Ilm nuri
Open in Telegram
📚 Ilm — qalb ziyosi. 🌿 Qur’on | Hadis | Savol-javob | Nasihat 🤍 Foydali ilmni birga o‘rganamiz.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
156
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-1830 days
Posts Archive
156
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ🌱
اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ 🌿
🌸 Yaxshilik qilish — qalb go‘zalligi, tilni yomon so‘zlardan tiyish esa odobdir.
Bir og‘iz yaxshi so‘z inson qalbiga quvonch olib kirishi mumkin. Shuning uchun tilimizni g‘iybat, yolg‘on, haqorat va ranjituvchi so‘zlardan asraylik.
✨ Yaxshilik qilishga shoshilaylik, yomon so‘z kelganda esa sukutni tanlaylik.
Alloh qalbimizni pok, tilimizni faqat yaxshi so‘zlarga moyil qilsin🌱
156
🌟 BUGUN BIR YAXSHILIK QILINGBugun hech kimga aytmasdan bir yaxshilik qiling.
🩷 Bir insonning ko‘nglini ko‘taring. 🤲 Kimningdir haqqiga duo qiling. 📚 Bir foydali ilmni ulashing. 🌷 Bir muhtojga yordam bering.Yaxshilik kichik bo‘lsa ham, uni kichik sanamang. ✨ Ilm-nurdur Ilm o‘rganing. Amal qiling. Yaxshilikni ulashing.
156
9. Savol: Rasululloh ﷺning vafotlaridan keyin Qur’on oyatlarini bir mushafga jamlash ishlari dastlab qaysi xalifa davrida amalga oshirilgan?
156
7. Savol: Qaysi jangda musulmonlar son jihatdan dushmandan ancha kam bo‘lgan bo‘lsalar-da, g‘alaba qozonganlar?
156
🌙 Bugungi Duo رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا Robbi zidniy ‘ilman.🤲 «Ey Robbim, ilmimni ziyoda qilgin». 📖 Toha surasi, 114-oyat. 🌷 Bugun ushbu duoni aytib, foydali ilm so‘raylik.
156
💡 Bilarmidingiz?Qur’oni Karimda 114 ta sura mavjud. Eng uzun sura — Baqara, eng qisqa sura — Kavsar. 📖 Ilmni oz-ozdan, lekin davomli ravishda o‘rganish — go‘zal odatdir 🌱
156
📖Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ
✨ U zotning ﷺ hayotlari biz uchun eng go‘zal ibratdir.
📚 Ko‘p sinovlarga duch keldilar, ozor ko‘rdilar, ammo sabrni tark etmadi va Allohning rahmatidan hech qachon umid uzmadilar.
🤩 Bizga yaxshilik qilishni, kechirishni, chiroyli muomala qilishni va har qanday holatda Allohga tavakkul qilishni o‘rgatdilar.
📖 Keling, Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺni sevish bilangina kifoyalanmay, u zotning ﷺ sunnatlariga amal qilib yashashga harakat qilaylik 🪴🪴
156
4. Savol: Rasululloh ﷺning Madinaga hijratlaridan oldin u yerga Qur’on va Islomni o‘rgatish uchun yuborilgan sahoba kim edi?
156
3. Savol: Qaysi payg‘ambarga «Xalilulloh» — Allohning do‘sti, degan laqab berilgan?
156
2. Savol: Rasululloh ﷺ Makka davrida musulmonlarni yashirincha ta’lim bergan sahoba kim edi?
156
🤎HIKMATLI SO‘Z🤎 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️🌟Qalbingizni odamlarning maqtoviga emas, Allohning roziligiga bog‘lang. 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Odamlar sizni unutishi mumkin. Ammo Alloh uchun qilingan yaxshilik hech qachon zoye ketmaydi. ❤️ 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
156
SAHOBALARDAN IBRAT
🌱 MUS’AB IBN UMAYR ROZIYALLOHU ANHUMus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu Makkadagi farovon hayotini tark etib, Islom yo‘lida katta sinovlarga sabr qilgan sahobalardan edilar. U zot Madinaga borib, u yerda Qur’on va Islomni o‘rgatganlar. 🦔 Ibrat: Haqiqiy boylik — mol-dunyoda emas, iymon va Allohning roziligidadir. 📚 Sahobalar hayoti — biz uchun ibrat maktabi.
156
🎁Rasululloh ▫️dedilar:💜 «Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilgan kishining ajridek ajr bor».💜 🤩 Manba: Imom Muslim rivoyati.💜 🤍Biror insonni yaxshilikka undash ham katta savobga sabab bo‘lishi mumkin.💜 🤩Bugungi amal: Bir kishiga foydali ilm yoki yaxshi nasihat ulashing.🤩
