Sevara Shakirova
Ir al canal en Telegram
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovaning rasmiy sahifalari: • https://taplink.cc/sevarashakirova
Mostrar másEl país no está especificadoLa categoría no está especificada
6 143
Suscriptores
-224 horas
+437 días
+4330 días
Archivo de publicaciones
6 143
#OAV_biz_haqimizda
#Axborot24
🇺🇿“Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori”
✅ “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumi hamda 2026-yil Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchrashuvi "O'zbekiston 24" telekanalinig reportajida.
✨ Rasmiy sahifalar
6 143
#OAV_biz_haqimizda
#Axborot24
🌿 Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari!
🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” tadbiri hamda 2026-yil Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchrashuvidan "O'zbekiston 24" telekanalinig reportajida.
🖱️🖱️🖱️
🌿 Выпускники нового времени — созидатели Нового Узбекистана!
🎓 Репортаж телеканала «O‘zbekiston 24» о мероприятии «Молодые выпускники нового времени» на тему «Саммит созидателей: таланты — фундамент прогресса», а также о встрече выпускников Президентских, творческих и специализированных школ 2026 года, проводимой в специализированной школе имени Мухаммада аль-Хорезми.
✨ Rasmiy sahifalar
6 143
+3
🇩🇪 🇺🇿Myunxen → O‘zbekiston: ta’lim sohasida yangi imkoniyatlar sari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Ilxom Siradjev boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal hududiga tashrifi doirasida dual ta’lim tizimi hamda oliy ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rgandi.
✨ Germaniyaning amaliyotga yo‘naltirilgan dual ta’lim modeli, uning huquqiy asoslari, boshqaruv mexanizmlari va ta’lim sifati nazorati bo‘yicha tajribasi tahlil qilindi.
✨ Dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Myunxen texnika universiteti (TUM) bilan strategik hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qator muhim kelishuvlarga erishildi.
Jumladan:
✅ “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari uchun TUMda bir semestr tahsil olish imkoniyatini yaratish;
✅ O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida startap ekotizimini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va sanoat bilan hamkorlikni mustahkamlash;
✅ Muhandislik, IT, sun’iy intellekt (AI), agrotexnologiyalar, tibbiyot texnologiyalari hamda suv resurslari yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish.
Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, universitetlarni ilm-fan, innovatsiyalar va sanoat bilan integratsiyalashgan zamonaviy ekotizimlarga aylantirish, shuningdek, xalqaro maydonda raqobatbardosh muhandislar va texnologik liderlar avlodini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.✨ Rasmiy sahifalar
6 143
🎓 Navbatdagi yutuq: XORAZMIY maktabi o‘quvchisi TOP universitetga 100% grant bilan qabul qilindi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Sardorbek Abdumannopov dunyoning TOP-55 talik universitetlari qatoriga kiruvchi nufuzli oliygohga 100% grant asosida qabul qilindi.
✅ Sardorbek “O‘zbekiston vaqti” ko‘rsatuvida mehmon bo‘lib, o‘z muvaffaqiyat yo‘li haqida so‘zlab berdi. Iqtisodiyot yo‘nalishiga qiziqqan yosh iqtidor egasi suhbatda maktabdagi ta’lim jarayonlari, tashkil etilgan olimpiadalar va akademik muhit uning yutuqlariga qanchalik katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, u xalqaro universitetlarga hujjat topshirish jarayoni, grant yutish sirlari hamda abituriyentlar uchun foydali tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
✨ Rasmiy sahifalar
6 143
#avtomobilsiz_kun
🌿 “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shildim
Davlatimiz rahbarining farmoniga asosan, 1-maydan boshlab har oyning 10 va 25-sanlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Bugun men ham ushbu tashabbusga qo‘shildim va ishga metroda keldim. Agentlik xodimlarimiz bilan birgalikda ekologik madaniyatni qo‘llab-quvvatlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va havoning tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shishdan mamnunmiz.
✨ Rasmiy sahifalar
6 143
✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!
🌱 Aziz bolajonlar! Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagimizsiz. Bugun maktablarda o‘rganayotgan fanlaringizga buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Ularning izlanishlari tufayli ilm-fan kaliti — aynan sizning qo‘lingizda. Bolalik — inson umrining eng sokin, beg‘ubor oltin faslidir. Bugun biz kattalar uchun savolga javob izlash fursatidir: kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz?
Bolalarni himoya qilish — ularni faqat tashqi xavflardan asrash emas, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik, murg‘ak qalbini tushunishdir. Qadrli ota-onalar! Bolalarni himoya qilish — ularni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va kelajagi uchun qayg‘urishdir. Afsuski, bolalar huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ko‘pincha ota-onalardir. Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!
Men ishonaman, sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan bilimli, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz. Sizlarga sog‘lik, baxtli bolalik va orzularingiz ro‘yobini tilayman! Yurtimizdagi barcha bolajonlarni chin dildan tabriklayman. Hech bir xonadondan farzandlarning beg‘ubor kulgisi arimasin!
✅ Rasmiy sahifalar
6 143
🔔 “So‘nggi qo‘ng‘iroq”: raqamlar, voqealar va ishonch – 2026
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 11-sinfni 9 457 nafar, 9-sinfni esa 13 480 nafar o‘quvchi tamomlamoqda. Umumiy bitiruvchilar soni – 22 937 nafar. Endi ularning har biri o‘z yo‘lini tanlaydi: kimdir dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsilini davom ettiradi, yana kimdir Vatanimizda fan, sport yoki ijod yo‘nalishida yangi marralarni zabt etadi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida shunday dedi:
“Albatta, bugungi bitiruvchi – ertangi muhandis, shifokor, olim, shoir va adib, tadbirkor degani. Bugungi bitiruvchi – Uchinchi Renessans bunyodkori degani. Sizlar Yangi O‘zbekistonning eng katta ishonchi va tayanchisiz.”💐 Yilning asosiy raqamlari: ✅ 195 ta medal – o‘quvchilar joriy yilda xalqaro olimpiadalarda qo‘lga kiritgan umumiy medallar soni (shundan 38 tasi oltin). ✅ 11 ta medal – Turkiyadagi xalqaro robototexnika olimpiadasida qo‘lga kiritilgan sovrinlar (5 tasi eng yuqori daraja). ✅ 30 foizdan ortiq – Agentlik bitiruvchilarining dunyoning TOP universitetlariga (MIT, Garvard, Prinston, Braun, Gonkong va Ivy League) qabul qilingan ulushi. ✅ Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov – Muhammad al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilari sifatida MITga 100 foizlik grant yutgan ilk o‘zbekistonlik bitiruvchilar. ✅ 17 000 dan ortiq – “Mehrli maktab” loyihasi qamrab olgan og‘ir kasal bolalar soni. ✅ 1 500 nafar ishtirokchi – “Prezident iqtidorli farzandlari” dasturi doirasida xorijiy universitetlarga maqsadli tayyorlanayotgan yoshlar. 💐 Nutqimda shuni alohida ta’kidlagan edim:
“Maktab yillari – bu orzular shakllangan, ezgu niyatlar qo‘yilgan, ma’naviy poydevor qurilgan bosqichdir. Endi esa sizni yangi marralar, katta mas’uliyat va cheksiz imkoniyatlar kutmoqda. Prezidentimiz aytganidek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlar – bizning ishonchimiz, Yangi O‘zbekistonning bebaho xazinasidir.”💐 Har bir medal, har bir grant va har bir muvaffaqiyat ortida o‘qituvchilarning fidoyiligi mujassam:
“Sizlarning mehnatingiz, bilimingiz va bag‘rikengligingiz tufayli bu yutuqlar mumkin bo‘ldi. Har bir bitiruvchi – sizning mehnatingizning jonli guvohidir.”“So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari nafaqat maktab hayotining yakuni, balki katta hayot sari qo‘yilgan ilk qadamdir. Siz, aziz bitiruvchilarni “Yangi O‘zbekistonning oltin fondi” deb atayman. Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ✅ Rasmiy sahifalar
6 143
🇺🇿 Prezidentimiz Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimida ishtirok etdi.
✅ Davlatimiz rahbari bugun dunyo shiddat bilan oʻzgarayotgani, raqamli texnologiyalar, zamonaviy gadjetlar va sunʼiy intellekt hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganini taʼkidladi. Bunday murakkab sharoitda insonning mustaqil fikrlay olishi eng katta ustunlik ekani qayd etildi.
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmedov Bahodir Bobomurodovich “Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
🤝 Hamkasbimizni yangi mas’uliyatli lavozim bilan tabriklayman! Ishonchimiz komil, Bahodir Bobomurodovichning boy bilimi, xalqaro tajribasi va fidoyiligi bilan universitetimiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erisha oladi.
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
🇺🇿🇨🇳 Butunjahon raqamli ta’lim konferensiyasi doirasida “Xitoy va O‘zbekiston hamkor maktablari”dasturini rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladik.
🤝 Bizning asosiy maqsadimiz — ta’limda amaliy hamkorlikni kuchaytirish, ayniqsa, ikki mamlakat maktablari o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va zamonaviy ta’lim yondashuvlari bo‘yicha tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
🎓 Dasturning ilk bosqichida yurtimizning barcha hududlaridan 14 ta Prezident maktabi hamda Xitoyning 12 ta eng nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatildi.
🔶 Bu hali boshlanishi. Kelgusida ushbu tashabbus orqali umumta’lim maktablarini ham qamrab olishni rejalashtirganmiz.
⚫️ Ishonchim komil, ushbu loyiha ta’lim tizimlarimizni yaqinlashtirish bilan birga, o‘quvchi va pedagoglarimiz uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
#hamkorlik
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
🎗 Bugun mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni.
Bu sana — tinchlikning qadrini bilish, yurt ozodligi yo‘lida jon fido qilgan insonlar xotirasiga ta’zim bajo keltirish, bugungi osoyishta hayotimiz uchun fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizni e’zozlash kunidir.
Mard hamda matonatli otaxon-u onaxonlarimizning hayot yo‘li yoshlar uchun chinakam ibrat maktabidir. Ularning sabri, jasorati va Vatanga sadoqati xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi deb bilamiz.
Jasorati bilan kelajak avlodlarga tinch hayot in’om etgan qahramonlarimiz bilan doimo faxrlanamiz va ta’zimdamiz.
Aziz faxriylarimizni, barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami bilan qutlayman.
Vatanimizda tinchlik, omonlik barqaror bo‘lsin!
#9May #XotiraVaQadrlashkuni
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+3
✅ Bugun navbatdagi fuqarolarimiz uchun qabulimizni oʻtkazdik. Murojaatchilar bilan muloqotimizda ta’lim tizimiga oid dolzarb takliflarni tingladik.
🟢 Qabul davomida 2026/2027-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar qabuli hamda rahbar va pedagog kadrlar tanlovlariga oid masalalar batafsil muhokama qilindi.
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+6
🖐 Bugun men va jamoamiz uchun ajoyib kun boʻldi. U.Q.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasining tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdik.
Ularga Agentligimiz nomidan bayram sovg‘alari topshirdik. Bolalar bilan birga oʻynadik, kuldik, orzular qildik, chin dildan suhbat qurdik.
Orzularingiz ijobat boʻlsin bolajonlar!
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+9
🖌 Bugun yoshlar bilan birga bo‘lish, ularning fikr va g‘oyalarini tinglash alohida mamnuniyat bag‘ishladi. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazdik.
⚫️ Uchrashuvda yoshlarning ijodiy salohiyati, ularga yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv yilidagi yutuqlari batafsil muhokama qilindi.
🟢 Ochiq muloqot davomida yoshlarning yangi va kreativ tashabbuslarini tingladik. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, texnologiyalar va sun’iy intellekt asoslarini o‘rganish, har yili mart oyini “Ijod maktablari oyligi” deb e’lon qilish hamda “Ijod yoshlari” festivalini tashkil etish kabi takliflar kelgusida o‘z samarasini berishiga ishonamiz.
📕 Bilimli, fidoyi va keng dunyoqarashga ega yoshlarimiz bilan Yangi O‘zbekistonning ertangi kuni yanada mustahkam bo‘ladi.
#payshanba_yoshlarkuni
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+9
🤝 “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichiga start berdik.
✅ Chirchiq shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida hududlardagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlaridan kelgan o‘quvchilar gʻoliblik uchun bellashadilar.
⭐️ Maqsadimiz – yoshlarimizda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda mardlik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish.
⚫️ Musobaqani yuqori saviyada oʻtkazish va oʻquvchilarimiz uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida tashkiliy jarayonlar bilan ham yaqindan tanishdik.
#turonyoʻlbarslari #respublika_bosqichi
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+9
🏆 Namanganda Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi boshlandi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida o‘z bilim va iqtidorini namoyon etish uchun kelgan barcha yoshlarni va ularning ustozlarini qutlayman.
✅ Ushbu olimpiada mamlakatimizda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Biologiya faniga qiziqishi baland, iqtidorli yoshlarni bir maydonga jamlayotgani ayniqsa quvonarli.
🌐 Bu yilgi musobaqada 12 ta davlatdan — Turkiya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Belarus, Rossiya, Malayziya, Tailand, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 94 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etmoqda.
🤝 Mazkur nufuzli musobaqaga Belarus, Turkiya, Ozarbayjon va Rossiyadan malakali ekspertlar, yetuk olimlar va professorlar jalb etilgani uning darajasi va ahamiyatini yanada oshiradi.
📕 Olimpiadadagi har bir ishtirokchi — davlatimizning boyligi, biz ularning bilimga intilishini qo‘llab-quvvatlashga va rag‘batlantirishga tayyormiz.
#Namangan #olimpiada
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+6
📍 Yangi o‘quv yiligacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan muassasalardagi qurilish ishlari jarayonlarini hududlarda o‘rganib boryapmiz.
✅ Navbatdagi manzilimiz Namangan viloyatida ta’lim infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdik.
📕 2026–2027-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan Al-Xorazmiy maktabi qurilishini ham ko‘zdan kechirdik. Mas’ullarga ishlarni belgilangan muddatda, sifatli va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilgan holda yakunlash muhimligini yana bir bor ta’kidladik.
⭐️ Shuningdek, Namangan davlat texnika universiteti rahbariyati bilan hamkorlikda muhandislik maktabini tashkil etish masalalarini muhokama qildik.
⚫️ Har ikkala muhim loyiha Agentligimiz tomonidan doimiy nazoratga olingan.
#hududda_oʻrganish #Namangan
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+9
🤩 Jamoamiz bilan birgalikda yurtimizdagi muhtasham Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya uyushtirdik.
🟢 Poytaxtimizda joylashgan ushbu loyiha o‘tmish va bugunni uyg‘unlashtirgan holda, osudalikka cho‘mgan va mushohadalarga undaydigan zamonaviy maskanga aylanmoqda.
✅ Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston mamlakatimiz faxri bo‘lgan noyob islom merosini targ‘ib etish borasida butun dunyoda haqli ravishda e’tirof etilmoqda.
✅ Sayohatimiz davomida markazning zamonaviy va o‘ziga xos me’morchiligi, ekspozitsiyalar, nodir qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, yurtimizning boy ilmiy va ma’naviy merosini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan bir qator loyihalar haqida ma'lumotga ega bo'ldik.
⭐️ Barcha yurtdoshlarimizni ushbu go'zal va tarix haqida so'zlavchi maskanga tashrif buyurishga chorlab qolaman.
🖥 Rasmiy sahifalar
6 143
+1
🤩 Bugun Pekin tillar va madaniyat universiteti nashriyoti vakili Jeng Nan bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik.
✅ Uchrashuvimizda Jeng xonimga Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda yoshlar orasida xorijiy tillarga, ayniqsa, xitoy tiliga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgani haqida gapirib berdim.
🇨🇳 Hamkorimiz esa zamonaviy, xalqaro standartlarga mos yangi avlod darsliklari va o‘quv-uslubiy majmualarni taqdim etdi.
📕 Muloqotimiz davomida xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha dunyo tan olgan ilg‘or tajribalarni yurtimizda qo‘llash masalalarini muhokama qildik.
✔️ Uchrashuvimiz yakunida maktablarimiz uchun xitoy tilini o‘qitishga oid zamonaviy darsliklar va o‘quv resurslarini yaratish hamda yetkazib berish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdik.
🟢 Xitoy tili kabi dunyoda nufuzi ortib borayotgan tillarni sifatli o‘rgatish orqali yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishda davom etamiz.
#uchrashuv #hamkorlik
🖥 Rasmiy sahifalar
