ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

Ilm nuri

Ilm nuri

前往频道在 Telegram

📚 Ilm — qalb ziyosi. 🌿 Qur’on | Hadis | Savol-javob | Nasihat 🤍 Foydali ilmni birga o‘rganamiz.

显示更多
未指定国家未指定类别
156
订阅者
无数据24 小时
-77 天
-1830 天
帖子存档
بِسْمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ🌱 اَلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ اللّٰهِ وَبَرَكَاتُهُ 🌿 🌸 Yaxshilik qilish — qalb go‘zalligi, tilni yomon so‘zlardan tiyish esa odobdir. Bir og‘iz yaxshi so‘z inson qalbiga quvonch olib kirishi mumkin. Shuning uchun tilimizni g‘iybat, yolg‘on, haqorat va ranjituvchi so‘zlardan asraylik. ✨ Yaxshilik qilishga shoshilaylik, yomon so‘z kelganda esa sukutni tanlaylik. Alloh qalbimizni pok, tilimizni faqat yaxshi so‘zlarga moyil qilsin🌱

🌟 BUGUN BIR YAXSHILIK QILING
Bugun hech kimga aytmasdan bir yaxshilik qiling.
🩷 Bir insonning ko‘nglini ko‘taring. 🤲 Kimningdir haqqiga duo qiling. 📚 Bir foydali ilmni ulashing. 🌷 Bir muhtojga yordam bering.
Yaxshilik kichik bo‘lsa ham, uni kichik sanamang. ✨ Ilm-nurdur Ilm o‘rganing. Amal qiling. Yaxshilikni ulashing.

10. Savol: Qur’onda «Ashobul Kahf» voqeasi qaysi surada bayon qilingan?
Anonymous voting

9. Savol: Rasululloh ﷺning vafotlaridan keyin Qur’on oyatlarini bir mushafga jamlash ishlari dastlab qaysi xalifa davrida amalga oshirilgan?
Anonymous voting

8. Savol: «Zunnurayn» laqabi bilan mashhur bo‘lgan sahoba kim?
Anonymous voting

7. Savol: Qaysi jangda musulmonlar son jihatdan dushmandan ancha kam bo‘lgan bo‘lsalar-da, g‘alaba qozonganlar?
Anonymous voting

🌙 Bugungi Duo رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا Robbi zidniy ‘ilman.
🤲 «Ey Robbim, ilmimni ziyoda qilgin». 📖 Toha surasi, 114-oyat. 🌷 Bugun ushbu duoni aytib, foydali ilm so‘raylik.

💡 Bilarmidingiz?
Qur’oni Karimda 114 ta sura mavjud. Eng uzun sura — Baqara, eng qisqa sura — Kavsar. 📖 Ilmni oz-ozdan, lekin davomli ravishda o‘rganish — go‘zal odatdir 🌱

📖Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ ✨ U zotning ﷺ hayotlari biz uchun eng go‘zal ibratdir. 📚 Ko‘p sinovlarga duch keldilar, ozor ko‘rdilar, ammo sabrni tark etmadi va Allohning rahmatidan hech qachon umid uzmadilar. 🤩 Bizga yaxshilik qilishni, kechirishni, chiroyli muomala qilishni va har qanday holatda Allohga tavakkul qilishni o‘rgatdilar. 📖 Keling, Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺni sevish bilangina kifoyalanmay, u zotning ﷺ sunnatlariga amal qilib yashashga harakat qilaylik 🪴🪴

5. Savol: Qur’onda «Ayatul Kursiy» qaysi surada joylashgan?
Anonymous voting

4. Savol: Rasululloh ﷺning Madinaga hijratlaridan oldin u yerga Qur’on va Islomni o‘rgatish uchun yuborilgan sahoba kim edi?
Anonymous voting

3. Savol: Qaysi payg‘ambarga «Xalilulloh» — Allohning do‘sti, degan laqab berilgan?
Anonymous voting

2. Savol: Rasululloh ﷺ Makka davrida musulmonlarni yashirincha ta’lim bergan sahoba kim edi?
Anonymous voting

1. Savol: Qur’oni Karimda nomi bilan zikr qilingan yagona ayol kim?
Anonymous voting

🤎HIKMATLI SO‘Z🤎 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
🌟Qalbingizni odamlarning maqtoviga emas, Allohning roziligiga bog‘lang. 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Odamlar sizni unutishi mumkin. Ammo Alloh uchun qilingan yaxshilik hech qachon zoye ketmaydi. ❤️ 〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

SAHOBALARDAN IBRAT
🌱 MUS’AB IBN UMAYR ROZIYALLOHU ANHU
Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhu Makkadagi farovon hayotini tark etib, Islom yo‘lida katta sinovlarga sabr qilgan sahobalardan edilar. U zot Madinaga borib, u yerda Qur’on va Islomni o‘rgatganlar. 🦔 Ibrat: Haqiqiy boylik — mol-dunyoda emas, iymon va Allohning roziligidadir. 📚 Sahobalar hayoti — biz uchun ibrat maktabi.

🎁Rasululloh ▫️dedilar:
💜 «Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘sha yaxshilikni qilgan kishining ajridek ajr bor».💜 🤩 Manba: Imom Muslim rivoyati.💜 🤍Biror insonni yaxshilikka undash ham katta savobga sabab bo‘lishi mumkin.💜 🤩Bugungi amal: Bir kishiga foydali ilm yoki yaxshi nasihat ulashing.🤩

11:11 o'clock ⏰

🎲 “Islomiy aralash savollar 10ta test 📚@ilm_nurdurr” testi 🖊 10 ta savol · ⏱ 30 soniya