Nilufar Matkarimova | Rasmiy
Open in Telegram
🇺🇿O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisining Yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo'yicha o'rinbosari 🇺🇿Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 🇺🇿 Instagram: https://www.instagram.com/n.b.matkarimova
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
6 754
Subscribers
-224 hours
+1 6867 days
+3 49130 days
Posts Archive
"Yoshlarga e'tibor – kelajakka e'tibor"
Bugun oromgohdagi bolajonlar bilan uchrashib, ekologiya mavzusida trening o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldim.
Ularning bilimga chanqoqligi, qiziqishi va faol ishtiroki menga katta taassurot qoldirdi.Har bir savol, har bir fikr va ularning samimiy energiyasi meni yanada ruhlantirdi.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish, tabiatga bo‘lgan mas'uliyat hissini shakllantirish barchamizning muhim vazifamizdir.Bugungi uchrashuv davomida nafaqat ularga bilim ulashdim, balki o‘zim ham ulardan ijobiy energiya va motivatsiya oldim. Ishonamanki, tabiatga befarq bo‘lmagan, ongli va faol yoshlar bilan kelajagimiz yanada porloq bo‘ladi. Barcha faol ishtirok etgan bolajonlarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning porloq kelajagi uchun xizmat qilish biz uchun sharafdir.
+8
"Dolzarb 90 kun" doirasida "Bog‘ishamol” bolalar oromgohida o‘tkazilgan tadbir menda juda yaxshi taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, bolalarning ekologiya va tabiatni asrash mavzusiga qiziqishi meni quvontirdi.
Tadbir davomida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muammolarning oldini olish haqida qiziqarli suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Bolalar o‘z fikr va takliflari bilan faol ishtirok etib, tabiatga mehr va mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish kerakligini ta’kidladilar. Ularning ekologik tashabbuslarga befarq emasligi va ona tabiatni asrashga intilishi kelajagimiz uchun muhim ekanini his qildim.Tadbir nafaqat yangi bilimlar olish, balki ekologik madaniyatni shakllantirish va tabiatga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
+5
Andijon viloyatidagi Andijon davlat texnikumi xotin-qizlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdik.
Muloqot davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash hamda xotin-qizlarning ekologik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashdik.
Shu bilan birgalikda Prezidentimizning xotin-qizlarga yaratayotgan imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni tinglab, ekologik muammolar yechimiga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida muhokama olib bordik.
+5
Bugun Andijon viloyatida O‘zbekiston Ekologik partiyasining tuman va shahar tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdik.
Uchrashuv davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ekologik ishlar, shuningdek, ayollar, yoshlar va ekologik volontyorlar ishtirokidagi tashabbuslar yuzasidan atroflicha fikr almashildik.
Shu bilan birga, ekologik madaniyatni oshirish, ayniqsa yoshlarni ekologik loyihalarga keng jalb etish hamda mavjud ishlarni yanada tizimli va samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindik.Bildirilgan fikr va takliflar amaliy jihatdan dolzarb bo‘lib, kelgusidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
“Tabiat uchun birlashaylik” — yoshlar bilan mazmunli uchrashuvlar davom etmoqda
Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan ekologik-ma’rifiy tadbirlar o'tkazildi.
🌱Tabiat uchun birlashaylik!
Yoshlar va xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida Namangan davlat texnika universitetida yoshlar va xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🌱Tabiat uchun birlashaylik !
Qadrli yoshlar!
⚡️30-iyun kuni soat 19:00 da sizlarni Toshkent shahri, Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadigan “Yoshlar kuni” galakonsertiga taklif etamiz.
Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting va yutuqli sovrinlarni qo‘lga kiriting.
✔️ Ro‘yxatdan o‘tish
Ishtirokchilar uchun quyidagi manzillarda bepul avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi:
Barcha yoshlarni kutamiz. Kirish bepul!
🌱 Andijon viloyatiga xizmat safari !
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” doirasida “Tabiat uchun birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda ishtirok etish va mazkur tashabbusni keng targ‘ib qilish maqsadida Namangan viloyatiga xizmat safariga yo‘l oldim.
Ushbu uchrashuvlar orqali yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, tabiatni asrash va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.
+5
Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan ekologik-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Dastlab oromgoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida futbol, voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etilib, yoshlar o‘z mahorat va iqtidori bilan faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, ekologiya mavzusida ijodiy tanlov o‘tkazilib, yoshlar tabiatni asrash, yashil makon yaratish va ekologik madaniyatni yuksaltirish g‘oyalarini rasm hamda elektron grafik ishlari orqali namoyish etdilar.
Tashrif chog‘ida oromgohning musiqa xonasi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mantiqiy va aqliy o‘yinlar orqali bilim va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar bilan ham tanishildi.
+4
Bugun Namangan viloyatida faol va tashabbuskor yoshlar bilan uchrashib, ularning yutuqlari hamda jamoat ishlaridagi faolligini e’tirof etish imkoniga ega bo‘ldim.
Yoshlar bilan samimiy muloqot davomida ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi. Ayniqsa, ekologiya, ta’lim va jamiyat rivojiga qaratilgan loyihalarda faol ishtirok etayotgan yoshlarning sa’y-harakatlari alohida tahsinga sazovor.
Uchrashuv yakunida bir guruh faol yoshlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yoshlarimizning shijoati va intilishi yurtimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.
Tabiat uchun birlashaylik
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohida ma’naviy-ma’rifiy va ekologik tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida oromgoh tarbiyalanuvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, tashabbuslari va kelajakdagi maqsadlari yuzasidan fikr almashildi. Yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mehr va mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Tabiat mening nigohimda” mavzusida ekologiyaga oid rasmlar tanlovi tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlari orqali atrof-muhitni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarga bo‘lgan munosabatlarini namoyish etdilar.Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar hamda tanlov g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi.
+8
#Uychi_tumani #Aksiya
Uychi tumanidagi “Umid nihollari” bolalar oromgohida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar ishtirokida sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbir jarayonlari bilan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N. Matkarimova, Markaziy Kengash Ijroiya qoʻmitasining Ekologik ta’lim, yashil tadqiqot va loyihalar ofisi rahbari H. Dadaboyev hamda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Namangan viloyat Kengashi raisi Muzaffar Xudoyberdiyev tanishdilar.
Musobaqalar doirasida futbol, voleybol, stol tennisi hamda shaxmat-shashka yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
+4
#Namangan_shahri #Yosh_ekologlar
Yoshlar va xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Namangan davlat texnika universitetida yoshlar va xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi vakillari, Namangan viloyat Kengashi mas’ullari, “Yosh ekologlar” qanoti hamda “Ekologiya va salomatlik ayollar” klubi faollari ishtirok etdilar.
💬 Muloqot davomida yoshlar va xotin-qizlarning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda zarur tavsiyalar bildirildi.✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#Namangan_viloyati
Ekologik va ijtimoiy loyihalar o‘rganildi
O'zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi o'rinbosari Nilufar Matkarimova Namangan viloyatida tuman va shahar partiya tashkilotlari raislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari bilan yaqindan tanishilib, ularning faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tajribalari hamda hududlarda olib borilayotgan ekologik va ijtimoiy loyihalar o‘rganildi.Yakunda ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish, hududlarda amaliy va natijador loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. ✅Telegram|✅Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
#Namangan_viloyati
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida tuman va shahar partiya tashkilotlari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida hududiy partiya tashkilotlari rahbarlari bilan yaqindan tanishilib, ularning faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tajribalari hamda hududlarda olib borilayotgan ekologik va ijtimoiy loyihalar o‘rganildi. Muloqot davomida ekologik madaniyatni yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish, hududlarda amaliy va natijador loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.Tadbir yakunida hamkorlikni yanada mustahkamlash va hududiy tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Namangan viloyatiga xizmat safari !
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, Yoshlar oyligi hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Tabiat uchun birlashaylik” shiori ostida uchrashuvlar tashkil qilish rejalashtirilgan.
🌱Tabiat uchun birlashaylik !
🌱 Plastikdan beton yaratgan talaba qiz bilan uchrashdik.
🟢 Bugun O‘zbekiston Ekologik partiyasida Toshkent davlat agrar universiteti 1-bosqich talabasi, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi respublika bosqichi g‘olibi Saida Saydirahmonova bilan uchrashdik.
✔️Uchrashuv davomida yosh tadqiqotchining plastik chiqindilarni qayta ishlash orqali ekologik xavfsiz qurilish materiali ishlab chiqarishga qaratilgan innovatsion “EcoBind” loyihasi muhokama qilindi. 🟢 Suhbat davomida Saida Saydirahmonova O‘zbekiston Ekologik partiyasining “Eko Startaper” loyihasida ishtirok etishga taklif qilindi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi ekologiya, yashil texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. ⭐️Tez kunda Saidaxonni ilmiy tadqiqotlari bilan katta loyihamiz orqali tanishishingiz mumkin. 🙋🏻♀️Olima qizlarimiz safi yanada kengayaversin! #EkologikPartiya #EkoStartaper #Yoshlar #Innovatsiya #EcoBind #YashilKelajak #Ekologiya
Repost from Rasul Kusherbayev
Стадионлардаги тозалик — маданиятимиз кўзгуси!
Охирги вақтларда юртимизда жуда кўплаб йирик спорт мусобақалари ва оммавий тадбирлар ўтказилмоқда. Бу албатта яхши. Аммо улардан кейин стадионларнинг аҳволи ҳамиша ҳам одамни қувонтирмайди.
Бугун "Бунёдкор" стадионидаги футбол томошасидан сўнг Ўзбекистон Экологик партияси бошчилигидаги бир гуруҳ фаол ёшлар ва эковолонтёрлар ҳақиқий ибрат мактабини кўрсатишибди. Ўзбекистон Экологик партияси жамоаси билан биргаликда стадион ҳудудини чиқиндилардан тозалаб чиқишган. Ёшларда ижтимоий масъулият ва фаоллик ортиб бораётгани жуда қувонарли ҳолат.
Спорт майдонида фақат футболчиларнинг ғалабаси эмас, трибунадаги мухлисларнинг тозалик ва маданият бобидаги «ғалабаси» ҳам муҳим. Бундай ташаббусларни шунчаки бир марталик акция эмас, катта бир анъанага айлантиришимиз шарт.
👉 @r_kusherbayev
Tengdosh —tengdoshga na’muna🇺🇿
BUXORO YOSHLARI⚽️🇺🇿🔝
✅Stadion
✅Futbol
✅Yoshlar
✅Tozalik ploggini
🗣️Tashabbuskor yoshlar!
🌱Tabiat uchun birlashaylik🫶🏻
🇺🇿 Oʻzbekiston futbol milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini minglab yoshlar bilan birgalikda katta stadionda kuzatdik.
🟢Musobaqadan soʻng Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan stadion hududida plogging ekologik aksiyasi tashkil etildi. Yoshlar ushbu tadbirda faol ishtirok etib, hududni chiqindilardan tozalash ishlariga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
🌱 Mazkur tashabbusning ahamiyati shundaki, u yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoat joylariga nisbatan masʼuliyat hissini kuchaytirish hamda sport va ekologiyani uygʻunlashtirishga xizmat qiladi. Bunday tadbirlar atrof-muhitni asrash bilan birga, fuqarolarning ekologik ongini shakllantirish va toza turmush tarzini targʻib etishda muhim oʻrin tutadi.Birgalikda harakat qilsak, atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun yanada toza hamda sogʻlom muhit yaratish mumkin. #Ekologiyapartiyasi #Plogging #Ekologiya #Yoshlar #TozaMuhit #JahonChempionati
