MuhammadAli Muhiddin
Open in Telegram
🎓 Toshkent islom instituti (Oliy ma'had) bitiruvchisi. 👨🏻🎓 Al-Azhar "Islom huquqi va qonun" fakulteti bitiruvchisi. ⚠️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manbaasi ko‘rsatilsin. Shar‘an va qonunan joiz emas
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
577
Subscribers
-624 hours
-187 days
+8230 days
Number of Posts
Data loading in progress...
Reactions
Comments
Telegram Stars
TOP posts by
Data loading in progress...
Publication analysis
Posts | Views dynamics | |||||
…davomi
Hol va zul hol (hol egasidagi) shartlar:
🟤Zul hol (hol egasi)da bittagina shart bor. U ham bo`lsa, «zul hol» doimo ma‘rifa bo‘lishi lozim.
Ism hol bo`lishi uchun esa uchta shart topilishi lozim:
🟤1)Hol bo‘layotgan ism doimo nakra bo‘lishi kerak, agar ma‘rifa bo‘lsa nakra ta‘vilida bo‘ladi.
Misol: (جاءَ زيدٌ مُتَبَسِّمًا) – Zayd jilmaygan holda keldi, jumlasida (مُتَبَسِّمًا) ismi (زيدٌ) foildan hol bo‘lmoqda va nakra holda kelmoqda.
Masalan: (جاء الأميرُ وحدَهُ) – Amir yakka holda keldi, jumlasida (وحدَهُ) ismi foil (الأميرُ)dan hol bo‘lmoqda. (وحدَهُ) kalimasi esa (ه) zamirga qo‘shilib ma‘rifa bo‘lmoqda, lekin uni (مُنفرداً) deb nakra holida ta‘vil qilinadi va o`zidan avvalgi ismdan hol bo`ladi.
🟤2)«Hol mushtaq ism bo‘ladi». Yuqoridagi misollar kabi.
⚡Eslatma: Agar foil yoki mafu’lning holatidagi qandaydir majhullikni ko’tarsa, gohida «jomid» ism ham hol bo’ladi va mushtoq ism ta’vilida bo’ladi.
Misol: (كَرَّ زيدٌ أَسَدًا) – Zayd jangga sherdek kirdi, jumlasida (أَسَدًا) kalimasi jomid ism bo’lsada, foil – Zaydning jangga kirishgan paytdagi holini bayon qilgani uchun hol bo’lmoqda. Endi, uni (شُجَاعًا) – shijoatli, degan mushtoq ism ta’vilida ishlatiladi.
🟤3)Hol doimo gap tugal bo‘lgach (ya‘ni mubtado va xabar yoki fe‘l va foil kelib bo‘lgach) keladi. Chunki u to‘ldiruvchi hisoblanadi.
⤵️ Nahvshunos tanishlaringizga jo’natib qo’ying.
🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY | 122 | 1 | 0 | 9 | Loading... | |
Hol
Ismning nasb o‘rinlaridan yana biri hol hisoblanadi.
Hol lug‘atda «Insonning yaxshi yoki yomon vaziyatlari», ma’nosini anglatadi.
Istilohda esa: «Vaziyat va holatlardagi noma‘lumlikni bayon qiluvchi fazla (gapdagi ikkinchi darajali bo’lak) ism».
Holatlardagi noma‘lumlik degani, har qanday fe‘l borki uni foili (bacharuvchisi) bo‘ladi. Ba‘zida esa muta‘addiy (oʻtimli) bo‘ladi va bacharuvchisi hamda «mafu‘lun bihi»si ham bo‘ladi.
📌 Foil va maf‘ul esa ish-harakat asnosida doimo qandaydir holatda yoki vaziyatda bo‘ladi. Ana shu holat va vaziyatni bayon qiluvchi ism «hol» deyiladi va nasb bo‘ladi.
Gohida esa o’zi «Muzofun ilayh» boʻlsada ma’noda foil yoki mafu’l bo’lgan ismning ham holatini bayon qilgan ism «hol» boʻladi.
🟤Misol: (جاءَ زيدٌ مُتَبَسِّمًا) – Zayd jilmaygan holda keldi, jumlasida (مُتَبَسِّمًا) ismi (زيدٌ) foildan hol bo‘lmoqda. Chunki, u Zayd «kelish» ish-harakatini bajarayotgan paytda qanday vaziyatda (holda) bo‘lganini bayon qilmoqda.
🟤Misol: (ركِبتُ الفرسَ مُسْرَجاً) – Egarlangan otni mindim, jumlasida (مُسْرَجاً) ismi (الفرسَ) mafu‘lun bihida hol bo‘lmoqda. Chunki, u ot «minishlik» ish-harakati bo‘layotgan paytda qanday vaziyatda (holda) bo‘lganini bayon qilmoqda.
🟤Misol: (فاتّبِعُوا مِلّةَ إبراهيمَ حنيفاً) – Yoʻldan adashmagan holdagi Ibrohimning yoʻliga ergashing, jumlasida (حنيفاً) soʻzi lafzan "muzofun ilayh" boʻlsada, ma’noda "mafu’lun bihi" boʻlgan (إبراهيمَ) kalimasidan hol boʻlmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvahunos tanishlaringizga joʻnatib qoʻying.
🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY | 204 | 4 | 0 | 10 | Loading... | |
#Iltijo
Ey Zakariyyo, biz senga xushxabar beramiz...
Suyaklari mo‘rtlashgan,
Sochlariga oq tushgan,
Ayoli esa tug‘mas edi.
...Lekin u sabablar faqat insonlarga ta‘sir o‘tkaza olishini, Alloh azza va jallaga esa hech qanday hukm qila olmasligini yaxshi bilar edi.
Shu sabab, qo‘lini duoga ochdi va «O‘z dargohingdan menga farzand bergin», deya iltijo qildi.
Ijobati esa ko‘p kuttirmadi, Alloh taolo: «Ey Zakariyyo, biz senga bir o‘g‘il farzand xushxabarini beramiz», deb vahiy qildi.
Ey do‘stim, shuni bilgingki, kim qalbini sabablarga bog‘lasa, Alloh uning ishini ana shu sabablarga tashlab qo‘yadi.
Kimki, qalbini yagona Allohga bog‘lasa, Alloh unga sabablarni muhayyo qiladi.
Adham Sharqoviy
❤️ MUHAMMADALI MARG‘ILONIY | 250 | 5 | 0 | 10 | Loading... | |
👍👍👍
Davomi…
2)Tamyizun nisba (Tamyizul jumla): «Fe‘liy yoki ismiy jumlalarning hukmidagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz».
🟤 Sharh: Har qanday fe‘liy jumlada fe‘llar doimo foilga, ismiy jumlada esa xabar mubtadoga nisbat beriladi (ya`ni hukm qilinadi).
🟤Misol: (جاء زيدٌ) degan gapda «kelish» degan ish-harakatni foil - Zaydga nisbat berilmoqda (ya`ni hukm qilinmoqda).
🟤Misol: (زيدٌ عالمٌ) degan ismiy jumlada «olim» degan xabar mubtado - Zaydga nisbat berilmoqda.
📌 Ba‘zida ana shu hukmda noaniqlik yoki tushunarsizlik paydo bo‘ladi. Shu paytda tamyiz ana shu noaniqlikni ketkazadi va buni «tamyizun nisba» deyiladi.
🟤Misol: (طَابَ زيدٌ خُلُقًا) – Zayd xulq-atvor jihatdan yaxshi boʻldi, degan jumlada (طَابَ) – «yaxshi boʻldi» degan fe’l – Zaydga hukm qilinganda eshituvchida «Zayd nima jihatdan yaxshi boʻldi ekan?», degan savol paydo bo‘ladi. Shu payt undan keyin zikr qilingan (خُلُقًا) ismi ana shu hukmdagi noaniqlikni bayon qilmoqda. Shunda ma‘no: «Zaydning xulq-atvori go`zal bo`ldi» bo‘ladi va gapdagi noaniqlik ketadi.
🟤Misol: (زيدٌ أجملُ منكَ وجهاً) - Zayd sendan yuzi e‘tiboridan chiroyliroq, degan jumlada (أجملُ منكَ) - «Sendan chiroyliroq» degan xabar mubtado - Zaydga nisbat berilgan (hukm qilingan) paytda eshituvchida «Zayd nima jihatdan mendan chiroyli ekan?», degan savol paydo bo‘ladi. Shu payt undan keyin zikr qilingan (وجهاً) ismi ana shu hukmdagi noaniqlikni bayon qiladi. Shunda ma‘no: «Zaydning yuzi sendan chiroyliroq» bo‘ladi va gapdagi noaniqlik ketadi.
❗ Eslatma: Tamyiz «fazla» (gapning ikkinchi darajali bo`lagi bo`lgani uchun) doim gap tugal bo‘lgach zikr qilinadi.
Gap tugal bo‘lgandan keyin keladi, degani ismiy jumla bo‘lsa, mubtado va xabar zikr qilingandan keyin, fe‘liy jumla bo‘lsa, fe‘l va foil zikr qilingach tamziy keladi. Chunki u gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi. To‘ldiruvchilar esa gapning asosiy ruknlaridan keyin zikr qilinadi.
⤵️ Nahvshunos tanishlaringizga yuborib qoʻying.
🛩 MUHAMMADALI MARGʻILONIY | 251 | 6 | 0 | 10 | Loading... | |
👍👍👍
Tamyiz
Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi.
Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda keladi.
Istelohda esa: «Zot yoki nisbat (hukmlar)dagi majhullikni bayon qiladigan jomid, nakra ism».
Ta‘rifdan ma‘lum bo‘ldiki tamyiz oʻzida toʻrtta hususiyatni jamlagan boʻlishi kerak:
1)Ism boʻlishi kerak;
2)Jomid boʻlishi (ya’ni mushtoq ism boʻlishi mumkin emas);
3)Nakra boʻlishi kerak;
4)Zot yoki jumladagi (ya`ni hukmdagi) noaniqlikni bayon qilishi kerak.
Demak, tamyiz inson va narsalarning zotidagi yoki hukmlardagi majhullikni bayon qiladi. Ya‘ni ba‘zida ism yoki hukmlarni ayni o‘zida majhullik bo‘ladi. Tamyiz ana shu noaniqlikni bayon qiladi.
Nahvda tamyizlar ikki turga bo‘linadi:
1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad);
2)Tamyizun nisba (tamyizul jumla).
1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad): «O‘zidan avval zikr qilingan mufrad ismdagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz».
📌Bunday tamyiz sanoq sonlar yoki o‘lchov-miqdorlardan keyin keladi va ulardagi noaniqlikni bayon qiladi.
🟤Misol: (اشتَريتُ عشرينَ كتاباً) jumlasida (عشرينَ) ismi sanoq son bo‘lib, 20ta degan, ma‘noni anglatadi. Lekin, aynan mana shu sonning o‘zida majhullik bor. Chunki, 20ta sotib oldim, degan gapda sotib olingan 20ta narsa nima ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilingan (كتاباً) so‘zi 20ta narsadan murod nima ekanini bayon qilib, undagi majhullikni ketkazgani uchun tamyiz bo‘lmoqda.
🟤Masalan, (شَرِبْتُ لِترًا ماءًا) jumlasida (لِترًا) so‘zi o‘lchov iborasi bo‘lib, 1 litr degan ma‘noni anglatadi. Lekin, mana shu bir litr so‘zining o‘zida majhullik bor. Chunki, bir litr ichdim, deganda aynan nima narsa ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilinayotgan (ماءًا) so‘zi bir litrdan maqsad nima ekanini bayon qilib, undagi noaniqlikni ketkazmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvshunos yaqinlaringizga jo’natib qo’ying 😉
🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY | 244 | 6 | 0 | 14 | Loading... | |
👍👍👍
Tamyiz
Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi.
Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda keladi.
Istelohda esa: «Zot yoki nisbat (hukmlar)dagi majhullikni bayon qiladigan jomid, nakra ism».
Ta‘rifdan ma‘lum bo‘ldiki tamyiz oʻzida toʻrtta hususiyatni jamlagan boʻlishi kerak:
1)Ism boʻlishi kerak;
2)Jomid boʻlishi (ya’ni mushtoq ism boʻlishi mumkin emas);
3)Nakra boʻlishi kerak;
4)Zot yoki jumladagi (ya`ni hukmdagi) noaniqlikni bayon qilishi kerak.
Demak, tamyiz inson va narsalarning zotidagi yoki hukmlardagi majhullikni bayon qiladi. Ya‘ni ba‘zida ism yoki hukmlarni ayni o‘zida majhullik bo‘ladi. Tamyiz ana shu noaniqlikni bayon qiladi.
Nahvda tamyizlar ikki turga bo‘linadi:
1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad);
2)Tamyizun nisba (tamyizul jumla).
1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad): «O‘zidan avval zikr qilingan mufrad ismdagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz».
📌Bunday tamyiz sanoq sonlar yoki o‘lchov-miqdorlardan keyin keladi va ulardagi noaniqlikni bayon qiladi.
🟤Misol: (اشتَريتُ عشرينَ كتاباً) jumlasida (عشرينَ) ismi sanoq son bo‘lib, 20ta degan, ma‘noni anglatadi. Lekin, aynan mana shu sonning o‘zida majhullik bor. Chunki, 20ta sotib oldim, degan gapda sotib olingan 20ta narsa nima ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilingan (كتاباً) so‘zi 20ta narsadan murod nima ekanini bayon qilib, undagi majhullikni ketkazgani uchun tamyiz bo‘lmoqda.
🟤Masalan, (شَرِبْتُ لِترًا ماءًا) jumlasida (لِترًا) so‘zi o‘lchov iborasi bo‘lib, 1 litr degan ma‘noni anglatadi. Lekin, mana shu bir litr so‘zining o‘zida majhullik bor. Chunki, bir litr ichdim, deganda aynan nima narsa ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilinayotgan (ماءًا) so‘zi bir litrdan maqsad nima ekanini bayon qilib, undagi noaniqlikni ketkazmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvshunos yaqinlaringizga jo’natib qo’ying 😉
🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY | 1 | 0 | 0 | 0 | Loading... | |
👍👍👍 👍👍👍
❗ Demak ovoz berishdan ma’lum bo’lishicha, TAMYIZ, MUSTASNO, HOL va BADAL mavzulari kuzatuvchilarimizni eng ko’p qiynaydigan mavzular ekan.
✏ Insha Alloh, keyingi postlarda mana shu mavzularni sizlarga eng oson va barcha hukmlarini batafsil tushuntirib beraman!!
Bizdan uzoqlashmay turing! 👀
▪️ Muhammadali Marg’iloniy | 220 | 0 | 0 | 10 | Loading... | |
Nahv fanida sizni eng ko'p qiynaydigan mavzu qaysi⁉️ | 238 | 0 | 1 | 7 | Loading... | |
#ilmning_fazli
Imom Samarqandiy o‘zining «Tuhfatul fuzalo» asarida shunday deydilar:
«Kimki olimning huzurida o‘tirib, u aytayotgan so'zlaridan biror narsani tushunmagan taqdirda ham, u yetti fazilatga ega bo‘ladi:
Birinchisi: Tolibi ilm fazilatiga erishadi.
Ikkinchisi: Olim huzurida o‘tirgan paytida gunohlardan tiyiladi.
Uchinchisi: Uyidan ilm talab qilish niyatida chiqqan zahoti unga Allohning rahmati yog‘iladi.
To‘rtinchisi: O‘sha ilm majlisiga rahmat nozil bo‘lganda, unga ham ana shu rahmatdan ulush yetadi.
Beshinchisi: Ilmni eshitib oʻtirgan muddaticha unga ibodat savobi yoziladi.
Oltinchisi: Agar eshitib turib tushunmasa va ilmni anglay olmaganidan qalbi siqilsa, uning bu g‘am-anduhi Allohning rahmatiga sabab bo‘ladi. Chunki, Alloh taolo hadisi qudusiyda: «Men uchun qalbi mahzun bo‘lganlarning huzuridadirman», deb marhamat qilingan.
Yettinchisi: Odamlar olimni ulug‘layotganini, fosiq kishilarni esa xorlayotganini ko‘radi. Natijada uning qalbidan bag‘ritoshlik ketib, ilmga rag‘bati paydo bo‘ladi.
Shu boisdan ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olimlar bilan birga bo‘lishga buyurganlar.
@MuhammadAli_Muhiddin | 329 | 7 | 0 | 17 | Loading... |

