en
Feedback
MuhammadAli Muhiddin

MuhammadAli Muhiddin

Open in Telegram

🎓 Toshkent islom instituti (Oliy ma'had) bitiruvchisi. 👨🏻‍🎓 Al-Azhar "Islom huquqi va qonun" fakulteti bitiruvchisi. ⚠️ Kanaldan ma‘lumot olinganda manbaasi ko‘rsatilsin. Shar‘an va qonunan joiz emas

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
577
Subscribers
-624 hours
-187 days
+8230 days
Posts Archive
…davomi Hol va zul hol (hol egasidagi) shartlar: 🟤Zul hol (hol egasi)da bittagina shart bor. U ham bo`lsa, «zul hol» doimo m
…davomi
Hol va zul hol (hol egasidagi) shartlar: 🟤Zul hol (hol egasi)da bittagina shart bor. U ham bo`lsa, «zul hol» doimo ma‘rifa bo‘lishi lozim. Ism hol bo`lishi uchun esa uchta shart topilishi lozim: 🟤1)Hol bo‘layotgan ism doimo nakra bo‘lishi kerak, agar ma‘rifa bo‘lsa nakra ta‘vilida bo‘ladi. Misol: (جاءَ زيدٌ مُتَبَسِّمًا) – Zayd jilmaygan holda keldi, jumlasida (مُتَبَسِّمًا) ismi (زيدٌ) foildan hol bo‘lmoqda va nakra holda kelmoqda. Masalan: (جاء الأميرُ وحدَهُ) – Amir yakka holda keldi, jumlasida (وحدَهُ) ismi foil (الأميرُ)dan hol bo‘lmoqda. (وحدَهُ) kalimasi esa (ه) zamirga qo‘shilib ma‘rifa bo‘lmoqda, lekin uni (مُنفرداً) deb nakra holida ta‘vil qilinadi va o`zidan avvalgi ismdan hol bo`ladi. 🟤2)«Hol mushtaq ism bo‘ladi». Yuqoridagi misollar kabi. ⚡Eslatma: Agar foil yoki mafu’lning holatidagi qandaydir majhullikni ko’tarsa, gohida «jomid» ism ham hol bo’ladi va mushtoq ism ta’vilida bo’ladi. Misol: (كَرَّ زيدٌ أَسَدًا) – Zayd jangga sherdek kirdi, jumlasida (أَسَدًا) kalimasi jomid ism bo’lsada, foil – Zaydning jangga kirishgan paytdagi holini bayon qilgani uchun hol bo’lmoqda. Endi, uni (شُجَاعًا) – shijoatli, degan mushtoq ism ta’vilida ishlatiladi. 🟤3)Hol doimo gap tugal bo‘lgach (ya‘ni mubtado va xabar yoki fe‘l va foil kelib bo‘lgach) keladi. Chunki u to‘ldiruvchi hisoblanadi. ⤵️ Nahvshunos tanishlaringizga jo’natib qo’ying. 🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY

Hol Ismning nasb o‘rinlaridan yana biri hol hisoblanadi. Hol lug‘atda «Insonning yaxshi yoki yomon vaziyatlari», ma’nosini an
Hol Ismning nasb o‘rinlaridan yana biri hol hisoblanadi. Hol lug‘atda «Insonning yaxshi yoki yomon vaziyatlari», ma’nosini anglatadi. Istilohda esa: «Vaziyat va holatlardagi noma‘lumlikni bayon qiluvchi fazla (gapdagi ikkinchi darajali bo’lak) ism». Holatlardagi noma‘lumlik degani, har qanday fe‘l borki uni foili (bacharuvchisi) bo‘ladi. Ba‘zida esa muta‘addiy (oʻtimli) bo‘ladi va bacharuvchisi hamda «mafu‘lun bihi»si ham bo‘ladi. 📌 Foil va maf‘ul esa ish-harakat asnosida doimo qandaydir holatda yoki vaziyatda bo‘ladi. Ana shu holat va vaziyatni bayon qiluvchi ism «hol» deyiladi va nasb bo‘ladi. Gohida esa o’zi «Muzofun ilayh» boʻlsada ma’noda foil yoki mafu’l bo’lgan ismning ham holatini bayon qilgan ism «hol» boʻladi. 🟤Misol: (جاءَ زيدٌ مُتَبَسِّمًا) – Zayd jilmaygan holda keldi, jumlasida (مُتَبَسِّمًا) ismi (زيدٌ) foildan hol bo‘lmoqda. Chunki, u Zayd «kelish» ish-harakatini bajarayotgan paytda qanday vaziyatda (holda) bo‘lganini bayon qilmoqda. 🟤Misol: (ركِبتُ الفرسَ مُسْرَجاً) – Egarlangan otni mindim, jumlasida (مُسْرَجاً) ismi (الفرسَ) mafu‘lun bihida hol bo‘lmoqda. Chunki, u ot «minishlik» ish-harakati bo‘layotgan paytda qanday vaziyatda (holda) bo‘lganini bayon qilmoqda. 🟤Misol: (فاتّبِعُوا مِلّةَ إبراهيمَ حنيفاً) – Yoʻldan adashmagan holdagi Ibrohimning yoʻliga ergashing, jumlasida (حنيفاً) soʻzi lafzan "muzofun ilayh" boʻlsada, ma’noda "mafu’lun bihi" boʻlgan (إبراهيمَ) kalimasidan hol boʻlmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvahunos tanishlaringizga joʻnatib qoʻying. 🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY

#Iltijo Ey Zakariyyo, biz senga xushxabar beramiz... Suyaklari mo‘rtlashgan, Sochlariga oq tushgan, Ayoli esa tug‘mas edi. ..
#Iltijo Ey Zakariyyo, biz senga xushxabar beramiz... Suyaklari mo‘rtlashgan, Sochlariga oq tushgan, Ayoli esa tug‘mas edi. ...Lekin u sabablar faqat insonlarga ta‘sir o‘tkaza olishini, Alloh azza va jallaga esa hech qanday hukm qila olmasligini yaxshi bilar edi. Shu sabab, qo‘lini duoga ochdi va «O‘z dargohingdan menga farzand bergin», deya iltijo qildi. Ijobati esa ko‘p kuttirmadi, Alloh taolo: «Ey Zakariyyo, biz senga bir o‘g‘il farzand xushxabarini beramiz», deb vahiy qildi.
Ey do‘stim, shuni bilgingki, kim qalbini sabablarga bog‘lasa, Alloh uning ishini ana shu sabablarga tashlab qo‘yadi. Kimki, qalbini yagona Allohga bog‘lasa, Alloh unga sabablarni muhayyo qiladi.
Adham Sharqoviy ❤️ MUHAMMADALI MARG‘ILONIY

👍👍👍 Davomi… 2)Tamyizun nisba (Tamyizul jumla): «Fe‘liy yoki ismiy jumlalarning hukmidagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz
👍👍👍
Davomi…
2)Tamyizun nisba (Tamyizul jumla): «Fe‘liy yoki ismiy jumlalarning hukmidagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz». 🟤 Sharh: Har qanday fe‘liy jumlada fe‘llar doimo foilga, ismiy jumlada esa xabar mubtadoga nisbat beriladi (ya`ni hukm qilinadi). 🟤Misol: (جاء زيدٌ) degan gapda «kelish» degan ish-harakatni foil - Zaydga nisbat berilmoqda (ya`ni hukm qilinmoqda). 🟤Misol: (زيدٌ عالمٌ) degan ismiy jumlada «olim» degan xabar mubtado - Zaydga nisbat berilmoqda. 📌 Ba‘zida ana shu hukmda noaniqlik yoki tushunarsizlik paydo bo‘ladi. Shu paytda tamyiz ana shu noaniqlikni ketkazadi va buni «tamyizun nisba» deyiladi. 🟤Misol: (طَابَ زيدٌ خُلُقًا) – Zayd xulq-atvor jihatdan yaxshi boʻldi, degan jumlada (طَابَ) – «yaxshi boʻldi» degan fe’l – Zaydga hukm qilinganda eshituvchida «Zayd nima jihatdan yaxshi boʻldi ekan?», degan savol paydo bo‘ladi. Shu payt undan keyin zikr qilingan (خُلُقًا) ismi ana shu hukmdagi noaniqlikni bayon qilmoqda. Shunda ma‘no: «Zaydning xulq-atvori go`zal bo`ldi» bo‘ladi va gapdagi noaniqlik ketadi. 🟤Misol: (زيدٌ أجملُ منكَ وجهاً) - Zayd sendan yuzi e‘tiboridan chiroyliroq, degan jumlada (أجملُ منكَ) - «Sendan chiroyliroq» degan xabar mubtado - Zaydga nisbat berilgan (hukm qilingan) paytda eshituvchida «Zayd nima jihatdan mendan chiroyli ekan?», degan savol paydo bo‘ladi. Shu payt undan keyin zikr qilingan (وجهاً) ismi ana shu hukmdagi noaniqlikni bayon qiladi. Shunda ma‘no: «Zaydning yuzi sendan chiroyliroq» bo‘ladi va gapdagi noaniqlik ketadi. ❗ Eslatma: Tamyiz «fazla» (gapning ikkinchi darajali bo`lagi bo`lgani uchun) doim gap tugal bo‘lgach zikr qilinadi. Gap tugal bo‘lgandan keyin keladi, degani ismiy jumla bo‘lsa, mubtado va xabar zikr qilingandan keyin, fe‘liy jumla bo‘lsa, fe‘l va foil zikr qilingach tamziy keladi. Chunki u gapda to‘ldiruvchi vazifasida keladi. To‘ldiruvchilar esa gapning asosiy ruknlaridan keyin zikr qilinadi. ⤵️ Nahvshunos tanishlaringizga yuborib qoʻying. 🛩 MUHAMMADALI MARGʻILONIY

👍👍👍 Tamyiz Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi. Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda
👍👍👍 Tamyiz Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi. Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda keladi. Istelohda esa: «Zot yoki nisbat (hukmlar)dagi majhullikni bayon qiladigan jomid, nakra ism». Ta‘rifdan ma‘lum bo‘ldiki tamyiz oʻzida toʻrtta hususiyatni jamlagan boʻlishi kerak: 1)Ism boʻlishi kerak; 2)Jomid boʻlishi (ya’ni mushtoq ism boʻlishi mumkin emas); 3)Nakra boʻlishi kerak; 4)Zot yoki jumladagi (ya`ni hukmdagi) noaniqlikni bayon qilishi kerak. Demak, tamyiz inson va narsalarning zotidagi yoki hukmlardagi majhullikni bayon qiladi. Ya‘ni ba‘zida ism yoki hukmlarni ayni o‘zida majhullik bo‘ladi. Tamyiz ana shu noaniqlikni bayon qiladi. Nahvda tamyizlar ikki turga bo‘linadi: 1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad); 2)Tamyizun nisba (tamyizul jumla). 1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad): «O‘zidan avval zikr qilingan mufrad ismdagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz». 📌Bunday tamyiz sanoq sonlar yoki o‘lchov-miqdorlardan keyin keladi va ulardagi noaniqlikni bayon qiladi. 🟤Misol: (اشتَريتُ عشرينَ كتاباً) jumlasida (عشرينَ) ismi sanoq son bo‘lib, 20ta degan, ma‘noni anglatadi. Lekin, aynan mana shu sonning o‘zida majhullik bor. Chunki, 20ta sotib oldim, degan gapda sotib olingan 20ta narsa nima ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilingan (كتاباً) so‘zi 20ta narsadan murod nima ekanini bayon qilib, undagi majhullikni ketkazgani uchun tamyiz bo‘lmoqda. 🟤Masalan, (شَرِبْتُ لِترًا ماءًا) jumlasida (لِترًا) so‘zi o‘lchov iborasi bo‘lib, 1 litr degan ma‘noni anglatadi. Lekin, mana shu bir litr so‘zining o‘zida majhullik bor. Chunki, bir litr ichdim, deganda aynan nima narsa ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilinayotgan (ماءًا) so‘zi bir litrdan maqsad nima ekanini bayon qilib, undagi noaniqlikni ketkazmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvshunos yaqinlaringizga jo’natib qo’ying 😉 🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY

👍👍👍 Tamyiz Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi. Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda
👍👍👍 Tamyiz Ismning nasb o‘rinlaridan biri tamyiz hisoblanadi. Tamyiz lug‘atda «ajratish», «bayon qilish» degan ma‘nolarda keladi. Istelohda esa: «Zot yoki nisbat (hukmlar)dagi majhullikni bayon qiladigan jomid, nakra ism». Ta‘rifdan ma‘lum bo‘ldiki tamyiz oʻzida toʻrtta hususiyatni jamlagan boʻlishi kerak: 1)Ism boʻlishi kerak; 2)Jomid boʻlishi (ya’ni mushtoq ism boʻlishi mumkin emas); 3)Nakra boʻlishi kerak; 4)Zot yoki jumladagi (ya`ni hukmdagi) noaniqlikni bayon qilishi kerak. Demak, tamyiz inson va narsalarning zotidagi yoki hukmlardagi majhullikni bayon qiladi. Ya‘ni ba‘zida ism yoki hukmlarni ayni o‘zida majhullik bo‘ladi. Tamyiz ana shu noaniqlikni bayon qiladi. Nahvda tamyizlar ikki turga bo‘linadi: 1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad); 2)Tamyizun nisba (tamyizul jumla). 1)Tamyizuz zot (tamyizul mufrad): «O‘zidan avval zikr qilingan mufrad ismdagi majhullikni bayon qiluvchi tamyiz». 📌Bunday tamyiz sanoq sonlar yoki o‘lchov-miqdorlardan keyin keladi va ulardagi noaniqlikni bayon qiladi. 🟤Misol: (اشتَريتُ عشرينَ كتاباً) jumlasida (عشرينَ) ismi sanoq son bo‘lib, 20ta degan, ma‘noni anglatadi. Lekin, aynan mana shu sonning o‘zida majhullik bor. Chunki, 20ta sotib oldim, degan gapda sotib olingan 20ta narsa nima ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilingan (كتاباً) so‘zi 20ta narsadan murod nima ekanini bayon qilib, undagi majhullikni ketkazgani uchun tamyiz bo‘lmoqda. 🟤Masalan, (شَرِبْتُ لِترًا ماءًا) jumlasida (لِترًا) so‘zi o‘lchov iborasi bo‘lib, 1 litr degan ma‘noni anglatadi. Lekin, mana shu bir litr so‘zining o‘zida majhullik bor. Chunki, bir litr ichdim, deganda aynan nima narsa ekani noma‘lum. Undan keyin zikr qilinayotgan (ماءًا) so‘zi bir litrdan maqsad nima ekanini bayon qilib, undagi noaniqlikni ketkazmoqda.
Davomi bor…
⤵️ Nahvshunos yaqinlaringizga jo’natib qo’ying 😉 🛩 MUHAMMADALI MARG’ILONIY

👍👍👍 👍👍👍 ❗ Demak ovoz berishdan ma’lum bo’lishicha, TAMYIZ, MUSTASNO, HOL va BADAL mavzulari kuzatuvchilarimizni eng ko’p qiynaydigan mavzular ekan.Insha Alloh, keyingi postlarda mana shu mavzularni sizlarga eng oson va barcha hukmlarini batafsil tushuntirib beraman!!
Bizdan uzoqlashmay turing! 👀
▪️ Muhammadali Marg’iloniy

Nahv fanida sizni eng ko'p qiynaydigan mavzu qaysi⁉️
Anonymous voting

#ilmning_fazli Imom Samarqandiy o‘zining «Tuhfatul fuzalo» asarida shunday deydilar: ​«Kimki olimning huzurida o‘tirib, u ayt
#ilmning_fazli Imom Samarqandiy o‘zining «Tuhfatul fuzalo» asarida shunday deydilar: ​«Kimki olimning huzurida o‘tirib, u aytayotgan so'zlaridan biror narsani tushunmagan taqdirda ham, u yetti fazilatga ega bo‘ladi: ​Birinchisi: Tolibi ilm fazilatiga erishadi. Ikkinchisi: Olim huzurida o‘tirgan paytida gunohlardan tiyiladi. Uchinchisi: Uyidan ilm talab qilish niyatida chiqqan zahoti unga Allohning rahmati yog‘iladi. To‘rtinchisi: O‘sha ilm majlisiga rahmat nozil bo‘lganda, unga ham ana shu rahmatdan ulush yetadi. Beshinchisi: Ilmni eshitib oʻtirgan muddaticha unga ibodat savobi yoziladi. Oltinchisi: Agar eshitib turib tushunmasa va ilmni anglay olmaganidan qalbi siqilsa, uning bu g‘am-anduhi Allohning rahmatiga sabab bo‘ladi. Chunki, Alloh taolo hadisi qudusiyda: «Men uchun qalbi mahzun bo‘lganlarning huzuridadirman», deb marhamat qilingan. Yettinchisi: Odamlar olimni ulug‘layotganini, fosiq kishilarni esa xorlayotganini ko‘radi. Natijada uning qalbidan bag‘ritoshlik ketib, ilmga rag‘bati paydo bo‘ladi. ​Shu boisdan ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam olimlar bilan birga bo‘lishga buyurganlar. @MuhammadAli_Muhiddin

«Ilm oʻrganishni erta-kechi yo'q» degan shiorning eng goʻzal namunasi. Imom Xolid Azhariy yoshliklarida ilm bilan shugʻullanm
«Ilm oʻrganishni erta-kechi yo'q» degan shiorning eng goʻzal namunasi. Imom Xolid Azhariy yoshliklarida ilm bilan shugʻullanmaganlar, balki ko'p yillar Azhar masjidida chiroq yoquvchi (vaqqod) boʻlib xizmat qilganlar. Kunlarning birida u zot chiroqlarni toʻgʻrilayotganlarida, beixtiyor chiroq moyi yoki qurumi oʻtirgan talabalardan birining kiyimiga tomib ketadi. Talaba unga qarata kesatib: «Ey johil! Nima qilyapsan, ko'zinga qaramaysanmi?», deb dakki beradi. Oʻshanda u zotning yoshi ancha katta — 36 yoshda bo'lgan. Bu gap Xolid Azhariyga og'ir botadi va o'sha kechaning oʻzidayoq ilm olishga qattiq ahd qiladilar. Keyinchalik ko'p vaqt o'tmay Allohning yordami, o'zlarining ulkan mehnat va sabrlari evaziga qisqa yillar ichida oʻz zamonasining eng yirik nahv, balog'at va mantiq ilmlarida benazir olimga aylanadilar». Imom Xolid Azhariyning hayotlaridagi ushbu eng muhim burilish nuqta har bir insonga «ilm oʻrganishga hech qachon kech emas» degan shiorni eng goʻzal holatda tushuntiradi. @MuhammadAli_Muhiddin

Ulamolar aytishadi: «Ikki oqsoq kishi bo‘lmaganida Qur‘onning balog‘ati zoe bo‘lardi». P.s Bu yerdagi ikki oqsoq kishidan mur
Ulamolar aytishadi: «Ikki oqsoq kishi bo‘lmaganida Qur‘onning balog‘ati zoe bo‘lardi». P.s Bu yerdagi ikki oqsoq kishidan murod imom Zamaxshariy va imom Sakkokiy nazarda tutilgan. Ikkala imom ham Qur‘ondagi balog‘atni o‘z kitoblarida amaliy tarzda ochib berganlar va balog‘at faniga tamal toshlarni qo‘yganlar. Eng e‘tiborlisi esa ikkalalari ham asli arab bo‘lmaganlar. Bu albatta Allohning fazli, Alloh taolo esa fazlini o‘zi istaganga beradi. P.S Qur‘onni balog‘ati zoe bo‘ladi, degandan ikkalalari bo‘lmasa, uni balog‘atini hech kim tushunmay o‘tardi, degan ma‘no tushunilmaydi. Chunki, Alloh taolo ular bo‘lmasa, boshqasi bilan o‘z kalomini insonlarga yetkaza oladi. Bunday deyilishdan maqsad bu ikki olimning Qur‘on balog‘ati borasida qilgan ishlarini qanchalik buyuk va zalvorli bo‘lganini ko‘rsatish uchun mubolag‘a sifatida aytilgan. Alloh taolo bizlarni ham ana shunday o‘z kalomiga xizmat qiladiganlardan qilsin. @Muhammadali_Muhiddin

Ey do‘stim, Mendan: «Nega Alloh tilaganimni bermaydi?», deb so‘raysan. Aytamanki: «Tabib biz xohlagan dorilarni emas, bizga z
Ey do‘stim, Mendan: «Nega Alloh tilaganimni bermaydi?», deb so‘raysan. Aytamanki: «Tabib biz xohlagan dorilarni emas, bizga zarur bo‘lgan dorilarni beradi!» Balki, sen o‘zinga zarari bor narsani tilayotgandirsan! Chunki sen ishlarga noqis aqling bilan nazar solasan. Alloh esa ishlarni komil ilmi bilan tadbir qiladi... Adham Sharqoviy @MuhammadAli_Muhiddin

🎉🎉🎉🎉🎉 Ikki oy avval boshlagan «Sarf fanidan» maxsus intensiv kursimizda ustoz Abdulqodir Abdurrahim qalamiga mansub «Sar
+5
🎉🎉🎉🎉🎉 Ikki oy avval boshlagan «Sarf fanidan» maxsus intensiv kursimizda ustoz Abdulqodir Abdurrahim qalamiga mansub «Sarf qanday ilm» kitobini to'liq o'qib yakunladik va barcha kurs ishtirokchilarga «maxsus sertifikatlar»ni taqdim qildik. Alloh taolo barcha kursda qatnashgan talabalarga o‘rgangan ilmlarini manfaatli qilsin. Endi, yangi haftadan yuqorida e‘lon qilganimiz, «Nahv ilmi» borasida maxus kursimizni boshlaymiz. Chunki, «Sarf» bilan bitta kalimadan turli yangi ma'nodagi so'zlarni yasashni o‘rgangan talaba, endi «Nahv» fani bilan ana shu so'zlardan ifodali gaplar tuzishni o'rganadi.
🔥Agar, siz ham shunday malakaga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, adminga murojaat qilib, o‘z joyingizni band qiling:⤵️
@MuhammadAli_Muhiddin_Admin

photo content
+3

🎉🎉🎉🎉🎉 Ikki oy avval boshlagan «Sarf fanidan» maxsus intensiv kursimizda ustoz Abdulqodir Abdurrahim qalamiga mansub «Sarf qanday ilm» kitobini to'liq o'qib yakunladik va barcha kurs ishtirokchilarga «maxsus sertifikatlar»ni taqdim qildik. Alloh taolo barcha kursda qatnashgan talabalarga o‘rgangan ilmlarini manfaatli qilsin. Endi, yangi haftadan yuqorida e‘lon qilganimiz, «Nahv ilmi» borasida maxus kursimizni boshlaymiz. Chunki, «Sarf» bilan bitta kalimadan turli yangi ma'nodagi so'zlarni yasashni o‘rgangan talaba, endi «Nahv» fani bilan ana shu so'zlardan ifodali gaplar tuzishni o'rganadi.
🔥Agar, siz ham shunday malakaga ega bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, adminga murojaat qilib, o‘z joyingizni band qiling:⤵️
@MuhammadAli_Muhiddin_Admin

Balog‘at ilmining o'n tamoyili. Barcha islomiy va adabiy fanlar kabi balog‘at ilmining ham o‘ziga xos 10ta asos tamoyili (mabadiul ashara) mavjud: 1) ​Ta’rifi (Atama va lug‘aviy ma’nosi): ​Lug‘atda: «Balag'a» fe’lidan olingan bo‘lib, maqsad va manzilga yetishni anglatadi. ​Istilohda: «Arabcha lafzlarning vaziyat va holatga mos kelish holatlarini o‘rgatuvchi ilmdir. 2)​Mavzusi: «Arabcha so'zlar va uslublar. Ya'ni Arabcha gaplarni holat taqozosiga mosligi e'tiboridan o'rganib chiqadi. 3)Foydasi: Eng katta va asosiy foydasi, Qur'onning mo'jizakorligini anglashdir. Bu orqali esa iymonning asosi boʻlga. Muhammad sollallohu alayhi va sallamning payg‘ambarliklari rost ekani isbotlanadi. Yana bir foydaysi, arabcha gapni holat taqozosiga xatosiz moslashni o'rgatadi. 4)Nisbati (Fanlar orasidagi o‘rni): Arab tili va adabiyoti fanlari turkumiga kiradi. 5)​Fazilati va qadri: Eng ulug‘ va oliy martabali ilmlardan biri. Chunki u Alloh taoloning Kalomi (Qur'oni karim) mo'jizakorligini anglashga xizmat qiladi. 6)Asoschisi: Balog‘at ilmining asoschilaridan biri va eng muhim ustuni — Imom Abdulqohir Jurjoniy. Uning «Daloilul e'joz» va «Asrorul balog‘a» asarlari ushbu sohadagi eng fundamental manbalar hisoblanadi. 7)​Nomi: «Balog‘at ilmi», ba'zida «Maoniy ilmi». 8)Manbai: Qur'oni karim, hadisi sharif, hamda fasih arab she’riyati va adabiyotidan olinadi. 9)​Shariatdagi hukmi: Balog‘at ilmini o‘rganish va o‘rgatish — farzi kifoya. 10) ​Masalalari (bo‘limlari): Ushbu ilm uchta asosiy tarmoqni o‘z ichiga oladi: ​Ilmul bayon (Ifodalash va tasvirlash san'ati). ​Ilmul Ma'oniy (Ma'nolar va uslublar ilmi). ​Ilmul badi' (So‘z va ma'no bezaklari ilmi).
Mana shunday eng muhim ilmlardan bo'lgan balog'atni o'rganmoqchi bo’lsangiz, «Balog’at kursimiz»ga qo’shiling.
👨‍💻 Kursga qo'shilish uchun: 👇@MuhammadAli_Muhiddin_Admin

❗️Ilmning o‘n tamoyili❗️ Talaba qanday ilm o‘rganmoqchi bo‘lmasin, ana shu ilmga ongli ravishda kirishi uchun bilishi zarur bo‘lgan birlamchi ma‘lumotlarni “mabadiul ashara” (ilmning o'n tamoyili) deyiladi. Bu ma‘lumotlarni esa ulamolar yodlab olish oson bo‘lishi uchun she‘r ko‘rinishida jamlashgan: إِنَّ مَبادِئ كُلِّ فَنٍّ عَشَرَه الحَدُّ وَالموضُوعُ ثُمَّ الثَّمَـرَه وَنِسْـبَةٌ وَفَضْـلُهُ وَالوَاضِـعْ وَالاِسْـمُ الِاسْتِمْدَادُ حُكْمُ الشَّارِعْ مَسَائِلٌ والبَعْضُ بِالبَعْضِ اكْتَفَى وَمَنْ دَرَى الجَمِيعَ حَازَ الشَّرَفَـا Har fanning bordir o‘nta asosi, Ta’rif, mavzu, so‘ngra foydasi. Nisbat, fazli, asoschisi ham nomi, Manba-yu hukmi, qoldi masalasi. Ba’zin bilsa yetar, lek bilsa kim tamom, Sharaf toji yetar unga batamom. @MuhammadAli_Muhyiddin

👍👍👍 👍👍👍 «Nahv fanidan» maxsus kursimizda esa 3️⃣tagina joy qoldi. Arab tilining eng muhim va asos ilmi Nahvni (0)dan mu
👍👍👍 👍👍👍 «Nahv fanidan» maxsus kursimizda esa 3️⃣tagina joy qoldi. Arab tilining eng muhim va asos ilmi Nahvni (0)dan mukammal egallamoqchi bo’lsangiz o’z joyingizni tezroq band qiling. 🧑‍💻Kurs haqida to’liq ma’lumot uchun: ⬇️ @MuhammadAli_Muhiddin_Admin

👍👍👍 👍👍👍 «Nahv fanidan» maxsus kursimizda esa 3️⃣tagina joy qoldi. Arab tilining eng muhim va asos ilmi Nahvni (0)dan mu
👍👍👍 👍👍👍 «Nahv fanidan» maxsus kursimizda esa 3️⃣tagina joy qoldi. Arab tilining eng muhim va asos ilmi Nahvni (0)dan mukammal egallamoqchi bo’lsangiz o’z joyingizni tezroq band qiling. 🧑‍💻Kurs haqida to’liq ma’lumot uchun: ⬇️ @MuhammadAli_Muhiddin_Admin

Alloma Hasan Shofe'iy (hafizahulloh) nazdlarida islomiy tafakkurni yangilashning 5 ta asosi: ​1. Asl manbaga (Qur'oni karimga
Alloma Hasan Shofe'iy (hafizahulloh) nazdlarida islomiy tafakkurni yangilashning 5 ta asosi: ​1. Asl manbaga (Qur'oni karimga) qaytish. ​Haqiqiy yangilanish o‘tmish bilan aloqani uzish emas, balki Qur'oni karimga qaytishdir. ​2. Islomiy vaqflar mustaqilligi. ​Olimlar va tadqiqotchilarning erkinligi va mustaqilligini ta'minlash uchun ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishidagi islomiy vaqf tizimini qayta tiklash. ​3. Arab tikini fikr va akademik tilga aylantirish. ​Barcha fanlarni arab tilida o‘qitish orqali ilm-fandagi qaramlikka chek qo‘yish. ​4. Amaliy tasavvuf (xalqqa xizmat qilish). ​Tasavvufni shunchaki shaxsiy zikrlar va jamiyatdan uzilib ayri yashashdan ko‘ra, jamiyatga xizmat qilish va insonlar holidan xabar olish darajasiga olib chiqish. ​5. Yangi tizimli ilmlarga asos solish. ​Akademik turg‘unlikdan chiqib, yangi bilim tarmoqlarini yaratish. Ayniqsa, bir necha fanlarni o‘z ichiga olgan sohalarni rivojlantirish. @MuhammadAli_Muhiddin