en
Feedback
Sevara Shakirova

Sevara Shakirova

Open in Telegram

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
5 291
Subscribers
-924 hours
-807 days
-38530 days
Posts Archive
#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini d
#IChO2026 🌎 Dunyo Oʻzbekistonga kelmoqda... Ba'zan ayrim tadbirlar oddiy taqvimdagi sana emas, balki mamlakat salohiyatini dunyoga namoyon etadigan tarixiy voqeaga aylanadi.
Aynan shunday voqealardan biri — 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi IChO 2026 ga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini muhokama qildik.
✅ Tashkiliy qoʻmita yigʻilishida har bir yoʻnalish bo‘yicha bajarilgan ishlarni yana bir bor tahlil qildik. Laboratoriyalardan tortib delegatsiyalarni kutib olishgacha, xavfsizlikdan media ta'minotigacha boʻlgan barcha masalalar batafsil koʻrib chiqildi. Biz uchun bu jarayonda mayda detalning oʻzi ham katta ahamiyatga ega.
Bugungi kunda 96 davlatdan 724 nafar ishtirokchi, jamoa rahbarlari, kuzatuvchilar va mehmonlar roʻyxatdan oʻtgan. Bu raqamlar ortida dunyoning Oʻzbekistonga bildirayotgan ishonchi mujassam.
✅Biz bu olimpiadani shunchaki yuqori saviyada oʻtkazishni emas, balki har bir mehmonda Oʻzbekiston haqida iliq taassurot, xalqimizning mehmondoʻstligi va ta'limga boʻlgan yuksak e'tiborini qoldirishni maqsad qilganmiz. Ishonaman, barcha hamkor vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamda fidoyi jamoamiz bilan birgalikda bu tarixiy vazifani munosib ado etamiz. ✅ Rasmiy sahifalar

Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi ti
+6
Aziz ustozlar, hamkasblar va volontyorlar! 🖌 2026–2027-oʻquv yili uchun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Minglab yoshlarning orzu va intilishlari sinovdan oʻtgan ushbu masʼuliyatli jarayonni yuksak saviyada tashkil etishda oʻz hissasini qoʻshgan har bir insonga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Avvalo, imtihonlarning adolatli, shaffof va tartibli oʻtishini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilgan ustozlarimiz, pedagoglar, nazoratchilar, volontyor yoshlarimiz, Milliy gvardiya xodimlari, tez tibbiy yordam brigadalari, ichki ishlar organlari vakillari, shuningdek, ushbu jarayonda yaqindan hamkorlik qilgan barcha vazirlik, idora va tashkilotlar jamoalariga chin dildan tashakkur aytaman. Sizlarning masʼuliyatli mehnatingiz, fidoyiligingiz va hamjihatligingiz tufayli imtihonlar yurtimizning barcha hududlarida yuqori tashkiliy darajada oʻtkazildi.
🤝 Alohida minnatdorlik soʻzlarimni farzandlarini qoʻllab-quvvatlagan ota-onalarga hamda bilim va salohiyatiga ishonib, katta orzular bilan imtihonlarda qatnashgan barcha oʻquvchilarga ham yoʻllayman. Natija qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, sizning bugungi mehnatingiz va intilishingiz ertangi muvaffaqiyatlaringiz uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi. ✅ Ishonchim komilki, bugungi hamjihatligimiz va birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz yurtimiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga munosib sharoit yaratish yoʻlidagi ezgu maqsadlarimizga xizmat qiladi. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, kuch-gʻayrat va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. ✅ Rasmiy sahifalar

#Axborot24 #Imtihon_2026 ✅ Har safar kirish imtihonlari boshlanganida bir fikr xayolimdan o‘tadi: bugun sinovdan o‘tayotgan minglab o‘g‘il-qizlar orasida ertangi olimlar, muhandislar, shifokorlar, dasturchilar va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini belgilaydigan yoshlar bor.
✅ Shu bois bugun biz nafaqat imtihonlarni tashkil etyapmiz, balki kelajak uchun mustahkam poydevor yaratyapmiz. 2026/2027-o‘quv yilidan Agentlik tizimi yana-da kengayadi. Qo‘shimcha 21 ta yangi ta’lim muassasasi faoliyat boshlaydi va 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
🖌 Bugungi islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri — xalqaro tajribaga tayanayotganimizdir. Ayni kunlarda Marshall Cavendish Education tashkilotining Ta’lim yechimlari rahbari Joy Tan xonim mamlakatimizda bo‘lib, kirish imtihonlari jarayonlarini bevosita kuzatmoqda. Bu hamkorlik baholash tizimini xalqaro standartlar asosida yana-da takomillashtirish, imtihonlarning shaffofligi va xolisligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. ✅ Rasmiy sahifalar

#30_iyun_Yoshlar_kuni ✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘z
#30_iyun_Yoshlar_kuni ✨ 30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin! ✅ Har gal sizlarning yutuqlaringiz haqida eshitsam, Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda ekaniga yana bir bor amin bo‘laman. Bugun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar tufayli yoshlarimiz dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida o‘qishga kirayotgani, xalqaro fan olimpiadalari, sport va ijodiy tanlovlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgani barchamiz uchun cheksiz faxrdir.
🇺🇿 Joriy yilda ham bu yutuqlar yuksak e’tirof etildi. Prezidentimizning qarorlari bilan agentligimiz tizimidagi ta’lim muassasalari vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchisi, 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ilmiy qo‘mitasi a’zosi Daler Rahimov va Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Paxlavon G‘ulomov «Mard o‘g‘lon» davlat mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Bu — bilim, mehnat va fidoyilik munosib qadrlanayotganining yana bir yorqin ifodasidir.
🌿 Aziz yoshlar, hech qachon orzu qilishdan va o‘rganishdan to‘xtamang. O‘z kuchingizga ishoning, katta maqsadlar sari dadil intiling. Sizning har bir muvaffaqiyatingiz nafaqat shaxsiy yutug‘ingiz, balki Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir.
✅ Rasmiy sahifalar

🖌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha OAV vakillari hamda blogerlarni kas
🖌 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan barcha OAV vakillari hamda blogerlarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklayman! 👨‍💻 Mamlakatimizda so‘z erkinligi, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi islohotlar ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 📕 Ta’lim sohasidagi yangiliklar, oʻquvchilarimizning yutuqlari, bizning faoliyatimizni jamoatchilikka tezkor va xolis yetkazishdagi professionallingizni yuksak qadrlaymiz! 🤝 Kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha media vakillariga mustahkam sog‘liq, ijodiy barkamollik va yangi yutuqlar tilayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz do‘stlar! #27iyun #OAV ✅ Rasmiy sahifalar

#Axborot24 #Imtihon_2026 #Prezident_maktablari 🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Imtihon – har bir bola uchun mas’uliyatli, hayajonli va muhim kun. Ayniqsa, Prezident maktablariga kirish imtihoni – bu nafaqat bilim, balki orzu va kelajak sari qo‘yilgan ilk qadamdir.
✨ Rasmiy sahifalar

#qabul_2026 #matbuot_anjumani Ixtisoslashtirilgan maktablar 21 taga ko‘paydi 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi ma'lumotlar berildi: ✅ 2025/2026 o‘quv yilida Agentlik tizimida 228 ta maktab faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2026/2027 o‘quv yilidan ularning soni 249 taga yetkaziladi. Natijada qo‘shimcha 21 ta maktabda 5 mingdan ortiq iqtidorli o‘quvchi uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratiladi. ✨ Rasmiy sahifalar

🤝 Muloqot va ochiqlik — ta’limdagi eng muhim qadriyatlardan biri 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
+4
🤝 Muloqot va ochiqlik — ta’limdagi eng muhim qadriyatlardan biri 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan sayyor qabul davomida 50 dan ortiq ota-onalar va fuqarolar bilan ochiq muloqot qildik. 🖱️ Ta’lim sifati, yangi tashkil etilayotgan 21 ta ixtisoslashtirilgan va muhandislik maktablari, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish hamda tizim faoliyatiga oid qator masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ko‘plab murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar bo‘yicha esa aniq vazifalar belgilandi.
🖱️ Shundan so‘ng Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari bilan tanqidiy-tahliliy muhokama o‘tkazildi. Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, ota-onalar bilan ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✨ Rasmiy sahifalar

#matbuot_anjumani 🎓 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
#matbuot_anjumani 🎓 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi va muddatlari hamda joriy yilda faoliyat boshlaydigan 21 ta yangi maktabga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazdik. ✨ Anjuman davomida hamkasblarim — Agentlik direktorining o‘rinbosari Hasan Shakirov, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidova hamda mas’ul mutaxassislar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari vakillari va jamoatchilikni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdik. Biz uchun har bir ota-ona va o‘quvchining fikri, savoli hamda ishonchi juda muhim. ▶️ Matbuot anjumanining to‘liq yozuvi, qabul natijalari, kirish imtihonlari jadvali, yangi maktablar faoliyati hamda savol-javoblar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. ✨ Rasmiy sahifalar

🇺🇿 34 yil davomida O‘zbekiston bayrog‘ini Jahon chempionati maydonida ko‘rishni orzu qilgan edik ⚽️ Bugun esa bu tarixiy orzu ro‘yobga chiqdi. Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini jamoamiz bilan birga katta hayajon va cheksiz faxr tuyg‘ulari bilan kuzatdik. Bu nafaqat sportdagi ulkan yutuq, balki Milliy jamoamiz bugun minglab yoshlarga katta maqsadlardan qo‘rqmaslik, orzular sari qat’iyat bilan intilish va mehnat orqali eng yuksak marralarni zabt etish mumkinligini yana bir bor isbotladi. ✨ Rasmiy sahifalar

🇺🇸 AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi To
🇺🇸 AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi arafasida AQShning yetakchi kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda AQSh Eksimbanki prezidenti Reta Jo Lyuis, Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Skott Neytan, AQSh–O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, shuningdek, Boeing, Visa, JP Morgan, Meta, BlackRock, Air Products va boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. 🇺🇿 Uchrashuv davomida iqtisodiyotning strategik yo‘nalishlari — muhim minerallarni qazib olish va qayta ishlash, energetika, moliya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalarida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Bu yo‘nalishlar nafaqat iqtisodiyot, balki zamonaviy ta’lim tizimi va kelajak kasblarini rivojlantirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. ✨ Rasmiy sahifalar

🇺🇿 Bugun yoshlarimizni turli zararli illatlardan, ayniqsa, giyohvandlik va sintetik moddalar tahdididan himoya qilish har qachongidan ham muhim vazifaga aylandi. Shu ma’noda, Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan yangi qonun va Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bu boradagi qat’iy pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. 🎓 Ta’lim tizimi vakili sifatida ishonchim komilki, narkotahdidga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki maktab, oila va butun jamiyatning umumiy mas’uliyatidir. Biz yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, mustahkam hayotiy pozitsiya va zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishimiz kerak. 🇺🇿 Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, bu kurashda hech kim tomoshabin bo‘lib turolmaydi. Ota-onalar, ustozlar, mahalla faollari va keng jamoatchilik birlashgan taqdirdagina farzandlarimizni bu xavfdan asray olamiz. Yoshlar salomatligi va kelajagi — barchamizning eng katta mas’uliyatimizdir. ✨ Rasmiy sahifalar

#OAV_biz_haqimizda #Axborot24 🇺🇿“Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” ✅ “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumi hamda 2026-yil Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchrashuvi "O'zbekiston 24" telekanalinig reportajida. ✨ Rasmiy sahifalar

#OAV_biz_haqimizda #Axborot24 🌿 Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari! 🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” tadbiri hamda 2026-yil Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchrashuvidan "O'zbekiston 24" telekanalinig reportajida. 🖱️🖱️🖱️ 🌿 Выпускники нового времени — созидатели Нового Узбекистана! 🎓 Репортаж телеканала «O‘zbekiston 24» о мероприятии «Молодые выпускники нового времени» на тему «Саммит созидателей: таланты — фундамент прогресса», а также о встрече выпускников Президентских, творческих и специализированных школ 2026 года, проводимой в специализированной школе имени Мухаммада аль-Хорезми. ✨ Rasmiy sahifalar

🇩🇪 🇺🇿Myunxen → O‘zbekiston: ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar sari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
+3
🇩🇪 🇺🇿Myunxen → O‘zbekiston: ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar sari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal hududiga tashrifi doirasida dual ta’lim tizimi hamda oliy ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandi. ✨ Germaniyaning amaliyotga yo‘naltirilgan dual ta’lim modeli, uning huquqiy asoslari, boshqaruv mexanizmlari va ta’lim sifati nazorati bo‘yicha tajribasi tahlil qilindi. ✨ Dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Myunxen texnika universiteti (TUM) bilan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan: ✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun TUMda bir semestr tahsil olish imkoniyatini yaratish; ✅ O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va sanoat bilan hamkorlikni mustahkamlash; ✅ Muhandislik, IT, sun’iy intellekt (AI), agrotexnologiyalar, tibbiyot texnologiyalari hamda suv resurslari yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, universitetlarni ilm-fan, innovatsiyalar va sanoat bilan integratsiyalashgan zamonaviy ekotizimlarga aylantirish, shuningdek, xalqaro maydonda raqobatbardosh muhandislar va texnologik liderlar avlodini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
✨ Rasmiy sahifalar

🎓 Navbatdagi yutuq: XORAZMIY maktabi o‘quvchisi TOP universitetga 100% grant bilan qabul qilindi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Sardorbek Abdumannopov dunyoning TOP-55 talik universitetlari qatoriga kiruvchi nufuzli oliygohga 100% grant asosida qabul qilindi. ✅ Sardorbek “O‘zbekiston vaqti” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, o‘z muvaffaqiyat yo‘li haqida so‘zlab berdi. Iqtisodiyot yo‘nalishiga qiziqqan yosh iqtidor egasi suhbatda maktabdagi ta’lim jarayonlari, tashkil etilgan olimpiadalar va akademik muhit uning yutuqlariga qanchalik katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u xalqaro universitetlarga hujjat topshirish jarayoni, grant yutish sirlari hamda abituriyentlar uchun foydali tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. ✨ Rasmiy sahifalar

#avtomobilsiz_kun 🌿 “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shildim Davlatimiz rahbarining farmoniga asosan, 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Bugun men ham ushbu tashabbusga qo‘shildim va ishga metroda keldim. Agentlik xodimlarimiz bilan birgalikda ekologik madaniyatni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va havoning tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shishdan mamnunmiz. ✨ Rasmiy sahifalar

✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! 🌱 Aziz bolajonlar! Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatani
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin! 🌱 Aziz bolajonlar! Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagimizsiz. Bugun maktablarda o‘rganayotgan fanlaringizga buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Ularning izlanishlari tufayli ilm-fan kaliti — aynan sizning qo‘lingizda. Bolalik — inson umrining eng sokin, beg‘ubor oltin faslidir. Bugun biz kattalar uchun savolga javob izlash fursatidir: kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz? Bolalarni himoya qilish — ularni faqat tashqi xavflardan asrash emas, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik, murg‘ak qalbini tushunishdir. Qadrli ota-onalar! Bolalarni himoya qilish — ularni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va kelajagi uchun qayg‘urishdir. Afsuski, bolalar huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ko‘pincha ota-onalardir. Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir! Men ishonaman, sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan bilimli, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz. Sizlarga sog‘lik, baxtli bolalik va orzularingiz ro‘yobini tilayman! Yurtimizdagi barcha bolajonlarni chin dildan tabriklayman. Hech bir xonadondan farzandlarning beg‘ubor kulgisi arimasin! ✅ Rasmiy sahifalar

photo content

🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq”: raqamlar, voqealar va ishonch – 2026 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq”: raqamlar, voqealar va ishonch – 2026 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 11-sinfni 9 457 nafar, 9-sinfni esa 13 480 nafar o‘quvchi tamomlamoqda. Umumiy bitiruvchilar soni – 22 937 nafar. Endi ularning har biri o‘z yo‘lini tanlaydi: kimdir dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsilini davom ettiradi, yana kimdir Vatanimizda fan, sport yoki ijod yo‘nalishida yangi marralarni zabt etadi. 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida shunday dedi:
“Albatta, bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz.”
💐 Yilning asosiy raqamlari: ✅ 195 ta medal – o‘quvchilar joriy yilda xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritgan umumiy medallar soni (shundan 38 tasi oltin). ✅ 11 ta medal – Turkiyadagi xalqaro robototexnika olimpiadasida qo‘lga kiritilgan sovrinlar (5 tasi eng yuqori daraja). ✅ 30 foizdan ortiq – Agentlik bitiruvchilarining dunyoning TOP universitetlariga (MIT, Garvard, Prinston, Braun, Gonkong va Ivy League) qabul qilingan ulushi. ✅ Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov – Muhammad al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilari sifatida MITga 100 foizlik grant yutgan ilk o‘zbekistonlik bitiruvchilar. ✅ 17 000 dan ortiq – “Mehrli maktab” loyihasi qamrab olgan og‘ir kasal bolalar soni. ✅ 1 500 nafar ishtirokchi – “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi doirasida xorijiy universitetlarga maqsadli tayyorlanayotgan yoshlar. 💐 Nutqimda shuni alohida ta’kidlagan edim:
“Maktab yillari – bu orzular shakllangan, ezgu niyatlar qo‘yilgan, ma’naviy poydevor qurilgan bosqichdir. Endi esa sizni yangi marralar, katta mas’uliyat va cheksiz imkoniyatlar kutmoqda. Prezidentimiz aytganidek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlar – bizning ishonchimiz, Yangi O‘zbekistonning bebaho xazinasidir.”
💐 Har bir medal, har bir grant va har bir muvaffaqiyat ortida o‘qituvchilarning fidoyiligi mujassam:
“Sizlarning mehnatingiz, bilimingiz va bag‘rikengligingiz tufayli bu yutuqlar mumkin bo‘ldi. Har bir bitiruvchi – sizning mehnatingizning jonli guvohidir.”
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari nafaqat maktab hayotining yakuni, balki katta hayot sari qo‘yilgan ilk qadamdir. Siz, aziz bitiruvchilarni “Yangi O‘zbekistonning oltin fondi” deb atayman. Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ✅ Rasmiy sahifalar