TDYU huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi
Open in Telegram
⚖️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyining rasmiy kanali 🗺Manzil: Qarshi shahri, I.Karimov ko'chasi, 52-uy ☎️Call center: +998906176655 +998993791922 +998907204565 👨💻Admin: @TDYU_huzuridagi_QAL_Admin
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
1 226
Subscribers
-624 hours
-207 days
-8130 days
Posts Archive
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yurtimizda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingan. Shu asosda barcha sohalardagi islohotlar natijasi, avvalo, mahallada va odamlarning kayfiyatida namoyon bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Xalqimiz qadimdan kunni obodonchilikdan boshlagani, ozodalik va saranjomlik bor joyda fayz-u baraka bo‘lishi qayd etildi.
Joriy yil Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanadi. Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilindi.
Har bir viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari va viloyat tashkilotlari rahbarlari bittadan tumanni, tumanlardagi mas’ullar esa bittadan mahallani olib, bir oy davomida ozodalik va obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etadi.
Mahallada obodonchilik ishlarini tashkil etish bo‘yicha Bosh vazir boshchiligida respublika shtabi tuziladi. Hududiy shtablarga hokimlar rahbarlik qiladi. Bu ishlar bir oylik aksiya emas, balki yil bo‘yi ishlaydigan umummilliy harakatga aylantirilishi zarurligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
#Abituriyentga_tavsiyalar | 12-son
❗️ Abituriyentlar tez-tez yo‘l qo‘yadigan xatolar
🔠 Savolni oxirigacha o‘qimaslik
Ko‘plab abituriyentlar savolni shoshilib o‘qib, javobni darhol belgilashga harakat qiladi. Natijada esa savolning muhim qismi e'tibordan chetda qoladi va oddiy savolda ham xato qiladi.
📊 Buni kanalimizdagi natijalar ham tasdiqlamoqda.
Biz ulashayotgan IQ va huquqiy savollarda ishtirokchilarning 🤩 – ✊ % qismi aynan shoshilish yoki savolni to‘liq o‘qimaslik sababli noto‘g‘ri javobni tanlamoqda.
💯 Tavsiya:
🔜 Savolni boshidan oxirigacha diqqat bilan o‘qing;
🟠Kalit so‘zlarga alohida e'tibor bering;
🗡Javobni belgilashdan oldin savol mazmunini to‘liq tushunganingizga ishonch hosil qiling.
✍️Unutmang: Ba'zan muvaffaqiyat bilimga emas, diqqatga bog‘liq bo‘ladi.
📱 Kanalga ulaning: @TDYU_yuridik_litseylar
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
⚖️ #Huquqiy_test
❓ Quyidagilardan qaysi biri shaxsning konstitutsiyaviy burchi hisoblanadi?
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 #IQ_test | 5
❓ Qaysi savolga hech qachon “ha” deb to‘g‘ri javob berib bo‘lmaydi?
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 #IQ_test
❓ Bir oilada 5 nafar opa-singil bor.
🔹 Birinchisi kitob o‘qiyapti. 🔹 Ikkinchisi ovqat tayyorlayapti. 🔹 Uchinchisi shaxmat o‘ynayapti. 🔹 To‘rtinchisi rasm chizyapti.
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
#Abituriyentga_tavsiyalar | 11-son
📝 TEST KUNIDA NIMALARNI TEKSHIRISHNI UNUTMANG!
✅ Kirish test sinovlari boshlanishidan oldin quyidagilarni albatta tekshirib chiqing:
🟢 Javoblar varaqasi sizga tegishli ekanligini;
📄 Test topshiriqlari kitobi tanlagan ta'lim tili va fanlar majmuasiga mosligini;
📕 Test materiallarida nuqson yoki xatolik yo‘qligini.
📣 Agar test materiallarida xato yoki kamchilikni sezsangiz, darhol guruh nazoratchisiga xabar bering.
✍️ Shuningdek:
✏️ Javoblar varaqasini faqat havorang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldiring;
⛔️ Javoblar varaqasini bukmang va ortiqcha yozuvlar qoldirmang;
✍️ Javoblarni ehtiyotkorlik bilan belgilang, chunki javoblar varaqasi natijangizni aniqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
✔️ Testni xotirjam va diqqat bilan boshlang. Bir necha daqiqalik tekshiruv sizni keraksiz muammolardan asrashi mumkin.
⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
📱 @TDYU_yuridik_litseylar
Repost from ADLIYA YANGILIKLARI
Oliy sud tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, deb topilgan hamda O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati tasdiqlandi.
(2026-yil 13-iyul holatiga ko‘ra).
🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
⚖️ #Huquqiy_test
📖 Konstitutsiyadan iqtibos. Tushirib qoldirilgan so‘zni toping.
"Hech kim ayni bir ... uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas."
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 IQ TEST
Barcha yuristlar kitob o‘qiydi.
Ba’zi kitob o‘qiydiganlar sport bilan shug‘ullanadi. Quyidagi xulosalardan qaysi biri aniq to‘g‘ri?
📢E'LON
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyiga 2026–2027-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli rasman yakunlandi✅Kirish imtihonlarining sanasi, vaqti hamda imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnoma ("Ariza qayd varaqasi") bilan quyidagi manbalar orqali xabardor bo'lishingiz mumkin. 🔹my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizdan; 🔹Akademik litseyimizning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali. ⚖️@qashqadaryo_yuridik_litsey kanaliga ulaning! • facebook|• instagram|• youtube
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
#Yangilik
🏛 TDYU huzuridagi akademik litseylar faoliyatini 2026/2027 o‘quv yili davomida yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi!
TDYU rektori tomonidan 2026-yilning 6-iyul kuni tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq:
👨🎓 O‘quvchilar uchun:
✅Xalqaro va respublika olimpiadalariga maqsadli tayyorlash;
✅ "Huquqiy zakovat" intellektual o‘yini;
✅ "Direktor kubogi" sport musobaqalari;
✅ "Eng faol kitobxon" tanlovi;
✅ "Ijtimoiy faollik indeksi" va Top-20 faol o‘quvchilarni rag‘batlantirish;
✅ Elektron kutubxona va zamonaviy ta'lim resurslari.
👩🏫 Pedagoglar uchun:
✅ "Oy o‘qituvchisi" va "Yil o‘qituvchisi" tanlovlari;
✅ Ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
✅ Xorijiy stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari;
✅ TDYU professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda mahorat darslari;
✅ Faoliyatni KPI asosida baholash va rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmoqda.
⬇️ Bizni kuzatishda davom eting!
📱 @TDYU_yuridik_litseylar
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 MANTIQIY IQ TEST
🏃♂️ Siz yugurish musobaqasida ikkinchi o‘rinda ketayotgan ishtirokchini quvib o‘tdingiz.
❓ Endi siz nechanchi o‘rindasiz?
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 MANTIQIY IQ TEST
Bir xonada 4 ta burchak bor.
Har bir burchakda bittadan mushuk o‘tiribdi. Har bir mushukning qarshisida 3 tadan mushuk bor. ❓ Xonada jami nechta mushuk bor?
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
⚖️ HUQUQIY TEST
👤 O‘zbekiston fuqarosi 18 yoshga to‘ldi.
❓ U shu kundan boshlab barcha saylovlarda saylanish huquqiga ega bo‘ladimi?
Repost from Edu.uz
+1
#Qabul2026 #AkademikLitsey
❗️Akademik litseylarga hujjat topshirish yakunlandi: 49 mingdan ortiq ariza qabul qilindi2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi. 📊 10-iyun – 10-iyul kunlari davom etgan onlayn qabul jarayonida respublika bo‘yicha 49 129 nafar abituriyentning arizasi ro‘yxatga olindi. 📝 Hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali qabul qilingan barcha talabgorlarning shaxsiy kabinetida “Ariza qayd varaqasi” avtomatik shakllantirildi. ⚠️ Eslatma: “Ariza qayd varaqasi” faqat ariza muvaffaqiyatli ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma vazifasini bajarmaydi. ☝️ Abituriyentlardan my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ma’lumotlarini yana bir bor tekshirish hamda “Ariza qayd varaqasi”ni yuklab olish tavsiya etiladi.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
🧠 MANTIQIY IQ TEST
👨👦 Ota o‘g‘lidan 24 yosh katta.
⏳ 6 yildan keyin ota o‘g‘lidan necha yosh katta bo‘ladi?
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
#Qabul_2026
#Statistika
🏛 TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni (2026-yil 10-iyul soat 23:59 holatiga ko‘ra)
📝TDYU huzuridagi akademik litseylarga o‘qishga kirish uchun jami 7 964 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
🌍 Ta'lim tili bo‘yicha:
🇺🇿 O‘zbek tili — 6 502 nafar
🇷🇺 Rus tili — 1 444 nafar
⏳ Qabul jarayonlari rasman yakunlandi.
🗓 Imtihon kunlari aniq bo‘lgach rasman xabar beriladi.
⬇️Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Kanalga ulaning: @TDYU_yuridik_litseylar
📢 DIQQAT! BUGUN — QABULNING SO'NGGI KUNI!
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyiga 2026–2027-o'quv yili uchun hujjatlar qabuli BUGUN YAKUNLANADI!🏛Akademik litseyda tahsil olish istagida bo'lgan 9-sinf bitiruvchilari📆bugun 10-iyul⏰soat 23:59 qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshirishlari mumkin. 📥Hujjat topshirish va qo'shimcha ma'lumotlar uchun @TDYU_huzuridagi_QAL_Admin murojaat qiling. 📞Murojaat uchun telefonlar : +998906176655 +998993791922 +998907204565 +998914534876 ⚖️@qashqadaryo_yuridik_litsey kanaliga ulaning! • facebook|• instagram|• youtube
Repost from TDYU litseylari • TSUL lyceums • Лицеи ТГЮУ
#Qabul_2026
#Statistika
🏛 TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni (2026-yil 9-iyul soat 16:30 holatiga ko‘ra)
📝TDYU huzuridagi akademik litseylarga o‘qishga kirish uchun jami 7 843 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
🌍 Ta'lim tili bo‘yicha:
🇺🇿 O‘zbek tili — 6 410 nafar
🇷🇺 Rus tili — 1 433 nafar
⏳ Qabul jarayonlari tugashiga atigi 7️⃣ soatdan ortiqroq vaqt qoldi.
⏰ Vaqtni boy bermang, ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling!
⬇️Bizni kuzatishda davom eting!
📱 Kanalga ulaning: @TDYU_yuridik_litseylar
Repost from Prof. Dr. Islambek Rustambekov
🎓 TDYU — 3 YILLIK TA'LIM DASTURI
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 350-sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetida (TDYU) yangi imkoniyat — maxsus uch yillik ta'lim dasturi joriy etildi.
Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027 o'quv yilidan yangi imkoniyat! Bakalavriatga 2-kursdan kirib, huquqshunoslikni 3 yilda tamomlash mumkin (to'lov-shartnoma asosida).
📚 O'qishning yarmi — nazariya, yarmi — amaliyot (sud, advokatura, huquqni muhofaza organlari, yuridik klinika).
👥 KIMLAR KIRA OLADI?
1️⃣ Litsey va texnikum bitiruvchilari — KIRISH TESTISIZ!
Qabul yakka suhbat orqali. Talablar:
🔹 O'zlashtirish — kamida 71% (5 ballik tizimda 4+)
🔹 Chet tili — kamida B2 sertifikat
🔹 Shaxsiy yutuqlar, faollik, intizom
🗓 Muddatlar:
▪️ Litsey: ariza 25.06–5.07 | suhbat 10.07–10.08
▪️ Texnikum: ariza 5.07–25.07 | suhbat 10.08–25.08
Suhbat onlayn translatsiya qilinadi ✅
2️⃣ Oliy ma'lumotga ega shaxslar
Qabul test sinovlari orqali (Bilim va malakalarni baholash agentligi).
🔹 Ro'yxatdan o'tish: 10.07–10.08
🔹 Test — mutaxassislik fanlari va chet tilidan
⚠️ Natijadan norozi bo'lsangiz — apellyatsiya berish huquqingiz bor. Bo'sh o'rinlar va aniq jadval TDYU rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.
