UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
Open in Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
Show more772
Subscribers
-224 hours
-957 days
-33930 days
Posts Archive
+2
#Ekofaol_xodim
Tabiatga mehr – go‘zallikka yo‘l
O‘zagroinspeksiyaning Surxondaryo viloyati boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan Mamatmuminova Go‘zal Ibragimovna o‘zining mehnatsevarligi, mas’uliyatliligi va fidoyiligi bilan jamoada alohida hurmat qozongan xodimlardan biridir.
U Moliya-iqtisod va xo‘jalik sho‘basida bosh mutaxassis sifatida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, u nafaqat o‘z ishiga, balki atrof-muhitga bo‘lgan munosabati bilan ham boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Biz_OAV_sahifalarida
https://uza.uz/uz/posts/sifatli-urug-barqaror-hosil-garovi_837207
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
#Hududlardan_yangilik
#Xorazm
DON O‘RISH KOMBAYNLARINI MAVSUMGA TAYYORLASH ISHLARI AVJ PALLADA
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zagroinspeksiya to‘g‘risidagi Nizomda berilgan vakolatlar hamda 2023-yil 29-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarorda belgilangan talablar asosida O'zagroinspeksiyaning Shovot tumani texnikalar holatini nazorat qilish sohasi xodimi tomonidan hududlarda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, tumanda 2026-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekilgan 3,7 ming gektar maydonlardagi hosilni o‘rib yig‘ib olishda qatnashadigan 15 ta don o‘rish kombaynlarini ta’mirlash uchun belgilangan maskanlarga to‘liq yig‘ilib, ayni kunlarda joriy ta’mirlash ishlari avj pallaga kirgan. Ushbu texnikalarning aksariyati ishlab chiqarilganiga 5 yil bo‘lib, shundan 5 tasini qo‘shimcha ta’mirlash ehtiyoji mavjud.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
🔴LIFE
🔴#matbuot_anjumani
Ayni daqiqalarda “O’zagroinspeksiya” tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
✅ OAV vakillari va blogerlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda.
📌 2025-yil yakunlari: asosiy ko’rsatkichlar
2025-yil davomida qishloq xo‘jaligi sohasida qonuniylikni ta’minlash maqsadida 117 mingdan ortiq nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
17 ming 853 ta tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha 9 mingga yaqin ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.
Qonunbuzarliklarning oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga:
✅5 ming 486 ta taqdimnoma,
✅91 ming 342 ta ogohnomalar yuborildi.
Shuningdek, 3 ming 322 ta materiallar sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
BESHARIQ TUMANIDA CHIGIT EKISH ISHLARI NAZORATDA
Beshariq tumanida 2026 yil paxta hosili uchun jami 7300 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2880 gektari mahalliy urug‘lar, 4420 gektari esa xorijiy "Xin Lu Zao-87" naviga to‘g‘ri keladi.
Rejaga ko‘ra, 2071 gektarda Shinjon usuli, 76x10 o‘lchamdagi qo‘sh qator usulda 4500 gektar hamda 76 o‘lchamdagi yakka qator usulida 2800 gektar maydonda ekish ishlari olib boriladi.
Joriy yilda tumanda xorijiy navlarni ekish uchun 34 dona 2MBJ-2/8 rusumidagi va boshqa turdagi jami 63 dona chigit ekish seyalkalari jalb etilgan.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
2026-YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK CHIGITLARNING SIFATI VA EKINBOPLIGI O‘ZAGROINSPEKSIYA TOMONIDAN NAZORAT QILINMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, respublikada 2026-yil hosili uchun tayyorlangan va xorijdan import qilingan urug‘lik chigitlarning dorilanishi va saqlanishi, shuningdek, ularning raqamli QR kodli yorliqlanishi va ekinboplik xulosalari berilishi O‘zagroinspeksiyaning soha mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
O‘tkazilgan urug‘liklarga raqamli QR kodli yorliq va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov jarayonlari shaffoflik, xolislik va haqqoniylik prinsiplari asosida amalga oshirilgan.👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
#Hududlardan_yangilik
#Surxondaryo
BANDIXON TUMANIDA SHINJON USULIDA CHIGIT EKISH ISHLARI O‘ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA
Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 2026 yil hosili uchun Shinjon usulida chigit ekish ishlari keng joriy etilmoqda. Jarayonlar O‘zagroinspeksiya tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan ekin maydonlarini tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, texnologik talablarga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring olib borilmoqda.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+1
#Biz_OAV_sahifalarida
#mutolaa_uchun
"Gurlan hayoti" gazetasining navbatdagi sonida O'zagroinspeksiyaning Gurlan tuman bo'limi boshlig'i Sh.Sharipovning "Korrupsiyaga qarshi kurashish - dabr talabi" nomli maqolasi hamda bosh mutaxassislar Sh.Gulimov va S.Nurjanovlarning "G'allachilikni rivojlantirishda O'zagroinspeksiyaning roli" nomli maqolalari chop etildi.
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+2
#Hududlardan_yangilik
#Buxoro
BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANMOQDA
O‘zagroinspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanilishi, shuningdek, ularda noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tekshiruvlar natijasida bir qator yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Xususan, Kogon tumani “Yangi Hayot” massivida faoliyat yuritayotgan “Parravshantrans” MCHJ rahbari o‘ziga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerining 4549-konturdagi 0,30 gektar ekin maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan. Natijada qishloq xo‘jaligi yerlariga 255 209,3 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
#Biz_OAV_sahifalarida
https://uza.uz/uz/posts/qishloq-xozhaligi-erlarini-muhofaza-qilish-dolzarb-masala_836147
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+4
#Hududlardan_yangilik
#Xorazm
QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN OQILONA FOYDALANISH – DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Mazkur yerlarni muhofaza qilish, ularni noqonuniy qurilishlardan asrash hamda samarali foydalanishni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Shu maqsadda joylarda nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda. Xususan, O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida Xiva shahrining bir qator hududlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, Xiva shahrining “Gulshan-2” mahallasida joylashgan “Xiva” massivida “Maftunaxon” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonida olib borilgan o‘rganishlar davomida umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan noqonuniy bino va bostirma qurilgani aniqlandi. Mazkur holat natijasida qishloq xo‘jaligi yerlarining muomaladan chiqishiga sabab bo‘lib, 12 million 669 ming so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
#Hududlardan_yangilik
#Andijon
G‘ALLA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA
Joriy yilda Andijon viloyatida 3001 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2026-yil hosili uchun 69 ming 135 gektar maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib, bugungi kunda parvarishlanmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla maydonlarida ayni paytda o‘tkazilishi muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, jumladan; bahorgi oziqlantirish, sug‘orish, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi ishlov berish ishlarini muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Hududlarda bugungi kunda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlari davomida 1530 ta fermer xo‘jaliklarining 11 ming 884 gektar g‘alla ekilgan maydonlarida agrotexnik tadbirlar kechiktirilganligi yoki sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlandi.
BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+8
TUPROQQAL’ADA 2026-YIL HOSILI UCHUN CHIGIT EKISH ISHLARIGA START BERILDI
Bugun tumanning Oxunboboyev hududida paxta hosili uchun chigit ekishni tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, O'zagroinspeksiyaning tuman bo'limi boshlig'i, soha mas’ullari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida O'zagroinspeksiya mutaxassislari tomonidan zamonaviy agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish, suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish hamda Xitoyning "Shinjon" tajribasi asosida yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, chigit ekish agregatlarining sozligi va urug‘ qadalish sifati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+6
#Hududlardan_yangiliklar
#Qashqadaryo
QASHQADARYODA “SHINJON” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA CHIGIT EKISH KENG JORIY ETILMOQDA
Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida “Shinjon” usulida 76x10 sxema asosida plyonka ostiga chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Qarshi tumani Ya. Omonov hududidagi “Shaxzodbek asl dalasi” fermer xo‘jaligida mazkur usul bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi M. Azimov, inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i S. Donaev, shuningdek, sohaga oid tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklari, klaster korxonalari va qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlar vakillariga 76x10 sxema asosida plyonka ostiga chigit ekish seyalkalaridan samarali foydalanish hamda ularning afzalliklari yuzasidan zarur tushunchalar berildi.
👉🏻BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+6
BULUNG‘URDA KARTOSHKA EKISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI 🌱
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Agro Asror” fermer xo‘jaligida kartoshka ekish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
👥 Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari B. Jabborov, tuman hokimi S. Astonov, “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi boshlig‘i D. Achilov hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari faol ishtirok etdi.
🌾 Tadbir davomida: kartoshka yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, yuqori hosildorlikka erishish yo‘llari, resurslardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tavsiyalar berildi.👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+5
QIZILTEPA FERMERLARI CHIGIT EKISHGA KIRISHDI
Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida chigit ekish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida chigit ekish va uni parvarish qilishdagi eng muhim agrotexnik tadbirlar, dala madaniyati, g‘alla parvarishi hamda boshqa dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng ezgu niyatlar bilan “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi dalalarida viloyatda birinchi bo‘lib chigit ekish ishlari boshlab yuborildi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilda tumanda 5965 gektar maydonda Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan “Xin Lu Zao-87” navli chigitlar ekilishi rejalashtirilgan. Ushbu nav paxta terim kombaynlarida yig‘ib olishga mos bo‘lib, 76x10 o‘lchamdagi qo‘shqator usulida ekiladi.
Fermerlar qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib, yana 5 ta paxta terim kombayni hamda 5 ta o‘rim kombaynini xarid qilmoqda. Ayni paytda tumanda 22 ta paxta terim kombayni mavjud.
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
☘️”O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi har bir ishni birdamlik va uyushqoqlik bilan amalga oshirib kelmoqda.
🌿Bayram arafasida “Ekofaol” jamoamiz birlashib, ma’muriy bino atrofiga gul ko‘chatlari ekib, hududni yanada obod va chiroyli maskanga aylantirdi.
🍀Ahil jamoamizning ko‘tarinki ruhda amalga oshirgan ezgu ishlari bayram shukuhiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
🌿Darhaqiqat, obod manzillar — o‘z qo‘limiz bilan, o‘z maskanimizda yaratiladi !
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
+2
SIFATLI URUG'LIK CHIGIT EKISH O'ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA
🌱Joriy yilda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida 2026-yil hosili uchun 160 nafar paxtachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari tomonidan jami 4 100 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo’lib, ushbu maydonlarga ekish uchun jami 134 tonna, shundan, 655 gektar maydonga 20 tonna mahalliy, 3 ming 445 gektar maydonga 114 tonna xorijiy navdagi urug’lik chigit talab etiladi.
🚨 ✏️ O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlanishicha, bugungi kunda tumanda 2025 yil hosilidan jamgʻarilgan 115 tonna urugʻlik paxta tozalab, saralanib, 40 tonna urugʻlik chigit dorilanib, qadoqlab qo'yildi.
🚜 Shu bilan birga bugungi kunda chigit ekiladigan maydonlarda yer tayyorlash hamda ekish oldidan oziqlantirish uchun mineral o'g'itlar zaxirasi, "Shinjon" 76x10 sm qo'shqator sxemasi usulida ekiladigan 1 440 gektar maydon uchun plyonka va tomchilab sug'orish uchun politilen quvurlar zaxirasini yaratish ishlari olib borilmoqda.
👉🏻 BATAFSIL
🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter
