Mindvertising.
Open in Telegram
418
Subscribers
-324 hours
+37 days
+6830 days
Posts Archive
Qanday uzur soʻrash kerak?
Tez. Anniq. Samimiy. Va eng muhimi - bahonasiz.
Nega tez? Chunki qancha kechirim soʻrash kechiksa, shuncha:
- ishonch kamayadi
- xato oʻsib, drama boʻlishi mumkin
- befarq odamdek koʻrinib qolasiz.
Nega anniq? Samimiy uzr aniqlik bilan keladi. Agar xafa qilgan boʻlsam, uzur deyish anniq emas.
Kecha seni gapingni boʻlib, oxirigacha eshitmagandim. Uzur soʻrayman - anniq.
Nega samimiy? Kimdir bizga qoʻpol ovozda gapirsa, soʻzlarning foydasi yoʻq - barbir yoqmaydi.
Eng muhim joyi - bahona qilmaslik. Bahona uzr soʻrashdan koʻra oʻzini himoya qilishga oʻxshaydi.
Uchrashuvga 15 daqiqa kech qoldim, uzr - deyish kerak, boʻldi.
Probka boʻldi, telefon oʻchib qoldi, doʻstim ushlab qoldi - lar emas.
Uzr nima boʻlganini tushuntirish uchun emas - xatosini oʻz boʻyniga olish uchun soʻraladi.
#respect #accountability
(C) Excellent advice for living wisdom, Kevin Kelly
Clarification.
1. Sinov ko‘rmagan odamni sabrli demayman. U hali sabr nimaligini bilmaydi.
2. Mas’uliyat yelkasiga tushmagan odamni lider demayman.
Chunki liderlik aynan mas’uliyat og‘irligini ko‘tara olishda namoyon bo‘ladi.
3. Odamga yomonlik qilish uchun imkoniyat berilmaguncha, uni yaxshi odam demayman.
Chunki yaxshilik tanlov bo‘lishi kerak. Imkoniyat bo‘lmagan joyda esa tanlov ham bo‘lmaydi.
4. Odam kattaroq ishga qo‘l urmaguncha, uning motivatsion gaplari man uchun bir tiyin.
Chunki motivatsiya hamma narsa oson ketayotgan paytda emas, aynan qiyin paytlarda kerak bo‘ladi.
Qiyin payt esa, qandaydir kattaroq ishga qo'l urganda keladi.
— Ilhom, Farg'ona, Ayron Soy.
Yaxshi ko‘rinayotgan narsa ba’zan ogohlantiruvchi signal bo‘ladi.
Futbolda darvozabon ko‘p save qilsa, jamoa yaxshi o‘ynamayapti.
Shifokorning mijozi ko‘p bo‘lsa, jamiyat sog‘lom emas.
Repetitorlar ko‘paygan joyda, maktablar sifati pas boʻladi.
Bizga "perfect" koʻrinayotgan nimadir, aslida signal boʻlarkan.
— Ilhom, Farg'ona.
Miyyamizda stop tugmasi yo'q.
Biror muhim narsani o‘rganayotgan paytim, miyam boshqa keraksiz narsalarni qabul qilmay qo‘yadi.
Lekin bir muddat miyamni foydali narsa bilan band qilmasam, aksincha boshlanadi:
- har xil keraksiz video
- random ma’lumot
- bekor o‘ylar
Xullas, manimcha miyyaga doim nimadir kerak.
Agar unga muhim narsa bermasak, u o‘zi uchun keraksiz narsalarni topib oladi.
— Ilhom, Farg'ona.
Hamma erkak o‘ladi. Lekin hammasi rostakam yashamaydi.
Mavjud bo'lish o'zi nima?
- ommaviy fikr ortidan yurish
- nolish bilan kun o‘tkazish
- risk olmaslik
- sportsiz tana
- kitobsiz aql
- maqsadsiz ruh
- yomon odatlar asirida yashash
Ikkinchi ta'rif - hayvoniy instinktlar.
Yoshligimdan shu Qiyin va Oson soʻzlari manga yoqmaydi.
Chunki hech nima oʻzidan oʻzi qiyin yoki oson emas. Hamma gap sizda.
Biron nimani bilsangiz, u oson. Biron nimani bilmasangiz, u qiyin.
A qiyin ekan emas, A haqida uncha bilmas ekanman desak - toʻgʻriroq.
IELTS'da bir xil Reading Passage'ni 2 ta odamga bersak:
Birinchisi 9, ikkinchisi esa 6 olishi mumkin. Bir xil test. Ikki xil odam.
— Tushunmayotgan Ilhom, Farg'ona.
Ichki standartlarimiz belgilaydigan narsa koʻpincha - maqsad.
Oddiy, bemalol koʻzimiz yetadigan maqsad qoʻysak, miyyamiz minimal kuch bilan ishlaydi.
Deyarli imkonsiz maqsadlar esa aksincha - miyyani maksimal ishga soladi. Albatta harakat bilan :)
Masalan, IELTS 7.0 olaman deb maqsad qoʻygan odam, 6.5 olishi ham mumkin. Ehtimoli bor.
Lekin 9.0 olishga harakat qilgan odam qattiq ishlaydi, maksimal oʻqiydi, chuqur oʻrganadi.
Natijada 9.0 chiqmasligi mumkin, lekin 8.0-8.5 olish ehtimoli juda baland - oddiy resultdan yuqori.
Yuqori ambitsiyali maqsadlar kafolat bermaydi, lekin potentsialni majburiy ochib beradi.
"Oyni maqsad qilsang, yetolmasang ham yulduzlarga qoʻnasan - yerda qolmaysan" degan gap xullas.
#thinking #mindset
(C) Excellent advice for living wisdom, Kevin Kelly
Bitta mazmunga ega gapni har xil yetkazish mumkin va muhim.
Bir podshoh tush koʻribdi. Tushida, hamma tanishlari oʻlgan.
2 ta tush taʼbirchisi chaqiribdi va tushining sababini soʻrabdi.
Birinchi taʼbirchi: Hamma tanishlaringiz oʻlib ketar ekan.
Podshoh qoʻrqqanidan birinchi taʼbirchini oʻldirib yuboribdi.
Ikkinchi taʼbirchi: tanishlaringiz sizdan kamroq yashar ekan.
Podshohga ikkinchi taʼbirchining gapi yumshoqroq eshitilgan ekan.
Aslida ikki gapning ham maʼnolari bir xil. Yetkazishda farq bor.
— Xumoyunmirzo aka bilan suhbatdan, Fargʻona.
Butun koinotdagi eng unique narsa: endi tugʻilgan chaqaloq.
U qaysidir millatdan, qaysidir odamlardan taʼsir oʻtkazilmagan.
Uni DNKsi hali tarixda boʻlmagan. Kelajakda ham boʻlmaydi.
U shunchaki u. U original - hali hechnarsa singdirilmagan.
Bolaligida oʻziga yoqqan ishni qiladi. Qiziqqani tomon yuguradi.
Asta-sekin dunyoni taniydi: bog‘cha, maktab, odamlar.
Oʻsha original bolacha ustozidan, doʻstlaridan taʼsir oladi.
Bir ustozi X ni oʻqi desa, boshqasi Y ni oʻqi deydi, boshqasi esa Z ni.
Tashqi shovqin natijasida bola ichki hohishlarini unutib qoʻyadi.
Bu chalkashlik ularning karyerasi va butun hayotiga ta’sir qiladi.
— Tushunmayotgan Ilhom, Fargʻona.
Oxirgi paytlarda o‘rgangan eng yaxshi darslarimdan biri — Building Capacity.
Nima qilishni bilmay qolgan paytiz eng yaxshi narsa — o‘zizni kuchaytirish.
Masalan, bugun nima qilishni bilmayapsizmi? Uxlang. Yaxshi dam oling.
Yaxshi uyqudan kelgan energiya va fresh miya ertaga chiqqan opportunity’dan foydalanishga yordam berishi mumkin.
Hozir date’lar yo‘qmi? Zalga chiqing. Body ustida ishlang. Ertaga kerak bo‘lib qolishi mumkin :)
Pul topib, nima qilishni bilmayapsizmi? Hammasini ishlatib yubormang. Save qiling.
Ertaga yaxshi investment opportunity chiqsa, qo‘liz bo‘sh turmaydi.
Imkoniyat qiziq narsa: hammaga ko‘rinadi, lekin faqat capacity’si bor odam foydalana oladi.
Futbolda ham tepishni bilmaydigan odamga ideal pas berishning foydasi yo‘q.
Capacity quring.
Omad.
— Ilhom, 20-may, uydan
Okean o‘rtasida bir qayiq bor jim,
Shamol urar uni bilgan tomonga.
To‘lqinlar urishar yonidan o‘tib,
Osmon qarab turar uzoqdan unga.
Shamol uni goh oldinga, goh ortga,
Go‘yo sinab ko‘rar bardoshini ham.
Lekin qayiq hali to‘xtab qolmagan,
Ichida o‘chmagan bir mayda umid ham.
Hech kim bilmaydi qayerga borar,
Hech kim eshitmas ichidagi zor.
Har bir harakatda sezilar faqat,
Yashashdan kechmagan bir umidi bor.
Ilhom Ali, 27.04.2026
Flagman, Fargʻona.
Tolibi ilm — ilm talab qiluvchi, ya’ni bilim izlayotgan, o‘qib-o‘rganishga astoydil kirishgan inson degani.
Tolibi ilmga, ya’ni nimadir o’rganmoqchi bo’lgan odamga, kerak bo'ladigan 4 narsa:
1. Onasi — ovqatini, mehrini beradigan
2. Otasi — moddiy ta’minot qiladigan
3. Yaxshi muhit — do‘stlar va atrofdagilar
4. Ustoz — ilm beradigan, yo‘l ko’rsatadigan
Bulardan bittasi buzilsa, ilm yo‘li ham og‘irlashadi.
Clarification.
1. Manga yomon ta’sir o’tkazmasa, odamlar va ular qilayotgan ish bilan ishim bo’lmaydi.
2. O’ta bekorchi odamlardan uzoqroq yuraman. Keraksiz ish, gap ko’paymastligi uchun.
3. Imkon qadar, ochiq bo’lib - ko’proq foydali odamlar bilan tanishaman.
4. Keraksiz mavzularni muhokama qilmayman. Fikrim bo’lsa ham.
Eslashga arziydigan iz qoldirish uchun ko‘rish va anglash orasidagi farqni tushunish kerak.
Olma yerga tushganini hamma ko‘rgan. Lekin Isac Newton savol bergan: Nega pastga? Natijada Gravitatsion uning nomi bilan bog‘langan.
Hamma hayvonlarni ko‘rgan. Charles Darwin esa solishtirgan: Nega ayrimlari boshqacha rivojlangan? Bugun Evolution deyilsа, u esga tushadi.
Hamma telefon ishlatgan. Steve Jobs esa savol bergan: Nega bu chiroyli va qulay bo‘lmasin? Natijada iPhone oddiy qurilmadan ko‘proqqa aylandi.
Hamma ko‘radi. Kamchilik sezadi. Yanada kamrog‘i savol beradi. Faqat bittasi javob topadi.Va javob topgan tarixda qoladi.
Qalb kengayadi. Qalb torayadi. Qalb ochiladi. Qalb yopiladi.
Shuning uchun nimanidir baʼzida yoqtirmaymiz, baʼzida yoqtiramiz.
Odam borki, qalb bor. Tugʻilganda kirib, oʻlgandagina ketadi.
Hechqachon nimanidir 100% yoqtirib, yoqtirmay boʻlmaydi.
Kimnidir butun umr sevib boʻlmaydi. Barbir bir kun zerikasiz.
Biron ishni 100% yaxshi koʻrib ham boʻlmaydi. Baʼzida yoqmaydi.
Bir kun yolgʻizlikni, boshqa kuni odamlar bilan boʻlishni xohlaysiz.
Baʼzan kimnidir qadrlaysiz, baʼzan undan uzoqlashgiz keladi.
— Ulug'bek To'lqinov ustoz bilan suhbatdan.
+1
Yuqoridagi SAT question. Bir oʻqishda, juda qiyin tuyuladi.
Asosiy pointlarni qogʻozga tushirganda, ancha chunarliroq.
10 marta qayta qayta oʻqigandan koʻra, bir marta oʻqib note-taking qilish ancha samaraliroq.
Hayotdayam shu oddiy qogʻoz va ruchka sizga ancha yordam beroladi.
Muammo bormi? Oʻylanib yururmang, qogʻozga tushuring.
Ishoning onovi muammo unchalik katta emasligini sezasiz.
Nimanidir yoʻqligi qiyin, lekin oʻsha narsani koʻpligi undanam qiyin.
Deylik quyosh yoʻq, nur yoʻq, sovuq. 1-2 kiyim kiysangiz boʻldi.
Lekin quyosh bor, borligidayam charaqlayapti, 50 gradus.
Bunda kiyimlarizi yechib tashasezam, barbir isib ketasiz.
Yoʻqchilikdan koʻra koʻpchilik qiyinroq. Ancha qiyinroq.
— Ulugʻbek aka bilan suhbatdan, Fargʻona.
Kechasi qornim toʻq boʻsayam, nimadir yegim keldi.
Yedim. Qornim hech narsa qilolmaydigan darajada toʻyib ketti.
Toʻyib ketgan qorin bilan hechnarsa qilib boʻmadi.
Biroz oʻtirdim. Keyin yotgim keldi. Yottim. Shu bilan uxlab qoldim.
Qiladigan ishlar orqaga suruldi. Nafsni tiyish kerak.
Inson oʻziga aytadigan eng katta yolgʻonlardan biri bu:
Yozmasam ham boʻlaveradi. Yodimda qoladi.
Fikrlarni, oʻrganilayotgan insight'larni share qilib boraman.
