en
Feedback
Mindvertising.

Mindvertising.

Open in Telegram

dm: @ibragimovic_ai

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
420
Subscribers
No data24 hours
+97 days
+7730 days
Posts Archive
Bepul tushlik hech qachon bepul bo‘lmaydi. Robert Green 48 Laws of Power kitobida shu gapni qaytargan edi:
“Bepul tushlikdan qoch”
Mehnatsiz berilgan narsa ko‘pincha itoat evaziga olinadi. Bepul ovqat qornimizni to‘ydiradi, ammo qaramlikni o‘rgatadi. Bugun beruvchi qo‘l, ertaga boshqarishni o‘rganadi. Doim oluvchi odam asta sekin gapini, qarorini va hatto sukutini ham yo‘qotadi. Yordam asta sekin bosimga aylanadi. Sizga qimmat sovg’a bersa, endi shu odamga yordam berishim shart deb his qilasiz. Qarshi chiqish qiyinlashadi va yo’q deyish qo’pollikdek tuyuladi. O’zingiz uchun doim o’zingiz to’lang, bo'lmasa itoat evasiga to’laysiz. Sizga bepulga nimadir berilsa, darrov yugurib bormang. — Ilhom, Fergana.

Qilingan ishlar keyin ham qaytariladi Hayotimiz tanlovlardan iborat. Yomon do‘st, turmush o‘rtoq, xodim yoki biznes sherikni tanlashdan qo‘rqamiz. Har xil narsalarga qaraysiz: ko‘rinishiga, gaplariga, oilasiga, aqliga, va’dalariga. Lekin bu kriteriyalar aldab qo‘yishi mumkin. Kimdir kelajakda o‘zini qanday tutishini aniqlovchi yagona usul - o‘tmishda qanday ishlar qilganligini aniqlash. 10 yildan beri kitob o‘qib kelgan odam yana 10 yil o‘qiydi. 20 loyihani muvaffaqiyatli bitirgan odam 21-loyihani ham eplay oladi. Lekin umrida muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanmagan odam ertaga sog‘lom turmush tarzini olib borishi ehtimoli kam. O‘tmishda 10 korxonada 2-3 oydan ishlab chiqqan xodim siz bilan yillar davomida ishlashiga ishonmang. O‘tmishda 3 biznes sherigini pulga otgan odam katta ehtimol bilan sizni va yana ikkitasini kiydiradi, tajribasi bor. Yashab kelar ekanmizki, o‘tmishda qilgan ishlarimizni qilamiz. U ishlarda biz mutaxassismiz, ularda biz tajriba yig‘ib qo'ydik. Qilinmagan yangi ishlar bo’yicha esa hech narsa ayta olmaymiz, yetarlicha ma'lumot yo'q. — Ravshan aka Turgunovdan xulosalar. Fergana.

Disappointment kutganda heech disappointed bo'madim. O'zi baxt formulasi shu ekan. Kutuvlar kamroq, yoki umuman bo'lmasa - baxtliroqsiz. Deylik, ingliz tili o'qimoqchisiz. Darajangiz no'l. Ustoz qidiryapsiz. Agar IELTS 9.0 olgan, perfect ustoz kutsangiz, va topolmasangiz, hafsalez pir bo'ladi. A lekin IELTS 6.0 bo'sayam o'rganaman disez, va IELTS 7.5 lik ustoz chiqsa, sizdan hursand odam yo'q. Bunaqa misollar ko'p. Hammasini yozishga ulgurmadim. Telefonim o'chyapti. Expect disappointment and you will never be disappointed. Ciao. — Ilhom, Fergana.

What happens when you die: They divide up your shit. They summarize your life in 500-1000 words. People who knew you less say sorry to people who knew you more. Everyone eats, drives home, and wakes up the next day and goes to work. Whatever you’re worried about won’t be in those 500 words. You can dare greatly or not at all, but you’re gonna die either way. Might as well squeeze every motherfucking drop out. O‘lganda nima bo‘ladi: narsalaringni bo‘lib olishadi. Hayotingni 500–1000 so‘z bilan xulosa qilishadi. Seni kamroq tanigan odamlar seni ko‘proq taniganlarga hamdardlik bildiradi. Hamma ovqatlanadi, uyiga qaytadi, ertasi kuni uyg‘onib, yana ishiga boradi. Hozir seni tashvishga solayotgan narsalarning hech biri o‘sha 500 so‘z ichida bo‘lmaydi. Sen katta jur’at bilan yashashing mumkin yoki umuman jur’at qilmasliging mumkin — baribir o‘lasan. Shunday ekan, hayotdan qolgan har bir tomchini oxirigacha siqib olganing ma’qul. — Alex Hormozi.

Bir doʻstim bilan koʻrishdik. Suhbat qurdik. Hayrlashdik. Ertasi kuni u bola vafot etgani haqida habar eshitdim. 12-avgust kuni opoqim bilan koʻrishgandim. Bugun 14-avgust. Endi ularni boshqa koʻrolmayman. Qaysidir kuni koʻchaga oʻrtoqlarim bilan futbol oʻynagani chiqdik. Va oʻsha kun oxirgi kun boʻldi. Oxirgi kunligini bilmaganmiz ham. Qaysidir kun yaqin odamiz sizni ismizni oxirgi marta aytar. Qizigʻi bu qachonligini bilmaysiz. Odam ojiz. Oʻzini zoʻrman deb oʻylaydi xalos. Odam ojiz. — Ilhom, Fergana.

Manimcha o'zimdan kattaga uylansam kerak.

But the kid is not my son, guys.

18 yoshim eng yomon ko'rgan yoshim bo'ldi, ochig'ini aytsam. Uch soatdan keyin 19 ga to'laman. Tushungan bir-ikki narsamni bo'lishmoqchiman. 1. Yoshligimda, maktabda ustozlar "yodlab olma, tushunib o'rgan" deyishganda, ularni tentak deb o'ylardim. "Nima farqi bor" derdim. Farq juda katta ekan. Tushunib o'rganganlar shunchaki yodlaganlardan ancha oldinda. 2. Omad ishonganlarga keladi. Atrofni kuzatishdan shuni tushundim. "Ko'rsam ishonaman" demang. Ishoning — ko'rasiz. Teskarisi emas. 3. Imkoniyat paydo qilish uchun oldindan tayyor bo'lish kerak. Hozir gymga borishni boshla. 3 yil o'tib, ko'rkam tana bilan ancha odam bilan tanisha olasan. Buyam imkoniyat. Ingliz tilini 2 yil o'rganasiz. Bir kuni xorijiy kompaniyadan ish taklifi keladi — suhbatga chaqirishadi. Tilni bilganingiz uchun o'tasiz. Til o'rganmagan bo'lsangiz — taklif kelganda ham, imkoniyat sizniki bo'lmaydi. Boshqasiga o'tib ketadi. 4. Qachon qo'rqasiz? Noaniqlikda qo'rqasiz. Aniqlashtirsangiz — qo'rquv yo'qoladi. Chunki aniqlashtirgandan keyin, bu vaziyat sizning nazoratingizdami yoki yo'qmi, shuni bilib olasiz. Nazoratingizda bo'lsa — nimadir qila olasiz, qo'rquv yo'qoladi. Nazoratingizda bo'lmasa — tushunasizki, u baribir sodir bo'ladi. Shuning uchun ham qo'rquv kamayadi, ba'zan umuman yo'qoladi. Nega qo'rqyapsiz? Aniqlashtiring. Keyin qo'rqmang. Mental sog'liqqa juda foydali, ishonavering. 5. Hayotdagi eng muhim xususiyat — Courage, ya'ni jasorat, deb o'ylayman. Jasoratsiz umuman hech narsa qilolmaysiz. Sevganingizga "sevaman" deyishdan tortib, biror ishga qo'l urushgacha — jasorat kerak. Balki katta bo'lsam boshqacha derman, lekin hozircha: Jasorat. 6. Matematikaning muhimligi. Maktabda "katta bo'lsam menga matematika kerak bo'lmaydi" derdim. Katta bo'lib tushunyapmanki, matematika o'ta muhim. Agar matematika deganda faqat qo'shish-ayirishni tushunayotgan bo'lsangiz — dunyodagi eng katta xatolardan birisiz. Qo'shish-ayirishni kalkulyator bilan qilib olasiz. Lekin Probability, Margin of Error, Statistics, Game Theory'ni kalkulyator bilan qilolmaysiz. Ular uzoq muddatda kuchli biznes qurishda va boshqa ishlarda juda muhim. 7. The hierarchy of necessities. Shu yerda yozgandim inson ehtiyojlari haqida. Haliyam shunga ishonaman. Muhimroq narsani, muhimligi pastroq ishdan avval qiling va vaqtingiz behuda ketadi. 8. Odam hech qachon biror narsani o'zidan-o'zi xohlab qolmaydi. Atrofdagilar orqali xohishlar yuqadi. Xohish — yuqumli. Millarder bo'lishni qattiq xohlamang, agar uzoq muddatda millarder bo'lishni xohlamaydiganlar bilan yursangiz — sizdagi ishtiyoq ham o'ladi. 9. Va'da berdingizmi — bajaring. Bajarolmaysizmi — va'da bermang. Oson. Juda oson. 10. Ustozi borlarni yiqilganini ko'rmadim. Yaxshi ustoz toping, etagidan mahkam ushlang. Ertaga bittasi A deydi, ikkinchisi B — ikkalasining ham gapi to'g'riday tuyulib, o'zingiz ikkilanib qolasiz. Peace. Ciao for now. — 18 yoshini ham ortda qoldirgan Ilhom Ali. Farg'ona.

Kunlarimni sarhisob qilish eng yoqtirgan ishlarimdan biri. Eng zoʻr oʻtkan kunlarda shular boʻlgan ekan: — 7 soat uyqu — 4-5 soat deep work — 10 sahifa yaxshi kitob — bitta yaxshi suhbat (inspiring odam bilan) — 100-120 caffeine Va bularni qaytargan kunim, yana kayfiyat oshadi. Sizga nimadir qanchalik kerak, qanchalik yoqadi, aniqlang. Ishonavering, hayotiz qiziqroq o’tadi. Omad.

Kichikroq biznes egalari juda kam soliq to'lashadi. Ular kattalashgani sari, soliqlari ham ko'payib boradi. Xuddi shunday, hech kim sizni tanimaganda, sizga hate bo'lmaydi. Ko'proq tanilganingiz sari esa, ko'proq hate bo'ladi. Biznesni kattalashtirish va soliq kamroq to'lash imkonsiz. Ko'proq tanilish va kamroq hate kelishi ham imkonsiz. 100 ta odam sizni bilsa, 5 tasi sizni yoqtirmasligi mumkin. 100 000 ta odam bilsa, o'sha 5% juda katta son bo'lib qoladi. Tanqid ko'payganini doim ham "Nimanidir noto'g'ri qildim" deb qabul qilmang. Bu shunchaki narxi. Siz to'laydigan narx. — Ilhom, Asoschilar Podcastdan (Aziz Rahimov) Fergana.

“Aziz aka, man mutaxasisman. Boshqa maktabda ham siz bergan oylikni ololaman. Pulni hamma beradi. Lekin hammayam mani ko’proq pul topadigan va yaxshiroq inson qilolmaydi.” Shunday deb kelishgan ekan Aziz aka Rahimovga. High Agent odamlar aslida shunaqa bo’ladi (aksariyat hollarda). Sizdan puldan boshqa narsa ololmasligini sezsa, sizdan ketadi. Tamom. “Ha bular kambag’al ekan. Puldan boshqa hech narsasi yo’q ekan.” Shu gapni aaancha avval eshitgandim, eendi mag’zini chaqyapman. — Ilhom, Fergana.

Learning means the same condition, different behavior. — Alex Hormozi O'rganish degani — bosh bilan tushunish emas. O'rganish degani — xuddi shu vaziyat qaytganda, boshqacha ish qilishing. Kundalik hayotdan misollar: Imtihondan bir kun oldin tayyorlanding. Imtihonda qiynalding, yiqilding. Keyingi safar oldindan tayyorlanib bordingmi? Demak, "oldindan tayyorlanish kerak" ekanini o'rganding. Kechasi telefon titib, soat 2 da uxlading. Ertalab tura olmading, kun buzildi. Ertasi kuni ham telefonni titaverding — yana 2 da uxlab, yana kun buzildimi? Demak, hali o'rganmagansan. Agar bir kun telefonni chetga qo'yib, o'z vaqtida uxlab qolding — mana shu o'rganish. Do'sting bilan janjallashding, achchig'ing kelib, og'ir gap aytding. Keyin pushaymon bo'lding. Keyingi safar ham xuddi shu holatda baqirdingmi? Hali o'rganmagansan. Agar bu safar bir nafas olib, gapni yumshoq aytding — demak, "achchiqda gapirmaslik kerak"ligini o'rganding. Vazifani oxirgi kuniga qoldirding, shoshilib, sifatsiz qilding. Keyingi vazifada ham oxiriga qoldirdingmi? Hali o'rganmagansan. Agar bu safar oldinroq boshladingmi — demak, "oxirgi kunga qoldirmaslik kerak"ligini o'rganding. Nimanidir shunchaki bilib, miyyangda saqlash o'rganish emas. O'rganish — bir xil vaziyatga avvalgidan boshqacha javob bera olish. — Ilhom, Fergana.

Random takes: Biron ish qiyin tuyulsa, undanam qiyinroq ishni qilish yechim ekan. Tashqi maqtovlar bilan qurilgan ishonch, tashqi tanqidlar bilan sinadi. Harakatsizlikka kuchli xohishni qoÊ»shsak, javob disappointment boÊ»ladi. BaÊŒzida noto‘g‘ri ish qilayotganiz yo‘q. Shunchaki ko‘pchilik taslim bo‘ladigan bosqichdasiz. Qiynalyapsizmi? OÊ»syapsiz, boÊ»ldi. If it bleeds, it leads.

Shu 2026-yil boshrog'i, 7-fevral kuni Toshkentdan Farg'onaga qaytayotgan edim. Odam ham, uy ham yo‘q joydan o‘tayotganimizda, to‘xtadik. Ikkita xola yonma-yon bir xil mahsulot sotib o‘tirishardi. Farqi yo‘q — narxi ham, mahsuloti ham, joyi ham bir xil. Lekin ko‘rdimki, ikkinchi xola birinchisiga qaraganda ancha ko‘proq sotayotgandi. 5–10 daqiqada sababi sezildi: birinchi xola biroz qo‘pol edi, ikkinchisi esa juda muloyim. O'ylab qoldim, o'zi atrofdagilar qilmayotgan oddiy amalni bajarsangiz, oldinda bo‘lasiz ekan. Shuning uchun analiz qilish muhim. Har qanday sohada muhim. — Ilhom, Fergana.

2 xil o’yin bor. Capital game va Status game Matohni ko’rsatib status game o’ynayotganlarni jalb qilasiz. Aql va farosatingiz bilan capital game’dagilarni. Farqli tomoni status gameda ikkala tomonda ham manfaat bo’lmaydi. Capital gameda esa ikkala tomon ham yutuqda bo’ladi. Qaysi o’yinda ekanlingizni aniqlab oling. — Ilyos aka. Ilhom, Fergana.

2005-yilda bir guruh rejissyorlar Kaliforniyada g'alati tajriba o'tkazishdi. Ular ko'prik ostida yashaydigan, kuniga topgan puli bilan pivo va sigaret oladigan Ted ismli uysiz odamni tanlashdi. Keyin esa unga $100,000 berishdi. Hech qanday shart yo'q. Pulni qanday ishlatish — o'zining ishi. Maqsad bitta savolga javob topish: Agar uysiz odamga $100,000 berilsa, hayoti o'zgaradimi? Dastlab hammasi yaxshi ketdi. Ted motelga ko'chdi. Yangi velosiped oldi. Keyin mashina oldi. Kvartira ijaraga oldi. Oilasi yana u bilan gaplasha boshladi. Barlarga qatnay boshladi. Yangi kiyimlar oldi. Do'stlariga pul ulashdi. Hatto tanish ayollardan biriga mashina ham olib berdi. Oldin ko'chada yonidan indamay o'tib ketadigan odamlar endi uni boshqacha ko'ra boshlashdi. Rejissyorlar unga moliyaviy maslahatchi topishdi. Ijtimoiy xodim topishdi. Yordam bermoqchi bo'lishdi. Ted esa deyarli hammasini rad etdi. Bir necha oy o'tib pul tugadi. Ted esa yana eski hayotiga qaytdi. Film shuni ko'rsatadiki, pul sharoitni o'zgartirishi mumkin. Lekin odatlarni emas. Biz ko'p muammolarimizni pul bilan bog'laymiz. Aslida pulim bo'lsa hammasi joyiga tushadi deymiz. Lekin ba'zi muammolar pul yetishmasligidan emas. O'zimizga singib ketgan odatlardan paydo bo'ladi. Odatlar. Qadriyatlar. Qaramlik. Mas'uliyat. Fikrlash tarzi. Pul ularni davolamaydi. U faqat ularni kattalashtiradi. Katta pulga tayyor bo'lmagan odamga, katta pul ham nasib qimas ekan. — Ilhom. Farg'ona.

There are three addictions that destroy you, yet feel like they give you strength: 1 - drugs 2 - carbohydrates 3 - a monthly salary

Mahsulot qiymati boʻlmagandagina qimmat boʻlarkan. Sizga 500.000 soʻmga bitta kofe sotishsa - qimmat deysiz. Lekin sizga berilayotgan qiymat oʻzgarsa, oʻylab koʻrasiz. Shu kofeni ol, prezident bilan gaplashasan - qimmat tuyulmaydi. Bugatti Chiron (orzuyimdagi mashina) - 45 millard soʻm ekan. Uni agar oddiy mashina deb qarasak, uni narxi qimmat tuyiladi. Lekin uni orqasidan keladigan status, networkinglar haqida oʻylasak - narxi normal koʻrinishi mumkin. Qiymatsiz narx - qimmat.

Natijaga hamma har xil erishadi. Xuddi shunga oʻxshab: 1+1+1+1+3+1+2 = 10 2+2+5+1 = 10 3+3+4 = 10 5+5 = 10 Asosiy focusimiz oʻzimizda boʻlgani yaxshi, doim.

“The best way to hit next year's goals is to not wait until next year to work on them.” — Alex Hormozi Sizga mart oyida IELTS
“The best way to hit next year's goals is to not wait until next year to work on them.” — Alex Hormozi Sizga mart oyida IELTS kerak bo‘lsa, mart oyida o‘qishni boshlamaysiz. Oldindan tayyorlanasiz. Jahon chempionatida yutish uchun futbolchilar aynan o‘sha paytda trenirovka qilishmaydi. Ular yillar davomida tayyorlanib kelishadi. Kimdir “falon yilda” katta narsalarga erishgan bo‘lsa, u natija o‘sha yildagi mehnat emas — balki avvalgi yillarning poydevori. 2027 yoki 2028-yillarda katta natija ko‘rmoqchi bo‘lsa, harakatni o‘sha yilda emas — bugun boshlash kerak.