MuhammadAli Muhiddin
Open in Telegram
🎓 Toshkent islom instituti (Oliy ma'had) bitiruvchisi. 👨🏻🎓 Al-Azhar "Islom huquqi va qonun" fakulteti bitiruvchisi. ⚠️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manbaasi ko‘rsatilsin. Shar‘an va qonunan joiz emas
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
576
Subscribers
-424 hours
-237 days
+8030 days
Posts Archive
Hikmat - ilmni mukammal egallash va amallarini ana shu ilmga muvofiq bajarishdir.
Shu sababli: «Hikmat arablarning tiliga, yunonlarning aqliga, chinliklarning qo'liga tushirilgan», deyiladi.
Alloma, mufassir Ibn Oshur rohimahulloh.
Alloh taolo biz musulmonlarni aqli, tili va qo'li hikmatga to'la insonlardan qilsin.@Muhammadali_Muhiddin
#iltijo
«Ey Allohim!
O'zinga quvvatim zaifligidan, hiylam ozligidan, odamlar oldida ojizligim, xo‘rligimdan shikoyat qilaman!
Ey rahimlilarning rahimlisi!
Sen zaifhollarning Robbisan!
Sen Robbimsan!
Meni kimlarga tashlab qo'yyapsan?!
Meni yoqtirmaydigan begonalargami?!
Yoki ishimni dushmanga topshirdingmi?!
Agar menga g'azab qilganingdan bo'lmasa, bularga e'tibor bermayaman!
Lekin, men uchun sening ofiyating kengroqdir!
Zulmatlarni yoritgan, dunyo-yu oxirat ishini salohiyatli qilgan yuzing nuri ila, menga g‘azabing tushishi va ustimga qahring yog‘ilishidan panoh so'rayman.
Toki rozi bo‘lguningcha uzr...
Imkon va qudrat faqatgina Allohdadir!».
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni Toif qabilasidan aziyatga uchrab, yarador holda Makkaga qaytayotgan paytlaridan qilgan duolari.@Muhammadali_Muhiddin
Ilm sabot talab qiladi.
Hozirgi kunimizda Moturidiy aqidasining eng katta olimlaridan bo‘lgan Hamza Bakriy (hafizahulloh) aytyaptilar:
«Ustozimiz Shayx Muhammad Avvoma (hafizahulloh)da «Tadribur roviy» kitobidan 2017-yil dars boshlandi. Kitob 2025-yil tugadi. Darslar sakkiz yil davom etdi.
Men mana shu sakkiz yilda 1.5 marta uzr sababli qatnasha olmadim.
Bir marta safarda bo'lib qolganim,
yarim marta esa o‘g‘lim kasalxonadaligi sabab».
Tushunyapsizmi?! Sakkiz yil darsga qatnab 1marta - safar tufayli, yarim marta ya‘ni darsni yarmiga yetib kelganlar - o‘g‘illari kasalxonada bo‘lgani uchun. Ilmga mana shunaqa sabot va sabr bilan yetishiladi. Alloh taolo ikkala ustozlarimizdan ham rozi bo‘lsin va uzoq yillar bizlarga yo‘lboshchi qilsin.@MuhammadAli_Muhiddin
📚 Nahv ilmini o'rgatish borasida «Madrasatul arab» (Arab maktabi) va «Madrasatul ajam» (Arab bo'lmaganlar maktabi) o‘ziga xos o‘ringa ega. Bu ikki yo‘nalish tilni o‘rganishga bo‘lgan yondashuv, uslub va ta'lim dasturidagi kitoblari bilan bir-biridan ajralib turadi.
1) Arab maktabi:
Bu maktab asosan arab tili hali "tabiiy malaka" (saliqa) darajasida bo‘lgan davrda shakllangan.
Uslubi: Ular ko‘proq naql (sanad bilan qilingan rivoyat)ga tayanganlar.
Bu maktabning boshlang'ichdan boshlab yuqori bosqichgacha bo'lgan kitoblar tartibi odatda quyidagicha (bu tartibda dars beruvchi ustozga qarab ba'zi o'zgarishlar bo'lishi mumkin):
1) «Ajrumiyya» matni va uning sharxlari;
2) «Qotrun nado», «Shuzuruz zahab» va uning sharxlari;
3) «Alfiya ibn Molik», unga yozilgan sharx va hoshiyalar;
4) «Mug‘nil labib a‘n kutubul a‘arib».
2) Ajam maktabi:
Bu yo‘nalish Islom olami kengayib, fors, turk va boshqa xalqlar islomni qabul qilib, arab tilini o‘rgana boshlaganidan keyin rivojlandi. Bu maktab vakillari asosan Movarounnahr va Xuroson olimlari bo‘lgan.
Maqsad va uslubi: Arab tilini ona tili bo‘lmagan xalqlarga tushunarli qilish, tilni tizimlashtirish va mantiqiy qoliplarga solish.
Bu maktabning ta'lim manhajidagi kitoblar ketma-ketligi odatda quyidagicha:
1) «Avomil jurjoniy» yoki «Avomil birkaviy» va uning sharxlari;
2) «Unmuzaj li Zamaxshariy» va uning sharxi;
3) «Kofiya» va unga yozilgan sharx va hoshiyalar;
4) «Mufassal» kitobi va uning sharxlari;
Bu kitoblardan so'ng ikkala maktab ham Imom ibn Molikning «Tas‘hilul favaid va takmilul maqosid» va Imom Sibavayhning «Kitob» asarida birlashib ketadi.
❗️Eslatma: Arablar maktabi va kitoblari deganda, uni faqat arab bo‘lganlar o‘rganadi, ajam maktabi va kitoblarini esa faqatgina arab bo'lmaganlar o‘rganadi degani emas.
Balki, yuqorida aytilgan arab maktabiga oid kitoblarni ajamlar ham o'rganishi mumkin. Faqatgina, bu kitoblar arab yurtlarida tarqalgan, ta'lim tizimida uzoq yillardan beri o'qitib kelingani uchun, ajam maktabiga oid kitoblar esa Xuroson va Movarounnahr kabi ajam yurtlarda mashhur bo'lgani uchun shunday nom berilgan xolos.
https://t.me/MuhammadAli_Muhyiddin
+5
#közlar_gözallik_körsin
🌅 Quyosh chiqishi.
🌊 O'rtayer dengizi
🏝 Ajiyba sohili, Misr.
@MuhammadAli_Muhiddin
❓Sarf ilmi qanday ilm, nima uchun o'rganish kerak?
✔️Ta‘rifi:
Sarf - arabcha so'zlardagi lafziy va ma‘naviy maqsaddagi o‘zgarishlarni o'rganuvchi fan.
Lafziy maqsad - ba‘zi talaffuzi og‘ir so‘zlarni tilga oson qilish uchun o‘zgartirish.
Ma‘naviy maqsad esa - bitta masdar (o‘zak so‘z)dan turli yangi ma‘noli so‘zlar yasash uchun o‘zgartirish, tushuniladi.
🔍 Uning mavzusi (o'rganish obyekti): Mo‘rob ism va mutasarrif fe‘llar.
🔑 Foydalari:
- Arabcha so‘zlarni to‘g‘ri fahmlash;
- Bitta so‘z orqali turli yangi ma‘noli so‘zlar yasay olish;
- Arabcha so‘zlarning o‘zak va ziyoda harflarni ajratish orqali so‘zlardagi ma‘noni to‘liq anglash;
- Jannat tilining asosini o'rganish.
Jannat tili va shari'y ilmlarning kaliti bo'lgan Sarf fanini chuqur anglamoqchi bo'lsangiz Sarf kurslarimizga qo'shiling.💻Aloqa uchun: ⤵️ @MuhammadAli_Muhiddin_Admin
Ey do‘stim,
Mendan: «Nega Alloh tilaganimni bermaydi?», deb so‘raysan.
Aytamanki: «Tabib biz xohlagan dorilarni emas, bizga zarur bo‘lgan dorilarni beradi!»
Balki, sen o‘zinga zarari bor narsani tilayotgandirsan!
Chunki sen ishlarga noqis aqling bilan nazar solasan.
Alloh esa ishlarni komil ilmi bilan tadbir qiladi...
Adham Sharqoviy
@MuhammadAli_Muhiddin
❓Nahv ilmi qanday ilm, nima uchun o'rganish kerak?
💡Ta‘rifi:
Nahv - foydali gapdagi arabcha mabniy (o‘zgarmas) yoki mo‘rob (o‘zgaruvchi) so'zlarning oxiridagi holatlarini o'rganuvchi fan.
🔍 Uning mavzusi (o'rganish obyekti): Arabcha mabniy va mo‘rob so‘zlar.
🔑 Foydalari:
- Arabcha gaplarni to‘g‘ri fahmlash;
- Arabcha gapirganda xatodan saqlanish;
- To‘g‘ri gapdan noto‘grisini ajrata olish;
- Arab tili grammatikasini to'liq anglash orqali to‘g‘ri gapirish, eshitish, yozish va o'qish malakasini hosil qilish;
- Jannat tilining asosini o'rganish.
Jannat tili va shari'y ilmlarning kaliti bo'lgan Nahv fanini chuqur anglamoqchi bo'lsangiz Nahv kurslarimizga qo'shiling.💻Aloqa uchun: ⤵️ @MuhammadAli_Muhiddin_Admin
Xandaq ga‘zoti...
Abu Talha Ansoriy (roziyallohu anhu) uylariga keldi,
ayoli Ummu Sulaymga:
«Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ovozlarida zaiflikni sezdim.
Bilamanki, qorinlari ochgan, biron nimang bormi?!...», dedi.
Haqiqiy muhib seni qulog‘i bilan emas, qalbi bilan eshitadi,
Holating yaxshi emasligini faqatgina u his qiladi,
Insonlardan yashirsang ham faqatgina u mahzunligingni ko‘zlaringdan o‘qiydi,
Barchaga hammasi joyidadek ko‘rsatsang ham faqatgina u seni o‘zgarganingni sezadi,
Hammasi bir maromda ketayogandek ko‘rsatsangda faqatgina u vaziyating chigalligini ko‘ra oladi,
Xotirjamliging bilan yashirayotgan qo‘rquvingni faqatgina u his qila oladi.
Senga muhabbat qo‘ygan insongina seni his qiladi...!
Adham Sharqoviy
@MuhammadAli_Muhiddin
Repost from MuhammadAli Muhiddin
Yozgi ta'tilda arab tili yoki aqliy ilmlardan qaysi fan bo'yicha dars bo'lsa qatnashgan bo'lardingiz ⁉️
Mo‘rob va e‘rob farqi nima?
Bitta video bilan mo‘rob, e‘rob, mabniy va bino terminlarini farqini bilib oling.➡ Nahvshunos yaqinlaringizga ham ulashib qo‘ying. @MuhammadAli_Muhiddin
Davomi...Shundan kelib chiqib, arab tilida harfga o‘xshashlik sababli mabniy bo‘lgan ismlar esa 8ta bo‘lib, bular: 1) Zamirlar (olmoshlar): (هو), (أنت), (أنا) va boshqalar. 2) Ismi Ishoralar(ko‘rsatish olmoshlari): (هذا) va (هؤلاء) va boshqalar. Bundan ikkilik ismi ishora bo‘lgan (هذان) va (هتان) mustasno. Chunki, bu ismlardagi «ikkilik» g‘irt ismlik alomati hisoblanadi. Shu sabab harfga o‘xshashlik jihatidan ismlik sifati ustun keladi va asl holat mo‘roblikka qaytadi. 3) Ismi mavsulalar: (اللذي), (اللاتي) va boshqalar. Bundan ham ikkilik ismi mavsula (اللذان) va (اللتان) ismlari mustasno. Yupqirda aytilgandek «ikkilik» g‘irt ism alomati hisoblanadi. Shu sabab, ismlik sifati harfga o‘xshashlik jihatidan ismlik sifati ustun keladi va asl holat mo‘roblikka qaytadi. 4) Ismi istefhomlar(so‘roq olmoshlari): (مَن), (أينَ) va boshqalar. Bundan (أيُّ) ismi istefhomi mustasno. Chunki u doim o‘zidan keyingi ismga izofa bo‘lib keladi. «Izofa» esa g‘irt ism alomati hisonblanadi. Shu sabab, ismlik sifati harfga o‘xshashlik jihatidan ustun keladi va asl holat mo‘rob bo‘ladi. 5) Ismi shartlar: (مَنْ), (مَهْمَا) va boshqalar. Bundan ham (أيُّ) ismi shart mustasno. Chunki, yuqorida ta‘kidlanganidek, bu kalima doim o‘zidan keyingi ismga izofa bo‘lib keladi. «Izofa» esa g‘irt ism alomati hisonblanadi. Shu sabab, ismlik sifati harfga o‘xshashlik jihatidan ustun keladi va asl holat mo‘rob bo‘ladi. 6) Ismi fe‘llar: (هيهات) (أفّ) (صَهْ) va boshqalar. 7) Ismi sovtlar: (غَاقْ) – kabi hayvon ovozlari. 8) Ba‘zi zarflar(ba‘zi ismi zamon va makon olmoshlari): (قَطُّ), (لَدُنْ), (الآنَ), (منذُ), (أمسِ). Mana shu ismlardan boshqa barcha ismlar esa mo‘rob hisoblanadi va gapdagi ma‘nosiga qarab raf, nasb va jar holatga o‘zgaradi.
Mana endi «mabniy va mo‘rob ismlar» ham bir umr sizniki bo‘ldi...💬 Nahvshunos yaqinlaringizga ham ulashib qo‘ying 😉 @MuhammadAli_Muhiddin
Mabniy va mo‘rob ismlar
Ismlar ham fe‘llar kabi nahv fanining mavzusi o‘laroq ikki qismga bo‘linadi. Ular mo‘rob va mabniy ismlar. Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, ismlar gapda fe‘llardan farqli o‘laroq uch xil ma‘noda (gapning rukni, ikkinchi darajali bo‘lagi va ism yoki harfga qo‘shilib) kelgani sabab, ana shu ma‘nolarni bir-biridan ajratish uchun ismlardagi asl holat - mo‘roblik hisoblanadi.
Lekin, ismlar ham ba‘zida asl holatdan chiqib, mabniy bo‘ladi.
Ism doimo mabniy bo'ladigan harfga o‘xshab qolsa, mo‘roblikdan chiqib, mabniy kalimaga aylanadi.
Ism to‘rt holatda harfga o‘xshab qoladi:
1) Shibhul vaz‘iy (shakliy o‘xshashlik): «Ism harfga o‘xshab bitta yoki ikkita harfdan iborat bo‘lishi». Ya‘ni ism aslida eng kamida uch harfdan tuzilgan bo‘lishi zarur. Lekin, ism gohida bitta yoki ikkita harfdan tashkil topadi, va harfga shaklan o‘xshab qolgani uchun mabniy kalimaga aylanadi.
Misol: (فَهِمتَ) kalimadagi (تَ) zamiri (ب) jar harfiga o‘xshab bitta harfdan iborat, (فَهِمْنا) kalimadagi (نا) zamiri esa (لا) nafiy harfiga o‘xshab ikkita harfdan iborat. Shu sababli, mabniy ism deyiladi.
2) Shibhul ma‘naviy (Ma‘no jihatdan o‘xshashlik): «Ism aslida harf ifoda qilishi kerak bo‘lgan ma‘noga dalolat qilishi». Ya‘ni ism gohida aslida harf dalolat qilishi kerak bo‘lgan ma‘nolarni ifodalaydi. Shu sabab, ma‘no e‘tiboridan harfga o‘xshagani uchun mabniy bo‘lib qoladi.
Misol: (متى) ismi gohida ismi shart ma‘nosida ishlatiladi (مَتَى تَجْتَهِدْ تَنْجَحْ) – Qachon qattiq harakat qilsang, muvaffaqiyat qozonasan. Shu payt shart ma‘nosida asl hisoblangan (إنْ) shart harfiga o‘xshab qoladi. Gohida esa istifhom (so‘roq olmoshi) sifatida ishlatiladi, (متى جاء زيدٌ؟) – Zayd qachon keldi?, bu paytda esa istifhom ma‘nosida asl bo‘lgan (أ) istifhom harfiga o‘xshab qoladi va mabniy ismga aylanadi.
3) Shibhul iftiqoriy (Boshqa kalimaga muxtojlik o‘xshashligi): «Ya‘ni harf o‘z ma‘nosini ifodalashda boshqa kalimaga ehtiyoj sezgani kabi ism ham o‘z ma‘nosini ifodalashda jumlaga ehtiyoj sezadi».
Misol: Ismi mavsulalar, (حيث) yoki (إذْ) ismlari o‘zidan keyin jumlaga qo‘shilsagina ma‘nosi zohir bo‘ladi. Demak, o'z manosini ifoda qilishda boshqa kalimaga muxtoj bo'lishda harfga o'xshagani sabab mabniy bo'lmoqda.
4) Shibhul iste‘maliy (Amaliy o‘xshashlik): «Ism harfga o‘xshab o‘zi boshqa kalimani ozgartiradi, lekin o‘zi o‘zgarmasligi».
Misol: Ismi fe‘llar: (هيهات) – uzoq boldi, ismi fe‘li o‘zi umuman o‘zgarmaydi lekin o‘zidan keyin kelgan ismlarni foil, mafu‘ulun bihi va boshqa holatlarga o‘tkazib o‘zgartiradi. Shunda nasb va jar harflariga o‘xshab o‘zi o‘zgarmasdan boshqani o‘zgartirgani uchun mabniy ismga aylanadi.
Demak, ismlar mana shu to‘rt jihatdan biri yoki bir nechtasi bilan harfga o‘xshab qolsa, mabniy ismga aylanadi.
Davomi bor...🌐 Nahvshunos yaqinlaringizga ham ulashing. 😉 @MuhammadAli_Muhiddin
👍👍👍
Demak, eng ko'p ovoz yiqqan mavzularni birma-bir tartib bilan sizlarga mohiyati bilan bayon qilib boramiz.
Kanalimizni kuzatib turing, yaqinda ismning mo'rob va mabniy mavzusi bir umrga ajralmas do'stingizga aylanadi. 😊
@Muhammadali_Muhiddin
👍👍👍 👍👍👍
📌Nahv fanidagi qaysi mavzu siz uchun eng og'riqli mavzulardan hisoblanadi?
Kommentariyada sizni qiynagan mavzularni yozib qoldiring. Biz eng ko'p aytilgan mavzuni sizlarga mohiyati bilan oson tushuntirib beramiz.@MuhammadAli_Muhiddin
#maqola_2
10ta illatni yodlash oson bo‘lishi uchun she‘riy vaznga solingan:
عَدْلٌ وَوَصْفٌ وَتَأْنِيثٌ وَمَعْرِفَة ... وَعُجْمَة ثُمَّ جَمْعٌ ثُمَّ تَرْكِيبُ
وَالنُّونُ زَائِدَةً مِنْ قَبْلِهَا أَلِفٌ ... وَوَزْنُ فِعْلٍ وَهَذَا الْقَوْلُ تَقْرِيبُ
Demak, ismda mana shu illatlardan ikkitasi yoki ikkitasini o‘rniga o‘tadigan bitta illat topilsa, ism fe‘lga o‘xshab tanvin va jarning asliy alomati kasrani qabul qilmaydi.
Yuqoridagi illatlardan ikkitasi ismning ma‘nosiga tegishli far‘iy illat hisoblanadi. Bular:
1) A‘lamlik (atoqli ot bo‘lish);
2) Vasf (asliy sifat bo‘lish).
Qolgan oltitasi esa ismning lafziga tegishli far‘iy illatlar hisoblanadi. Bular:
1) Adl.
2) Muannaslik (Man‘aviy, lafziy yoki ham man‘aviy ham lafziy muannas);
3) Ajam;
4) Murakkab mazjiy;
5) Alif va nun ziyoda bo‘lishi;
6) Fe‘l vazni.
Ismda ma‘noga tegishli bitta illat lafziga tegishli bitta fari‘y illat jamlanib qolsa ism ham fe‘lga o‘xshab ikki jihatdan far‘iy (asliy bo‘lmagan) kalima bo'lib qoladi va shu sabab «g‘oyri munsarif»ga aylanadi.
Atoqli ism bo‘lish degan illat ismning lafziga tegishli 6ta fari‘y illat bilan birlashib, ismni «g‘oyri munsarif»ga aylantiradi.
Misol:
1) A‘lamlik + Adl = (عُمَرُ)
2) A‘lamlik + Muannaslik (Man‘aviy, lafziy yoki ham man‘aviy ham lafziy) = (زينبُ), (حمزةُ), (فاطمةُ).
3) A‘lamlik + Ajam = (إبراهيمُ)
4) A‘lamlik + Murakkab mazjiy = (قَاضِيخَانُ)
5) A‘lamlik + Alif va nun ziyoda bo‘lishi = (عُثمَانَ)
6) A‘lamlik + Fe‘l vazni = (أحْمَدُ).
Ismning «vasf» degan ma‘nosiga tegishli fari‘y illat esa ismning lafziga tegishli bo‘lgan 6ta illatdan faqatgina 3tasi bilan birlasha oladi. Bular:
1) Vasf + Adl = (مَثْنَى), (ثُلاَثُ), (رُبَاعُ), (أُخَرُ).
2) Vasf + Alif va nun ziyoda bo‘lishi = (نَدْمانُ), (جَوْعانُ).
3) Vasf + Fe‘l vazni = (أَفْضَلُ).
Ammo ikkita illat borki, ularning har biri ikki illatni o‘rniga o‘tadi. Bular:
1)Siyg‘otu muntahal jumu‘: «Alif taksiridan keyin ikkita yoki o‘rtasi sukunli bo‘lgan uchta harf bo‘lgan jam taksir ism».
Buning ikkita siyg‘asi bor:
Biri: (مَفاعِلُ) – (مساجدُ);
Ikkinchisi: (مَفاعِيلُ) – (مساجِيدُ).
2)Alif ta‘nis maqsura yoki mamduda: «Ismni muannas ekaniga dalolat qilish uchun kalimaning oxiriga qo‘shilgan ajralmas mamduda yoki maqsura alif». Misol: (دُنْيَا) (صَحْرَاءُ).
Demak, mana shu 11xil turdagi ismlar «g‘oyri munsarif» bo‘ladi va tanvinni hamda jarlikning asliy alomati kasrani qabul qilmaydi.
Misol: (صَلَّى اللهُ على إبْرَاهِيمَ خَلِيلِه) jumladagi (إبْرَاهِيمَ) kalimasida a‘lamlik va ajamlik degan fari‘y illat borligi uchun jarlik alomati tanvinsiz fatha bo‘lmoqda.
Eslatma: Ammo, «g‘oyri munsarif» ism muzof bo‘lsa yoki unga alif lom kirsa, kalimaning ismlik sifati kuchayib ketadi va jarlik alomati yana asliy alomati - kasra bo'lib qoladi.
Misol: (مررتُ بمساجيدِ المدينة) jumlasida (مساجيدِ) kalimasi (ب) jar harfidan keyin kelgani uchun jar holatda turibdi. Jarlik alomati esa «g‘oyri munsarif» ism bo‘lsada muzof bo‘lgani uchun jarlik alomati fatha emas, kasra bo‘lmoqda.
Tugadi. Mana endi «G'oyri munsarif» bir umr siz bilan bo'ladi. 😉🔝Nahvshunos yaqinlaringizga ham ulashing. @Muhammadali_Muhiddin
G'OYRI MUNSORIF
«G‘oyri munsarif» lug‘atda «tanvinsiz» degan ma‘noni anglatadi.
Istilohda esa: «To‘qqizta illatdan ikkitasi yoki ikkitani o‘rniga o‘tadigan bitta illati bo‘lgan ism».
Hukmi: Tanvin va kasrani qabul qilmaydi.
Kirish: Fe‘llarda doimo ikkita fari‘y illat bo‘lib, har biri fe‘lni ismdan fa‘r (undan ajralib chiqqan va ismga tobe‘ kalima) ekaniga dalolat qiladi.
Ikki illatning biri fe‘lning lafziga, ikkinchisi esa ma‘nosiga tegishli.
Fe‘lning lafziga tegishli bo‘lgan illat bu - barcha fe‘llarning lafzi masdardan yasalgan bo‘lishidir. Masdar esa ismdir.
Misol uchun: (ضَرَبَ), (يَضْرِبُ), (اضْرِبْ) fe‘llari hammasi (ضَرْبًا) masdaridan ya‘ni ismdan yasalgan.
Uning ma‘nosiga tegishli bo‘lgan va uni ismga muhtoj ekanini bildiradigan illat esa: «Fe‘lni ma‘nosi ish-harkatga dalolat qiladi. Har qanday ish-harkat esa uni bajaruvchisiga ya‘ni foilga muhtoj bo‘ladi. Foil esa doimo ism bo‘ladi».
Demak, fe‘l lafzi jihatdan ham, ma‘nosi jihatdan ham ismga muhtoj va ismdan ajrab chiqqan bo'ladi.
Shuningdek, fe‘llarning ism va harfda topilmaydigan oziga xos alomati esa - hech qachon tanvin va kasrani qabul qilmasligidir.
Endi, ismda ham biri lafzga, boshqasi ma‘noga tegishli bo‘lgan ikkita far‘iy illat paydo bo‘lsa, mana shu e‘tibordan fe‘lga o‘xshab qoladi. Natijada, unga xos bo‘lgan hukm - tanvin va kasrani qabul qilmaydi. Bunday ism esa «g‘oyri munsarif» deyiladi.
Yuqoridagilar tushunarli bo'lsa, quyida ismda yakka o'zi topilganda yoki boshqasiga qo‘shilganda «g‘oyri munsarif» qiladigan illatlarni o‘rganib chiqamiz. Bunday illatlar 10ta bo'lib, bular:
1) Adl: «Ismni ma‘nosi saqlangan holda bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘zgarishi». Misol: (عُمَرُ) ismi (عَامِرٌ) ismini manosi saqlangan holda, lafzini ozgartirishdan paydo bolgan.
2) Vasf: «Ismni asliy sifat bo‘lishi ya‘ni arablar lafzni ilk bor bir ma‘noga ta‘yin qilayotgan paytda, o‘sha lafzni sifatni anglatdigan ma‘noga qo‘yilgan bo‘lishi». Misol: (أحْمَرُ) - qizil, (شُجاعٌ) - shijoatli kalimlari asliy sifatlar hisoblanadi.
3) Muannaslik: «Ism faqatgina man‘aviy yoki faqatgina lafziy yoki ham ma‘naviy ham lafziy muannas bo‘lishi».
Misol: (زَيْنَبُ), (حَمْزَةُ) va (فَاطِمَةُ) ismlari muannas hisoblanadi.
4) Alif ta‘nis: «Ismni muannas ekaniga dalolat qilish uchun kalimaning oxiriga qo‘shilgan ajralmas mamduda yoki maqsura alif». Misol: (حُبْلَى) yoki (صَحْرَاءُ) ismlari.
5) Ma‘rifa: «Ism a‘lam ya‘ni atoqli ot bo‘lishi». Misol: (عَائشةُ) .
6) Ajam: «Ajamlar ya‘ni arab bo‘lmaganlar nazdida atoqli ot bo‘lishi». Misol: (ابراهيمُ).
7) Siyg‘otu muntahal jumu‘ (jamning oxirgi ko‘plik siyg‘asi): «Alif taksiridan keyin ikkita yoki o‘rtasi sukunli bo‘lgan uchta harf bo‘lgan jam taksir».
Ya'ni ismlar ikkita (مَفَاعِلُ) va (مَفَاعِيلُ) vaznlarida kelsa, «siygati muntahal jumu» boladi.
8) Murakkab mazjiy: «Murakkab izofiy yoki murakkab isnodiy bo‘lmagan, e‘rob birinchi kalimaning oxirida emas, ikkinchi kalimaning oxirida bo‘ladigan murakkab ism».
Misol: (قَاضِيخَانُ) atoqli ot, (حَضْرَمَوْتُ) – Yamandagi shahar nomi.
9) Alif va nun ziyoda bo‘lishi. Misol: (عُثْمَانُ), (سُكْرَانُ).
10) Fe‘l vazni: «Ism faqatgina fe‘lga xos bo‘lgan (فَعَّلَ) kabi vaznlarda yoki muzoreat harflari bilan boshlangan bo‘lishi».
Misol: (يَزِيدُ) - ismi muzore fe‘li kabi (يفعِلُ) vaznida bo‘lmoqda.
Davomi bor...🔝Nahvshunos yaqinlaringizga ham ulashing 😉 @Muhammadali_Muhiddin
👍👍👍 👍👍👍
Kim nahvdagi «G‘OYRI MUNSARIF» mavzusida doim qiynaladi?
Sizlar uchun yangilik, quyida e‘lon qilinadigan ikkita maqola bilan «G‘OYRI MUNSARIF» sizniki bo‘ladi.
100tagina like va reaksiya bilan maqolani joylaymiz 😊.@Muhammadali_Muhiddin
