uk
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Відкрити в Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Показати більше
789
Підписники
-1924 години
-917 днів
-37630 днів
Архів дописів
2026-YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK CHIGITLARNING SIFATI VA EKINBOPLIGI O‘ZAGROINSPEKSIYA TOMONIDAN NAZORAT QILINMOQDA O‘zbekiston
+4
2026-YIL HOSILI UCHUN URUG‘LIK CHIGITLARNING SIFATI VA EKINBOPLIGI O‘ZAGROINSPEKSIYA TOMONIDAN NAZORAT QILINMOQDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 7-iyuldagi PF-109-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 641-sonli qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, respublikada 2026-yil hosili uchun tayyorlangan va xorijdan import qilingan urug‘lik chigitlarning dorilanishi va saqlanishi, shuningdek, ularning raqamli QR kodli yorliqlanishi va ekinboplik xulosalari berilishi O‘zagroinspeksiyaning soha mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
O‘tkazilgan urug‘liklarga raqamli QR kodli yorliq va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinov jarayonlari shaffoflik, xolislik va haqqoniylik prinsiplari asosida amalga oshirilgan.
👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangilik #Surxondaryo BANDIXON TUMANIDA SHINJON USULIDA CHIGIT EKISH ISHLARI O‘ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA Surxon
+4
#Hududlardan_yangilik #Surxondaryo BANDIXON TUMANIDA SHINJON USULIDA CHIGIT EKISH ISHLARI O‘ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida 2026 yil hosili uchun Shinjon usulida chigit ekish ishlari keng joriy etilmoqda. Jarayonlar O‘zagroinspeksiya tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan ekin maydonlarini tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, texnologik talablarga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring olib borilmoqda. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Biz_OAV_sahifalarida #mutolaa_uchun "Gurlan hayoti" gazetasining navbatdagi sonida O'zagroinspeksiyaning Gurlan tuman bo'lim
+1
#Biz_OAV_sahifalarida #mutolaa_uchun "Gurlan hayoti" gazetasining navbatdagi sonida O'zagroinspeksiyaning Gurlan  tuman bo'limi boshlig'i Sh.Sharipovning "Korrupsiyaga qarshi kurashish - dabr talabi" nomli maqolasi hamda bosh mutaxassislar Sh.Gulimov va S.Nurjanovlarning "G'allachilikni rivojlantirishda O'zagroinspeksiyaning roli"  nomli maqolalari chop etildi. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangilik #Buxoro BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANMOQDA O‘z
+2
#Hududlardan_yangilik #Buxoro BUXORO VILOYATIDA QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATLARI ANIQLANMOQDA O‘zagroinspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanilishi, shuningdek, ularda noqonuniy qurilmalar qurilishini oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Ushbu tekshiruvlar natijasida bir qator yer qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Xususan, Kogon tumani Yangi Hayot” massivida faoliyat yuritayotgan “Parravshantrans” MCHJ rahbari o‘ziga ajratilgan qishloq xo‘jaligi yerining 4549-konturdagi 0,30 gektar ekin maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilish qilgan. Natijada qishloq xo‘jaligi yerlariga 255 209,3 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangilik #Xorazm QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN OQILONA FOYDALANISH – DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI Qishloq
+4
#Hududlardan_yangilik #Xorazm QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARIDAN OQILONA FOYDALANISH – DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI Qishloq xo‘jaligi yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Mazkur yerlarni muhofaza qilish, ularni noqonuniy qurilishlardan asrash hamda samarali foydalanishni ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu maqsadda joylarda nazorat tadbirlari izchil olib borilmoqda. Xususan, O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida Xiva shahrining bir qator hududlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, Xiva shahrining “Gulshan-2” mahallasida joylashgan “Xiva” massivida “Maftunaxon” fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydonida olib borilgan o‘rganishlar davomida umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan noqonuniy bino va bostirma qurilgani aniqlandi. Mazkur holat natijasida qishloq xo‘jaligi yerlarining muomaladan chiqishiga sabab bo‘lib, 12 million 669 ming so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangilik #Andijon G‘ALLA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA Joriy yilda Andijon vi
+5
#Hududlardan_yangilik #Andijon G‘ALLA MAYDONLARIDA AGROTEXNIK TADBIRLAR “O‘ZAGROINSPEKSIYA” NAZORATIDA Joriy yilda Andijon viloyatida 3001 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 2026-yil hosili uchun 69 ming 135 gektar maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib, bugungi kunda parvarishlanmoqda. “O‘zagroinspeksiya”ning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla maydonlarida ayni paytda o‘tkazilishi muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, jumladan; bahorgi oziqlantirish, sug‘orish, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi ishlov berish ishlarini muntazam nazorat qilib borilmoqda. Hududlarda bugungi kunda nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlari davomida 1530 ta fermer xo‘jaliklarining 11 ming 884 gektar g‘alla ekilgan maydonlarida agrotexnik tadbirlar kechiktirilganligi yoki sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlandi. BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

TUPROQQAL’ADA 2026-YIL HOSILI UCHUN CHIGIT EKISH ISHLARIGA START BERILDI Bugun tumanning Oxunboboyev hududida paxta hosili uc
+8
TUPROQQAL’ADA 2026-YIL HOSILI UCHUN CHIGIT EKISH ISHLARIGA START BERILDI Bugun tumanning Oxunboboyev hududida paxta hosili uchun chigit ekishni tizimli tashkil etishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Akmal Jimalyazov, O'zagroinspeksiyaning tuman bo'limi boshlig'i, soha mas’ullari, xorijiy va mahalliy mutaxassislar hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida O'zagroinspeksiya mutaxassislari tomonidan zamonaviy agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda samarali amalga oshirish, suv tejovchi texnologiyalardan unumli foydalanish hamda Xitoyning "Shinjon" tajribasi asosida yuqori hosildorlikka erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, chigit ekish agregatlarining sozligi va urug‘ qadalish sifati yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Biz_OAV_sahifalarida #Samarqand Kattaqo'rg'on tumanida chigit ekish ishlarini sifatli amalaga oshirish yuzasidan seminar bo'lib o'tdi. Batafsil lavhada. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Qashqadaryo QASHQADARYODA “SHINJON” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA CHIGIT EKISH KENG JORIY ETILMOQDA Qashqad
+6
#Hududlardan_yangiliklar #Qashqadaryo QASHQADARYODA “SHINJON” TEXNOLOGIYASI ASOSIDA CHIGIT EKISH KENG JORIY ETILMOQDA Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida “Shinjon” usulida 76x10 sxema asosida plyonka ostiga chigit ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda. Kuni kecha Qarshi tumani Ya. Omonov hududidagi “Shaxzodbek asl dalasi” fermer xo‘jaligida mazkur usul bo‘yicha navbatdagi o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi M. Azimov, inspeksiyaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i S. Donaev, shuningdek, sohaga oid tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan fermer xo‘jaliklari, klaster korxonalari va qishloq xo‘jaligiga oid tashkilotlar vakillariga 76x10 sxema asosida plyonka ostiga chigit ekish seyalkalaridan samarali foydalanish hamda ularning afzalliklari yuzasidan zarur tushunchalar berildi. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

BULUNG‘URDA KARTOSHKA EKISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI 🌱 Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Agro Asror” fermer
+6
BULUNG‘URDA KARTOSHKA EKISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI 🌱 Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Agro Asror” fermer xo‘jaligida kartoshka ekish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 👥 Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari B. Jabborov, tuman hokimi S. Astonov,O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi boshlig‘i D. Achilov hamda hududdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari faol ishtirok etdi.
🌾 Tadbir davomida: kartoshka yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash, yuqori hosildorlikka erishish yo‘llari, resurslardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mutaxassislar tomonidan batafsil tavsiyalar berildi.
👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

QIZILTEPA FERMERLARI CHIGIT EKISHGA KIRISHDI Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar hamda
+5
QIZILTEPA FERMERLARI CHIGIT EKISHGA KIRISHDI Qiziltepa tumanidagi  “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar hamda soha mutaxassislari ishtirokida chigit ekish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Seminar davomida chigit ekish va uni parvarish qilishdagi eng muhim agrotexnik tadbirlar, dala madaniyati, g‘alla parvarishi hamda boshqa dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Shundan so‘ng ezgu niyatlar bilan “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligi dalalarida viloyatda birinchi bo‘lib chigit ekish ishlari boshlab yuborildi. Ma’lumot uchun, 2026-yilda tumanda 5965 gektar maydonda Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan “Xin Lu Zao-87” navli chigitlar ekilishi rejalashtirilgan. Ushbu nav paxta terim kombaynlarida yig‘ib olishga mos bo‘lib, 76x10 o‘lchamdagi qo‘shqator usulida ekiladi. Fermerlar qishloq xo‘jaligida yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib, yana 5 ta paxta terim kombayni hamda 5 ta o‘rim kombaynini xarid qilmoqda. Ayni paytda tumanda 22 ta paxta terim kombayni mavjud. 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

☘️”O‘zagroinspeksiya”ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi har bir ishni birdamlik va uyushqoqlik bilan amalga oshirib kelmoqda. 🌿Bayram arafasida “Ekofaol” jamoamiz birlashib, ma’muriy bino atrofiga gul ko‘chatlari ekib, hududni yanada obod va chiroyli maskanga aylantirdi. 🍀Ahil jamoamizning ko‘tarinki ruhda amalga oshirgan ezgu ishlari bayram shukuhiga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. 🌿Darhaqiqat, obod manzillar — o‘z qo‘limiz bilan, o‘z maskanimizda yaratiladi ! 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

SIFATLI URUG'LIK CHIGIT EKISH O'ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA 🌱Joriy yilda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida 2026-yil hosi
+2
SIFATLI URUG'LIK CHIGIT EKISH O'ZAGROINSPEKSIYA NAZORATIDA 🌱Joriy yilda Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida 2026-yil hosili uchun 160 nafar paxtachilik yo'nalishidagi fermer xo'jaliklari tomonidan jami 4 100 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan bo’lib, ushbu maydonlarga ekish uchun jami 134 tonna, shundan, 655 gektar maydonga 20 tonna mahalliy, 3 ming 445 gektar maydonga 114 tonna xorijiy navdagi urug’lik chigit talab etiladi. 🚨 ✏️ O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlanishicha, bugungi kunda tumanda 2025 yil hosilidan jamgʻarilgan 115 tonna urugʻlik paxta tozalab, saralanib, 40 tonna urugʻlik chigit dorilanib, qadoqlab qo'yildi. 🚜 Shu bilan birga bugungi kunda chigit ekiladigan maydonlarda yer tayyorlash hamda ekish oldidan oziqlantirish uchun mineral o'g'itlar zaxirasi, "Shinjon" 76x10 sm qo'shqator sxemasi usulida ekiladigan 1 440 gektar maydon uchun plyonka va tomchilab sug'orish uchun politilen quvurlar zaxirasini yaratish ishlari olib borilmoqda. 👉🏻 BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

NAVRO'Z AYYOMI O'ZAGROINSPEKSIYADA KO'TARINKI RUXDA O'TDI Navro‘z – tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulikni tarannum etuv
+9
NAVRO'Z AYYOMI O'ZAGROINSPEKSIYADA KO'TARINKI RUXDA O'TDI Navro‘z – tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulikni tarannum etuvchi, ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan qadimiy umumxalq bayramidir. U insoniylik, mehr-oqibat, saxovat va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zagroinspeksiya jamoasida ham ushbu qutlug‘ ayyom ko‘tarinki kayfiyat va milliy an’analarga sodiqlik ruhida nishonlandi. Bayram tadbirida xodimlar milliy liboslarda ishtirok etib, an’analarimizga xos fayz va latofatni namoyon etdilar.
Tadbir doirasida milliy taomlar tayyorlanib, ko‘k somsalar ishtirokchilarga ulashildi. Ayniqsa, sumalak pishirish jarayoni bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Hududlardan_yangiliklar #Qashqadaryo ▶️Nishon tumanida bahorgi ekin mavsumiga tayyorgarlik va ko‘chat ekish ishlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Batafsil lavhada👉 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

YAKKABOG‘ TUMANIDA DALA CHETLARIGA KO‘CHAT EKISH ISHLARI TIZIMLI YO‘LGA QO‘YILDI PQ-465-sonli qaror ijrosi doirasida qishloq
+3
YAKKABOG‘ TUMANIDA DALA CHETLARIGA KO‘CHAT EKISH ISHLARI TIZIMLI YO‘LGA QO‘YILDI PQ-465-sonli qaror ijrosi doirasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida dala chetlariga ko‘chat ekish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar O‘zagroinspeksiyaning Yakkabog‘ tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Hududdagi fermer va dehqon xo‘jaliklariga gilos hamda tut ko‘chatlari yetkazib berilib, ularni agrotexnik talablar asosida ekish ishlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Yaxshiboyev Baxtiyor, Habibilla Xayrulla o‘g‘li, Xushvaqtov Bekmirza hamda Ruziev Sherobod kabi fermer xo‘jaliklarida ko‘chat ekish ishlari yo‘lga qo‘yilib, amaliy ishlar olib borilmoqda. 👉🏻BATAFSIL 🌐Web l 📎Facebook l🌐 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube|💖 Twitter

#Diqqat_eʼlon ❗️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Axborot xizmati
#Diqqat_eʼlon ❗️Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Axborot xizmati ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi! 🔰"2025-yilda sohada qonunchilik nazorati va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar" mavzusidagi matbuot anjumani 2026-yil 30-mart kuni, soat 10:00 da “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" davlat muassasasi binosida bo‘lib o‘tadi. 🔹 Mazkur matbuot anjumanida ishtirok etish istagini bildirganlar ro‘yxatdan o‘tishlari uchun +99871 202-12-08 (103) raqamiga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz. “O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati 🌐Web l 🔵Facebook l📷 Instagram| 🚀Telegram|▶️ Youtube| 💬Twitter