Mindvertising.
Open in Telegram
418
Subscribers
-324 hours
+37 days
+6830 days
Posts Archive
Talebning Black Swan kitobi eng yoqtirgan kitoblarimdan biri.
Unda Taleb bir qiziq fikrni ilgari surgan: Siz ko'rmayapsiz degani, u yo'q degani emas.
Hozir ijtimoiy tarmoqlarda universitetlarni yomonlaydigan kontent juda ko'p.
University is a waste of time. Diplomning keragi yo'q.
Bir qarashda, rostdan ham to'g'ridek tuyuladi.
Lekin bir narsani unutmaslik kerak. Siz asosan ijtimoiy tarmoqlarda faol odamlarni ko'ryapsiz.
Universitetni tashlab muvaffaqiyatga erishganlar chiqib bu haqda video qiladi.
Podcastga boradi. Intervyu beradi. Millionlab odamlar ko'radi.
Lekin universitetni bitirib, yaxshi kasb egasi bo'lgan, oilasini boqayotgan, o'z ishidan mamnun odamlar odatda kamera yoqib:
Men universitetni tugatganim juda yaxshi bo'lgan deb video chiqarmaydi. Ularning bunga vaqti ham yo'q.
Natijada siz faqat bitta tomonni ko'rasiz. Ikkinchi tomonni esa deyarli ko'rmaysiz.
Lekin ko'rmayotganingiz, u mavjud emas degani emas.
Shuning uchun internetdagi har qanday fikrga ishonishdan oldin bitta savolni berish kerak.
Man hozir faqat ko'rinayotgan misollarni ko'ryapmanmi?
Yoki ko'rinmayotganlarini ham hisobga oldimmi?
Siz o'zi o'ylaganizdan ham ahmoqroqsiz. Ayniqsa, "Iman Gadzhi" mindsetida bo'lsangiz.
Nimadiri koʻrmayapsiz degani, u yoʻq degani emas.
â Ilhom.
Farg'ona.
Game Theory degan narsa menga doim yoqib kelgan. Tushunish biroz qiyinroq. Lekin mazza.
Game Theory'dagi eng muhim savollardan biri Man hozir qaysi o'yinni o'ynayapman?
O'ylab qarasangiz, hayotdagi ko'p xatolarimiz shu savolga javobni bilmaganimiz uchun bo'ladi.
Masalan, universitetga topshiryapsiz. Sizning maqsadingiz boshqalardan aqlliroq bo'lish emas.
Universitetga qabul qilinish. Bu ikkisi boshqa-boshqa o'yin.
Biznes boshlayapsiz. Sizning vazifangiz dunyodagi eng zo'r mahsulotni yaratish ham emas.
Odamlar pul to'laydigan mahsulotni yaratish. Bu ham boshqa o'yin.
Ba'zida odamlar 10 yil ishlaydi. Lekin aslida noto'g'ri o'yinni o'ynayotgan bo'ladi.
Masalan, bir bola universitetga kirish uchun IELTS o'qiyapti. Unga 6.5 yoki 7.0 bemalol yetadi.
Lekin qo'shnisining bolasi 8 olganini eshitadi. Endi u 8.5 olmoqchi bo'ladi.
Balki 6.5 olishga ketadigan vaqtdan ikki, kerak bo'lsa uch baravar ko'proq vaqt sarflaydi.
Oxirida esa universitetga kirgach bitta narsani tushunadi. U yutgan. Lekin noto'g'ri o'yinda.
Manimcha, hayotdagi eng qimmat xatolardan biri yutqazish emas. Noto'g'ri o'yinda yutish.
Chunki unda siz g'olib bo'lasiz. Lekin noto'g'ri joyda.
Qaysi o'yindasiz? Aniqlab oling. Omad.
â Ilhom.
Farg'ona.
O'ninchi sinfligimda, ekonomikani o'zim o'rganaman deb, Basic Economics degan kitobni biroz o'qigandim.
Ancha yosh bo'lganim uchun, ba'zi tushunchalarni umuman tushunmaganim sababli o'qishni to'xtatib qo'ygandim.
Xullas, o'sha kitobda Sunk Cost degan tushuncha bor edi.
O'zbekchada, taxminan, "qaytarib bo'lmaydigan xarajat" deb tarjima qilish mumkin.
Ba'zida biz biror ishni foydasi borligi uchun emas, unga juda ko'p narsa sarflaganimiz uchun davom ettiramiz.
Deylik, kinoga bordingiz. Film juda zerikarli chiqdi. Lekin chipta uchun pul to'laganman deb yana ikki soat o'tirib berasiz.
Qizig'i shundaki, o'sha pul allaqachon ketgan. Siz hozir qolsangiz ham, chiqib ketsangiz ham u pul qaytmaydi.
Lekin ko'pchiligimiz qarorni kelajak asosida emas, o'tmish asosida qabul qilamiz.
Bu faqat pulda emas. Ba'zida yillar davom etgan munosabatlarda ham. Noto'g'ri ishda ham.
Shuncha vaqt sarfladim. Shuncha mehnat qildim. Endi tashlab ketolmayman deymiz.
Manimcha, agar shu vaziyatni noldan boshlasam, yana shu qarorni qilarmidim degan savol yaxshiroq.
Agar javob yo'q bo'lsa, balki siz qarorni kelajak uchun emas, o'tmish uchun qabul qilayotgandirsiz.
Qanchalik to'g'ri bilmadimu, lekin manga shunday tuyuladi: ba'zan oldinga yurish uchun davom etish emas, to'xtash kerak bo'ladi.
To'xtaysiz. Keyin oldinga yurasiz. Davom etganingiz uchun emas. To'xtashga jur'at qilganingiz uchun.
â Ilhom.
Farg'ona.
Doim o'ylanardim nega ba'zi odamlar juda ko'p ishlasa ham deyarli natija ko'rmaydi.
Yoshligimda kim ko'proq ishlasa, o'sha ko'proq yutadi degan gapga ishonardim.
Bu mantiqli tuyuladi. Lekin hamma narsayam bunaqa ishlamas ekan.
Tasavvur qiling. Birinchi odam kuniga 12 soat ishladi. Ikkinchi odam esa 5 soat.
O'ylab qarasak, birinchisi ikkinchisidan ko'proq ishlayapti.
Lekin ikkinchi odam bozorda juda katta muammoni hal qildi.
Kim ko'proq pul topadi? Ko'p hollarda ikkinchi odam.
Biz ko'pincha mehnatimizni o'lchaymiz:
"Laptop oldida 8 soat o'tirdim."
"Bugun 100 ta sahifa o'qidim."
"10 ta video montaj qildim."
Lekin deyarli hech qachon natijani o'lchamaymiz.
O'sha 100 ta sahifa sizni nimaga o'zgartirdi?
O'sha 8 soat nimani hal qildi?
O'sha 10 ta video kimning muammosini yechdi?
Farq mana shu yerda.
Output bilan outcome bir xil narsa emas.
Post yozish â output. Odamning fikri o'zgarishi â outcome.
Kitob o'qish â output. Xulqingiz o'zgarishi â outcome.
Dars berish â output. Studentlarni natija qilishi â outcome.
Biz esa ko'pincha output bilan o'zimizni ovutamiz. Chunki uni sanash oson.
Outcome'ni esa sanash qiyin.
Shu sababli ba'zi odamlar juda band bo'ladi. Lekin oldinga siljimaydi, manimcha.
Bandlik har doim ham progress degani emas.
â Ilhom.
Farg'ona.
Bugun zerikish haqida yozmoqchiman.
Ko'pchiligimiz bo'sh vaqt topilsa, dam olamiz deb o'ylaymiz.
Telefonni olamiz. Instagram. YouTube. Netflix. Telegram.
Ko'p kontent iste'mol qilgan kunlarim oxirida negadir o'zimni yaxshi his qilmayman.
Manicha sizlarda ham shunday. Go'yo kun o'tdi. Lekin hech narsa sodir bo'lmadi.
Manimcha, buning sababi bitta. Biz juda ko'p iste'mol qilamiz.
Lekin deyarli hech narsa yaratmaymiz. Bir narsaga e'tibor berganmisiz?
Biror post yozsangiz, video montaj qilsangiz, rasm chizsangiz...
kod yozsangiz, yoki odamlarga foyda beradigan nimadir yaratsangiz...
Kun oxirida g'alati bir qoniqish bo'ladi.
Hech kim ko'rmasa ham. Hech kim like bosmasa ham. Nimadir o'zgargandek bo'ladi.
Writing Task 1 kursimni yaratganimda olgan zavqni ko'p narsadan ololmayman.
Writing Task 1 va Task 2 kitoblarimni yaratganimda ham juda kam his qiladigan hissiyotlarni his qilganman.
Chunki inson faqat iste'mol qilish uchun yaratilmagan. Yaratish uchun ham yaratilgan.
Bugun internet bizni asosan iste'molchiga aylantirib qo'ydi.
Boshqalarning postlarini ko'ramiz. Boshqalarning videolarini ko'ramiz.
Boshqalarning biznesini kuzatamiz. Boshqalarning hayotini tomosha qilamiz.
Lekin o'zimizdan internetga nima qo'shyapmiz? Shu savolni deyarli bermaymiz.
Qizig'i shundaki, bugungi kunda tarixda bo'lmagan imkoniyat bor.
Kitob yozmoqchimisiz? Boshlashingiz mumkin.
Kurs yaratmoqchimisiz? Hech kimdan ruxsat so'rashingiz shart emas.
Dunyo ko'radigan video olmoqchimisiz? Telefonning o'zi yetadi.
Oldin yaratish uchun televideniye, nashriyot kerak edi, investor kerak edi.
Bugun esa internet bor. Shunga qaramay, ko'pchiligimiz yaratish o'rniga tomosha qilishni tanlaymiz.
Yana bitta narsani sezganman. Biror narsani yaratayotgan paytim, telefonni kamroq ushlayman.
Boshqalarning hayoti bilan kamroq qiziqaman. Negadir ichim tinchroq bo'ladi.
Manimcha, yaratishning o'zi terapiya.
Shuning uchun ham ba'zi odamlar ishidan charchamaydi. Chunki ular ish qilmayapti. Ular yaratyapti.
Farqi juda katta.
Bitta savol. Tasavvur qiling. Internet ertaga siz iste'mol qilgan hamma narsani o'chirib yubordi.
Ko'rgan videolaringiz. O'qigan postlaringiz. Scroll qilgan barcha sahifalaringiz. Hammasi yo'qoldi.
Lekin siz yaratgan narsalar saqlanib qoldi. Sizdan nima qolardi? Ba'zida shu savolni o'zimga beraman.
Chunki oxirida odamni iste'mol qilgan narsalari emas, yaratgan narsalari eslatib turadi.
Yarating. Omad.
â Ilhom.
Farg'ona.
Savolni qanday berishimiz qanday javob olishimizga taâsir qiladi.
Restoranda ofitsiant keldi va soâradi: âIchishga nimadur kerakmi?â
Shunda miyyangizda 2ta asosiy variant paydo boâladi: nimadur aytish yoki hechnarsa aytmaslik.
Ofitsiant: âIchishga nima aytasiz?â yoki âChoy ichasizmi yoki kofeâ deb soârasa siz katta ehtimol bilan ichishga nimadur aytasiz.
Chunki 1-holatda miyyangiz uchun âyoâqâ deyish 2-ga qaraganda osonroq.
Maqsadlar juda yuqumli bo'larkan. Odamlardan yuqadi.
Manimcha ba'zida to'g'ri maqsad qo'yish degani, to'g'ri odamlarni tanlash degani bo'lsa kerak.
IELTS 9 olish uchun harakat qilayotganlar bilan ko'p vaqt o'tkazsam, manam 9 olgim keladi.
SAT 1500+ uchun tayyorlanayotganlar bilan yursam, 1500+ olgim keladi.
Amerikadagi top universitetlarga kirishni maqsad qilganlar bilan gaplashsam, o'zim ham shu yo'lni o'ylay boshlayman.
Biznes qilib, o'z mahsulotini sotayotgan tanishlarim bilan uchrashsam, menda ham nimadir yaratib sotish istagi paydo bo'ladi.
IELTS o'qiyotganlarni ko'pi o'zi xohlagani uchun emas, atrofidagilar o'qiyotgani uchun boshlaydi.
Balki siz ham boshqa davlatda tug'ilganingizda, bugungi maqsadlaringizning yarmi umuman bo'lmasdi.
Masalan, Yaponiyada ulg'ayganingizda, ehtimol bugun butunlay boshqa narsaga intilayotgan bo'lardingiz.
Biz har doim ham xohishlarimizni boshqara olmaymiz.
Hohishlarimiz atrofdagilardan paydo bo'ladi. Atrfodagilarni o'zgartira olamiz.
â Ilhom, Farg'ona.
Hayotimiz aslida nimadan iborat?
Umrimizning juda katta qismini bitta ish bilan o'tkazamiz.
Lekin aynan qaysi ish ekani haqida ko'p hollarda chuqur o'ylamaymiz.
Hayotimizning katta qismi ma'lum bir odamlar bilan o'tadi.
Lekin ular kimligi haqida ham kamdan-kam bosh qotiramiz.
Hayotimizning katta qismi ma'lum bir joyda o'tadi.
Lekin o'sha joy qayerligi haqida ham o'zimizga kam savol beramiz.
Aslida hayotimizning asosiy qismi mana shu uch narsadan iborat:
1. Nima ish qilamiz.
2. Kimlar bilan yuramiz.
3. Qayerda yashaymiz.
Qizig'i, umrimizning eng katta ulushi aynan shularga ketadi.
Lekin eng kam e'tibor ham ko'pincha aynan shularga beriladi.
Hayotimiz â aynan shu tanlovlar yig'indisi, mundo o'ylab qarasak.
Ularga bir necha yil o'ylab vaqt ajratsak ham arziydi.
â Ilhom.
Fergana.
Bugun eng qimmat resurs haqida yozmoqchiman.
Ko'pchilik vaqt eng qimmat narsa deydi. Manimcha unday emas.
Tasavvur qiling. Sizda bugun 12 soat bo'sh vaqt bor. Lekin xayolingiz:
â oiladagi muammo,
â eski munosabat,
â to'lanmagan qarz,
â telefon,
â Instagram,
â ertangi uchrashuv,
â kechagi janjal
orasida bo'linib ketgan.
Shu 12 soat sizga nima beradi? Deyarli hech narsa. Endi boshqa odamni tasavvur qiling.
Unda atigi 2 soat bor. Lekin shu ikki soat davomida uning butun diqqati bitta ishda.
Ko'proq ishni kim qiladi? Vaqti ko'p odam emas. Diqqati jam bo'lgan odam.
Shuning uchun muammo vaqt yetishmasligida emas, diqqat yetishmasligida.
Biz pulni ehtiyot qilamiz. Lekin diqqatimizni xuddi tekin narsadek tarqatamiz.
Har bir notification, keraksiz suhbat, drama. Hammasi diqqatdan oz-ozdan olib ketadi.
Qizig'i shundaki, biz bunga deyarli e'tibor ham bermaymiz.
Ingliz tilida "pay attention" degan ibora bor. Ya'ni "diqqat to'lash." Bekorga "pay" ishlatilmagan.
Chunki diqqat ham pulga o'xshagan resurs. Sarflasangiz, kamayadi.
Shuning uchun juda muvaffaqiyatli odamlarning hayoti ko'pincha zerikarli ko'rinadi.
Ular:
â ortiqcha uchrashuvlarga bormaydi.
â har kim bilan gaplashmaydi.
â telefonini hamma ocholmaydi.
â keraksiz dramalardan qochadi.
Shuning uchun ham ba'zi odamlar ularni kibrli deb o'ylashi mumkin.
Aslida esa ular shunchaki diqqatini himoya qilayotgan bo'ladi.
Targeting bilan shug'ullanadigan paytim biznes egalarining ofislarini ko'p ko'rganman.
Deyarli hammasining ish joyi juda tartibli bo'lardi. Keraksiz narsalar deyarli bo'lmasdi.
Yaqinda yana bir qiziq misolni eshitdim.
Bir milliarderning telefoni faqat o'zi ruxsat bergan odamlar qo'ng'iroq qilgandagina jiringlar ekan.
Qolganlar qo'ng'iroq qilsa, telefon umuman jiringlamaydi.
Bo'shaganida o'zi ko'radi va kerak bo'lsa qayta telefon qiladi.
â Ilhom.
Fergana.
Maqtnashimasu deb maqtanishadi.
Xafa bo'lmang-u deb xafa qilishadi.
Rostini aytsam deb yolg'onlariga ishora qilishadi.
Hazillashyapman deb haqiqatlar ham aytiladi.
â Abdurazzoq Khanov bilan suhbatdan.
Bir oydan sal koâproq vaqt oâtib, 19 yoshga toâlaman.
Ochigâi, 18 yoshim hayotimdagi eng yoqtirmagan davr boâldi.
Lekin aynan shu yili koʻp narsa oʻrgandim ham. Gʻalati.
Agar oâzimdan kichikroq insonga faqat bitta maslahat bera olsam, shuni aytardim: ustoz toping.
Siz hurmat qiladigan, fikri tiniq, dunyoqarashi mustahkam boâlgan insonni toping va undan oârganing.
Chunki ertaga sizga yuzlab aqlli odamlar maslahat beradi.
Biri A deydi, boshqasi B. Ikkalasini gapi mantiqli tuyuladi.
Oxir-oqibat esa qaysi yoâldan yurishni bilmay qolasiz.
Yaxshi ustoz sizning oârningizga qaror chiqarmaydi.
Lekin keraksiz shovqinni filtrlashni oârgatadi. Sizni har safar noldan boshlashga majbur qilmaydi.
Natijada vaqt yutasiz. Kamroq adashasiz. Boshingiz ichidagi tartibsizlik ancha kamayadi.
Ba'zi narsalarni faqat tajribali inson yonida yurgandagina tushunasiz.
Bugun Immortality haqida yozmoqchiman.
Odamlar umuman oâlmaslik gâoyasiga qarshi chiqib, odatda bir nechta argument keltirishadi.
Birinchisi â zerikish.
âKoâp yashasang, oxiri hamma narsadan zerikib ketasanâ deyishadi.
Lekin bir oâylab koâring: Odam aslida qachon zerikadi?
Agar uzoq yashashning oâzi zerikishga teng boâlganida, barcha qariyalar hayotdan zerikkan boâlishi kerak edi.
Lekin men hech qachon shunchaki âyashashning oâzidan zerikkanâ qariyani koârmaganman.
Koâpincha katta yoshdagi odamlarning muammolari:
â sogâliq muammolari,
â yolgâizlik,
â imkoniyatlarning kamayishi,
â depressiya bilan bogâliq boâladi.
Muammo vaqtning koâpligida emas. Muammo â hayot sifatida.
Yana bir narsa: Biz biror narsani doimiy ravishda takrorlasak, undan zerikamiz.
500 yil davomida bir xil odamlar bilan, bir xil joyda, bir xil tajribalar bilan yashasangiz â albatta zerikishingiz mumkin.
Lekin hayot yangi bilimlarga, kashfiyotlarga, yangi odamlarga, yangi tajribalarga to'llaku.
Agar biron narsadan uzulib tursak, u narsa biz uchun qiziq bo'lib qolaveradi keyingi safar ko'rganimizda ham.
85 yoshli odam ham 6 yoshida yegan oshini yana zavq bilan yeyishi mumkin.
Nega? Chunki u uni har kuni yemagan. Orada yemagan kunlariyam bo'lgan. Tushunyapsizmi?
Inson xotirasi shunday ishlaydi: Uzoq vaqt koârmagan narsamiz yana yangi va qiziqarli tuyuladi.
Unda muammo vaqtning koâpligida emas. Muammo â yangiliklarning tugashida.
Lekin vaqt ko'p bo'lsa, yangilik ham tugashi mumkinku deyshingiz mumkin.
Lekin mana 21-asrdamiz. Yangiliklarni keti uzulmayapti. Bu davom etaveradi.
Keyingi argument: Oâlmasang, maqsadlaring yoâqoladi. Chunki shoshilishga sabab qolmaydi.
Lekin biz qiladigan ishlarning hammasi oâlim qoârquvidan kelib chiqmaydi.
Manda shunaqa. Katta ehtimol sizda ham. Ertaga o'lib qolaman deb qimayapsiz ko'p ishingizni.
â uyimizni tozalaymiz, chunki toza uyda yashashni xohlaymiz.
â kitob yozamiz, chunki fikrlarimizni boshqalar bilan boâlishishni xohlaymiz.
â doâstlarimiz bilan vaqt oâtkazamiz, chunki ular bizga yoqadi.
Bularning hech biri bir kun oâlaman degan fikrga bogâliq emas.
Bizni harakatga undaydigan boshqa kuchlar ham bor: Qiziqish. Sevgi. Ijod. Oâsish.
Toâgârisi, bu juda gâalati mavzu. Baribir bir kun oâlamiz.
Lekin eng qiziq savol: Agar oâlmaslik imkoniyati boâlganida, biz undan voz kecharmidik?
Xullas, shu yergacha oâqigan boâlsangiz, tentaksiz.
Lekin tarixda dunyoni norm odamlar oâzgartirmagan. Doim tentaklar o'zgartirgan.
Tabriklayman sizni, Tentakbek. Tentakxon.
â Ilhom, Fergana.
Watching football at home (England vs Congo)
Aqlimni taniganimdan beri psixologiyaga qiziqib keganman.
Aniqroq aytsam, Cognitive Psychology'ga. Neuroscience ham shu sohaga juda yaqin (lekin bu alohida mavzu).
Odam miyasida juda koâp "kamchiliklar" bor. Yaâni, biz har doim ham voqelikni obyektiv koâra olmaymiz.
Ulardan biri â soânggi voqealarga ortiqcha ahamiyat berish. Buni Recency Bias deb atashadi.
Koâp holatlarda biz oâtmishdagi voqealarni unutib, eng oxirgi koârgan narsamizga koâproq urgâu beramiz.
Masalan, Virgil van Dijk futbolda oâzining eng yuqori formasiga chiqqan paytda, koâpchilik uni Sergio Ramos bilan solishtirib, hatto Ramosdan yaxshiroq deb aytishgandi.
Yoki Olise shu yil porlagani uchun uni Neymar bilan taqqoslashdi. Neymardan yaxshiroq ham degan gaplarni eshittim.
Neymar endigina dunyoga tanilayotgan paytda esa koâpchilik uni Ronaldinhodan ham yaxshi boâladi degan edi.
Bunday holatlar faqat futbolda emas, hayotimizning hamma sohasida uchraydi.
Masalan, 2 yil oldin yaxshi koârgan insoningizdan koâra, hozir yaxshi koârayotgan insoningiz sizga ancha yaxshiroqdek tuyulishi mumkin đ
Qisqasi, miyamiz baâzida bizni chalgâitadi. Bugungi natija â bu butun hikoya emas.
Oxirgi voqea, oxirgi taassurot yoki hozirgi holat insonning butun tarixini bosib ketmasligi kerak.
Baâzida biz "eng yaxshi" deb oâylayotgan narsa aslida shunchaki xotiramizda eng yangi boâlgani va shuning uchun eng kuchli esda qolgan narsadir.
â Ilhom, kuzatuvlardan.
Fergana.
Hozirgi holatimiz avval qilgan qarorlarimiz natijasi.
Ertangi holatimiz hozirgi qarorlarimizni natijasi.
Ertangi bahoyimiz va qiymatimiz hozirgi qarorlarimizga bogʻliq.
Boshqalar, kichkina mavzuchalar uchun juda koʻp oʻylanamiz.
Odatda ularga oʻzimizdan ham koʻproq oʻylanamiz.
Katta qarorlar:
- Kim bilan eng koʻp vaqt oʻtishi
- Nimani ustida ishlayotganingiz
- Qayerda yashayotganingiz
Katta qarorlar uchun vaqt ajrating. Oʻylang. Qaror qabul qiling. Omad.
#ozimcha
Birinchi iPhone modeli va eng zamonaviy iPhone modeli oârtasidagi farq juda katta.
Amazon birinchi ochilganda faqat kitob sotadigan kichik onlayn doâkon edi.
Bugun esa dunyodagi eng katta e-commerce platformalaridan biri.
Facebook dastlab faqat universitet talabalari uchun yaratilgan oddiy platforma edi.
Bugun esa milliardlab odamlar foydalanadigan global tarmoqqa aylangan.
YouTube dagi birinchi video atigi 19 soniya davom etgan va unda bir bola hayvonot bogâida turgan.
Bugungi YouTube esa: taâlimni oâzgartirdi, biznes uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Hech biri birinchi kundanoq mukammal boâlmagan.
Ular boshlashdi. Xatolarini tuzatishdi. Keyin yaxshilanishdi.
Nimadir bizni ko'nglimizday chiqmasa, toâxtatib qoâyamiz.
Birinchi versiyaning vazifasi mukammal boâlish emas.
Uning vazifasi â mavjud boâlish.
Avval boshla. Keyin yaxshilaysan.
Boshla. Shunisi muhim.
â Ilhom, Farg'ona.
"Ochiq eshikni qachongacha taqillatmoqchisan?"
â Jaloliddin Rumiy
Ba'zan oâzimdan koâp soârayman:
"X ga erishishimga nima toâsqinlik qilyapti?"
Javob esa koâpincha bitta boâladi: Oâzim.
Katta ishlarni boshlashdan qoârqamiz. Lekin oâsha katta ishlar uchun hech kim bizni ushlab turgani yoâq.
Biz erkinmiz. Qila olamiz. Lekin qilmaymiz.
Ya'ni eshik ochiq â lekin ichkariga kirmaymiz.
Buni birinchi marta 14 yoshimda Free Fire orqali pul topganimda oz-moz tushungandim.
Pul faqat kimgadir ishlab topiladigan narsa emas ekan. Uni oâzing ham yaratishing mumkin ekan degan hira shira fikrlar kegandi 14 yoshli miyyamga.
Birinchi yaratgan mahsulotim â Writing Task 1 kursim boâldi.
Bu kursni anchadan beri qilishni xohlardim. Lekin doim ortga surardim.
Erinardim. Boshlagim kelmasdi. Oxiri oâzimda kuch topib, boshladim.
Shukurki, reklamaga umuman pul sarflamasdan ham yaxshi sotuvlar boâldi.
Keyin oâylab qarasam, mani bu kursni yaratishdan hech kim toâxtatmagan ekan.
Eshik ochiq edi: Laptop bor edi. Internet bor edi. Bilim bor edi. Audience bor edi.
Faqat record qilish va odamlarga taklif qilish kerak edi.
Lekin man eshik oldida turib, uni taqillatishda davom etayotgan ekanman.
Nechadir o'n yillar avval ruxsat so'rash kerak edi.
Hozir internet degan narsa ko'p imkoniyatlar beryapti.
Eshiklar ochiq. Kirish kerak. Taqillatishni bas qilib, kirish kerak.
â Nimadirlar deyotgan Ilhom.
Fergana.
"The greatest danger in times of turbulence is not the turbulence; it is to act with yesterday's logic."
â Peter Drucker
Bugun Artificial Intelligence, ya'ni Sun'iy Intellekt haqida yozmoqchiman.
"Sunâiy intellekt mening ishimni olib qoâymaydimi?" â bu savol yangi emas.
Tarix davomida odamlar har safar yangi texnologiya paydo boâlganda xuddi shu savolni bergan.
Birinchi katta oâzgarishlardan biri â qishloq xoâjaligining rivojlanishi edi.
Odamlar minglab yillar davomida ovchilik va terimchilik bilan yashagan.
Dehqonchilik paydo boâlganda esa, ovchilik degan va shunga o'xshash "ro'llar" yo'qolishni boshladi.
Odamlar har kuni ov qilib yurish oârniga, oziq-ovqatni oâzimiz yetishtirsak boâlmaydimi degan fikrga kelishdi.
Ovchilarni ishlari yo'qolganda ko'pchilik qo'rqdi. Lekin:
â chorvachilik
â qoâriqlash
â harbiy faoliyat
â savdo
kabi ro'llar paydo bo'ldi.
Keyin Industrial Revolution keldi. Mashinalar qoâl mehnatini almashtira boshladi.
Koâpchilik: Mashinalar kelib, ishchilar ishsiz qolmaydimi deb qoârqdi.
Baâzi ishlar haqiqatan ham yoâqoldi. Lekin yangi dunyo ham yaratildi:
â muhandislar,
â zavod boshqaruvchilari,
â mexaniklar,
â yangi sanoatlar.
Keyin avtomobillar paydo boâldi. Avvallari minglab odamlar:
â ot boqish,
â arava yasash,
â ot transporti bilan bogâliq ishlar
orqali pul topardi.
Mashinalar kelgach, bu sohalar qisqardi.Lekin oârniga:
â avtomobil muhandislari,
â mexaniklar,
â yoâl quruvchilar,
â transport mutaxassislari
paydo boâldi.
2000-yillarda esa internet keldi. Internetdan oldin:
â Social media manager.
â Digital marketer.
â YouTuber.
â SEO specialist.
â App developer.
degan kasblar umuman mavjud emas edi.
Lekin internet millionlab yangi imkoniyatlarni yaratdi.
Xuddi shunday, AI ham ba'zi ishlarni oâzgartiradi yoki yoâq qiladi.
Balki:
â oddiy tarjimonlik,
â ma'lumot kiritish,
â takroriy ofis ishlari,
â oddiy kontent yozish
kabi vazifalar avtomatlashtiriladi.
Lekin shu bilan birga yangi kasblar paydo boâladi.
20 yil oldin hech kim: Men sunâiy intellekt bilan ishlaydigan mutaxassis boâlaman demagan.
Chunki bunday ish hali mavjud emas edi.
Muammo texnologiyada emas. Muammo â insonning oâzgarishni rad etishida.
Tarixda yutgan insonlar yangi texnologiyaga qarshi kurashganlar emas.
Ularni oârganib, oâz foydasiga ishlata olganlar.
AI davrida ham katta ehtimol shunday boâladi.
Yangi bilimlarni o'rganishga ochiq bo'lganlar yutaveradi oxirida.
â Ilhom.
Fargâona.
The final test of freedom is whether you can remain the same person in praise, in insult, in gain, and in loss.
â Seneca
Tashqi omillar bizga juda katta ta'sir qilsa â hali erkin emas ekanmiz.
Kayfiyatimiz maqtov eshitsa koâtariladi. Tanqid eshitsa pasayadi.
Nimadirda yutsak xursandmiz. Yutqazsak hafamiz.
Demak bu erkinlik emas. Bu â tashqi holatlarga bogâliqlik.
Tashqi holatlarni boshqarish bizni qo'limizda emas. Ular ko'p o'zgaradi.
Ko'p o'zgarayotgan tashqi omil bu ular bilan birga doim siz ham oâzgarasiz degani.
Masalan, agar sizni xursandligingiz faqat bir odamning maqtoviga bogâliq boâlsa,
u maqtamasa yoki tanqid qilsa â kayfiyatiz avtomatik tushadi.
Xullas, kimnidir fikri sizni hursandchiligingizni boshqarayotgan bo'ladi.
Bundan tashqari odam shunaqaki, uni mahtayotgan odamga o'rganib qoladi.
Maxtayotgan odam bilan ko'proq bo'lgisi keladi. Chunki bu egosi uchun yaxshi.
Buyam mundo o'ylab qarasak, dependence ga zamin yaratadi.
Bu yerda yechim shu Seneka aytganday, kimdir maxtasa ham, yomonlasa ham, bir xil qola olish.
Haqiqiy erkinlik â tashqi dunyodan mustaqil ichki markaz yaratish.
Bir xil qoling, yutasiz.
â Ilhom.
Fergana.
Shu Omad judayam qiziq narsa. Doim mani hayratga soladi.
U koʻpincha tayyor odamlarga keladi. Koʻp marta guvoh boʻldim.
Bitta oʻquvchim bor edi. Writing individual oʻqitgandim.
Manga yozganda 1 oy vaqtim bor, keyin examga kiraman degandi.
1 oyni yarmi mavzularni tushunish uchun ketgandi.
Mavzularni tugatganimizdan keyin u bola yoʻq boʻb qoldi 2-3 kunga.
Testiga 10 kun qogan. Ingliz tilisi yaxshi. Writingni endi tushungan.
U bola oʻn kunda yaxshi score olishiga ishonolmagandim.
Ha endi nimagayam ulgiysiz hozir deb turgandim.
U nimadir qilay deb, mandan writing questionlar soʻragandi.
Xullas, shu 10 kundayam tinmay essaylar yozgandi.
Eng qiziq narsa shuki imtixonga kirganda shu 10 kun ichida u essay yozgan question tushgan.
Writing 7.0 ogandi shu bola. Bu score'ni nechadir oylardayam ololmaydi koʻpchilik.
Xullas, barbir kam vaqt qoldi, hechnima qilolmayman demang.
Luck favors the prepared Mind.
What is Wealth?
Bu savolni o'zimdan anchadan beri so'rab kelaman.
Jamiyat bizga boylik haqida tayyor tasvir berib qoâygan.
Qimmat mashina. Katta uy. Hashamatli soat. Shaxsiy samolyot. Dengiz boâyidagi villa.
Goâyoki shularning hammasiga ega boâlsangiz, boylikka erishgandek boâlasiz.
Lekin qiziq tomoni: Dunyodagi eng qimmat narsalarning koâpi sotib olinmaydi.
Pul bilan uy sotib olishingiz mumkin. Lekin oilangiz bilan iliq munosabatni sotib ololmaysiz.
Pul bilan eng yaxshi shifokorlarni topishingiz mumkin. Lekin sogâliqni toâliq sotib ololmaysiz.
Manimcha, haqiqiy boylik uchta narsada yashaydi: Oila. Sogâliq. Erkinlik.
Oila â yoningizda boâlishni tanlagan insonlar.
Boylik â yolgâiz katta uyda yashash emas.
Boylik â katta uyda sizni kutadigan insonlarning borligi.
Sogâliq â shunchaki kasal emaslik emas.
Sogâliq â ertalab uygâonganda hayotga energiya bilan kirishish.
Erkinlik esa â faqat koâp pul emas.
Erkinlik â hayotingiz ustidan tanlov huquqi.
Qayerda yashashni.
Kim bilan vaqt oâtkazishni.
Nimaga vaqt ajratishni.
Qanday hayot qurishni oâzingiz hal qilish.
Eng achinarlisi: Baâzi odamlar boylik ortidan yugurib, oxirida boylikning oâzini yoâqotib qoâyadi.
Nima demoqchiman?
Koâproq pul topaman deb sogâligâini beradi.
Katta uy quraman deb oilasidan uzoqlashadi.
Erkin boâlaman deb oâzini yana bir qafasga solib qoâyadi.
Boylik â qancha narsaga ega ekanim emas.
Boylik â hayotingizda qancha muhim narsalar oÊ»zimniki ekanidir.
Kim bilan yashashim, qanday yashashim va hayotimni qanchalik boshqarishimda.
â MJ DeMarco, The Millionaire Fastlane
Ilhom.
#wealth #psychology
Fergana.
