en
Feedback
Abdulaziz Gulamov

Abdulaziz Gulamov

Open in Telegram

Toshkent Davlat Transport universiteti rektorining rasmiy sahifasi Facebook: facebook.com/AbdulazizGulyamov1 Instagram: https://www.instagram.com/abdulaziz__gulamov Linkedln: https://www.linkedin.com/in/abdulaziz-gulamov-852385415?trk=contact-info

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
461
Subscribers
+1424 hours
+287 days
+8630 days
Posts Archive
От студента — к руководителю банковского подразделения: история успеха студента Транспортного университета Жавохирмирзо Мирко
От студента — к руководителю банковского подразделения: история успеха студента Транспортного университета Жавохирмирзо Миркомилова
Сегодня наш студент успешно работает в AVO Bank в должности руководителя группы цифрового обслуживания. В современном мире умение успешно совмещать получение высшего образования с ответственным построением карьеры — отличительная черта настоящих лидеров. Герой нашей сегодняшней публикации — один из таких молодых людей. Совмещая учёбу с профессиональной деятельностью, он уже занимает руководящую должность в одном из крупных банков страны, служа достойным примером для своих сверстников. Жавохирмирзо Миркомилов в настоящее время обучается в Ташкентском государственном транспортном университете. Однако его стремления не ограничиваются лишь занятиями в аудиториях и изучением теоретических дисциплин. Ещё в студенческие годы он уверенно сделал первые шаги в банковской сфере и с тех пор последовательно развивает свои профессиональные навыки, постоянно расширяя практический опыт. Именно гармоничное сочетание теории и практики позволило ему быстрее адаптироваться к требованиям современной отрасли. Сегодня Жавохирмирзо успешно возглавляет группу цифрового обслуживания в AVO Bank. В условиях стремительного развития финтеха и цифровых банковских технологий на него возложены важные и ответственные задачи: эффективная организация работы команды цифрового обслуживания; повышение качества клиентского сервиса до уровня международных стандартов; дальнейшее совершенствование цифровой экосистемы и сервисов банка, а также создание максимально удобных условий для пользователей. По мнению Жавохирмирзо, добиться высоких результатов невозможно, опираясь исключительно на теоретические знания. Настоящий профессиональный рост достигается тогда, когда теория подкрепляется реальной практикой. Именно поэтому совмещение учёбы с активной профессиональной деятельностью он считает для себя бесценной школой жизни и опыта. История успеха Жавохирмирзо Миркомилова — яркий пример высокого потенциала современной молодёжи Узбекистана, её целеустремлённости и стремления к достижению поставленных целей. Стать руководителем группы в крупной финансовой организации ещё во время обучения в университете — это не только личное достижение, но и символ уверенного шага нового поколения, которое сегодня формирует цифровое будущее нашей страны.
Facebook | Instagram | Telegram

Talabalikdan bank yetakchiligiga: Transport universiteti talabasi Javoxirmirzo Mirkomilovning muvaffaqiyat yo‘li Bugungi kund
Talabalikdan bank yetakchiligiga: Transport universiteti talabasi Javoxirmirzo Mirkomilovning muvaffaqiyat yo‘li
Bugungi kunda talabamiz AVO bankda Raqamli xizmat ko‘rsatish guruhi rahbari lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy dunyoda oliy ta’lim va mas’uliyatli karyerani muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirish — haqiqiy yetakchilarga xos xususiyatdir. Bugungi maqolamiz qahramoni ham aynan shunday yoshlardan biri bo‘lib, u o‘qish bilan bir qatorda yirik bank sohasida boshqaruv lavozimini egallab, tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda. Javoxirmirzo Mirkomilov ayni paytda Toshkent davlat transport universitetida tahsil olmoqda. Biroq uning intilishlari faqatgina auditoriya mashg‘ulotlari va nazariy darslar bilan cheklanib qolgani yo‘q. U talabalik yillaridanoq bank sohasiga dadil qadam qo‘yib, o‘z kasbiy mahorati va tajribasini muntazam hamda tizimli ravishda oshirib bormoqda. Nazariya va amaliyotning bunday uyg‘unligi unga sohaga tezroq moslashish imkonini berdi. Bugungi kunda Javoxirmirzo AVO bankda Raqamli xizmat ko‘rsatish guruhi rahbari lavozimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Zamonaviy fintex va raqamli bank xizmatlari shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda uning zimmasiga juda muhim va mas’uliyatli vazifalar yuklangan: - Raqamli xizmat ko‘rsatish jamoasining ishini samarali va tizimli tashkil etish; - Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish; - Bankning raqamli ekotizimini va xizmatlarini yanada takomillashtirish hamda foydalanuvchilarga maksimal darajada qulaylik yaratish. Javoxirmirzoning fikricha, har qanday sohada faqatgina qog‘ozdagi bilim bilan yuksak cho‘qqilarga erishib bo‘lmaydi. Nazariy bilimni amaliyotning qaynoq jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish professional rivojlanishda eng muhim o‘rinni tutadi. Shu sababli, u ta’lim olish va jadal ish faoliyatini parallel ravishda olib borishni o‘zi uchun ulkan hayot va tajriba maktabi deb biladi. Javoxirmirzo Mirkomilovning ushbu muvaffaqiyat tarixi — zamonaviy O‘zbekiston yoshlarining ulkan salohiyati va to‘g‘ri maqsad sari charchamay intilishining yorqin namunasidir. Universitetdan turib yirik moliya tashkilotida guruh yetakchisiga aylanish nafaqat shaxsiy g‘alaba, balki mamlakatimiz raqamli kelajagini qurayotgan yangi avlodning dadil qadamlaridir.
Facebook | Instagram | Telegram

“Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi boshlandi Ayni damda Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida
+9
“Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi boshlandi   Ayni damda Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi "Sof Expo" ko‘rgazma markazida transport sohasiga bag‘ishlangan "Milliy sanoat zanjiri" ko‘rgazmasi boshlandi.   Mazkur ko‘rgazma Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Transport vazirligi hamda transport sohasining yirik davlat buyurtmachilari va tarmoq korxonalari hamkorligida tashkil etildi.
Ko‘rgazmada transport sohasidagi yirik davlat buyurtmachilarining mavjud va istiqboldagi xarid ehtiyojlari taqdim etishmoqda.   Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlari, butlovchi qismlari, texnologik yechimlari va import o‘rnini bosuvchi ishlanmalarini namoyish etishishmoqda.
Началась выставка "Национальная промышленная цепь" В эти минуты в выставочном центре Sof Expo в Джамбайском районе Самаркандской области стартовала выставка "Национальная промышленная цепь", посвящённая транспортной сфере. Данная выставка организована Агентством по промышленной кооперации и государственным закупкам совместно с Министерством транспорта, а также крупными государственными заказчиками и отраслевыми предприятиями транспортной сферы.
На выставке представлены текущие и перспективные потребности в закупках крупных государственных заказчиков в сфере транспорта. Также местные производители демонстрируют свою продукцию, комплектующие, технологические решения и импортозамещающие разработки.

Repost from Edu.uz
#Yoshlar_kuni #Rektor_talabalar Rektor va talabalar: ochiq muloqot, yangi g‘oyalar va istiqbolli tashabbuslar Toshkent davlat transport universitetida universitet rektori Abdulaziz G‘ulomov iqtidorli talabalar bilan universitetning “Yashil zona” hududida ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning ilmiy tadqiqot faoliyatidagi ishtiroki, innovatsion g‘oyalari, ta’lim jarayonidagi faolligi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib, kelgusidagi reja va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar. Batafsil: https://tstu.uz/uz/blog/2352 👉На руcском 👉In English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Toshkent davlat transport universiteti rektori talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi Toshkent davlat transport universiteti
+9
Toshkent davlat transport universiteti rektori talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdulaziz Gulamov universitetning “Yashil zona”sida iqtidorli talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda yoshlarning ilmiy-tadqiqot jarayonlaridagi faolligi, ularning innovatsion tashabbuslari, ta'limdagi o‘rni hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi. Tadbirda, shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Said Shaumarov, rektor maslahatchisi Anvar Adilxodjayev va rektorning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchi Feruza Mamurova ham ishtirok etdi. Muloqot davomida universitetda iqtidorli yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va ularga qaratilayotgan e’tibor alohida ta’kidlandi. Xususan, talabalarni amaliy qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va startap g‘oyalarini hayotga tatbiq etish uchun zarur muhitni yaratish universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishi ekanligi qayd etildi. Shuningdek, izlanuvchan talabalar faoliyati, ularning xalqaro grant va tanlovlardagi ishtiroki, shuningdek, yoshlar qamrovini oshirishdagi o‘rni e’tirof etildi. Talabalar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar va yutuqlar universitet hayotining muhim qismi sifatida baholandi. Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirish, yangi startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini oshirish, shuningdek, universitet infratuzilmasini talabalar uchun yanada qulay va zamonaviy ko‘rinishga keltirish masalalari ko‘tarildi. Bildirilgan loyiha va takliflarni tizimli amalga oshirish maqsadida tegishli mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi va qator masalalar ijobiy hal etilishi ta'kidlandi. Muloqot ochiq savol-javob tarzida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram |  🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News

Toshkent davlat transport universiteti rektori Belarus davlat aviatsiya akademiyasining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik nisho
Toshkent davlat transport universiteti rektori Belarus davlat aviatsiya akademiyasining “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent davlat transport universiteti rektori Abdulaziz Gulamov fuqaro aviatsiyasi sohasi uchun zamonaviy va yetuk kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy jihatdan shakllanishiga qo‘shgan salmoqli hissasi, shuningdek, universitet hamda Belarus davlat aviatsiya akademiyasi o‘rtasidagi ilmiy-amaliy va ta’lim yo‘nalishidagi o‘zaro integratsiyani yanada mustahkamlagani munosabati bilan akademiyaning “Faxriy yorlig‘i” hamda esdalik nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur yuksak e’tirof ilm-fan va ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, kelgusidagi istiqbolli rejalar uchun mustahkam zamin yaratadi. Universitetimizning xorijiy yetakchi ta’lim muassasalari, xususan, Belarus davlat aviatsiya akademiyasi bilan o‘rnatilgan xalqaro aloqalari bundan keyin ham izchil mustahkamlanib, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro tajriba almashish ko‘lami yanada kengayib boradi.
__ Ректор Ташкентского государственного транспортного университета удостоен Почётной грамоты и памятного знака Белорусской государственной академии авиации
Ректор Ташкентского государственного транспортного университета
Абдулазиз Гуламов
награждён
Почётной грамотой
и
памятным знаком
Белорусская государственная академия авиации
за значительный вклад в подготовку современных высококвалифицированных кадров для сферы гражданской авиации, их профессиональное становление, а также за укрепление научно-практического и образовательного сотрудничества между
Ташкентский государственный транспортный университет
и Белорусской государственной академией авиации. Эта высокая награда стала наглядным подтверждением практических результатов двустороннего сотрудничества в сфере науки и образования и создаёт прочную основу для реализации новых перспективных совместных проектов. Международное партнёрство нашего университета с ведущими зарубежными образовательными учреждениями, в частности с Белорусской государственной академией авиации, и впредь будет последовательно укрепляться, способствуя повышению качества образования и дальнейшему расширению международного обмена опытом.
Facebook | Instagram | Telegram

🇪🇸 Toshkent davlat transport universiteti magistranti Ispaniyaning nufuzli Cadiz universitetida tahsil oladi! 🎓 Toshkent d
🇪🇸 Toshkent davlat transport universiteti magistranti Ispaniyaning nufuzli Cadiz universitetida tahsil oladi!
🎓 Toshkent davlat transport universiteti magistranti Durdona Obutjonova “Erasmus+” xalqaro dasturi g‘olibi bo‘lib, Ispaniyaning nufuzli Cadiz universitetida grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 🌍 Xalqaro ta’lim maydonida yangi bilim va tajribalarni egallash har bir yosh mutaxassis uchun katta mas’uliyat hisoblanadi. Nufuzli xorijiy oliygohda ta'lim olish imkoniyati — yurtimiz yoshlari uchun davlatimiz va universitetimiz tomonidan yaratilayotgan keng sharoitlarning yorqin namunasidir. 👨‍🎓 Barcha talabalarimizni shunday keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga, xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirib, xalqaro ta'lim dasturlarida faol ishtirok etishga chaqiraman. Durdonaning bugungi yutug‘i qolgan yoshlarimiz uchun ham o‘rnak bo‘lishiga ishonaman. O‘z ustingizda ishlashdan, ilm yo‘lida izlanishdan aslo to‘xtamang. O‘zbekiston transport tizimining kelajagi siz kabi yetuk mutaxassislar qo‘lida!
__ 🇪🇸 Магистрантка Ташкентского государственного транспортного университета будет обучаться в престижном Университете Кадиса (Испания)!
🎓 Магистрантка Ташкентского государственного транспортного университета Дурдона Обутжонова стала победительницей международной программы
Erasmus+
и получила возможность обучаться на грантовой основе в одном из престижных вузов Испании — Университете Кадиса. 🌍 Приобретение новых знаний и международного опыта является важной ответственностью для каждого молодого специалиста. Возможность получать образование в ведущем зарубежном университете — яркое свидетельство широких возможностей, которые создаются для молодежи нашей страны государством и нашим университетом. 👨‍🎓 Призываю всех наших студентов максимально использовать предоставленные возможности, углубленно изучать иностранные языки и активно участвовать в международных образовательных программах. Уверен, что сегодняшний успех Дурдоны станет достойным примером и вдохновением для других молодых людей. Никогда не переставайте работать над собой, стремиться к новым знаниям и научным достижениям. Будущее транспортной системы Узбекистана — в руках таких высококвалифицированных специалистов, как вы!
Facebook | Instagram | Telegram

🎓 ДОРОГИЕ ВЫПУСКНИКИ, УВАЖАЕМЫЕ ПРОФЕССОРА И ПРЕПОДАВАТЕЛИ, ДОРОГИЕ РОДИТЕЛИ!
Сегодня в нашей стране развитие науки, образования и инноваций, а также подготовка конкурентоспособных специалистов стали одним из приоритетных направлений государственной политики. Особое внимание уделяется повышению качества человеческого капитала и раскрытию его потенциала как важнейшего фактора развития Нового Узбекистана. Ташкентский государственный транспортный университет также вносит достойный вклад в достижение этих благородных целей, готовя высококвалифицированных, интеллектуально развитых, ответственных и преданных своей Родине специалистов, обладающих современными знаниями и профессиональными компетенциями. Дорогие выпускники! Диплом, который вы сегодня получаете, является не только подтверждением успешного завершения обучения, но и символом большой ответственности, которая отныне ложится на ваши плечи. Теперь именно вам предстоит выполнять почётную миссию — вносить достойный вклад в развитие транспортной системы нашей страны, инженерной отрасли, логистики, цифровых технологий и других стратегически важных сфер. Хочу особо подчеркнуть, что современный рынок труда предъявляет к каждому специалисту высокие требования: глубокие знания, высокий профессионализм, владение иностранными языками, умение эффективно использовать цифровые технологии и постоянное стремление к профессиональному и личностному совершенствованию. Уверен, что знания и опыт, полученные вами в стенах нашего университета, позволят достойно соответствовать этим высоким требованиям. Уважаемые преподаватели! Выражаю вам искреннюю благодарность за самоотверженный труд, высокий научный потенциал и неоценимый вклад в воспитание и образование молодого поколения. В каждом достижении сегодняшних выпускников есть частица вашего труда, мудрости и душевной теплоты. Дорогие родители! От всей души благодарю вас за любовь, терпение, поддержку и веру, благодаря которым ваши дети смогли получить образование, стать зрелыми личностями и сделать уверенный шаг в самостоятельную жизнь. Сегодняшняя радость — это, прежде всего, и ваш праздник. Дорогие выпускники! Сегодня вы прощаетесь с Ташкентским государственным транспортным университетом — местом, которое навсегда останется для вас родным и дорогим. Университет подарил вам не только прочные знания и профессиональные навыки, но и сформировал мировоззрение, подарил верных друзей, мудрых наставников и множество незабываемых воспоминаний. Где бы вы ни находились, мы всегда будем гордиться вашими успехами и достижениями. Двери нашего университета всегда будут открыты для вас. Пользуясь случаем, ещё раз сердечно поздравляю всех наших выпускников с этим знаменательным событием. Искренне желаю вам крепкого здоровья, счастья и благополучия, мира и согласия вашим семьям, больших профессиональных успехов, новых достижений и покорения самых высоких вершин. Счастливого пути вам, дорогие выпускники!
Facebook | Instagram | Telegram

🎓QADRLI BITIRUVCHILAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ OTA-ONALAR! Bugun mamlakatimiz hayotida ilm-fan, ta’lim va i
🎓QADRLI BITIRUVCHILAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ OTA-ONALAR!
Bugun mamlakatimiz hayotida ilm-fan, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili bo‘lgan inson kapitali sifati va salohiyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Toshkent davlat transport universiteti ham ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, yuksak intellektual salohiyatli, mas’uliyatli hamda vatanparvar mutaxassislarni tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Aziz bitiruvchilar! Bugun qo‘lingizga olayotgan diplom nafaqat ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganingizning tasdig‘i, balki zimmangizga yuklanadigan katta mas’uliyat ramzidir. Endi sizlar mamlakatimiz transport tizimi, muhandislik, logistika, raqamli texnologiyalar va boshqa muhim sohalarda yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shishdek sharafli vazifani bajarasiz. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, zamonaviy mehnat bozori har bir mutaxassisdan chuqur bilim, yuksak kasbiy mahorat, chet tillarini bilish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda doimiy ravishda o‘z ustida ishlashni talab etadi. Ishonamanki, universitetimizda olgan bilim va tajribangiz ushbu yuksak talablarga munosib javob berishingizga xizmat qiladi. Muhtaram ustozlar! Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy salohiyatingiz va yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan beqiyos hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bugungi bitiruvchilarning har bir yutug‘ida sizlarning mehnatingiz va mehringiz mujassam. Qadrli ota-onalar! Farzandlaringizning kamol topishi, bilim olishi va mustaqil hayotga qadam qo‘yishidagi mehnatingiz, sabr-toqatingiz va ishonchingiz uchun sizlarga samimiy tashakkur izhor etaman. Bugungi quvonch, eng avvalo, sizlarning ham bayramingizdir. Qadrli bitiruvchilar! Bugun sizlar o‘zingiz uchun aziz va qadrli bo‘lib qolgan — Toshkent davlat transport universiteti bilan xayrlashmoqdasiz. Universitet nafaqat sizlarga mustahkam bilim va kasbiy malaka berdi, balki hayotga bo‘lgan qarashingizni shakllantirdi, do‘stlar, ustozlar va unutilmas xotiralarni taqdim etdi. Shuning uchun, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar biz Sizlarning yutuqlaringiz bilan hamisha faxrlanamiz. Universitetimiz eshiklari sizlar uchun doimo ochiq bo‘lib qoladi. Fursatdan foydalanib, barcha bitiruvchilarimizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, kelgusi mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar va yuksak marralar tilayman. Oq yo‘l sizlarga, aziz bitiruvchilar!

«Выпускной вечер – 2026»: новое поколение специалистов транспортной отрасли вступает в большую жизнь
На летней площадке столичного Дворца искусств «Туркистон» состоялся торжественный «Выпускной вечер – 2026» для выпускников Ташкентского государственного транспортного университета 2025–2026 учебного года. Праздник, организованный под открытым небом в особой, торжественной атмосфере, стал одним из самых волнительных и ответственных событий в жизни молодых специалистов, наглядно продемонстрировав, что транспортно-логистическая система нашей страны пополнилась новым поколением высококвалифицированных и конкурентоспособных кадров. В торжественной церемонии приняли участие первый заместитель министра транспорта Республики Узбекистан Маманбий Омаров, заместитель Транспортного прокурора Дониёр Рахматуллаев, руководство университета, профессорско-преподавательский состав, ведущие специалисты отрасли, почётные гости, а также представители широкой общественности. Выступившие на мероприятии сердечно поздравили выпускников с этим знаменательным событием, подчеркнув, что впереди их ждут большая ответственность и почётная миссия — вносить достойный вклад в развитие транспортной системы Нового Узбекистана. Молодым специалистам пожелали профессиональных успехов, преданности своему делу, новых достижений и выразили уверенность, что они уверенно вступят в самостоятельную жизнь. В ходе торжества были особо отмечены самые активные и выдающиеся студенты университета, в том числе лауреаты государственной премии «Мард ўғлон», а также победители пилотного проекта отрасли «Талантливые молодые транспортники – 2026». Кроме того, обладателям дипломов с отличием, которые на протяжении всего периода обучения являлись примером в научной, общественной, спортивной и культурно-просветительской деятельности, были торжественно вручены специальные дипломы и памятные подарки. «Выпускной вечер – 2026» стал не только красивым завершением яркой студенческой поры, но и историческим днём, ознаменовавшим уверенное начало самостоятельного и достойного профессионального пути молодых, целеустремлённых специалистов в многогранной транспортной отрасли. Счастливого пути вам, созидатели нового поколения!
Facebook | Instagram | Telegram

“Bitiruv kechasi – 2026”: Transport sohasining yangi avlod mutaxassislari katta hayot sari kuzatildi Poytaxtimizdagi “Turkist
+6
“Bitiruv kechasi – 2026”: Transport sohasining yangi avlod mutaxassislari katta hayot sari kuzatildi
Poytaxtimizdagi “Turkiston” sanʼat saroyining yozgi maydonida Toshkent davlat transport universitetining 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchilari uchun “Bitiruv kechasi - 2026” bo‘lib o‘tdi. Ochiq osmon ostida, o‘zgacha shukuh bilan tashkil etilgan ushbu tantana yosh mutaxassislar hayotidagi eng hayajonli va masʼuliyatli pallalardan biriga aylanib, mamlakatimiz transport-logistika tizimi uchun raqobatbardosh kadrlarning yangi avlodi yetishib chiqqanini yorqin namoyon etdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, Transport prokurorining o‘rinbosari Doniyor Rahmatullayev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, sohaning yetakchi mutaxassislari, faxriy mehmonlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar aziz yoshlarni ushbu unutilmas sana bilan samimiy tabriklab, Yangi O‘zbekistonning transport tizimini rivojlantirish yoʻlida ularni ulkan masʼuliyat va sharafli vazifalar kutayotganini taʼkidladilar. Shuningdek, yosh mutaxassislarning kelgusi kasbiy faoliyatida zafarlar, fidoyilik va yuksak natijalar tilab, mustaqil hayot sari dadil odimlashlariga ishonch bildirdilar. Tantana davomida universitetning eng faol va peshqadam talabalari, xususan, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlari hamda sohaga oid “Iqtidorli yosh transportchilar – 2026” pilot loyihasi g‘oliblari alohida eʼtirof etildi. Shuningdek, o‘qish yillari davomida ilmiy, jamoatchilik, sport va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlarda barchaga o‘rnak bo‘lgan imtiyozli diplom egalariga maxsus diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. “Bitiruv kechasi – 2026” nafaqat talabalikning oltin davriga go‘zal yakun yasagan, balki azmu shijoatli yoshlarning serqirra transport sohasidagi mustaqil va sharafli kasbiy faoliyatiga mustahkam qadam qoʻygan tarixiy kun sifatida yodda qoldi. Oq yo‘l sizga, yangi avlod bunyodkorlari!

🎓 ДОРОГИЕ ВЫПУСКНИКИ, УВАЖАЕМЫЕ ПРОФЕССОРА И РОДИТЕЛИ! В жизни Ташкентского государственного транспортного университета внов
🎓 ДОРОГИЕ ВЫПУСКНИКИ, УВАЖАЕМЫЕ ПРОФЕССОРА И РОДИТЕЛИ!
В жизни Ташкентского государственного транспортного университета вновь приближается одно из самых ярких и знаменательных событий. Мы стоим на пороге торжественного момента, когда проводим в большую жизнь очередной выпуск наших студентов — молодых специалистов, обладающих глубокими знаниями, высоким профессиональным потенциалом и твердыми жизненными целями. Позади остались годы упорной учебы, неустанного стремления к знаниям, напряженного труда и незабываемые студенческие годы. Настало время применять полученные знания на практике, вносить достойный вклад в развитие транспортно-логистической и инженерной отраслей нашей страны и уверенно строить свое профессиональное будущее. По этому случаю мы приглашаем выпускников очной, заочной и дистанционной форм обучения, а также их любящих родителей, которые стали главной опорой и поддержкой на пути к этим достижениям, на самое яркое событие студенческой жизни — торжественную церемонию «Выпускной вечер — 2026». Чтобы этот вечер стал для вас по-настоящему незабываемым праздником, подготовлена насыщенная концертная программа. Для гостей выступят любимые всеми артисты: 🎙 Ёркинхуджа Умаров 🎙 Райхона 🎙 Тохир Содиков 🎙 Гайбулла Турсунов 🎧 DJ Macarella Кроме того, вас ждут живые музыкальные выступления, яркая праздничная программа и специально оформленные фотозоны, где можно будет сохранить самые красивые и памятные моменты этого вечера. 📅 Дата: 4 июля 2026 года ⏰ Время: 18:00 📍 Место: Летняя площадка Дворца искусств «Туркистон» Будем рады видеть каждого из вас на этом праздничном вечере! В добрый путь, дорогие выпускники! Пусть впереди вас ждут новые достижения, большие победы и яркие горизонты!
Facebook | Instagram | Telegram

🎓QADRLI BITIRUVCHILAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ OTA-ONALAR! Toshkent davlat transport universiteti hayotida
🎓QADRLI BITIRUVCHILAR, HURMATLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA AZIZ OTA-ONALAR!
Toshkent davlat transport universiteti hayotida yana bir tarixiy va quvonchli lahzalar yaqinlashmoqda. Biz o‘zining mutaxassislik salohiyatiga, chuqur bilimiga va qat’iy maqsadlariga ega bo‘lgan navbatdagi bitiruvchilarimizni katta hayotga kuzatish arafasidamiz. Yillar davomidagi tinimsiz izlanishlar, mashaqqatli mehnat va talabalikning go‘zal damlari ortda qoldi. Endilikda olingan bilimlarni amalda qo‘llash, Vatanimizning transport-logistika va muhandislik sohalari ravnaqi yo‘lida xizmat qilish vaqti keldi. Shu munosabat bilan, kunduzgi, sirtqi va masofaviy ta’lim yo‘nalishlarini tamomlayotgan yoshlarimizni hamda ularning yutuqlariga eng katta poydevor bo‘lgan mehribon ota-onalarini talabalik davrining eng yorqin xotirasi — “BITIRUV KECHASI — 2026” tantanali marosimiga taklif etamiz. Ushbu oqshom sizlar uchun haqiqiy bayramga aylanishi maqsadida maxsus dastur tayyorlangan. Tantanali kechamizda el ardog‘idagi san’atkorlarimiz o‘z chiqishlari bilan barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi: 🎙 Yorqinxo‘ja Umarov 🎙 Rayhona 🎙 Tohir Sodiqov 🎙 G‘aybulla Tursunov 🎧 DJ Macarella Shuningdek, bayram davomida sizlarni jonli ijrolar, yorqin dasturlar va eng chiroyli lahzalarni tarixga muhrlash uchun maxsus fotozonalar kutmoqda. 📅 Sana: 2026-yil 4-iyul ⏰ Vaqt: 18:00 📍 Manzil: Turkiston san’at saroyining yozgi maydoni Barchangizni bayram oqshomida kutib qolamiz. Yangi marralar sari oq yo‘l, qadrli bitiruvchilar!
Facebook | Instagram | Telegram

1.07.2026 Temir yo‘l harakatini boshqarishda mahalliy avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
+2
1.07.2026 Temir yo‘l harakatini boshqarishda mahalliy avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
Toshkent davlat transport universiteti hamda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ hamkorligida mamlakatimizda ilk bor ishlab chiqilayotgan mahalliy avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimi amaliy sinovlardan o‘tkazilmoqda. Tadbir "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bosh muhandisi Sh.T. Qodirov, boshqaruv raisining raqamlashtirish va sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha maslahatchisi A.B.Maxmudov, “Temiryo’linfratuzilma” AJ boshqaruvi raisi S.A. Norqabilov boshchiligida o’tdi. Toshkent davlat transport universiteti Nazarbek stansiyasida Keles–O‘zbekiston–Xovos temir yo‘l uchastkasi uchun ishlab chiqilgan tizim taqdim etildi. Sinov jarayonida Nazarbek–Dalaguzar uchastkasida tizimning amaliy imkoniyatlari namoyish qilindi. Tizimning asosiy afzalliklari: - Poyezdlar harakatini real vaqt rejimida kuzatish; - Dispetcherlik boshqaruvini to‘liq raqamlashtirish; - Bajarilgan poyezdlar harakati jadvalini avtomatik shakllantirish; - Stansiya va peregonlardagi holatni markazlashgan holda nazorat qilish; - Barcha texnologik jarayonlarni avtomatik protokollash va elektron arxivda saqlash. Shuningdek, tizim poyezdlar harakati bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik qabul qilib, harakat grafigini real vaqt rejimida shakllantiradi, infratuzilma elementlarini elektron muhitda boshqarish va tahlil qilish imkonini yaratadi. Mazkur loyiha temir yo‘l transportini raqamlashtirish, intellektual boshqaruv texnologiyalarini joriy etish, mahalliy dasturiy yechimlarni amaliyotga tatbiq etish hamda harakat xavfsizligini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Keyingi bosqichlarda Keles–O‘zbekiston–Xovos uchastkasidagi barcha stansiyalarning virtual xaritasi yaratilishi, poyezdlar harakati jadvalini optimallashtirish hamda tizimni ASOUP, SMB va boshqa temir yo‘l axborot tizimlari bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan.
__ В управлении движением поездов проходят испытания отечественной автоматизированной системы диспетчерского контроля
В рамках сотрудничества Ташкентского государственного транспортного университета и АО «Узбекистон темир йуллари» проходят практические испытания первой в стране отечественной автоматизированной системы диспетчерского контроля, разработанной узбекскими специалистами. Испытания состоялись с участием главного инженера АО «Узбекистон темир йуллари» Ш.Т. Кадырова, советника председателя правления по вопросам цифровизации и развития технологий искусственного интеллекта А.Б. Махмудова, председателя правления АО «Темирйулинфратузилма» С.А. Норкабилова. На станции Назарбек Ташкентского государственного транспортного университета была представлена система, разработанная для железнодорожного участка Келес — Узбекистон — Хавас. В ходе испытаний на участке Назарбек — Далагузар были продемонстрированы её практические возможности. Основные преимущества системы: - Мониторинг движения поездов в режиме реального времени; - Полная цифровизация диспетчерского управления; - Автоматическое формирование исполненного графика движения поездов; - Централизованный контроль состояния станций и перегонов; - Автоматическое протоколирование всех технологических процессов с последующим хранением данных в электронном архиве. Кроме того, система автоматически получает информацию о движении поездов, формирует график движения в режиме реального времени, а также обеспечивает возможность управления и анализа элементов железнодорожной инфраструктуры в единой электронной среде. Реализация данного проекта является важным шагом на пути цифровой трансформации железнодорожной отрасли, внедрения интеллектуальных технологий управления, практического применения отечественных программных решений и дальнейшего повышения безопасности движения поездов. На следующем этапе планируется создание виртуальной карты всех станций участка Келес — Узбекистон — Хавас, оптимизация графика движения поездов, а также интеграция системы с ASOUP, SMB и другими информационными системами железнодорожного транспорта.

Mirobod tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turlari bo‘yicha “Mirobod tumani prokurori kubogi” musobaqasi tashkil etildi. __ В рамках «Олимпиады пяти инициатив» хокимиятом и прокуратурой Мирабадского района был организован турнир «Кубок прокурора Мирабадского района» по национальной борьбе кураш. Facebook | Instagram | Telegram

2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun __ 2 июля — День принятия Государственного герба Республики
2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun __ 2 июля — День принятия Государственного герба Республики Узбекистан Facebook | Instagram | Telegram

Mirobod tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turlari bo‘
+8
Mirobod tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tomonidan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turlari bo‘yicha “Mirobod tumani prokurori kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada milliy kurash, yunon-rum kurashi hamda erkin kurash yo‘nalishlari bo‘yicha turli vazn toifalarida 14–30 yoshdagi o‘g‘il va qizlar o‘zaro bellashdilar. Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Mirobod tumani hokimi Anvar Sayfutdinov, tuman prokurori B. Abdullayev, tuman IIO FMB boshlig’i U. Nasritdinov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Tadbir yakunida musobaqada faol qatnashgan yoshlar va g‘oliblar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Yoshlar mamlakat taraqqiyotining asoschilari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar yoshlarning ta’lim olishi,
+8
Yoshlar mamlakat taraqqiyotining asoschilari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar yoshlarning ta’lim olishi, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Shu ma’noda har bir sohada ertamiz egalari – Yangi O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmish yoshlarga e’tibor, g‘amxo‘rlik yildan yilga ortmoqda.
Yoshlar oyligi doirasida bugun Transport vaziri Ilhom Maxkamov “Iqtidorli yosh transportchilar – 2026” pilot loyihasi yakuniy bosqichi ishtirokchilari bilan muloqot qildi. Mamlakatimiz transport tarmog‘i uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, tashabbuskor, raqobatbardosh hamda kelajakda soha rivojiga munosib hissa qo‘shadigan yosh mutaxassislar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyihaning ko‘p bosqichli saralash yakunlariga ko‘ra Toshkent davlat transport universitetining bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchilaridan eng munosib deb topilgan 25 nafar talaba tanlab olindi. Jonli va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Transport vazirligi va uning tizim hamda sohaviy tashkilotlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash, yoshlar tomonidan ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida transport vaziri I.Maxkamov “Iqtidorli yosh transportchilar – 2026” pilot loyihasi yakuniy bosqichi g‘oliblari bandligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma berdi. Молодёжь — основа развития страны Инициативы, выдвигаемые нашим Президентом, создают прочную основу для получения молодёжью образования, реализации своего потенциала и активного участия в жизни общества. В этом смысле из года в год возрастает внимание и забота о хозяевах нашего завтра — молодёжи, которая является будущим Нового Узбекистана.
Сегодня в рамках месячника молодёжи министр транспорта Илхом Махкамов пообщался с участниками заключительного этапа пилотного проекта "Одарённые молодые транспортники – 2026". По итогам многоэтапного отбора данного проекта, организованного с целью формирования кадрового резерва инициативных, конкурентоспособных молодых специалистов, обладающих современными знаниями и навыками и способных в будущем внести достойный вклад в развитие транспортной отрасли страны, были отобраны 25 самых достойных студентов из числа выпускников бакалавриата и магистратуры Ташкентского государственного транспортного университета. На встрече, прошедшей в духе живого и открытого диалога, обсуждались аспекты всесторонней поддержки талантливой молодёжи, обеспечения Министерства транспорта, его системных и отраслевых организаций квалифицированными кадрами, а также реализации предложений и инициатив, выдвигаемых молодыми людьми.
В завершение встречи министр транспорта И. Махкамов дал ответственным лицам соответствующие поручения по обеспечению занятости победителей заключительного этапа пилотного проекта "Одарённые молодые транспортники – 2026".

Toshkent davlat transport universitetida professor Mahamadjon Mirahmedovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-a
+9
Toshkent davlat transport universitetida professor Mahamadjon Mirahmedovning tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘zining boy ilmiy merosi va pedagogik faoliyati bilan yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi ustozlarni e’zozlash ezgu an’anaga aylangan. Shu munosabat bilan Toshkent davlat transport universitetida yirik olim, professor Mahamadjon Mirahmedovich Mirahmedov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Mazkur nufuzli tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — transport va temir yo‘l qurilishi sohasida o‘ziga xos ilmiy maktab yaratgan ustozning sermahsul faoliyatini sarhisob qilish, uning qoldirgan boy ilmiy-amaliy merosini yosh tadqiqotchilarga yetkazish hamda sohadagi ustoz-shogird an’analarini munosib davom ettirishdan iborat. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, mamlakatimizning yetakchi olimlari, olimning ko‘p yillik hamkasblari hamda uning shogirdlari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Anjuman davomida so‘zga chiqqanlar Mahamadjon Mirahmedovning nafaqat yirik tadqiqotchi, balki yuksak insoniy fazilatlarga ega mehribon ustoz sifatidagi yorqin xotiralarini katta ehtirom bilan yodga oldilar. Uning yuksak bilimi, tashkilotchilik qobiliyati, kasbiga bo‘lgan cheksiz sadoqati va jamoada qozongan yuksak hurmati alohida e’tirof etildi. Mahamadjon Mirahmedovich Mirahmedov 1946-yil 16-iyunda Andijon viloyatida tavallud topgan. U Sankt-Peterburg temir yo‘l muhandislari institutini muvaffaqiyatli tamomlagach, 1971-yildan 2021-yilga qadar – naq yarim asr davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida samarali mehnat qilgan. Olimning boy ilmiy faoliyati tahsinga loyiq: ➖6 ta monografiya; ➖27 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar (shundan 4 tasi fransuz tilida); ➖200 dan ortiq ilmiy maqolalar; ➖5 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi.
__ В Ташкентском государственном транспортном университете состоялась научно-практическая конференция, посвящённая 80-летию профессора Махамаджона Мирахмедова
В нашей стране стало доброй традицией оказывать глубокое уважение выдающимся учёным и преданным своему делу педагогам, внёсшим огромный вклад в развитие науки и являющимся примером для молодого поколения благодаря своему богатому научному наследию и многолетней образовательной деятельности. В этой связи в Ташкентском государственном транспортном университете состоялась научно-практическая конференция, посвящённая 80-летию со дня рождения выдающегося учёного, профессора Махамаджона Мирахмедовича Мирахмедова. Основная цель данного значимого мероприятия — подвести итоги плодотворной научной деятельности учёного, создавшего уникальную научную школу в сфере транспорта и железнодорожного строительства, донести до молодых исследователей его богатое научно-практическое наследие, а также обеспечить достойное продолжение традиций «учитель — ученик» в отрасли. В мероприятии приняли участие руководство университета, профессорско-преподавательский состав, ведущие учёные страны, многолетние коллеги учёного, его ученики и талантливые студенты. В ходе конференции выступающие с большим уважением вспоминали Махамаджона Мирахмедова не только как выдающегося исследователя, но и как мудрого наставника с высокими человеческими качествами. Были особо отмечены его глубокие знания, организаторский талант, безграничная преданность профессии и высокий авторитет среди коллег и учеников. Махамаджон Мирахмедович Мирахмедов родился 16 июня 1946 года в Андижанской области. После успешного окончания Ленинградского института инженеров железнодорожного транспорта он с 1971 по 2021 год — почти полвека — плодотворно трудился в Ташкентском институте инженеров железнодорожного транспорта. Богатое научное наследие учёного заслуживает особого признания: ➖ 6 монографий; ➖ 27 учебников и учебных пособий (из них 4 — на французском языке); ➖ более 200 научных статей; ➖ 5 авторских свидетельств на изобретения.
Facebook | Instagram | Telegram

Temir yo‘lda avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimini yaratish bo‘yicha muhim bosqich amalga oshirildi Toshkent dav
+2
Temir yo‘lda avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat tizimini yaratish bo‘yicha muhim bosqich amalga oshirildi
Toshkent davlat transport universiteti hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘rtasida imzolangan shartnoma asosida temir yo‘l uchastkalarida harakatni avtomatlashtirilgan dispetcherlik nazorat qilish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.
__ Осуществлён важный этап по созданию автоматизированной системы диспетчерского контроля на железной дороге
В рамках договора, заключённого между Ташкентским государственным транспортным университетом и АО «Ўзбекистон темир йўллари», продолжается последовательная работа по созданию автоматизированной системы диспетчерского контроля движения на железнодорожных участках.
Facebook | Instagram | Telegram