en
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Open in Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Show more
867
Subscribers
-2524 hours
-697 days
-44230 days
Posts Archive
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotidagi nutqidan 📌 O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK: 5 Y
+4
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotidagi nutqidan 📌 O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK: 5 YILLIK ISLOHOTLAR VA NATIJALAR ​ 🔷Qonunchilik va biznes muhiti; 🔷Moliyaviy ko‘mak va investitsiyalar; 🔷Hududlar iqtisodiyotining o‘sishi; 🔷Bozorlar, brendlar va tarmoqlar kengayishi. ☑️ Batafsil: infografikada

✅ O‘zagroinspeksiya va YHXB hamkorligida Toshkent tumanida navbatdagi profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi ▶️ Vazirlar Mahkama
+7
O‘zagroinspeksiya va YHXB hamkorligida Toshkent tumanida navbatdagi profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi ▶️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi hamkorlik tadbiri tashkil etildi.
📌Tadbirlar “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati Toshkent tumani bo‘limi inspektorlari hamda IIBB YHXB tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda hududlarda o‘tkazildi
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi. – Sizlar bilan gaplashib,
Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi. – Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda. Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor! – dedi davlatimiz rahbari yakunda. Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.

Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi. – Biz 4
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi. – Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari. Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi. Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi. Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi. Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi. – Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi! – dedi davlatimiz rahbari.

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi. Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi. Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi. Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi.

Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uc
Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash. Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi. Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi. Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi. “Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
– Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz,
– dedi davlatimiz rahbari.

Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmali
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan. Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi. Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi. Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi. Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi. Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi.

Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi. Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi. Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi. Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi. Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.

Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisq
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda. Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi. Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda. 25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda. Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,
– dedi Prezident.

– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti, – dedi davlatimiz rahb
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyala
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi. Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!
– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. —

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri yuritiladi
Qonun (O‘RQ–1168-son, 17.08.2026-y.) ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 📚 “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi. 🔎 Tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ hujjatlar loyihalari bevosita tadbirkorlar hamda ular birlashmalari ishtirokida muhokama qilinishi ko‘zda tutildi. ⏳ Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: 🤓 o‘zining arizasiga asosan; 🤓 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga – nazorat qiluvchi organlar tomonidan; 🤓 10 ish kunidan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga – sud tomonidan. 🧾 Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar va normativ-texnik hujjatlar bilan belgilangan barcha majburiy talablar davlat tomonidan Majburiy talablar reyestriga kiritiladi. 📈 Majburiy talablar reyestriga ma’lumotlar tegishli sohadagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi. 🏛 Adliya vazirligi Majburiy talablar reyestrining operatori hisoblanadi. 🚫 Tadbirkorlik subyektlari Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi. 📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

🟦🟦🟦🟦 📚 "Har bir buyuk orzu xayolparastdan boshlanadi. Yulduzlarga intilish va dunyoni o'zgartirish uchun sizda kuch, sab
🟦🟦🟦🟦
📚 "Har bir buyuk orzu xayolparastdan boshlanadi. Yulduzlarga intilish va dunyoni o'zgartirish uchun sizda kuch, sabr va ishtiyoq borligini doimo yodda tuting."
💬 Harri Tabben 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

KUN XABARLARI | PAXTA TERIMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO'RILMOQDA 17.08.2026-YIL

#Biz_OAV_sahifalarida #Tv_lavha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi matbuot xizmati tomonidan Koson tumanida press_tur tashkil etildi. Batavsil lavhada🎬 🛫Itimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz 🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

Urug‘chilikda yangi mezon: har bir urug‘ — aniq ma’lumot, aniq natija 📌 Jizzax viloyatidagi Paxtakor tumanida urug‘lik g‘o‘za maydonlarining dala aprobatsiyasiga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi. 🌱 Seminarda g‘o‘za urug‘chiligi tizimini takomillashtirish, nazoratni kuchaytirish va aprobatsiya jarayonlarini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi. 📰 Maqsad — har bir urug‘ haqida aniq ma’lumot va undan kutiladigan aniq natijani ta’minlash. ©️Qishloq xo’laligi vazirligi

✅ Jizzax viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi 2026-yil 15-avgu
+7
✅ Jizzax viloyatida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi 2026-yil 15-avgust kuni Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi “Semrug cluster” MChJ urug‘chilik klasterida 2026-yil hosilidan urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi — urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini belgilangan tartibda va sifatli o‘tkazish, navdorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan maydonlarni tanlab olish hamda standart talablariga javob beradigan navlardan urug‘lik paxta jamg‘arilishini ta’minlashdan iborat. Tadbirda O’zagroinspeksiya boshlig’i A. Vaxabov, vazirlik va idoralar, hududiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jaliklar rahbarlari, urug‘chilik subyektlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. Amaliy mashg‘ulotlar davomida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish, aprobatsiya hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish hamda “E-urug‘” axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ishtirokchilarga amaliy tushuntirishlar berildi. Mazkur jarayonlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Bugungi kunda urug‘lik maydonlarini aprobatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “E-urug‘” tizimidan foydalanish aprobatsiya jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish va monitoring qilish imkonini bermoqda. Seminar yakunida urug‘lik g‘o‘za maydonlarida navdorlikni ta’minlash, aprobatsiya jarayonlarini sifatli tashkil etish hamda urug‘chilik sohasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. O‘zagroinspeksiya axborot xizmati