UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI
رفتن به کانال در Telegram
O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot
نمایش بیشتر822
مشترکین
-4824 ساعت
-707 روز
-39230 روز
آرشیو پست ها
#Hududlardan_yangilik
#Samarqand
✅G'o'za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha viloyat amaliy seminari o‘tkazildi
📍Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 2026-yil hosili uchun urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini o‘tkazishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
➡️Tuman hududidagi “Qiyomov Nosir” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Jabborov boshchiligida "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM viloyat filiali xodimlari, urug‘chilik xo‘jaliklari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va urug‘chilik klasterlari hamda sohaga mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
©️ Urug'chilikni rivojlantirish markazi
Repost from UZAGROXIZMAT
#Hududlar
#Aprobatsiya
#Samarqand
✅G'o'za maydonlarida dala aprobatsiyasi bo‘yicha viloyat amaliy seminari o‘tkazildi
📍Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 2026-yil hosili uchun urug‘lik g‘o‘za maydonlarida dala aprobatsiyasi ko‘rigini o‘tkazishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
➡️Tuman hududidagi “Qiyomov Nosir” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Jabborov boshchiligida "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM viloyat filiali xodimlari, urug‘chilik xo‘jaliklari rahbarlari, paxta-to‘qimachilik va urug‘chilik klasterlari hamda sohaga mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
©️ Urug'chilikni rivojlantirish markazi
🛫Itimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram
Hurmatli tadbirkorlar va fermerlar!
Sizlarni 20 avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda tadbirkor va agrobiznes vakillarining hissasi beqiyosdir. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz, tashabbuskorligingiz va agrar sohada amalga oshirayotgan istiqbolli loyihalaringiz yurtimiz iqtisodiyoti hamda farovonligining muhim tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Agroinspeksiya jamoasi bundan buyon ham faoliyatingizda qonuniylikni taʼminlash, sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va halol tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda sizga yaqin hamkor bo‘lib qoladi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishlaringizda hamisha baraka bo‘lsin, yangi tashabbus va loyihalaringiz muvaffaqiyat keltirsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O'zagroinspeksiya jamoasi
#Biz_va_OAV
#radio
🎙️”O’zagroinspeksiya” ning joriy yil o‘tgan davr faoliyati bo’yicha Inspeksiya boshlig’ining Axborot siyosati bo’yicha maslahatchisi- Matbuot kotibi Xolida Shadiyeva “Mahalla” radiokanali to’lqinlarida 👆
#Biz_OAV_sahifalarida
#Farg'ona
Farg‘ona viloyati Qo‘sh Tepa tumanidagi "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MCHJ klasterida 2026 -yil paxta xosilini qabul qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminar tafsilotlari batafsil lavhada
🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
+4
✅ Paxta qabul qilish maskanlarini mavsumga shay holatga keltirish ishlari O‘zagroinspeksiya” tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
▶️ Ayni paytda “O‘zagroinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlardagi paxta-to‘qimachilik klasterlariga qarashli maskanlarning moddiy-texnika bazasi hamda laboratoriya jihozlarining tayyorgarlik holati tizimli ravishda o‘rganilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining mas’ul bo‘limi tomonidan paxta qabul qilish maskanlaridagi tarozi hamda laboratoriya jihozlarining sozligi va ularning davlat qiyoslovidan o‘tkazilganligi alohida ko‘zdan kechirilmoqda. Bu paxta xom-ashyosining sifati, namligi va ifloslik darajasini adolatli hamda aniq baholashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti: birinchi qadamdan boshlab katta biznesga aylangunga qadar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda.
—
Открытый диалог Президента с предпринимателями: создаются огромные возможности для всесторонней поддержки – от первых шагов до становления крупного бизнеса.
+4
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotidagi nutqidan
📌 O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK: 5 YILLIK ISLOHOTLAR VA NATIJALAR
🔷Qonunchilik va biznes muhiti;
🔷Moliyaviy ko‘mak va investitsiyalar;
🔷Hududlar iqtisodiyotining o‘sishi;
🔷Bozorlar, brendlar va tarmoqlar kengayishi.
☑️ Batafsil: infografikada
+7
✅ O‘zagroinspeksiya va YHXB hamkorligida Toshkent tumanida navbatdagi profilaktik reyd tadbiri o‘tkazildi
▶️ Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi hamkorlik tadbiri tashkil etildi.
📌Tadbirlar “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati Toshkent tumani bo‘limi inspektorlari hamda IIBB YHXB tuman bo‘limi xodimlari bilan birgalikda hududlarda o‘tkazildi👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
Ochiq muloqot davomida mamlakatimiz yetakchisi tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini tingladi.
– Sizlar bilan gaplashib, bir narsaga amin bo‘ldim. Yurtimizda zamonaviy fikrlaydigan, o‘z biznesini kengaytirish uchun yangilikka intilayotgan yangi avlod tadbirkorlari shakllanmoqda.
Hech qachon oldinga intilishdan, o‘sishdan, rivojlanishdan, yangilik qilishdan to‘xtamang! Sizlarning ortingizda doimo qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli davlat, huquq va manfaatingizni himoya qiladigan qonun, tashabbus va maqsadlaringizni ro‘yobga chiqarishda yelkadosh boʻlgan Prezident bor!
– dedi davlatimiz rahbari yakunda.
Prezidentimiz yig‘ilganlarni yana bir bor Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, barchaga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj va oilaviy xotirjamlik tiladi.
Prezidentimiz muloqot yakunida iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha asosiy maqsadlarni belgilab berdi.
– Biz 40 millionli xalqmiz. Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur,
– dedi davlatimiz rahbari.
Joriy yil yalpi ichki mahsulotni 180 milliard dollardan, eksportni 40 milliard dollardan oshirish marrasi olingan. Buning uchun tadbirkorlarga yuqori daromadli ish o‘rinlari, qo‘shilgan qiymat va tashqi bozorlarni kengaytirish uchun barcha sharoitlar yaratib boriladi.
Toshkentda eksportga yo‘naltirilgan biznes, Andijon, Farg‘ona va Namanganda to‘liq zanjirli to‘qimachilik va mashinasozlik, Samarqand, Buxoro va Xorazmda turizm, kreativ industriya va agrosanoat brendlari yangi o‘sish nuqtalari bo‘lishi kerakligi taʼkidlandi.
Navoiy va Toshkent viloyatida tog‘-kon, metallurgiya va ilmiy kimyo, Qashqadaryo va Surxondaryoda agrosanoat va neft-gaz kimyosida uzun qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘istonda “yashil” energetika, AT va sunʼiy intellekt iqtisodiy drayverga aylantiriladi.
Jizzax va Sirdaryoda avtomobilsozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari bo‘yicha raqobatbardosh klasterlar rivojlantiriladi.
– Ana shunda odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi, Yangi O‘zbekiston tadbirkorlari yangi rivojlanish bosqichiga chiqadi. Ishonchim komil, bunga kuchimiz ham, imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!
– dedi davlatimiz rahbari.
Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi. Yaʼni ariza belgilangan muddatda ko‘rib chiqilmasa, u avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan hisoblanadi.
Litsenziya bo‘yicha ariza rad etilgan har bir holatni Biznes-ombudsman o‘rganadi. Asossiz rad qilish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi.
Oziq-ovqat eksporti uchun talab etiladigan veterinariya, sanitariya va fitosanitariya ruxsatnomalarining o‘rniga yagona “Salomatlik sertifikati” beriladi. Yangi litsenziya va ruxsatnoma joriy etishdan oldin u uch hududda olti oy eksperimentdan o‘tkaziladi.
Tadbirkorlar mulkiga ijro hujjatlari asosida taqiq qo‘yish bilan bog‘liq eʼtirozlar ham ko‘pligi qayd etildi. Mazkur masalalar bo‘yicha alohida uchrashuv o‘tkazilib, tizimli yechimlar belgilanadi.
Prezidentimiz tadbirkorlar ko‘targan masalalar asosida yangi tashabbuslarni eʼlon qildi. Birinchi yo‘nalish – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini taʼminlash.
Banklar kredit portfelida kichik biznes ulushi 45 foizdan 63 foizga oshdi. Birinchi yarim yillikning o‘zida kichik va o‘rta biznesga 76,5 trillion so‘m resurs ajratildi.
Yaqinda “kredit xizmatlari yagona raqamli portali” ishga tushdi. Tadbirkor bitta ariza beradi, banklar esa mijoz uchun raqobat qiladi, biznesni endi boshlayotganlar 5 milliard so‘mgacha kreditni onlayn rasmiylashtirishi mumkin boʻladi.
Endi biznesning har bir bosqichiga mos yaxlit ekotizim yaratiladi. Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi.
“Biznes start” doirasida tadbirkorlar sunʼiy intellekt yordamida loyiha, kredit hujjatlari va hisobot yuritishni o‘rganadi. Bu maqsadga 100 milliard so‘m ajratilib, tayyor biznes-reja va 200 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.
– Tadbirkorga kredit berish emas, uni birinchi qadamidan katta biznesga aylangunicha boshidan oxirigacha qoʻllab-quvvatlaydigan kompleks tizim yaratamiz,– dedi davlatimiz rahbari.
Iqtisodiyot o‘sishiga katta turtki beradigan yirik loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Jizzaxda atom elektr stansiyasi, Olmaliqda to‘rtinchi mis boyitish fabrikasi, “Toshkent – Samarqand” va “Toshkent – Andijon” zamonaviy avtomobil yo‘llari shular jumlasidan.
Xorazmda ekologik aviayoqilg‘i majmuasi, Surxondaryoda 940 gektarlik zamonaviy issiqxona, Yuqori Chirchiqda Yangi Toshkent aeroporti qurilmoqda. Bu yil qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 105 ta yangi sanoat va infratuzilma loyihasi boshlanadi.
Barcha hududlarda jami 3 million aholi uchun yangi massivlar barpo etilmoqda. Bunday loyihalarda o‘z mahsuloti va xizmati bilan ishtirok etmoqchi boʻlgan mahalliy tadbirkorlarga xorijiy investorlar bilan teng sharoit yaratiladi.
Transport-logistika sohasida yuk mashinalarini import qilishda boj va utilizatsiya yig‘imi bekor qilindi. Xalqaro tashuvlar uchun vagon taqdim etishda qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkaga tushiriladi.
Kelasi yil Gruziyaning Poti portida quvvati 500 ming tonna bo‘lgan logistika markazi ishga tushiriladi, Anakliya porti bo‘yicha ham amaliy ishlar boshlanadi. Olot, Termiz, Yangiyo‘l, Ohangaron va Xonobodda yirik transport-logistika markazlari tashkil etiladi.
Kelgusi yilda Toshkent xalqaro moliya markazi hamda “Enterprise Uzbekistan” xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ishga tushiriladi. Ular 20-25 milliard dollar kapital, yangi bilim va texnologiyalarni jalb etish imkonini yaratadi.
Jahondagi vaziyat qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakatimiz suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.
Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi. Davlatimiz rahbari bu natijalar, avvalo, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi ekanini taʼkidladi.
Joriy yil kooperatsiya, davlat xaridi, standart, oziq-ovqat xavfsizligi va urbanizatsiya sohalarida institutsional o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Milliy sanoat zanjiri” orqali xususiy korxonalar yirik davlat kompaniyalaridan 4 trillion so‘mlik buyurtmalar oldi.
Strategik korxonalar mahalliylashtirish uchun 650 dan ziyod yangi mahsulot ro‘yxatini eʼlon qildi. Bu tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1 milliard dollarlik bozor yaratdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi. Kafe va restoranlarga 100 milliard so‘m QQS “keshbek” sifatida qaytarildi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga “nol” stavka joriy qilinishi hisobiga 400 milliard so‘m fermerlarda qoldi.
Qozog‘istonda 11 turdagi qurilish materiallari importiga cheklov bekor qilindi, Turkmaniston bilan o‘zaro bojsiz savdo rejimi yo‘lga qo‘yildi. Iordaniya, Pokiston, Eron va Afg‘oniston bilan yuzlab mahsulotlar bo‘yicha imtiyozli savdo bitimlari tuzildi.
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Xorazmda ham tadbirkorlik uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratilganini taʼkidladi. Qisqa davrda viloyatga 4 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib, 10 mingta yangi quvvat ishga tushdi.
“Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi. Tuproqqalʼa va Yangiariqda jami 275 megavattli elektr stansiyalar barpo qilinib, korxonalarning barqaror energiya taʼminotiga xizmat qilmoqda.
Bugun Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes yaratmoqda. Eksportda kichik biznes ulushi 81 foizga yetib, viloyat respublikada birinchi o‘ringa chiqdi.
Haftalik aviareyslar 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga ko‘paydi. “Toshkent – Xiva” tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yildi, 35 kilometrlik yangi “Urganch – Xiva” avtomobil yo‘li ishga tushirilmoqda.
25 gektarda “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo etildi, tadbirkorlar 7 ming o‘rinli 331 ta mehmonxona va mehmon uylarini tashkil qildi. Joriy yil Xorazmga 3 million xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda.
Xivada mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Sahro yulduzi” turistik kompleksi ham bunyod etiladi.
– Bir so‘z bilan aytganda, bugun Xorazm tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar markaziga aylanib bormoqda,– dedi Prezident.
– Bugun tadbirkorlarimiz “biznesni boshlash” bosqichidan “kapitalni ko‘paytirish” bosqichiga o‘tyapti,– dedi davlatimiz rahbari. Besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyasi 3 karra ko‘payib, 363 trillion so‘mga yetdi. Sanoati 100 million dollardan oshgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga koʻpaydi. Axborot texnologiyalari, fintex va boshqa servis sohalarining jadal rivojlanayotgani hisobiga xizmatlar hajmi 1 trillion so‘mlik marradan o‘tgan tumanlar soni 41 tadan 152 taga yetdi. Yetakchi xalqaro marketpleyslar bilan ishlayotgan korxonalar esa 3,5 mingtani tashkil etmoqda. Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi. So‘nggi yillarda mis, oltin, metall prokat, polietilen, PVX, kaolin va boshqa xomashyolarning taklifi oshirildi. Natijada elektrotexnika, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va mebelsozlik kabi sohalarda “katta sakrash” qilindi. Elektromobil, polimer va maishiy kimyo, “yashil” energetika, zargarlik sanoati kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. “BYD”, “ADM Jizzakh”, “Sirdaryo Asaka Motors” kabi zamonaviy avtomobil zavodlari sohaga yangi kompetensiya va texnologiyalar olib kirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazmda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugungi anjumanda ilk bor tuman studiyalaridan ham 25 mingga yaqin tadbirkor ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yurtimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlashga faol hissa qo‘shayotgan 1 million 200 minglik biznes hamjamiyatini Tadbirkorlar kuni bilan tabrikladi.
Besh yil oldin tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazish anʼanasi boshlanganidan buyon biznesga to‘siq bo‘lgan minglab masalalarga yechim berildi. Bu borada 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi.
– Nima uchun? Tadbirkorlarimizga sharoit yaratib, yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish, odamlarimizni uzoqqa bormasdan, mahallasining o‘zida daromadli qilish uchun!– dedi Prezidentimiz. O‘tgan davrda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi. Ko‘plab biznes vakillari xorijiy banklardan o‘z loyihalariga mustaqil ravishda 1 milliard dollar jalb qildi. Davlatimiz rahbari buni tadbirkorlarimiz zabt etgan yana bir ulkan marra sifatida baholadi.
