en
Feedback
Mindvertising.

Mindvertising.

Open in Telegram

dm: @ibragimovic_ai

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
418
Subscribers
-324 hours
+37 days
+6830 days
Posts Archive
Mundo oÊ»ylab qarasak, siz va man hechnimaga oÊ»zimiz erishmimiz. Deylik siz IELTS 8.5 oldiz. Ungayam bir oÊ»ziz erishmagansiz. Katta ketmay qoÊ»yaverish kerak. Nega unday deyapman? Birinchi oÊ»rinda sizga sharoit qilib bergan ota onangizni roÊ»li bor. Yana oÊ»rganish payti har xil social media applardan foydalangansiz. Telegram, YouTube larni chiqargan, ularni ustida ishlayotganlarni roÊ»li. Qandaydir oÊ»quv markazga borasiz. OÊ»quv markaz asoschilarni roÊ»li. OÊ»quv markazga borish uchun kiyadigan kiyimizni kimdir tikkan. Kun boÊ»yi shunaqa kiyimlarni tikadigan va sotadiganlarni roÊ»li. Siz energiyaga boy boÊ»lishiz uchun ovqat yeysiz. Bularni yetishtirayotgan, sizgacha kelishini taÊŒminlaydiganlarni roÊ»li. Xullas, hechnimani yakka oÊ»ziz qilolmaysiz. Katta ketmang. OÊ»zi hechkim emassiz ham. — Ilhom, tennisdan uyga qaytayotganda.

Xohlash = yutqazib qo'yish Dadam yoshligimdan "shoshma, hammasi seniki” deb aytadilar, bu gapni endi tushunyapman. Natijaga kamroq qiziqqan odamning qo‘lida kuch bo'ladi. Sizga taklif bilan kelishsa va siz o‘zingizni olsangiz, endi sizni qiziqtirish uchun yaxshiroq taklif berishadi. Bittasini sevib qoldingiz, uni xursand qilish uchun ko‘p narsa qilishga tayyorsiz. Kuch kim tarafda? Kamroq qiziqqan tarafda. Bozorda istagini bildirib qo‘ygan odamlarga kattaroq narx aytishadi, ular shoshganidan narxni ham kelishishmaydi. Xohlayotgan odam muzokaralarda kamroqqa ham rozi bo‘laveradi, u emotsional qaror qiladi, yutqazib qo‘yadi.

People buy because they want to: - Increase their social status - Make money, save money - Avoid effort, pain - Get more comfort - Gain praise, feel more loved These are the pegs people use to justify their buying. People don't buy without a reason why. #sales #copywriting (C) Copywriting secrets, Jim Edwards kitobi

Great things are done by a series of small things brought together. — Van Gogh. IELTS ZONE Ferganada 2023-2024 yillarda, Izzatillo degan akani tanib qoganman. Aka o'shanda, Reading 9.0 ogandilar. Qoyil qogandim. So'ragandim, qanday qilib Reading 9.0 olish mumkin deb. Aka, nechadir oylab uyda qamalib kitob o'qiganman degandilar. Nechadir oylab hech kim sezmagan harakatni. Natijadan keyin esa ko'pchilik tanigan. O'shanda sezganman. O'zimga aytgandim: Hech kim o'qimasa ham yozishni o'rgan. Hech kim ko'rmasa ham qurishni o'rgan. Hech kim maqtamasa ham shug'ullanishni o'rgan. Katta foyda bermasa ham invest qilishni o'rgan. Hech kim ko'rmasa ham, qilishing kerak bo'lgan ishni qil. Bu IELTS Reading 9.0 endi bitta kichik misolcha.

Arslonni o‘rgatish mumkin. Lekin uning asl tabiatini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yovvoyi arslonni olib, uni Las-Vegasdagi shou uchun tayyorlash mumkin. Unga sakrashni, buyruqlarni bajarishni, odamlar oldida "chiqish qilishni" o‘rgatish mumkin. Lekin uning ichidagi asl tabiat o‘zgarmaydi. Arslonning tabiati — yovvoyi bo‘lish. U ov qilishni, erkin yurishni, kuchini ishlatishni xohlaydi. Xuddi shuningdek, olma urug‘ini eksangiz, undan olma daraxti chiqadi. Uni yaxshi parvarish qilishingiz, suv berishingiz, quyoshga qo‘yishingiz mumkin. Lekin u hech qachon apelsin bermaydi. Daryoni to‘sishingiz mumkin. Unga vaqtincha boshqa yo‘nalish berishingiz mumkin. Lekin suvning tabiati — oqish. Bosim yetarli bo‘lsa, u baribir o‘ziga yo‘l topadi. Chunki har bir narsaning o‘z asl mohiyati (true essence) bor. Tabiatiga zid bo‘lgan narsa uzoq muddat davom eta olmaydi. Xuddi shunday, moliyaviy hayotda ham tanlagan yo‘lingiz sizni o‘ziga xos manzilga olib boradi. Har bir moliyaviy yo‘lning ichida uning natijasi yashiringan bo‘ladi. Masalan, agar insonning yo‘li: "Ko‘proq pul topish uchun ko‘proq vaqtimni sotishim kerak" degan fikrga asoslangan bo‘lsa, uning mohiyati — vaqt evaziga pul olish. Bu modelda qancha ko‘p ishlasangiz ham, sizning vaqtingiz chegaralangan. Ammo insonning yo‘li: "Men odamlarga katta qiymat yaratadigan narsa qurishim kerak" degan fikrga asoslangan bo‘lsa, uning mohiyati boshqacha bo‘ladi. U bilim oladi, muammolarni hal qiladi, tizim yaratadi va ko‘proq odamlarga foyda bera oladi. Chunki katta boylik ko‘pincha ko‘p odamlar uchun katta qiymat yaratish natijasida paydo bo‘ladi. Shuning uchun natijaga emas, avvalo yo‘lning mohiyatiga qarash kerak. Chunki tanlagan yo‘lingiz oxir-oqibat sizni o‘z tabiiy manziliga olib boradi. (C) The Millionaire Fastlane. Farg‘ona.

Bozor tanlash bo'yicha #marketing #info (C) Expert Secrets, Russel Brunson
Bozor tanlash bo'yicha #marketing #info (C) Expert Secrets, Russel Brunson

Beliefs precede choices. Choices precede action. — MJ Demarco Avval nimagadir ishonamiz. Keyin shu ishonch asosida qaror qilamiz. Keyin esa o‘sha qarorlarimiz hayotimizni shakllantiradi. Muammo shundaki, barcha ishonchlarimiz ham haqiqat emas. Lekin miyamiz uchun bu farq qilmaydi. Agar biror narsaga ishonsak, u bizning harakatlarimizni boshqarishni boshlaydi. Bolaligimda, uydagilarim Santa Claus borligini aytganida, ishonganman. Uchib keladigan bug‘ularini kutganman. Derazadan qaraganman. Rojdestvo kechasida sovg‘alar kelishiga ishonganman. Nega? Chunki manga aytilgan narsani haqiqat deb qabul qilganman. Xuddi shu jarayon kattalikda ham davom etadi. Fikrlar rost yoki yolg‘on bo‘lishidan qat’i nazar, ular harakatlarimizni boshqaradi. Vaqtimni ko'pligiga ishonganimda, ishlarni ko'p keyinga suraman. Vaqtim kamroqligiga ishonganimda, tezroq tugatishga harakat qilaman. Universitetni tugatsam, yaxshi hayot avtomatik keladi deb ishongan akalarni ko'rdim. Diplomni asosiy maqsad qilib, real ko‘nikmalarni rivojlantirishmadi. Diplomga ishonib qolish xatoligiga ishonganda edi, boshqa ko'nikmalarni ham o'rganar edi katta ehtimol. Hammasi miyyadan boshlanadi. Rost ekan. — Ilhom, reading The Millionaire Fastlane. #wealth #psychology Fergana.

"The first principle is that you must not fool yourself, and you are the person easiest to fool." — Charlie Munger Eng katta yolg‘onlar boshqalardan kelmaydi. Eng xavfli yolg‘on — o‘zimizga aytadigan yolg‘onimiz. Chunki boshqa odam sizni aldasa, shubha qilishingiz mumkin. O‘zingizni aldasangiz, haqiqatga o‘xshagan hikoya yaratib qo‘yasiz. Nega? Chunki biz o‘z fikrlarimiz va hissiyotlarimizni hammadan yaxshi bilamiz. Qaysi hikoya bizga taskin berishini, qaysi bahona egomizni himoya qilishini bilamiz. Shuning uchun odam o‘zini aldashda juda kuchli. Begona odam sizga yolg‘on gapirsa, balki ishonmasligingiz mumkin. Lekin o‘zingizga yolg‘on gapirsangiz, uni haqiqat deb qabul qilishingiz oson. Chunki u yolg‘on sizning umidlaringiz, qo‘rquvlaringiz va istaklaringiz bilan aralashib ketadi. Odamzod o‘z fikrlarini himoya qilishga moyil. Xato qaror qilsa: Men noto‘g‘ri tanladim demaydi. Ko‘pincha: sharoit yomon bo‘ldi, vaqtim bo'lmadi degan hikoyalarni yaratadi. Investor pul yo‘qotsa — xatosini tan olish o‘rniga bozorni ayblashi mumkin. Talaba natija qilmasa — o‘z uslubini o‘zgartirish o‘rniga imtihonni qiyin deb hisoblaydi. Inson ko‘pincha haqiqatni emas, o‘z egosini himoya qiladi. Fikringizni egongizdan ajrating. Men xato qildim deyishni o‘rganing. Chunki haqiqat har doim ham qulay emas. Lekin qulay yolg‘on ustiga qurilgan hayot bir kun baribir buziladi. Men bilmayman deyish — zaiflik emas. Bu yangi bilim uchun eshik. Eng xavfli odam — hech narsani bilmaydigan emas. Eng xavfli odam — bilmasligini bilmaydigan odam. Haqiqatni topishdagi birinchi qadam — o‘zingizni aldamaslik. Ilm-fan ham aynan shu prinsipga qurilgan. Chunki eng birinchi aldamasligingiz kerak bo‘lgan odam — o‘zingiz. — Ilhom. #psychology #CharlieMunger Fergana.

Eng katta xavf - bilmagan, tushunmagan narsamiz emas. Eng katta xavf - bilmayotganimizni bilmasligimiz. Bilaman deb oʻylash. Men bilmayman - bu xavf emas, chunki bilmasligini biladi. Men hammasini bilaman - bu xavf, chunki bilmasligini bilmaydi. Bilaman degan odam faqatgina koʻrgan, bilganini biladi. Haqiqiy reallik esa biz koʻrgan narsalarimiz bilan cheklanmaydi. Qora Swanni koʻrmaslik - u yo'q degani emas. Shunchaki bilmaysiz. Odamzod shunaqa. Bilimimiz namuna bilan cheklangan. #humannature #psychology (C) The Black Swan

Nega baʌzi odamlar birdaniga boyib ketadi? Va yana baʌzilari esa bir umr ishlab ham boyimaydi? Mehnatga emas. Ishlarni scale qilishni iloji bormi yoʻqmi, shunga bogʻliq. Non-scalable ishlar:
- vaqt bilan sotiladi - jismonan hozir bo‘lish shart - daromadga “cheksiz imkoniyat” yo‘q
Misol: stomatolog, massajchi, nonvoy, shifokor, oʻqituvchi. Daromad ish soatiga to‘g‘ri proporsional — ya’ni, qancha ko‘p ishlasangiz, shuncha topasiz. Scalable ishlar:
- vaqt bilan cheklanmaydi - bir qaror, bir loyiha, bir g‘oya - yuzlab yoki millionlab natija keltirishi mumkin
Misol: yozuvchi, investor, aktyor, musiqachi. Ular qilgan 1 ta ish - 1 million natija boʻlishi mumkin. J.K Rowling kitobini millionta odamga sotishi uchun million marta yozmaydi. Bir marta yozadi. Ed Sheeran bitta qoʻshiq yaratadi - millionlab odamga yetib boradi. Scalable ish — bir marta qilinadi, ko‘p marta natija beradi. #business #career #thinking (C) The Black Swan kitobidan xulosalar.

"Get paid for your judgment, not your hours." — Naval Ravikant Biz hech qachon vaqtimizni sotib boyib ketolmaymiz. Chunki vaq
"Get paid for your judgment, not your hours." — Naval Ravikant Biz hech qachon vaqtimizni sotib boyib ketolmaymiz. Chunki vaqt — eng qimmat resurs. Uni qanday sarflayotganimiz esa ertangi hayotimizni belgilaydi. Agar uni learning, tajriba va fikrlashga sarflasak — ertaga bizning fikrimiz uchun pul to‘lashadi. Hozir qilayotgan ishimiz bizni ertaga yaxshiroq qilmasa, demak shunchaki vaqtimizni qanchadir pulga alamshyapmiz. Alex Hormozi bilan 1 soatlik konsultatsiya — $25.000 turadi. Charlie Munger maslahati uchun odamlar millionlar to'lashgan. Humoyun Sobirov bilan ham konsultatisyalar pullik. Ular pul uchun vaqtini emas, fikrlarini, tajribalarini sotishyapti. Bu odamlarni umumiy jihati bitta: ular doim o‘rganadi. Doim. O'rgan, Ilhom. O'qi. — Ilhom. Fergana.

Warren Buffett: If I had one piece of advice, I would like you to use Charlie’s advice of thinking how you would like your obituary to read. Charlie Munger: Write your obituary the way you want it written, and then live your life accordingly. Warren Buffett: Agar menda bitta maslahat berish imkoniyati bo‘lganida, men sizdan Charlining maslahatidan foydalanishingizni istardim. Ya’ni o‘zingizning nekrologingiz (vafotingizdan keyin siz haqingizda yoziladigan maqola) qanday bo‘lishini xohlayotganingiz haqida o‘ylash. Charlie Munger: Nekrologingizni o‘zingiz xohlagan tarzda yozib chiqing va keyin hayotingizni shunga muvofiq yashang. Farg’ona.

Reality - Expectation = Happiness Odamlar nega baxt uchun hamma narsaga tayyor? Tushunmayman.‌‌ Mangaku oʻzi uncha qiziq emas
Reality - Expectation = Happiness Odamlar nega baxt uchun hamma narsaga tayyor? Tushunmayman.‌‌ Mangaku oʻzi uncha qiziq emas bu mavzu, lekin yozgim keldi. Oʻzi baxtsiz boʻlishni ildizida oʻzimizni kutuvlarimiz yotadi. Reality kutuvlarimizdan baland boʻlsa — hursand boʻlamiz. Kutuvlarimiz reality dan baland boʻlsa — hafa boʻlamiz. Eng baxtli odamlar - umuman kutuvlari boʻlmagan odamlar. Chunki hamma narsa ular uchun sovgʻa, bonus sifatida tuyulaveradi. Deylik bir odam tugʻilgan kunida, iPhone 17 kutyapti doʻstidan. Doʻsti agar bitta kitob bersa, juda katta disappointment boʻladi. Lekin tugʻilgan kuniga hech nima kutmasa, bitta kitob ham bonus sifatida kelaveradi. Manimcha bu yerda pessimism ham katta roʻl oʻynaydi. Oʻrgimchak Odam kinosida bitta ajoyib gap bor edi: If you expect disappointment, then you will never be disappointed. Deylik siz bir yomon ishni sodir boʻlishini oldindan kutyapsiz. Va u sodir boʻldi. Bunaqa vaziyatda ikki xil holat boʻladi: 1) Oʻsha yomon ish sodir boʻlsayam, siz hafa boʻlmaysiz. Chunki buni kutgansiz. 2) Siz kutayotgan oʻsha yomon ish sodir boʻlmaydi yoki oʻrniga yaxshi hodisa ham sodir boʻlishi mumkin. Ikkala vaziyatda ham siz hafa boʻlmaysiz. Muammo hal.

Statistikaga koʻra, biznesda muvaffaqiyat koʻrsatgichi 20%. Kimdir buni har 5 tadan bittagina odam eplay olar ekan deb oʻqiydi. Kimdir koʻpi bilan 5 marta urinib koʻrishimga toʻgʻri kelar ekan, Deb oʻqiydi.

"The richest are in the niches." — Dan Kennedy Dasturchi bo'lsangiz, har xil saytlar yasamang, faqat klinikalar uchun CRM tizimlari yarating. Fotograf bo'lsangiz, hamma tadbirlarni suratga olmang, faqat premium to'ylar uchun ishlang. Fitness murabbiyi bo'lsangiz, faqat 40 yoshdan oshgan Tadbirkorlar bilan ishlang. Humoyun Sobirovni anchadan beri kuzatib kelaman. Aka producer bo'lib ishlab keladi. Zapusklarni har xil sohada qilsa bo'ladi, Humoyun Sobirov esa asosan Ta'lim yo'nalishidalar. Shaha Dolimovning marketing agentligi ham asosan qurilish kompaniyalariga xizmat ko‘rsatadi. Alex Hormozi biznesdagi ilk muvaffaqiyatlarini aynan sport zallari (gym) bilan qo‘lga kiritgan. IELTS 8.5 olgan ayrim ustozlarni ham bilaman. Ular hamma talabalarni o‘qitmaydi. Asosan tadbirkorlarning Speaking ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Muayyan auditoriyaning muayyan muammosini eng yaxshi hal qiladigan mutaxassis bo‘ling. Shunda sizni almashtirish qiyinlashadi va qiymatingiz ortadi. — Ilhom, reading Expert Secrets by Russel Brunson. Farg'ona.

Har bir inson deyarli hamma narsani qiladi, agar siz ular uchun: - ularning orzularini qo‘llab quvvatlasangiz - ularning xatolarini oqlab bersangiz - qo‘rquvlarini yengillashtirsangiz - shubhalarini tasdiqlab tursangiz - dushmanlariga qarshi “tosh otishga” yordam bersangiz — Blair Warren #psychology #sales (C) Expert Secrets, Russel Brunson

"I believe in the discipline of mastering the best that other people have figured out. I don't believe in just sitting down and trying to dream it all up yourself. Nobody is that smart."
— Charlie Munger Shunaqa gap bor: Ahmoq odam xato qiladi va bir xil xatolarni qaytaraveradi. Aqlli odam xato qiladi va xatolaridan nimadir o‘rganadi. Daho esa boshqalarning xatolaridan o‘rganadi. Eng aqlli insonlar ko‘pincha boshqalardan o‘rganadigan insonlardir. Ilm-fan, biznes, investitsiya yoki sport bo‘lsin, deyarli barcha yutuqlar avvalgi avlodlar qoldirgan bilimlar ustiga qurilgan. Agar biror inson 30 yil davomida bir sohani o‘rganib, xatolar qilib, tajriba to‘plagan bo‘lsa, nega uning tajribasidan foydalanmaslik kerak? Nega barcha xatolarni o‘zimiz qilib ko‘rishimiz kerak? Kimdir kitob yozgan. Kimdir biografiya qoldirgan. Kimdir o‘z muvaffaqiyati va mag‘lubiyatlari haqida ochiq gapirgan. Bularning barchasi biz uchun tayyor dars. Misollarga qaraylik. Isaac Newton — tarixdagi eng buyuk olimlardan biri. Lekin uning o‘zi: If I have seen further, it is by standing on the shoulders of giants. "Agar uzoqroqni ko‘ra olgan bo‘lsam, mendan oldingi buyuk insonlar yelkasida turganim uchundir." deb yozgan. Yoki Steve Jobs — Silicon Valley Dahosi. O'limidan 13 oy avval "Mendan oldin yashagan odamlarga rahmat" deb xat yozgan. Ho‘p, endi o‘rganish kerak ekan. Keyin nima? Endi quyidagi fikrlashni miyadan chiqarib tashlash kerak: — Kitob o‘qimasam ham bo‘ladi. — O‘zim tushunib olaman. — Savol bermayman, uyalaman. — Menga hech kimning maslahati kerak emas. Har safar kitob o‘qiganingizda, siz bir necha soat sarflamayapsiz. Ba'zan bir necha o‘n yillik tajribani o‘zlashtiryapsiz. Shuning uchun Charlie Munger umrining oxirigacha kitob o‘qishni to‘xtatmagan. Chunki hech kim hamma narsani o‘zi o‘ylab topadigan darajada aqlli emas. — Ilhom, reading Poor Charlie's Almanack. Farg‘ona.

Bir yosh yigit Motsartning oldiga kelibdi. “Man ham simfoniya’lar yozishni boshlamoqchiman” - debdi Shunda Motsart: - Yoshing nechada? - Yigirma ikkida. - Juda yoshlik qilar ekansan - Siz 10 yoshda boshlagansizku - Ha, lekin man vaqtimni faqat savollar bilan ketkazmaganman. #actionmatters (C) Charlie Munger

Turn a situation upside down. Look at it backward. — Charlie Munger Inverted Thinking, ya'ni Teskari O‘ylash haqida gaplasham
+1
Turn a situation upside down. Look at it backward. — Charlie Munger Inverted Thinking, ya'ni Teskari O‘ylash haqida gaplashamiz. Inson miyasi imkoniyatlardan ko‘ra xavflarni topishga kuchliroq moslashgan. Sizdan: "Hayotingizda borligi uchun minnatdor bo‘lgan 10 ta narsani sanang", deb so‘rashsa, biroz o‘ylanib javob berasiz. Lekin: "Sizga yoqmaydigan 100 ta narsani sanang", desa, ehtimol ancha tez javob topasiz. Chunki miyamiz muammolar va xavflarni aniqlashga ko‘proq moyil. Shuning uchun muammoni birdaniga yechishdan ko‘ra, uni teskarisidan ko‘rib chiqish foydaliroq bo‘ladi. Savol tug'iladi: Qanday qilib? Oddiy fikrlash: Qanday qilib biznesimni o‘stiraman? Inverted fikrlash: Agar biznesimni barbod qilmoqchi bo‘lsam, nima qilardim? Masalan:
— Hech kimga mahsulotim haqida aytmasdim. — Mahsulot sifatiga e'tibor bermasdim. — Mijozlarga yomon muomala qilardim. — Va'dalarimni bajarmasdim. — Xatolarimni tan olmasdim.
Keyin esa ro‘yxatni teskarisiga aylantirasiz:
— Ko‘proq odamga mahsulot haqida aytaman. — Zo‘r mahsulot yarataman. — Mijozlarga yaxshi xizmat ko‘rsataman. — Va'dalarimda turaman. — Xatolarimni tez tuzataman.
"Qanday qilib sog‘lom bo‘laman?" emas. "Sog‘ligimni nima buzadi?" "Qanday qilib IELTS'dan yuqori ball olaman?" emas. "Odamlar nega past ball oladi?" Javoblarni topgach, ularni teskarisiga o‘girasiz. — Ilhom, reading Poor Charlie's Almanack. Farg'ona.

"What gives you opportunities is other people doing dumb things." — Charlie Munger Juda ko‘p hollarda imkoniyat boshqalarning xatolari natijasida paydo bo‘ladi. Kimdir shoshqaloqlik qiladi. Kimdir hissiyotga beriladi. Kimdir tayyorgarlik ko‘rmaydi. Kimdir kerakli ishni qilmaydi. Natijada bo‘shliq yuzaga keladi. Shu bo‘shliqni ko‘ra olgan odam uchun esa bu - imkoniyat. Muomalasi yaxshi bo‘lmaganlar orasida, muomalangizni yaxshi qiling, yutasiz. Ingliz tilini bilmaganlar orasida, ingliz tilini biling, yutasiz. Kitob o‘qimaydiganlar orasida, kitob o‘qing, yutasiz. Va'dasida turmaydiganlar orasida, va'dangizda turing, yutasiz. Kechikadiganlar orasida, vaqtida boring, yutasiz. Tez taslim bo‘ladiganlar orasida, sabr qiling, yutasiz. — Ilhom, reading Poor Charlie's Almanack. Farg'ona.