en
Feedback
Mindvertising.

Mindvertising.

Open in Telegram

dm: @ibragimovic_ai

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
420
Subscribers
No data24 hours
+97 days
+7730 days
Number of Posts

Data loading in progress...

Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by

Data loading in progress...

Publication analysis
Posts
Views dynamics
Toshkentdagi IELTS ZONE'ning Integro filialida zerikib, tashqariga chiqib qoldim. Safiaga kirdim. Ichkarida sermulohaza odamlar koʻp ekan — hamma nimadir muhokama qilyapti. Ma AI content bilan mashgʻul edim. Shunda bir aka gap boshladi: — Nima qilyapsiz? — Instagram uchun AI content tayyorlayapman. Shu-shu gaplashib ketdik. Keyin bilsam, aka marketolog ekan. Marketing’da man qilishni orzu qilgan koʻp ishlarni allaqachon qilib qoʻygan ekan. Qiziqib, koʻp savol berdim. Judayam kamtar odam ekan. "X'ga qoʻl urmoqchiman, lekin natija chiqmasa-chi, degan fikr qoʻrqityapti" desam, Aka: "Men hozir ham qoʻrqaman", dedi 😂 Shuncha loyihada ishlagan odam ham qoʻrqarkan-a, deb oʻyladim. Afsuski, bir joyga shoshilib ketib qoldim. Suhbatni davom ettirgim kelayotgandi. Lekin shu suhbatdan olgan xulosam: Winner ham, loser ham qoʻrqadi. Farqi shunda: loser qoʻrqib, hech narsa qilmay oʻtiraveradi. Winner esa qoʻrqsa ham, qilishi kerak boʻlgan ishni qilaveradi. — Ilhom, Tashkent City
1810040Loading...
Aniqlik qoʻrquvni yoʻq qiladi. Zakiy bilan Toshkentning koʻp joylariga borib keldik. Metrodan chiqib, manzilgacha yurish paytida ikki xil odam boʻlib qoldik. Zakiy — hotirjam. Fargʻonada qanday yursa, shu yerda ham xuddi shunday. Men esa — "yana qancha bor?", "charchadim-ku", "yetdikmi hali?" Shu gaplarni bezillab, ich-ichimdan xavotirlanib aytaverdim. Nega shunday boʻldi? Javob oddiy: destinatsiyani bilish yoki bilmaslik. Zakiy qayerga borayotganini, qancha yurishini bilardi — shuning uchun tinch edi. Men bilmasdim — shuning uchun har qadamda ich-ichimdan notinchlik his qildim. Xuddi shu qonuniyat hayotning koʻp qismiga taalluqli, manimcha. Qayerga borayotganingni, qancha "yurish" kerakligini bilsang, yoʻl qanchalik uzoq boʻlmasin, ich-iching tinch boʻladi. Bilmasang — yoʻl qisqa boʻlsa ham, har qadam azob. — Zakiy bilan suhbatdan, Tashkent. Tashkent City
2282038Loading...
Man doim manga foydasi tegmagan odamlar bilan yurmaslikka o’rgatilganman. Yoshligimdan shunaqa tarbiya berishgan. Foydasiz odamlarni shunchaki chopaman. Oxirgi paytlarda juda ko’p negative fikrlar eshittim bu haqida. Ilhom san faqat qandaydir foyda uchun kimdir bilan bo’lasanmi deyishdi. Mani javobim Xa. Bilmiman miyyam shunaqa programmed qilingan. Nega man manga bir tiynli foyda bermaydigan odam bilan birga boʻlishim kerak? Bir tiyn foyda bermasligi mayli, zarari tegsa - ehe, gapirmasayam bovuradi. Oʻzi hamma narsa manfaat ustiga qurilgan. Literally hamma narsa! Foydasiz odam bilan ham doʻst boʻlaman deydiganlar savob qidiradilar deb oʻylayman. Savob hohlash ham manfaatda! Mani fikrimni koʻp akalar oʻzgartirishga harakat qilishdi. Kattaroq ishlar qilgim, kattaroq ishlar bilan band boʻlgim keladi. Bunaqa hohishlar bilan man vaqtini behuda ketkazadigan, kun boʻyi Instagram koʻradigan, tinmay bachkanalashib hazillashadigan odamlar bilan birga yurolmiman. — Ilhom, Tashkent. Tashkent City
2291043Loading...
Farg'onada manga qiyin tuyilgan ishlar, doim Toshkentga keganimda, oson tuyuladi. Anniq esimda, oddiy line graph larga report yozolmagan paytim, qiyin line graphlarga yozardim. Keyin muammo bo'layotgan o'sha oddiy line graphlar oson tuyular edi. Shunchun doim aytaman: qaysidir ish qiyin tuyulsa, undanam qiyinroq ishni qiling. Shunda onovi birinchi qiyin tuyulgan ish, osonlashadi. O'zimda doim ishlaydigan texnika. Faqat, bitta narsani esda tutish kerak. Qiyinroq ish qilish kerak degani, o'zizi o'ldirvorin degani emas 😂 Masalan: Farg'onada qandaydir muammo bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri Londonga sakramang — avval Toshkentni ko'ring. Ingliz tilida beginner bo'lsangiz, "qiyinroq level kerak" deb IELTS guruhiga yugurmang — avval elementary'ni sinab ko'ring. Ilhom Alijonov Texnikasi. Ha mayli hazillashdim. — Ilhom, Tashkent. Tashkent City. Zakiyni kvartirasi.
3912044Loading...
Toshkentga yo’lga chiqdim. Yo’ldaman. Taksi topishda biroz muammo bo’ldi. Xullas, Yandexda qarasam qanaqadir skidka bor ekan. Farg’onadan Toshkentga 110 ming so’m. Bu juda zo’r narx. Yandexda bitta taksist bilan kecha gaplashdim: ertaga 6 da uyizi yonida bo’laman dedi akamiz. Bugun soat 5 larda akaga eslatma sifatida telefon qilgandim. Aka 4 kishi yeg’ilmagani sabab kelolmasliklarini ayttilar. Keyin srazu boshqa taksi qaradim. Yana yandexda. Bu safar 120 ming so’m. Buyam yaxshi narx. Bu taksist aka bilan 5:30 larda gaplashdim. 6 da boraman dedi. Ho’p dedim kuttim. Soat 7 bo’ldi. Taksist aka yo’q. Tel qisam omayapti. Yana boshqa taksi topish kerak. Bilsam 1313 bor ekan. Soat 7 da ularga qildim. Xullas bitta taksi topildi: 200 ming so’m. Bu taksist aka telda gaplashganimizdan 20 daqiqa o’tib yetib keldi. Jo’nadik. Bu taksist akani shunchaki Farg’onadan Toshkentga oborayotgan odam deb qarasam, miyyam 200 ming so’mni qimmat deyapti. Bu yerda avvalgi 110 ming, 120 minglarga solishtirdim shekili. A lekin keyin bu taksistni berayotgan qiymati haqida o’ylasam, narx voobshe zo’r. Qiymati: tezda kelgani. Ishonchi suestimol qimasligi. Odamni vaqtini qadrlagani. Xullas arzon narsa tanlasak, sifatidan kechishimiz kerak ko’p hollarda. Va yana bitta xulosa: qiymatsiz narx qimmat. Bu sotuvdagi muhim prinsplardan biri. — Ilhom, Toshkentga yo’ldan.
4122058Loading...
Qaysi logikaga tayanib, @siiroun degan kanaldan odamlar chiqib ketarkin aa?
920012Loading...