Mindvertising.
Open in Telegram
420
Subscribers
No data24 hours
+97 days
+7730 days
Posts Archive
BaÊŒzi Universitetlarda 3-4 yildan keyin CELTA berarkan.
Aslida, CELTA Sertifikatini maximum 2 oyda olsa boʻladi.
Juda koʻp sohalarni 4 yil emas, 1 yilda oʻrganish mumkin.
Medicine'ni ham ja 10 yillab oʻqish kerakligiga ishonmayman.
Juda koʻp oʻquv markazlar darslarni juda choʻzib oʻtishadi.
8-10 oyda qilsa boʻladigan natijani 2 yilda qiberishadi studentlarga.
Pravani 6 oy oʻqitishyapti ekan. Aslida 5-10 kun oʻqisa yetar emish.
Xullas nega bunaqa? Chunki hamma odamni tezligi bir xil emas.
Kimdir tez oʻrganadi, kimdir sekin. Kimdir esa voobshe toshbaqa.
Nega baʌzi odamlar sekin? Koʻp vaziyatda ular chalgʻigan boʻladi.
Sevgi, Instagram, football, gossip, yana nimadirlarga chalgʻishadi.
Kerakmas narsalarga eÊŒtibor berib, qop ketib qolishadi.
Qattiq fokus bilan, koʻpchilikdan koʻra tezroq erishsa boʻladi.
Sizga kerak narsani Prioritize qilishni oʻrgating.
Prioritize qilish - sizga kerak boʻlgan narsa eng muhimi.
Sizga IELTS kerakmi? Boʻldi fokus faqat IELTS da boʻlsin.
Sizga SAT kerakmi? Fokus faqat SATda boʻlsin.
Sizga A kerak boʻlsa, A ga sizni yaqinlashtiradigan ish qiling.
Tamom.
Oxirida, tezlik yutadi. Chalgʻimang.
UNITY IS POWER.
Elon Musk Teslaning atigi 20% iga egalik qiladi â garchi uni oâzi asos solgan boâlsa ham.
Larry Page, Googlening asoschilaridan biri, kompaniyaning bor-yoâgâi 6% aksiyasini ushlab turibdi.
Jeff Bezos Amazonni yillar davomida qurgan, lekin bugun u faqat 9% ni egasi.
Mark Zuckerberg ham xuddi shunday â oâzi asos solgan Metaning 13% ulushiga ega xolos.
Berkshire Hathaway esa Warren Buffett tomonidan yaratilgan boâlsa-da, uning qoâlida atigi 14% aksiyalar mavjud.
Odatda, katta natija ortida katta jamoa turadi.
âOâzim qilamanâ, âyolgâiz boârimanâ degan tushunchalar â afsona.
Odamlar oâz egosini sindirolmagani uchun birlashmaydi.
Jamoa quring. Qadriyatlaringiz mos odamlarni yigâing.
Birga oâsing. Omad.
â Ilhom.
Fergana.
Hukmsiz oʻrganish jarayonni 70% tezlashtiradi.
Endi oʻrganishni boshlaganimizda, xato qilishimiz anniq va tabiiy.
Tushunishga qiynalamiz. Yoki umuman tushunmaymizam.
- Man eplolmayman ekan.
- Xato qildim, axmoqman.
- Man juda sekinman.
- Savollarim ahmoqona.
- Ustozim unaqa ekan, bunaqa ekan.
Hammasi judgement. Energiya, asab, ortiqcha diqqat olib qoʻyadi.
Shunchaki oʻrganing. Hamma narsani oʻrgandishni iloji bor.
Hukm qilmang. Oʻrganing. Omad.
Ishxonadagi boshliq bilan ko'rishish uchun vaqt ajratamiz.
Anchadan beri ko'rmagan odamni ko'rish uchun vaqt ajratamiz.
Kimdir bizdan qandaydir yordam so'rasa vaqt ajratamiz.
Uchrashuvlar uchun oldindan vaqt belgilimiz, tayyorlanamiz.
Lekin nega o'zimiz bilan uchrashuv belgilamaymiz?
Nega qanchadir soatni o'zimiz bilan qolish uchun ketkazmaymiz?
Vaholanki, hayotimizdagi eng muhim odam o'zimizmiz.
O'zimizga qarab, atrof-muhit, atfordagi odamlar shakllanadi.
O'rtog'lar deysizmi, kelajakdagi turmush o'rtoqmi â o'zimizni reflectionimiz.
O'zi eng qiyin ishlardan biri â shu o'ziz bilan qolish.
Shunchaki hechnima qilmasdan, jim o'tirish.
Chunki siz bilan faqatgina fikrlariz, achchiq haqiqatlar qoladi.
Ba'zilarini qabul qilish qiyin.
Qabul qilmasdan, yolg'onlar bilan yashayvergiz keladi.
Eshitish kerak. Odam o'zini eshitish kerak.
Eshitsa ko'p narsani biladi. Eshiting. Omad.
â Ilhom.
Fergana.
Boshida bahona qiladi: Ertaga qilaman. Ozgina dam olay. Boshqa ishim muhimroq.
Bahonalari qanchalik ishontiruvchi boâlsa, kerakli ishlar shuncha kam qilinadi.
Muhim ishlar qilinmasa, hechnarsa o'zgarmaydi. Natija? Yoʻq.
Bahonalar natijaga qanchalik toâsqinlik qilganini tan olmaydi. Normal deb qaraydi.
Bunaqa holatga normal qarash harakatga undamaydi.
Harakat qilmaslik ketma-ket yangi muvaffaqiyatsizliklarga olib boradi.
Erisholmagach yana bahona qiladi.
Shu cycle'ga tushib qolma. Shunisi muhim. Omad.
â Ilhom.
Fergana.
"Your family is broken, but you wanna fix the world?"
â Naval Ravikant
Uyingda muammo bor, lekin sen dunyoni o'zgartirmoqchimisan?
Odamzotning bosqichma-bosqich ehtiyojlari bor. Mayli, sanab beray:
1. Physiological needs (biologik ehtiyojlar):
Ovqat, suv, uyqu, boshpana. Eng asosiy â tirik qolish uchun kerak bo'lgan narsalar.
2. Safety needs (xavfsizlik):
Jismoniy xavfsizlik, moliyaviy barqarorlik, sog'liq.
Love & belonging (muhabbat va aloqadorlik): Oila, do'stlik, yaqin munosabatlar.
Esteem needs (qadr-qimmat): O'z-o'ziga hurmat, yutuqlar, tan olinish.
Self-actualization: O'z potentsialingga to'liq erishish, dunyoga ta'sir qilish.
Xullas, shu tartibda. Teskarisi emas.
E'tibor bering: moliyaviy xavfsizlik (2) â sevgi-muhabbatdan (3) oldin keladi.
Chunki oila ham, muhabbat ham - o'zi ham moliyaviy barqarorlikka muhtoj.
Pul yo'q joyda, sevgi ham tez-tez buzilib ketadi.
Demak, birinchi keladigan narsa bor, ikkinchi keladigan narsa bor.
Tartibni buzsang - vaqting behuda ketadi. Davlatlar misolida ham shunday.
O'zbekiston hali dunyo iqtisodiga faol aralashmaydi, chunki o'zimizda hal qilinishi kerak muammolar bor.
Dunyoga ta'sir ko'proq AQSH tomonidan keladi, chunki ular o'z ehtiyojlarini allaqachon to'ldirib bo'lgan.
Qisqasi: there are levels to this game of life.
Katta o'zgarish qilmoqchimisiz? O'zingizdan boshlang. Tamom.
Tushuntira olgan bo'lsam â hursandman.
Tushunmagan bo'lsangiz, tentak ekansiz deb yozib qo'ying o'zimga: @ibragimovic_ai
â Ilhom, Navaldan xulosalar.
Farg'ona
Bir client X natijani kutgandi. Man "Y qilsangiz yaxshiroq bo'ladi" deb aql o'rgatgandim. Natijada â clientni yo'qotdim.
IELTS â shunchaki ingliz tilini bilish darajasini o'lchaydigan test, xolos. Lekin odamlar bunga haddan tashqari katta ma'no yuklashadi.
Buni IELTS o'qituvchilarining o'zi ham biladi. Lekin baribir dars o'taverishadi.
Restoran ochgan odamlar sog'lom ovqatlanish kerakligini bilishadi. Lekin baribir fast food sotishadi.
Bir o'rtog'im graphic designer. Unga client X'ni xohlab kelgan, u esa "Y qilganingiz yaxshiroq" degan â va clientni yo'qotgan.
Odamlarga ular nimani xohlasa, o'shani bering. "Bu yaxshiroq" deb aql o'rgatmang.
Qaysidir sohada expert bo'lsangiz, nima nimadan yaxshiroqligini bilasiz â va buni aytgingiz keladi.
Lekin odamlar "to'g'ri"ni emas, o'ziga yoqqanini sotib olishadi.
Give society what it wants degan edi Naval.
â Ilhom, Navaldan xulosalar.
Farg'ona
Yashab turgan riskli hayotimizda risk qilishga qoʻrqamizmi?
Har kuni har xil qaror qilamiz, qarorlarni natijalari bizga qorongʻu.
Oddiy bitta taksiga chiqayotibam risk qilyapmiz o'zi aslida.
Avtohalokat orqali dunyoni tark etayotganlar soni uzulmaydi.
Hechqanday strategiya 100% kafolat bermaydi hechnimani.
Zoʻr plan boʻsa ham, controlimizda boʻlmagan factorlar talaygina.
Riskdan qoʻrqamiz. Chunki nimadir tikib uni yoʻqotish xavfi bor.
Hayotni oʻzi ham bitta gambling. Doim nimadir tikamiz.
Har doim ham pul tikmaysiz. Juda koʻp holatda vaqtni tikasiz.
Yoki sog'lig'izni tikasiz.
Risk oling. Sal o'ylang, lekin risk oling. Omad.
â Ilhom.
Farg'ona.
Man o'zim Happiness'ga ja katta urg'u qo'ymayman.
Happiness hech qachon mani priority larimdan biri bo'lmagan.
Unhappy bo'lsam ham, negadir manga uncha qiziq ham emas.
Mundoq o'ylab qarasak, happiness uchun 2 ta yo'l bor.
Birinchi yo'l â Sokrat yo'li (ingliz tilida Socrates).
U bozorga chiqib, hamma narsani ko'radi-da: "menga kerak bo'lmagan narsalar naqadar ko'p ekan" deydi.
U hech narsani hohlamaydi. Aynan shu â hohlamaslik uni hursand qiladi.
Yana bir hikoya: Aleksandr va Diogen hikoyasi.
Aleksandr dunyoni zabt etib, keyin bochkada yashagan faylasuf Diogenni ko'rgani boradi.
Diogen unga: "yo'limdan nari tur, quyoshni to'sib turibsan" deydi.
Aleksandr hayron bo'lib: "keyingi hayotda Diogen bo'lishni istardim" deydi.
Diogen esa javob beradi: "Farq shunda â men Aleksandr bo'lishni istamayman."
â Aleksandr â hamma narsani zabt etgan.
â Diogen â hech nimaga hohishi yo'q faylasuf.
Ikkisi ham baxtli. Lekin har xil yo'l bilan. Biri â hammasini zabt etib, keyin baxtli. Ikkinchisi â hech nima hohlamasdan baxtli.
Ko'p narsa hohlayotgan odam, ularga erishmaguncha hursand bo'lishi qiyin.
Desire is a contract you make with yourself to be unhappy until you get what you want. â Naval.Nega? Chunki uning ko'ziga boshqa narsa ko'rinmaydi. Ko'ngliga boshqa narsa sig'maydi. Hohlagan narsasiga erishmaguncha, shu holatda qolaveradi. Boshqa tomondan, hech narsa hohlamayotgan odam esa ko'pincha tezroq hursand bo'ladi. U biror narsani hohlab, unga erishish uchun kurashmayapti. Demak, o'sha kurashning qiynoqlari ham unda yo'q. Xo'p, endi shu 2 ta yo'l bor ekan. Qaysi birini tanlash kerak? Biz odammiz. Necha yillab yashaymiz. Baribir harakat qilgimiz keladi. Nimagadir erishgimiz keladi. Hech nima hohlamaslik qiyin. Ayniqsa hozirgi zamonda â juda qiyin. Atrofda reklama ko'p. Hamma sizning diqqatingiz uchun kurashib yotibdi. Jamiyat baribir sizni nimanidir hohlashga majbur qiladi. Shuning uchun ko'pchilik â o'zi xohlaydimi, yo'qmi â ikkinchi yo'lni, ya'ni Aleksandr yo'lini tanlaydi. Chunki nimanidir xohlashdan voz kechishdan ko'ra, unga erishish osonroq. Baribir nimanidir hohlash kerak ekan â hech bo'lmasa, hohishlarimizga e'tiborli bo'laylik. To'g'ri narsani hohlash, va noto'g'ri narsani hohlash degan narsa bor. Bu endi alohida mavzu... â Ilhom, Navaldan olingan xulosalar. Farg'ona.
Intizom va o'z-o'zidan kelgan erkinlik haqida yozmoqchiman.
Ko'pchilik buni ikkita qarama qarshi narsa deb o'ylaydi.
Intizom â bu tartib. Jadval. Nazorat.
Erkinlik esa â bu oqim. Instinkt. Kayfiyatga qarab harakat qilish.
Odamlar ikkiga bo'linadi. Bittasi soat 5da turib, sport qiladi, kundalik yozadi, rejasini bajaradi.
Ikkinchisi esa â qiziqishiga ergashadi. Kunni oqimiga qo'yib beradi. Tartibdan qochadi.
Lekin haqiqiy erkinlik â aynan shu ikkisining kesishgan joyida yashaydi.
Bir jazz musiqachisini tasavvur qiling.
U sahnada erkin, kutilmagan notalar chalayapti. Lekin bu erkinlik ortida yillar davomida mashq qilingan gammalar, ritmlar bor.
Aynan shu intizom tufayli u shunchalik erkin improvizatsiya qila oladi.
Xuddi shunday narsani sportchilarda ham, yozuvchilarda ham, tadbirkorlarda ham ko'rasiz.
Tashqaridan "yengil" ko'ringan narsaning tagida deyarli har doim ko'rinmas intizom yotadi.
Intizomsiz erkinlik â bu erkinlik emas. Bu shunchaki tartibsizlik.
Lekin faqat intizom ham yetarli emas.
Chunki intizom o'zi ham qafasga aylanishi mumkin.
Rejalashtirilgan, lekin zerikarli hayot. Mahsuldor, lekin ilhomsiz.
Manimcha, bu ikkisi orasida balans qidirish shart emas. Ular birga yashashi kerak.
Chuqur ishlash uchun vaqt ajratasiz â shunda kechqurunlaringiz erkin va tinch bo'ladi.
Miyyangizga g'amxo'rlik qilasiz â shunda to'satdan kelgan g'oyaga ham kuchingiz yetadi.
Kasbingizni chuqur o'rganasiz â shunda intuitsiyangiz ham ishonchli bo'ladi.
Eng erkin ko'ringan odamlar aslida eng intizomli odamlar bo'ladi. Faqat bu ularga tabiiy ko'rinadi.
Ularning vaqti mikromenejment qilinmagan, yaxshi himoyalangan.
Ularning aqli reaktiv emas. Balki tinch.
Tartib erkinlikni tug'diradi. Erkinlik esa tartibni mukofotlaydi.
â Ilhom, Navaldan olingan xulosa.
Farg'ona.
Newton's Third Law: For every action, there is an equal and opposite reaction.
Har qanday harakatga teng yoki teskari kuch qarshi chiqadi.
Bu butun tabiatning qonuni. Newton aytgan.
Demak, siz harakat qilayapsizmi, qarshilik boâlishi shart.
Ogâirlik sezayapsizmi, bu yurayapsiz degani.
Qiyinchilik koâpayganmi, bu oâsayapsiz degani.
Tamom.
â Ilhom.
Fergana.
Margin of Error â O'zbekchasi: xato qilish ehtimoli. Bu nima?
Bu tushuncha statistikada ishlatiladi, lekin aslida hayotning har qadamida kerak bo'ladi.
Oddiy qilib aytganda, qancha xato qilishimiz mumkinligi.
Odatda, oz narsani ko'rib, katta xulosa qilamiz.
Hamma qizlar shunaqa, hamma bollar bunaqa â bu gaplarni hammamiz eshitganmiz.
Ko'pincha bitta odamning xatti-harakatiga qarab, butun bir guruh haqida xulosa chiqaramiz. Bu esa katta xato.
Bu yerdagi kalit so'z â sample size, ya'ni siz ko'rgan, tekshirgan odamlar soni.
Qoida: sample size qancha katta bo'lsa, margin of error shuncha kichik bo'ladi.
Ya'ni qancha ko'p odam yoki misolni ko'rib xulosa chiqarsangiz, xatoingiz shuncha kam bo'ladi.
O'zimdan misol: bir paytlar Men va Sir kitoblarini o'qib, "turk kitoblari zo'r ekan" deb yurgan davrim bo'lgan.
Lekin bu yerda sample size â atigi 2 ta kitob edi. Butun mamlakatning adabiyoti haqida xulosa chiqarish uchun bu juda kam.
Keyinchalik bildimki, aslida ko'plab turk kitoblari o'qishga arzimas ekan.
Yoki oddiy misol â anchadan beri tanigan odamiz haqida xulosangiz ko'pincha haqiqatga yaqin bo'ladi.
Yangi tanishgan odamni bir-ikkita hislatiga qarab xulosa qilish esa odatda xato xulosa bo'ladi.
Muammo shundaki kichik narsaga qarab, katta xulosa qilish keyingi fikrlarimizga katta ta'sir qiladi.
Kimdir yoki nimadir haqida qat'iy xulosa qilishdan oldin, o'zimizdan so'rashimiz kerak bo'lgan savol:
Men buni nechta misolga qarab aytyapman?
â Ilhom.
Fergana.
Hayotta oddiy qoidalar koâpincha judayam foydali.
Masalan, va'da berish haqida ikki og'iz:
Va'dani bering va bajaring.
Bajarmoqchi emasmisiz? Va'dani bermang.
Tamom.
Ba'zida biz narsalarni sotib olmaymiz. Narsalar bizni sotib oladi.
Yangi mashina olasiz. Keyin uni yaxshi holatda ushlab turish uchun ishlaysiz.
Qimmatroq uy olasiz. Keyin uning xarajatlari ham siz bilan birga kattalashadi.
Bu ayniqsa, kreditga nimadir olganda namoyyon bo'ladi.
iPhone 17 olganlarni ko'ryapman. Ko'pi kredit. Qanchadir vaqt ishlashadi endi shuni deb.
Bir qarashda hammasi sizniki. Lekin aslida siz ularniki bo'lib qolasiz.
Millionaire Fastlane kitobida buni Lifestyle Servitude deyiladi.
Ya'ni, turmush tarzingizning quliga aylanish.
Jarayon juda oddiy. Ko'proq ishlaysiz. Ko'proq pul topasiz. Ko'proq narsa sotib olasiz.
Keyin esa o'sha turmush tarzini saqlab qolish uchun yana ko'proq ishlaysiz.
Va bu aylana qayta-qayta takrorlanadi.
Qizig'i shundaki, ko'pchiligimiz buni erkinlik deb o'ylaymiz.
Aslida esa har bir yangi majburiyat ozgina bo'lsa ham erkinligimizni sotib oladi.
Manimcha eng erkin odam hechnarsasi yo'q odam.
Hamma narsani qilishi mumkin, lekin hech narsasi yo'q.
Masalan â Pavel Durov.
â Ilhom.
Farg'ona.
Bir tiyn.
Tinmay maslahat soʻrasayu, lekin amal qilmasa - bir tiyn.
Rossa oʻylab oʻylab, bir yechim topmasa ham - bir tiyn.
Rossa rejalar tuzsayu, hechnimani boshlamasa - bir tiyn.
Maqsadi katta boʻb turib, harakati kam boʻlsa - bir tiyn.
Katta ishlarga qoʻl urmasdan, motivatsion gap gapirsa - bir tiyn.
Sizda ham idea boʻlsa - yozing.
Muammoni hal qilish uchun birinchi qadam â muammo borligini tan olish.
Juda oddiy gap. Lekin hayotda eng qiyin qilinadigan ishlardan biri.
IELTS'dan 5.5 oldik. Examiner xato tekshirgan deymiz.
Semirib ketdik. Genetika deymiz.
Biznes yurishmayapti. Bozor yomon deymiz.
Ingliz tilimiz o'smayapti. Vaqtim yo'q deymiz.
Muammo tashqarida bo'lsa, yechim ham tashqarida bo'ladi.
Unda esa siz deyarli hech narsani nazorat qila olmaysiz.
Muammo o'zingizda ekanini tan olsangiz-chi? Shunda yechim ham qo'lingizga qaytadi.
Muammoni borligini tan olish qiyin, chunki tan olgan zahoti javobgarlik ham sizga o'tadi.
Bu degani endi aybdor qidirolmaysiz.
â Ilhom.
Farg'ona.
Neuroplasticity ni tushunish muhim. Hayotizni o'zgartiradigan narsa shu.
Ko'pchiligimiz maqsadlarni juda yaxshi qo'yamiz.
IELTS 8. Ozish yoki ves olish. Biznes boshlash, vahokazo.
Lekin miyyamizga maqsadlar unchalik qiziq emas ekan.
U ko'proq har kuni nima qilayotganingizga qararkan.
Masalan, siz har kuni telefonni 80 marta tekshirasiz.
Miyya demak chalg'ish muhim degan xulosaga keladi.
Har kuni kitob o'qiysiz. Miyya demak o'rganish muhim deydi.
Xullas miyya niyatlarni, yana bir balolarni eslab qolmaydi.
U takrorlanadigan harakatlarni eslab qoladi.
Shuning uchun ham ko'pchiligimiz:
- Bir kuni ingliz tilini o'rganaman.
- Bir kuni kitob yozaman.
- Bir kuni biznes boshlayman.
deymiz.
Lekin miyya boshqa narsani ko'radi. Bugun nima qilding? Kecha-chi? O'tgan hafta-chi?
Agar javob "hech narsa" bo'lsa, miyya ham hech narsani o'zgartirmaydi.
Har kuni ozgina yozish. Har kuni ozgina o'qish. Har kuni ozgina mashq qilish.
Shular muhim. Hozir nima qilayotgan bo'lsayiz, miyya shuni kuchaytiradi.
â Ilhom.
Farg'ona.
Ulugʻbek aka bilan ancha avval bir masala boʻyicha gaplashgandim.
Adashmasam, allaqachon 1 yil yoki undan ham koʻp boʻldi.
Odatda katta ishlarga qoʻl urush uchun bizga "dux" yetishmaydi.
Confidence (odamni oʻziga boʻlgan ishonchi) ni oshirishni zoʻr yoʻli bor.
Bu - kichik gʻalabalar qilish. Kichik ishlarni zoʻr qilish:
- honagizni tartibli saqlash
- qilaman degan ishingizni qilish
- toʻgʻri uxlash
- sogʻlom ovqatlanish
Xullas, nimanidir qilaman dedizmi qilish.
Biz kichik ishlarga unchalik ham katta ahamiyat bermaymiz.
Lekin shu ishlarni qilganda, oʻzimizga ishonchimiz ortarkan.
Sekin, shunaqa kichik "wins" orqali, katta ishlarga qoʻl urarsiz, balki.
Start winning small. Good Luck.
â Ilhom.
Fargʻona.
Odam o'zi bilmaydigan darajada emotsiyalariga qul bo'ladi.
Ko'pchiligimiz qarorlarni mantiq bilan qabul qilamiz deb o'ylaymiz.
Manimcha, aksariyat hollarda buning teskarisi bo'ladi.
Avval emotsiya qaror qiladi. Keyin esa mantiq o'sha qarorni oqlash uchun sabablar topadi.
Bu jarayon juda tez sodir bo'ladi. Ko'pincha esa ong ostida.
Oxirgi paytlarda MacBook olgim kelib qoldi. O'ylab qarasam jiddiy bir sabab yo'q.
Lekin miyyam o'qishimga, ishimga kerak bo'ladida deb sabab qidiradi.
Bir narsani yoqtirib qolsangiz, internetdan u haqida yaxshi fikrlarni qidira boshlaysiz.
Yomon taraflarini esa deyarli e'tiborga olmaysiz. Chunki miyya allaqachon qaror qilgan bo'ladi.
Endi uning vazifasi bitta. O'sha qarorni himoya qilish.
Qizig'i, bugungi internetda deyarli har qanday fikrni tasdiqlaydigan dalillarni topish mumkin.
Yer tekismi? Topasiz. Universitet foydasizmi? Topasiz.
Kripto kelajakmi? Topasiz. Kripto firibgarlikmi? Buni ham topasiz.
Muammo shundaki, biz ko'pincha haqiqatni emas, o'zimiz ishongimiz kelayotgan narsani qidiramiz.
Odam â g'alati mavjudod.
The emotional dog wags its rational tail. â Jonathan Haidt
â Ilhom.
Farg'ona.
Bir kun âPalonchiâ ishlarni qilganimda daromadim keskin oshib ketdi deb post yozaman.
Mark my words.
