Prof. Dr. Islambek Rustambekov
Open in Telegram
Prof.Dr Islambek Rustambekovning rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Yuridik fanlari doktori, professor sifatida men sizni huquq, huquqiy texnologiyalar, ta’lim va liderlik sohalari bo‘ylab sayohatga taklif qilishdan mamnunman.
Show more2 062
Subscribers
-224 hours
-17 days
+130 days
Data loading in progress...
Similar Channels
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+18
in 1 channels
August '26
+49
in 2 channels
Get PRO
July '26
+57
in 10 channels
Get PRO
June '26
+34
in 4 channels
Get PRO
May '26
+12
in 0 channels
Get PRO
April '26
+40
in 1 channels
Get PRO
March '26
+26
in 0 channels
Get PRO
February '26
+38
in 0 channels
Get PRO
January '26
+29
in 3 channels
Get PRO
December '25
+58
in 7 channels
Get PRO
November '25
+308
in 17 channels
Get PRO
October '25
+88
in 9 channels
Get PRO
September '25
+115
in 1 channels
Get PRO
August '25
+35
in 2 channels
Get PRO
July '25
+36
in 2 channels
Get PRO
June '25
+66
in 7 channels
Get PRO
May '25
+74
in 8 channels
Get PRO
April '25
+137
in 5 channels
Get PRO
March '25
+2 259
in 9 channels
Get PRO
February '250
in 18 channels
Get PRO
January '25
+18
in 33 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | 0 | |||
| 08 September | +1 | |||
| 07 September | +5 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +3 | |||
| 03 September | +5 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | +2 |
Channel Posts
+3
IBA Masterclass o'tkazildi!
Kuni kecha biz xalqaro arbitraj hamjamiyati uchun muhim tadbir "IBA Masterclass on the IBA Guidelines on Conflicts of Interest in International Arbitration"ni muvaffaqiyatli o'tkazdik.
Arbitraj ishonchga tayanadi: tomonlar hakamlar mustaqil va xolis ekaniga ishonishi kerak. Aynan shu ishonchni himoya qilish uchun IBA Guidelines yaratilgan — 2004 yildan buyon butun dunyoda hakamlar, advokatlar, arbitraj institutlari va sudlar tayanadigan "oltin standart".
Masterklass davomida biz:
— General Standards va mashhur "svetofor" tizimi (Red, Orange, Green ro'yxatlar) bilan chuqur tanishdik;
— 2024 yilgi yangi tahrirdagi o'zgarishlarni — investigation burchi, third-party funding, ijtimoiy tarmoqlar — muhokama qildik;
— real amaliyotga asoslangan case study orqali bilimlarni sinovdan o'tkazdik.
Ajoyib spikerlarimiz — Dr Olena Perepelynska (IMPACTA LAW hamkori, xalqaro arbitraj amaliyoti rahbari) va Anna Guillard Sazhko (mustaqil maslahatchi va hakam, Turkic Arbitration Association asoschisi va hamraisi) — o'zlarining boy tajribasi va jonli misollari bilan seminarni haqiqiy tajriba maydoniga aylantirdilar.
Barcha ishtirokchilarga faol munozaralar va qiziqarli savollar uchun minnatdorchilik bildiramiz.
| 2 | 🇺🇿🇨🇳 Hamkorlik sari yangi qadam
Xitoyning nufuzli Harbin Institute of Technology (HIT) universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektorining maslahatchisi, Huquq fakulteti dekani hamda doktorantlar ishtirok etdi. Tomonlar ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, HIT bitiruvchilarini Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura va doktorantura dasturlariga jalb etish masalalarini muhokama qildilar.
Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi akademik aloqalarni yanada mustahkamlash va xalqaro ta’lim hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. | 510 |
| 3 | Bugun birinchi bosqich talabalarini qutlab, tanishtiruv xaftasini boshladik. | 580 |
| 4 | Koç universiteti Huquq fakultetining xalqaro arbitraj boʻyicha seminarida ikkita sessiyada maʻruza qildim.
Birinchisi — Markaziy Osiyo va turkiy mintaqada arbitraj amaliyoti. Bunda O'zbekiston nizolarni hal etish markazi, Toshkent xalqaro arbitraj markazi, 2026-yil 13-iyulda qabul qilingan «Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida»gi Konstitutsiyaviy qonun va u tashkil etgan Toshkent xalqaro tijorat sudi haqida soʻz yuritdim.
Ikkinchisi — yosh huquqshunoslar uchun kasbiy panel. Talabalarga aytganim: oʻz yurisdiksiyangiz cheklov emas, u sizning yagona betakror ustunligingiz. Bunda xalqaro arbitraj sohasiga kirib borish va mutaxassis sifatida tanilish yo'nalishlari bo'yicha tavsiyalar berdik.
Taklif uchun Koç universiteti Huquq fakultetiga, mazmunli muhokamalar uchun esa barcha hamkasblarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. | 924 |
| 5 | Ertaga, 3-sentabr kuni Istanbulda, Koç universiteti Huquq fakultetida o‘tkazilayotgan xalqaro arbitraj bo‘yicha treningda ma'ruzachi sifatida ishtirok etaman.
Kun davomida ikkita sessiyada so‘zga chiqaman:
🔹 Panel: Arbitration in Central Asia and the Turkic Region — Practice Realities and Opportunities — mintaqadagi arbitraj infratuzilmasi, UDRC, TIAC, TICC, shuningdek turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari haqida.
🔹 Career Session Panel: An Arbitration Practitioner's Path Across Jurisdictions — turli yurisdiksiyalarda kasbiy yo‘l, tajriba va yosh huquqshunoslar uchun amaliy maslahatlar haqida.
O‘zbekistonning xalqaro arbitraj sohasidagi so‘nggi yillardagi islohotlarini xalqaro auditoriya bilan bo‘lishish — alohida mas'uliyat va sharaf.
Tashkilotchilarga va Koç universitetiga taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. | 897 |
| 6 | 📢 IBA MASTERCLASS
2026-yil 8-sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Turkic Arbitration Association (TAA) va Uzbekistan Dispute Resolution Center (UDRC) hamkorligida “Xalqaro arbitrajda manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha IBA yo‘riqnomalari” mavzusida mahorat darsi o‘tkaziladi.
Tadbirda IBA yo‘riqnomalarining 2024-yilgi tahriri, umumiy standartlar hamda “qizil, to‘q sariq va yashil” ro‘yxatlarni amaliyotda qo‘llash masalalari muhokama qilinadi.
📅 8-sentabr 2026-yil
📍 TDYU, 3-bino, 228-xona
⏱ Davomiyligi: taxminan 4 soat
📩 Ro‘yxatdan o‘tish: sunnatzonnabiev@gmail.com
Barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz! | 1 127 |
| 7 | No text... | 764 |
| 8 | 🇺🇿 Mustaqillik — sharaf, mas’uliyat va kelajak oldidagi burchdir.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganim men uchun katta sharaf va yuksak mas’uliyatdir.
Har qanday e’tirof, avvalo, insonni o‘z faoliyatiga yanada talabchan bo‘lishga, Vatan va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqurroq his etishga undaydi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, huquqiy davlat va adolat tamoyillarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shish — men uchun nafaqat kasbiy vazifa, balki sharafli burchdir.
Bildirilgan yuksak e’tirof va ishonch uchun samimiy minnatdorchilik bildiraman.
Barchaga Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Ushbu ulug‘ ayyom barchamizga tinchlik, farovonlik va yangi zafarlar olib kelsin. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz osoyishtaligi va yurtimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin! 🇺🇿 | 789 |
| 9 | Singapur konventsiyasi haftaligi — 2026. Bu yil O'zbekiston Singapur Mediatsiya konventsiyasi a'zosi sifatida ishtirok etdi. | 767 |
| 10 | SIMC bilan amaliy hamkorlik
Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) raisi Jorj Lim bilan uchrashuv o'tkazildi.
SIMC bugungi kunda xalqaro tijorat nizolarini mediatsiya orqali hal etish bo'yicha dunyodagi eng nufuzli institutlardan biri.
Uchrashuvda xalqaro tijorat mediatsiyasi bo'yicha qo'shma treninglar tashkil etish, O'zbekiston mediatorlarini SIMCdagi real ishlarga jalb qilib amaliy tajriba orttirish, SIMCning mintaqaviy vakolatxonasini O'zbekistonda ochish masalasini o'rganish hamda mediatsiyani targ'ib qilish bo'yicha qo'shma tadbirlar o'tkazish bo'yicha kelishib oldik.
🇺🇿 Maqsad — mamlakatimizda mediatsiya madaniyatini rivojlantirish va O'zbekistonni Markaziy Osiyoda nizolarni muqobil hal qilish markaziga aylantirish. | 1 188 |
| 11 | ⚖️ Singapur Huquq akademiyasi bilan uchrashuv
"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vazirimiz bilan birgalikda Singapur Huquq akademiyasi (Singapore Academy of Law) rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etdik.
Akademiya Singapurda huquqiy tadqiqotlar, nashriyot faoliyati, huquqiy texnologiyalar va kasbiy ta'lim yo'nalishlarida yetakchi institut hisoblanadi.
Muzokaralar yakunida milliy mediatsiya institutini rivojlantirish, huquqiy texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasida tajriba almashish, qo'shma ilmiy nashrlar tayyorlash hamda huquqshunoslar uchun umumiy huquq (common law) asoslari bo'yicha maxsus kurslar tashkil etish bo'yicha kelishib olindi.
🇺🇿 Bu hamkorlik huquqshunoslarimizning xalqaro huquqiy muhitda ishlash salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. | 1 027 |
| 12 | ⚖️ O'zbekiston va Singapur adliya sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda
"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan birgalikda Singapur Qonunchilik vaziri Edvin Tong bilan o'tkazilgan muzokaralarda ishtirok etdik.
Uchrashuvda ikki mamlakat adliya tizimlari o'rtasidagi aloqalarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish hamda huquqiy islohotlar bo'yicha muntazam tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Hamkorlikning asisiy yo'nalishlari to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) instituti, huquqiy texnologiyalar (legal tech), mediatsiya va arbitraj, ekspert qo'llab-quvvatlash kabi masalalarni qamrab oldi.
🇺🇿 Muhimi shundaki, erishilgan kelishuvlar umumiy bayonot darajasida qolmasdan, aniq amaliy loyihalar shaklida rasmiylashtiriladi. | 953 |
| 13 | 🎓 Huquqshunoslar malakasini oshirishning Singapur modeli bilan tanishdik.
"Singapore Convention Week 2026" doirasidagi ish dasturimiz davomida Adliya vazirimiz bilan birgalikda Singapur Huquqiy ta'lim instituti (Singapore Institute of Legal Education) rahbariyati bilan muzokaralarda ishtirok etdim.
Ushbu institut Singapurda advokatlik kasbiga kirish imtihonlari, huquqshunoslarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi (Continuing Professional Development) va yuridik ta'lim standartlarini belgilash bo'yicha yagona mas'ul tuzilma hisoblanadi. Aynan shu tizim mamlakatda huquqiy xizmatlar sifatining barqaror yuqori darajasini ta'minlab kelmoqda — bu bizning e'tiborimizni tortgan asosiy jihat bo'ldi.
🤝 Muzokaralar yakunida hamkorlik qilishga kelishib oldik.
🇺🇿 Maqsadimiz aniq — milliy huquqshunoslarimizning bilim va ko'nikmalarini xalqaro mezonlarga muvofiqlashtirish, kasbiy tayyorgarlikning yagona, shaffof va sifatga asoslangan tizimini shakllantirish. | 820 |
| 14 | 📚 Yangi ilmiy nashr!
Mening “Investor-State Dispute Settlement as a Variable in Investment Strategy – Rational Calculations, Behavioral Biases, and the UNCITRAL Working Group III Reform Agenda” nomli kitob bobim Investor Behavior and Investment Strategies kitobida chop etildi.
Ushbu bobning ochiq kirishda (Open Access) e’lon qilinganidan juda mamnunman. Endilikda uni bepul o‘qish yoki yuklab olish mumkin.
Ushbu nashrda investor-davlat nizolarini hal etish mexanizmi (ISDS) investitsiya strategiyasiga ta’sir qiluvchi omil sifatida, investorlarning ratsional qarorlari va xulq-atvor omillari nuqtai nazaridan tahlil qilingan.
Shuningdek, UNCITRAL Working Group III doirasidagi ISDS islohotlarining asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan.
Umid qilamanki, ushbu tadqiqot xalqaro investitsiya huquqi, arbitraj va investitsiya siyosati bilan qiziquvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va talabalar uchun foydali bo‘ladi.
🔗 Bobni o‘qish va yuklab olish:
https://www.intechopen.com/online-first/1259478
📌 DOI: 10.5772/intechopen.1017542 | 913 |
| 15 | Singapurda intellektual mulk sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
"Singapore Convention Week 2026" doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Singapur Intellektual mulk idorasi (IPOS) rahbari Tan Kong Hwe bilan uchrashuvda ishtirok etdim.
🤝 Muzokaralar davomida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amaliy loyihalarni yo'lga qo'yishga kelishib oldik:
🔹 Malaka oshirish — milliy mutaxassislar uchun IPOS ekspertlari ishtirokida intellektual mulkni tijoratlashtirish va startaplar akseleratsiyasi bo'yicha treninglar tashkil etish;
🔹 Nizolarni hal etish — Singapurning intellektual mulk sohasidagi nizolarni mediatsiya va boshqa muqobil mexanizmlar orqali tez va samarali hal etish tajribasini o'rganish;
🔹 Intellektual mulk klinikalari — Singapurda faoliyat yuritayotgan intellektual mulk klinikalari modelini, ya'ni ixtirochilar, tadbirkorlar va startaplarga bepul professional maslahat berish tizimini o'rganish va uni milliy amaliyotga tatbiq etish.
🎯 Maqsadimiz — intellektual mulkni real iqtisodiy aktivga aylantirish, ijodkor va ixtirochilarni qo'llab-quvvatlashning zamonaviy infratuzilmasini yaratish hamda bu sohadagi nizolarni sud tartibisiz hal qilish madaniyatini shakllantirish. | 773 |
| 16 | 🇸🇬 Singapore Convention Week 2026
Bugun Singapurda xalqaro nizolarni hal etish sohasidagi eng nufuzli global platformalardan biri — Singapore Convention Week 2026da O'zbekiston delegatsiyasi sifatida ishtirok etmoqdamiz.
2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan ushbu haftalik arbitraj, mediatsiya va sud orqali nizolarni hal etish sohasidagi yetakchi ekspertlar, arbitrlar, mediatorlar, davlat organlari vakillari va amaliyotchilarni dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan bir joyga jamlaydi.
Bu yilgi “Timeless Principles, Timely Solutions: Nurturing Trust in a Changing World” mavzusi ayniqsa dolzarb: tez o‘zgarayotgan dunyoda adolat, qonun ustuvorligi va ishonch kabi fundamental qadriyatlarni saqlagan holda, texnologik taraqqiyot va yangi global chaqiriqlarga mos yechimlarni ishlab chiqish zarurligini aks ettiradi.
🇺🇿 Bu yilgi Singapore Convention Weekning bizning delegatsiya uchun alohida ahamiyati bor. Chunki O‘zbekiston Respublikasi 2026-yil avgust oyida BMTning mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari to‘g‘risidagi Konvensiyasiga — Singapur konvensiyasiga qo‘shildi. Bu mamlakatimizda mediatsiya institutini yanada rivojlantirish, xalqaro tijorat nizolarini muqobil usullar orqali samarali hal etish hamda investorlar va biznes uchun huquqiy ishonchni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
O‘zbekistonning ushbu global huquqiy mexanizmga qo‘shilishi milliy nizolarni hal etish tizimining xalqaro standartlar bilan integratsiyalashuvi va mamlakatimizning zamonaviy xalqaro nizolarni muqobil hal etish markazi sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Singapore Convention Week 2026 doirasidagi uchrashuvlar va professional muloqotlar O‘zbekistonda mediatsiya, arbitraj va nizolarni muqobil hal etish mexanizmlarini yanada rivojlantirish uchun yangi g‘oyalar, tajriba va xalqaro hamkorliklarga xizmat qiladi.
📍 Singapore
🗓 24–28 August 2026
https://www.singaporeconventionweek.sg | 824 |
| 17 | Yangi maqola
📌 Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi: O'zbekistonning yangi huquqiy poydevori
2026-yil 19-avgust kuni Prezidentimiz "Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Yangi maqolamda "Enterprise Uzbekistan" Markazining mohiyatini yoritib berdik.
Raqamli iqtisodiyotning eng noyob resursi bu — ishonch. Uni sotib bo'lmaydi, faqat qurish mumkin.
Qonun matni qanchalik zamonaviy bo'lmasin, uning taqdirini amaliyot hal qiladi. Chunki qonun matnda emas, hayotda yashaydi.
To'liq maqola bilan tanishishingiz mumkin ⬇️
https://yuz.uz/uz/news/raqamli-texnologiyalar-xalqaro-markazi-ozbekistonning-yangi-huquqiy-poydevori | 928 |
| 18 | “Yangi O‘zbekiston” gazetasida mening “Odil sudlov – 2030: adolatning yangi o‘lchovi” nomli maqolam chop etildi.
Maqolada mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, odil sudlovning samaradorligi va ochiqligini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini sud faoliyatiga keng joriy etish bilan bog‘liq ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilingan.
“Odil sudlov – 2030” strategiyasi nafaqat sud tizimini modernizatsiya qilish, balki inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan adolatning yangi modelini shakllantirishda muhim qadamdir.
📖 Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
https://yuz.uz/uz/news/odil-sudlov--2030-adolatning-yangi-olchovi | 1 653 |
| 19 | 📢 Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda!
🌍 Xalqaro hamkor universitetlarda tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish hamda ikki diplom egasi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning.
🤝 Qoʻshma taʼlim dasturlari quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan amalga oshiriladi:
🇬🇧 London universiteti (Buyuk Britaniya)
🇬🇧 Grinvich universiteti 4 yillik dastur (Buyuk Britaniya)
🇬🇧 Grinvich universiteti 3 yillik dastur
🇮🇹 Roma Tre universiteti (Italiya)
🇯🇵 Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya)
🇷🇺 Ural davlat yuridik universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
🇰🇿 M.S. Narikbayev nomidagi Qozoq davlat yuridik universiteti
🇧🇾 Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi)
📅 Hujjatlar 30-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilanadi!
📖 Qoʻshma taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot:
🔗 https://www.tsul.uz/uz/general-page/qoshma-talim-dasturlari
📝 Hujjatlarni onlayn topshirish:
🌐 dd.tsul.uz
📞Qabul bo‘yicha savollar uchun:
+998 55 513 01 12 | 1 401 |
| 20 | 📢 Toshkent davlat yuridik universitetida qoʻshma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda!
🌍 Xalqaro hamkor universitetlarda tahsil olish, xalqaro tajriba orttirish hamda ikki diplom egasi bo‘lish imkoniyatidan foydalaning.
🤝 Qoʻshma taʼlim dasturlari quyidagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan amalga oshiriladi:
🇬🇧 London universiteti (Buyuk Britaniya)
🇬🇧 Grinvich universiteti 4 yillik dastur (Buyuk Britaniya)
🇬🇧 Grinvich universiteti 3 yillik dastur
🇮🇹 Roma Tre universiteti (Italiya)
🇯🇵 Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya)
🇷🇺 Ural davlat yuridik universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
🇰🇿 M.S. Narikbayev nomidagi Qozoq davlat yuridik universiteti
🇧🇾 Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti (Belarus Respublikasi)
📅 Hujjatlar 30-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilanadi!
📖 Qoʻshma taʼlim dasturlari haqida batafsil maʼlumot:
🔗 https://www.tsul.uz/uz/general-page/qoshma-talim-dasturlari
📝 Hujjatlarni onlayn topshirish:
🌐 dd.tsul.uz
📞Qabul bo‘yicha savollar uchun:
+998 55 513 01 12 | 85 |
