en
Feedback
MuhammadAli Muhiddin

MuhammadAli Muhiddin

Open in Telegram

🎓 Toshkent islom instituti (Oliy ma'had) bitiruvchisi. 👨🏻‍🎓 Al-Azhar "Islom huquqi va qonun" fakulteti bitiruvchisi. ⚠️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manbaasi ko‘rsatilsin. Shar‘an va qonunan joiz emas

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
577
Subscribers
-424 hours
-237 days
+8030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🌙✨ Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin! 🕌 Alloh siz va bizdan barcha qilgan ya
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! 🌙✨ Qurbon Hayitingiz muborak bo'lsin! 🕌 Alloh siz va bizdan barcha qilgan yaxshi amallarimizni O'z dargohida qabul qilsin va ajrini ziyoda qilib bersin. 🤲 Qilgan hamma ezgu niyatlaringiz amalga oshmog'ini, oilaviy hamjihatlik, sihat-salomatlikda kelgusi bayramlarga ham yetkazishini tilab qolaman. 🤲                        ✨تَقَبَّلَ اللهُ مِنّا ومِنْكُمْ ✨ @Muhammadali_Muhiddin

Yozgi ta'tilda arab tili yoki aqliy ilmlardan qaysi fan bo'yicha dars bo'lsa qatnashgan bo'lardingiz ⁉️
Anonymous voting

#kun_iqtibosi الِاضْطِرَارُ لَا يُبْطِلُ حَقَّ الْغَيْر. Majburlik birovning haqqini poymol qilmaydi. Ahmad Zarqo «Fiqhiy qoidalar» kitobi. @MuhammadAli_Muhiddin

#kun_iqtibosi Alloma ibn Hajar Asqaloniy o‘zlarining hadis ilmlari borasidagi mashhur "Nuxbatul fikar fi mustalahi ahlil asar" kitoblariga yozgan sharxlarida o‘z kitoblarini o‘zlari sharx qilganlarini sababi o‘laroq shunday deganlar: صَاحِبُ البَيْتِ أَدْرَى بِمَا فِيهِ Uy egasi undagi narsalarni yaxshiroq biladi. @MuhammadAli_Muhiddin

Nahv fani arabcha kalimalarni gap tarkibiga kirgan paytda o‘zgarish bo‘lishi (mo‘rob) va o‘zgarish bo'lmasligi (mabniy)lik jihatlarini o‘rganadi. Arabcha kalimalar esa ma‘nosi e‘tiboridan 3turga boʻlinadi. Bular: 1) Ism; 2) Fe’l; 3) Harf. Bular ichidan harfning barchasi mabniy hisoblanadi. Nahv fanida esa harflarni ikki jihati oʻrganiladi. Bular: 1) Qanday harakatga mabniy ekani; 2) Qanday ma’nolarga qo’yilgani. Misol uchun, (مِنْ) harfi sukunga mabniy va u ibtido (boshlanish), tabi’z (qismlash) ma’nolarida keladi. Fe’llarda esa asl holat mabniylik hisoblanadi. Chunki fe’l gap tarkibida doimo bitta ma’noda - xabar vazifasida keladi. Fe’llar doim bir xil ma’noda kelgani va shu sabab uni bir-biridan ajratishga ehtiyoj yo’qligi uchun aksar mabniy holatda boʻladi. Fe’llar ma’nosi e’tiboridan uch turga bo’linadi: 1) Moziy; 2) Muzore’; 3) Amr. Bulardan moziy va amr fe’llarining hammasi mabniy hisoblanadi. Muzore’ fe’li esa agar unga “nun nisva” yoki “nun tavkid” qoʻshilsa, u ham mabniy bo’ladi. Undan qolganlari esa mo’rob bo’ladi. Mo’rob muzore’ fe’li ham agar o’zidan avval nasb yoki jazm qiluvchi lafziy omillar kelmasa  doimo raf bo’ladi. Ismlarda esa asl holat mo’roblik hisoblanadi. Chunki, ismlar gap tarkibida bir necha xil ma’nolarda keladi. Bu turli ma’nolarni bir-biridan ajratish uchun ism doim oʻzgarishga muhtoj boʻladi. Shu sabab ism aksar holatda mo’rob bo’ladi. Ism gap tarkibida 3 xil ma’noda keladi: 1) Foillik (gapning asosi bo’lish) ma’nosida; 2) Mafu’llik (gapning ikkinchi darajali bo’lagi bo’lish) ma’nosida; 3) Izofa (ism yoki harfga qo’shilib kelish) ma’nosida. Bu uch ma’noni bir-biridan ajratsish uchun har biriga alohida harakatlar tanlangan. Ism gap tarkibida mafu’llik (gapning ikkinchi darajali bo’lagi bo’lish) ma’nosida eng ko’p -  15 holatda - kelgani uchun unga eng yengil harakat fatha tanlangan. Undan keyin foillik (gapning asosi bo’lish) ma’nosida 6ta o’rinda kelgani uchun unga alomat qilib zamma tayinlangan. Ism izofa (ism yoki harfga qo’shilib kelish) ma’nosida esa bor yoʻgʻi ikki o’rinda keladi. Bunga alomat qilib esa oxirgi qolgan kasra tanlangan. Bu harakatlar ana shu ma’nolarning asliy alomati hisoblanadi. Ba’zi o’rinlarda esa harflar yoki harflarni hazf boʻlishi kabi narsalar ana shu ma’nolarga noib alomatlar bo’lishi mumkin. Ismlardan ba‘zilari asliy holatdan chiqib mabniy ham bo’ladi. P.S Matnda qalin qora qilib, tagiga chizilgan qismi, maqolaning eng asosiy g'oyasi hisoblanadi. @MuhammadAli_Muhiddin

📌 Nima uchun ismlarda asl holat mo'roblik, fe'llarda esa mabniylik hisoblanadi ❓❗️ 🔖 Har kim o'z fikrini bildirishi mumkin @Muhammadali_Muhiddin

❗️Ilmning o‘n tamoyili❗️ Talaba qanday ilm o‘rganmoqchi bo‘lmasin, ana shu ilmga ongli ravishda kirishi uchun bilishi zarur bo‘lgan birlamchi ma‘lumotlarni “mabadiul ashara” (ilmning o'n tamoyili) deyiladi. Bu ma‘lumotlarni esa ulamolar yodlab olish oson bo‘lishi uchun she‘r ko‘rinishida jamlashgan: إِنَّ مَبادِئ كُلِّ فَنٍّ عَشَرَه الحَدُّ وَالموضُوعُ ثُمَّ الثَّمَـرَه وَنِسْـبَةٌ وَفَضْـلُهُ وَالوَاضِـعْ وَالاِسْـمُ الِاسْتِمْدَادُ حُكْمُ الشَّارِعْ مَسَائِلٌ والبَعْضُ بِالبَعْضِ اكْتَفَى وَمَنْ دَرَى الجَمِيعَ حَازَ الشَّرَفَـا Har fanning bordir o‘nta asosi, Ta’rif, mavzu, so‘ngra foydasi. Nisbat, fazli, asoschisi ham nomi, Manba-yu hukmi, qoldi masalasi. Ba’zin bilsa yetar, lek bilsa kim tamom, Sharaf toji yetar unga batamom. @MuhammadAli_Muhyiddin

📚 Ajrumiyya matni. t.me/MuhammadAli_Muhyiddin

📚 Nahv ilmini o'rgatish borasida «Madrasatul arab» (Arab maktabi) va «Madrasatul ajam» (Arab bo'lmaganlar maktabi) o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu ikki yo‘nalish tilni o‘rganishga bo‘lgan yondashuv, uslub va ta'lim dasturidagi kitoblari bilan bir-biridan ajralib turadi. ​1) Arab maktabi: ​Bu maktab asosan arab tili hali "tabiiy malaka" (saliqa) darajasida bo‘lgan davrda shakllangan. ​Uslubi: Ular ko‘proq naql (sanad bilan qilingan rivoyat)ga tayanganlar. ​ Bu maktabning boshlang'ichdan boshlab yuqori bosqichgacha bo'lgan kitoblar tartibi odatda quyidagicha (bu tartibda dars beruvchi ustozga qarab ba'zi o'zgarishlar bo'lishi mumkin): 1) «Ajrumiyya» matni va uning sharxlari; 2) «Qotrun nado», «Shuzuruz zahab» va uning sharxlari; 3) «Alfiya ibn Molik», unga yozilgan sharx va hoshiyalar; 4) «Mug‘nil labib a‘n kutubul a‘arib». ​2) Ajam maktabi: ​Bu yo‘nalish Islom olami kengayib, fors, turk va boshqa xalqlar islomni qabul qilib, arab tilini o‘rgana boshlaganidan keyin rivojlandi. Bu maktab vakillari asosan Movarounnahr va Xuroson olimlari bo‘lgan. ​Maqsad va uslubi: Arab tilini ona tili bo‘lmagan xalqlarga tushunarli qilish, tilni tizimlashtirish va mantiqiy qoliplarga solish. Bu maktabning ta'lim manhajidagi kitoblar ketma-ketligi odatda quyidagicha: 1) «Avomil jurjoniy» yoki «Avomil birkaviy» va uning sharxlari; 2) «Unmuzaj li Zamaxshariy» va uning sharxi; 3) «Kofiya» va unga yozilgan sharx va hoshiyalar; 4) «Mufassal» kitobi va uning sharxlari; Bu kitoblardan so'ng ikkala maktab ham Imom ibn Molikning «Tas‘hilul favaid va takmilul maqosid» va Imom Sibavayhning «Kitob» asarida birlashib ketadi. ❗️Eslatma: Arablar maktabi va kitoblari deganda, uni faqat arab bo‘lganlar o‘rganadi, ajam maktabi va kitoblarini esa faqatgina arab bo'lmaganlar o‘rganadi degani emas. Balki, yuqorida aytilgan arab maktabiga oid kitoblarni ajamlar ham o'rganishi mumkin. Faqatgina, bu kitoblar arab yurtlarida tarqalgan, ta'lim tizimida uzoq yillardan beri o'qitib kelingani uchun, ajam maktabiga oid kitoblar esa Xuroson va Movarounnahr kabi ajam yurtlarda mashhur bo'lgani uchun shunday nom berilgan xolos. https://t.me/MuhammadAli_Muhyiddin

Nahv ilmi qanday ilm, nima uchun o'rganish kerak? 💡Ta‘rifi: Nahv - foydali gapdagi arabcha mabniy (o‘zgarmas) yoki mo‘rob (o‘zgaruvchi) so'zlarning oxiridagi holatlarini o'rganuvchi fan. 🔍 Uning mavzusi (o'rganish obyekti): Arabcha mabniy va mo‘rob so‘zlar. 🔑 Foydalari: - Arabcha gaplarni to‘g‘ri fahmlash; - Arabcha gapirganda xatodan saqlanish; - To‘g‘ri gapdan noto‘grisini ajrata olish; - Arab tili grammatikasini to'liq anglash orqali to‘g‘ri gapirish, eshitish, yozish va o'qish malakasini hosil qilish; - Jannat tilining asosini o'rganish. https://t.me/MuhammadAli_Muhyiddin

Arab tili bitta fan emasligini bilarmidingiz? ❗️Arab tili deganda faqatgina Nahv yoki Sarf ilmi tushunilmaydi. Balki, Arab adabiyoti va tilshunosligining 12ta fanlar (Ulum al-Adab) – bu arab tilini mukammal egallash, xatosiz so‘zlash va yozish, hamda matnlarning nozik ma’nolarini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlar tizimidir. ​Ushbu 12 ta ilm odatda quyidagilardan iborat: ​1) Ilmul lug‘a (Lug‘at ilmi); ​2. Sarf (Morfologiya); ​3) Nahv (Sintaksis); ​4) Ilmul Ishtiqoq (Etimologiya); ​5) Ilmul ma‘oniy (Ma’nolar ilmi); ​6) Ilmul Bayan (Bayon ilmi); ​7) Ilmul Badi’ (Badiiyat ilmi); ​8) Ilmul Aruz (Vazn ilmi); ​9) Ilmul Qofiya (Qofiya ilmi); ​10) Ilmul Xat (Xattotlik va Imlo); ​11) Ilmul Insho (Insho yozish ilmi); ​12) Ilmul Xitoba val Muhazara (Notiqlik ilmi). https://t.me/MuhammadAli_Muhyiddin

E’LON! ❓Arab tili grammatika (Nahv) fanini o’rganib uni tatbiq eta olmayapsizmi? Unda bu e’lonimiz siz uchun! ❗️Arab tili grammatika (Nahv) fanidagi mashhur “Al-Ajrumiyya” matnining batafsil sharhi bo’yicha yangi kurs boshlanmoqda! 🎓Bu Kursimiz arab tilidan boshlang’ich bilimga ega bo’lgan va uni chuqur o’rganmoqchi bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangan. 🎯Maqsad: Talabalarni nahv fani mohiyatini anglab, arabcha kitoblarni o’qib, tushuna olish darajasiga olib chiqish. 🌟 Kursni bitirgan talabalarga kitobning muallifga bevosita bog’langan sanadli IJOZALARI taqdim etiladi. 💡 Kurs Tafsilotlari: Ustoz: Muhammadali Muhiddin. Kurs davomiyligi: 2 oy. Darslar soni: ±45 ta jonli dars. Dars kunlari: Haftada 5 marotaba (dushanba - juma). Dars davomiyligi: ±1.5 soat. Kurs boshlanish sanasi: 15.04.2026. Dars vaqti: 20:00 (Toshkent vaqti bilan). Vazifa: Uy vazifalar qabuli va nazorati ustoz Muhammadali Muhiddin tarafidan olib boriladi. Kursga qo’shilish uchun quyidagi yopiq guruhga qo’shiling:👇 AJRUMIYYA Ilk 3 dars bepul. Kurs narxi uchun Adminga murojaat qiling.