en
Feedback
UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

UZAGROINSPEKSIYA_XABARLARI

Open in Telegram

O'zagroinspeksiya 🏢Manzil: Toshkent sh, Obinazir-109 ☎️ Ishonch telefoni: (+99871) 202-12-48 🌐https://gov.uz/oz/agroinspeksiya 🌐https://taplink.cc/uzagroinspeksiya Murojaatlar uchun: @Uzagroinspeksiyabot

Show more
867
Subscribers
-2524 hours
-697 days
-44230 days
Posts Archive
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi? – dedi da
– Yangi davrda zamonaviy uy-joyga ega bo‘lgan 650 mingdan ziyod oilaning quvonchini so‘z bilan ta’riflab bo‘ladimi?
– dedi davlatimiz rahbari.   Minglab mahallalarimizga Yangi O‘zbekiston qiyofasi kirib borayotgani ta’kidlandi.   Kambag‘allik masalasi ochiq tan olinib, uni keskin qisqartirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston tajribasi yaratildi.   Ehtiyojmand oilalarning daromadi, kasbi, salomatligi, farzandlarining ta’lim olishi va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha “mahallabay” ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.   Izchil sa’y-harakatlar tufayli kambag‘allik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushirildi.   Ushbu raqamlar zamirida ro‘zg‘origa baraka kirib, turmush sifati yaxshilangan 10 million insonning quvonchi va shukronalik tuyg‘ulari mujassam ekani qayd etildi. Facebook|Instagram|X

Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamk
Katta siyosiy iroda bilan O‘zbekiston dunyoga keng ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik va hamkorlik mustahkamlandi.   Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.   Natijada mamlakatimizning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni 80 pog‘ona yaxshilanib, O‘zbekiston iqtisodiyoti mo‘tadil erkin davlatlar qatoridan joy oldi.   Ilgari iqtisodiyotimizga yiliga 2-3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, hozir mazkur ko‘rsatkich 40-50 milliard dollarni tashkil etmoqda. Investitsiyalar bilan birga ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy bilim va yangi iqtisodiy imkoniyatlar ham kirib kelmoqda.   Uch yil oldin 2030-yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish reja qilingan edi. Global logistikadagi uzilishlar va dunyodagi notinch vaziyatga qaramasdan, ushbu marra joriy yilning o‘zida ortig‘i bilan bajarilib, O‘zbekiston daromadi o‘rtachadan yuqori davlatlar qatoriga kiradi.  
Bunday yuksak natijalarga xalqimizning fidokorona mehnati, intellektual salohiyati hamda millat va davlat birdamligi tufayli erishyapmiz. Ijobiy o‘zgarishlarni har bir inson, har bir oila o‘z hayotida chuqur his etyapti,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. O‘tgan 35 yil
Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz va jadidlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.   O‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasorati e’tirof qilindi.   Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasi ehtirom bilan yod etildi.   Prezidentimiz mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘lishini ta’kidladi. Islohotlarning birinchi kunlaridan xalqning qalbiga quloq solish va aholining dardiga darmon bo‘lish asosiy maqsad etib belgilandi.   “Inson qadri uchun” g‘oyasi davlat siyosatining markaziga olib chiqildi. Birinchi galda “paxta qulligi”, majburiy va bolalar mehnati, konvertatsiya cheklovi hamda “propiska” kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berildi.  
Eng asosiysi, fuqarolarimiz yuragidagi qo‘rquv va hadik o‘rnini ishonch va xotirjamlik egalladi. Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyat barpo etish uchun keyingi o‘n yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik,
– dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Facebook|Instagram|X

Qatag‘on qurbonlari va qahramon ajdodlarimiz yod etildi. — Почтена память жертв репрессий и героических предков. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. — Глава нашего государства возложил цветы к Монументу независимости. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#33_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya “O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloya
+5
#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya “O‘zagroinspeksiya” Samarqand viloyat boshqarmasida saxovat tadbirlari davom etmoqda 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayramona kayfiyat ulashish hamda mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan saxovat tadbirlari davom etmoqda. Bayram munosabati bilan boshqarmaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan boshqarma xodimlariga turli xil sovg‘alar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi. Mazkur ezgu tashabbus xodimlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘lib, jamoada o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 👔 Mustaqillik bayrami barchamizga tinchlik, xotirjamlik, farovonlik va yangi zafarlar olib kelsin! 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l ✅ Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter
#iqlim 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

✍ “Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 н
“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз”: Америкадаги 500 ватандошдан Президентга мактуб келди АҚШ ва Канадада яшаётган 500 нафар ўзбекистонлик Президент Шавкат Мирзиёевга мурожаат йўллаб, Янги Ўзбекистондаги ўзгаришлар ва мамлакатнинг халқаро майдондаги нуфузи юксалаётганини алоҳида эътироф этди. Мурожаатда сўнгги йилларда давлатнинг очиқлиги, хориждаги ватандошлар билан муносабат мутлақо янги босқичга кўтарилгани, улар билан мулоқот қилиш, фикрини эшитиш ва Ватан билан алоқаларини мустаҳкамлашга катта эътибор қаратилаётгани қайд этилган. 🇺🇸🇺🇿 Айниқса, Ўзбекистон ва АҚШ муносабатларининг янги босқичга кўтарилаётгани ватандошларда катта умид уйғотаётгани таъкидланган. Улар Президент Шавкат Мирзиёевнинг Дональд Трамп билан бўлажак бевосита ва ишончли мулоқоти, олий даражадаги учрашувлар, шунингдек, АҚШ ҳукумати, Конгресси ва ишбилармон доиралари билан кенгайиб бораётган ҳамкорлик Ўзбекистон учун янги имкониятлар очишига ишонч билдирган. 🔷“Сиз олиб бораётган сиёсат бизга нафақат янги имкониятлар яратмоқда, балки зиммамизга катта масъулият ҳам юкламоқда. Биз хорижда яшаётган ватандошлар Ўзбекистоннинг муносиб вакиллари бўлишимиз, Ватанимизнинг ҳақиқий қиёфасини кенг жамоатчиликка етказишимиз керак”,дейилади мурожаатда. Ватандошлар америкалик тадбиркор ва инвесторларни Ўзбекистонга жалб қилиш, янги технологиялар, билим ва тажрибаларни Ватанга олиб бориш, таълимий ва маданий алоқаларни кучайтиришга ҳисса қўшишга тайёр эканини билдирган. Мурожаатда яна бир муҳим фикр алоҳида урғуланган: 🔷“Ватаннинг обрўси — бизнинг обрўйимиз. Ўзбекистоннинг ютуғи — бизнинг ютуғимиз. Ўзбекистон байроғининг дунё майдонида баланд кўтарилиши — ҳар бир ватандошимиз учун фахр ва ифтихордир”. Мактуб якунида ватандошлар Президент Шавкат Мирзиёевни ва Ўзбекистон халқини яқинлашиб келаётган Мустақиллик байрами билан табриклаб, мамлакат тинчлиги, халқ фаровонлиги ва Янги Ўзбекистон тараққиёти йўлидаги ислоҳотларга муваффақият тилаган. Мурожаат “Vatan Global Alliance” жамияти раиси Озод Солиев, Ўзбекистон халқ артистлари Эркин Малаков ва Муҳаббат Шамаева, Ватан Филадельфия жамияти раиси Саидулло Аҳмедов, Ватан Нью-Йорк жамияти раиси Бахтиёр Қодиров ҳамда Америкада яшаётган 500 нафар ватандош номидан йўлланган.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlarig
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. — С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялась церемония награждения группы соотечественников, удостоенных высоких государственных наград в связи с 35-летием независимости нашей страны. #Mirziyoyev #marosim #mustaqillik35 #taqdirlash Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✅ “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun haqida nimalarni bilish kerak
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun haqida nimalarni bilish kerak ▶️ O‘zbekiston Respublikasining 2026- yil 14- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1166-son Konstitutsiyaviy qonuni Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, vakolatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini huquqiy jihatdan belgilab berdi.
Mazkur Konstitutsiyaviy qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2026 yil 6 avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 7 avgustda maʼqullangan va 14-avgust kuni imzolangan. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirgan.
👉🏻BATAFSIL 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya 🇺🇿 O‘zagroinspeksiyada Mustaqillik
+5
#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya 🇺🇿 O‘zagroinspeksiyada Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirida Inspeksiya rahbariyati, markaziy apparat xodimlari hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi jamoasi ishtirok etdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan Inspeksiya boshlig‘i A. Vahabov barchani Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etib, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni asrash, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat nazoratining samaradorligini oshirish, ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shish har bir xodimning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini ta’minlashda Inspeksiyaning har bir xodimi o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladi, deb ishonaman. Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi marralar tilayman, — dedi A. Vahabov o'z nutqida
Tadbir davomida o‘zining ko‘p yillik samarali mehnati, mas’uliyatli yondashuvi va fidoyiligi bilan jamoa faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi. Jumladan, Inspeksiyaning markaziy apparati hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi ko‘krak nishoni hamda Inspeksiya boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirning badiiy qismi esa teatr va san’at namoyandalarining Vatan, istiqlol va ona yurtga muhabbatni tarannum etuvchi go‘zal she’rlari, kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri ishtirokchilarga unutilmas taassurot ulashdi. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

photo content
+9

#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillig
+1
#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 -yilligiga bag‘ishlab mini-futbol bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi 🏆 Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan sportning mini-futbol turi bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad — soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoada birdamlik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda Mustaqilligimizning 35-yillik bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlashdan iborat bo‘ldi. Murosasiz va qizg‘in kechgan bahslarda 4 ta jamoa, jumladan, “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparatining 1- va 2-jamoalari hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy apparati va markaziy laboratoriyasi jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi va jamoalarning yuksak mahorati ostida kechgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar quyidagicha aniqlandi: 🥇1-o‘rin: “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy laboratoriyasi jamoasi; 🥈 2-o‘rin: “O‘zagroinspeksiya” markaziy apparatining 1-jamoasi; 🥉3-o‘rin: “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy apparati jamoasi. Tadbir yakunida musobaqa g‘olibi — “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM markaziy laboratoriyasi jamoasiga “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, faxrli 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar vakillari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya ✔️ Mustaqillik bayrami munosabati bi
+7
#Mustaqilligimizga_35_yil #bayram_shkuhi #YangiOzbekiston #YagonaVatan #Ozagroinspeksiya ✔️ Mustaqillik bayrami munosabati bilan xodimlar farzandlariga maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 -yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya” Markaziy apparati rahbariyati tashabbusi, Samarqand viloyati boshqarmasi hamda boshqarmaning boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida xayrli tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida Samarqand viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning maktab yoshidagi farzandlariga yangi o‘quv yili munosabati bilan maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollari tantanali ravishda topshirildi. Mazkur ezgu tashabbus yosh avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib, farzandlarning yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlariga munosib hissa qo‘shadi.
Bunday xayrli tadbirlar xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ayniqsa, farzandlarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ezgu ishlarning yorqin namunasidir. 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yangi o‘quv yili barcha o‘quvchi farzandlarimizga ulkan zafarlar, a’lo baholar va yorqin kelajak sari yangi imkoniyatlar olib kelsin!

#FUTBOL Ayni damda final oʻyini davom etmoqda. Hisob 1:1 http://instagram.com/uzagroinspeksiya

+8
#FUTBOL ⚽️ 🏆 “O‘ZAGROINSPEKSIYA RAHBARI KUBOGI” 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zagroinspeksiya markaziy apparati hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda. ⚽️ Ayni damda 4 ta jamoa yarim final bosqichida! 📲 Musobaqaning qizg‘in jarayonlarini Instagram sahifamiz orqali https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ kuzatib boring! 🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram

Repost from UZAGROXIZMAT
+8
#FUTBOL ⚽️ 🏆 “O‘ZAGROINSPEKSIYA RAHBARI KUBOGI” 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zagroinspeksiya markaziy apparati hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda. ⚽️ Ayni damda 4 ta jamoa yarim final bosqichida! 📲 Musobaqaning qizg‘in jarayonlarini Instagram sahifamiz orqali https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ kuzatib boring! 🛫Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 🌐 Web l Facebook l🌐 Instagram| ✈️ Telegram| 📹 Youtube l🕊 Twitter

+8
#FUTBOL ⚽️ 🏆 “O‘ZAGROINSPEKSIYA RAHBARI KUBOGI” 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “O‘zagroinspeksiya rahbari kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zagroinspeksiya markaziy apparati hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi xodimlaridan tuzilgan jamoalar o‘zaro bellashmoqda. ⚽️ Ayni damda 4 ta jamoa yarim final bosqichida! 📲 Musobaqaning qizg‘in jarayonlarini Instagram sahifamiz orqali https://www.instagram.com/press_secretary_uz/ kuzatib boring! 🚀Telegram | 🌐Web | 🎬Youtube | 🗯Instagram

Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’k
Prezidentimiz davlat mukofotini olgan har bir insonning mehnati va ko‘rsatgan jasorati alohida e’tirofga munosib ekanini ta’kidladi. Shu kunlarda joylarda unvon, orden va medallarni qabul qilib olayotgan yurtdoshlarimizga ham samimiy tabriklar aytildi. Mukofotlanganlar orasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, yurtimizga katta-katta sarmoya va zamonaviy texnologiyalarni olib kelayotgan xorijlik hamkorlar borligi qayd etilib, ularga ham minnatdorlik bildirildi. Mamlakatimiz yetakchisi mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
– Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman,
– dedi davlatimiz rahbari marosim yakunida. Facebook|Instagram|X