olib borishni o‘rgatadi. Ilmda eng katta boylik tezkor natija emas, halol mehnat va obro‘dir. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 19.00.00 - Psixologiya fanlari bo‘yicha 66 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 19.00.00 - Psixologiya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Yaxshi sarlavha maqolaning yarmini aytib turadi “Ba’zi masalalar”, “muammolar va istiqbollar” kabi umumiy sarlavhalardan qoching. O‘quvchi sarlavhani ko‘rib, nima o‘rganilganini taxmin qila olishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Rahbarni unvoniga qarab tanlamang
Mashhur professor har doim ham siz uchun eng yaxshi ilmiy rahbar bo‘lmasligi mumkin. Mavzuingizni tushunadigan, vaqt ajratadigan, xatoni ochiq aytadigan va mustaqil fikrlashga undaydigan rahbar ko‘proq foyda beradi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 18.00.00 - Arxitektura fanlari bo‘yicha 28 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 18.00.00 - Arxitektura fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Annotatsiyada natijani yashirmang
“Natijalar tahlil qilindi va xulosalar berildi” degan jumla hech narsa demaydi. Annotatsiya qisqa bo‘lsa ham, nima o‘rganilgani, qanday metod ishlatilgani va eng muhim natija nimadan iboratligini aytishi kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

H-index ilmiy buyuklikni o‘lchay oladimi? Peter Higgs — zamonaviy fizika tarixida nom qoldirgan olim. Uning nazariyasi asosida Higgs bozoni mavjudligi bashorat qilingan, oradan qariyb yarim asr o‘tib esa bu zarracha tajribada tasdiqlangan. 2013-yilda Peter Higgs fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Qiziq tomoni shundaki, Peter Higgsning bibliometrik ko‘rsatkichlari bugungi ayrim “reyting mezonlari” bo‘yicha unchalik baland ko‘rinmaydi. H-indexi — 10.
Scopus Author ID: 57293091200
Scopus profili: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57293091200
Tasavvur qiling: Nobel mukofoti laureati, nomi fundamental zarrachaga berilgan olim — h-index 10. Bugun esa h-indexi 30, 40, hatto 50 dan yuqori bo‘lgan olimlarni uchratamiz. Ammo bu raqamning o‘zi ularning ilm-fanga Peter Higgsdan ko‘proq hissa qo‘shganini anglatmaydi. Chunki h-index iqtiboslarni hisoblaydi, ilmiy g‘oyaning buyukligini emas. Shuning uchun h-indexdan foydalanish mumkin, ammo uni olimning ilmiy salohiyatini belgilaydigan asosiy yoki mutlaq mezonga aylantirish to‘g‘ri emas. Ba’zan yuzlab maqolalar emas, bitta fundamental natija butun bir fan yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shu sababli olimni baholashda asosiy “H-indexingiz nechchi?” emas, “Ilm-fanga qanday yangi natija berdingiz?” bo‘lishi kerak. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ilmiy rahbar yo‘l ko‘rsatadi Rahbar dissertatsiyani sizning o‘rningizga yozmaydi. Undan aniq savol so‘rash, tavsiyalarni qayd etish va mustaqil ishlash tadqiqotchining vazifasi. Yaxshi rahbar yo‘lni ko‘rsatadi, yurish esa sizga qoladi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 17.00.00 - San’atshunoslik fanlari bo‘yicha 58 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 17.00.00 - San’atshunoslik fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Antiplagiat foizi — ilmiy halollikning yagona mezoni emas
Manbani noto‘g‘ri talqin qilish, asl maqolani ko‘rmasdan iqtibos olish yoki muallif aytmagan fikrni unga nisbat berish ham jiddiy xato. “Foizdan o‘tdi” degani hali “ilmiy jihatdan to‘g‘ri” degani emas.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Dissertatsiyani yozishdan oldin o‘ylang Avval muammoni aniqlang: nimani o‘rganasiz, nima uchun kerak, oldin nimalar qilingan va siz nimani yangilamoqchisiz? Shu savollar aniq bo‘lmasa, yuz sahifa yozish ham tadqiqotni qutqarmaydi. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 16.00.00 - Veterinariya fanlari bo‘yicha 23 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 16.00.00 - Veterinariya fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

⁉️O‘z matningizni ham cheksiz ko‘chira olmaysiz
Oldingi maqolangizdagi katta hajmdagi matnni yangi ishda yangilik sifatida berish self-plagiarism muammosini tug‘dirishi mumkin. O‘z ishingizdan foydalansangiz ham, avvalgi manbaga to‘g‘ri havola berish kerak.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 15.00.00 - Farmatsevtika fanlari bo‘yicha 29 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 15.00.00 - Farmatsevtika fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

PhD’da muntazamlik muhim Bir oy hech narsa qilmay, keyin uch kecha uxlamasdan dissertatsiya yozish samarali usul emas. Har kuni ozroq o‘qish, tahlil qilish yoki yozish katta natijani yig‘ib boradi. Ilmiy ish marafon, sprint emas. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Olimning eng katta kapitali — ishonch
Ilmiy obro‘ faqat maqolalar soni bilan qurilmaydi. Manbani to‘g‘ri ko‘rsatish, natijani o‘zgartirmaslik, mualliflikka halol munosabat va xatoni tan olish ham olimning professional qiyofasini belgilaydi.
📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўқишга киришда имтиёзлар масаласини бир ўйлаб кўриш керак деб ўйлайман. Тушунаман, хотин-қизларга имтиёз бериш, ҳарбийлар ва ички ишлар ходимларининг фарзандларига имтиёз бериш, ҳарбий қисмда тавсиянома олиб келганларга хуллас яна кимларгадир имтиёз бериш керакдир…
Лекин аҳволга қаранг, 57 балл билан бири давлат бюджетига кирмоқда, 168,7 билан ҳеч қайси бирига кира олмаяпти… Қандайдир ижтимоий адолат тизими бузилиб қолмаяптими?
Ўзи таълимда кимгадир имтиёз бериш нимага керак? Ҳеч тушунмайман, бу олий таълим бўлса, мажбурий бўлмаса… Ўзи маъно нима ростан ҳам?
Бектош Хатамов, ҳуқуқшунос 📢 @PhD_Supp0rt

#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt 14.00.00 - Tibbiyot fanlari bo‘yicha 285 ta ilmiy jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 14.00.00 - Tibbiyot fanlari buyicha jurnallar. 📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt

Ҳар ишда эзгу бўлишга интилган киши эзгуликдан йироқ одамлар орасида муқаррар ҳалокатга учрайди. — Тот, кто стремится быть добрым во всём, неизбежно погибнет среди множества людей, чуждых добру. Никколо Макиавелли