en
Feedback
MuhammadAli Muhiddin

MuhammadAli Muhiddin

Open in Telegram

🎓 Toshkent islom instituti (Oliy ma'had) bitiruvchisi. 👨🏻‍🎓 Al-Azhar "Islom huquqi va qonun" fakulteti bitiruvchisi. ⚠️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manbaasi ko‘rsatilsin. Shar‘an va qonunan joiz emas

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
576
Subscribers
-424 hours
-237 days
+8030 days
Posts Archive
Nima uchun fe‘llardagi asl holat mabniylik hisoblanadi? @Muhammadali_Muhiddin
Mana shunday Nahv fanining asl mohiyati bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, online kursimizga qo‘shiling.

Ulamolar aytishadi: «Ikki oqsoq kishi bo‘lmaganida Qur‘onning balog‘ati zoe bo‘lardi». P.s Bu yerdagi ikki oqsoq kishidan mur
Ulamolar aytishadi: «Ikki oqsoq kishi bo‘lmaganida Qur‘onning balog‘ati zoe bo‘lardi». P.s Bu yerdagi ikki oqsoq kishidan murod imom Zamaxshariy va imom Sakkokiy nazarda tutilgan. Ikkala imom ham Qur‘ondagi balog‘atni o‘z kitoblarida amaliy tarzda ochib berganlar va balog‘at faniga tamal toshlarni qo‘yganlar. Eng e‘tiborlisi esa ikkalalari ham asli arab bo‘lmaganlar. Bu albatta Allohning fazli, Alloh taolo esa fazlini o‘zi istaganga beradi. P.S Qur‘onni balog‘ati zoe bo‘ladi, degandan ikkalalari bo‘lmasa, uni balog‘atini hech kim tushunmay o‘tardi, degan ma‘no tushunilmaydi. Chunki, Alloh taolo ular bo‘lmasa, boshqasi bilan o‘z kalomini insonlarga yetkaza oladi. Bunday deyilishdan maqsad bu ikki olimning Qur‘on balog‘ati borasida qilgan ishlarini qanchalik buyuk va zalvorli bo‘lganini ko‘rsatish uchun mubolag‘a sifatida aytilgan. Alloh taolo bizlarni ham ana shunday o‘z kalomiga xizmat qiladiganlardan qilsin. @Muhammadali_Muhiddin

👍👍👍 Oxirgi 1️⃣🔤🔤 🔤🔤🔤 qoldi. 👨‍💻Kursga qo‘shilish uchun: ⤵️ @Muhammadali_Muhiddin_Admin

Hikmat - ilmni mukammal egallash va amallarini ana shu ilmga muvofiq bajarishdir. Shu sababli: «Hikmat arablarning tiliga, yu
Hikmat - ilmni mukammal egallash va amallarini ana shu ilmga muvofiq bajarishdir. Shu sababli: «Hikmat arablarning tiliga, yunonlarning aqliga, chinliklarning qo'liga tushirilgan», deyiladi. Alloma, mufassir Ibn Oshur rohimahulloh.
Alloh taolo biz musulmonlarni aqli, tili va qo'li hikmatga to'la insonlardan qilsin.
@Muhammadali_Muhiddin

👍👍👍 2️⃣ta joy qoldi. Joy to‘lishi bilan qabul to‘xtaydi. Ilm karvoniga qo‘shilib oling. 💻Kursga qo‘shilish uchun: ⤵️ @Muhammadali_Muhiddin_Admin

Yozgi ta'tilda arab tili yoki aqliy ilmlardan qaysi fan bo'yicha dars bo'lsa qatnashgan bo'lardingiz ⁉️
Anonymous voting

Senegal prezidenti Senegal milliy terma jamoasiga yuborgan xabar: «Namozlaringizni o‘z vaqtida ado eting, Qur’on tilovatini k
+1
Senegal prezidenti Senegal milliy terma jamoasiga yuborgan xabar: «Namozlaringizni o‘z vaqtida ado eting, Qur’on tilovatini kanda qilmang va jamoa namozlarida Sadio Maneni imom qilib qo‘ying, chunki uning Qur’on tilovati juda chiroyli. Alloh huzurida sizlarning eng ulug‘ingiz — eng taqvodoringizdir». @Muhammadali_Muhiddin

#Arab_tili Alloh taolo Luqmon surasida shunday marhamat qiladi: «Albatta, Alloh hech bir maqtanchoq va kibrli odamni sevmas».
#Arab_tili Alloh taolo Luqmon surasida shunday marhamat qiladi: «Albatta, Alloh hech bir maqtanchoq va kibrli odamni sevmas». Oyatda maqtanchoq va kibrli deb tarjima qilingan so‘zlar arabchada «muxtal» va «faxur» deb aytiladi. Bu so‘zlar o‘rtasida esa nozik farq bor. Muxtal: «O‘ziga faxr va sharaf ko‘zi bilan qaraydigan odam». Faxur: «Insonlarga past nazar bilan qaraydigan, ulardan o‘zini katta oladigan odam». Demak, muxtal - ichki, botiniy kibr bo‘lsa, faxur - tashqi, zohiriy kibr hisoblanadi. Bunday go‘zallik va nozik farqlar esa faqatgina arab tilida uchraydi. @Muhammadali_Muhiddin

🤩 ta joy qoldi. ⚠️ Joy to‘lishi bilan qabul to‘xtaydi. Ilm karvoniga qo‘shilib oling. 💻Kursga qo‘shilish uchun: ⤵️ @Muhammadali_Muhiddin_Admin

#iltijo «Ey Allohim! O'zinga quvvatim zaifligidan, hiylam ozligidan, odamlar oldida ojizligim, xo‘rligimdan shikoyat qilaman!
#iltijo «Ey Allohim! O'zinga quvvatim zaifligidan, hiylam ozligidan, odamlar oldida ojizligim, xo‘rligimdan shikoyat qilaman! Ey rahimlilarning rahimlisi! Sen zaifhollarning Robbisan! Sen Robbimsan! Meni kimlarga tashlab qo'yyapsan?! Meni yoqtirmaydigan begonalargami?! Yoki ishimni dushmanga topshirdingmi?! Agar menga g'azab qilganingdan bo'lmasa, bularga e'tibor bermayaman! Lekin, men uchun sening ofiyating kengroqdir! Zulmatlarni yoritgan, dunyo-yu oxirat ishini salohiyatli qilgan yuzing nuri ila, menga g‘azabing tushishi va ustimga qahring yog‘ilishidan panoh so'rayman. Toki rozi bo‘lguningcha uzr... Imkon va qudrat faqatgina Allohdadir!».
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni Toif qabilasidan aziyatga uchrab, yarador holda Makkaga qaytayotgan paytlaridan qilgan duolari.
@Muhammadali_Muhiddin

🤣 ta joy qoldi. ⚠️ Joy to‘lishi bilan qabul to‘xtaydi. Ilm karvoniga qo‘shilib oling. 💻Kursga qo‘shilish uchun:⤵️ @Muhammadali_Muhiddin_Admin

👍👍👍 👍👍👍 3️⃣oyda arab tilining eng muhim fanlari Sarf va Nahv ilmlarining eng asosiy qoidalarini o‘rganib, amaliy ishlat
👍👍👍 👍👍👍 3️⃣oyda arab tilining eng muhim fanlari Sarf va Nahv ilmlarining eng asosiy qoidalarini o‘rganib, amaliy ishlatishni xohlaganlar uchun: 🤩 Kursga faqatgina 5️⃣ta talaba saralangan holda qabul qilinadi. 🔔Kurs dasturi: 🔖1 oy — Sarf fani 🔖2 oy — Nahv fani 🤩 Darslar haftada 3 kun. ⏰ Har bir dars 2± soat. Kursning afzalliklari: 🔴Darslar Telegramda jonli tarzda ustoz Muhammadali Muhiddin tomonidan olib boriladi. 🔴Har bir talaba bilan individual yondashuv. 🔴Har bir darsda qat‘iy davomat nazorati. 🔴Uyga vazifalar muntazam tekshiriladi. 🔴Kurs oxirida ikkala fandan ham talabaga maxsus ijoza beriladi. 🔘 Qabul 5ta joy to‘lishi bilan yopiladi. 💻 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘liq ma‘lumot uchun: ⤵️ @MuhammadAli_Muhiddin_Admin

Ilm olishga hech qachon kech bo'lmaydi.
«Ajrumiyya matniga Xolid Azhariy sharxi» kursidan parcha.
@Muhammadali_Muhiddin

#Solih_amal #ilm Solih amal Inson jamiyatda munosib o'ringa, oxiratda esa yuqori martabaga solih amal bilan bilangina erishad
#Solih_amal #ilm Solih amal Inson jamiyatda munosib o'ringa, oxiratda esa yuqori martabaga solih amal bilan bilangina erishadi. Amal nima? Amal - ixtiyor va qasd bilan qilingan har qanday ish-harakat. Endi, ana shu amal orqasidan birov kelib qayta qilishga ehtiyoj sezilmaydigan qilib, puxta qilinsa solih amal bo'ladi. Shu solih amalni odamlarga manfaat keltirish va Alloh roziligi uchun qilinsa, ajr olinadi. Oxiratdagi martaba esa ajrlar va Allohning roziligi bilan yuksaladi. Har qanday amal solih bo‘lishi uchun esa ilm kerak. Bir sohada solih (yetuk) mutaxassis bo'lish uchun 3 ta me‘yor asos bo‘ladi: 1) Ehtiyoj: Har bir millat, yurt, shahar, hatto qishloq o‘zi muhtoj bo‘lgan sohalarda yetarli mutaxassislarni tayyorlashi farzi kifoya, hamma birdek tark qilsa farzi aynga aylanadi. 2) Ishtiyoq: Inson ko‘p o'qigan narsasini aytib berishi mumkin, ammo ishqi tushgan narsada ijod qiladi. 3) Iqtidor: Tabiiy qobilyat va voqeilikdagi imkoniyat majmuasi tushuniladi. @Muhammadali_Muhiddin

#Allohning_chegarasi Tasavvur qil yo'lda ketyapsan to‘satdan qarshingda: «Oldinga yurish taqiqlanadi, minalashtirilgan hudud»
#Allohning_chegarasi Tasavvur qil yo'lda ketyapsan to‘satdan qarshingda: «Oldinga yurish taqiqlanadi, minalashtirilgan hudud», degan peshtaxta chiqdi. Shu payt sen ana shu ogohlantiruvchi belgini o‘rnatganga tashakkurlar ayta boshlaysan. U meni ozodligimni cheklayapti, degan o‘y hayolingni bir chetiga ham kelmaydi, balki u seni omonliging garovi bo‘lganini e‘tirof etasan. Huddi shunday, Alloh taoloning qo‘ygan chegaralari va harom qilgan narsalari seni hurligingni cheklamaydi, balki u seni omonliging garovidir. Alloh taolo aytadi: «Kim Allohning chegarasidan chiqsa, batahqiq u o‘ziga o‘zi zulm qilibdi». (Taloq surasi, 1-oyat). Doktor Ahmad Ma‘saroviy. @Muhammadali_Muhiddin

#ilm_fazli Imom Abdulloh ibn Muborak (rohimahulloh) aytadilar: Payg‘ambarlik maqomidan keyin ilm tarqatishdan afzalroq maqomn
#ilm_fazli Imom Abdulloh ibn Muborak (rohimahulloh) aytadilar: Payg‘ambarlik maqomidan keyin ilm tarqatishdan afzalroq maqomni bilmayman. @Muhammadali_Muhiddin

📌 Nega Xolid Azharyining «Ajrumiyya» matniga sharxi nahv ilmini o‘rganishda eng ko'p o'qiladigan kitob hisoblanadi❓ Chunki, u boshqa xoh zamonaviy bo'lsin, xoh klassik kitoblardan bir necha jihatlardan afzal hisoblanadi: ✅Ibora va uslubining ravonligi: Muallif matndagi murakkab jumlalarni sodda va tushunarli tarzda sharhlaydi. Boshlang’ich talabalar ham undan foydalana oladilar. ✅Qoidalarni dalillar bilan mustahkamlashi: Nahv qoidalarini Qur’on oyatlari, arab she’riyati va mashhur arabiy iboralar bilan izohlaydi. Bu qoidalarning amaliy qo‘llanilishini ko‘rsatadi. ✅Ixtiloflarga ortiqcha kirishmaydi: Basra va Kufa maktablari o‘rtasidagi bahslarni zarurat bo‘lmaganda keng muhokama qilmaydi. Talabani asosiy qoidalardan chalg‘itmaydi. ✅Ta’limiy tartibning kuchliligi: Har bir masalani bosqichma-bosqich tushuntiradi. Ajrumiyya matnidagi qisqa iboralarni kengroq ochib beradi. ✅E‘rob masalalariga e’tibori: So‘zlarning e’rob sabablarini bayon qiladi. Talabaga qoidani yodlashdan tashqari, uning mantig‘ini tushunishga yordam beradi. ✅Boshlang’ich darajadagi talabalar uchun mosligi: Juda qisqa ham emas, haddan tashqari mufassal ham emas. Boshlang‘ich matn bilan katta nahv kitoblari o‘rtasida yaxshi ko‘prik vazifasini bajaradi. ✅Madrasalarda keng qo‘llanilishi: Ko‘plab an’anaviy ilm dargohlarida Ajrumiyya o‘qitilishida asosiy sharhlardan biri sifatida foydalanilgan. Shu sababli undan keyingi sharh va hoshiyalarni o‘rganish ham osonlashadi. 🔖Agar, siz ham arab tilini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, o‘rganishni esa ham klassik, ham barcha grammatik qoidalar qisqa va oson tarzda berilgan kitobdan boshlamoqchi bo‘lsangiz Shayx Xolid Azhariyning «Ajrumiyya»ga sharxi eng munosib tanlov bo‘ladi. Talnovda adashmang. @MuhammadAli_Muhiddin

Allohning qo‘shnisi alloma imom Zamaxshariy kim edi? Imom Zamaxshariy boshqa arab tili olimlaridan ajrab turadigan fazli u zo
Allohning qo‘shnisi alloma imom Zamaxshariy kim edi? Imom Zamaxshariy boshqa arab tili olimlaridan ajrab turadigan fazli u zot arab tilining barcha ilmlarida imomlik* darajasiga yetgan olim bo‘lgan: 1) Nahv ilmida imom, 2) Sarf ilmida imom, 3) Lug‘at ilmida imom, 4) She‘riyat ilmida imom 5) Aruz (Vazn va qofiya) ilmida imom, 6) Ishtiqoq ilmida imom, 7) Bayon ilmida imom, 8) Ma‘oniy ilmida imom, 9) Badi‘ ilmida imom, 10) Insho ilmida imom, 11) Xat ilmida olim, 12) Shoir va yozuvchi. Bunday barcha sifatlarni bitta olimda jamlanishi juda ham noyob va hayratlanarli. Shuningdek, ulamolar e‘tirof etishicha, u zot eng birinchi bo‘lib «alloma»* degan laqabni olgan olimdir. Bu faqatgina Allohning fazli, uni esa Alloh o'zi xohlagan bandasiga ravo ko‘radi. Shayx Favziy Konate. *Imomdan murod hozirgi til bilan aytganda ana shu fanning professori degani. *Alloma degan laqab faqatgina ham aqliy ilmlarda, ham naqliy (shar‘iy) ilmlarda yetuk mutassis bo‘lgan olimlargagina berilgan. P.S. Buni ajdodlarimizdan faxrlanib o‘tirish uchun emas, balki shunday yuksak sharfli zotlarning avlodi ekanimiz bizga mas‘uliyat yuklashini anglash uchungina keltirdik. @MuhammadAli_Muhiddin

«Ilm oʻrganishni erta-kechi yo'q» degan shiorning eng goʻzal namunasi. Imom Xolid Azhariy yoshliklarida ilm bilan shugʻullanm
«Ilm oʻrganishni erta-kechi yo'q» degan shiorning eng goʻzal namunasi. Imom Xolid Azhariy yoshliklarida ilm bilan shugʻullanmaganlar, balki ko'p yillar Azhar masjidida chiroq yoquvchi (vaqqod) boʻlib xizmat qilganlar. Kunlarning birida u zot chiroqlarni toʻgʻrilayotganlarida, beixtiyor chiroq moyi yoki qurumi oʻtirgan talabalardan birining kiyimiga tomib ketadi. Talaba unga qarata kesatib: «Ey johil! Nima qilyapsan, ko'zinga qaramaysanmi?», deb dakki beradi. Oʻshanda u zotning yoshi ancha katta — 36 yoshda bo'lgan. Bu gap Xolid Azhariyga og'ir botadi va o'sha kechaning oʻzidayoq ilm olishga qattiq ahd qiladilar. Keyinchalik ko'p vaqt o'tmay Allohning yordami, o'zlarining ulkan mehnat va sabrlari evaziga qisqa yillar ichida oʻz zamonasining eng yirik nahv, balog'at va mantiq ilmlarida benazir olimga aylanadilar». Imom Xolid Azhariyning hayotlaridagi ushbu eng muhim burilish nuqta har bir insonga «ilm oʻrganishga hech qachon kech emas» degan shiorni eng goʻzal holatda tushuntiradi. @MuhammadAli_Muhiddin

🚨Yozni manfaatli o‘tkazing🚨 ⚠️ Arab tili qoidalarining ilmiy istelohlari va tub mohiyatini aynan arab tilida o‘rganmoqchimisiz? 🔥Nahv poydevori — «Ajrumiyya» matniga yozilgan imom Xolid Azhariy sharhi asosida onlayn intensiv kurs aynan siz uchun. ✈️Darslarni: ustoz MuhammadAli Muhiddin telegram yopiq guruhda online tarzda o‘tadilar. 🗓 Boshlanish sanasi: 12.06.2026y. 🌤 Dars kunlari: Dush-Chor-Juma. ​📜 Kurs oxirida: Muntazam qatnashgan talabalarga IJOZA taqdim etiladi. 🆓 Super Bonus: Kurs ishtirokchilariga shaxsan ustoz MuhammadAli Muhiddin tomonidan tayyorlangan «Ajrumiyya» matni sharhlangan 30ta video darslik va ana shu matnga yozilgan oʻzbekcha sharh (PDF) bepul taqdim etiladi. 👨‍💻 Adminga murojaat: ⤵️ t.me/MuhammadAli_Muhiddin_Admin ​🤫 Kurs haqida batafsil ma‘lumot olish va ishtirok etish uchun hoziroq guruhga qoʻshiling: ⤵️ GURUHGA QO‘SHILISH